O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish, daromad manbaini kengaytirish va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinlarda — dasturlar) doirasida:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — jamg‘armalar) resurslari tijorat banklariga yillik 10 foiz stavkada joylashtiriladi;
b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda tadbirkorlik subyektlariga 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga;
(1-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;
(1-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-394-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, ekouylar majmuasi, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga;
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun — 3 yildan 4 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi;
(1-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
Oldingi tahrirga qarang.
charm-attorlik mahsulotlari, charmdan tayyor kiyimlar, oyoq kiyimlari, sport inventarlari, shuningdek furnitura, aksessuarlar va mo‘ynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga ajratiladi;
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi 2023-yil 11-oktabrdagi PQ-331-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2023-y., 07/23/331/0770-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchisi) o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida, shuningdek, mahsulot yetkazib berilganligi (xizmat ko‘rsatilganligi) mahalla bankiri tomonidan tasdiqlangandan so‘ng ajratiladi. Bunda boshqa marketpleyslar orqali mahsulotlar (xizmatlar)ni xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzilgandan hamda kredit ajratilgandan so‘ng mahsulot yetkazib berilganligi (xizmat ko‘rsatilganligi) hokim yordamchisi hamda mahalla bankiri tomonidan monitoring dalolatnomasi asosida tasdiqlanadi;
(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishidagi kreditlar chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan) va veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun ajratiladi;
(1-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
d) “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
2. “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi o‘rinlarda — vakolatli tijorat banklari) 2022-yil 1-martdan dasturlar bo‘yicha kreditlarning to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — Yagona elektron platforma) orqali ajratilishini ta’minlasin. Bunda:
kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida Yagona elektron platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi;
kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi;
kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan taqdim etiladi;
Yagona elektron platforma orqali aholiga o‘zini o‘zi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;
ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Yagona elektron platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida amalga oshiriladi;
o‘z mahsulot va xizmatlarini sotish bo‘yicha takliflar asbob-uskunalar va mahsulotlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — ta’minotchilar) tomonidan “marketpleys” tizimida erkin joylashtiriladi;
ta’minotchilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar foydalanuvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi;
ta’minotchilarning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan monitoring tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga ko‘ra, ta’minotchilarning “marketpleys” tizimidagi o‘z xizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda o‘rganib chiqiladi;
kreditlar qarz oluvchiga u tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida kelishilgan narxda mahsulot yetkazib berilganidan (ish bajarilganidan) va qarz oluvchi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng hamda hokim yordamchisi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, qarz oluvchini identifikatsiyalash orqali ta’minotchiga o‘tkazib beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
hokim yordamchilari o‘ziga biriktirilgan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib boradi hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha tijorat banklari bilan birgalikda tegishli choralarni ko‘radi.
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar tashabbuskorlarga loyihabay shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish manbalarida nazarda tutilgan mablag‘lardan tashqari va navbatsiz rasmiylashtirib beriladi.
(2-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga, Jamg‘arma resurslarini tashabbuskorlarga tijorat banklari tomonidan Yagona elektron platforma orqali rasmiylashtirish jarayonlarini to‘liq muvofiqlashtirish vakolati beriladi.
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qarz oluvchi ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida savdolari ommalashib borayotgan elektron savdo platformalarining “marketpleys” tizimlari orqali sotib olishi yoki sotishi mumkin.
Bunda ushbu “marketpleyslar” orqali sotib olingan yoki sotilgan mahsulotlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar kredit mablag‘lari hisobidan oldindan amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
