Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
Agentlikning huquqlari va javobgarligi, oʻz tarkibiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilishi;
Agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligi;
Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari;
Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomdan kelib chiqib Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-oktabr,
649-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 649-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Agentlik oʻz faoliyatini bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan maslahatlashgan holda olib boradi hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Agentlikka madaniy meros sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashadi, shuningdek, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish, ishini samarali tashkil etish, ularga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar toʻliq bajarilishi boʻyicha tavsiyalar beradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
4. Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) oʻz faoliyatida bevosita Agentlikka boʻysunadi va hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Agentlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan amalga oshiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
6. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
7. Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga egadir.
8. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi;
(8-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
qisqartirilgani nomi — Madaniy meros agentligi;
b) rus tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliq nomi — Agentstvo kulturnogo naslediya Respubliki Uzbekistan;
(8-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
qisqartirilgani nomi — Agentstvo kulturnogo naslediya;
v) ingliz tilida:
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliq nomi — Agency of sultural heritage of the Republic of Uzbekistan;
(8-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
qisqartirilgani nomi — Agency of sultural heritage.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Agentlikning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uy, 100029.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
2-bob. Agentlikning tuzilmasi
10. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Agentlikning markaziy apparati;
hududiy boshqarmalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari tarixi va madaniyati davlat muzeylari, Termiz arxeologiya muzeyi, Angren shahar tarixi muzeyi, Chirchiq shahar tarixi muzeyi, Olmaliq shahar oʻlkashunoslik muzeyi, Oqqoʻrgʻon tumani tarix-oʻlkashunoslik muzey-memoriali;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
“Buxoro”, “Shahrisabz”, “Samarqand”, “Termiz”, “Qoʻqon”, “Ichan-qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Yangiyoʻl shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi, Abdulla Qahhor uy-muzeyi, Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi, Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi, Oybek uy-muzeyi, Sergey Borodin uy-muzeyi, Sergey Yesenin muzeyi, Tamaraxonim uy-muzeyi, Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi, Yunus Rajabiy uy-muzeyi, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi, Abdulla Qodiriy memorial muzeyi, Toʻra Sulaymon uy muzeyi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yahyo Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti (“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan);
(10-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Registon ansamblini taʼmirlash va undan foydalanish direksiyasi, “Oʻzbek — turkman doʻstlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasi, Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasi;
“Moziydan sado” jurnali tahririyati;
Oldingi tahrirga qarang.
“Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti”, “Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy markazlari.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdgai 405-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
3-bob. Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari
1-§. Agentlikning vazifalari
11. Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida:
moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targʻib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash hamda moddiy madaniy meros sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, moddiy madaniy meros sohasini raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish, uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy-madaniy qimmatga taʼsiri boʻyicha ekspertizasini amalga oshirish;
b) muzeylar sohasida:
milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish hamda muzey sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan oʻtkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini taʼminlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini oʻrganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish;
v) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar sohasida:
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish;
tarixiy joylarni Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qoʻmitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qilish;
g) arxeologiya sohasida:
arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish, ilmiy hisobotni ekspertizadan oʻtkazish va uning saqlanishini taʼminlash;
Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qilish hamda fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyish va tasarrufdan chiqarish;
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot oʻtkazilishini taʼminlash, arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish;
d) mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida:
madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi boʻyicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, madaniy boyliklar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish;
ilmiy oʻrganish asosida olingan ilmiy maʼlumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik toʻplamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
2-§. Agentlikning funksiyalari
12. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq ushbu paragrafda belgilangan funksiyalarni bajaradi.
13. Agentlik moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida:
a) moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targʻib qilish, davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni aniqlaydi, ularni hujjatlashtiradi va davlat hisobiga oladi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etadi va amalga oshiradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari toifalarini belgilaydi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari davlat reyestrini yuritadi;
tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari davlat reyestriga kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taklif kiritadi;
jisman toʻla yoʻqotilgan yoki madaniy meros koʻchmas mulk obyekti sifatida oʻz qimmatini yoʻqotgan madaniy meros koʻchmas mulk obyektini moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari davlat reyestridan chiqarish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari elektron katalogini yuritadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari pasportini shakllantiradi va yangilab boradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari davlat kadastrini yuritadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari davlat kadastri axborotini tizimga soladi, saqlaydi va yangilab boradi;
Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etadi;
foydalanuvchilarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari davlat kadastriga oid axborot bilan taʼminlaydi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat dasturlari, chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari holati monitoringini amalga oshiradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida muhofaza belgilari oʻrnatilishini tashkil qiladi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari qoʻriqlanadigan tegralarining loyihalari ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda tasdiqlaydi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari loyihalarini koʻrib chiqadi va ularga xulosa beradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan topilgan daromadlar va ularning sarflanishiga oid maʼlumotlarni tegishli subyektlardan soʻrab oladi hamda ularga ushbu mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha koʻrsatma beradi;
moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, targʻib qilinishi va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlaydi;
moddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari davlat reyestrini hamda davlat reyestridan chiqarilgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari haqidagi tegishli maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari, Agentlikning rasmiy veb-saytida va boshqa axborot vositalarida eʼlon qiladi;
ommaviy axborot vositalari, internet saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifalar tashkil etadi va ularga moddiy madaniy meros obyektlariga oid materiallarni joylashtirib boradi;
ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan sohaga oid maʼlumotlarni tahlil qilib boradi va zarur hollarda ularga tegishli munosabat bildiradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini muhofaza qilishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishga xizmat qiladigan ommaviy tadbirlar, koʻrik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi;
olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qiladi;
moddiy madaniy meros, arxeologiya va muzey sohalari boʻyicha ekspertlarning roʻyxatini tuzadi va tasdiqlaydi;
moddiy madaniy meros sohasida jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlaydi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha jamoatchi inspektorlar yagona roʻyxatini yuritadi;
taʼmirshunoslik yoʻnalishidagi oʻziga xos uslub, anʼana va maktablarni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantiradi, xalqaro va xorijiy tashkilotlarni jalb etadi;
moliya institutlarining grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
sohaga oid xalqaro tajribalarni oʻrganadi va ularni joriy qilish boʻyicha taklif tayyorlaydi;
b) moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish boʻyicha:
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqaradi va ulardan foydalanishni tashkil qiladi;
davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari roʻyxatini tuzadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida berish shartlari, sheriklik, uning konsepsiyasi, bitimi hamda tender hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida berish boʻyicha tender va tanlovlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi;
investitsiya majburiyatlari, davlat-xususiy sheriklik shaklida ijaraga beriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlariga oid maʼlumotlar bazasini yaratadi, yangilab boradi va ochiq manbalarda eʼlon qilib boradi;
davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlaridan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilinishini taʼminlaydi;
davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga beriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlariga har qanday salbiy taʼsirlarning oldini olish choralarini koʻradi, uzluksiz ravishda davlat va ilmiy-texnik nazorat olib boradi;
madaniy meros sohasini toʻliq raqamlashtiradi va sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etadi;
madaniy meros obyektlarida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq etadi;
madaniy meros obyektlarida davlat elektron xizmatlarini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va amaliyotga tatbiq etadi;
moddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi maxsus elektron portalni yaratadi, amaliyotga joriy etadi, uni moddiy madaniy meros obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldiradi;
maxsus elektron portalni davlat elektron xizmatlari va Davlat kadastrlari yagona tizimi bilan integratsiya qiladi;
boʻsh turgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini aniqlaydi va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
boʻsh turgan va foydalanish mumkin boʻlgan, shu jumladan, ijaraga beriladigan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlariga oid maʼlumotlar bazasini yaratadi, yangilab boradi va ochiq manbalarda eʼlon qiladi;
boʻsh turgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarining fizik va texnik holatini oʻrganadi, ulardan foydalanish mumkinligi yoki foydalanish mumkin emasligi boʻyicha xulosa beradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini tekin foydalanishga berish asoslanganligini koʻrib chiqadi va xulosa beradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini belgilangan tartibda ijaraga beradi;
davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini operativ boshqarish huquqi asosida biriktirib berish asoslanganligini koʻrib chiqadi va xulosa beradi;
v) moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish, uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy-madaniy qimmatga taʼsiri boʻyicha ekspertizasini amalga oshirish boʻyicha:
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni, shu jumladan, konservatsiyalash, tuzatish, taʼmirlash, restavratsiya qilish, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek, ular bilan bogʻliq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
asrashga doir ishlar amalga oshirilishi lozim boʻlgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari manzilli roʻyxatini shakllantiradi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini tashkil etadi;
(13-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni rejalashtiradi;
asrashga doir ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishning barcha bosqichlarini ilmiy-texnik tadqiq etish uchun har bir obyektning oʻziga xosligi va holatidan kelib chiqib ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari tuzadi;
ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari aʼzolari mehnatiga haq toʻlaydi, bu bilan bogʻliq xarajatlarni asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarining tarixiy-madaniy qimmatiga taʼsiri boʻyicha ekspertizadan oʻtkazadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnomani beradi;
(13-band “v” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya beradi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishda buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qarorlariga asosan Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari va Agentlikning Ilmiy-ekspert kengashining ijobiy xulosalari asosida Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan manzilli roʻyxatga muvofiq moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy restavratsiya markazlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzadi;
(13-band “v” kichik bandining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun loyiha va pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi;
asrashga doir ishlar moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining tarixiy-madaniy qimmati va noyobligiga putur yetkazmagan holda amalga oshirilishi boʻyicha uzluksiz ilmiy-texnik nazorat qiladi;
asrashga doir ishlarning moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari noyobligi va tarixiy-madaniy qimmatini saqlab qolgan holda amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Restavratorlarning yangi texnologiyalarini joriy qilish hamda anʼanaviy meʼmorchilik asoslari boʻyicha malakasini oshirish uchun oʻquv kurslarini tashkil etadi;
asrashga doir ishlarni olib borishda zamonaviy texnika va ishlab chiqarish texnologiyalarini qoʻllash, yangi materiallar va konstruksiyalarni joriy qilishni taʼminlaydi.
