1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.02.00 Vasiyat boʻyicha meros;
3.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.06.00 Notarial faoliyat va uni amalga oshirish qoidalari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Meros huquqi]
NOTARIAL TASDIQLANGAN HUJJATLARGA TENGLASHTIRILADIGAN vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni TASDIQLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda— Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2231]
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) muvofiq buyuraman:
1. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2011-yil 25-may,
111-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 25-maydagi 111-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
(yoʻriqnoma nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vasiyatnoma — fuqaroning oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkini yoki bu mol-mulkka nisbatan huquqini oʻzi vafot etgan taqdirda boshqa shaxsga oʻtkazish xususidagi xohish istagi bildirilgan hujjat;
ishonchnoma — bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat.
ariza — fuqaroning oʻz huquqlarini amalga oshirish yoki ulardan voz kechish haqidagi istagi bayon etilgan hujjat.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 136 va 1126-moddalari hamda Qonunning 26-moddasiga muvofiq quyidagilar notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar va ishonchnomalarga tenglashtiriladi:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
kasalxonalarda, gospitallarda, boshqa statsionar davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan fuqarolarning ushbu kasalxonalar, gospitallar va boshqa davolash muassasalarining bosh shifokorlari, ularning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosarlari yoki navbatchi shifokorlari, shuningdek gospitallarning boshliqlari, qariyalar va nogironlar uylarining direktorlari va bosh shifokorlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ostida suzib yurgan kemalarda safarda boʻlgan fuqarolarning shu kemalarning kapitanlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
qidiruv ekspeditsiyalarida yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolarning shu ekspeditsiyalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari;
harbiy xizmatchilarning, harbiy qismlar joylashgan, notariuslar boʻlmagan punktlarda esa, shu qismlarda ishlovchi harbiy xizmatchi boʻlmagan shaxslarning, ular oila aʼzolarining hamda harbiy xizmatchilar oila aʼzolarining harbiy qismlarning komandirlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
gospitallarda, sanatoriylarda va boshqa harbiy-davolash muassasalarida davolanayotgan harbiy xizmatchilarning hamda boshqa shaxslarning shu muassasalarning boshliqlari, ularning tibbiy qism boʻyicha oʻrinbosarlari, katta va navbatchi shifokorlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno.
Yuqorida sanab oʻtilgan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash huquqiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar (keyingi oʻrinlarda mansabdor shaxslar deb yuritiladi) tarkibi kengaytirib talqin etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Davolash muassasalarida davolanayotgan yoki qariyalar va nogironlar uylarida yashayotgan, qidiruv yoki shunga oʻxshash boshqa ekspeditsiyalarda boʻlgan fuqarolar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash masalalari boʻyicha umumiy asoslarda notarial idoralarga murojaat etish huquqiga egadir.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
3. Mansabdor shaxslar vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mazkur Yoʻriqnomaga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4. Mansabdor shaxslarning va amalga oshirilayotgan notarial harakatlardan xizmat vazifasini bajarish munosabati bilan xabardor boʻlib qolgan shaxslarning oʻzlariga maʼlum boʻlgan axborotlarni oshkor qilishi, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin ham oshkor qilishi taqiqlanadi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (hujjatlar) bu harakatlar kimning nomidan yoki kimning topshirigʻi bilan amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning oʻzigagina berilishi mumkin.
Amalga oshirilgan notarial harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (maʼlumotlar) sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining talabiga binoan ular yuritayotgan ishlar munosabati bilan beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Vasiyatnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar vasiyat qiluvchining vafotidan keyingina beriladi.