3. Markaziy bank Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Yagona elektron platformadan foydalanish, shu jumladan kreditlarni ajratish, rasmiylashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlarning o‘zaro elektron hamkorligini tartibga solishni nazarda tutuvchi tegishli nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2022-yil 1-fevralga qadar Yagona elektron platforma Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari va boshqa tegishli tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Hunarmand”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zbekbaliqsanoat”, “Parrandasanoat”, “O‘zbekiston asalarichilari”, “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmalari va boshqa uyushmalar, tegishli idoralar bilan birgalikda “marketpleys” tizimida ta’minotchi korxonalar o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirish hamda taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning muqobil narxda va sifatli yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida mazkur tizimga takliflarning ishonchli (namunali) ta’minotchi korxonalar tomonidan kiritib borilishini, asbob-uskunalar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va quvvatlari yetarlicha bo‘lishini ta’minlash tavsiya etilsin.
5. Belgilansinki:
dasturlar doirasida kreditlar ustuvor ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish o‘rinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga kredit ajratilishi ularni ushbu daftarlardan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi va fuqarolar mazkur daftarlardan amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq chiqariladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
dasturlar doirasida ilgari ajratilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorligi to‘liq so‘ndirilmagan (Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan ajratiladigan kreditlar hamda qarzdorlik belgilangan muddatlarda to‘liq so‘ndirib kelinayotgan kreditlar bundan mustasno), shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
6. Savdo-sanoat palatasiga tijorat banklari bilan birgalikda tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar biznes-rejalarini Yagona elektron platformaga joylashtirib borish tavsiya etilsin.
7. Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hokim yordamchilari bilan birgalikda dasturlar doirasida ishsiz fuqaroning o‘ziga ajratilgan kredit hisobiga amalga oshirgan faoliyatidan doimiy va barqaror daromad manbaini shakllantirganini o‘rganish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
8. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun:
a) ikki oy muddatda “Agrobank” ATBga ajratilgan 2,9 trillion so‘m va “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan 1,3 trillion so‘m miqdoridagi resurslarni mazkur banklarning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirsin. Bunda:
“Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan chiqarilgan aksiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligi nomiga rasmiylashtiriladi;
Moliya vazirligining mazkur band doirasida tijorat banklarining 50 foiz va undan ortiq aksiyalariga egalik qilishga kirishishi yangidan xarid qilingan aksiyalarga ega bo‘lish deb hisoblanmaydi;
b) vakolatli banklarga dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 3,65 trillion so‘m miqdordagi kredit resurslari 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tijorat banklarining Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarini xarid qilish hamda ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar qurish, artezian quduqlarini qazish uchun ajratilgan kreditlar muddatini hamda resurslarni Jamg‘armaga qaytarish grafigidagi muddatlarni mazkur qarorning 1-bandi “b” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisida belgilangan muddatlarga mos ravishda uzaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-394-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son)
10. 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishning manbalar va hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosarlariga (keyingi o‘rinlarda — Dastur koordinatorlari) — haqiqiy ehtiyojdan hamda moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, ajratilayotgan mablag‘larni vakolatli tijorat banklari va viloyatlar kesimida tezkor qayta taqsimlash;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlariga — dasturlar doirasida hududga ajratilgan mablag‘larni har bir mahallada amalga oshirilayotgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, tuman (shahar) va mahalla (ovul) kesimida taqsimlash vakolati berilsin.
11. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari tijorat banklari bilan birgalikda dasturlar bo‘yicha ajratilgan kreditlarning ularni so‘ndirish grafigiga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilishiga mas’ul hisoblanadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
hududlarda har oylik kreditlash hajmlari kreditlarni so‘ndirish grafigi ijrosining bajarilmagan miqdoriga mos ravishda kamaytiriladi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
mazkur qarorga asosan har bir hududda chorvachilik uchun ajratiladigan kreditlarga mutanosib ravishda chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar ekishga mo‘ljallangan yer maydonlarining, shuningdek, ularni o‘tlatishga mo‘ljallangan yaylovlarning muntazam ravishda ochiq elektron tanlovga chiqarib borilishini ta’minlasin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda kelgusi ikki yilda “Andijon tajribasi” asosida barcha mahallalarda tadbirkorlik subyektlari va xonadonlar o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish orqali aholining bandligini ta’minlash va daromad manbaini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Bunda, fuqarolar bilan kooperatsiya asosida faoliyatini tashkil etadigan “yetakchi” tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida kreditlar ajratiladi, ushbu tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqarolarga dasturlar doirasida kredit ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-dekabr,
PQ-55-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga
1-ILOVA
2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi
MAQSADLI PARAMETRLARI