14. Agentlik muzeylar sohasida:
a) milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
muzeylar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi va Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Milliy muzey fondining davlat katalogini yuritadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Milliy muzey fondi tarkibiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Milliy muzey fondi tarkibidan chiqaradi;
(14-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish uchun maxsus ruxsatnoma beradi;
(14-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
nodavlat muzeylarga biriktirib qoʻyilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining mulkdori oldiga ularning saqlash joyini oʻzgartirish yoki ularni tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisidagi masalani qoʻyadi;
muzeylar faoliyati va Milliy muzey fondi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishini nazorat qiladi, ularni saqlash sharoitlarini tekshiradi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari haqida Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan soʻrovnomalar yoʻllaydi hamda axborot oladi;
b) muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan oʻtkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini taʼminlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini oʻrganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish boʻyicha:
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtiradi, qoʻllab-quvvatlaydi va ularga zarur ilmiy-metodik yordam koʻrsatadi, muzeyshunoslikni rivojlantiradi;
muzeylarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga tatbiq qiladi;
muzeylarda davlat elektron xizmatlarini joriy qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va ularni amaliyotga tatbiq qiladi;
muzey xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni hamda attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi;
Milliy muzey fondining ochiqligini taʼminlaydi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini oʻrganish, ommalashtirish, restavratsiya qilish va asrashga doir ishlarni amalga oshiradi;
muzeylarning toifalarini belgilaydi;
muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
15. Agentlik alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar (keyingi oʻrinlarda — tarixiy-madaniy hududlar) sohasida:
a) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish boʻyicha:
tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qiladi;
tarixiy-madaniy hududlarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini yoʻlga qoʻyadi va ularni boshqaradi;
tarixiy-madaniy hududlarning qoʻriqlanadigan tegralari va ularning chegaralariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
tarixiy-madaniy hududlarning qoʻriqlanadigan tegralarining chegaralari loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan va moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini muhofaza qilish bilan bogʻliq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralarini belgilaydi;
tarixiy-madaniy hududlar pasportlarining ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tasdiqlaydi;
tarixiy-madaniy hududlar rejimi, qoʻriqlanadigan tegralari ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tasdiqlaydi;
tarixiy-madaniy hududlar pasportlarining ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tasdiqlaydi;
tarixiy-madaniy hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqadi va ularga xulosa beradi;
tarixiy-madaniy hududlar pasporti, boshqarish rejalari, rejimi, qoʻriqlanadigan tegralari va chegaralariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
b) tarixiy joylarni Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qoʻmitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qilish boʻyicha:
tarix, sanʼat, fan, estetika, etnologiya yoki antropologiya nuqtai nazaridan har tomonlama beqiyos qimmatga ega boʻlgan obyektlarni (hududlarni) Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritishga Oʻzbekiston Respublikasining YUNESKO ishlari boʻyicha Milliy komissiyasi orqali tavsiya etadi;
Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarning qoʻriqlanadigan tegralari chegaralarini ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda ularga rioya qilinishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularga rioya qilinishini nazorat qiladi;
(15-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqadi va ularga xulosa beradi;
Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish boʻyicha loyihalarning merosga boʻlgan taʼsirini baholash hisobotlari tayyorlanishini tashkil qiladi;
Umumjahon merosi roʻyxatiga tavsiya etilgan va kiritilgan hududlarni (obyektlarni) Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qoʻmitasi tavsiyalari mamlakat hududida bajarilishini tashkil qiladi va nazorat qiladi;
tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish choralarini koʻradi.
