1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.02 Alohida faoliyat turlarini litsenziyalash (shuningdek, 09.01.05.00 ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 31-iyulda ma’qullangan
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2026-y., 03/26/1123/0271-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 9, 247-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 591-modda; № 11, 792-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 18-moddasining yettinchi xatboshisidagi “litsenziya” degan so‘z “ruxsatnoma” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-sonli Qonuniga asosan 3-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya to‘g‘risida”gi 935-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-397-sonli Qonuni tahririda) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 453-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining o‘n ikkinchi xatboshisi “litsenziyalashni amalga oshiradi” degan so‘zlardan keyin “veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“k) davlat va idoraviy veterinariya xizmatlari veterinariya mutaxassislarining faoliyatini nazorat qiladi hamda muvofiqlashtirib boradi, shuningdek belgilangan talablar va shartlarga xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
3) 17-moddaning ikkinchi qismi “amalga oshirish uchun” degan so‘zlardan keyin “(bundan veterinariya davolash-profilaktika faoliyati mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
“190-modda. Faoliyat bilan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoxud xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud bir yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorda jarima yoki ikki yuz soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari miqdorida jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqlardan mahrum qilish yoxud ikki yuz o‘ttiz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki o‘n oygacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘qson baravari miqdorida jarima yoki ikki yuz ellik soatdan to‘rt yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish juda ko‘p miqdorda daromad olish bilan bog‘liq bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik besh baravari miqdorida jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha muddatga axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar:
a) xavfli retsidivist tomonidan;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yuz soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran o‘ttiz kunlik muddatda faoliyat bilan litsenziyasiz, shuningdek faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz yoki xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”.
“165-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan shaxs tomonidan vakolatli organga qonunchilikda mazkur faoliyat uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi to‘g‘risida yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot taqdim etish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shug‘ullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shug‘ullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) quyidagi mazmundagi 2459-modda bilan to‘ldirilsin:
“2459-modda. Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va o‘rinbosarlari ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktabrdagi O‘RQ-987-sonli Qonuniga asosan 7-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 2-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 03/24/987/0873-son)
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan O‘RQ-582-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 11-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisidagi “va lombardlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“banklarning, mikrokredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, shuningdek kredit tashkilotlarining, to‘lov tashkilotlarining, to‘lov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) boshlaganlik va tugatganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qiladi, xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshiruvchi xabardor qiluvchilar ustidan nazoratni amalga oshiradi, faoliyatni (harakatlarni) to‘xtatib turish, qayta tiklash va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi”;
“ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga Markaziy bank tomonidan litsenziyalanadigan tashkilotlarning, shuningdek lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining rioya etishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi”;
“mikrokredit tashkilotlarining, valyuta birjalarining va kredit byurolarining faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, litsenziyani qayta rasmiylashtirish hamda bekor qilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi”;
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyani berish, qayta rasmiylashtirish va chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi”;
“Markaziy bank Banklar va kredit byurolarining davlat reyestrini, banklarga, mikrokredit tashkilotlariga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga, kredit byurolariga berilgan litsenziyalarning reyestrlarini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritadi”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“kredit tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari va banklar guruhlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratga doir talablarni”;
6) 65-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank quyidagi harakatlarni va (yoki) faoliyatni bajarish va (yoki) amalga oshirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi:
birgalikda harakat qiluvchi shaxslar yoki shaxslar guruhi tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi:
1) besh va undan ko‘proq foizni, lekin ko‘pi bilan yigirma foizni;
2) yigirma va undan ko‘proq foizni, lekin ko‘pi bilan ellik foizni;
3) ellik foizni va undan ko‘proq foizni tashkil etadigan ulush bevosita yoxud bilvosita sotib olinayotganda;
ushbu qismning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan miqdorlardagi bank aksiyalari oluvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda olinganda;
bank tomonidan boshqa bankning aksiyalari sotib olinayotganda;
banklar tomonidan o‘z aksiyalari sotib olinayotganda;
banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida shu’ba banklar va vakolatxonalar ochilayotganda, filiallar tashkil etilayotganda, banklarning kapitalida ishtirok etilayotganda, shu jumladan chet el banklari tashkil etilayotganda;
banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va (yoki) milliy valyuta O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilayotganda;
bank tomonidan xizmatlar va operatsiyalarning ayrim turlari autsorsingga topshirilayotganda;
bank qayta tashkil etilayotganda;
bank ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga kiritilayotganda”;
7) quyidagi mazmundagi 651-modda bilan to‘ldirilsin:
“651-modda. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar)
Quyidagi faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirish uchun bu haqda Markaziy bankni xabardor qilish talab etiladi:
lombard faoliyatini boshlash yoki tugatish;
naqd xorijiy va (yoki) milliy valyutani O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish;
bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochish yoki tugatish;
to‘lov tashkilotini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish);
elektron pullar emitentining elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatni boshlash yoki tugatish;
mikrokredit tashkilotining filialini, mikrokredit tashkilotining chakana xizmatlar markazi shaklidagi filialini tashkil etish yoki tugatish.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan faoliyat (harakatlar) turlari bilan Markaziy bankni xabardor qilmasdan shug‘ullanish taqiqlanadi”;
8) 67-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq banklarga, banklarning bevosita hamda bilvosita aksiyadorlariga, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlariga, kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolariga, shuningdek banklarning muhim ahamiyatga ega xodimlariga nisbatan choralar hamda sanksiyalar qo‘llashga haqli.
