1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Buyrugʻi
MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARI VA ULARNI TOʻLDIRISH BOʻYICHA QOIDALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 24-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1209]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3567, 04.11.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Moliyaviy hisobot shakllari quyidagi ilovalarga muvofiq tasdiqlansin:
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
4. Mazkur buyruq bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni barcha xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar, auditorlik tashkilotlari va birjalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi, boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar — 2004-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, sugʻurta tashkilotlari va banklar bundan mustasno.
5. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin birjalarga nisbatan quyidagilarning amal qilishi bekor qilinsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1117, 2002-yil 19-mart — Normativ hujjatlar axborotnomasi 2002-y., 6-son);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 12-iyuldagi 86-son “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 7-fevraldagi 31-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining 7-ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” buyrugʻi (roʻyxat raqami 1117-1, 2002-yil 22-iyul — Normativ hujjatlar axborotnomasi 2002-y., 14 -son).
Vazir M. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2002-yil 27-dekabr,
140-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrugʻiga 1-son ILOVA
BUXGALTERIYA BALANSI 1-sonli shakl
___________________20___ yilga na________________ 20___god
Kodlar Kodi
Korxona, tashkilot Predpritiye, organizatsiya _________________
KTUT boʻyicha po OKPO
Faoliyat turi Vid deyatelnosti________________________________
IFUT boʻyicha po OKED
Tashkiliy-huquqiy shakli Organizatsionno-pravovaya forma __________
THSHT boʻyicha po KOPF
Mulkchilik shakli Forma sobstvennosti_____________________
MSHT boʻyicha po KFS
Vazirlik, idora va boshqalar Ministerstva, vedomstva i drugiye _________
DBIBT boʻyicha po SOOGU
Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami Identifikatsionniy nomer nalogoplatelshika
Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning qarzi (4120) Zadoljennost dochernix i zavisimix xozyaystvennix obshestv (4120)
240
Xodimlarga berilgan boʻnaklar(4200) Avansi, vidannie personalu (4200)
250
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar (4300) Avansi, vidannie postavshikam i podryadchikam (4300)
260
Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (4400) Avansovie plateji po nalogam i drugim obyazatelnim platejam v budjet (4400)
270
Maqsadli davlat jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (4500) Avansovie plateji v gosudarstvennie selevie fondi i po straxovaniyu (4500)
280
Taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzi (4600) Zadoljennost uchrediteley po vkladam v ustavniy kapital (4600)
290
Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzi (4700) Zadoljennost personala po prochim operatsiyam (4700)
300
Boshqa debitorlik qarzlari (4800) Prochiye debitorskiye zadoljennosti (4800)
310
Pul mablagʻlari, jami (satr. 330 + 340 + 350 + 360), shu jumladan: Denejnie sredstva, vsego (str. 330 + 340 + 350 + 360), v tom chisle:
320
Kassadagi pul mablagʻlari (5000) Denejnie sredstva v kasse (5000)
330
Hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlari (5100) Denejnie sredstva na raschetnom schete (5100)
340
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari (5200) Denejnie sredstva v inostrannoy valyute (5200)
350
Boshqa pul mablagʻlari va ekvivalentlari (5500, 5600, 5700) Prochiye denejnie sredstva i ekvivalenti (5500, 5600, 5700)
360
Qisqa muddatli investitsiyalar (5800) Kratkosrochnie investitsii (5800)
370
Boshqa joriy aktivlar (5900) Prochiye tekushiye aktivi (5900)
380
II boʻlim boʻyicha jami (satr. 140 + 190 + 200 + 210 + 320 + 370 + 380) Itogo po razdelu II (str. 140 + 190 + 200 + 210+ 320 + 370 + 380)
390
Balans aktivi boʻyicha jami (satr. 130 + 390) Vsego po aktivu balansa (str. 130 + str. 390)
400
Passiv
I. Oʻz mablagʻlari manbalari I. Istochniki sobstvennix sredstv
Shu jumladan: uzoq muddatli kreditorlik qarzlari (satr. 500 + 520 + 540 + 560 + 590) v tom chisle: dolgosrochnaya kreditorskaya zadoljennost (str. 500 + 520 + 540 + 560 + 590)
491
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz (7000)
500
Dolgosrochnaya zadoljenost postavshikam i podryadchikam (7000)
Ajratilgan boʻlinmalarga uzoq muddatli qarz (7110) Dolgosrochnaya zadoljennost obosoblennim podrazdeleniyam (7110)
510
Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarga uzoq muddatli qarz (7120) Dolgosrochnaya zadoljennost dochernim i zavisimim xozyaystvennim obshestvam (7120)
520
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar (7210, 7220, 7230) Dolgosrochnie otsrochennie doxodi (7210, 7220, 7230)
520
Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7240) Dolgosrochnie otsrochennie obyazatelstva po nalogam i drugim obyazatelnim platejam (7240)
540
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar (7250, 7290) Prochiye dolgosrochnie otsrochennie obyazatelstva (7250, 7290)
550
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar (7300) Avansi, poluchennie ot pokupateley i zakazchikov (7300)
560
Uzoq muddatli bank kreditlari (7810) Dolgosrochnie bankovskiye krediti (7810)
570
Uzoq muddatli qarzlar (7820, 7830, 7840) Dolgosrochnie zaymi (7820, 7830, 7840)
580
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900) Prochiye dolgosrochnie kreditorskiye zadoljennosti (7900)
Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar (6240) Otsrochennie obyazatelstva po nalogam i drugim obyazatelnim platejam (6240)
Olingan boʻnaklar (6300) Poluchennie avansi (6300)
670
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (6400) Zadoljennost po platejam v budjet (6400)
680
Sugʻurtalar boʻyicha qarz (6510) Zadoljennost po straxovaniyu (6510)
690
Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarz (6520) Zadoljennost po platejam v gosudarstvennie selevie fondi (6520)
700
Taʼsischilarga boʻlgan qarzlar (6600) Zadoljennost uchreditelyam (6600)
710
Mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarz (6700) Zadoljennost po oplate truda (6700)
720
Qisqa muddatli bank kreditlari (6810) Kratkosrochnie bankovskiye krediti (6810)
730
Qisqa muddatli qarzlar (6820, 6830, 6840) Kratkosrochnie zaymi (6820, 6830, 6840)
740
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi (6950) Tekushaya chast dolgosrochnix obyazatelstv (6950)
750
Boshqa kreditorlik qarzlar (6950 dan tashqari 6900) Prochiye kreditorskiye zadoljennosti (6900 krome 6950)
760
II boʻlim boʻyicha jami (satr. 490 + 600) Itogo po razdelu II (str. 490 + 600)
770
Balans passivi boʻyicha jami (satr. 480 + 770) Vsego po passivu balansa (str. 480 + 770)
780
Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan qiymatliklarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot Spravka o nalichii sennostey, uchitivayemix na zabalansovix schetax
Koʻrsatkichlar nomi Naimenovaniye pokazatelya
Satr kodi Kod str.
Hisobot davri boshiga
Hisobot davri oxiriga
na nachalo otchetnogo perioda
na konets otchetnogo perioda
Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar (001) Osnovnie sredstva, poluchennie po operativnoy arende (001)
790
Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar (002) Tovarno-materialnie sennosti, prinyatie na otvetstvennoye xraneniye (002)
800
Qayta ishlashga qabul qilingan materiallar (003) Materiali, prinyatie v pererabotku (003)
810
Komissiyaga qabul qilingan tovarlar (004) Tovari, prinyatie na komissiyu (004)
820
Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar (005) Oborudovaniye, prinyatoye dlya montaja (005)
830
Qatʼiy hisobot blankalari (006) Blanki strogoy otchetnosti (006)
840
Toʻlovga qobiliyatsiz debitorlarning zararga hisobdan chiqarilgan qarzi (007) Spisannaya v ubitok zadoljennost neplatejesposobnix debitorov (007)
850
Olingan majburiyat va toʻlovlarning taʼminoti (008) Obespecheniye obyazatelstv i platejey — poluchennie (008)
860
Berilgan majburiyat va toʻlovlarning taʼminoti (009) Obespecheniye obyazatelstv i platejey — vidannie (009)
870
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar (010) Osnovnie sredstva, sdannie po dogovoru finansovoy arendi (010)
880
Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklar (011) Imushestvo, poluchennoye po dogovoru ssudi (011)
890
Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar (012) Rasxodi, isklyuchayemie iz nalogooblagayemoy bazi sleduyushix periodov (012)
900
Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha) (013) Vremennie nalogovie lgoti (po vidam) (013)
910
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari (014) Inventar i xozyaystvennie prinadlejnosti v ekspluatatsii (014)
920
Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) boʻyicha olingan mol-mulk (015) Imushestvo, poluchennoye po dogovoru prostogo tovarishestva (sovmestnoy deyatelnosti) (015)
930
Foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlar (016) Nematerialnie aktivi, poluchennie po pravu polzovaniya (016)
* Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud boʻlgan hollarda ularning rasshifrovkasi Buxgalteriya balansining ilovasiga muvofiq keltiriladi.
(1-sonli ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
MUDDATI OʻTGAN DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI
RASSHIFROVKASI
20_____yil__________holatiga
RASSHIFROVKA PROSROCHENNOY DEBITORSKOY I KREDITORSKOY
ZADOLJENNOSTI
po sostoyaniyu _____________20___g.
№
Muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitor va kreditorlar roʻyxati
Muddati oʻtgan umumiy qarz
Tashkilotga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarzlar Prosrochennaya zadoljennost, obrazovavshayasya po prichinam, ne zavisyashim ot organizatsiy
jami
shu jumladan / v tom chisle:
hukumat qarorlariga asosan oldindan haq toʻlamay joʻnatilgan (olingan) mahsulotlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzlar
davlat resurslari va jamgʻarmalaridan joʻnatish koʻzda tutilgan xom ashyo va materiallar boʻyicha oʻtkazilgan boʻnak toʻlovlari summasi
hukumat qarorlari boʻyicha kechiktirilgan qarzlar
Qonunchilikka muvofiq daʼvolar boʻyicha sud jarayonida koʻrib chiqilayotgan yoki iqtisodiy sud tomonidan kreditorlardan undirish toʻgʻrisida qaror chiqqan qarzlar summasi
Perechen debitorov i kreditorov, po kotorim imeyetsya prosrochennaya zadoljennost
Obshaya prosrochennaya zadoljennost
Vsego
prosrochennaya zadoljennost po produksii, otgrujennoy (poluchennoy) bez predoplati po resheniyam Pravitelstva
summa perechislennix avansovix platejey, po kotorim predusmotrena otgruzka sirya i materialov iz gosudarstvennix resursov i fondov
zadoljennost, otsrochennaya po resheniyam Pravitelstva
Respublikadan tashqaridagi muddati oʻtgan ��arzlar, �ami
X
Prosrochennaya zadoljennost za predelami respubliki, vsego
6.1
shu jumladan kreditorlar nomi boʻyicha
X
v tom chisle po naimenovaniyam kreditorov
Rahbar Rukovoditel
_______________________________
___________________
(F.I.O./F.I.O)
(imzo / podpis)
Bosh buxgalter Glavniy buxgalter
_______________________________
___________________
(F.I.O./F.I.O)
(imzo / podpis)
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrugʻiga 2-son ILOVA
MOLIYAVIY NATIJALAR TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT 2-sonli shakl
20__ yil 1-yanvardan 1________________gacha s 1-yanvarya po 1 _______________ 20___god
Kodlar Kodi
Korxona, tashkilot Predpritiye, organizatsiya _________________
KTUT boʻyicha po OKPO
Faoliyat turi Vid deyatelnosti________________________________
IFUT boʻyicha po OKED
Tashkiliy-huquqiy shakli Organizatsionno-pravovaya forma __________
THSHT boʻyicha po KOPF
Mulkchilik shakli Forma sobstvennosti_____________________
MSHT boʻyicha po KFS
Vazirlik, idora va boshqalar Ministerstva, vedomstva i drugiye _________
DBIBT boʻyicha po SOOGU
Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami Identifikatsionniy nomer nalogoplatelshika
Oʻlchov birligi, ming soʻm Yedinitsa izmereniya, tis. sum.