16. Agentlik arxeologiya sohasida:
a) arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish, ilmiy hisobotni ekspertizadan oʻtkazish va uning saqlanishini taʼminlash boʻyicha:
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, saqlash va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
arxeologiya tadqiqotlarini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
arxeologiya ashyolarining oʻz vaqtida hisobga olinishi va davlatga topshirilishini nazorat qiladi;
arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlaydi, muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi;
fan, madaniyat va taʼlim muassasalarida amalga oshiriladigan arxeologiya tadqiqotlarini nazorat qiladi;
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirish uchun ruxsatnoma beradi;
arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish uchun ruxsatnoma beradi;
arxeologiya tadqiqotlari boʻyicha ilmiy hisobotlarni qabul qiladi, ekspertizadan oʻtkazadi, ilmiy hisobotlarni yigʻadi va ularning idoraviy arxivda saqlanishini taʼminlaydi;
arxeologiya sohasida ilmiy jamoatchilik kengashini tuzadi va uning faoliyat olib borishini taʼminlaydi;
arxeologiya sohasida ilmiy jamoatchilik kengashining xulosalarini inobatga olib arxeologning professional darajasini tasdiqlash uchun ochiq varaq beradi;
arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
arxeologiya yodgorliklarining elektron bazasini yaratadi va uni muntazam yangilab boradi;
b) arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qilish hamda fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyish va tasarrufdan chiqarish boʻyicha:
Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritadi;
arxeologiya ashyolarini Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazadi;
arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qiladi;
arxeologiya ashyolarini fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi;
(16-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
v) arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot oʻtkazilishini taʼminlash, arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish boʻyicha:
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qiladi;
halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot oʻtkazilishini taʼminlaydi;
arxeologiya obyektlarini konservatsiya qiladi, muzeylashtiradi hamda arxeologiya parklarini yaratadi.
17. Agentlik mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida:
a) madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi boʻyicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, sohada davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha:
madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda madaniy boyliklar sirasiga kiruvchi ashyolarning toifasini aniqlaydi;
madaniy boyliklarning olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi mumkinligi toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi;
madaniy boyliklar, shu jumladan, olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan, shuningdek, vaqtincha olib chiqilayotgan va vaqtincha olib kirilayotgan madaniy boyliklar davlat reyestrini yuritadi;
“olib chiqiladi”, “vaqtincha olib chiqiladi” deb eʼlon qilingan, shuningdek, vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlaydi;
madaniy boyliklarning olib chiqilishi va vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikat beradi;
ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni badiiy ekspertizadan oʻtkazadi hamda ulardan foydalanishni belgilaydi;
madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi nazorat qiladi;
madaniy boyliklarning kimoshdi savdosiga (auksionga) qoʻyilishini kelishadi, madaniy boyliklarni realizatsiya qilishini muvofiqlashtiradi;
madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi mumkin emasligi toʻgʻrisida xaridorning yozma ravishda ogohlantirilishini taʼminlaydi;
ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib olish, ularni badiiy ekspertizadan oʻtkazish hamda ulardan foydalanilishini tashkil qiladi;
b) mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish boʻyicha:
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlaydi, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasi — reyestrini yaratishni va uni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga doir madaniy boyliklarga oid tarixiy eksponatlarning asl yoki koʻchirma nusxalarini, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib keladi;
tegishli ilmiy muassasa hamda markazlar, xususan, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid yurtimizga olib kelingan madaniy boyliklarni aks ettiruvchi eksponatlarning asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni aniqlaydi, ular saqlanayotgan tashkilotlar bilan ilmiy aloqalar oʻrnatadi hamda mazkur boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan xorijdagi mutasaddi muassasa va tashkilotlarni aniqlash ishlarini amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda va uning yordamida chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish uchun zarur chora-tadbirlar koʻradi;
v) ilmiy oʻrganish asosida olingan ilmiy maʼlumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik toʻplamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha:
xorijdagi mamlakatimizning tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklar va ularning ilmiy tahlilini ommaviy axborot vositalari hamda Internet jahon axborot tarmogʻida keng yoritish ishlarini tashkil etadi;
ilmiy oʻrganish asosida olingan ilmiy maʼlumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik toʻplamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etadi, ommaviy axborot vositalarida keng yoritadi;
xalqaro ilmiy, ilmiy-madaniy kongresslar, konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni tashkil etadi, shuningdek, xalqaro ilmiy va madaniy jurnallarning tahrir hayʼatlari ishlarida ishtirok etadi;
xorijiy ilmiy-madaniy va oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun xorijiy tashkilotlar va jamgʻarmalarning xalqaro ilmiy grantlari jalb etilishini taʼminlaydi.