Mikrokredit tashkiloti, lombard va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudensial normativlarni buzgan yoki xabardor qilish tartibida faoliyat (harakatlar) yuritish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi to‘g‘risida Markaziy bankka yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot bergan taqdirda Markaziy bank:
ularning o‘z kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirishga;
ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni uch oygacha bo‘lgan muddatga cheklashga;
mikrokredit tashkilotining litsenziyasi amal qilishini tugatishga;
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan chiqarishga;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatlarni) to‘xtatib turishga yoki tugatishga haqlidir.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik kredit tashkilotlari, to‘lov tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari tomonidan buzilganligi aniqlangan taqdirda Markaziy bank ularga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar va sanksiyalar qo‘llashga haqli.
Kredit tashkilotlariga, to‘lov tashkilotlariga, to‘lov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga va kredit byurolariga choralar va sanksiyalar qo‘llash tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank ayni bir qoidabuzarlik bo‘yicha bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket bir nechta choralar va (yoki) sanksiyalar qo‘llashga haqlidir”;
9) 68-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bank nazorat vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan konfidensial axborotni almashish yuzasidan milliy va chet el organlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar tuzishga haqli”.
1) 53-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz)” degan so‘zlar “faoliyat litsenziyasiz, faoliyat (harakatlar) ruxsatnomasiz yoxud vakolatli organni xabardor qilmasdan)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 289-moddaning birinchi qismidagi “litsenziyasi bo‘lgan lombardlar” degan so‘zlar “faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrda qabul qilingan O‘RQ-580-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 788-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
“29-modda. Banklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi filiallari va boshqa alohida bo‘linmalari
Banklar O‘zbekiston Respublikasida filiallar, bank xizmatlari ofislari va boshqa alohida bo‘linmalar ochishi mumkin.
Bank filiali bankning yuridik shaxs bo‘lmagan, bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi va bank tomonidan o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi alohida bo‘linmasidir.
Banklar o‘z filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan tartibda xabarnoma yuborishi shart.
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
filial yoki bank xizmatlari ofisini ochish to‘g‘risida bankning vakolatli organining qarori;
filial rahbari va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumotlar (filial ochilgan taqdirda);
filial yoki bank xizmatlari ofisi joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofaza qilinishi ta’minlanganligi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy ta’minotning Markaziy bank talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi.
Bank filiali yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik to‘g‘risidagi xabarnomani Markaziy bankka yuborish uchun quyidagi talablar va shartlarga rioya etilishi lozim:
bankning barqaror moliyaviy holati;
filial rahbari va bosh buxgalterining malakasi Markaziy bank tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligi (filial ochilgan taqdirda);
filial yoki bank xizmatlari ofisi binolari, ularning muhofazasi ta’minlanishi, uskunalar, tashkiliy-texnika vositalari va dasturiy ta’minoti bilan jihozlanishi Markaziy bank talablariga muvofiqligi.
Bank filiali, uning faoliyati boshlanganligi to‘g‘risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Bank filialini yoki bank xizmatlari ofisini ochganlik va tugatganlik to‘g‘risida Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshiriladigan faoliyat qonunga xilofdir.
Bank tomonidan filialni tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, bank mijozlarni filial tugatilishidan o‘n besh kun oldin xabardor qilishi va ularning oldidagi majburiyatlar bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi yoki bu majburiyatlarni mijoz bilan kelishilgan holda boshqa filialga o‘tkazishi shart.
Bank filialni tugatganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran ikki ish kuni ichida Markaziy bankni bu haqda xabardor qilishi va mijozlar oldidagi majburiyatlarni bajarishni ta’minlashga doir rejani taqdim etishi kerak.