Qabul qilingan sana Data polucheniya
Taqdim qilish muddati Srok predstavleniya
Koʻrsatkichlar nomi Naimenovaniye pokazatelya
Satr kodi Kod stroki
Oʻtgan yilning shu davrida Za sootvetstvuyushiy period proshlogo goda
Hisobot davrida Za otchetniy period
daromadlar (foyda) doxodi (pribil)
xarajatlar (zararlar), rasxodi (ubitki)
daromadlar (foyda) doxodi (pribil)
xarajatlar (zararlar) rasxodi (ubitki)
1
2
3
4
5
6
Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum Chistaya viruchka ot realizatsii produksii (tovarov, rabot i uslug)
010
x
x
Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi Sebestoimost realizovannoy produksii (tovarov, rabot i uslug)
020
x
x
Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (satr. 010 – 020) Valovaya pribil (ubitok) ot realizatsii produksii (tovarov, rabot i uslug) (str. 010 – 020)
030
Davr xarajatlari, jami (satr. 050 + 060 + 070), shu jumladan: Rasxodi perioda, vsego (str. 050 + 060 + 070), v tom chisle:
040
x
x
Sotish xarajatlari Rasxodi po realizatsii
050
x
x
Maʼmuriy xarajatlar Administrativnie rasxodi
060
x
x
Boshqa operatsion xarajatlar Prochiye operatsionnie rasxodi
070
x
x
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari Prochiye doxodi ot osnovnoy deyatelnosti
090
x
x
Asosiy faoliyatning foydasi (zarari) (satr. 030 – 040 + 090) Pribil (ubitok) ot osnovnoy deyatelnosti (str. 030 – 040 + 090)
100
Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami (satr. 120 + 130 + 140 + 150 + 160), shu jumladan: Doxodi ot finansovoy deyatelnosti, vsego (str. 120 + 130 + 140 + 150 + 160), v tom chisle:
110
x
x
Dividendlar shaklidagi daromadlar Doxodi v vide dividendov
120
x
x
Foizlar shaklidagi daromadlar Doxodi v vide protsentov
130
x
x
Moliyaviy ijaradan daromadlar Doxodi ot finansovoy arendi
140
x
x
Valyuta kursi farqidan daromadlar Doxodi ot valyutnix kursovix raznits
150
x
x
Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari Prochiye doxodi ot finansovoy deyatelnosti
160
x
x
Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar (satr. 180 + 190 + 200 + 210), shu jumladan: Rasxodi po finansovoy deyatelnosti (str. 180 + 190 + 200 + 210), v tom chisle:
170
x
x
Foizlar shaklidagi xarajatlar Rasxodi v vide protsentov
180
x
x
Moliyaviy ijara boʻyicha foizlar shaklidagi xarajatlar Rasxodi v vide protsentov po finansovoy arende
190
x
x
Valyuta kursi farqidan zararlar Ubitki ot valyutnix kursovix raznits
200
x
x
Moliyaviy fa�liyat boʻyicha boshqa xarajatlar Prochiye rasxodi po finansovoy deyatelnosti
210
x
x
Umumxoʻjalik faoliyatining foydasi (zarari) (satr. 100 + 110 – 170) Pribil (ubitok) ot obshexozyaystvennoy deyatelnosti (str. 100 + 110 – 170)
220
Favquloddagi foyda va zararlar Chrezvichaynie pribili i ubitki
230
Foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda (zarar) (satr. 220 +/– 230) Pribil (ubitok) do uplati naloga na pribil (str. 220 +/– 230)
240
Foyda soligʻi Nalog na pribil
250
x
x
Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar Prochiye nalogi i drugiye obyazatelnie plateji ot pribili
260
x
x
Hisobot davrining sof foydasi (zarari) (satr. 240 – 250 – 260) Chistaya pribil (ubitok) otchetnogo perioda (str. 240 – 250 – 260)
270
Koʻrsatkichlar nomi Naimenovaniye pokazatelya
Satr kodi Kod stroki
Hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha toʻlanadi Prichitayetsya po raschetu za otchetniy period
Hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangandan haqiqatda toʻlangani Fakticheski vneseno iz prichitayushixsya po raschetu za otchetniy period
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi Nalog na pribil yuridicheskix lits
280
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi Nalog na doxodi fizicheskix lits
290
shu jumladan: shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ajratmalar v tom chisle: otchisleniya v individualnie nakopitelnie pensionnie scheta grajdan
291
Qoʻshilgan qiymat soligʻi Nalog na dobavlennuyu stoimost
310
Aksiz soligʻi Aksizniy nalog
320
Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq Nalog za polzovaniye nedrami
330
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq Nalog za polzovaniye vodnimi resursami
340
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq Nalog na imushestvo yuridicheskix lits
350
Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi Zemelniy nalog s yuridicheskix lits
360
Yagona soliq toʻlovi Yediniy nalogoviy platej
370
Yagona yer soligʻi Yediniy zemelniy nalog
380
Qatʼiy belgilangan soliq Fiksirovanniy nalog
390
Boshqa soliqlar Prochiye nalogi
400
Avtotransport yigʻimlari Avtotransportnie sbori
410
Yagona ijtimoiy toʻlov Yediniy sotsialniy platej
440
Import boʻyicha bojxona boji Importnie tamojennie poshlini
450
Mahalliy budjetga yigʻimlar Sbori v mestniy budjet
460
Budjetga toʻlovlarning kechiktirilganligi uchun moliyaviy jazolar Finansovie sanksii za prosrochennie plateji v budjet
470
Jami budjetga toʻlovlar summasi (280 dan 470 satrgacha 291 satrdan tashqari) Vsego summa platejey v budjet (str. s 280 po 470 krome str. 291)
480
Budjetga toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumot Spravka o platejax v budjet
(2-sonli ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrugʻiga 4-son ILOVA
PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDA HISOBOT 4-sonli shakl
_________________________ 20__ yil uchun na ______________________ 20___god
Kodlar Kodi
Korxona, tashkilot Predpritiye, organizatsiya _________________
KTUT boʻyicha po OKPO
Faoliyat turi Vid deyatelnosti________________________________
IFUT boʻyicha po OKED
Tashkiliy-huquqiy shakli Organizatsionno-pravovaya forma __________
THSHT boʻyicha po KOPF
Mulkchilik shakli Forma sobstvennosti_____________________
MSHT boʻyicha po KFS
Vazirlik, idora va boshqalar Ministerstva, vedomstva i drugiye _________
DBIBT boʻyicha po SOOGU
Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami Identifikatsionniy nomer nalogoplatelshika
Oʻlchov birligi, ming soʻm Yedinitsa izmereniya, tis. sum.
Qabul qilingan sana Data polucheniya
Taqdim qilish muddati Srok predstavleniya
Koʻrsatkichlar nomi Naimenovaniye pokazatelya
Satr kodi Kod str.
Kirim Prixod
Chiqim Rasxod
1
2
3
4
Operatsion faoliyat Operatsionnaya deyatelnost
Mahsulot (tovar, ish, va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari Denejnie postupleniya ot realizatsii produksii (tovarov, rabot i uslug)
010
Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablagʻlari Denejnie viplati postavshikam za materiali, tovari raboti i uslugi
020
Xodimlarga va ular nomidan toʻlangan pul mablagʻlari Denejnie plateji personalu i ot ix imeni
030
Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari Drugiye denejnie postupleniya i viplati ot operatsionnoy deyatelnosti
040
Jami. operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 010 – 020 – 030 +/– 040) Itogo: chistiy denejniy pritok/ ottok ot operatsionnoy deyatelnosti (str. 010 – 020 – 030 +/– 040)
050
Investitsiya faoliyati Investitsionnaya deyatelnost
Asosiy vositalarni sotib olish va sotish Priobreteniye i prodaja osnovnix sredstv
060
Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish Priobreteniye i prodaja nematerialnix aktivov
070
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish Priobreteniye i prodaja dolgosrochnix i kratkosrochnix investitsiy
080
Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari Drugiye denejnie postupleniya i viplati ot investitsionnoy deyatelnosti
090
Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi (satr 060 +/– 070 +/– 080 +/– 090) Itogo: chistiy denejniy pritok/ottok ot investitsionnoy deyatelnosti (str. 060 +/– 070 +/– 080 +/– 090)
100
Moliyaviy faoliyat Finansovaya deyatelnost
Olingan va toʻlangan foizlar Poluchennie i viplachennie protsenti
110
Olingan va toʻlangan dividendlar Poluchennie i viplachennie dividendi
120
Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bogʻliq boʻlgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari Denejnie postupleniya ot vshuska aksiy ili drugix instrumentov svyazannix s sobstvennim kapitalom
Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari Denejnie postupleniya i viplati po dolgosrochnim i kratkosrochnim kreditam i zaymam
150
Moliyaviy ijara boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari Denejnie postupleniya i plateji po finansovoy arende
160
Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari Drugiye denejnie postupleniya i viplati ot finansovoy deyatelnosti
Jami moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi (satr 050 +/– 100 +/– 180 – 210) Itogo: chistiy denejniy pritok/ottok ot finansovo-xozyaystvennoy deyatelnosti (str. 050 +/– 100 +/– 180 – 210)
220
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi Saldo kursovix raznits, obrazovavshixsya ot pereotsenki denejnix sredstv v inostrannoy valyute
221
Yil boshidagi pul mablagʻlari Denejnie sredstva na nachalo goda
230
Yil oxiridagi pul mablagʻlari Denejnie sredstva na konets goda
240
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida maʼlumot Spravka o dvijenii denejnix sredstv v inostrannoy valyute
Koʻrsatkichlar nomi Naimenovaniye pokazateley
Satr kodi Kod str.
Miqdori Summa
Yil boshiga qoldiq Ostatok na nachalo goda
250
Kelib tushgan valyuta mablagʻlari, jami (satr 261 + 262 + 263 + 264), shu jumladan Postupilo valyutnix sredstv, vsego (str. 261 + 262 + 263 + 264), v tom chisle
260
Sotishdan olingan tushum Viruchka ot realizatsii
261
Konvertatsiya qilingan Prokonvertirovano
262
Moliyaviy faoliyat boʻyicha Po finansovoy deyatelnosti
263
Boshqa manbalar Drugiye istochniki
264
Sarflangan valyuta mablagʻlari, jami (satr 271 + 272 + 273), shu jumladan Izrasxodovano valyutnix sredstv, vsego (str. 271 + 272 + 273), v tom chisle
270
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar Viplati postavshikam i podryadchikam
271
Moliyaviy faoliyat boʻyicha toʻlovlar Viplati po finansovoy deyatelnosti
272
Boshqa maqsadlar uchun Na drugiye seli
273
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi Saldo kursovix raznits, obrazovavshixsya ot pereotsenki denejnix sredstv v inostrannoy valyute
(4-sonli ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrugʻiga 5-son ILOVA
XUSUSIY KAPITAL TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT 5-sonli shakl
_________________________ 20__ yil uchun na ______________________ 20___god
Kodlar Kodi
Korxona, tashkilot Predpritiye, organizatsiya _________________
KTUT boʻyicha po OKPO
Tarmoq Otrasl________________________________
XXTUT boʻyicha po OKONX
Tashkiliy-huquqiy shakli Organizatsionno-pravovaya forma __________
THSHT boʻyicha po KOPF
Mulkchilik shakli Forma sobstvennosti_____________________
MSHT boʻyicha po KFS
Vazirlik, idora va boshqalar Ministerstva, vedomstva i drugiye _________
DBIBT boʻyicha po SOOGU
Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami Identifikatsionniy nomer nalogoplatelshika
(5-sonli ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrugʻiga 7-son ILOVA
MOLIYAVIY HISOBOT SHAKLLARINI TOʻLDIRISH
QOIDALARI
1-§. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Qoidalarga muvofiq moliyaviy hisobotni Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga koʻra yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlar (budjet tashkilotlari, sugʻurta tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), shuningdek oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki boʻlgan va oʻz majburiyatlari boʻyicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob hisobiga ega boʻlgan soliq qonunchiligiga muvofiq soliq toʻlovchi hisoblanadigan alohida boʻlinmalar taqdim etadi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 15-iyunda 47-son bilan tasdiqlangan Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 942, 2000-yil 3-iyul) bilan belgilanadi.
2. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-son shakl;
g) pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot — 4-son shakl;
d) xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot — 5-son shakl.
3. Yarim yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi — 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-son shakl.
4. Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat buxgalteriya balansi — 1-son shakl va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-son shakldan iborat boʻlgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
5. Yillik moliyaviy hisobotga hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy natijalariga taʼsir koʻrsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Agar balans yil boshida oʻzgartirilgan boʻlsa, tushuntirish xatida oʻzgartirish sabablariga izoh beriladi. Unda keyingi yil uchun qabul qilingan hisob siyosati ham keltiriladi.
Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi sanasi holatiga oʻtkazilsa, qayta baholash natijalari hisobot yilining boshidagi moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda oʻtgan yilning oxiridagi va hisobot yilining boshidagi koʻrsatkichlarning mos kelmasligi, hisobot yilining birinchi sanasiga oʻtkazilgan asosiy vositalarni qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotiga tuzilgan tushuntirish xatida bayon etiladi.
6. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-son) 10-moddasida koʻrsatilgan yuridik shaxslar soliq idoralariga auditorlik tekshiruvi oʻtkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
7. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va belgilangan koʻrsatkichlar toʻldirilishi kerak. Agar korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satr, ustun) toʻldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) boʻshligʻi chizib qoʻyiladi.
8. Moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi:
a) “Korxona, tashkilot” rekviziti — korxonaning toʻliq nomi (oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlariga muvofiq) va KTUTga koʻra uning kodi koʻrsatiladi;
b) “Faoliyat turi” rekviziti — korxonaning iqtisodiy faoliyat turi va IFUTga koʻra iqtisodiy faoliyat kodi koʻrsatiladi;
v) “Tashkiliy-huquqiy shakli” rekviziti — korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va THSHTga koʻra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi koʻrsatiladi;
g) “Mulkchilik shakli” rekviziti — korxonaning mulkchilik shakli va MSHTga koʻra mulkchilik shaklining kodi koʻrsatiladi;
d) “Vazirlik, idora va boshqalar” rekviziti — ixtiyorida korxona boʻlgan va moliyaviy hisobot yoʻnaltiriladigan organning nomi(agar u mavjud boʻlsa) hamda DBIBTga koʻra ushbu organning kodi koʻrsatiladi;
e) “Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami” rekviziti — STIR boʻyicha korxonaning identifikatsiya raqami koʻrsatiladi;
j) “Hudud” rekviziti — MHOBT boʻyicha kodi koʻrsatiladi;
z) “Manzil” rekviziti — korxonaning toʻliq yuridik manzili koʻrsatiladi.
9. Moliyaviy hisobotni tuzishda Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari boʻyicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish lozim.
10. Korxona va tashkilotlarning mustaqil balansga ajratilmagan barcha alohida boʻlinmalarining faoliyati koʻrsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining koʻrsatkichlari tarkibiga kiritilishi lozim.
11. Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot sanasi boʻlib hisobot davrining oxirgi kalendar kuni hisoblanadi.
Hisobot yilida tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan korxona yil boshidan tugatish (qayta tashkil etish) paytigacha boʻlgan davr uchun yillik moliyaviy hisobotning amaldagi shakllari boʻyicha hisobot taqdim etadi.
1-oktabrga qadar yangi tashkil etilgan korxonalar moliyaviy hisobotda, ular oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oyning 1-sanasidan boshlab hisobot yilining 31-dekabriga qadar muddatdagi, hisobot yilining 1-oktabridan keyin tashkil etilgan korxonalar esa — davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab keyingi yilning 31-dekabrigacha (31-dekabr ham kiradi) muddatdagi mablagʻlar va ularning manbalarini koʻrsatadilar (koʻrsatilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar va ularning alohida boʻlinmalari bazasida tashkil etilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi).
12. Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning puxta oʻtkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan boʻlishi kerak. Inventarizatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish” da (roʻyxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan haqiqatda mavjud qiymatliklarning buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga qaraganda farqlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlari ham inventarizatsiyadan oʻtkazilishi kerak va ular solishtirish dalolatnomalari yoki oʻzaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan xatlar bilan rasmiylashtiriladi. Oʻtkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, ularni oʻtkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim.
13. Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs tomonidan imzolanadi (bundan buyon bosh buxgalter deb yuritiladi).
Agar rahbar buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini oʻz zimmasiga olgan boʻlsa, u bosh buxgalter oʻrniga ham imzo qoʻyadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
14. Moliyaviy hisobotda oʻchirishlar va boʻyashlar boʻlmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan hollarda tegishli izohlar beriladi va ularni tuzatish sanasini koʻrsatgan holda moliyaviy hisobotni imzolagan shaxslar tasdiqlaydi.
15. Joriy hamda oʻtgan yil hisobot maʼlumotlarini (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning maʼlumotlarini buzib koʻrsatishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) maʼlumotlariga kiritiladi.
Oʻtgan davrda yoʻl qoʻyilgan fundamental (muhim) xatolarni tuzatish summasi moliyaviy hisobotda yil boshidagi taqsimlanmagan foyda saldosini oʻzgartirish orqali va aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalning boshqa moddalariga tegishli tuzatishlar kiritish yoʻli bilan aks ettirilishi mumkin.
Agar yillik moliyaviy hisobotni tekshirish davomida daromadlarni yashirish yoki ishlab chiqarish xarajatlari (yoki muomala xarajatlari) tarkibiga ular bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlarni kiritish natijasida moliyaviy natijalarni kamaytirish hollari aniqlanganda oʻtgan yil uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy yilda hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi.
2-§. BUXGALTERIYA BALANSI (1-SON SHAKL)
16. Buxgalteriya balansi (keyingi oʻrinlarda — balans) tuzilguniga qadar hisobot davri oxiridagi analitik hisoblar boʻyicha aylanmalar va qoldiqlar Bosh kitobdagi sintetik hisoblar boʻyicha aylanmalar va qoldiqlar bilan albatta solishtirilishi kerak.
17. 3-ustunda hisobot davri boshiga maʼlumotlar, yaʼni oldingi hisobot davri uchun balansning 4-ustuni maʼlumotlari koʻrsatiladi.
18. Asosiy vositalar balansda “Boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati” (010-satr) moddasi boʻyicha oʻz asosiy vositalari (ishlab turgan hamda konservatsiyada boʻlgan) va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati boʻyicha koʻrsatiladi va ularning hisobi asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisoblarda (0100) va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” hisobida amalga oshiriladi.
Alohida “Eskirish summasi” (011-satr) moddasi boʻyicha tashkilot tomonidan asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisoblarda (0100) va 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar”hisobida hisobga olingan asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan eskirish summasi keltiriladi va ularning hisobi asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisoblarda(0200) amalga oshiriladi.
“Qoldiq (balans) qiymati” (012-satr) moddasi boʻyicha 010 “Boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati” va 011 “Eskirish summasi” satrlari farqi aks ettiriladi.
19. Nomoddiy aktivlar balansda “Boshlangʻich qiymati” (020-satr) moddasi boʻyicha tabiiy resurslardan, yer maydonlaridan foydalanish huquqi, patentlar, litsenziyalar, savdo belgilari, tovar belgilari, sanoat namunalariga boʻlgan huquqlar, mualliflik huquqlari va boshqalar sifatida nomoddiy aktivlarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati boʻyicha koʻrsatiladi va ularning hisobi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisoblarda (0400)amalga oshiriladi.
Bu modda boʻyicha hisobot davri uchun amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holdagi gudvill (firma narxi) summasi ham aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida gudvill (firma narxi) nomoddiy aktivining summasini hisobdan chiqarish alohida hisobda amortizatsiya summasi sifatida jamlanmasdan, bevosita 0480 “Gudvill”hisobi saldosini kamaytirishga olib boriladi.
Alohida “Amortizatsiya summasi” (021-satr) moddasi boʻyicha nomoddiy aktivlar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summasi keltiriladi va ularning hisobi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisoblarda (0500) yuritiladi.
“Qoldiq (balans) qiymati” (022-satr) moddasi boʻyicha 020 “Boshlangʻich qiymati” va 021 “Amortizatsiya summasi” satrlari farqi aks ettiriladi.
20. “Uzoq muddatli investitsiyalar, jami” (030-satr)moddasi boʻyicha 040, 050, 060, 070, 080-satrlarda koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarga, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga, chet-el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarga qoʻyilgan mablagʻlar summasi koʻrsatiladi.
Investor dividendlar olish huquqiga ega boʻlgan va ushbu qoʻyilmalar boʻyicha toʻliq masʼuliyatni zimmasiga olgan hollarda qimmatli qogʻozlar balans aktivida ularning toʻla xarid qiymatida koʻrsatiladi, ular boʻyicha qoplanmagan summa balans passivida kreditorlar moddasiga taalluqli boʻladi. Qolgan hollarda xarid qilinadigan qimmatli qogʻozlar hisobiga kiritilgan summalar balans aktivida debitorlar moddasi boʻyicha koʻrsatiladi.
21. “Qimmatli qogʻozlar” (040-satr) moddasi boʻyicha 0610 “Qimmatli qogʻozlar” hisobida hisobga olinadigan obligatsiyalar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga kiritilgan summa koʻrsatiladi, shuʼba va qaram jamiyatlarining qimmatli qogʻozlari bundan mustasno.
22. “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar” (050-satr) moddasi boʻyicha 0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar” hisobida hisobga olinadigan shuʼba xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablagʻlar summasi koʻrsatiladi.
23. “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar” (060-satr) moddasi boʻyicha 0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”hisobida hisobga olinadigan qaram xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablagʻlar summasi aks ettiriladi.
24. “Chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar” (070-satr) moddasi boʻyicha 0640 “Chet-el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarga investitsiyalar”hisobida hisobga olinadigan chet el kapitali mavjud boʻlgan korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari, ustav kapitaliga ulushlari va boshqa investitsiyalariga kiritilgan mablagʻlar summasi koʻrsatiladi.
25. “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” (080-satr) moddasi boʻyicha yuqorida sanalgan moddalarda hisobga olinmagan va 0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar”hisobida hisobga olinadigan uzoq muddatli investitsiyalarga kiritilgan mablagʻlar summasi koʻrsatiladi.
26. “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar” (090-satr) moddasi boʻyicha hisobi 0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy” va 0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy” hisoblarida yuritiladigan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar haqiqiy qiymati boʻyicha koʻrsatiladi.
27. “Kapital qoʻyilmalar” (100-satr) moddasi boʻyicha hisobi kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi hisoblarida (0800) yuritiladigan xoʻjalik va pudrat usulida amalga oshiriladigan tugallanmagan qurilish qiymati, foydalanishga topshirilmagan xarid qilingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, asosiy podani shakllantirish xarajatlari, shuningdek yerni, moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga va boshqa vositalarga qoʻyilmalar summalari koʻrsatiladi.
28. “Uzoq muddatli debitorlik qarzlari” (110-satr) moddasi boʻyicha hisobi 0910 “Olingan veksellar”, 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar”, 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari”, 0940 “Boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar” hisoblarida yuritiladigan olingan veksellarning uzoq muddatli qismi, moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar uchun olinadigan toʻlovlar qoldigʻi, xodimlarning uzoq muddatli qarzi va boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari koʻrsatiladi.
29. “Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” (120-satr) moddasi boʻyicha hisobi 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”, 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”, 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisoblarida yuritiladigan vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi, diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar va boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar koʻrsatiladi.
30. “I boʻlim boʻyicha jami” (130-satr) moddasi boʻyicha 012, 022, 030, 090, 100, 110, 120-satrlar boʻyicha summa koʻrsatiladi.
31. “Tovar-moddiy zaxiralari, jami” (140-satr) moddasi boʻyicha 150, 160, 170, 180-satrlarda koʻrsatilgan ishlab chiqarish zaxiralarining qoldiqlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot va tovarlar summasi koʻrsatiladi.
32. “Ishlab chiqarish zaxiralari” (150-satr)moddasi boʻyicha materiallarni hisobga oluvchi hisoblarda (1000) hisobga olinadigan xom-ashyo zaxiralari, sotibolingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻilar, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, idish va idishbob materiallari, inventar va xoʻjalik jihozlari, qaytariladigan chiqindilar va boshqa moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi koʻrsatiladi.
Ushbu modda boʻyicha, shuningdek, oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisoblarda (1100) hisobga olinadigan yosh hayvonlar; boʻrdoqiga yaylovda boqilayotgan katta yoshdagi hayvonlar; parrandalar; yovvoyi hayvonlar; quyonlar; asalari oilasi; sotish uchun asosiy podadan chiqarilgan (boʻrdoqiga boqish uchun qoʻyilmagan) katta yoshdagi chorva mollar; aholidan sotish uchun qabul qilingan chorva mollarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi.
Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi hisoblar (1500) va materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisoblardan (1600) foydalanilganda ushbu hisoblarda koʻrsatilgan qimmatliklar “Ishlab chiqarish zaxiralari” moddasi boʻyicha aks ettiriladi.
33. “Tugallanmagan ishlab chiqarish” (160-satr) moddasi boʻyicha hisobi asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisoblar (2000), oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisoblar (2100), yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisoblar (2300), xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi hisoblarda (2700) amalga oshiriladigan tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlar (xizmatlar) boʻyicha xarajatlar koʻrsatiladi.
34. “Tayyor mahsulot” (170-satr) moddasi boʻyicha ishlab chiqarishi tugallangan, sinov va qabul qilishdan oʻtgan, buyurtmachilar bilan shartnoma shartlariga koʻra barcha qismlar bilan butlangan va texnik shartlar hamda standartlarga muvofiq boʻlgan buyumlar qoldigʻi, koʻrgazmada boʻlgan va boshqa korxonalarga komissiyaga (konsignatsiyaga) berilgan, tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisoblarda (2800) hisobga olinadigan tayyor mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi koʻrsatiladi. Koʻrsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulotlar va topshirilmagan ishlar tugallanmagan deb hisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida koʻrsatiladi.
35. “Tovarlar” (180-satr) moddasi boʻyicha omborlardagi tovarlar qoldiqlari qiymati, chakana savdodagi tovarlar qiymati, koʻrgazmada boʻlgan va boshqa korxonalarga komissiyaga (konsignatsiyaga) berilgan tovarlar qiymati, prokatdagi buyumlari, tovar bilan band boʻlgan va boʻsh idishlar qiymati, yoʻldagi tovarlar, savdo ustamasini chegirgan holda savdo yoki umumiy ovqatlanishda oʻz faoliyatini amalga oshiradigan korxonalar xarid qilgan hisobga olinadigan boshqa tovarlar qiymati koʻrsatiladi va ularning hisobi tovarlarni hisobga oluvchi hisoblarida (2900) yuritiladi.
36. “Kelgusi davr xarajatlari” (190-satr)moddasi boʻyicha kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisoblarda (3100) aks ettirilgan, hisobot davrida amalga oshirilgan, lekin u taalluqli boʻlgan muddat davomida keyingi hisobot davrlarida moliyaviy-xoʻjalik faoliyati xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar summasi koʻrsatiladi. Bunday xarajatlarga ommaviy axborot vositalari nashriga obuna boʻyicha xarajatlar, oldindan toʻlangan ijara haqi va boshqalar kiradi.
37. “Kechiktirilgan xarajatlar” (200-satr) moddasi boʻyicha kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisoblarda (3200) hisobga olingan vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻining joriy qismi, diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar va boshqa kechiktirilgan xarajatlar koʻrsatiladi.
38. “Debitorlar, jami” (210-satr) moddasi boʻyicha 220, 240, 250, 260, 270, 280, 290, 300, 310-satrlarda koʻrsatilgan xaridorlar va buyurtmachilar qarzlari, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining qarzi, mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, xodimlarga berilgan boʻnaklar; budjetga, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va sugʻurta boʻyicha boʻnak toʻlovlari; taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzi va turli debitorlarning qarzlari summasining umumi sifatida jami debitorlik qarzi koʻrsatiladi.
211-satrda maʼlumot uchun debitorlik qarzining muddati oʻtkazib yuborilgan qismi koʻrsatiladi.
39. “Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzi” (220-satr) moddasi boʻyicha shubhali qarzlar boʻyicha rezerv chegirilgan xolda buyurtmachilar (xaridorlar)ga sotilgan mahsulot, tovarlar, topshirilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzlar koʻrsatiladi.
40. “Ajratilgan boʻlinmalarning qarzi” moddasi boʻyicha (230-satr) hisobi 4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan hisoblar”da yuritiladigan ajratilgan boʻlinmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning joriy qarzi aks ettiriladi. Mazkur modda boʻyicha axborotlar maʼlumot uchun keltiriladi.
41. “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining qarzi” (240-satr) moddasi boʻyicha hisobi 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan hisoblar”da yuritiladigan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining joriy qarzlari (ichki idoraviy hisob-kitoblari) aks ettiriladi. Shuʼba va (yoki) qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-oktabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi”ga (roʻyxat raqami 580, 1998-yil 28-dekabr) muvofiq bosh jamiyatning moliyaviy hisobotida konsolidatsiyalanishi lozim.
42. “Xodimlarga berilgan boʻnaklar” (250-satr) moddasi boʻyicha xodimlarga mehnat haqi boʻyicha, xizmat safarlariga, umumxoʻjalik xarajatlariga va boshqa kelgusi hisob-kitoblar boʻyicha berilgan boʻnaklar summasi koʻrsatiladi. Xodimlarga berilgan boʻnaklar hisobi xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisoblarda (4200) yuritiladi.
43. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar” (260-satr) moddasi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq, muddati bir yildan kam boʻlgan kelgusi hisob-kitoblar uchun boshqa korxonalarga toʻlangan boʻnaklar summasi koʻrsatiladi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar hisobi mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisoblarda (4300) yuritiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
44. “Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari” (270-satr) moddasi boʻyicha budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari hamda ortiqcha toʻlovlar koʻrsatiladi. Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari hisobi 4410 “Budjetga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari(turlari boʻyicha)”hisobida yuritiladi.
45. “Davlat maqsadli jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari” (280-satr) moddasi boʻyicha hisobi davlat maqsadli jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlarda (4500) yuritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari va ortiqcha toʻlovlar koʻrsatiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
46. “Taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzi” (290-satr) moddasi boʻyicha 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi”hisobida hisobga olinadigan taʼsischilarning ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha qarzi koʻrsatiladi.
47. “Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzi” (300-satr) moddasi boʻyicha korxona xodimlarining kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha, xodimlarga berilgan qarzlar (zaymlar) boʻyicha, korxonaga yetkazilgan moddiy zararni qoplash boʻyicha qarzi va xodimlarning boshqa qarzlari koʻrsatiladi. Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzlari hisobi xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi hisoblarda (4700) yuritiladi.
48. “Boshqa debitorlik qarzlari” (310-satr) moddasi boʻyicha hisobi turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi hisoblarida (4800) amalga oshiriladigan turli debitorlarning yuqorida koʻrsatilgan debitorlar bilan hisob-kitoblar moddalarida aks ettirilmagan qarzlari koʻrsatiladi, xususan, olinadigan foiz va dividendlar, moliyaviy ijara boʻyicha joriy toʻlovlar, operativ ijara boʻyicha toʻlovlar; royalti boʻyicha olinadigan hisoblar, qarzdorlarligi tan olingan yoki ular boʻyicha sud yoki boshqa idoraning ularni undirish toʻgʻrisida qarori olingan, moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga olib borilgan jarimalar, penya va neustoykalar hamda boshqa shaxslarning qarzi koʻrsatiladi.
49. “Pul mablagʻlari, jami” (320-satr) moddasi boʻyicha 330, 340, 350, 360-satrlarda koʻrsatilgan kassadagi, hisob-kitob va valyuta hisoblaridagi pul mablagʻlari summasi, shuningdek boshqa pul mablagʻlari koʻrsatiladi. Balansning ushbu moddalarida aks ettirilgan summalar bank koʻchirmalariga va kassa hisoboti boʻyicha pul mablagʻlari qoldiqlariga mos kelishi kerak.
50. “Kassadagi pul mablagʻlari” (330-satr) moddasi boʻyicha hisobot davrining oxirgi sanasiga korxona kassalaridagi, milliy valyuta va chet el valyutasidagi pul mablagʻlari qoldigʻi koʻrsatiladi. Kassadagi pul mablagʻlari hisobi kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisoblarda (5000) amalga oshiriladi.
51. “Hisob-kitob hisobidagi pul mablagʻlari” (340-satr) moddasi boʻyicha hisobot davrining oxirgi sanasiga banklardagi hisob-kitob hisoblarida mavjud boʻlgan, milliy valyutada pul mablagʻlari qoldigʻi koʻrsatiladi. Hisob-kitob hisobida milliy valyutadagi pul mablagʻlarining hisobi 5110 “Hisob-kitob hisobi”hisobida yuritiladi.
52. “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” (350-satr) moddasi boʻyicha korxonaning banklardagi valyuta hisoblarida mavjud boʻlgan, hisobot davrining oxirgi sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutada baholangan valyuta mablagʻlarining qoldigʻi koʻrsatadi. Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining hisobi chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisoblarda (5200) yuritiladi.
53. “Boshqa pul mablagʻlari va ekvivalentlari” (360-satr) moddasi boʻyicha bankdagi maxsus hisoblardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisoblar (5500), pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi hisoblar (5600), yoʻldagi pul mablagʻlarini (oʻtkazmalarini)hisobga oluvchi hisoblarida (5700)hisobga olinadigan korxonaning pul mablagʻlari qoldigʻi koʻrsatiladi.
54. “Qisqa muddatli investitsiyalar” (370-satr) moddasi boʻyicha hisobi qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisoblarida (5800) amalga oshiriladigan korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qogʻozlariga, davlat obligatsiyalari va mahalliy qarz (zayom) hamda shu singarilarga qisqa muddatli (12 oydan oshmaydigan muddatga) investitsiyalar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqa joriy investitsiyalar koʻrsatiladi.
55. “Boshqa joriy aktivlar” (380-satr)moddasi boʻyicha hisobi 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” va 5920 “Boshqa joriy aktivlar” hisoblarida yuritiladigan mazkur hisobot davrida inventarizatsiyada aniqlangan va ular boʻyicha aybdor shaxslar buzilishidan kamomadlar, oʻgʻirliklar va qiymatliklarni shikastlashdan yoʻqotishlar summasi hamda yuqorida keltirilgan boʻlim moddalarida nazarda tutilmagan, biroq korxona mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlar koʻrsatiladi.
56. “II boʻlim boʻyicha jami” (390-satr)moddasi boʻyicha 140, 190, 200, 210, 320, 370, 380-satrlar boʻyicha summa koʻrsatiladi.
57. “Balans aktivi boʻyicha jami” (400-satr)moddasi boʻyicha satrlarni qoʻshish yoʻli bilan olingan aktivlarning jami summasi koʻrsatiladi 130-satr + 390-satr.
58. “Ustav kapitali” (410-satr) moddasi boʻyicha taʼsis hujjatlarida korxona taʼsischilari ulushlarining (hissalari, nominal qiymat boʻyicha aksiyalari, pay badallarining) yigʻindisi sifatida roʻyxatga olingan ustav kapitali miqdori koʻrsatiladi. Ustav kapitalining hisobi ustav kapitalini hisobga oluvchi hisoblarda (8300) yuritiladi.
59. “Qoʻshilgan kapital” (420-satr) moddasi boʻyicha hisobi qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi hisoblarda (8400) yuritiladigan aksiyalarni nominal qiymatdan yuqori narxlarda birlamchi sotishda olingan emission daromad summasi, korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda taʼsis hujjatlarini roʻyxatga olish sanasi bilan mablagʻlarni ustav kapitaliga haqiqatda kiritish sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kurslari oʻrtasida yuzaga keladigan kurslardagi farq summasi koʻrsatiladi.
60. “Rezerv kapitali” (430-satr) moddasi boʻyicha hisobi rezerv kapitalini hisobga oluvchi hisoblarda (8500) yuritiladigan uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil boʻladigan inflyatsiya rezervlari, qonunchilik va taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilgan rezerv fondi, shuningdek tekinga olingan mol-mulk qiymati koʻrsatiladi,.
Mazkur modda boʻyicha soliq solishdan ozod qilish natijasida boʻshaydigan mablagʻlarni qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan bojxona toʻlovlarini, budjetga soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha soliq imtiyozlari summalari ham aks ettiriladi.
61. “Sotib olingan xususiy aksiyalar” (440-satr) moddasi boʻyicha korxonada boʻlgan, ularni keyinchalik tarqatish yoki yoʻq qilish (bekor qilish) uchun sotib olingan xususiy aksiyalari, hissalari va paylarining qiymati koʻrsatiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalari, hissalari va paylari sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi hisoblarida (8600) hisobga olinadi.
62. “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” (450-satr) moddasi boʻyicha hisobi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi hisoblarida (8700) yuritiladigan hisobot yilining sof foydasi (zarari) va oʻtgan yillarning jamgʻarilgan foydasi (zarari) aks ettiriladi.
Agar korxona zarar olgan boʻlsa, hisobot davrining oxirida ushbu zarar ushbu modda boʻyicha “minus” belgisi bilan koʻrsatiladi.
63. “Maqsadli tushumlar” (460-satr) moddasi boʻyicha maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi hisoblarida (8800) hisobga olingan, olingan grantlar, subsidiyalar, aʼzolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari summalari va maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun boshqa maqsadli tushumlar koʻrsatiladi.
64. “Kelgusi davr xarajatlari va toʻlovlari uchun zaxiralar” (470-satr) moddasi boʻyicha korxona tomonidan kelgusi xarajatlar va toʻlovlar uchun xarajatlarda bir tekisda taqsimlash maqsadida zaxira qilingan mablagʻlar koʻrsatiladi.
65. “I boʻlim boʻyicha jami” (480-satr) moddasi boʻyicha quyidagilarni natijasi koʻrsatiladi: 410-satr+420-satr+430-satr-440-satr+450-satr+460-satr+470-satr.
66. “Uzoq muddatli majburiyatlar, jami” (490-satr) moddasi boʻyicha 500, 520, 530, 540, 550, 560, 570, 580, 590-satrlarda koʻrsatilgan korxonaning uzoq muddatli (qoplash muddati bir yildan ortiq boʻlgan) majburiyatlari koʻrsatiladi.
491-satrda maʼlumot uchun 500, 520, 540, 560, 590-satrlarda koʻrsatilgan korxonaning uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summasi koʻrsatiladi.
67. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarz” (500-satr) moddasi boʻyicha hisobi 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisoblar” va 7020 “Berilgan veksellar” hisoblarida yuritiladigan, olingan mol-mulk, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli majburiyatlar summasi koʻrsatiladi.
68. “Ajratilgan boʻlinmalarga uzoq muddatli qarz” (510-satr) moddasi boʻyicha hisobi 7110 “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarz”hisobida yuritiladigan ajratilgan boʻlinmalar (filiallar, vakolatxonalar)ga uzoq muddatli majburiyatlar aks ettiriladi. Mazkur modda boʻyicha axborotlar maʼlumot uchun keltiriladi.
69. “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarz” (520-satr) moddasi boʻyicha hisobi 7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarz”hisobida yuritiladigan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar (ichki idora hisob-kitoblari) aks ettiriladi.
70. “Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” (530-satr) moddasi boʻyicha hisobi 7210 “Diskont (chegirma) koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”, 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan muddatli daromadlar”, 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisoblarida amalga oshiriladigan korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari summasi koʻrsatiladi.
71. “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” (540-satr) moddasi boʻyicha hisobi 7240 “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” hisobida amalga oshiriladigan tashkilotlarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlari summasi koʻrsatiladi.
72. “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” (550-satr) moddasi boʻyicha hisobi 7250 “Vaqtinchalik farq boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar”, 7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”hisoblarida yuritiladigan, korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari summasi koʻrsatiladi.
73. “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” (560-satr) moddasi boʻyicha 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar”hisobida hisobga olingan, kelgusi hisob-kitoblar boʻyicha boʻnaklar koʻrinishida boshqa tashkilotlardan olingan uzoq muddatli qarzlar summasi koʻrsatiladi.
74. “Uzoq muddatli bank kreditlari” (570-satr) moddasi boʻyicha 7810 “Uzoq muddatli bank kreditlari”hisobida hisobga olingan, olingan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha banklardan qarz summalari koʻrsatiladi.
75. “Uzoq muddatli qarzlar” (580-satr) moddasi boʻyicha 7820 “Uzoq muddatli qarzlar”, 7830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar”, 7840 “Toʻlanadigan veksellar” hisoblarida hisobga olingan, boshqa korxonalar va muassasalardan uzoq muddatli qarzlar boʻyicha qarz summalari koʻrsatiladi.
76. “Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar” (590-satr) moddasi boʻyicha turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi hisoblarida (7900) hisobga olingan, korxonaning ijaraga beruvchi (lizing beruvchi), xodimlar, turli jismoniy va yuridik shaxslar oldida turli xil notijoriy operatsiyalar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlari summalari, sud organlarining ijro hujjatlari yoki qarorlari asosida turli tashkilotlar va ayrim shaxslar foydasiga korxona xodimlarining ish haqidan ushlangan summalar koʻrsatiladi.
77. “Joriy majburiyatlar, jami” (600-satr)moddasi boʻyicha 610, 630, 640, 650, 660, 670, 680, 690, 700, 710, 720, 730, 740, 750, 760-satrlarda koʻrsatilgan korxonani joriy majburiyatlarining (bir yildan kam boʻlgan muddatli) summasi aks ettiriladi.
601-satrda 610, 630, 650, 670, 680, 690, 700, 710, 720, 760-satrda koʻrsatilgan korxonani joriy kreditorlik qarzlarining summasi maʼlumot uchun koʻrsatiladi.
602-satrda korxonani joriy kreditorlik qarzlarining muddati oʻtgan qismi maʼlumot uchun koʻrsatiladi.
78. “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarz” (610-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisoblar” va 6020 “Berilgan veksellar” hisoblarida yuritiladigan olingan mol-mulk, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar hamda pudratchilar oldidagi joriy majburiyatlar summasi koʻrsatiladi.
79. “Ajratilgan boʻlinmalarga qarz” (620-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlanadigan hisoblar”hisobida yuritiladigan, ajratilgan boʻlinmalar (filiallar, vakolatxonalar)ga joriy majburiyatlar aks ettiriladi. Mazkur modda boʻyicha axborotlar maʼlumot uchun keltiriladi.
80. “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga qarz” moddasi boʻyicha (630-satr) hisobi 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan hisoblar”hisobida yuritiladigan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga joriy qarzlar (ichki idora hisob-kitoblari) aks ettiriladi.
81. “Kechiktirilgan daromadlar” (640-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar”, 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisoblarida yuritiladigan, kechiktirilgan daromad boʻyicha korxonalar majburiyatlarining summasi koʻrsatiladi.
82. “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” (650-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6240 “Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar”hisobida amalga oshiriladigan, tashkilotlarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlari summasining joriy qismi koʻrsatiladi.
83. “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” (660-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi boʻyicha majburiyatlar”, 6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” hisoblarida yuritiladigan, korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq, boshqa kechiktirilgan majburiyatlar summasi koʻrsatiladi.
84. “Olingan boʻnaklar” (670-satr) moddasi boʻyicha olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisoblarida (6300) hisobga olingan boshqa tashkilotlardan kelgusi hisob-kitoblar boʻyicha boʻnaklar koʻrinishida olingan qarz summasi koʻrsatiladi.
85. “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz” (680-satr) moddasi boʻyicha 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha (turlar boʻyicha) qarz”hisobida hisobga olinadigan, budjetga toʻlovlarning barcha turlari, jumladan jismoniy shaxslar daromad soligʻi summasi boʻyicha korxonaning qarzi koʻrsatiladi.
86. “Sugʻurtalar boʻyicha qarz” (690-satr) moddasi boʻyicha korxona sugʻurtalanuvchi hisoblangan va hisobi 6510 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar” hisoblarida yuritiladigan sugʻurta boʻyicha toʻlovlarga doir qarz koʻrsatiladi.
87. “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarz” (700-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6520 “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar” va 6530 “Shaxsiy jamgʻarib boriladigan hisoblarga toʻlovlar” hisoblarda yuritiladigan, korxonaning maqsadli davlat jamgʻarmalariga qarzi koʻrsatiladi.
88. “Taʼsischilarga boʻlgan qarzlar” (710-satr)moddasi boʻyicha hisobi 6610 “Toʻlanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarz”va 6630 “Taʼsischilarning ustav kapitalini oshirish boʻyicha ulushlari” hisoblarida amalga oshiriladigan, korxonaning taʼsischilar oldida dividendlar va chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha majburiyatlari summasi koʻrsatiladi.
89. “Mehnatga haq toʻlash boʻyicha qarz” (720-satr) moddasi boʻyicha 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar”, 6720 “Deponentlangan ish haqi” hisoblarida hisobga olingan, hisoblangan, lekin hali toʻlanmagan mehnatga haq toʻlash summalari, mukofotlar, nafaqalar va hokazolar koʻrsatiladi.
90. “Qisqa muddatli bank kreditlari” (730-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari”hisobida amalga oshiriladigan qisqa muddatli kreditlar boʻyicha banklar oldidagi qarz summalari koʻrsatiladi.
91. “Qisqa muddatli qarzlar” (740-satr)moddasi boʻyicha hisobi 6820 “Qisqa muddatli qarzlar”, 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar”, 6840 “Toʻlanadigan veksellar” hisoblarida amalga oshiriladigan boshqa korxonalar va shaxslardan olingan qarzlar (zayomlar) boʻyicha qarz summalari koʻrsatiladi.
92 “Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi” (750-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi”hisobida amalga oshiriladigan korxonani uzoq muddatli majburiyatlarining joriy qismi summalari koʻrsatiladi.
93. “Boshqa kreditorlik qarzlar” (760-satr) moddasi boʻyicha hisobi 6910 “Toʻlanadigan operativ ijara”, 6920 “Hisoblangan foizlar”, 6930 “Royalti boʻyicha qarz”, 6940 “Kafolatlar boʻyicha qarz”, 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlanadigan hisoblar”, 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarz” va 6990 “Boshqa majburiyatlar” hisoblarida amalga oshiriladigan korxonaning turli kreditorlari bilan operatsiyalar boʻyicha qarz summalari koʻrsatiladi.
94. “II boʻlim boʻyicha jami” (770-satr) moddasi boʻyicha 490 va 600-satrlar boʻyicha summa koʻrsatiladi.
95. “Balans passivi boʻyicha jami” (780-satr) moddasi boʻyicha 480 va 770-satrlar boʻyicha summalar natijasi sifatida olingan passivning jami summasi koʻrsatiladi.
96. “Balansdan tashqari hisoblarda hisobga olinadigan qiymatliklarning mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma” 790-940-satrlarda korxonaga tegishli boʻlmagan, lekin vaqtincha uning foydalanishida yoki tasarrufida boʻlgan qiymatliklar (operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar, masʼul saqlashdagi, qayta ishlanayotgan va hokazo moddiy qiymatliklar), shartli huquqlar va majburiyatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi, shuningdek korxonaning balansdan tashqari hisoblarida hisobga olinadigan ayrim xoʻjalik operatsiyalarini nazorat qilish uchun axborot koʻrsatiladi.
21-§. MUDDATI OʻTGAN DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI RASSHIFROKASI (BUXGALTERIYA BALANSIGA ILOVA)
961. Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasida tashkilotning muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining hisobot davrining oxirgi sanasidagi holati aks ettiriladi. Ushbu rasshifrovka buxgalteriya balansini tuzish sanasiga tashkilotning muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari mavjud boʻlsagina toʻldiriladi.
962. 2-ustun — “Muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitor va kreditorlar roʻyxati”da — debitor (kreditor)dan yuqori turadigan vazirliklar (idoralar) kesimidagi debitorlar va kreditorlar roʻyxati keltiriladi. Agar debitor (kreditor) yuqori turadigan vazirlikka (idoraga) ega boʻlmasa, debitor (kreditor) boʻlgan yuridik shaxsning toʻliq nomini koʻrsatish lozim.
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi muddati oʻtgan qarzlar boʻyicha debitor (kreditor) nomi (toʻliq yoki umumqabul qilingan qisqartirishlar bilan) qavslarda mamlakatning nomi koʻrsatiladi.
2-ustunda 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar boʻyicha majburiy tartibda muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlgan debitor (kreditor)ning nomini koʻrsatish lozim.
963. 3-ustunda qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarida qoplanmagan, muddati oʻtgan qarzdorlikning umumiy summasi koʻrsatiladi, xususan:
(963.-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
a) 1-satr boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzining umumiy summasi koʻrsatiladi, u 3-ustunning 2 va 3-satrlari summasiga teng boʻlishi kerak;
b) 4-satr boʻyicha muddati oʻtgan kreditorlik qarzining umumiy summasi koʻrsatiladi, u 3-ustunning 5 va 6-satrlari summasiga teng boʻlishi kerak.
Muddati oʻtgan debitorlik qarzining umumiy summasi Buxgalteriya balansi 1-son shaklining 211-satri summasiga muvofiq kelishi lozim.
Muddati oʻtgan kreditorlik qarzining umumiy summasi Buxgalteriya balansi 1-son shaklining 602-satri summasiga muvofiq kelishi lozim.
964. 3-ustunda 2, 2.1, 2.2, 2.2.1, 3.3.1-satrlar boʻyicha 1-satrda aks ettirilgan muddati oʻtgan debitorlik qarzi umumiy summasining quyidagi tartibdagi rasshifrovkasi keltiriladi:
a) 2-satr boʻyicha respublika hududidagi muddati oʻtgan debitorlik qarzining umumiy summasi koʻrsatiladi;
b) 2.1-satr boʻyicha respublika hududidagi debitorlarning nomlari boʻyicha muddati oʻtgan qarz koʻrsatiladi;
v) 2.2-satr boʻyicha ichki idoraviy muddati oʻtgan debitorlik qarzining umumiy summasi keltiriladi;
g) 2.2.1-satr boʻyicha 2-satrdan ajratilgan, debitorlar nomlari boʻyicha ichki idoraviy muddati oʻtgan qarz summasi koʻrsatiladi;
d) 3-satr boʻyicha respublika tashqarisidagi muddati oʻtgan debitorlik qarzining umumiy summasi koʻrsatiladi;
e) 3.1-satr boʻyicha respublika tashqarisidagi debitorlar nomlari boʻyicha muddati oʻtgan qarz koʻrsatiladi.
965. 4, 5, 5.1, 5.2, 5.2.1, 6, 6.1-satrlar muddati oʻtgan debitorlik qarziga oʻxshash holda, ushbu Qoidalarning 96-3 va 96-4-bandlariga muvofiq toʻldiriladi.
966. Tashkilotga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha yuzaga kelgan qarzlar boʻyicha:
a) 4-ustunda tashkilotga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha yuzaga kelgan umumiy muddati oʻtgan qarz koʻrsatiladi, xususan:
1-satr boʻyicha — muddati oʻtgan debitorlik qarzining umumiy summasi, u 5, 6, 7, 8-ustunlarda koʻrsatilgan summaga teng boʻlishi kerak;
4-satr boʻyicha — muddati oʻtgan kreditorlik qarzining umumiy summasi, u 5, 7, 8-ustunlarda koʻrsatilgan summaga teng boʻlishi kerak;
b) 5-ustunda tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga koʻra oldindan haq toʻlamasdan yuklab joʻnatilgan (olingan) mahsulot (ish, xizmat) boʻyicha umumiy muddati oʻtgan debitorlik (kreditorlik) qarzi koʻrsatiladi;
v) 6-ustunda davlat zaxiralari va jamgʻarmalaridan xom ashyo hamda materiallarni yuklab joʻnatish nazarda tutilgan oʻtkazilgan boʻnak toʻlovlarining summasi koʻrsatiladi. 6-ustunda aks ettiriladigan maʼlumot faqat muddati oʻtgan debitorlik qarzi qismida toʻldiriladi;
g) 7-ustunda tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga koʻra qarzni qoplash muddati belgilangan muddatdan oʻtgan kechiktirilgan qarzi aks ettiriladi;
d) 8-ustunda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, taqdim etilgan daʼvolar boʻyicha sudda koʻrib chiqish jarayoni borayotgan muddati oʻtgan qarz summasi koʻrsatiladi. Xuddi shu yerda kreditordan ushbu qarzni undirish toʻgʻrisida xoʻjalik sudi qarorlari chiqarilgan muddati oʻtgan qarz ham aks ettiriladi.
(966.-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
967. Zarurat tugʻilgan hollarda tashkilotlarga “Tashkilotga bogʻliq boʻlmagan sabablar boʻyicha vujudga kelgan muddati oʻtgan qarzlar” boʻlimida qoʻshimcha ustunlar ochishga ruxsat beriladi.
968. Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasi satrlarining miqdori tegishlicha 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar boʻyicha koʻrsatiladigan debitorlar va kreditorlar miqdoriga bogʻliq.
969. Muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrokasi rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
(969-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
3-§. MOLIYAVIY NATIJALAR TOʻGʻRISIDA HISOBOT(2-SON SHAKL)
97. “Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)larni sotishdan sof tushum” (010-satr)moddasi boʻyicha mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan tushum koʻrsatiladi, bunda soliqlar (qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi) hamda qaytarilgan tovarlar va tayyor mahsulotning qiymati, xaridorning sotish narxlaridan chegirmalari chegiriladi.
(97-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 23-yanvardagi 10-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1209-10, 15.02.2019-y.) tahrirda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2019-y., 10/19/1209-10/2613-son)
010-satr asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisoblar (9000) maʼlumotlari boʻyicha toʻldiriladi.
Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga (lizingga) berish hisoblangan korxonalar 010-satr boʻyicha joriy hisobot davriga tegishli boʻlgan daromad summasini aks ettiradilar.
Vositachi korxonalar 010-satrda komission haqlar summasini aks ettiradilar.
98. “Sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi” (020-satr) moddasi boʻyicha sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi hisoblarda (9100) hisobga olingan, sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi summasi koʻrsatiladi.
Savdo korxonalari ushbu satr boʻyicha sotilgan tovarlarning xarid qiymatini aks ettiradilar.
99. “Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)” (030-satr) mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar sotishdan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning tannarxi oʻrtasidagi farq (010-satr-020-satr) sifatida aniqlanadi.
100. “Davr xarajatlari, jami” (040-satr)moddasi boʻyicha 050, 060, 070-satrlar boʻyicha jami summa aks ettiriladi.
101. “Sotish xarajatlari” (050-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9410 “Sotish xarajatlari”hisobida amalga oshiriladigan: mahsulotni sotish xarajatlari, yaʼni mahsulotni isteʼmolchiga yetkazish, transport vositalariga ortish bilan bogʻliq xarajatlar, marketing bilan shugʻullanadigan boʻlimlar va xodimlarning xarajatlari va hokazolar aks ettiriladi.
102. “Maʼmuriy xarajatlar” (060-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9420 “Maʼmuriy xarajatlar”hisobida yuritiladigan: korxonani boshqarish xarajatlari, boshqaruv xodimlari mehnatiga haq toʻlash xarajatlari, umummaʼmuriy maqsaddagi asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari, umumxoʻjalik maqsadidagi xonalarning ijara haqi va boshqa maʼmuriy xarajatlar koʻrsatiladi.
103. “Boshqa operatsion xarajatlar” (070-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”hisobida amalga oshiriladigan: kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlariga haq toʻlash xarajatlari, kompensatsiya va ragʻbatlantirish xususiyatdagi toʻlovlar, ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan toʻlovlar va xarajatlar, bank, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining xizmatlariga haq, zararlar, jarimalar, penyalar va operatsion faoliyat jarayonida yuzaga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat bilan bogʻlanmagan va xarajatlarning favqulodda moddalari sifatlariga ega boʻlmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
105. “Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari” (090-satr) moddasi boʻyicha hisobi asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisoblarida (9300) amalga oshiriladigan asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda, undirilgan jarima va penyalar, oʻtgan yillar foydasi, operativ ijaradan daromadlar, kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan daromadlar, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning daromadlari, tekin (bepul) moliyaviy yordam va boshqa operatsion daromadlar koʻrsatiladi.
106. “Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)” (100-satr) moddasi boʻyicha mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari)dan (030-satr) davr xarajatlari summasini (040-satr) ayirish hamda asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar summasini (090-satr) qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadigan korxonani asosiy faoliyatining moliyaviy natijalari koʻrsatiladi.
107. “Moliyaviy faoliyatning daromadlari, jami” (110-satr) moddasi boʻyicha 120, 130, 140, 150, 160-satrlar boʻyicha jami summa aks ettiriladi.
108. “Dividendlar shaklidagi daromadlar” (120-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9520 “Dividendlar koʻrinishida daromadlar”hisobida yuritiladigan: Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulushli ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxona egaligida boʻlgan aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlar aks ettiriladi.
109. “Foizlar shaklidagi daromadlar” (130-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9530 “Foizlar shaklidagi daromadlar”hisobida yuritiladigan, uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʻyicha foizlar koʻrinishida daromadlar koʻrsatiladi.
110. Asosiy faoliyati mol-mulkni moliyaviy ijaraga berish hisoblanmagan tashkilotlar “Moliyaviy ijaradan daromadlar” (140-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”hisobida yuritiladigan mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olgan daromadlarini aks ettiradilar.
111. “Valyuta kursi farqidan daromadlar” (150-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9540 “Valyuta kursi farqidan daromadlar”hisobida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari boʻyicha ijobiy kurs farqlaridan, shu jumladan balansni tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromadlar aks ettiriladi.
112. “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” (160-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9510 “Royalti koʻrinishida daromadlar”, 9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar”. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisoblarida amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlarni qayta baholashlarni oʻtkazishdan daromadlar, royalti koʻrinishida daromadlar va moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar koʻrsatiladi.
113. “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar, jami” (170-satr) moddasi boʻyicha 180, 190, 200, 210-satrlar boʻyicha jami summa aks ettiriladi.
114. “Foizlar shaklidagi xarajatlar” (180-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9610 “Foizlar shaklidagi xarajatlar”hisobida amalga oshiriladigan, bank kreditlari va qarzlar boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari koʻrsatiladi.
115. “Moliyaviy ijara boʻyicha foizlar shaklidagi xarajatlar” (190-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9610 “Foizlar shaklidagi xarajatlar”hisobida yuritiladigan moliyaviy ijara boʻyicha foizlarni toʻlash xarajatlari aks ettiriladi.
116. “Valyuta kursi farqidan zararlar” (200-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9620 “Valyuta kursi farqidan zararlar” hisobida amalga oshiriladigan, valyuta operatsiyalari boʻyicha va balans tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs farqlari aks ettiriladi.
117. “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” (210-satr) moddasi boʻyicha hisobi 9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish xarajatlari” va 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” hisoblarida amalga oshiriladigan, qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar hamda moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
118. “Umumxoʻjalik faoliyatining foydasi (zarari)” (220-satr) moddasi boʻyicha asosiy faoliyatning foydasi (zarari) summasiga (100-satr) moliyaviy faoliyatning daromadlari summasini (110-satr) qoʻshish va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar summasini (170-satr) ayirish yoʻli bilan aniqlanadigan korxonaning umumxoʻjalik faoliyatidan moliyaviy natijalari koʻrsatiladi.
119. “Favquloddagi foyda va zararlar” (230-satr) moddasi boʻyicha “Daromadlar (foyda)” ustuni 9710 “Favquloddagi foydalar”hisobining maʼlumotlari, “Xarajatlar (zararlar)” ustuni esa 9720 “Favquloddagi zararlar”hisobining maʼlumotlari boʻyicha toʻldirilib, favqulodda voqealar natijalari koʻrsatiladi.
120. “Foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda (zarar)” (240-satr) moddasi boʻyicha +/- belgisini hisobga olgan holda 220 va 230-satrlarni qoʻshish natijalari aks ettiriladi.
121. “Foyda soligʻi” (250-satr) moddasi boʻyicha 9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar”hisobida hisobga olingan hisobot davri boshidan hisoblangan foyda soligʻi summasi koʻrsatiladi.
122. “Foydadan boshqa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” (260-satr) moddasi boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkilot foydasi hisobidan toʻlanayotgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni yil boshidan hisoblangan summasi aks ettiriladi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan korxonalar 260-satr boʻyicha hisoblangan yagona soliq toʻlovi, yagona yer soligʻi, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq summasini aks ettiradilar.
(122-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
123. “Hisobot davrining sof foydasi (zarari)” (270-satr) moddasi boʻyicha 240-250-260-satrlar ayirmasi sifatida aniqlangan hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasi koʻrsatiladi.
124. “Budjetga toʻlovlar boʻyicha maʼlumotnoma”da (280-470-satrlar) korxonalar tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlarni hisoblangan va toʻlanadigan soliqlar va toʻlovlar turlari boʻyicha koʻrsatiladi. Mazkur maʼlumotnomaning 480-satrida korxonalar tomonidan hisobot davri uchun budjetga soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlarning hisoblangan va toʻlangan jami summasi koʻrsatiladi.
Agarda korxonalarda hisobot davri uchun hisob-kitoblar boʻyicha qonunchilik hujjatlari bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha manfiy farq mavjud boʻlsa, “Hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha toʻlanadi” ustuni boʻyicha 310-satrda ushbu manfiy farq summasi “minus” belgi bilan koʻrsatiladi.
(124-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
5-§. PUL OQIMLARI TOʻGʻRISIDA HISOBOT(4-SON SHAKL)
138. Pul oqimlari toʻgʻrisida hisobotda pul mablagʻlari harakati nuqtai nazaridan korxonaning moliyaviy resurslaridagi barcha oʻzgarishlar aks ettiriladi.
Operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat borishida pul mablagʻlarining harakati hisobot davrining boshi va oxirida pul mablagʻlarining qoldiqlari oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlikni aniqlash imkonini beradigan tarzda aks ettiriladi.
139. “Mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari” (010-satr) moddasi boʻyicha hisobot davrida sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar uchun korxonaning bankdagi hisoblariga va kassasiga kelib tushgan pul mablagʻlari summasi koʻrsatiladi.
140. “Material, tovar, ish va xizmat uchun mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan pul mablagʻlari” (020-satr) moddasi boʻyicha mol yetkazib beruvchilarga materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun toʻlangan pul mablagʻlari summasi koʻrsatiladi, bundan uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish uchun toʻlovlar mustasno.
141. “Xodimlarga va ular nomidan toʻlangan pul mablagʻlari” (030-satr) moddasi boʻyicha xodimlarga mehnatga haq toʻlash koʻrinishida toʻlangan pul mablagʻlari summasi, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlangan mablagʻlar summalari, budjetga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash, kasaba uyushmasiga ajratmalar, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari boʻyicha toʻlash, xodimlarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq toʻlashi, kassadan va bank hisoblaridan xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga doir boshqa sarflashlar koʻrsatiladi.
142. “Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari” (040-satr) moddasi boʻyicha “Chiqim” ustunida royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yigʻimlar va boshqa operatsion faoliyatdan toʻlangan pul mablagʻlari summasi, “kirim” ustunida esa ulardan olingan pul mablagʻlari summasi koʻrsatiladi.
143. “Jami: operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi” (050-satr)moddasi boʻyicha, “Kirim” ustuni boʻyicha “+” belgisining va “Chiqim” ustuni boʻyicha “-” belgisining taʼsirini hisobga olib, 010, 020, 030, 040-satrlarni qoʻshish natijasi koʻrsatiladi.
Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni boʻyicha, teskari holda esa — “Chiqim” ustuni boʻyicha aks ettiriladi.
144. “Asosiy vositalarni sotibolish va sotish” (060-satr) moddasi boʻyicha korxonalar “Chiqim” ustunida mol yetkazib beruvchilarga toʻlangan asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun pul mablagʻlari summasini, “Kirim” ustunida esa — asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablagʻlar summasini koʻrsatadilar.
145. “Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish” (070-satr) moddasi boʻyicha korxonalar “Chiqim” ustunida nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchiga toʻlangan pul mablagʻlari summasini, “Kirim” ustunida esa — nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablagʻlar summasini koʻrsatadilar.
146. “Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish” (080-satr) moddasi boʻyicha “Chiqim” ustunida qimmatli qogʻozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun toʻlangan pul mablagʻlari summasi, shu jumladan vositachilarga komission taqdirlashlar va birjada toʻlangan foizlar koʻrsatiladi, “Kirim” ustunida esa qimmatli qogʻozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
147. “Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlar” moddasi boʻyicha (090-satr) “Chiqim” ustunida boshqa investitsion faoliyatga oid toʻlangan pul mablagʻlari summasi, “Kirim” ustunida esa — olingan pul mablagʻlari summasi koʻrsatiladi.
148. “Jami: investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi” (100-satr)moddasi boʻyicha, “Kirim” ustunida “+” va “Chiqim” ustuni boʻyicha “-” belgisining taʼsirini hisobga olgan holda, 060, 070, 080, 090-satrlarni jamlash natijasi koʻrsatiladi.
Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni boʻyicha, teskari holda esa — “Chiqim” ustuni boʻyicha aks ettiriladi.
149. “Olingan va toʻlangan foizlar” (110-satr) moddasi boʻyicha “kirim” ustunida olingan foizlar summasi, “Chiqim” ustunida esa toʻlangan foizlar summasi koʻrsatiladi.
150. “Olingan va toʻlangan dividendlar” (120-satr) moddasi boʻyicha “kirim” ustunida olingan dividendlar summalari koʻrsatiladi, “Chiqim” ustunida esa toʻlangan dividendlar summalari aks ettiriladi.
151. “Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bogʻliq boʻlgan boshqa instrumentlardan kelgan pul tushumlari” (130-satr)moddasi boʻyicha hisobot yilida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar yoki xususiy kapital bilan bogʻliq boshqa dastaklar uchun aksiyadorlardan kelib tushgan pul mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
152. “Xususiy aksiyalarni sotib olganda va ularni sotganda pul toʻlovlari va tushumlari” (140-satr) moddasi boʻyicha sotib olingan xususiy aksiyalarni sotishdan kelib tushgan pul mablagʻlari summalari, shuningdek korxonada boʻlgan xususiy aksiyalar, hissalar va paylar uchun, ularni keyingi sotish yoki yoʻq qilish (bekor qilish) maqsadida, egalariga toʻlangan pul mablagʻlari summasi koʻrsatiladi.
153. “Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari” (150-satr)moddasi boʻyicha “Kirim” ustunida hisobot davrida kelib tushgan kreditlar va qarzlar summasi, “Chiqim” ustunida esa — kreditlar va qarzlar boʻyicha toʻlovlar koʻrsatiladi.
154. “Moliyaviy ijara boʻyicha pul tushumlari va toʻlovlari” (160-satr)moddasi boʻyicha “Chiqim” ustunida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) toʻlangan pul mablagʻlari summasi, “Kirim” ustunida esa — ijarachidan (lizing oluvchidan) kelib tushgan pul mablagʻlari summasi koʻrsatiladi.
155. “Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va toʻlovlari” (170-satr) moddasi boʻyicha “Chiqim” ustunida boshqa moliyaviy faoliyatning toʻlangan pul mablagʻlari summasi. “Kirim” ustunida esa — olingan pul mablagʻlari summasi koʻrsatiladi.
156. “Jami: moliyaviy faoliyatning sof kirimi/chiqimi” (180-satr) moddasi boʻyicha “Kirim” ustuni boʻyicha “+” va “Chiqim” ustuni boʻyicha “-” belgisining taʼsirini hisobga olgan holda, 110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-satrlar summasi koʻrsatiladi.
Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni boʻyicha, teskari holda esa — “Chiqim” ustuni boʻyicha aks ettiriladi.
157. “Toʻlangan foyda soligʻi” (190-satr) moddasi boʻyicha toʻlangan foyda soligʻi summasi koʻrsatiladi.
158. “Toʻlangan boshqa soliqlar” (200-satr)moddasi boʻyicha toʻlangan soliqlar, bojlar va ularga tenglashtirilgan yigʻimlar hamda ajratmalar summasi koʻrsatiladi, bundan foyda soligʻi mustasno.
159. “Jami: toʻlangan soliqlar” (210-satr) moddasi boʻyicha 190 va 200-satrlar summasi aks ettiriladi.
160. “Jami: moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi” (220-satr)moddasi boʻyicha, “Kirim” ustuni boʻyicha “+” va “Chiqim” ustuni boʻyicha “-” belgisining taʼsirini hisobga olgan holda, 050, 100, 180, 210-satrlar summasi koʻrsatiladi.
Bunda “Kirim” ustuni summasi “Chiqim” ustuni summasidan oshgan holda, oshgan saldo “Kirim” ustuni boʻyicha, teskari holda esa — “Chiqim” ustuni boʻyicha aks ettiriladi.
160-1. “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi” (221-satr) moddasi boʻyicha hisobot davri mobaynida hosil boʻlgan, chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qayta baholashdan yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy kurs farqlari saldosi aks ettiriladi (5000, 5200, 5500, 5600, 5700).
161. “Yil boshidagi pul mablagʻlari” (230-satr) moddasi boʻyicha korxona balansini 320-satri 3-ustuni boʻyicha qayd etilgan, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisoblardagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) pul mablagʻlari qoldiqlarining summasi koʻrsatiladi.
162. “Yil oxiridagi pul mablagʻlari” (240-satr)moddasi boʻyicha korxona balansini 320-satri 4-ustunida qayd etilgan, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisoblardagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) pul mablagʻlari qoldiqlarining summasi koʻrsatiladi.
163. “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida maʼlumotnoma” boʻlimida hisobot davrida xorijiy valyutada pul mablagʻlarining harakati koʻrsatiladi.
Valyuta mablagʻlari operatsiyalarni amalga oshirish paytida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida, valyuta mablagʻlari qoldigʻi esa — hisobot davrining oxirgi sanasida aks ettiriladi.
164. “Yil boshiga qoldiq” (250-satr) moddasi boʻyicha hisobot davri boshida korxonaning valyuta hisoblari va kassasida boʻlgan valyuta mablagʻlari summasi koʻrsatiladi.
165. “Kelib tushgan valyuta mablagʻlari, jami” (260-satr) moddasi boʻyicha 261, 262, 263, 264-satrlarda koʻrsatilgan, hisobot davrida valyuta tushumlarining umumiy summasi koʻrsatiladi, bu satrlarda aks ettiriladi:
a) 261-satr boʻyicha — “Sotishdan olingan tushum” — korxona tomonidan hisobot davrida olingan valyuta tushumi summasi;
b) 262-satr boʻyicha — “Konvertatsiya qilingan” — sotib olingan xorijiy valyuta summasi;
v) 263-satr boʻyicha — “Moliyaviy faoliyat boʻyicha” — moliyaviy faoliyatdan olingan valyuta mablagʻlari summasi;
g) 264-satr boʻyicha — “Boshqa manbalar” — 261, 262, 263-satrlarda nazarda tutilmagan manbalar hisobiga korxonaning valyuta hisoblari va kassasiga boshqa valyuta tushumlari summasi.
166. “Sarflangan valyuta mablagʻlari, jami” (270-satr) moddasi boʻyicha korxona tomonidan 271 — 273-satrlarda koʻrsatilgan turli maqsadlarga sarflangan valyuta mablagʻlarining umumiy summasi aks ettiriladi, bu satrlarda aks ettiriladi:
a) 271-satr boʻyicha — “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” — mol-mulkni olishga, bajarilgan ishlarga va koʻrsatilgan xizmatlarga sarflangan valyuta mablagʻlari summasi;
b) 272-satr boʻyicha — “Moliyaviy faoliyat boʻyicha toʻlovlar” — moliyaviy faoliyat boʻyicha sarflangan valyuta mablagʻlari summasi;
v) 273-satr boʻyicha — “Boshqa maqsadlar uchun” — 271, 272-satrlarda sanalmagan boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi.
166-1. “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qayta baholashdan yuzaga kelgan kurs farqlari saldosi” moddasi boʻyicha (280-satr) hisobot davri mobaynida hosil boʻlgan, chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini qayta baholashdan yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy kurs farqlari saldosi aks ettiriladi (5000, 5200, 5500, 5600, 5700).
167. “Yil oxirida qoldiq” (280-satr) moddasi boʻyicha hisobot yili oxirida korxonaning valyuta hisoblari va kassasida boʻlgan, satrlar maʼlumotlari: 250+260-270+/-280-satrlar boʻyicha aniqlanadigan valyuta mablagʻlari summasi aks ettiriladi.
6-§. XUSUSIY KAPITAL TOʻGʻRISIDA HISOBOT (5-SON SHAKL)
168. Xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot hisobot yilida korxonani xususiy kapitalining shakllanish manbalari kesimida holati va harakatini aks ettiradi.
169. “Yil boshidagi qoldiq” (010-satr) moddasi boʻyicha yil boshidagi holat boʻyicha quyidagi axborot aks ettiriladi:
a) 3-ustunda — “Ustav kapitali” — taʼsis hujjatlarida qayd etilgan va ustav kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8300) koʻrsatilgan ustav kapitalining summasi koʻrsatiladi;
b) 4-ustunda — “Qoʻshilgan kapital” — qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi hisoblarida (8400) qayd etilgan qoʻshilgan kapital summasi koʻrsatiladi;
v) 5-ustunda — “Rezerv kapitali” — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, rezerv kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8500) qayd etilgan rezerv kapitali mablagʻlari summasi aks ettiriladi;
(169-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
g) 6-ustunda — “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zararlar)” — taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi hisoblarida (8700) qayd etilgan, yil boshida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi koʻrsatiladi;
d) 7-ustunda — “Sotib olingan xususiy aksiyalari” — sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi hisoblarida (8600) qayd etilgan, korxonada boʻlgan sotib olingan xususiy aksiyalarining summasi; ularni keyin tarqatish yoki yoʻq qilish uchun, koʻrsatiladi;
e) 8-ustunda — “Maqsadli tushumlar va boshqalar” — maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun budjetdan, maxsus jamgʻarmalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan grantlar, subsidiyalar, aʼzolik badallari koʻrinishida tekin (bepul)ga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari koʻrsatiladi.
170. “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi” (020-satr) moddasi boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yilida qimmatli qogʻozlarni chiqarish va sotishdan olingan nominal qiymat va emissiya daromadi summasi aks ettiriladi.
(170-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
171. “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash” (030-satr) moddasi boʻyicha hisobot yilining birinchi sanasi holati boʻyicha har yili qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan asosiy fondlarni qayta baholashdan tashqari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash summasi aks ettiriladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
172. “Ustav kapitalini shakllantirishda paydo boʻlgan valyuta kursi farqi” 040-satr)moddasi boʻyicha buxgalteriya hisobida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursi farqi”hisobida aks ettiriladigan, taʼsis hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish sanasida va mablagʻlar ustav kapitaliga haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslari oʻrtasida yuzaga keladigan, korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda hisobot yili uchun kurslardagi farq aks ettiriladi.
173. “Rezerv kapitaliga ajratmalar” (050-satr) moddasi boʻyicha taʼsis hujjatlariga koʻra va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yili uchun rezerv kapitalga ajratmalar summasi aks ettiriladi.
(173-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
174. “Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)” (060-satr) moddasi boʻyicha hisobot yilida olingan sof foyda (zarar) summasi koʻrsatiladi.
175. “Tekinga olingan mol-mulk” (070-satr) moddasi boʻyicha hisobot yilida turli manbalardan tekinga olingan mol-mulkning qiymati koʻrsatiladi.
176. “Maqsadli foydalanish uchun olingan mablagʻlar” (080-satr) moddasi boʻyicha hisobot yilida olingan grantlar, subsidiyalar, aʼzolik badallari va maqsadli foydalanish uchun boshqa maqsadli tushumlar koʻrsatiladi.
177. “Hisoblangan dividendlar” (090-satr) moddasi boʻyicha hisobot davrining taqsimlanmagan foydasidan va avvalgi yillardan toʻplangan foydadan joriy hisobot yilida hisoblab yozilgan dividendlar summasi koʻrsatiladi.
178. “Xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari” (100-satr) moddasi boʻyicha xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari summasi koʻrsatiladi.
179. “Yil oxiridagi qoldiq” (110-satr) moddasi boʻyicha tegishli ustunlar boʻyicha hisobot davri oxirida xususiy kapitalining saldosi koʻrsatiladi. Bunda, 030, 040, 050, 100-satrlarda aks ettirilgan va 8420 — “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq”, 8510 — “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar”, 8520-”Rezerv kapital” hisoblarida, maqsadli tushumlar (8800) hisoblarida hamda kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervini hisobga oluvchi (8900) hisoblarda hisobda turgan xususiy kapitali manbalarining yil boshidagi summaga nisbatan kamayishi minus belgisi bilan koʻrsatiladi. Shuningdek, minus belgisi bilan hisobot yilidagi hisoblangan dividendlar (090-satr) va qoplanmagan zarar (060-satr) summasi aks ettiriladi.
180. “Xususiy kapitalning koʻpayishi (+) yoki kamayishi (-)” moddasi boʻyicha (120-satr) yil boshidagi summa bilan qiyoslaganda hisobot yili oxirida xususiy kapitalning koʻpayishi yoki kamayishi summasi aks ettiriladi.
181. Aksiyadorlik jamiyatlari 130 dan 150-satrlargacha boʻlgan satrlarni maʼlumot uchun toʻldiradilar.
8-§. TUSHUNTIRISH XATI
192. Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar korxonaning hisob siyosatini ochib berishi va hisobotdan foydalanuvchilarni korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini real baholash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar bilan taʼminlashi kerak.
193. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (roʻyxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust, Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 5-son)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003-yil 17-oktabrdagi 118-son (roʻyxat raqami 1209-1, 2003-yil 12-noyabr), 2004-yil 9-dekabrdagi 129-son (roʻyxat raqami 1209-2, 2004-yil 20-dekabr), 2005-yil 6-maydagi 45-son (roʻyxat raqami 1209-3, 2005-yil 19-may), 2007-yil 12-apreldagi 39-son (roʻyxat raqami 1209-4, 2007-yil 19-may), 2012-yil 11-sentabrdagi 68-son (roʻyxat raqami 1209-5, 2012-yil 11oktabr), 2015-yil 18-maydagi 44-son (roʻyxat raqami 1209-6, 2015-yil 21-may), 2016-yil 19-oktabrdagi 80-son (roʻyxat raqami 1209-7, 2016-yil 3-noyabr), 2017-yil 17-noyabrdagi 155-son (roʻyxat raqami 1209-8, 2017-yil 14-dekabr), 2018-yil 1-fevraldagi 16-son (roʻyxat raqami 1209-9, 2018-yil 1-mart), 2019-yil 23-yanvardagi 10-son (roʻyxat raqami 1209-10, 2019-yil 15-fevral) buyruqlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son