4-bob. Agentlik va uning tarkibiy boʻlinmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
18. Agentlik oʻziga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
1) Vazirlar Mahkamasiga oʻz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni kiritish;
2) oʻz vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda qarorlarni qabul qilish;
3) Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
4) davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatida moddiy madaniy meros sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish;
5) qonunbuzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
6) moddiy madaniy meros sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida mansabdor shaxslarni yozma ravishda ogohlantirish va ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
7) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha metodik materiallar va tavsiyalarni ishlab chiqish;
8) malakali xorijiy mutaxassislarga Madaniy meros jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan mehnatiga haq toʻlash hamda belgilangan tartibda xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;
9) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda malakali mutaxassislarni Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga shartnoma asosida ishga jalb etish;
10) boshqa davlat organlari va ularning mansabdor shaxslaridan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan, statistik maʼlumotlarni soʻrash va bepul olish;
11) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, shuningdek, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash uchun vazirlik va idoralar, shuningdek, boshqa davlat tashkilotlari vakillarini jalb etish;
12) tekshirish davomida aniqlangan holatlarni oʻrganish maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda boshqa xodimlarini, shuningdek, jismoniy shaxslarni chaqirish, qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlari yuzasidan ogʻzaki va yozma tushuntirishlar talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
13) Agentlikning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
(18-bandning 13-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
14) Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida, hududiy boshqarmalar idoraviy mansub tashkilotlarda ichki nazorat, korrupsion huquqbuzarliklar va qonunlarga zid boshqa harakatlar, shuningdek, Agentlik tizimi xodimlari tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalari buzilishining oldini olish va ularni minimallashtirish hamda profilaktikasini amalga oshirish;
15) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
16) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifoda etish;
17) oʻz vakolati doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
18) Agentlik faoliyatini keng yoritish maqsadida rasmiy veb-saytlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yaratish;
19) sohani rivojlantirishga oid dolzarb va istiqboldagi muammolar yechimini ishlab chiqish maqsadida, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishchi guruhlarni tuzish;
20) Agentlikning vakolatiga kiruvchi masalalarda sudlarga arizalar va daʼvolarni kiritish;
21) oʻz vakolati doirasida moddiy madaniy meros sohasida ruxsat etuvchi hujjat asosida amalga oshiradigan yuridik shaxslarga aniqlangan qonunchilik talablari buzilishlarini bartaraf etishni yuklovchi koʻrsatmalar berish;
22) Agentlikning va uning idoraviy mansub tashkilotlarining davlatga tegishli mol-mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida tekin foydalanish huquqi asosida bir tarkibiy boʻlinmadan boshqa tarkibiy boʻlinmaga oʻtkazish;
23) Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan oʻz sohasida ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlar bajarilishini hisobga olgan holda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
24) moddiy madaniy meros boʻyicha buyurtmanomalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq masalalarning muhokamasini tashkil etish va oʻtkazish;
25) oʻz vakolati doirasida maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va uni qonunda belgilangan tartibda sudga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
26) Agentlik vakolatiga kiruvchi masalalarni koʻrib chiqishda Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarining hayʼat majlislarida ishtirok etish;
(18-bandning 26-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
27) usta-restavratorlarga malaka sertifikatlarini berish, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish;
28) oʻz vakolati doirasida xorijiy davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va saqlash;
29) qonunchilikda belgilangan tartibda Jamgʻarmani shakllantirish;
30) Agentlik xodimlarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
31) budjetdan tashqari mablagʻlarni hamda Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari depozit hisobvaraqlarida joylashgan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozit hisobvaraqlarida milliy va xorijiy valyutada joylashtirish. Bunda mablagʻlarni joylashtirishdan olingan daromad Agentlik va uning idoraviy mansub tashkilotlari budjetdan tashqari hisobvaraqlariga ushbu daromadlar moddiy-texnik bazani takomillashtirishga, ijtimoiy rivojlantirishga, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishga hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilgan holda oʻtkaziladi;
32) Agentlik faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tegishli tuzilmalarni tashkil etish, ularni qayta tashkil etish va tugatish, shuningdek, ularning ustavlari (nizomlari)ni tasdiqlash;
33) davlat siri va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirga rioya qilish sharti bilan tekshiruv oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va materiallar bilan tanishish, davlat organlarining elektron bazalaridan (banklaridan) foydalanish uchun xizmat guvohnomasini koʻrsatgan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududlariga va binolariga kirish.
Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Agentlik:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi, shuningdek, moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi, prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlar, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati, pirovard natijalari va amalga oshirilishi oqibatlari;
oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
20. Agentlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
1) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan Agentlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan, tahlil qilish va ishlash uchun zarur boʻlgan materiallar hamda maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
2) davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga, shuningdek, sohaning barcha subyektlariga hamda ularning mulkdorlariga (balansda saqlovchilarga) sohasida aniqlangan qonun buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
3) tegishli maʼlumotlar bazalaridan, davlat axborot tizimlaridan va vakolatli organlar resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
4) Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni davlat boshqaruvi organlaridan va tashkilotlaridan va ularning mansabdor shaxslaridan bepul soʻrash va olish;
5) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari ishtirokida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish masalalari boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazish;
6) Agentlikning hududiy boshqarmalari, shuningdek, Agentlikning idoraviy mansub boshqa tashkilotlari rahbarlariga tezkor hal qilinishi talab etiladigan va Agentlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
7) Agentlikda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillarini jalb qilish, ushbu maqsadlar uchun ekspert va ishchi guruhlarni tashkil etish;
(20-bandning 7-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
8) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular kiritgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini qayta ishlab chiqishni talab qilish, zarur boʻlganda ularni qayta koʻrib chiqish uchun qaytarish;
9) Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Agentlik va uning rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari bajarilishiga oid faoliyatini oʻrganish va tekshirish;
10) Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni ularning xohishiga koʻra hamda shartnoma asosida jalb etish;
11) moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasining yillik hamda istiqbolli rejalarini tasdiqlash va ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
12) moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida korrupsiya holatlarining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha choralar koʻrish;
13) Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish;
14) qonunchilik hujjatlarida Agentlik tomonidan tartibga solinadigan sohadagi masalalar mavzusida noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
15) Agentlikka yuklangan vazifalarni sifatli amalga oshirishda hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlarini jalb etish;
16) Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining koʻrib chiqishi uchun takliflar kiritish.
Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
21. Agentlik markaziy apparati:
Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
sohani rivojlantirish rejalari, kutilayotgan istiqboldagi va joriy koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha Agentlik boʻlimlarining faoliyatini tashkil etish;
Agentlik tomonidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan qarorlarni sifatli tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish;
Agentlikning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar amalga oshirilishini tashkil etish;
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javob beradi.
5-bob. Agentlik rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
22. Quyidagilar Agentlik direktorining (keyingi oʻrinlarda — direktor) asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) sohada Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
(22-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va chora-tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini bajarish;
(22-bandning 4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
5) oʻz oʻrinbosarlari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
6) Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, sohani rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib Agentlik va oʻz oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishi nazoratini taʼminlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
8) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarning xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
9) Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
10) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiradigan vakant lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Agentlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash;
11) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq Agentlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishida, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
12) “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
13) oʻz vakolati doirasida qarorlar qabul qilish, zarur hollarda davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
14) Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
(22-bandning 14-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
15) oʻz oʻrinbosarlarining faoliyati natijadorligi va samaradorligini tizimli ravishda tanqidiy oʻrganish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
16) Agentlikning hududiy va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
17) Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
18) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
19) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
(22-bandning 19-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
20) Agentlik ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
21) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
22) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
(22-bandning 22-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
23) davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
24) Agentlik tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni, lavozim yoʻriqnomalari, hududiy boshqarmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlarning nizom va ustavlarini hamda Agentlikning boshqa lokal hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
25) Agentlik markaziy apparati xodimlarini (direktor oʻrinbosarlaridan tashqari) tayinlash, hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish.
Bunda ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan rahbarlar va xodimlarni, shu jumladan, davlat muzeylari direktorlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlash va lavozimdan ozod qilish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi;
(22-bandning 25-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
26) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlar mansabdor shaxslari va xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
27) xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining, shuningdek, Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning tuzilmalarini, shtatlar jadvalini, daromad va xarajatlar smetasini, shuningdek, Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar va muassasalarning shtatlar jadvalini, daromad va xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tasdiqlash;
(22-bandning 27-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28) Agentlikning markaziy apparati va hududiy boshqarmalari, shuningdek, Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
(22-bandning 28-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
29) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda mutaxassislarni shartnoma asosida Agentlikka ishga jalb etish;
30) Agentlikning idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan buyruqlari va qarorlarini (koʻrsatmalarini) bekor qilish;
31) alohida oʻzini koʻrsatgan xodimlarni ularga davlat mukofotlari berish uchun ularning nomzodlarini belgilangan tartibda taqdim etish;
32) Agentlik faoliyatiga oid sohalarda xalqaro va hukumatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish boʻyicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
33) zarurat boʻlganda, Agentlik direktorining buyrugʻi asosida Agentlik va uning hududiy boshqarmalari balansida boʻlgan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanilishini taʼminlash uchun qorovullar shtatlarini kiritish;
(22-bandning 33-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
221. Agentlik direktori jamoatchilik asosida Jamgʻarma raisining oʻrinbosari hisoblanadi hamda u Agentlik faoliyatiga oid masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi bilan bamaslahat holda olib boradi.
