O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mamlakatimizda ekin yerlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, ayrim tumanlarda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlar holatini o‘rganish natijalari ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini ta’minlash maqsadida:
1. Tegishli hududda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari faoliyatini baholash ko‘rsatkichlaridan biri deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi vaziri hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi rahbarlariga fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tuman kengashlari huzuridagi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga kompleks xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish ta’minlanmaganligi qat’iy ko‘rsatib o‘tilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki:
barcha fermer xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermerlari kengashiga (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) a’zoligi majburiy, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun esa ixtiyoriy hisoblanadi;
fermerlar kengashlari qishloq xo‘jaligida shartnoma majburiyatlarining bajarilishi yuzasidan monitoring hamda jamoat nazoratini amalga oshiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
4. Kengash, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining Kengashga a’zolik badallarini quyidagicha belgilash haqidagi takliflari ma’qullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladigan paxta xomashyosi bo‘yicha birjada e’lon qilinadigan boshlang‘ich narxdan hamda donning shakllangan o‘rtacha narxidan 0,6 foiz miqdorida, bunda 2025-yil hosilidan boshlab paxtadan gektariga 50 sentnerdan va g‘alladan 80 sentnerdan yuqori hosil olgan fermer xo‘jaliklari uchun 0,3 foiz miqdorida;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-131-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)
boshqa fermer xo‘jaliklari uchun ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotishdan tushgan pul mablag‘larining 0,5 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur band talablariga muvofiq Kengashga a’zolik badallarini o‘tkazib berish tartibini ishlab chiqsin hamda o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
6. Barcha qishloq tumanlarida asosiy vazifasi quyidagilar orqali fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishda amaliy yordam ko‘rsatish hisoblangan “Tomorqa xizmati” MCHJlar tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urug‘lar, ko‘chatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xo‘jalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish;
sug‘orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari o‘rnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sug‘orishni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan xarid qilingan, shuningdek, o‘z maydonlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saralash, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish hamda eksport qilish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi PQ-4767-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kengashning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
9. Belgilansinki:
a) quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)
Jamg‘armaga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamg‘armaning daromadlari, shu jumladan mablag‘larni depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun foydalaniladi:
fermer xo‘jaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, kurkachilik va parrandachilik, biogumus ishlab chiqarish, agroturizm loyihalari, suv chiqarish uchun tejamkor nasos agregatlari xarid qilish, qishloq xo‘jaligi maqsadlarida quyosh panellarini o‘rnatish, artezian quduqlarini qazish, yomg‘irlatib sug‘orish tizimini o‘rnatish va dala do‘konlarini qurish uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
fermer xo‘jaliklari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga bog‘dorchilik (ko‘chatchilik), uzumchilik (tok so‘risi) va limonchilikni tashkil etish, issiqxona qurish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va transporti hamda asbob-uskunalarini xarid qilish, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar (jumladan, yozgi to‘rli issiqxonalar) qurish, ko‘chma muzlatkichlarni o‘rnatish, agrologistika markazlarini tashkil etish, “in-vitro” va boshqa laboratoriyalar, sovutish omborxonalarini tashkil etish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish, xalqaro sertifikatlar olish, “o‘simliklar klinikasi” faoliyati hamda qishloq xo‘jaligining boshqa yo‘nalishlari uchun aylanma mablag‘larga talabgorlarga 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga kreditlar ajratish uchun resurslarni tijorat banklariga joylashtirish. Bunda kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 4 foizi bank marjasi) beriladi;
Jahon banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va qarzlariga xizmat ko‘rsatish;
xalqaro moliya institutlaridan olingan grant mablag‘lari va Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobidan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga grantlar ajratish. Bunda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan grant ajratish yo‘nalishlari va tartibi Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi;
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etish, qishloq xo‘jaligida zanjirli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral o‘g‘itlar tayyorlash, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan ta’minlash bo‘yicha lizing faoliyatini amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga quritish sexi va sovitkichli omborxonalarni xarid qilish va o‘rnatishga 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar berish. Bunda kredit summasining 60 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida o‘rnatiladigan quritish sexi va sovitkichli omborxonalar olinadi, 40 foizi bo‘yicha garov ta’minoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi olinadi;
meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovitish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, issiqxona majmualari qurilishiga, intensiv bog‘lar va tokzorlar barpo etilishiga, qishloq xo‘jaligida zanjirli ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral o‘g‘itlar tayyorlash, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalarini keltirishga va mazkur obyektlarni sotish uchun savdo maydonlari tashkil etishga. Bunda mazkur xatboshida nazarda tutilayotgan faoliyat Jamg‘arma ta’sischiligida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin, shuningdek mazkur obyektlar fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga Jamg‘armadan belgilangan tartibda ajratiladigan kreditlar evaziga va lizing to‘lovlari asosida mazkur obyektlarning o‘zini garovga qo‘yish huquqi asosida Jamg‘arma tomonidan balans qiymatida sotiladi. Ularni qurish, xarid qilish va sotish tartibi Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtirishga;
Jamg‘armani saqlab turish va faoliyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash;
ustav kapitalida Jamg‘arma ulushi shakllantirilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyatida ishtirok etish va ularga qo‘shimcha mablag‘ ajratish;
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirishga, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan innovatsion va boshqa loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlar;
Jamg‘arma tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va a’zolarining hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar ajratish. Bunda o‘quv markazlari faoliyatini moliyalashtirish tartibi Jamg‘armaning Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi;
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarida qishloq xo‘jaligi borasida innovatsion yo‘nalishlarni ommalashtirish maqsadida mahalliy va xalqaro seminar va ko‘rgazmalar tashkil etish hamda xorijda o‘tkaziladigan bu kabi tadbirlarda fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, Kengash va Jamg‘arma xodimlarini ishtirokini ta’minlash.