Amalga oshirilgan notarial harakatlarning maxfiyligini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
5. Mansabdor shaxs vasiyat qiluvchiga, ishonch bildiruvchiga yoki ariza beruvchiga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashadi. Shu maqsadda:
vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni rasmiylashtirishdan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarni ularga tushuntiradi;
vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash munosabati bilan vujudga keladigan oqibatlar toʻgʻrisida ogohlantiradi;
fuqarolarning iltimosiga koʻra zarur hollarda vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar loyihalarini tuzadi;
vasiyatnomalar va ishonchnomalarni oʻzgartirish yoki bekor qilish tartibini tushuntiradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
II. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlashning umumiy qoidalari
(II-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
6. Mansabdor shaxs voyaga yetgan shaxslarning murojaatiga binoan ularning vasiyatnomalari, ishonchnomalari va arizalarini tasdiqlaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
7. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlashda mansabdor shaxs murojaat qiluvchilarning shaxsini, shuningdek fuqarolarning muomala layoqatini aniqlaydi.
Mansabdor shaxs murojaat qiluvchilarning shaxsini quyidagi hujjatlarga asosan aniqlaydi:
Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartasi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-3, 22.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar yoxud ID-kartalar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-3, 22.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)
chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonunchilik hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi lozim) yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, ID-kartasi yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-3, 22.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)
fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsi — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-karta.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-3, 22.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son)
Mansabdor shaxsda murojaat qiluvchining ruhiy holatining buzilganligi yoki aqli zaifligi oqibatida oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydi yoki shu harakatlarni boshqara olmaydi deb yoxud spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik va psixotrop moddalarni isteʼmol qilishi oqibatida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyadi deb hisoblash uchun asosi boʻlsada (shubha tugʻdirsada), ammo shu fuqaroning muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmasa, u vasiyatnomani, ishonchnomani yoki arizani tasdiqlashni kechiktiradi va sudning shu fuqaroni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topganligi toʻgʻrisidagi qarori bor-yoʻqligini aniqlaydi. Agar mazkur fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, mansabdor shaxs notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi. Agar mansabdor shaxsning ushbu harakatidan murojaat qiluvchi norozi boʻlsa, mansabdor shaxs uning ustidan shikoyat qilinishi mumkinligini tushuntiradi.
(7-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
Agar mazkur fuqaro sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan boʻlsa, mansabdor shaxs notarial harakatni amalga oshirishda muomala layoqati cheklangan shaxs homiysining roziligini talab etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
8. Vasiyatnoma, ishonchnoma yoki arizani tasdiqlashdan oldin mansabdor shaxs hujjat loyihasini ovoz chiqarib oʻqib beradi yoxud murojaat qiluvchining oʻzi uni oʻqib chiqadi. Agar vasiyat qiluvchi yoki ishonch bildiruvchi hujjat loyihasining matniga rozi boʻlsa, u mansabdor shaxs ishtirokida uni imzolaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
9. Agar murojaat qiluvchi jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra vasiyatnomani, ishonchnomani yoki arizani oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va mansabdor shaxs hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda vasiyatnoma yoki ishonchnomani tasdiqlashni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari hujjat matnida va tasdiqlovchi yozuvida koʻrsatilishi hamda hujjatlarni imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Quyidagi shaxslar vasiyat qiluvchining oʻrniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
mansabdor shaxs;
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan boʻlsa, oʻsha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun boʻyicha merosxoʻrlari;
toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolar;
savodsiz boʻlgan shaxslar va vasiyatnomani oʻqiy olmaydigan boshqa shaxslar;
yolgʻon guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
Mansabdor shaxs ishonch bildiruvchining yoki ariza beruvchining oʻrniga ishonchnomani imzolashi man etiladi.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
10. Vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarning matni aniq va ravshan yozilgan boʻlishi lozim, hujjatning mazmuniga taalluqli sana va muddatlar hech boʻlmaganda bir marta soʻz bilan yozilishi lozim.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Qoʻshimcha va tuzatishlar tegishli shaxslarning imzosidan oldin izohlanishi va tasdiqlovchi yozuvning oxirida mansabdor shaxsning imzosidan oldin takroran izohlanishi, mansabdor shaxsning imzosi va tegishli tashkilotning muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Tasdiqlovchi yozuvdagi tuzatishlar mansabdor shaxsning imzosidan oldin izohlanishi hamda uning imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Bunda, tuzatishlar shunday qilinishi kerakki, oʻchirilgan barcha soʻzlarni va raqamlarni boshlangʻich matnda oʻqish imkoni boʻlishi zarur.
11. Vasiyatnoma, ishonchnoma yoki ariza qonun talablariga muvofiq boʻlmagan, yaʼni qonunlarni chetlab oʻtish maqsadida davlat va jamiyatning manfaatlariga zid holda amalga oshirilayotgan taqdirda mansabdor shaxs bunday notarial harakatni amalga oshirishni rad etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
12. Mansabdor shaxs oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan vasiyatnomalarni va ishonchnomalarni tasdiqlashga haqli emas.
13. Mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlangan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalar mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi. Hujjat qayd etilgan tartib raqami tegishli hujjatning barcha nusxalaridagi tasdiqlovchi yozuvga qoʻyiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
III. Vasiyatnomani tasdiqlashning oʻziga xos xususiyatlari
14. Tasdiqlanayotgan vasiyatnoma bir kishining nomidan tuzilishi kerak. Bir necha kishining (er-xotin, aka-ukalar, opa-singillar va boshqalar) nomidan tuzilgan vasiyatnomalar tasdiqlanishi mumkin emas. Homiyning oʻz homiyligidagi shaxs nomidan, shuningdek ishonchnoma asosida vasiyatnomani tasdiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
141. Mansabdor shaxslar vasiyatnomalarni oʻzgartirish va bekor qilish uchun asos boʻladigan hujjatning bittadan nusxasini kechiktirmay notarial idoraga berishi shart.
(141-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
15. Fuqaro vasiyatnomani tasdiqlash uchun murojaat qilganda, mansabdor shaxs ushbu fuqaroni Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1134 — 1147-moddalari bilan aniqlanadigan qonun boʻyicha vorislari doirasi bilan tanishtiradi va unga quyidagilarni:
a) oʻzining barcha mol-mulkini yoki uning muayyan qismini (jumladan, oddiy uy-jihozlari va roʻzgʻor buyumlari, banklardagi omonatlarini) qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan, shuningdek kirmaydigan bir yoki bir necha shaxsga, shu bilan birga yuridik shaxslarga, davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga qoldirishi, vasiyatnomada qonun boʻyicha merosxoʻrlardan birini, bir nechtani yoki hammasini izoh bermagan holda merosdan mahrum qilishi mumkinligini;
b) agar vasiyatnoma bir necha kishining nomiga tuzilgan boʻlsa, vasiyatnomada mulkning ularga tegadigan ulushini koʻrsatishi mumkinligini;
v) vasiyatnomani istalgan paytda vasiyatnoma saqlanayotgan notarial idoraga ariza berish yoʻli bilan oʻzgartirishi yoki bekor qilishi, jumladan, yangi vasiyatnoma tuzish yoʻli bilan uni qisman yoki toʻliq bekor qilishi mumkinligini;
(15-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
g) Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1127 va 1142-moddalari talablarini tushuntirib beradi.
16. Vasiyatnoma bekor qilinganda, vasiyat qiluvchining yozma arizasiga koʻra tegishli notarius tomonidan vasiyatnomaning barcha nusxalari ustiga vasiyatnoma bekor qilinganligi haqida ustxat yozib qoʻyiladi.
17. Vasiyatnoma loyihasini tuzishda mazkur Yoʻriqnomaning 2 (agar vasiyat qiluvchi oʻzining barcha mol-mulkini vasiyat qilmoqchi boʻlsa) va 3-ilovalaridagi (agar vasiyat qiluvchi oʻz mulkining bir qismini vasiyat qilmoqchi boʻlsa) namunaviy shakllardan foydalanish tavsiya etiladi.
18. Vasiyatnoma ikki nusxada tuziladi va tasdiqlanadi. Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti koʻrsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim.
19. Vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan imzolanganidan soʻng mansabdor shaxs uni tasdiqlaydi. Vasiyatnomani tasdiqlashda unga mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi va mansabdor shaxs tomonidan imzolanib muhr qoʻyiladi.
Ushbu Yoʻriqnomaning 9-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda vasiyat qiluvchining vasiyatnomani shaxsan imzolay olmaslik sababi koʻrsatilgan holda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi.
Tasdiqlovchi yozuv qoida tariqasida vasiyat qiluvchining imzosi ostiga yoki vasiyatnomaning orqa tomoniga yoziladi.
Tasdiqlovchi yozuv tegishli hujjatga sigʻmagan taqdirda, u hujjatga biriktirib qoʻyilgan alohida qogʻoz varagʻida davom ettirilishi yoki toʻla bayon etilishi mumkin. Bunda hujjat matni bayon etilgan varaqlar va tasdiqlovchi yozuv varaqlari ip oʻtkazib tikiladi, raqamlanadi va mansabdor shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, tashkilotning muhri bosiladi.
Vasiyatnomaga retseptlar, kasallik varaqalari va boshqa maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan muhrlar qoʻyilishi mumkin emas.
Vasiyatnomani vasiyat qiluvchi shaxs tomonidan tuzilishi, imzolanishi va mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanishi bir kunda amalga oshirilishi shart. Mansabdor shaxs tasdiqlovchi yozuvda vasiyatnoma vasiyat qiluvchi tomonidan imzolangan va tasdiqlangan kunnigina emas, balki soatini ham koʻrsatishi mumkin. Vasiyatnomalarni imzolash jarayoni majburiy audio va video qayd etilishi lozim.
(19-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
20. Bosh shifokor (uning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosari yoki navbatchi shifokor) bir vaqtning oʻzida davolovchi shifokor boʻlgan hollarda, vasiyatnoma u tomonidan davolovchi shifokor sifatida emas, balki bosh shifokor (uning tibbiyot boʻyicha oʻrinbosari yoki navbatchi shifokor) sifatida tasdiqlanadi.
Vasiyatnomani tasdiqlovchi navbatchi shifokorning imzosi qoʻshimcha tasdiqlanmaydi.
21. Vasiyatnomani tasdiqlashda vasiyat qiluvchidan uning vasiyat qilinayotgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini, shuningdek vasiyat qiluvchining vasiyat qilinayotgan shaxs bilan qarindoshlik asoslarini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etish talab qilinmaydi.
Vasiyat qiluvchining iltimosiga binoan vasiyatnomani tasdiqlashda guvohlar ishtirok etishi mumkin. Bunda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qoʻyiladi.
22. Vasiyatnomani tasdiqlagan mansabdor shaxs vasiyatnomaning bir nusxasini vasiyat qiluvchiga beradi, ikkinchi nusxasini esa vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi meros rasmiylashtiriladigan notarial idoraga saqlash uchun oʻn kun muddat ichida yuboradi.
Agar vasiyat qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻlmasa yoki uning yashash joyi nomaʼlum boʻlsa, vasiyatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydigan notarial idoraga yuboriladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
23. Omonat vasiyat qilinganda quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
agar omonatning hammasi vasiyat qilinsa, vasiyatnomada uning aniq miqdori koʻrsatilmaydi;
agar omonatning maʼlum bir qismi vasiyat qilinsa, vasiyatnomada uning ulushi koʻrsatiladi;
omonat miqdori omonatchining oʻlimiga qadar oʻzgarib turishi tufayli, vasiyatnomada omonatning aniq miqdori koʻrsatilmaydi.
IV. Ishonchnomalarni tasdiqlashning oʻziga xos xususiyatlari
24. Mansabdor shaxs bir yoki bir necha shaxs nomidan bir yoki bir necha shaxs nomiga yozilgan ishonchnomalarni tasdiqlaydi.
Bir necha shaxslar nomidan berilgan ishonchnoma agar unda koʻrsatilgan harakatlar ishonch bildiruvchi shaxslarning har birini emas, balki hammasining bir turdagi manfaatlariga taalluqli boʻlsagina tasdiqlanadi (masalan, bir necha vorislarning nomidan ularning meros ishlarini yuritish uchun ishonchnoma berishlari).