Bank vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ochiladi”;
2) 55-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat (harakatlar) Markaziy bankni belgilangan tartibda xabardor qilmay amalga oshirilganligi yoki tugatilganligi”;
“Bank moliyaviy hisobotining va banklar guruhi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotining auditorlik tekshiruvi shtatida Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega kamida ikki nafar auditori (auditorlik tashkiloti rahbarini hisobga olgan holda) mavjud bo‘lgan auditorlik tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi”;
oltinchi qismidagi “banklarda auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatni va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 4-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-399-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 1-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishini — dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash” degan so‘zlar “oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 16-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Farmatsevtika faoliyati belgilangan tartibda beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya besh yil muddatga beriladi. Litsenziya faqat litsenziya da’vogarining arizasiga ko‘ra besh yildan kam bo‘lgan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga ko‘ra uzaytirilishi mumkin.
Farmatsevtika faoliyatining quyidagi yo‘nalishlariga litsenziya olish talab qilinmaydi:
tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji realizatsiya qilish;
dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish;
dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikadan tibbiy maqsadlarda foydalanish belgilangan tartibda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat belgilangan tartibda vakolatli organni xabardor etgan holda amalga oshiriladi”;
“Dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan dori vositalari ishlab chiqaruvchilar hamda dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish hamda saqlash qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi”;
“Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy buyumlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilotlarga yoki faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiruvchi tashkilotlarga, tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarga va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy buyumlardan tibbiyotda qo‘llash maqsadida o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega”;
5) 20-moddaning birinchi qismi “tibbiy buyumlarni” degan so‘zlardan keyin “(oftalmologiya tibbiy buyumlaridan tashqari)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 21-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dorixona mudiri oliy tibbiy yoki oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak”;
7) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan to‘ldirilsin:
“211-modda. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat vakolatli organni mazkur faoliyatni boshlaganlik to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilgan holda yuridik shaxs yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklidagi optikani (oftalmologiya tibbiy buyumlarini realizatsiya qilish punkti) tashkil etish orqali amalga oshirilishi mumkin. Optikaning filiallari va davolash-profilaktika muassasalarining optikasi ham optika toifasi jumlasiga kiradi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishi uchun vakolatli organni xabardor qilish talab etilmaydi.
Optikaning va optika filiallarining mudirlari oliy yoki o‘rta maxsus farmatsevtika ma’lumotiga ega bo‘lishi kerak.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat oftalmologiya tibbiy buyumlarini tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini ta’minlovchi saqlash sharoitlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyat sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak”.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 543-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan O‘RQ-409-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 274-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 9, 539-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 178-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 17-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining ruxsatnomasini olishi shart” degan so‘zlar “o‘z faoliyatini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiradi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi 811-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
4) quyidagi mazmundagi 44 va 45-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“44-modda. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari kamida ellikta baholovchi tashkilotning a’zoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga ko‘maklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridir.
Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari:
baholovchilarning malaka imtihoni uchun test savollarini ishlab chiqishda va malaka imtihonini o‘tkazishda ishtirok etadi;
Baholovchilarning professional xulq-atvori kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishini tizimli ravishda monitoring qilishni ta’minlaydi;
baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
baholash faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan tashkilotlarni belgilangan tartibda a’zolikka qabul qiladi;
o‘z a’zolarining reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
o‘z a’zolari tomonidan mazkur Qonun talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun baholovchi tashkilotlarni a’zolikdan chiqaradi hamda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan baholovchi malaka sertifikatining amal qilishini tugatish bo‘yicha vakolatli organga taqdimnoma kiritadi;
o‘z a’zolarining axborot-uslubiy ta’minotini tashkil etadi;
baholash faoliyati bo‘yicha xalqaro tashkilotlarning va vakolatli organ komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
baholovchilar malakasini oshirish tizimi monitoringini ta’minlaydi hamda yil yakunlari bo‘yicha 20-yanvarga qadar vakolatli organga baholovchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi o‘quv markazlarida malaka oshirish kurslaridan o‘tilganligi haqida axborot taqdim etadi.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha a’zolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalari kirish va a’zolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va to‘lov tariflarining miqdorlari ular a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining rahbarlari va xodimlari baholovchi tashkilotning ta’sischisi bo‘lishga, baholovchi tashkilotda ishlashga, baholovchi tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarni tuzishga, shuningdek rahbarlarga, baholovchilarga yoki baholovchi tashkilotlarning boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs bo‘lishga haqli emas.