mlrd so‘m

T/r

Kredit ajratish manbalari

2022-yilda yo‘naltiriladigan mablag‘lar

Shundan:

avval berilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan

qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi hisobidan

Jami

10 000

6 170

3 830

1.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi

4 060

410 *

3 650

2.

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

145

145

3.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi

191

91

100

4.

Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi

130

50

80

5.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalari

38

38

6.

Vakolatli banklar
(ustav kapitaliga berilgan resurslar hisobidan)

5 435

5 435

* 2018-2019-yillarda dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishda ishtirok etgan (Xalq banki, Mikrokreditbank va Agrobankdan tashqari) boshqa banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning so‘ndiriladigan qismi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga
2-ILOVA
2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishning hududlar kesimidagi
MAQSADLI PARAMETRLARI

mlrd so‘m

T/r

Hudud nomi

2022-yilda yo‘naltiriladigan mablag‘lar

Shundan:

avval berilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan

qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishi hisobidan

JAMI:

10 000

6 170

3 830

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

650

386

264

2.

Andijon viloyati

855

586

269

3.

Buxoro viloyati

915

573

342

4.

Jizzax viloyati

540

327

213

5.

Qashqadaryo viloyati

800

566

234

6.

Navoiy viloyati

540

346

194

7.

Namangan viloyati

865

577

288

8.

Samarqand viloyati

900

503

397

9.

Surxondaryo viloyati

850

586

264

10.

Sirdaryo viloyati

480

272

208

11.

Toshkent viloyati

720

366

354

12.

Farg‘ona viloyati

900

490

410

13.

Xorazm viloyati

695

382

313

14.

Toshkent shahri

290

210

80

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3680-son qarorida:
a) 9-bandning “b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 1 yillik imtiyozli davr bilan, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 7 yilgacha muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabriga qadar yillik 7 foizlik stavkada, bankning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda kreditlar ajratish uchun resurslarni “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, “Turonbank” ATB hamda AT “Xalq banki”ga joylashtirish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, yillik 10 foiz stavkada amalga oshiriladi;
uchinchi xatboshi “4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda” so‘zlaridan keyin “ , 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, yillik 10 foiz stavkada” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshidan “,savdo” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi”;
b) 9-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi, tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslarga 33 million so‘mgacha, fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million so‘mgacha miqdorda ajratiladigan kreditlar bundan mustasno. Ushbu summadagi kreditlar har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son qarorida:
a) 9-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda — tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslarga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari;
225 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamg‘armaning kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari;
225 million so‘mdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.
Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi bo‘yicha, 2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi”;
b) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari zimmasiga tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million so‘mdan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan berilgan tavsiyaga muvofiq tuman (shahar) markazlarining qarori asosida qaror qabul qilish vazifasi yuklatilsin”;
v) 11-banddagi “1,5” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3856-son qarori 6-bandining “v” kichik bandida:
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikrokreditlar 225 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari asosida 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan:”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin:
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada ajratiladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son qarorida:
uchinchi xatboshidagi “bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda” so‘zlari “yillik 14 foiz stavkada” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “sektor rahbarlari va” so‘zlari “har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Q.X. Taparov” so‘zlari “D.Sh. Sultanov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qarorining 2-bandida:
ikkinchi xatboshi “qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat jamg‘armasi” so‘zlari “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Jamg‘armalar resurslarining 2020 — 2022-yillarda so‘ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga Dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi, bunda resurslar bo‘yicha foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada belgilanadi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“AT Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB ushbu manbalar hisobidan “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga, 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, yillik 14 foiz stavkada 225 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratsin”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son qarorida:
uchinchi xatboshidagi “mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga” so‘zlari “kichik tadbirkorlik subyektlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga hokim yordamchisining o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida yillik 14 foiz stavkada ajratiladi”;
b) 6-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida yo‘naltirilsin” so‘zlari “yillik 10 foiz stavkada yo‘naltirilsin” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qarorining 5-bandida:
“a” kichik banddagi “Markaziy bankning asosiy stavkasida yo‘naltiradi” so‘zlari “yillik 10 foiz stavkada yo‘naltiradi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlarga mazkur mablag‘lar hisobidan har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratiladi:”;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan tijorat banki tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi”;
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d) kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5041-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga muvofiq:
tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada belgilanadi;
tijorat banklariga kredit resurslari Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 10 foiz stavkada ajratiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 14.10.2023-y., 07/23/331/0770-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)