1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.05.00 Madaniy meros obyektlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.08.00.00 Xalqaro tashkilotlar va ittifoqlar / 19.08.01.00 Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT). BMT tizimiga kiruvchi tashkilotlar: (Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ), Jahon intellektual mulk tashkiloti (VOIS), Jahon pochta ittifoqi (VPS), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi (MAR), Xalqaro moliya korporatsiyasi (MFK), Xalqaro taraqqiyot va rivojlanish banki (MBRR), Investitsiya kafolatlari bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MAIG), Xalqaro valyuta jamg‘armasi (MVF), Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (MOT), Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (MSE), Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (MFSR), YuNESKO, Xalqaro rivojlanish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (YuNIDO), BMT ning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO))]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar muhofazasini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga hamda “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida so‘nggi yillarda qonunchilik hujjatlari bilan, jumladan, quyidagilar belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish bo‘yicha tegishlicha ma’muriy va jinoiy javobgarlik kuchaytirildi;
davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, o‘zining tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilandi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzishga oid ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) va uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish hamda qonunda belgilangan tartibda sudga yuborish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ko‘zlab sudlarga davlat boji to‘lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilish joriy qilindi;
Agentlik davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga moddiy madaniy meros obyektlari sohasida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritishi huquqiga ega bo‘ldi;
Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy etib belgilandi;
moddiy madaniy meros obyektlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va aholi punktlarining bosh rejalari Agentlik bilan majburiy tartibda kelishilishi joriy qilindi;
YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanishi hamda ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Agentlik hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshirilishi belgilandi;
Agentlik tomonidan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatga litsenziya va ruxsatnoma berish, shuningdek, litsenziya va ruxsatnoma shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish joriy qilindi;
moddiy madaniy meros obyektlari sohasidagi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb qilish hamda ular mehnatiga haq to‘lash miqdorini Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan Agentlik direktori tomonidan belgilash huquqi berildi;
Agentlik moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olingan daromadlar va ularning sarflanishiga oid ma’lumotlarni tegishli subyektlardan so‘rab olish hamda ularga ushbu mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga ega bo‘ldi;
(1-bandning to‘rtinchi — o‘n ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini hisoblash, ulardan foydalanish shartlari va tartibi hamda ularga rioya qilishini ta’minlash tartiblari joriy etildi;
moddiy madaniy meros obyektlari muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi tasdiqlandi;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi uchun to‘lanadigan jarimalar, shuningdek, davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar Madaniy meros jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilandi.
2. Agentlik va uning hududiy boshqarmalari qonunchilik hujjatlari bilan ularga berilgan huquqlar va vakolatlardan yetarli foydalanmayotgani, majburiyat va funksiyalarni to‘liq amalga oshirmayotgani hamda sohada davlat nazoratini tizimli va ta’sirchan yo‘lga qo‘ymayotgani ko‘rsatib o‘tilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
2021-2022-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobini yuritish, muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
2021 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati, Jahon xotirasi ro‘yxatiga madaniy va tabiiy meroslarni kiritishni ilgari surish bo‘yicha milliy reja 5-ilovaga muvofiq;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/166/0284-son)
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari hamda ularga to‘lov turi va miqdorlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
5. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining takliflariga muvofiq “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralari tegishlicha 8 — 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining chegaralariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurati paydo bo‘lgan taqdirda, Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda asoslangan taklif kiritib borsin.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-mart kuniga qadar mahalliy budjet mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash, yangi obyekt bo‘yicha tarixiy-madaniy ekspertiza o‘tkazish va ularni davlat muhofazasiga olish choralarini ko‘rsin;
barcha moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazsin hamda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini qayta shakllantirsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Belgilansinki:
a) davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralaridagi yerlar ushbu tegralarda joylashgan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar ixtiyorida qoladi;
b) moddiy madaniy meros obyektlariga egalik qiluvchi va ulardan foydalanuvchi davlat organlari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar:
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish qo‘llab-quvvatlanishini;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari qo‘riqlanadigan tegralarining loyihalari ishlab chiqilishini;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrash bo‘yicha ishlarni tegishli ruxsatnoma va litsenziya asosida o‘tkazilishini;
alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan va moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish bilan bog‘liq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralari ishlab chiqilishini;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida muhofaza belgilari o‘rnatilishini ta’minlashlari hamda obyektni muhofaza qilishga oid boshqa chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari shart;
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish bo‘yicha davlat xaridlari o‘tkazilganda xarid komissiyasi tarkibiga Agentlik va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyatining vakillari kiritiladi;
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
g) ushbu qarorning bajarilishi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori bilan tuzilgan O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida;
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi majlislarida muhokama qilib boriladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 15-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 4-ILOVA
2021-2022-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobini yuritish, muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanish hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
DASTURI
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
I. Moddiy madaniy meros obyektlarini aniqlash va hisobini yuritish
1.
Madaniy meros obyektlari elektron portalini yaratish.
Elektron portalni davlat elektron xizmatlari bilan integratsiya qilish.
Elektron portalga madaniy meros obyektlari haqida ma’lumot va materiallarni joylashtirish, kelgusida tizimli ravishda yangilab borish.
Elektron portalni jamoatchilik uchun ochiq axborot manbaiga aylantirish va samarali faoliyat olib borishini ta’minlash.
2021-yil iyun
Madaniy meros jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma), madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar
Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Kadastr agentligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar
2.
Malakali mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruhlarni tashkil etgan holda:
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash;
har bir yangi obyekt bo‘yicha tarixiy-madaniy ekspertiza o‘tkazish va uni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
2021-2022
yillar
Jamg‘arma, mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
3.
Barcha moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish va uni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
2021-2022
yillar
Mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fanlar akademiyasi
4.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining milliy ro‘yxatini qayta shakllantirish.
2022-yil may
Mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fanlar akademiyasi
5.
Milliy ro‘yxat loyihasini tegishli ravishda 6 oy mobaynida quyidagi shakllarda:
har bir mahalla fuqarolar yig‘inlari kengashlarida faol fuqarolar va moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar ishtirokida;
mahalliy davriy nashrlarda e’lon qilish orqali keng jamoatchilik vakillari ishtirokida;
ommaviy axborot vositalari, Madaniyat vazirligi, Madaniy meros departamenti va mahalliy hokimliklarning rasmiy saytlarida e’lon qilish orqali;
ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari tashkil etish orqali olimlar va mutaxassislar ishtirokida muhokama qilish.
2022-yil
oktabr
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
6.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil
dekabr
—
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
7.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining texnik holati monitoringini amalga oshirish
2022-yil
sentabr
Jamg‘arma, mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
8.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining toifasini belgilash.
2022-yil
yanvar
Jamg‘arma, mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Fanlar akademiyasi
9.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini bosqichma-bosqich belgilash
2021-2022
yillar
Mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining mahalla, tuman va shaharlar bo‘yicha joylashuvi xaritasini yaratish.
2021-2022
yillar
Mahalliy budjet mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Kadastr agentligi
11.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining alohida muhim tarixiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan o‘tkazish, ularni to‘liq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash.
Ularni yagona maxsus elektron axborot bazasiga joylashtirish.
2021-2022
yillar
Mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi
II. Madaniy meros obyektlarining davlat tomonidan muhofaza qilinishini ta’minlash
12.
Moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarva Toshkent shahar hokimliklari.
13.
Davlat nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari lavozimlarining ro‘yxatini tasdiqlash.
2021-yil iyul
—
Madaniyat vazirligi
14.
Davlat nazoratini xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish shaklida o‘tkazish uchun davlat nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdorni:
shaxslarni xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tkazish;
tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomalar berish.
2021-yil avgust
—
Madaniyat vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar
15.
Moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish choraklik rejalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ushbu rejani Madaniyat vazirligi, Madaniy meros departamenti, mahalliy hokimliklarning rasmiy veb saytlarida e’lon qilib borish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar
16.
Davlat nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yish.
2021-yil noyabr
Jamg‘arma mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar
17.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi holatlarini aniqlash va to‘xtatish yuzasidan tezkor nazorat tadbirlarini amalga oshirish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar
18.
Davlat nazorati natijalariga qonuniy baho berish jarayoni to‘liq yakunlanishini huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sud organlari va majburiy ijro byurolari bilan muhokama qilish.
Har chorakda
—
Madaniyat vazirligi, Oliy sud (kelishuvga muvofiq),
Bosh prokuratura (kelishuvga muvofiq),
Ichki ishlar vazirligi
19.
Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga mahalliy davlat organlari rahbarlarining moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanish bo‘yicha hisobotlarini ko‘rib chiqishni tavsiya etish.
Doimo
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi
20.
Moddiy madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan ta’mirlash-tiklash va restavratsiya ishlarini olimlarni jalb qilgan holda nazorat qilish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi
21.
Quyidagilarni:
moddiy madaniy meros obyektlari texnik holatining monitoringi natijalarini;
tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash bo‘yicha natijalarni;
barcha moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertiza qilish natijalarini ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga tavsiya etish.
Har yarim yilda
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi
III. Madaniy meros obyektlarini asrash chora-tadbirlari
22.
Davlat va mahalliy budjetdan madaniy meros obyektlarini restavratsiya, ta’mirlash-tiklash va konservatsiya qilish ishlari uchun mablag‘ ajratish hamda taklif loyihalarini ishlab chiqish.
2021-2022
yillar
—
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
23.
O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros sohasiga oid strategiya loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2022-yil
—
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar
24.
Halokatli ahvolga kelib qolgan arxeologiya yodgorliklarini aniqlash va ularda zudlik bilan ilmiy tadqiqot o‘tkazish.
2021-2022
yillar
Madaniy meros sohasiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi
25.
Arxeologiya merosi obyektlarida joylashgan dafn etish joylari uchun boshqa yer uchastkalari ajratish.
2021-2022
yillar
—
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Kadastr agentligi
26.
Oliy ta’lim muassasalarining tarix va arxeologiya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun malakaviy arxeologik amaliyot o‘tash tizimini joriy etish.
Doimo
Ijrochilar mablag‘lari
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi
27.
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini hamda davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni kiritishni yakunlash va yangilab borish.
2021-yil sentabr
Mahalliy budjet mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi
28.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining muhofaza belgilarini o‘rnatish ishlarini to‘liq yakunlash.
2021-yil
sentabr
Mahalliy budjet mablag‘lari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi
29.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanish hisobiga olingan mablag‘lar hisobini yuritish va ushbu mablag‘larni maqsadli sarflashni nazorat qilish yagona elektron tizimini yaratish.
2021-yil
noyabr
Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar
30.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash va ularni xatlovdan o‘tkazish, tegralarini belgilash, tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish, maxsus ishlar uchun malakali mutaxassislar, ekspertlar ro‘yxatini shakllantirish, ular bilan fuqarolik mehnat shartnomalarini tuzish.
2021-2022
yillar
Mahalliy budjet, jamg‘arma mablag‘lari
M?daniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
IV. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni himoya qilish
31.
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar holati bo‘yicha:
har oyda umumiy monitoring olib borish;
har chorakda yaxlit va to‘liq davlat nazorati shaklida belgilangan tartibda tekshirish;
monitoring va davlat nazorati natijalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar
32.
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar pasportini tuzish.
2021-yil
dekabr
Mahalliy budjet, balans saqlovchilar mablag‘lari
Tegishli viloyat hokimliklari, Madaniyat vazirligi
33.
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni, shu jumladan YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish.
2021 — 2023-yillar
mahalliy budjet
Tegishli viloyat hokimliklari, Madaniyat vazirligi
34.
YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini samarali muhofaza qilish maqsadida ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish maqsadida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Doimo
Jamg‘arma, Madaniy meros sohasiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.
35.
YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarining samarali saqlanishini tashkil etish maqsadida doimiy ilmiy-tadqiqotlar olib borish.
doimiy
Jamg‘arma mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
36.
YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini saqlash holatini doimiy nazorat qilish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash.
2021 — 2023-yillar
Grant mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
V. Moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ishtirokini qo‘llab-quvvatlash
37.
Ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, blogerlar va boshqa faol fuqarolar ishtirokida:
har chorakda matbuot anjumani o‘tkazish;
har olti oyda info-tur tashkil etish;
har oyda Madaniy meros departamenti faoliyati haqida batafsil hisobot e’lon qilish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirliklar va idoralar
38.
Madaniy me?osni himoya qilish va targ‘ib qilishdagi faolligi uchun ommaviy axborot vositalari va blogerlar o‘rtasida:
kamida 3 ta nominatsiya bo‘yicha respublika ochiq tanlovini tashkil etish;
tanlovni yilda kamida 2-mart o‘tkazish;
har bir nominatsiya bo‘yicha 1 ta birinchi, 2 ta ikkinchi va 3 ta uchinchi o‘rin olganlarni munosib taqdirlash;
tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash, tanlovda qatnashishni keng targ‘ib qilish.
Har 6 oyda
Jamg‘arma mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, tegishli vazirliklar va idoralar
39.
Madaniy meros sohasida faoliyat olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga grant va ijtimoiy buyurtmalar berish.
Doimo
Jamg‘arma mablag‘lari
Madaniyat vazirligi
40.
Yoshlarning ongida madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida ta’lim muassasalarida targ‘ibot ishlarini olib borish.
2021-2022
yillar
Ijrochilar mablag‘lari
Xalq ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi
41.
18-aprel — Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni arafasida:
turli tadbirlar va respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish hamda g‘oliblarni munosib taqdirlash;
har bir tuman (shahar)da kamida 50 nafar madaniy merosni himoya qilish bo‘yicha faol fuqarolarni taqdirlash.
har yili aprel oyida
Jamg‘arma, mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
42.
Moddiy madaniy meros obyektlari to‘g‘risida ommabop filmlar yaratish.
2021-2022
yillar
“O‘zbekkino” Milliy agentligiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari
“O‘zbekkino” Milliy agentligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi
43.
Moddiy madaniy meros obyektlarining 3D modelli rekonstruksiyalari va raqamli axborot bazasini yaratish.
2021-2022
yillar
Grant mablag‘lari, jamg‘arma
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi
44.
Moddiy madaniy meros obyektlarining katalogini yaratish.
2021-2022
yillar
Jamg‘arma, mahalliy budjet mablag‘lari
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi
45.
Ommaviy axborot vositalarida madaniy meros haqida doimiy ravishda turkum materiallar berib borish.
Doimo
—
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
46.
Madaniy meros departamenti bilan telekanallar hamkorligini kengaytirish, har yarim yillik uchun birgalikda Media reja qabul qilish va uni amalga oshirib borish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
47.
Yo‘qolib ketish xavfi ostidagi moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati va ularni saqlab qolish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqidagi axborotlarni har yili dekabr oyida Madaniyat vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish.
Har yili dekabr oyida
—
Madaniyat vazirligi
48.
Har yili ta’mirlash-tiklash, konservatsiya va restavratsiya qilinadigan moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining ro‘yxatini har yili dekabr oyida Madaniyat vazirligi rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish.
Doimiy
—
Madaniyat vazirligi
49.
Arxeologiya obyektlarida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan obyektlarni va ushbu obyektlarda ilmiy tadqiqot olib borish uchun ruxsatnoma olgan arxeologlarning ro‘yxatini e’lon qilib borish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi
VI. Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash
50.
Madaniy meros obyektlarni muhofaza qilish va sohada davlat nazoratini amalga oshirishda foydalanish uchun:
masofadan turib nazorat qilish va o‘rganish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlari — 16 ta;
3D modelini yaratish uchun FARO Laser Scanner Focus S70 uskunasi;
arxeologiya obyektlarini o‘rganish va chegaralarini belgilash maqsadida (georadari) IDS uskunasi;
GPS priemnik (Glonass) — 15 ta;
optik lazerli dalnomer (120 m) — 15 ta.
2021-2022-yillar
Jamg‘arma va mahalliy budjet mablag‘lari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
51.
Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalarini quyidagilar bilan ta’minlash:
transport vositasi — 15 ta;
video konferens uchun televizor (50 duym) hamda video kamera — 15 ta;
xodimlar uchun ofis kreslolar va stollar jamlanmasi — (2 tumbali) 66 ta;
30 kishiga mo‘ljallangan majlislar zali uchun stol-stul — 15 ta;
yumshoq mebel stullari — 226 ta;
hujjatlar uchun ofis shkaflari — 50 ta;
po‘lat sandiq — 30 ta;
zamonaviy kompyuter jamlanmasi — 70 ta;
maxsus planshetlar — 30 ta;
maxsus fotoapparat — 16 ta;
A3 formatli printer va skaner (3x1) — 15 ta.
2021-2022-yillar
Jamg‘arma va mahalliy budjet mablag‘lari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
VII. Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari xodimlari malakasini oshirish
52.
YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini muhofaza qilish va saqlash maqsadida birgalikda Madaniy meros departamenti va hududiy boshqarmalar xodimlarining chet ellarda seminar-treninglarda qatnashishini yo‘lga qo‘yish.
Doimo
Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
53.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va saqlashga doir xalqaro konferensiyalarda Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarma xodimlarini qatnashishini ta’minlash.
Doimo
Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
54.
Tajriba almashish va malaka oshirish maqsadida Madaniy meros departamenti va hududiy boshqarma xodimlarini chet ellardagi shu soha bo‘yicha faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga yuborish.
Har yili reja bo‘yicha
Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi
55.
Moddiy madaniy meros muammolarini o‘rganish, natijalarini tahlil qilish hamda xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish.
2021 — 2025-yillar
Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
56.
Madaniy meros sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha 36 soatdan kam bo‘lmagan seminar o‘quv kurslarini tashkil qilish.
Har yili reja bo‘yicha
Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi
57.
Madaniy meros sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, treninglar o‘tkazish va ularga chet tillarini chuqur o‘rgatish
Har yili reja bo‘yicha
Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi
58.
Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, davlat nazoratini amalga oshirish va ta’mirlash-tiklash, konservatsiya va restavratsiya qilish bo‘yicha har 6 oyda kamida 3 ta xorijiy davlatning tajribasini o‘rganish va uni amaliyotda joriy qilish.
Doimo
—
Madaniyat vazirligi
59.
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda Eron va Turkiya davlatlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning tajribali usta-restavratorlarini O‘zbekistonga olib kelib va mahalliy ustalarni xorijiy mamlakatlarga olib borish orqali ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.
Doimo
Jamg‘arma mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
60.
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya-tiklash ishlarining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish asosida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlarini aniqlash va buyurtmachini belgilash masalasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.
2021-yil may
—
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi
61.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlar, shu jumladan, konservatsiya va restavratsiya qilish, ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘ziga xosligini inobatga olib, Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi qaro?i bilan Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga hamda haq to‘lanishiga ruxsat berish.
2021-2022
yillar
Respublika budjetidan madaniy meros sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi
62.
Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar saqlanishi holati haqida YUNESKOga taqdim etish uchun tegishli hisobot va hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha xalqaro, xorijiy tashkilotlar va ekspertlar bilan YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya bilan kelishgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga hamda haq to‘lanishiga ruxsat berish.
2021-2022
yillar
Respublika budjetidan madaniy meros sohasiga ajratilgan mablag‘lar, Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi mablag‘lari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasi, Tashqi ishlar vazirligi
63.
O‘zbekistonda madaniy meros masalalari bo‘yicha YUNESKO bilan hamkorlikda Xalqaro maslahat qo‘mitasini tashkil etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, bu borada YUNESKOga to‘lovlarni 2021-yilga Madaniyat vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplash.
2021-yil
Madaniyat vazirligiga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar
Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 5-ILOVA
2021 — 2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ ro‘yxati, Jahon xotirasi ro‘yxatiga madaniy va tabiiy meroslarni kiritishga ilgari surish bo‘yicha
MILLIY REJA
Umumjahon merosi ro‘yxati bo‘yicha
1.
Buyuk ipak yo‘li: Zarafshon yo‘nalishi:
Kofir qal’a (Samarqand viloyati)
Dabusiya qadimiy shahri (Samarqand viloyati)
Jartepa (Samarqand viloyati)
Sulaymontepa(Samarqand viloyati)
Raboti Malik (karvon saroy, sardoba) (Navoiy viloyati)
O‘zbekiston kulolchilik maktablari (Rishton, Toshkent va Buxoro)
3.
O‘zbekiston do‘ppido‘zlik maktablari (Andijon, Marg‘ilon, Qo‘qon, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun)
4.
O‘zbekiston kandakorlik maktablari (Marg‘ilon, Toshkent, Buxoro, Samarqand)
5.
O‘zbekiston gilamchilik markazlari (Marg‘ilon, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo, Boysun)
Jahon xotirasi dasturining xalqaro ro‘yxati bo‘yicha
1.
“Sharh al-mulaxxas fi al-hay’a” (“Astronomiyaga qisqacha sharh”) Xorazmlik alloma, astronom Mahmud ibn Muhammad ibn Umar al-Chag‘miniy al-Xorazmiy
2.
Buxoro amirligi Qushbegisi mahkamasining hujjatlari
3.
Vaqf hujjatlari kolleksiyasi
4.
Birinchi o‘zbek kinooperatori va kinosan’atining asoschisi Xudoybergan Devonov kinofoto hujjatlari
5.
Ikkinchi Jahon urushi yillarida O‘zbekistonga evakuatsiya qilishga oid hujjatlar
Izoh.
Milliy reja Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari, Madaniy meros jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiya:
Milliy rejaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega;
Milliy rejani amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi va majlislarida muhokama qilib boradi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 166-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/166/0284-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari hamda ularga to‘lov turi va miqdorlari
T/r
Davlat xizmatlari nomi
Davlat xizmatlari ko‘rsatilayotgan ariza beruvchilar toifalari
Davlat xizmatlari ko‘rsatish natijasi
To‘lov turi va miqdori
1.
Moddiy madaniy meros obyektini davlat kadastriga belgilangan tartibda kiritish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Pasport
Pullik. Bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda — BHM) 50 foizi
2.
Moddiy madaniy meros obyektini davlat kadastridan belgilangan tartibda chiqarish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Qaror
Pullik.
BHMning 50 foizi
3.
Moddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Ekspertiza xulosasi
Pullik.
Respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 7 baravari.
Mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 4 baravari.
4.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma berish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Ruxsatnoma
Pullik.
respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari,
mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari.
5.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berish.
Yuridik shaxslar
Litsenziya
Pullik.
I toifadagi litsenziya uchun — BHMning 20 baravari,
II toifadagi litsenziya uchun — 40 baravari.
6.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlarni loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Ekspertiza xulosasi
Pullik.
Loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 1 foizi
7.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar bo‘yicha ilmiy-texnik nazorat qilish.
Yuridik shaxslar
Ma’lumot
Pullik.
Loyiha-smeta hujjatidagi miqdorning 3 foizi
8.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari sohasida restavrator-ustalarga malaka sertifikati berish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Sertifikat
Pullik.
Bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari
9.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalarni ko‘rib chiqish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Xulosa
Pullik.
Respublika toifasidagi obyektlar uchun — BHMning 10 baravari.
Mahalliy toifadagi obyektlar uchun — BHMning 5 baravari
10.
Aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga xulosa berish.
Yuridik shaxslar
Xulosa
Pullik.
BHMning 5 baravari
11.
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Xulosa
Pullik.
Yuridik shaxslar uchun — BHMning 20 baravari.
Jismoniy shaxslar uchun — BHMning 1 baravari
12.
Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish bo‘yicha loyihalarni Merosga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotlarini ko‘rib chiqish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Xulosa
Pullik.
BHMning 10 baravari
13.
Tarixiy-madaniy hududning pasportini tasdiqlash.
Yuridik shaxslar
Qaror
Pullik.
BHMning 10 baravari
14.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektidan foydalanish bo‘yicha xulosa berish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Xulosa
Bepul
15.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektini tekin foydalanish uchun biriktirish bo‘yicha xulosa berish
Jismoniy va yuridik shaxslar
Xulosa
Bepul
16.
Ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib olish, ularni ekspertizadan o‘tkazish.
Yuridik shaxs
Ekspertiza xulosasi
Bepul
17.
Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish.
Yuridik shaxs
Ruxsatnoma
Pullik.
BHMning 50 foizi
18.
Olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan madaniy boyliklarni hisobga olish va olib chiqish huquqini beruvchi sertifikatlar berish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Sertifikat
Pullik.
Belgilangan tartibda BHMning 2 foizidan 100 foizigacha
19.
Arxeologiya ashyosini Davlat katalogiga kiritish.
Yuridik shaxs
Guvohnoma
Bepul
20.
Arxeologiya ashyosini Davlat katalogidan chiqarish.
Yuridik shaxs
Buyruq
Bepul
21.
Arxeologiya ashyosi Davlat katalogiga kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot berish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Ma’lumot
Bepul
22.
Milliy muzey fondi Davlat katalogi tarkibiga muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda kiritish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Guvohnoma
Bepul
23.
Milliy muzey fondi Davlat katalogi tarkibidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda chiqarish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Guvohnoma
Pullik.
BHMning 50 foizi
24.
Milliy muzey fondi Davlat katalogi tarkibiga muzey ashyolari kirgan yoki kirmaganligi haqida ma’lumot berish.
Jismoniy va yuridik shaxslar
Guvohnoma
Bepul
25.
Milliy muzey fondining Davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvo?noma berish.
Jismoniy shaxs
Guvohnoma
Pullik.
BHMning 50 foizi
Izoh. Ushbu davlat xizmatlari bilan birgalikda qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa davlat xizmatlari ham belgilangan tartibda Madaniy meros agentligi tomonidan ko‘rsatiladi.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 8-ILOVA
“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining
CHEGARASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 9-ILOVA
“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining
CHEGARASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 10-ILOVA
“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining
CHEGARASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 11-ILOVA
“Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining
CHEGARASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 12-ILOVA
“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining
CHEGARASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 13-ILOVA
“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining
CHEGARASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 14-ILOVA
“Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari qo‘riqlanadigan tegralarining
CHEGARASI
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qaroriga 15-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorida:
“a) Quyidagilar Departament va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
2021-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi;
o‘z daromadlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;”;
“b” kichik banddagi “xodimlariga” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi “v” kichik band qo‘shilsin:
“v) Departament va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4;
xodimlar faoliyatining natijadorligiga ko‘ra ish beruvchining alohida buyrug‘i bilan belgilanadigan, lavozim maoshining (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 200 foizigacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustama;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha to‘lovlar;
har oylik yo‘lkira uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlardan tashqari;
har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi to‘lovlarni belgilashi mumkin”.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti to‘g‘risidagi nizomda:
10-bandga quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshisi qo‘shilsin:
“madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berish”.
“restavratorlarni yangi texnologiyalarini joriy qilish hamda an’anaviy me’morchilik asoslari bo‘yicha malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etadi;”
“y) madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibda madaniy boyliklar sirasiga kiruvchi ashyolarning toifasini aniqlaydi;
madaniy boyliklarning olib chiqilishi, vaqtincha olib chiqilishi mumkinligi to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan, shuningdek, vaqtincha olib chiqilayotgan va vaqtincha olib kirilayotgan madaniy boyliklarni ro‘yxatga oladi;
olib chiqiladi, vaqtincha olib chiqiladi deb e’lon qilingan, shuningdek, vaqtincha olib chiqilganidan keyin qaytarib olib kelingan madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;
madaniy boyliklarning olib chiqilishi va vaqtincha olib chiqilishi huquqini beruvchi sertifikatlarni rasmiylashtiradi;
ushlab qolingan yoki musodara qilingan madaniy boyliklarni tegishli davlat organlaridan qabul qilib oladi, ularni badiiy ekspertizadan o‘tkazadi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;”;
13-bandning uchinchi xatboshisiga “foydalanish” so‘zidan keyin “, madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berish” so‘zlari qo‘shilsin;
14-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Bosh me’mor va bosh inspektor” so‘zlari “Bosh me’mor, bosh inspektor va Badiiy ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16-bandga quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshlar qo‘shilsin:
“Hududiy boshqarmalar tarkibidagi badiiy ekspertiza bo‘limlari boshliqlari Badiiy ekspertiza boshqarmasining boshlig‘i taqdimnomasiga asosan Departament boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hududiy boshqarmalar xodimlari Departament bilan kelishgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi.”;
18-bandga “foydalanish” so‘zidan keyin “, madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish” so‘zlari qo‘shilsin;
“zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrug‘i asosida Departament va uning hududiy boshqarmalari, Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmalari balansida bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanilishini ta’minlash uchun qarovullar shtatlarini kiritish”;
o‘ninchi xatboshiga “tarkibiy” so‘zidan keyin “boshqarma va” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘n birinchi xatboshiga “muhofaza qilish va ulardan foydalanish” so‘zlaridan keyin “,madaniy boyliklarning badiiy ekspertizasi bo‘yicha,” so‘zlari qo‘shilsin.
quyidagi mazmundagi 201-band qo‘shilsin:
“Belgilansinki, soha yo‘nalishlari bo‘yicha:
a) Departament boshlig‘ining o‘rinbosari — Bosh me’morning asosiy vazifalari:
tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasini, moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy qimmati va noyobligiga asrashga doir ishlarni putur yetkazmagan holda amalga oshirilishi bo‘yicha uzluksiz ilmiy-texnik nazoratni olib borish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy va jahon madaniy merosi obyektlari jumlasiga kiritilgan hududlarda shaharsozlik va boshqa xo‘jalik faoliyati ularning tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda olib borilishini muvofiqlashtirish;
olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ta’mirshunoslikdagi o‘ziga xos uslub, an’ana va maktablarni rivojlantirishni, jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash;
b) Departament boshlig‘ining o‘rinbosari — Bosh inspektor asosiy vazifalari:
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritish, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni aniqlash, ularni hujjatlashtirish va davlat hisobiga olish, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari toifalari va qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, shuningdek, ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya tadqiqotlarini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya qilinishi, arxeologiya ashyolarining o‘z vaqtida hisobga olinishi va davlatga topshirilishini nazorat qilish hamda ularni fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirish, shuningdek, arxeologiya tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy hisobotlarni qabul qilish, ekspertizadan o‘tkazish va arxivini yig‘ish, arxeologiya yodgorligini konservatsiyalash hamda muzeylashtirish;
moddiy madaniy meros obyektlarini keng targ‘ib etish va ommalashtirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, innovatsion va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzey fondi tasarrufidan chiqarish yoki boshqa muzey fondiga o‘tkazish, madaniy boyliklarni realizatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek, davlat tomonidan muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlariga kiritilgan madaniy boyliklar, jumladan, muzey ashyolari va kolleksiyalari, qadimiy yozma manbalarning but saqlanishini va hisobi yuritilishini tekshirish.