45-modda. Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
Baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va bu yig‘ilish besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ baholovchi tashkilotlar professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning a’zolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi”;
5) 13-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shartnomaga baholovchi malaka sertifikatining, shuningdek baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar kiritilishi shart”;
“baholash faoliyatiga qo‘yiladigan qonunchilik talablariga rioya etish”;
uchinchi xatboshisidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lishi”;
7) 17-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisidagi “va unga berilgan, baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya to‘g‘risidagi ma’lumotlar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
8) 21-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari a’zosi bo‘lgan baholovchi tashkilotlar va baholovchilar o‘z manfaatlarini himoya qilish hamda ifoda etish maqsadida ixtiyoriy ravishda uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga qonunchilikda belgilangan tartibda birlashishi mumkin”.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi O‘RQ-900-sonli Qonuniga asosan 2024-yil 21-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 03/24/900/0053-son)
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-1015-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi 312-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 12-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma investorga bitim imzolangan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi. Mazkur ruxsatnoma bitim amal qiladigan muddatga beriladi va u bitim shartlariga muvofiq qayta rasmiylashtiriladi yoxud uning amal qilishi tugatiladi.
Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan bo‘lsa, ruxsatnoma bunday birlashma ishtirokchilaridan biriga berilib, unda mazkur ishtirokchi shu birlashma nomidan ish yuritayotganligi, shuningdek birlashmaning boshqa barcha ishtirokchilari ko‘rsatiladi”;
2) 23-moddaning ikkinchi qismidagi “litsenziyani” degan so‘z “ruxsatnomani” degan so‘z bilan almashtirilsin.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-apreldagi O‘RQ-765-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 03/22/765/0332-son)
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘RQ-60-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 5, 261-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 16-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarining yangi turlarini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkaziladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan qonun loyihalarining tartibga solish ta’sirini baholash ular huquqiy ekspertizadan o‘tkazilguniga qadar amalga oshiriladi”.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan O‘RQ-387-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-modda birinchi qismining o‘ttiz to‘rtinchi xatboshisi “litsenziyalanadigan” degan so‘zdan keyin “yoki vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 24-moddaning birinchi qismidagi “qonunchilikda” degan so‘zlar “ushbu Qonunning 28, 29 va 31-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 28-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Investitsiya maslahatchisi o‘z faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi to‘g‘risida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga xabarnoma yuborishi kerak”;
5) 29-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investitsiya fondi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi va investitsiya fondining faoliyati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tartibga solinadi”;
6) 45-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “ko‘chirma nusxasini” degan so‘zlardan keyin “yoki vakolatli davlat organini xabardor qilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 48-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“investitsiya maslahatchilarining xabarnomalari reyestri, ularning faoliyati to‘xtatib turilganligi yoki tugatilganligi to‘g‘risidagi”;
9) 58-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi “barcha hollar haqida” degan so‘zlardan keyin “investitsiya maslahatchilarining xabarnomalari reyestri haqida, ularning faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatish bilan bog‘liq holatlar to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrda qabul qilingan “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘RQ-177-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 9, 483-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-moddaning to‘rtinchi xatboshisidagi “o‘tkazish uchun maxsus ruxsatnoma beradi” degan so‘zlar “o‘tkazganlik haqidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 12-moddaning birinchi qismidagi “vazirligining maxsus ruxsatnomasiga binoan” degan so‘zlar “vazirligi xabardor qilingandan keyin” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-226-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“yong‘in xavfsizligi sohasidagi sertifikatlashtirishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat (harakatlar) turlarini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnomalarni qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi”;
“24-modda. Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirish
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi faoliyat (harakatlar) turlarini xabardor qilish tartibida amalga oshirish tartibi qonunchilikda belgilanadi”.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-269-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 12, 469-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2019-yil, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Rieltor yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan va rieltorlik faoliyatini ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradigan shaxsdir.
