OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI, VILOYATLAR VA TOSHKENT SHAHAR ADLIYA BOSHQARMALARI HUZURIDAGI NOTARIAL ARXIVLAR SHTAT BIRLIKLARI SONI VA YURIDIK VA JISMONIY SHAXSLARGA MAʼLUMOTNOMALAR VA ARXIV HUJJATLARI NUSXALARI, SHUNINGDEK, NOTARIAL TASDIQLANGAN HUJJATLARNING DUBLIKATLARI VA REYESTRLARDAN KOʻCHIRMALAR BERILGANLIGI UCHUN ULAR TOMONIDAN UNDIRILADIGAN HAQ MIQDORLARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 22-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2167]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 10-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 104-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida notariat institutini yanada takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2010-yil 5-maydagi PF-4216-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 175-modda) muvofiq buyuraman:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar shtat birliklari soni ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar tomonidan undiriladigan haq miqdorlari kuyidagi miqdorlarda undirilishi belgilansin:
notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini va reyestrlardan koʻchirmalarini berish uchun — eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;
arxiv hujjatlari nusxalarini berish uchun — eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;
arxiv maʼlumotnomalarini berish uchun — eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida.
3. Pensioner va nogironlarga arxiv hujjatlari maʼlumotnomalari, nusxalari, notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari va reyestrlardan koʻchirmalar berish bepul amalga oshirilsin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosarlari Gʻ. Xidoyatov va E. Kanyazov zimmalariga yuklansin.
5. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
6. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2010-yil 22-dekabr,
20-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2010-yil 20-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 20-son buyrugʻiga
ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi notarial arxivlar
SHTAT BIRLIKLARI SONI
T/r‎ Adliya organlari Arxiv mudiri Arxivarius Ish yurituvchi Jami
1.‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1‎ 2‎ 1‎ 4‎
2.‎ Andijon 1‎ 2‎ 1‎ 4‎
3.‎ Buxoro 1‎ 1‎ 1‎ 3‎
4.‎ Jizzax 1‎ 1‎ 2‎
5.‎ Qashqadaryo 1‎ 2‎ 1‎ 4‎
6.‎ Navoiy 1‎ 1‎ 1‎ 3‎
7.‎ Namangan 1‎ 2‎ 1‎ 4‎
8.‎ Samarqand 1‎ 2‎ 1‎ 4‎
9.‎ Sirdaryo 1‎ 1‎ 2‎
10.‎ Surxondaryo 1‎ 1‎ 1‎ 3‎
11.‎ Fargʻona 1‎ 2‎ 1‎ 4‎
12.‎ Xorazm 1‎ 1‎ 1‎ 3‎
13.‎ Toshkent viloyati 1‎ 3‎ 1‎ 5‎
14.‎ Toshkent sh. 1‎ 6‎ 1‎ 8‎
Jami: 14‎ 25‎ 14‎ 53‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 500-modda)