Ishonchnoma matnida uning tuzilgan (imzolangan) joyi va sanasi, ishonch bildiruvchi va ishonchli vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy roʻyxatga olingan manzili, ishonchli vakilga berilayotgan vakolatlar doirasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 141 va 142-moddalari tushuntirilganligi koʻrsatilishi kerak.
25. Ishonchnomalarni tasdiqlashda quyidagi namunaviy shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
mulkni boshqarish va tasarruf etish huquqi bilan berilgan ishonchnomalar mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq;
uy-joyni sotish uchun ishonchnoma mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq;
oylik ish haqi (nafaqa)ni olish uchun ishonchnoma mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq;
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma olish uchun ishonchnoma mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq.
Boshqa masalalar boʻyicha beriladigan ishonchnomalar ham yuqorida koʻrsatilgan shakllar asosida tuzilishi mumkin.
26. Ishonchnoma koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonchnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mobaynida oʻz kuchini saqlaydi.
27. Berilgan kuni koʻrsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.
28. Ishonchnomada ishonchli vakilga berilgan vakolatlar aniq koʻrsatilishi kerak.
Ishonchnoma uni berayotgan shaxs tomonidan imzolanganidan keyingina mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi va mazkur Yoʻriqnomaning 10-11-ilovalariga muvofiq tasdiqlovchi yozuv yoziladi.
29. Ishonchnoma ishonch bildiruvchi shaxsga beriladi yoki uning iltimosiga koʻra uning hisobidan ishonchli vakilga yuboriladi.
Notarial harakatlarni amalga oshirish bilan bogʻliq ishonchnomalarning bittadan nusxasini Qonunning 26-moddasiga muvofiq notarial idoraga saqlash uchun kechiktirmay yuborishi shart.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
30. Mansabdor shaxs vasiyatnoma, ishonchnoma va arizalarni tasdiqlashni rad etishda Qonunning 38-moddasi asosida uning sabablarini yozma ravishda bayon etadi. Mansabdor shaxs tomonidan vasiyatnoma, ishonchnoma va arizalarni tasdiqlashni rad etish mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq shaklda amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
31. Mansabdor shaxs tomonidan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlanganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 28-dekabrdagi 580-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-1, 28.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son — 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
32. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar, ishonchnomalar va arizalarni roʻyxatga olish
Hujjatni qaysi notarial idoraga joʻnatilganligi haqida belgi
1
2
3
4
5
6
7
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
(vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraning nomi)
notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzo:_____________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
(vasiyat qiluvchi turgan “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlardan birining nomi)
davolanib turib, oʻlimim ehtimoliga koʻra, quyidagi farmoyishimni (topshirigʻimni) beraman.
Oʻlimimga qadar menga tegishli boʻlgan barcha mol-mulkimdan uy-joyimni (uy-joyning aniq manzili koʻrsatilishi mumkin) ________________________________________________________
(vasiyat qiluvchi doimiy yashaydigan joydagi notarial idoraning nomi)
notarial idoraga saqlash uchun yuboriladi.
Vasiyat qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzo:_____________________
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Vasiyat qiluvchi tomonidan shaxsan imzolangan vasiyatnomaning tasdiqlovchi yozuvi
(ishonchli vakilning manzili, familiyasi, ismi, ota ismi)
mening barcha mol-mulkimni, uning nimadan iborat ekanligi va qayerda joylashganligidan qatʼi nazar, boshqarishga va tasarruf etishga vakolat beraman (avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno).
U shu vakolatni bajarishi yuzasidan qonun bilan taqiqlanmagan barcha bitimlarni tuzish, yaʼni, sotish, hadya etish, hadya sifatida qabul qilish, ayirboshlash, garovga qoʻyish, uy-joylar va boshqa mulklarni garovga olish, ijaraga berish, tuzilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish, tashkilotlardan, jumladan banklar, aloqa boʻlimlari va telegraflardan barcha asoslar boʻyicha menga tegishli boʻlgan pullarni (omonatlarni), qimmatbaho qogʻozlarni va hujjatlarni qabul qilish, mening bankdagi hisob raqamimdan foydalanish, mening mulkim boʻyicha pochta, telegraf va boshqa barcha turdagi xat xabarlarni olish huquqiga ega.
Ishonchnoma _________ muddatga berildi.
Ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzosi:___________________
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 7-ILOVA
(ishonch bildiruvchining manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)
ushbu ishonchnoma bilan __________________________________ga
(ishonchli vakilning manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)
menga tegishli boʻlgan _____________________________________
(sotish uchun ishonchnoma berilayotgan uy-joyning manzili)
oʻzi istagan narx va shartlar asosida sotishga vakolat beraman.
Unga lozim boʻladigan barcha maʼlumotnomalarni olish, oldi-sotdi shartnomasini tuzish va imzolash, menga tegishi kerak boʻlgan pullarni olish va ushbu vakolatni bajarish yuzasidan lozim boʻladigan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqini beraman.
Ushbu ishonchnoma vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish huquqisiz (huquqi bilan) _______________ muddatga berildi.
Ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzosi: ___________________
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 8-ILOVA
20___ yilning _________________ oyi uchun menga tegishli boʻlgan oylik ish haqi (nafaqa)ni olishiga vakolat beraman.
Oylik ish haqi (nafaqa)ni olganlik haqida mening oʻrnimga imzo qoʻyish va ushbu vakolatni bajarish yuzasidan lozim boʻladigan boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqini beraman.
Ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzosi: ___________________
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma olish uchun
merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisida guvohnoma olishga vakolat beraman.
Ushbu vakolatni bajarish uchun mening nomimdan ariza berishi, lozim boʻladigan boshqa maʼlumot va hujjatlarni olishi hamda mening oʻrnimga imzo qoʻyish huquqini beraman.
Ishonch bildiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi (toʻliq yoziladi) va imzosi: ___________________
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 28-oktabrdagi 242-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2231-2, 29.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son)
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Ishonchnoma beruvchi tomonidan shaxsan imzolangan ishonchnomaning tasdiqlovchi yozuvi
20__ yil “___” _________ kuni.
Ushbu ishonchnomani men, __________________________________
(savodsizligi, kasalligi, koʻzi ojizligi va hokazo)
tufayli uning iltimosiga koʻra va mening huzurimda ishonchnomani fuqaro _____________________________________ ________________________________________________________
(ishonchnomani ishonch bildiruvchining iltimosiga koʻra imzolovchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)
imzoladi.
Ishonch bildiruvchining shaxsi aniqlandi, muomalaga layoqatliligi tekshirildi.
Ishonchnomani imzolovchining shaxsi aniqlandi va muomalaga layoqatliligi tekshirildi.
Roʻyxatga olish kitobiga ____________ raqami bilan qayd etildi.
Ishonchnomani tasdiqlovchi mansabdor shaxsning lavozimi va imzosi: ____________________
(tashkilotning muhri)
Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar va ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 12-ILOVA
Vasiyatnoma (ishonchnoma)ni tasdiqlashni rad etishning namunaviy matni
(murojaat qiluvchining manzili, familiyasi, ismi, otasining ismi)
vasiyatnoma (ishonchnoma)ni tasdiqlash haqidagi murojaatini koʻrib chiqib, _____________________________________ tufayli
(rad etish asoslari koʻrsatiladi)
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga asosan vasiyatnoma (ishonchnoma)ni tasdiqlashni rad etaman. Ushbu rad etish yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Mansabdor shaxsning lavozimi va imzosi: ______________________________________
(tashkilotning muhri)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 218-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 10/18/2231-1/2401-son; 29.10.2020-y., 10/20/2231-2/1430-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 22.10.2021-y., 10/21/2231-3/0987-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)