Rieltor ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chog‘ida vositachilik xizmatlari ko‘rsatishi mumkin”;
4) quyidagi mazmundagi 51 va 52-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“51-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari kamida ellikta rieltorlik tashkilotining va rieltorning a’zoligiga asoslangan, rieltorlarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga ko‘maklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari:
rieltorning malaka imtihoni uchun test savollarini ishlab chiqishda va malaka imtihonini o‘tkazishda ishtirok etadi;
Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksini tasdiqlaydi hamda unga rioya etilishining tizimli ravishda monitoring qilinishini ta’minlaydi;
rieltorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
rieltorlik tashkilotlari va rieltorlarni belgilangan tartibda a’zolikka qabul qiladi;
o‘z a’zolarining reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
o‘z a’zolari tomonidan ushbu Qonun talablariga, rieltorlik xizmatlarining milliy standartlariga, Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksiga, rieltorlik faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etishilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun rieltorlik tashkilotlarini va rieltorlarni a’zolikdan chiqaradi, vakolatli organga qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan rieltorlar malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;
o‘z a’zolarining axborot-uslubiy ta’minotini tashkil etadi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi xalqaro tashkilotlarning hamda vakolatli davlat organi komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
rieltorlar malakasini oshirish tizimi monitoringini ta’minlaydi hamda rieltorlarga ta’lim beruvchi o‘quv markazlarida rieltorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi haqidagi axborotni yil yakunlari bo‘yicha 20-yanvarga qadar vakolatli organga taqdim etadi.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar ularning barcha a’zolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari kirish va a’zolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Bunda badallarning va to‘lov tariflarining miqdorlari ular a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasining rahbarlari va xodimlari rieltorlik tashkilotining ta’sischilari bo‘lishga, rieltorlik tashkilotida ishlashga yoki rieltor sifatida ish yuritishga, rieltorlik tashkiloti bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzishga, shuningdek rahbarlarga, rieltorlarga yoki rieltorlik tashkilotlarining boshqa xodimlariga nisbatan affillangan shaxs bo‘lishga haqli emas.
52-modda. Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining boshqaruv organlari
Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi ushbu jamoat birlashmasining yuqori organidir va ushbu yig‘ilish kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Ijro etuvchi organ rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmasining yuqori organi tomonidan uning a’zolari orasidan saylanadi va jamoat birlashmasining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi”;
“Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi:
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda malaka imtihonini o‘tkazadi;
malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilishni amalga oshiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomalarini ko‘rib chiqadi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalari bilan birgalikda rieltorlar uchun malaka oshirishning yagona dasturini tasdiqlaydi va uning bajarilishini nazorat qiladi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan rieltorlik tashkilotlari xodimlarining ro‘yxatini shakllantiradi;
rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining reyestrini yuritadi”;
“rieltorning malaka sertifikati mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar”;
9) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining a’zosi bo‘lgan rieltorlik tashkilotlari va rieltorlar umumiy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida boshqa rieltorlarning birlashmalarini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etish huquqiga ega”.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-301-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 12-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi va litsenziya beradi, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turadi yoki tugatadi, shuningdek litsenziyani bekor qiladi yoki qayta rasmiylashtiradi”.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 24-maydagi O‘RQ-844-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 26-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2023-y., 03/23/844/0293-son)
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 25-avgustda qabul qilingan “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-392-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 313-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘RQ-501-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 677-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 489-modda, № 10, 595-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 7, 661-modda) 20-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziyani beradi, qayta rasmiylashtiradi, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turadi, qayta tiklaydi, litsenziyani bekor qiladi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi”.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyulda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 387-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 21-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
ikkinchi qismidagi “Turoperator xizmatlarini” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi”.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol to‘g‘risida”gi O‘RQ-550-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 388-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 40-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“litsenziyalar va ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash, litsenziyalar va ruxsatnomalarni bekor qilish yoki qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ularni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega”.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrda qabul qilingan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 10, 675-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasining ikkinchi qismidagi “baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan” degan so‘zlar “baholash faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshiruvchi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrda qabul qilingan “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-578-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 786-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 17-modda sakkizinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “To‘lov xizmatlari” degan so‘zlar “To‘lov tizimlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 18-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“23-modda. To‘lov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish
Markaziy bank quyidagi hollarda to‘lov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli:
to‘lov tizimining operatori litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda;
to‘lov tizimining operatori bo‘lgan bankda bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olinganda;
to‘lov tizimining operatori tugatilganda — tugatilish paytidan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etilishi natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, bundan uning o‘zgartirilishi, shuningdek qayta tashkil etilayotgan to‘lov tizimi operatorida yangitdan vujudga kelgan yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi sanasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan ayni bir turini amalga oshirishga doir litsenziya mavjud bo‘lganda qo‘shib yuborilishi mustasno;
to‘lov tizimining operatori litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida faoliyatni amalga oshirmaganda yoki to‘lov tizimi operatorining faoliyati olti oydan ortiq davrga to‘xtatib turilganda;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablar to‘lov tizimining operatori tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda;
to‘lov tizimining uzluksiz ishlashiga ta’sir ko‘rsatuvchi qoidabuzarliklar Markaziy bankning birinchi ko‘rsatmasi yuborilgan kundan e’tiboran uch oy mobaynida to‘lov tizimining operatori tomonidan bartaraf etilmaganda;
Markaziy bankning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga zid ekanligi aniqlanganda.
Litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilganda to‘lov tizimi operatori quyidagilarni taqdim etishi shart:
1) to‘lov tizimi operatori tugatiladigan taqdirda:
to‘lov tizimi operatorini tugatish to‘g‘risida uning muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi tomonidan tugatish sabablari ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror;
to‘lov tizimi operatorining muassislari (ishtirokchilari) yoki ta’sis hujjatlarida shunga vakil qilingan yuridik shaxs organi tomonidan tasdiqlangan, tugatish jarayonini, to‘lov tizimi ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarni bajarish hamda kreditorlarning talablarini qanoatlantirish tartib-taomillari va muddatlarini o‘z ichiga olgan tugatish rejasi;
Markaziy bankka murojaat qilish paytidagi, kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun mablag‘lar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti;
tugatuvchi to‘g‘risidagi yoki tugatish komissiyasining tarkibi haqidagi axborot va boshqa zarur ma’lumotlar;
2) boshqa hollarda — to‘lov tizimi ishtirokchilari oldidagi majburiyatlarni bajarish tartib-taomillari va muddatlari.
To‘lov tizimi operatori litsenziyasini ushbu moddada nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni to‘lov tizimi operatori rahbariyatiga imzo qo‘ydirilib topshiriladi. Litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qaror to‘lov tizimining operatori tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n kun mobaynida litsenziya Markaziy bankka qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim.
Markaziy bankning to‘lov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olganligi to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim. Markaziy bankning to‘lov tizimi operatori litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani chaqirib olishni asossiz deb topgan taqdirda, Markaziy bank litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
To‘lov tizimi operatori litsenziyasi chaqirib olinganda to‘lovlar va hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni yakunlash tartibi hamda muddatlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi”;
“25-modda. To‘lov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish
Markaziy bank quyidagi hollarda to‘lov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli:
to‘lov tashkiloti litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganda;
to‘lov tashkiloti tugatilganda — tugatish paytidan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etish paytidan e’tiboran, bundan to‘lov tashkilotining o‘zgartirilishi, shuningdek qayta tashkil etilayotgan to‘lov tashkilotida yangitdan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida faoliyatning litsenziyalanadigan ayni bir turini amalga oshirishga doir litsenziya mavjud bo‘lganda qo‘shib yuborilishi mustasno;
to‘lov tashkiloti faoliyatni litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida amalga oshirmaganda yoki to‘lov tashkilotining faoliyati olti oydan ortiq davrga to‘xtatib turilganda;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablar to‘lov tashkiloti tomonidan muntazam ravishda buzilganda yoki bir marta qo‘pol tarzda buzilganda;
Markaziy bankning litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining qonunga zid ekanligi aniqlanganda.
To‘lov tashkiloti litsenziyasini ushbu moddada nazarda tutilmagan asoslar bo‘yicha chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni to‘lov tashkiloti rahbariyatiga imzo qo‘ydirilib topshiriladi. Litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qaror to‘lov tashkiloti tomonidan olingan kundan e’tiboran o‘n kun mobaynida litsenziya Markaziy bankka qaytarilishi va yo‘q qilinishi lozim.
Markaziy bankning to‘lov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olganligi to‘g‘risidagi qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinishi lozim. Markaziy bankning to‘lov tashkiloti litsenziyasini chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan sanadan e’tiboran litsenziyaning amal qilishi tugatilgan hisoblanadi.
To‘lov tashkilotiga Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori berilganidan so‘ng to‘lov xizmatlarini ko‘rsatishi taqiqlanadi va to‘lov tashkiloti bir oy mobaynida o‘zining nomidan “to‘lov tashkiloti” degan so‘zlarni chiqarib tashlashi kerak.
Markaziy bankning litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning chaqirib olinishini asossiz deb topgan taqdirda, Markaziy bank litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi”;
birinchi qismidagi “amalga oshirilishi mumkin” degan so‘zlar “amalga oshiriladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “Markaziy bankka ma’lumot uchun quyidagilar taqdim etiladi” degan so‘zlar “to‘lov tashkiloti quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda Markaziy bankni xabardor etadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 30-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“To‘lov tizimi operatori va (yoki) to‘lov tashkiloti Markaziy bankning qoidabuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini bajarmagan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzgan taqdirda, Markaziy bank qonunchilikka muvofiq quyidagi sanksiyalardan birini qo‘llaydi”;
8) 42-moddaning uchinchi qismidagi “faoliyatni amalga oshirish boshlanganligi to‘g‘risida” degan so‘zlar “faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 52-modda birinchi qismining o‘zbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pul mablag‘larini o‘tkazishda amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha pul mablag‘larini qaytarish pul mablag‘larini o‘tkazish yuzasidan noto‘g‘ri farmoyishni bajarish natijasida ruxsat etilmagan to‘lov fakti aniqlangan hollarda amalga oshiriladi”.
