Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.01.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI HUZURIDAGI IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI QOʻMITASINING
Qarori
KORXONALARNING MOLIYAVIY-IQTISODIY AHVOLI MONITORINGI VA TAHLILINI OʻTKAZISh MEZONLARINI ANIQLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 14-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1469]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 11-yanvardagi 02/16-10/40-sonli “Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1469-5, 23.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisidagi” Qonuniga asosan, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qoʻmitasi tomonidan 1999-yil 27-iyulda 12-son bilan tasdiqlangan “Korxonalarning iqtisodiy nochorligini aniqlash boʻyicha mezonlar tizimi” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin (1999-yil 25-avgust, roʻyxat raqami 803 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 10-son).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisi G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 16-mart,
GS-05/0271/1-son
Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining 2005-yil 16-martdagi GS-05/0271/1-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini oʻtkazish mezonlarini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 81-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomilini qoʻllash takliflarini ishlab chiqish maqsadida, mulkida davlat ulushi mavjud boʻlgan hamda yirik korxonalarning moliyaviy holatini tashhis qilish orqali iqtisodiy tavakkalchilik va iqtisodiy nochorlik alomatlarini aniqlash uchun korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring va tahlil qilish mezonlarini belgilaydi.
I. Mezonlar tizimi
1. Korxonalar iqtisodiy ahvoliga koʻra quyidagi guruhlarga ajratiladi:
a) iqtisodiy qodir;
b) iqtisodiy tavakkalchilik;
v) iqtisodiy nochor:
toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega;
toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas.
2. Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi (bundan keyin — Qoʻmita) yoki uning hududiy organlari ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korxonalarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini normallashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan koʻrsatmalar beradi.
Qoʻmita yoki uning hududiy organlari ustav fondida davlat ulushi boʻlgan, iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy ahvoliga koʻra sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomilini qoʻllash takliflarini ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatmalar beradi.
II. Asosiy koʻrsatkichlar (mezonlar)
3. Iqtisodiy ahvolni baholash uchun asosiy koʻrsatkichlar (mezonlar) quyidagilardir:
a) toʻlov qobiliyati yoki qoplash koeffitsiyenti — Tqk;
b) oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti — Oʻak;
v) aktivlarning va xarajatlarning rentabellilik koeffitsiyenti — Ark, Xrk;
Yakuniy qarorga kelish uchun quyidagi qoʻshimcha koʻrsatkichlardan ham foydalanish mumkin:
oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarning nisbat koeffitsiyenti — Oʻqk;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti — Qfk;
asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti — Avek.
Bunda iqtisodiy tahlil etilishi lozim boʻlgan korxonalar quyidagi koʻrsatkichlar orqali tanlab olinadi:
pullik majburiyatlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha ularni toʻlash kunidan uch oydan ortiq muddati oʻtgan kreditorlik qarzlarining mavjudligi;
korxonaning toʻlovga qobiliyatsizligi, yaʼni qisqa muddatli qarzlarini joriy aktivlari bilan qoplay olmasligi;
past rentabelilik yoki zararlilik.
III. Korxonalarning iqtisodiy ahvolini baholovchi koʻrsatkichlarning tavsifnomasi
4. Pullik majburiyatlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha ularni toʻlash muddati kelgan kundan boshlab uch oydan ortiq muddati oʻtgan qarz qonun hujjatlari yoki shartnomalarga muvofiq majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar va kreditorlarning pullik majburiyatlar boʻyicha talablarini amalga oshirish vaqtidan boshlab belgilanadi (masalan, budjetga soliqlarni hisobot davridan keyingi maʼlum sanaga har oy yoki har chorakda toʻlash muddatlari).
Muddati uch oydan ortiq oʻtgan qarz haqidagi maʼlumotlar Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrda 140-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan (AV, 2003-yil 24-yanvarda 1209-son bilan roʻyxatga olingan) Buxgalteriya balansi 1-sonli shaklining 602-satr 4-ustunidan yoki Buxgalteriya balansiga ilova “Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi”ning 4-satr 3-ustunidan olinadi (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son).
5. Toʻlov qobiliyati (qoplash) koeffitsiyenti nafaqat debitorlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sharoitda sotish sharti bilan, balki boshqa moddiy joriy (aylanma) mablagʻlar elementlari sharoitida baholanuvchi korxonaning toʻlovga qobilligini koʻrsatadi. Koeffitsiyentning kamayishi korxona toʻlov imkoniyatlarining pasayishi haqida xabar beradi.
Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:

‎‏Tqq ‎=

‎‎joriy (aylanma) aktivlar‎‎
‎‎_______________________

‎‏=

A2‎
‎‎__________

‎‏bunda:

‎‎joriy majburiyatlar

‎‎P2 — Umm

A2 — joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablagʻlari, debitorlik qarzlari va b.), balans aktivining II boʻlimi, 390-satr;
P2 — majburiyatlar, balans passivining II boʻlimi, 770-satr;
Umm — uzoq muddatli majburiyatlar (buxgalteriya balansi 490-satr).
Agar toʻlovga qobillik koeffitsiyenti hisobot davri soʻngida 1,25 dan past qiymatga ega boʻlsa, korxona toʻlov qobiliyatiga ega emas deb hisoblanadi.
6. Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti moliyaviy mustahkamlik, korxona egalari va kreditorlar manfaatlarining nisbati uchun zarur boʻlgan korxonaning oʻz aylanma mablagʻlarining mavjudligidan dalolat beradi
Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:

‎‏Oʻak ‎=

‎‎(P1 + Uqk) — A1‎‎
‎‎_______________________

bunda:

‎‎A2

A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qoʻyilmalar va b.), balans aktivining I boʻlimi, 130-satr;
P1 — oʻz mablagʻlari manbalari (ustav kapitali, rezerv kapitali, qoʻshimcha kapital, taqsimlanmagan foyda va b.), balans passivi I boʻlimining natijasi 480-satr.
Uqk — uzoq muddatli aktivlarni olish uchun yoʻnaltirilgan uzoq muddatli qarzlar va kreditlar (buxgalteriya balansi 570 va 580-satrlardan hisoblash orqali);
Ushbu kasr surati korxona oʻz mablagʻlari summasining qancha qismi aylanma mablagʻlarga yoʻnaltirilgani, maxraji — barcha aylanma mablagʻlar summasini koʻrsatadi. Ushbu koeffitsiyentning eng kam qiymati — 0,2.
Agar oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti hisobot davri oxirida 0,2 dan kam qiymatga ega boʻlsa, u holda korxona oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmagan hisoblanadi.
7. Rentabellik koeffitsiyenti korxonaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining foydalilik (zararlilik) darajasini koʻrsatadi.
Xarajatlar rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:

Xrk ‎=

Stf
‎‎__________

‎‏bunda:

X‎‎

Stf — Foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-sonli shaklning 240-satr 5-ustuni, yoki Foyda soligʻini toʻlagunga qadar zarar “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-sonli shaklning 240-satr 6-ustuni “–” belgisi bilan;
X — jami xarajatlar, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-sonli shakldan satrlar (020 “6-ustun” + 040 “6-ustun” + 170 “6-ustun” + 230 “6-ustun”) yigʻindisi.
Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti faqatgina yil yakunlariga koʻra quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:

Ark ‎=

Stf
‎‎__________

‎‏bunda:

Oʻb

Oʻb — balansning jami aktivi yoki passivining oʻrtacha qiymati boʻlib, oʻrtacha arifmetik yoki oʻrtacha xronologik formula boʻyicha hisoblangan.
Agar hisobot davri uchun rentabellik koeffitsiyenti:
noldan past (manfiy koʻrsatkich) chiqsa, korxona zarar koʻrib ishlayotgan;
0,05 dan past chiqsa, korxona past rentabellik (monopol korxonalardan tashqari) hisoblanadi.
8. Oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarining nisbat koeffitsiyenti qarz mablagʻlarini oʻz manbalari orqali qaytarish bilan taʼminlanganlik darajasini belgilaydi.
Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:

‎‏Oʻqk ‎=

‎‎P1
‎‎_______________________

P2 — Umm

Agar oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarining nisbat koeffitsiyenti hisobot davri soʻngida 1 dan past qiymatga ega boʻlsa, bu hol korxonada moliyaviy tavakkalchilik mavjudligidan guvohlik beradi.
Koeffitsiyentning tushib borishi korxona moliyaviy tavakkalchilikning oshib borishini anglatadi.
9. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti ishlab chiqarish quvvatlarining yuklanish darajasini bildiruvchi koʻrsatkichdir:

Qfk ‎=

‎‎Qhak.
______‎‎_______________________

‎‏bunda:

Qloyiha — (Qijara + Q‎konserv.)

Qhaq. — taqqoslanadigan qiymat koʻrinishidagi hisobot davrida chiqarilgan mahsulot (koʻrsatilgan xizmatlar)ning haqiqiy hajmi;
Qloyiha — taqqoslanadigan qiymat koʻrinishidagi belgilangan vaqt davomida mahsulot chiqarish (xizmatlar koʻrsatish)ning eng koʻp hajmi, unga asosiy texnologik uskunalardan toʻliq foydalanish va belgilangan ish rejimiga rioya qilish orqali erishish mumkin;
Qijara — ijaraga berilgan (taqqoslanadigan) quvvatlardagi mahsulot hajmlari;
Qkonserv. — konservatsiyalangan (taqqoslanadigan) quvvatlardagi mahsulot hajmlari.
Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti hisobot davrida 0,5 dan yoki oʻrtacha tarmoqnikidan past boʻlsa, u holda korxona ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past hisoblanadi.
10. Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti asosiy fondning davr uchun eskirish ulushini bildiruvchi koʻrsatkich boʻlib, asosiy vositalarning boshlangʻich narxiga nisbatan eskirish qiymatini aniqlaydi.

‎‏Avek ‎=

‎‎E
‎‎______________

bunda:

‎‎A

E — asosiy vositalarning eskirishi, “Buxgalteriya balansi” 1-son shakl, 011-satr;
A — asosiy vositalarning birlamchi qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shakl, 010-satr.
Agar asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti koʻrilayotgan davr oxirida 0,5 qiymatidan oshsa, korxonada asosiy vositalari sezilarli darajada eskirgan hisoblanadi.
IV. Korxonalarni guruhlar boʻyicha ajratish
11. “Iqtisodiy qodir” guruhiga “iqtisodiy tavakkalchilik” va “iqtisodiy nochor” guruhlariga kirmaydigan korxonalar mansubdir.
12. “Iqtisodiy tavakkalchilik” guruhiga kiruvchi korxonalar III boʻlimning 5-bandida koʻrsatilgan toʻlov qobiliyatiga ega emaslik belgilari yoki III boʻlimning 7-8-bandlarida koʻrsatilgan past rentabellik va moliyaviy tavakkalchilik belgilari mavjudligiga qarab aniqlanadi.
13. “Iqtisodiy nochor” guruhiga kiruvchi korxonalar pullik majburiyatlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha ularni toʻlash kunidan uch oydan ortiq muddati oʻtgan kreditorlik qarzlarining mavjudligiga qarab aniqlanadi. Bunda:
“toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega” korxonalarga yuqoridagi shartga asosan, lekin ushbu qarzni toʻlash imkoniyatiga ega korxonalar mansub (pullik majburiyatlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha ularni toʻlash kunidan uch oydan ortiq muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari mavjud hamda toʻlov qobiliyatiga ega, rentabel yoki oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlangan korxona).
eng kam oylik ish haqining besh yuz borabaridan kam boʻlmagan muddati oʻtgan kreditorlik qarzdorligi mavjud korxona — yuridik shaxs toʻlov qobiliyatiga ega emaslik, past rentabellik (zarar) va III boʻlimning 6-bandida koʻrsatilgan oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmaganlik belgilari mavjud boʻlsa, u korxona “toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas” kichik guruhiga mansub boʻladi.
14. Iqtisodiy nochor korxonalar roʻyxatiga yangi tashkil etilgan va (yoki) qayta taʼmirlanayotgan, jumladan, kredit hisobiga (boshlangʻich davrda quvvatlarni ishga tushirguncha xarajatlar foydadan ortiq boʻladi) taʼmirlanayotgan korxonalar kirmaydi.
15. Ushbu hujjat bilan tasdiqlangan iqtisodiy nochorlikni belgilovchi koeffitsiyentlarning meʼyoriy qiymatlari barcha tarmoqlar uchun yagona boʻlib, Qoʻmita va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda alohida tarmoqlarning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ularni hisoblash usuli oʻzgartirilishi mumkin.
V. Yakuniy qoidalar
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri S. RAXIMOV
2005-yil 15-mart
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-con, 119-modda; 2013-y., 29-son, 378-modda, 48-son, 627-modda)