g) Departament boshlig‘ining o‘rinbosari — Badiiy ekspertiza boshqarmasi boshlig‘ining asosiy vazifalari madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan, madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berishdan iborat”;
“30. Departament va uning hududiy boshqarmalari xodimlariga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
ko‘p yillik mehnati uchun rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda quyidagi hajmlarda har oyda qo‘shimcha pul to‘lash: 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan ortiq — 0,4;
xodimlar faoliyatining natijadorligiga ko‘ra ish beruvchining alohida buyrug‘i bilan belgilanadigan, lavozim maoshidan (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) 200 foizgacha bo‘lgan miqdorda har oylik shaxsiy ustama;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lovlar;
har oylik yo‘lkira uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lovlar, xizmat avtotransporti biriktirilgan xodimlardan tashqari;
har oylik oziq-ovqat uchun xarajatlarni qoplash bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlarini belgilashi mumkin”;
32-bandning “a” kichik banddagi “17,6” va “1,76” raqamlari tegishlicha “100” va “2” raqamlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizomda:
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Asrashga doir ishlarni rejalashtirish va ilmiy-texnik nazorat qilish, ruxsatnoma berish va ekspertiza bo‘limi” so‘zlari “Madaniy merosni asrash va alohida muhofaza qilinadigan hududlarni himoya qilish boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “1,06” raqami “2,5” raqami bilan almashtirilsin.
(“g” kichik bandning yigirma ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilari Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son)
v) Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomda:
2-bandga “tasdiqlanadi.” so‘zidan keyin “Faoliyatini namunali tashkil etgan Jamoatchi inspektorlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining (keyingi o‘rinlarda — Departament) Ilmiy-ekspert kengashi qarori bilan Bosh jamoatchi inspektor deb e’tirof etilishi mumkin hamda ular faoliyati ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi” so‘zlari qo‘shilsin.
5-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Bosh jamoatchi inspektor mamlakatdagi barcha madaniy meros obyektlari bo‘yicha jamoat nazoratini amalga oshirishi mumkin”.
9-banddagi “bir” so‘zi “uch” so‘zi bilan almashtirilsin;
12-banddagi “56 va 57-bandlarida” so‘zlari “10 va 11-bandlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 31-maydagi 451-son qarorida:
2-bandning ikkinchi xatboshisidan keyin quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini restavratsiya qilish va ta’mirlash-tiklash sohasida faoliyat olib boradigan tashkilotlar bundan mustasno.”
3. Vazirlar Mahkamasining “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 30-maydagi 443-son qarorining 3-bandi va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatining:
a) “Qoraqalpog‘iston Respublikasi” bo‘limi 1 — 288-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
72, 87, 107, 152-153, 160 — 169, 172, 198 — 205, 319 va 532-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) Jizzax viloyati bo‘limi 1 — 427-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
790, 815, 817 — 820, 822 — 824, 827-828, 830, 884, 1174 va 1392-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
825-826, 829, 831 — 833 va 840-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida Shahrisabz davlat muzey qo‘riqxonasiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan” so‘zlari “Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1 — 39, 44 — 50, 52 — 85, 88 — 223 va 225 — 437-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
41 — 43, 87 va 224-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
51 va 86-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Navoiy viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Navoiy viloyati tarixi va davlat muzeyiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan.” so‘zlari “Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) “Namangan viloyati” bo‘limi 1 — 33 va 35 — 274-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “madaniy meros” so‘zlari “madaniyat” so‘zi bilan almashtirilsin;
1, 16, 18, 20 — 27, 31 — 35, 49 va 854 — 855-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
29, 30, 142, 634, 693 va 1359-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Davlat mulki.” so‘zlari “Davlat mulki. “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
88-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Xususiy mulk.” so‘zlari “Davlat mulki. “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26, 49 — 50, 66, 167-168, 200, 271, 281, 386, 415, 441, 443 va 558-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
203, 276, 369, 423, 460 va 497-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida Surxondaryo viloyat davlat tarixi va madaniyat muzeyiga tekin foydalanish shartnomasi asosida” so‘zlari “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
414-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Davlat mulki.” so‘zlari “Davlat mulki. “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
78, 80, 82, 84, 87, 115, 116, 130, 364 va 370-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
68, 69, 71 — 75, 77 va 98-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida Qo‘qon davlat muzey qo‘riqxonasiga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan” so‘zlari “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Davlat mulki. Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari “AT “Aloqabank” Farg‘ona filiali operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Davlat mulki. Farg‘ona viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Toshkent shahridagi Rim-katolik markaziga tekin foydalanish shartnomasi asosida biriktirilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
119 — 121, 124 — 130, 132, 136, 138, 140 — 145, 147 — 151, 153, 155, 161, 169, 172, 174, 175, 180, 182, 185, 190, 191, 199, 200, 203, 206 — 208 va 214-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi” so‘zlari “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
123, 133 — 135, 137, 139, 146, 152, 157, 162-163, 168, 173 va 186-pozitsiyalarining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq” ustunidagi “Xorazm viloyati Madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. “Ichan qal’a muzey qo‘riqxonasi” so‘zlari “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida” so‘zlari bilan almashtirilsin;