(221-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
23. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
a) Agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari:
milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini milliy muzey fondi tarkibiga kiritish, undan chiqarish, universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazish hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish;
muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, rivojlantirish, muzey xodimlarining malakasini oshirish, qayta tayyorlash, attestatsiyadan oʻtkazish, muzeylarning toifalarini belgilash, milliy muzey fondining ochiqligini taʼminlash va muzey ashyolari hamda muzey kolleksiyalarini oʻrganish, ommalashtirish, restavratsiya va asrashga doir ishlarni amalga oshirish;
madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi boʻyicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan oʻtkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, sohada davlat nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Agentlik direktori oʻrinbosari:
(23-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
uzluksiz ravishda ilmiy-texnik nazorat qilish, tarixiy-madaniy ekspertiza va loyiha-smeta hujjatlarining tarixiy-madaniy qimmatga taʼsiri boʻyicha ekspertizasini amalga oshirish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish, ularning pasporti, boshqarish rejalarini, rejimi, qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash, ushbu hududlar va tarixiy mahallalarning tarixiy-madaniy qimmati, noyobligi, tabiiy landshafti va oʻziga xosligini saqlab qolish;
tarixiy joylarni Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritishga tavsiya etish, Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiya talablari, YUNESKO, Umumjahon merosi markazi, Umumjahon merosi qoʻmitasi tavsiyalarining mamlakat hududida bajarilishini nazorat qilish;
v) Agentlik direktori oʻrinbosari:
moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, targʻib qilish, Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish, qoʻriqlanadigan tegralarini belgilash hamda sohada davlat nazoratini amalga oshirish;
moddiy madaniy meros obyektlaridan oqilona foydalanish, shu jumladan, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish, sohani raqamlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish;
g) umumiy funksional vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
direktor vaqtincha boʻlmaganda direktorning buyrugʻi asosida uning vazifalarini bajarish;
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va chora-tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish va monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-sonli qaroriga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy va hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktorining qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
(23-band “g” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish, ularning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Agentlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ular keyinchalik Agentlik direktori tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (viza qoʻyilishi) uchun viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda direktorning topshirigʻiga binoan ishtirok etish;
Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari toʻliq va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlariga chiqish va boʻlish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Agentlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish;
Agentlik faoliyatiga oid tegishli masalalar boʻyicha Agentlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish hamda ushbu sohalardagi qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Agentlik direktoriga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni direktorga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish;
Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Agentlik faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir takliflarni direktorga kiritish;
davlat xizmatlari samaradorligini, ulardan erkin foydalanishni va koʻrsatilishi sifatini oshirish hamda “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalaridan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
24. Quyidagilar Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
2) tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
3) tegishli tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
4) prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, Agentlik tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoniga, ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi chora-tadbirlarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
6) Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari qarorlari, buyruqlari, farmoyishlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
(24-bandning 6-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
7) tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlar oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlash;
8) tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Agentlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati sohasiga oid masalalar boʻyicha amaliy va metodik yordam koʻrsatish;
9) tarkibiy boʻlinmalar faoliyati sohalariga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik rahbariyatiga kiritish;
10) tarkibiy boʻlinmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda direktorning mutasaddilik qilinadigan oʻrinbosarlariga takliflar kiritish, professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini taʼminlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
11) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy boʻlinmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Agentlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqish, imzolash (viza qoʻyilishi) uchun koʻrib chiqish va viza qoʻyish, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, Agentlik rahbariyatining topshirigʻi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
12) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq xizmat safarlariga chiqish va boʻlish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
13) tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yigʻilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, hisobotlar yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
14) Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini taʼminlash;
15) “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
16) soha faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishga doir takliflarni Agentlik rahbariyatiga kiritish;
17) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqish;
(24-bandning 18-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
19) davlat siri sirasiga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
25. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
6-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
26. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning tegishli bandlarida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning tegishli bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
27.Direktor oʻrinbosarlari:
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;
ushbu Nizomning tegishli bandlarida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning tegishli bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
28. Agentlik tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
tegishli tarkibiy tuzilmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun;
ushbu Nizomning tegishli bandlarida nazarda tutilgan Agentlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;
mazkur Nizomning tegishli bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
29. Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlarining javobgarligi Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
7-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Agentlik rahbariyati
Oldingi tahrirga qarang.
30. Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
31. Agentlik direktori boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari direktorning birinchi oʻrinbosariga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra turizm va madaniy meros vazirining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
33. Agentlik markaziy apparati, tarkibiy boʻlinmalari hamda agentlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Hududiy boshqarma boshliq oʻrinbosarlari Agentlik bilan kelishgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Agentlik direktori Agentlik markaziy apparatining boshqarmalari va boʻlimlari, hududiy boshqarmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-paragraf Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
3-§. Agentlikning kengashi, maslahat va ekspert organlari
39. Agentlikda uning asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi direktorning oʻrinbosari (kengash raisi), Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislaridan iborat Tarmoq ilmiy-texnik kengashi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
Tarmoq ilmiy-texnik kengashi nizomi va uning shaxsiy tarkibi Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
40. Agentlikda direktor buyrugʻi bilan kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikda tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar Agentlik direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(40-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
8-bob. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
41. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
42. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
43. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezoni Agentlik direktori tomonidan belgilanadi.
9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish, ularni ijtimoiy himoya qilish
44. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
45. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, ilmiy darajalar, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun ustama haqlar, bayram kunlari uchun mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalardan, ragʻbatlantirish toʻlovlari, qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlaridan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
46. Agentlik xodimlari lavozim maoshlariga har oyda qoʻshiladigan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻshimcha haqlar va ustamalar direktor tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq toʻlanadi.
47. Quyidagilar Agentlik va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Jamgʻarma mablagʻlari;
ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar;
Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga tegishli moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlariga tashrif buyurishdan va ularga uyushtirilgan ekskursiyalardan tushgan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
48. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga:
Agentlik xodimlarining ish haqlarini toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshirishning manbai boʻlib mehnatga haq toʻlash fondi, Jamgʻarma mablagʻlari, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(48-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda respublikaning budjet muassasalari va tashkilotlarida ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida” 1995-yil 16-avgustdagi PF-1213-son Farmoniga muvofiq budjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizi miqdorida moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi;
Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan belgilangan lavozim maoshlariga 20 foizli ustama haq tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan:
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 dan 3 yilgacha — 0,2;
3 dan 5 yilgacha — 0,5;
5 dan 10 yilgacha — 0,7;
10 dan 15 yilgacha — 0,9;
15 dan 20 yilgacha — 1,1;
20 dan yuqori — 1,4.
Koʻp yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik rahbari tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi.
Xodimlar faoliyatining natijadorligiga koʻra ish beruvchining alohida buyrugʻi bilan belgilanadigan, lavozim maoshidan (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 200 foizgacha boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustama;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qoʻshimcha toʻlovlar;
har oylik yoʻlkira uchun xarajatlarni qoplash boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlardan tashqari;
har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlovlar;
Agentlik va uning boshqarmalari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 131-moddasida belgilangan bayramlarda qoʻshimcha mukofot puli berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlariga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa toʻlovlar ham toʻlanishi mumkin.
(49-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Bundan tashqari, Agentlik direktori tomonidan maxsus va shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin.
50. Agentlik xodimlarining asoslangan arizasiga asosan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Agentlik direktorining buyrugʻi bilan mehnatga haq toʻlash fondiga ajratilgan mablagʻlar doirasida quyidagi hollarda qoʻshimcha tarzda moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin:
yaqin qarindoshlari vafot etganda — oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasiga asosan;
alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, toʻy va boshqa marosimlar munosabati bilan, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sogʻliqni qayta tiklash uchun, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol sababli va boshqa holatlar).
Oldingi tahrirga qarang.
51. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan davlat nazoratini bevosita amalga oshirgan Agentlik va uning boshqarmalari xodimi:
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan holatda, sud qarori qonuniy kuchga kirgandan soʻng — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 100 foizi miqdorida;
jinoyat aniqlangan holatda, sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan soʻng — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi.
52. Agentlik boshqaruv xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan uzoq muddat uzluksiz xizmati, unvonlar (martaba darajalari, malaka darajalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi.
10-bob. Agentlikning hisobot berishi
Oldingi tahrirga qarang.
53. Direktor muntazam ravishda Agentlikning faoliyati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Vazirlar Mahkamasi Agentlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-avgustdagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son)
55. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Agentlikning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
56. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
57. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/649/0971-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son, 27.07.2022-y., 09/22/407/0679-son; 22.08.2023-y., 09/23/405/0636-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)