32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 889-modda; 2021-yil, № 4, 290-modda, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini boshlaganligi yoki tugatganligi haqida xabarnomalarni qabul qiladi, ularning reyestrini yuritadi”;
2) 20-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligini belgilangan tartibda xabardor qilganidan keyin maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga haqli”;
3) 21-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Litsenziya berish, qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
33-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-599-sonli Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, 12-songa 1-ilova; 2020-yil, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda, № 11, 652-modda; № 12, 690, 691-moddalar; 2021-yil, № 1, 6-modda, № 4, 294-modda, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 17-moddaning uchinchi qismi “Avtotransport yig‘imini” degan so‘zlardan keyin “hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imni” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 65-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“65-bob. Avtotransport yig‘imlari va alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar”;
3) quyidagi mazmundagi 4551-modda bilan to‘ldirilsin:
“4551-modda. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar turlari
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im;
umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im”;
4) 456-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi”;
5) 460-moddaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6) quyidagi mazmundagi 4601-modda bilan to‘ldirilsin:
“4601-modda. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im to‘lash tartibi
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi to‘g‘risida xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yig‘im ushbu oy uchun to‘liq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqiladi.
Agar alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga hamda ularning har biri joylashgan hudud miqdoriga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi va undiriladi.
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblash keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turiladi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘im har oyda oldindan to‘lov shaklida, joriy oyning o‘ninchi sanasiga qadar to‘lanadi.
Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi”;
7) 476-moddaning to‘rtinchi qismidagi “litsenziya” degan so‘z “yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
34-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘RQ-600-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda) ilovasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 20-bandning “b” va “g” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
2) 21-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
26. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji
axborotning kriptografik himoya vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish
— BHMning 5 baravari
”;
6) 30-bandning “b” kichik bandi chiqarib tashlansin;
7) 31-bandning:
“a” kichik bandidagi “saqlash” degan so‘z chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
v) dori vositalarini ishlab chiqarishga, tayyorlashga, ulgurji realizatsiya qilishga, shuningdek dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) mustasno) doir faoliyati
— BHMning 10 baravari
”;
8) 32-bandining:
“b” kichik bandidagi “ulardan foydalanish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandi chiqarib tashlansin;
9) 33-bandning:
“b” kichik bandi “mahalliy” degan so‘zdan keyin “shaharlararo va xalqaro” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“v” kichik bandi “mahalliy” degan so‘zdan keyin “shaharlararo va xalqaro” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“g” kichik bandi “mahalliy” degan so‘zdan keyin “shaharlararo va xalqaro” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
e) mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiya tarmoqlariga xizmatlar ko‘rsatish (qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari)
— BHMning 30 baravari
”;
“j”, “i”, “k”, “l”, “m”, “n”, “p” va “r” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
“u” kichik bandidagi “va ularga xizmatlar ko‘rsatish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“yeye” va “jj” kichik bandlari chiqarib tashlansin;
10) 34, 35 va 36-bandlar chiqarib tashlansin;
11) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
37. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji
neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish
— BHMning 10 baravari
magistral gaz quvurlarini, neft quvurlarini va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlash
— BHMning 10 baravari
”;
12) 38-banddagi “BHMning 250 baravari” degan so‘zlar “BHMning 200 baravari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
44. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji
yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobusda tashish
14 o‘ringacha
— BHMning 1 baravari
14 o‘rindan ortiq
— BHMning 2,5 baravari
yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobilda tashish
4 o‘ringacha
— BHMning 2 baravari
4 o‘rindan ortiq
— BHMning 3,5 baravari
yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha 12 o‘rindan ortiq avtobusda tashish
— BHMning 28 baravari
yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha mikroavtobusda tashish, 1 ta transport vositasi uchun
— BHMning 22 baravari
yo‘lovchilarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yengil avtomobilda tashish, 1 ta transport vositasi uchun
— BHMning 7 baravari
yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtomobil transportida tashish, 1 ta transport vositasi uchun
— BHMning 7 baravari
”;
15) 46-band chiqarib tashlansin;
16) 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
47. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining hududiy bo‘linmalari tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji
dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish (bundan oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish (optika) mustasno)
— BHMning 10 baravari
”;
17) 48-band chiqarib tashlansin;
18) quyidagi mazmundagi 50-band bilan to‘ldirilsin:
“
50. Faoliyatning ayrim turlarini O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji
a) alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyat
— BHMning 200 baravari
b) iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga doir faoliyat:
rektifikatlangan iste’mol etil spirtini ishlab chiqarish
— BHMning 100 baravari
texnik etil spirti ishlab chiqarish
— BHMning 25 baravari
iste’mol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarish
— BHMning 250 baravari
o‘tkirligi 7,0 dan 22,0 foizgacha bo‘lgan vino ichimliklari ishlab chiqarish
— BHMning 250 baravari
uzum va meva arog‘i, uzum va meva-rezavorlar vinosi, konyak, konyak ichimliklari, brendi, viski, rom, kalvados ishlab chiqarish
— BHMning 100 baravari
uzum va meva-rezavorlar spirti, vino spirti, uzumdan va meva rezavorlardan tayyorlangan spirt xom ashyosi, uzum, vino, konyak, viski, rom, meva-rezavorlar va kalvados distillyatlari, ko‘piklanadigan va gazlangan vino ishlab chiqarish
— BHMning 50 baravari
uzum va rezavor mevadan vinomateriallar ishlab chiqarish
— BHMning 25 baravari
Izoh. Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishini amalga oshirish huquqi uchun, har bir guruh turiga qarab, davlat boji har yil uchun bir marta to‘lanadi.
