1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Auditorlik faoliyati]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon yaratdi.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta’minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning samarali tizimi mavjud emas, bu litsenziyalovchi organning huquqiy ta’sir choralari cheklangani sharoitida sifatsiz auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish hollariga va auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora ko‘rish imkonini bermayapti;
beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini ta’minlamayapti.
Auditorlik xizmatlari bozorining rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada yaxshilash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda xalqaro standartlarga muvofiq zamonaviy yondashuvlarni joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov auditorlik faoliyatini rivojlantirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlasin:
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan xalqaro standartlar asosida, auditorlik xizmatlari sifatini oshirishga va ishbilarmonlar hamjamiyatining auditorlik tashkilotlari ishi natijalariga ishonchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazorat qilishning ta’sirchan tizimini shakllantirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
yoshlarni auditorlik kasbiga jalb etish, xususan professional jamoat birlashmalarining tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorligini ta’minlash;
auditorlik tashkilotlarining xalqaro auditorlik tarmoqlariga jalb etilganlik darajasini oshirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini, auditorlarni auditning xalqaro standartlarini qo‘llash masalalarida faol uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ushbu standartlarni qo‘llash sohasida jahonning ilg‘or tajribasini ommalashtirish bo‘yicha faoliyatini faollashtirish.
2. O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (V. Pak), Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev), Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev), Toshkent moliya instituti (U. Azizov) va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari rahbarlari zimmasiga Chora-tadbirlar rejasining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
tijorat tashkiloti, agar u haqdagi axborot Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritilgan sanadan boshlab uch oy davomida auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestriga kiritilmagan bo‘lsa, o‘z nomida “auditorlik tashkiloti” so‘zlaridan foydalanishga haqli emas;
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya litsenziatga barcha turdagi auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beradi;
auditorlik tashkilotining ustav kapitali auditorlik tashkiloti faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu jumladan pul mablag‘laridan shakllantiriladi;
auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi hisoblangan auditorlarning eng kam soni kamida to‘rt nafar shtatdagi auditordan iborat bo‘ladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqi]
aynan bitta xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvi ketma-ket yetti yildan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifati tashqi nazoratdan o‘tkaziladi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
auditorlik tashkilotlari o‘zlarining veb-saytlarida yoki auditorlar jamoat birlashmalarining veb-saytlarida o‘tkazilgan majburiy auditorlik tekshiruvlari to‘g‘risidagi axborotni xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlarini va auditorlik xulosasini ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.
Faoliyat yuritayotgan auditorlik tashkilotlari 2019-yilning 1-apreliga qadar mazkur qarorda belgilangan shtatdagi auditorlarning eng kam soni to‘liq to‘ldirilishini ta’minlasin.
4. 2019-yil 1-yanvardan:
auditorlik tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdoriga doir;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
auditorlik tashkilotlari rahbarlarining attestatsiyadan o‘tishi bo‘yicha;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) to‘plami 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat ichidan tanlov asosida tanlash to‘g‘risidagi talablar bekor qilinsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
a) 2020-yil 1-yanvardan hisobot yili yakuni bo‘yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o‘zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
aktivlarning balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 100 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum bazaviy hisoblash miqdorining 200 ming barobar miqdoridan ortiq bo‘lsa;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishidan ortiq bo‘lsa;
b) O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga tegishli o‘zgartirishlar kuchga kiradigan kundan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
v) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tarkibida to‘rtta shtat birligidan iborat professional tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish bo‘limi tashkil etilsin, shunga mos ravishda vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni oshirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarining akkreditatsiyadan o‘tgan jamoat birlashmalariga majburiy a’zoligini belgilash bo‘yicha takliflarni kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va auditorlar respublika jamoat birlashmalarining quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma’qullansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o‘n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lganda auditor malaka sertifikatini berishni va amal qilish muddatini uzaytirishni, shuningdek, 10 yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda auditor malaka sertifikatining amal qilishini muddatsiz davrga uzaytirishni malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshirish;
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan auditor malaka sertifikatini olishga talabgorlar uchun auditorlik tashkilotida bir yildan kam bo‘lmagan amaliy ish stajiga (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lish talabini o‘rnatish;
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ta’minlasin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqi]
a) har yili 1-iyulga qadar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida quyidagi axborotni o‘z veb-saytida joylashtirish:
xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlari (soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami);
auditorlik tashkilotining identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
auditorlik xulosasining nusxasi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.04.00 Majburiy audit]
b) majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan o‘z vaqtida choralar ko‘rish;
v) quyidagilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish:
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
majburiy auditorlik tekshiruvi o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalar to‘g‘risida.
9. Toshkent moliya instituti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida:
2018/2019 o‘quv yili davomida buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi o‘quv rejalari va dasturlarining bajarilishini kompleks tahlil va monitoring qilsin hamda ularni yanada takomillashtirish va o‘qitishning innovatsion usullarini joriy etish choralarini ko‘rsin;
buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv reja va dasturlariga xalqaro audit standartlari va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari bo‘yicha fanlarni kiritsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish]
a) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ma’lumotlar bazasi bilan taqqoslash orqali tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z firma nomida “auditorlik tashkiloti” so‘z birikmasidan foydalanishning qonuniyligini o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishini ta’minlasin;
(10-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
b) O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-apreliga qadar muddatda auditorlik tashkilotlari hamda buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan o‘zaro elektron hamkorlikka mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Audit” dasturiy majmuasini ishlab chiqishni ta’minlasin;
v) manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvariga qadar muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilar bo‘yicha takliflar kiritsin:
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.05.00 Moliya, soliq va bojxona masalalari bo‘yicha hamkorlik]
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun xalqaro audit standartlarining o‘z vaqtida tan olinishini ta’minlash maqsadida Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan xalqaro audit standartlarini mahalliy amaliyotga implementatsiya qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Ma’muriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik]
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 179 va 1791-moddalari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
g) 2019-yilning 1-yanvarigacha faoliyat yuritayotgan va mazkur qaror talablariga javob beradigan auditorlik tashkilotlariga yangi namunadagi auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berishni ta’minlasin;
d) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yilning 1-aprelidan keyin mazkur qaror talablariga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish choralarini ko‘rsin;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasi.
e) Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-sentabr,
PQ-3946-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi PQ-3946-son qaroriga ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar
REJASI
T/r
Tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmlari
Ijro muddati
Mas’ul ijrochilar
I. Auditorlik xizmatlari bozori faoliyatining tashkiliy va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish
1.
Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishning auditorlik xizmatlari bozori barqaror faoliyat yuritishi va uning natijalariga talabning oshishini ta’minlaydigan ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.
1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va ilg‘or tajribasini o‘rganish.
2. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan normalarni nazarda tutish:
auditorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish;
xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda auditorlarni sertifikatlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazoratini amalga oshirish bo‘yicha zamonaviy va samarali monitoring tizimini rivojlantirish;
xalqaro audit standartlarini qo‘llash;
har yili auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega korxonalarni aniqlash.
2018-yil dekabr
Moliya vazirligi (V. Pak),
Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev),
Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev), SSP (I. Jasimov), auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
2.
Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik.
1. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Moliya vazirligi o‘rtasida ro‘yxatdan o‘tgan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risida axborot almashinuvini tashkil etish.
2. Quyidagilarni nazarda tutadigan mexanizmni joriy etish:
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari reyestri ma’lumotlarini davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatga olingan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi axborot bilan taqqoslash;
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan auditorlik tashkilotlarini qonun hujjatlariga muvofiq qayta ro‘yxatdan o‘tkazish choralarini ko‘rish uchun ular to‘g‘risida ma’lumotlarni yo‘llash;
belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish.
2018-yil noyabr
2019-yil 1-yanvardan
Moliya vazirligi (V. Pak),
Adliya vazirligi huzuridagi
Davlat xizmatlari agentligi
(X. To‘raxo‘jayev)
3.
Xalqaro audit standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy ta’minotini takomillashtirish.
1. Xorijiy mamlakatlarda xalqaro audit standartlarini (XAS) joriy etish amaliyotini o‘rganish.
2. XASni tan olishni nazarda tutadigan respublikada xalqaro audit standartlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman e’lon qilish.
3. XASni davlat tiliga tarjima qilishni va ularni Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman e’lon qilishni tashkil etish.
4. Xalqaro auditorlik tarmoqlari va xalqaro uyushmalar a’zosi hisoblangan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risida ma’lumotlarni Moliya vazirligi veb-saytida joylashtirish.
5. Auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha amaliy seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish.
2019-yil
mart
2019-yil iyul
2020-yil 1-yanvargacha
har yarim yillikda
doimiy ravishda
Moliya vazirligi (V. Pak),
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
4.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash va ularni davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
1.“Auditorlik tashkilotining shaxsiy kabineti” va “Auditorlar jamoat birlashmasining shaxsiy kabineti” veb-servisini yaratishni nazarda tutadigan “Audit” dasturiy majmuasini ishlab chiqish va joriy etish.
2.Quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks choralarni amalga oshirish:
a) majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risida quyidagi axborotni har yili 1-iyulga qadar Davlat soliq qo‘mitasi veb-saytida joylashtirish:
xo‘jalik yurituvchi subyektning identifikatsiya ma’lumotlari (soliq to‘lovchining nomi va identifikatsiya raqami);
auditorlik tashkilotining identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
auditorlik xulosasining nusxasi;
b) majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan o‘z vaqtida chora ko‘rish;
v) quyidagilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish:
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi shart bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar;
majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishdan bo‘yin tovlagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslariga qo‘llanilgan moliyaviy sanksiyalar.
2019-yil 15-martgacha
har yili
Moliya vazirligi (V. Pak),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (V. Pak)
5.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishdan bo‘yin tovlayotgan subyektlarni aniqlash va aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
doimiy ravishda
DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (V. Pak)
6.
Auditorlik xizmatlari bozorida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hamda auditorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun teng sharoitlar yaratish.
Ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) to‘plami 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash tartibini bekor qilish.
2019-yil yanvar
Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov),
Moliya vazirligi (V. Pak)
II. Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini yanada takomillashtirish
7.
Auditorlik tashkilotlari faoliyatini baholash mexanizmini baholash natijasining xolisligi va mustaqilligini ta’minlaydigan qiziqtirgan ranjirlovchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha renking o‘tkazish yo‘li bilan takomillashtirish.
1. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini reyting baholash amaliyotini tanqidiy o‘rganish hamda mazkur sohadagi xalqaro tajribani tahlil qilish.
2. Baholashning shaffof mexanizmi va baholash natijalaridan foydalanish tartibini ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni ranjirlashni o‘z ichiga olgan auditorlik tashkilotlari renkingi metodikasini ishlab chiqish.
3. Quyidagilarni ta’minlash:
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida auditorlik tashkilotlari renkingi natijalarini joylashtirish hamda ularni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
auditorlik tashkilotlari faoliyatini baholashda ranjirlovchi ko‘rsatkichlarni doimiy ravishda dolzarblashtirish.
2018-yil 15-oktabrgacha
2019-yil 1-yanvargacha
renking o‘tkazilishiga qarab
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari,
Moliya vazirligi (V. Pak)
8.
Xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari faoliyatini takomillashtirish.
Buxgalterlar va auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini Moliya vazirligida akkreditatsiyadan o‘tishi tartibini joriy etish va auditorlik faoliyatini litsenziyalashni bekor qilgan holda auditorlik tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tgan jamoat birlashmalarida majburiy a’zoligini belgilash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2019-yilning ikkinchi yarim yilligida
yangi tartibni 2020-yildan joriy etish
Moliya vazirligi (V. Pak), auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
9.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini XASni qo‘llash va auditorlik faoliyatini tartibga solishda jahonning ilg‘or tajribasini umumlashtirish va joriy etish bo‘yicha Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish.
Auditorlarning respublika jamoat birlashmalarini Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, shu jumladan auditorlik tashkilotlarini XAS hujjatlarini qo‘llash, ushbu standartlarni qo‘llash bo‘yicha jahonning ilg‘or tajribasini ommalashtirishni tashkil etish masalalarida faol uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
doimiy ravishda
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari, Moliya vazirligi (V. Pak)
III. Buxgalteriya hisobi va audit sohasida mutaxassislarni tayyorlash hamda auditorlar malakasini oshirishning ilg‘or usullarini joriy etish
10.
Buxgalteriya hisobi va audit sohasida masofaviy va mustaqil o‘qishni tashkil etishni nazarda tutadigan innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish uchun zarur usullar va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish.
1. 2018/2019 o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasalarining buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha o‘quv rejalari hamda dasturlarini kompleks tahlil qilish va amalga oshirish monitoringini olib borish.
Natijalari bo‘yicha ularni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.
2. Ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘quv reja hamda dasturlariga auditning xalqaro standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha fanlarni kiritish.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga o‘qitishning innovatsion shakl va usullarini, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida pedagog va boshqa kadrlarning professional bilimlarini, ko‘nikmalari va malakasini oshirish.
2018-2019 yy.
2018-2019 yy.
doimiy ravishda
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Toshkent moliya instituti (U. Azizov),
Moliya vazirligi (V. Pak),
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
11.
Xalqaro standartlar asosida auditorlarni professional sertifikatlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish.
1. Buxgalter va auditorlarni sertifikatlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini tahlil qilish va ilg‘or tajribasini o‘rganish.
2. Auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, navbatdagi muddatini o‘n yilga uzaytirish va undan keyin muddatsiz davrga berishni nazarda tutgan holda malaka sertifikatini berish tartibini qayta ko‘rib chiqish.
3. Auditorlar malakasini oshirish tizimini monitoring qilishning zamonaviy tizimini joriy etish.
2018-yil 1-noyabrgacha
doimiy ravishda
Moliya vazirligi (V. Pak),
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
12.
Auditor kasbi nufuzini va yosh mutaxassislarning bu kasbni egallashga qiziqishini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
“buxgalteriya hisobi” va “audit” mutaxassisliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega talabgorlar uchun auditor malaka sertifikatini olishi uchun malaka talablarini qayta ko‘rib chiqish.
2018-yil 1-noyabrgacha
Moliya vazirligi (V. Pak)
Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev)
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari.
IV. Nazoratning zamonaviy shakllarini joriy etish va auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni oshirish
13.
Auditorlik tashkilotlarining xizmatlar sifati hamda ular beradigan xulosalarning haqqoniyligi uchun javobgarligini kuchaytirish, shu jumladan auditorlik tashkiloti auditorlari va rahbarining vakolatini suiiste’mol qilganligi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlarining buzilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish.
1. Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy va boshqa turdagi javobgarlik sohasidagi xorijiy mamlakatlarning qonun hujjatlarini tahlil qilish hamda ilg‘or tajribasini o‘rganish.
2. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.
2019-yil 1-yanvargacha
Moliya vazirligi (V. Pak),
Adliya vazirligi (N. Jo‘rayev),
SSP (I. Jasimov),
Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),
manfaatdor vazirlik va idoralar, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
14.
Auditorlik tashkilotlari faoliyati sifati tashqi nazoratining zamonaviy, samarali tizimini yaratish.
1. Auditorlik faoliyatini nazorat qilish, shu jumladan sifatning tashqi nazorati tizimining xalqaro amaliyotini tahlil qilish va umumlashtirish.
2. Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazadigan auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazorati uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek, auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati davomida aniqlanadigan qoidabuzarliklar va kamchiliklarga nisbatan ta’sir choralarini ishlab chiqish hamda keyinchalik sifatning tashqi nazorati natijalarini Moliya vazirligi �yeb-saytida joylashtirish.
2019-yil yanvar
Moliya vazirligi (V. Pak),
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari,
SSP (I. Jasimov),
Bosh prokuratura (S. Saidkarimov)
V. Xalqaro audit standartlarini joriy etishning ahamiyati va zaruratini tushuntirish
15.
Xalqaro audit standartlarini amaliyotda qo‘llashning dolzarb masalalarini keng muhokama qilish hamda xalqaro audit standartlari mohiyati va mazmunini, ayniqsa iqtisodiyotning hozirgi sharoitida ko‘rsatilgan xizmatlar sifati uchun auditor mas’uliyatini oshirish mavzusini ommaviy axborot vositalarida yoritish.
Xalqaro audit standartlarini joriy etish va amaliyotda qo‘llash masalalariga bag‘ishlangan, shuningdek, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda seminarlar, davra suhbatlari, tele- va radio ko‘rsatuvlar tashkil etish va o‘tkazish, uslubiy qo‘llanmalar nashr qilish va turkum maqolalar chop etish.
2019-2020-yillar
Auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari,
SSP (I. Jasimov),
Moliya vazirligi (V. Pak)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2018-y., 07/18/3946/1955-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.02.2020-y., 07/20/4611/0209-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)