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermerlar kengashlari tavsiyanomasiga ko‘ra hamda har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan tavsiyalar asosida ajratiladi.
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirish hisobidan olinadigan daromadlarning 30 foizigacha miqdordagi Jamg‘arma daromadlari (pul mablag‘lari yoki boshqa aktivlar ko‘rinishida) Kengashni moddiy-texnik hamda moliyaviy jihatdan ta’minlash, shuningdek, uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilansinki, Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati, jumladan markaziy apparati va hududiy vakillar shtat birliklari miqdori Jamg‘arma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda Jamg‘arma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamg‘armaga qo‘shimcha shtat birliklari jalb etish huquqi berilsin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
12. Jamg‘arma Vasiylik kengashi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risida hisobotlar taqdim etib borsin.
13. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
“Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab mazkur qarorga muvofiq ularning asosiy faoliyati doirasida 3 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun jihozlar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari);
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoni tahririda — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va uning hududiga belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha chetdan olib kiriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi va qishloq xo‘jaligi transport vositalari 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari);
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
“Tomorqa xizmati” MCHJ yoki fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan kasanachilik shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslar ularning kasanachilik faoliyati doirasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
14. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan:
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon xo‘jaligi va 4 sotixdan kam bo‘lmagan tomorqa yerida band bo‘lgan yoki ushbu uchastkada qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida sug‘urta badali to‘langan taqdirda, sug‘urta badali to‘langan yil mehnat stajiga kiritiladi;
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov 5 foiz miqdorida to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-64-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son)
16. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy-texnik dasturlarini shakllantirishda ularga fermer, dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalari va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha innovatsion ishlanmalar va zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi ilmiy loyihalar kiritilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yerlarini rivojlantirish asosida qishloq aholisining daromadlarini oshirish uchun Jahon banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlarining kreditlari va zayomlarini jalb etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zagrokimyohimoya” AJ va Kengash bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
kichik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini hamda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlarida mini-agrotexnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazini;
respublika mintaqalarida dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini kasalliklardan himoya qilish, zarur tavsiya va maslahatlar berishga ko‘maklashuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi “O‘simliklar klinikasi” MCHJlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3318-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Kengash, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.T. Mirzayev, O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-aprel,
PQ-3680-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga kiritiladigan
O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR
1. 1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qishloq xo‘jaligida fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokidagi shartnomaviy majburiyatlarning ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini”.
2. 3-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Bunda da’vo arizasini qanoatlantirish rad etilganda manfaati ko‘zlab da’vo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalaridan davlat boji undirilmaydi”.
3. 5-band va 11-bandning to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
4. 1 — 4-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining
TASHKILIY TUZILMASI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ijro apparatining
TUZILMASI
Kengash ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 44 nafar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hududiy kengashlar ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 13 — 15 nafar, jami soni — 185 nafar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son qaroriga
4-ILOVA
Tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari ijro apparatining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Tuman kengashlari ijro apparati xodimlarining cheklangan soni — 7 — 9 nafar, jami soni 1281 nafar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 07/18/3680/1110-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.05.2020-y., 07/20/4716/0598-son; 01.07.2020-y., 07/20/4767/1009-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 30.08.2022-y., 07/22/366/0790-son; 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 13.04.2023-y., 07/23/121/0209-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son; 07.03.2024-y., 07/24/115/0191-son; 18.02.2025-y., 07/25/64/0154-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 31.03.2025-y., 07/25/131/0288-son)