”.
35-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 2-iyulda qabul qilingan “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-626-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 446-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning yettinchi xatboshisidagi “geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega bo‘lgan” degan so‘zlar “geodeziya va kartografiya faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 11-moddaning beshinchi xatboshisidagi “litsenziya talablari va shartlariga” degan so‘zlar “xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 13-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risidagi xabarnomani qabul qiladi hamda xabardor qiluvchilarning reyestrini yuritadi”;
4) 20-moddaning uchinchi qismidagi “geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir litsenziyaga ega” degan so‘zlar “geodeziya va kartografiya faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 26-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talablari va shartlariga” degan so‘z “xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“29-modda. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish hamda nazorat qilish tartibi
Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus vakolatli davlat organi bu haqda belgilangan tartibda xabardor qilinishi kerak. Xabardor qilish tartibi hamda geodeziya va kartografiya bilan bog‘liq ishlarning turlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Geodeziya va kartografiya faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan geodeziya va kartografiya faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hamda qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorlar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan qabul qilinadi”;
7) 30-moddaning uchinchi qismidagi “litsenziyaga ega bo‘lgan” degan so‘zlar “faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 39-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talablari va shartlariga” degan so‘zlar “xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 40-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “litsenziya talablari va shartlariga” degan so‘zlar “xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatga (harakatlarga) doir talablari va shartlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
36-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 538-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning sakkizinchi xatboshisi “ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida” degan so‘zlardan keyin “yoki xabardor qilish tartibida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 23-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi “berish” degan so‘zdan keyin “vakolatli organni ushbu sohada faoliyat boshlash to‘g‘risida xabardor qilish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshisi “ta’lim tashkilotlarini” degan so‘zlardan keyin “(bundan maktabdan tashqari ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshisi “litsenziyalar beradi” degan so‘zlardan keyin “faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan shaxslardan xabarnomalar qabul qiladi va ularning reyestrini yuritadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) 29-moddaning uchinchi qismi “shug‘ullanishga haqli” degan so‘zlardan keyin “bundan ushbu Qonunning 571-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi, bundan maktabdan tashqari ta’limni, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari mustasno”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari tomonidan bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkin. Bunda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim tashkilotlari belgilangan tartibda attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tishi kerak”;
6) 34-moddaning beshinchi qismi “litsenziyada” degan so‘zdan keyin “yoki xabarnomada” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
7) 38-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ta’lim tashkilotlari talabgorlarni va (yoki) ularning ota-onasini yoki boshqa qonuniy vakillarini ustav, litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikat (bundan maktabdan tashqari nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari mustasno), o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, o‘quvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil belgilashga haqli”;
birinchi qismidagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya berish va qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek litsenziyani bekor qilish yoki uni bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda Ta’lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalar nomuayyan muddatga, ta’limning quyidagi turlari uchun alohida beriladi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya (bundan oilaviy maktabgacha ta’lim mustasno);
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim”;
10) quyidagi mazmundagi 571-modda bilan to‘ldirilsin:
“571-modda. Nodavlat ta’lim faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshirish
Ta’limning quyidagi turlari Ta’lim inspeksiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish orqali amalga oshiriladi:
maktabdan tashqari ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklida ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga belgilangan tartibda xabarnoma yuboriladi”;
“O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari, shuningdek oliy ta’limdan keyingi ta’limni amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari davlat ta’lim standartlariga, davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beruvchi, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tadi”;
37-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
38-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
39-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV