O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Madaniy meros jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
g) moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi tomonidan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda:
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning hududiy boshqarmalari foydalanilmayotgan va bo‘sh turgan davlat mulki obyektlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini ta’minlasin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
hududlardagi moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish, ularning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda ularga muhofaza belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq xarajatlar uchun tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
7. Quyidagilar:
Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 8-ilovaga muvofiq;
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida nizom 9-ilovaga muvofiq;
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 10-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom 12-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 13-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 14-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-mart,
265-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-maydagi 295-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Madaniy meros jamg‘armasi to‘g‘risida
NIZOM
(7-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) Madaniy meros jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag‘lari Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida jamlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Agentlik va uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey qo‘riqxonalariga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 90 foiz miqdori;
davlat mulki bo‘lgan boshqa tashkilotlarga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berish va chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foiz miqdori;
muzey-qo‘riqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foiz miqdori va davlat muzeylarida chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 10 foiz miqdori;
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazish, realizatsiya qilish uchun davlat xizmati ko‘rsatish, olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat, Milliy muzey fondining davlat katalogida muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish hamda uning tarkibidan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini chiqarish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini davlat kadastriga kiritish va chiqarish, tarixiy-madaniy hududning pasportini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga xulosa berish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun ruxsatnoma va litsenziya berish, ilmiy-texnik nazorat qilish, shuningdek, tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining tegishli ekspertizalari, restavrator-ustalarga malaka sertifikati berish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlarini o‘tkazishga oid loyihalar, merosga bo‘lgan ta’sirini baholash hisobotlarini ko‘rib chiqish uchun to‘lovlar;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi uchun to‘lanadigan jarimalar, shuningdek, davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar;
vakolatli organlar tomonidan Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar va davlat muzeylari, muzey-qo‘riqxonalari faoliyatini, shuningdek, moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan noqonuniy sarflangan budjet mablag‘larining, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining Davlat budjetiga yo‘naltiriladigan qismi;
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamg‘arma mablag‘lari:
moddiy madaniy meros obyektlarini, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, madaniy boyliklar hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini muhofaza qilish, konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, ta’mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirishni, shuningdek ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlari amalga oshirish;
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini, arxeologiya ashyolari, milliy muzey fondining davlat kataloglari va pasportlarini yuritish;
muzeylar faoliyati va arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ibot va ommalashtirish ishlarini tashkil etish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar va tarixiy mahallalarni muhofaza qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik va tizim tashkilotlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish va raqamlashtirish, sohada huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga samarali qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ekspertlarni, jumladan, xorijiy mutaxassislar, Ilmiy-ekspert kengashi, Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari a’zolari mehnatiga haq to‘lash, jamoatchi inspektorlar, Agentlik va tizim tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, Agentlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etish;
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning o‘z ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan va o‘rnatiladigan quyosh panellari, quyosh kollektorlari hamda energiya samarador qurilmalar bilan bog‘liq xarajatlarini xodimning oylik ish haqidan foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida moliyalashtirish;
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan Agentlik faoliyati bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
3-bob. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘arma faoliyatini boshqarish va uning mablag‘larini taqsimlash Jamg‘arma faoliyatini boshqarish kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Agentlik direktori Kengash raisi hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kengash Agentlik direktorining buyrug‘i bilan kamida yetti nafar kishidan iborat tarkibda tasdiqlanadi va Agentlik direktorining o‘rinbosarlari, Agentlik markaziy apparatining boshqarma, bo‘lim hamda Agentlik hududiy boshqarmalarining tegishli boshliqlaridan shakllantiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Kengash majlisi a’zolarning yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
6. Kengash majlisi har chorakda yoxud zarur bo‘lganda navbatdan tashqari o‘tkaziladi.
7. Kengash:
har yili 25-dekabrgacha Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari smetalarini tasdiqlaydi;
zarur hollarda, tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi;
ushbu Nizomning 4-bandga muvofiq Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlarni belgilaydi;
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
yil choraklari yakunlari bo‘yicha Jamg‘armaning mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Jamg‘armaga xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlarning kreditlari (qarzi), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari jalb etilishiga ko‘maklashadi;
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlikning Buxgalteriya va moliya-iqtisod bo‘limi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
9. Ishchi organ:
Jamg‘armaning kelgusi yil uchun daromadlari va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi;
Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarini tayyorlaydi va belgilangan tartibda Moliya vazirligiga kelishish uchun kiritadi;
Jamg‘arma tushumlarini ko‘paytirish va uning mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
tushumlar manbalari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari hamda xarajatlarining asosiy yo‘nalishlari hisobini yuritadi;
har chorakda kamida bir marta Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
10. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hisob va hisobotlar Agentlikning budjetdan tashqari boshqa mablag‘laridan alohida yuritiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
11. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, tushumlar manbalari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha) va Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi bo‘yicha yillik hisobot Agentlik umumiy majlisida ko‘rib chiqiladi va har yili 15-martgacha Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Yillik hisobot nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
13. Jamg‘armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag‘lari keyingi yilga o‘tadi va olib qo‘yilmaydi.
14. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan manbalardan Jamg‘armaga ajratmalar tegishli tashkilotlar tomonidan hisobot oyi uchun keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Jamg‘armaga ajratmalar o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi uchun mas’uliyat tegishli tashkilotlar rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Kengash Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish uchun javob beradi.
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga
8-ILOVA
Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat nazorati — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, obyektlarning muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanish va boshqa zarur holatlarni o‘rganish, aniqlash, tahlil va monitoring qilish, baholash hamda salbiy ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan tekshirishlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
nazorat qiluvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
obyekt — moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan yoki tarixiy-madaniy qimmatga ega ekanligi aniqlangan bino, inshootlar, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari, arxeologiya meros obyektlari va arxeologiya ashyolari, tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar), alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar.
3. Davlat nazorati xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish shaklida o‘tkazilganda, ushbu nazorat “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organ tomonidan davlat nazorati tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkazilganda ushbu davlat nazorati — tekshirish Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga olinishi shart.
4. Obyekt yuzasidan davlat nazorati foydalanuvchi (balans saqlovchisi, mulk egasi, operativ boshqarish bo‘yicha huquq egasi) bilan tuzilgan ijara, tekin foydalanish va muhofaza qilish shartnomalariga muvofiq ham o‘tkazilishi mumkin.
5. Davlat nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va chek qo‘yish;
obyekt holatini kuzatib borish, muhofaza qilish va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan omillarni hamda ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazish va nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash, shuningdek, ushbu holatlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
mo‘ljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning obyektni muhofaza qilish va saqlash talablariga muvofiqligini aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
obyektdagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati hamda uni muhofaza qilish, saqlash va foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarni xabardor qilish.
6. Davlat nazoratini amalga oshirishda qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi ta’minlanishi shart.
7. Davlat nazorati obyektlari quyidagilardan iborat:
obyekt, uning muhofaza belgilari va arxeologiya ashyolari;
obyektning muhofaza tegralari, obyektning imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralari;
obyektga ta’sir etuvchi tabiiy va texnogen manbalar;
obyekt muhofazasi qilish va foydalanishga doir hujjat, material hamda axborotlar;
obyektni muhofaza va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi, ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazishi hamda nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik.
8. Davlat nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini, davlat dasturlari va sohaga oid boshqa dasturlar bajarilishini tekshirish;
obyektning holatini ko‘rikdan o‘tkazish va ularni qayd etib qo‘yish;
so‘rovnomalar yo‘llash, zarur bo‘lgan axborot, hujjat va materiallarni olish va tahlil qilish;
obyektni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid hujjat va materiallarni taftish qilish;
obyektni tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish.
2-bob. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari
9. Davlat nazorati nazorat qiluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Nazorat qiluvchi organning davlat nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari lavozimlarining ro‘yxati nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
10. Davlat nazorati xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish shaklida o‘tkazilganda, davlat nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi hamda tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lishlari lozim.
11. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmagan holda, davlat mulkida turgan obyektning muhofaza qilishini va saqlanishi holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslariga xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi hamda tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomaga ega bo‘lishi talab etilmaydi.
12. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Nazorat qiluvchi organning o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nazorat qiluvchi organning vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatidagi huquqiy normalarni belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
14. Nazorat qiluvchi organ boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat nazorati masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi.
15. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
yuridik va jismoniy shaxslardan obyektlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid zarur ma’lumot, axborot, tushuntirish va hujjatlarni so‘rash hamda tekin olish;
davlat nazoratini amalga oshirish davomida o‘lchov o‘tkazish, namunalar olish va ularning laboratoriya tahlilini qilish, kadastr hujjatlarini o‘rganish, sxema va chizmalarni chizish, foto, videotasvirga tushirish;
obyekt mulkdori, foydalanuvchisi, obyektga zarar yetkazgan, qonun hujjatlarini buzgan va boshqa shaxslar bilan so‘rov o‘tkazish va ulardan yozma ravishda tushuntirish olish;
yuridik va jismoniy shaxslarning (xo‘jalik yurituvchi subyektlarning) bino va inshootlariga obyektni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish uchun mazkur bino va inshootlarda bo‘lish qoidalariga rioya qilgan holda kirish va ko‘zdan kechirish;
obyektni muhofaza qilish va saqlashning buzilish sabablari hamda obyektdan foydalanish sharoitlarini aniqlash;
davlat nazorati amalga oshirilayotganda obyektning mulkdori, foydalanuvchisini, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili ishtirok etishini talab qilish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
obyektning muhofaza qilinishi va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi, ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazishi hamda nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan restavratsiya, ta’mirlash va tiklash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqot ishlari, foydalanish, qurilish-montaj va boshqa harakatlarni o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish haqida qarorlar qabul qilish;
obyektga yetkazilgan zararni qoplash haqida yuridik va jismoniy shaxslarga talab qo‘yish bo‘yicha sudga murojaat qilish;
obyektga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan korxona, tashkilot, inshoot va boshqa binolar faoliyati, foydalanish va boshqa harakatlarni o‘n kundan ortiq bo‘lgan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, shuningdek, obyektga yetkazilgan zararni qoplash haqidagi arizalar bilan sudlarga murojaat qilish;
tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmagan holda obyektda olib borilayotgan restavratsiya, ta’mirlash va tiklash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini zudlik bilan to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilish;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda obyektda olib borilayotgan restavratsiya, ta’mirlash va tiklash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar hamda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotganda ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomaning (va ochiq varaqning) amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish haqida vakolatli organlarga takliflar kiritish;
davlat nazorati natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma, dalolatnoma, xulosa, hisobotlar tuzish va tasdiqlash;
obyektni restavratsiya qilish, ta’mirlash va tiklash, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqot ishlarining yakunlari, hisobotlarni qabul qilish va foydalanishga topshirishda qatnashish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish huquqiga ega.
16. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar:
obyektning mulkdori, foydalanuvchisiga, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga davlat nazoratini o‘tkazish to‘g‘risidagi nazorat qiluvchi organ rahbarining buyrug‘i nusxasi, xizmat guvohnomasini, agar davlat nazorati tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga taalluqli bo‘lsa, ularni tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat beruvchi maxsus guvohnomani ko‘rsatishga;
obyektning mulkdori va foydalanuvchisining faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslikka;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati tekshirilayotganda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini belgilangan tartibda to‘ldirishga;
davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlashga;
davlat nazorati natijasini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirishga, uning bir nusxasi davlat nazorati tamom bo‘lgan kunda davlat nazoratidan o‘tgan obyektning mulkdori, foydalanuvchisiga, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakiliga, davlat nazoratiga bevosita taalluqli yuridik shaxsning vakili yoki tadbirkorlik subyektiga (yakka tartibdagi tadbirkorga) ushbu Nizomning 38-bandiga muvofiq taqdim etishga;
huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda unga ta’sir ko‘rsatishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarini ko‘rishga majbur.
17. Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi davlat nazoratini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyatlarda davlat nazoratini amalga oshirishi rejalashtirilayotgan mansabdor shaxs yoki xodimi tegishli nazorat qiluvchi organdagi bevosita rahbarini (u bo‘lmaganida, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasini (va) yoki kadrlar bo‘linmasini) mazkur holat o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran bir ish kuni ichida belgilangan shakldagi mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnomani taqdim qilishga va o‘zini rad etishga majbur. Ushbu talabning bajarilmasligi davlat nazorati natijalarining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
18. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga xo‘jalik yurituvchi subyektga xo‘jalik va tashkiliy-boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lgan topshiriq berish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilish va aralashish taqiqlanadi, tadbirkorlik subyektining faoliyati obyektning muhofazasi va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi, ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazishga olib keladigan harakatlar bundan mustasno.
19. Davlat nazorati amalga oshirilishiga yoki uni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
20. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning xizmat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qilgan va ularning qonuniy talablarini bajarmagan aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
21. Davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z faoliyatining qonuniyligi, xolisligi, u qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ri tashkil qilinishi va amalga oshirilishi uchun javob beradi.
22. Nazorat qiluvchi organga bevosita taalluqli faoliyat, uning vazifa, funksiya va majburiyatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat nazorati nazorat qiluvchi organ rahbari buyrug‘i bilan tuzilgan komissiya tomonidan o‘tkaziladi.
3-bob. Davlat nazorati amalga oshirilishi lozim bo‘lgan faoliyat
23. Nazorat qiluvchi organ belgilangan tartibda:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini;
obyektni muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish, foydalanish, ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq etish, konservatsiyalash, ta’mirlash hamda foydalanishga moslashtirish bo‘yicha davlat dasturlari va sohaga oid boshqa dasturlar bajarilishini;
tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan yangi obyektlarni davlat hisobiga olinishi, obyektning aniqlanishi, hisobga olinishi, muhofaza qilinishi, targ‘ib qilinishi va ulardan foydalanilishini;
obyektning tarixiy-madaniy ekspertizasini tashkil etilishi va amalga oshirilishini;
Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastri va Arxeologiya ashyolari davlat katalogi belgilangan tartibda yuritilishini;
obyektning o‘rnatilgan tartibda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilishiga tavsiya etilishini;
tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlardan (obyektlardan) va ularning qo‘riqlanadigan tegralaridan xalqaro umume’tirof etilgan normalar, YUNESKO Umumjahon merosi qo‘mitasi va Umumjahon merosi markazi tavsiyalariga hamda qonun hujjatlariga muvofiq muhofaza qilinishi va foydalanilishini;
tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda) olib boriladigan yirik restavratsiya, ta’mirlash-tiklash, qurilish-montaj, obodonlashtirish va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ishlarini YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilishini;
tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarda (obyektlarda), obyekt va ularning qo‘riqlanadigan tegralaridan foydalanish, xo‘jalik va boshqa faoliyatlar tashkil etilishini;
tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) bo‘yicha boshqaruv rejalarining tasdiqlanishi va ularning bajarilishini;
alohida tartibga solinishi lozim bo‘lgan va obyektni muhofaza qilish bilan bog‘liq shaharsozlik faoliyati obyektlarining chegaralari belgilanishi va ularga rioya qilinishini;
obyektning qo‘riqlanadigan tegralarida shaharsozlik faoliyati, loyiha hujjatlari, mo‘ljallanayotgan yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlari va boshqa ishlarning hamda ularni asoslovchi hujjatlarning obyektni asrash talablariga muvofiqligini;
xo‘jalik jihatidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan yer uchastkalarini (agar ularda obyekt joylashgan bo‘lsa yoki yer uchastkalari xo‘jalik jihatidan o‘zlashtirilayotganda yangi obyekt aniqlansa);
obyektning qo‘riqlanadigan tegralari loyihalarining ishlab chiqilishi, belgilab qo‘yilishi hamda ularga rioya qilinishini;
obyektni asrash bo‘yicha ishlar, shuningdek, obyektda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar tegishli ruxsatnomalarga muvofiq amalga oshirilishini;
obyektda muhofaza belgilarining o‘rnatilishi va saqlanishini;
obyekt holatining monitoringi amalga oshirilishini;
obyektga doir mulk huquqi va boshqa huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, o‘zgartirilishi va bekor qilinishini;
obyektning miqdor va sifat tavsiflari hisobga olinishini;
obyektning sifat va qiymat jihatidan baholanishini;
obyekt kadastr axborotining tizimga kiritish, saqlash va yangilab borilishini;
obyektning holati haqida hisobotlar tuzilishini;
obyektning pasportini berilishi va ularning yuritilishini;
obyektning toifasi belgilanishini va o‘zgartirilishini;
obyekt Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastridan chiqarilganligi masalasini;
obyektni asrash chora-tadbirlari, konservatsiyalash, tuzatish, ta’mirlash, foydalanishga moslashtirishni, shuningdek, ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash hamda ishlab chiqarish ishlarining bajarilishini;
yo‘qotilgan obyektni ta’mirlash usullari orqali o‘rnatilgan tartibda asli holiga keltirilishini;
obyekt joylashgan yer uchastkalarining egalari (mulkdorlari) zimmasiga mazkur obyektni saqlab turish vazifasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq yuklangan boshqa majburiyatlarni bajarilishini;
obyekt ijara shartnomasi asosida ijaraga berilishini, unda obyektni saqlash talablari bajarilishini;
obyektning tashqi va ichki ko‘rinishini obyektning pasportiga kiritilgan muhofaza mazmuni ma’lumotlariga muvofiq holda saqlanishini;
obyektdan foydalanish shartlarini jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi uchun qay darajada zarur bo‘lsa, shu darajada cheklanishini;
xususiy mulkda turgan obyektdan foydalanish huquqini qonunda nazarda tutilgan hollarda sud qarori bilan cheklash bo‘yicha takliflarni;
obyektdan foydalanishdagi cheklashni joriy etish zaruratini yuzaga keltirgan holatlar yoki shart-sharoitlar bartaraf etilganini hamda mazkur obyektdan foydalanish huquqi to‘la hajmda tiklanishini;
xususiy mulkda turgan obyektdan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda mulkdordan olib qo‘yilishini;
davlat mulkida turgan obyekt qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnomaga muvofiq tekin foydalanilishini;
obyektdan foydalanish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinishini;
tarixiy-madaniy qo‘riqxona, muzey-qo‘riqxona, tarixiy manzilgohlar tashkil etilishi, saqlanishi hamda ulardan foydalanilishini;
tarixiy manzilgohlarda qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida belgilab qo‘yilgan tartiblariga rioya qilinishini;
obyektni foydalanishga berishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalaridan tushgan mablag‘larning qonun hujjatlariga muvofiq obyektni muhofaza qilish, asrash va targ‘ib qilishga hamda obyektni muhofaza qilish va ulardan foydalanishda band bo‘lgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun sarflanishini;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash holatini;
arxeologiya ashyolarining Arxeologiya ashyolari davlat katalogida ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
arxeologiya ashyolarini davlatga topshirish hamda ularning fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qo‘yilishini;
fan, ta’lim va madaniyat muassasalariga biriktirib qo‘yilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanishda belgilangan tartibga rioya qilinishini;
xalqaro arxeologiya tadqiqotlarini tashkil etishda belgilangan tartibga rioya qilinishini;
arxeologiya ashyolarining hisobga olinishi va saqlanishini;
ruxsatnoma berish tartibi va shartlariga rioya qilinishini;
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini amalga oshirishda belgilangan tartibga rioya qilinishini;
arxeologiya obyektlarida maxsus asbob-uskunalardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilinishini;
ilmiy hisobotni tuzish, ekspertizadan o‘tkazish va undan foydalanishni;
ochiq varaq berish tartibi va shartlariga rioya qilinishini;
ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologning majburiyatlari bajarilishini;
fan, ta’lim va madaniyat muassasalariga biriktirib qo‘yilgan arxeologiya ashyolari arxeologiya tadqiqotining belgilangan tartibda amalga oshirilishini;
arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazorati amalga oshirilayotganda arxeologda ochiq varaq va ruxsatnoma mavjudligini tekshiradi.
24. Obyekt va uning qo‘riqlanadigan tegralaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazorati qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar va taqiqlar rejimini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
4-bob. Davlat nazoratini amalga oshirish
25. Davlat nazorati o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida amalga oshiriladi.
26. Davlat nazoratini obyektning mulkdori, foydalanuvchisi, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili, davlat nazoratiga bevosita taalluqli yuridik shaxsning vakili yoki tadbirkorlik subyekti (yakka tartibdagi tadbirkor) ishtirokida amalga oshirishga ruxsat beriladi, davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxsning talabiga qaramay ushbu shaxslar (vakillar) ishtirok etmasa, davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs ikki nafar xolis ishtirokida dalolatnoma tuzadi hamda davlat nazoratini amalga oshirishga kirishadi.
27. Obyekt hududiga o‘rnatilgan ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) korxona ma’muriyatini xabardor qilmasdan yoki uning vakilisiz aylanib chiqish (ko‘zdan kechirish) taqiqlanadi.
28. Obyektga o‘rnatilgan ishlab chiqarish uchastkalarini (sexlarini) aylanib chiqishdan (ko‘zdan kechirishdan) oldin nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsiga mazkur obyektdagi texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha yo‘riqnoma obyektning balans saqlovchisi tomonidan berilishi shart.
29. Nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxslariga tekshirishni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar (xona, telefon va boshqa aloqa vositalari, zarur hollarda, maxsus kiyim, shuningdek, maxsus himoya vositalari) obyektning balans saqlovchisi tomonidan yaratib berilishi lozim.
Nazorat funksiyalarini tez, samarali va xavfsiz amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi, qiyin o‘tiladigan hududlar uchastkalari bilan kesishganda masofa katta bo‘lgan hollarda nazorat qiluvchi organ tomonidan transport vositasi beriladi.
30. Quyidagi hollarda qisqa muddatli — reyd tartibidagi davlat nazorati sutkaning istalgan vaqtida bir kundan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida:
obyektni noqonuniy egallash, foydalanish, nobud qilish, buzish, shikast yetkazishi holatlar haqida ishonchli axborotlar bo‘lganda;
obyekt va uning qo‘riqlanadigan tegralarida o‘rnatilgan tartibda ruxsatnoma olmasdan, kelishilmasdan foydalanish, xo‘jalik va boshqa faoliyatlar tashkil etilayotganda;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarining buzilish holatlarini aniqlash va to‘xtatish yuzasidan tezkor nazorat tadbirlarini amalga oshirish zarurati bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin.
31. Nazorat qiluvchi organ qisqa muddatli — reyd tartibidagi davlat nazoratini mustaqil yoki muvofiqlashtirilgan tadbirlar rejasi asosida boshqa davlat organlari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
5-bob. Davlat nazorati natijalarini rasmiylashtirish
32. Davlat nazorati natijalari:
tarixiy-madaniy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosa tuzish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishining davlat nazorati natijalari bo‘yicha ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuzish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat nazoratining natijalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin.
33. Obyektning Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilishi va chiqarilishi, obyekt toifasini aniqlash va toifasi o‘zgartirilishini asoslash to‘g‘risidagi tarixiy-madaniy ekspertiza xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Obyektni nobud qilish, buzish, shikast yetkazishga taalluqli tarixiy-madaniy ekspertiza xulosalari davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
34. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilish holati mavjud bo‘lmaganda ma’lumotnoma, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlanganda dalolatnoma tuziladi.
Ma’lumotnomada davlat nazoratini amalga oshirish holati qayd qilinadi, ular bo‘yicha davlat nazorati amalga oshirilgan savollar ro‘yxati keltiriladi va biror-bir qonun buzilishlarning mavjud emasligi ko‘rsatiladi.
Dalolatnomani rasmiylashtirishda mansabdor shaxs savolnomada nazarda tutilgan har bir savol bo‘yicha talablari buzilgan qonun hujjatining nomi va normalariga havola qilib, holatini bayon qiladi.
35. Ma’lumotnoma yoki dalolatnomada quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
ma’lumotnoma yoki dalolatnoma tuzilgan sana va joy nomi;
obyekt nomi va joylashgan joyi (pochta manzili);
Oldingi tahrirga qarang.
obyekt Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgani haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining buyrug‘i sanasi va raqami (yoki obyektning tarixiy-madaniy qimmati aniqlanganiga oid boshqa asos), obyektning umumiy tavsifi;
(35-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
obyekt davlat muhofazasiga olingani haqida aholi xabardor etilgani to‘g‘risida ma’lumot (rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositasidagi e’lonlar yoki muhofaza belgisi o‘rnatilgani va boshqalar bo‘lishi mumkin);
davlat nazoratini amalga oshirish to‘g‘risidagi nazorat qiluvchi organ rahbari buyrug‘ining sanasi va raqami;
davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimlari;
obyektning mulkdori, foydalanuvchisini, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti seriyasi va raqami, doimiy yashash joyi manzili;
mulkdor, foydalanuvchi yuridik shaxs bo‘lsa, uning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon va faks raqamlari hamda rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti seriyasi va raqami, doimiy yashash joyi manzili;
qonun hujjatlari buzilishining sabablari (dalolatnoma tuzilganda);
talablari buzilgan qonun hujjatining nomi va normalari (dalolatnoma tuzilganda);
qonun hujjatlarining buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar (dalolatnoma tuzilganda);
ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Moddiy madaniy meros obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini hisoblash metodikasi asosida hisoblangan obyektga yetkazilgan moddiy zarar miqdori (dalolatnoma tuzilganda);
zarar yetkazilishi yoki qonun hujjatlarining buzilishini bartaraf etish va bunday holatlarning takroran yuz berishining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar (dalolatnoma tuzilganda);
davlat nazorati davomida aniqlangan boshqa muhim ma’lumotlar.
36. Davlat nazorati natijalari bo‘yicha tuzilgan ma’lumotnoma yoki dalolatnoma davlat nazoratini amalga oshirishda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi.
Ma’lumotnoma yoki dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan shaxslar o‘z fikrini yozma ravishda taqdim qilishi lozim. Bunda uning yozma ravishda taqdim qilgan fikri dalolatnomaga ilova qilinadi. Yozma ravishda o‘z fikrini bildirishdan ham bosh tortsa, bu haqda dalolatnoma tuziladi va asosiy dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi.
37. Ma’lumotnoma yoki dalolatnoma uch asl nusxada rasmiylashtiriladi hamda davlat nazorati tamom bo‘lgan kunda quyidagilarga:
birinchi asl nusxasi — nazorat qiluvchi organda ushbu Nizomning 39-bandida keltirilgan hujjatlar ilova qilingan holda yig‘majildda saqlanadi;
ikkinchi asl nusxasi — tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga ushbu Nizomning 39-bandida keltirilgan hujjatlar ilova qilingan holda yig‘majildda tegishli yo‘naltiruvchi xat bilan yuboriladi (dalolatnoma tuzilganda);
uchinchi asl nusxa — mulkdor, foydalanuvchiga, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yuboriladi.
38. Ma’lumotnoma yoki dalolatnoma nusxalari unga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda davlat nazorati tamom bo‘lgan kunda tilxat olinib quyidagilarga:
mulkdor, foydalanuvchi bo‘lgan hollarda, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga;
nazorat qiluvchi organning yuqori tashkilotiga topshiriladi (beriladi) yoki buyurtma pochta orqali yuboriladi.
39. Davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar alohida yig‘majildda ketma-ketlikda aks ettiriladi. Mazkur hujjatlar alohida yig‘majildda quyidagi tartibda joylashtiriladi:
davlat nazoratini amalga oshirish to‘g‘risidagi buyruq nusxasi (asliga to‘g‘ri ekani tasdiqlangan holda);
Oldingi tahrirga qarang.
obyekt Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgani haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining buyrug‘i sanasi va raqami (yoki obyektning tarixiy-madaniy qimmati aniqlanganiga oid boshqa asos), obyektning umumiy tavsifi qayd etilgan holda, shuningdek, obyekt davlat muhofazasiga olingani haqida aholi xabardor etilgani haqida nazorat qiluvchi organning rahbari tomonidan imzolangan va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhri bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma;
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
zarur hollarda, obyektning suratlari va videotasvirlari;
obyektning foydalanuvchisi, mulkdori, jamoatchi inspektori, obyektga zarar yetkazgan, qonun hujjatlarini buzgan va boshqa shaxslar bilan o‘tkazilgan so‘rov va ulardan olingan yozma tushuntirishlar (tushuntirishdan bosh tortgan hollarda bu haqda tuzilgan dalolatnoma);
jalb qilingan ekspert va mutaxassislarning yozma xulosalari (agar mavjud bo‘lsa);
obyektga yetkazilgan moddiy zarar miqdori (agar mavjud bo‘lsa);
davlat nazoratini amalga oshirish va uning natijalarini ifodalashda zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar (yoki nusxalari) hamda materiallar;
davlat nazoratini amalga oshirish dalolatnoma yoki ma’lumotnomasi.
40. Nazorat qiluvchi organ tomonidan har bir davlat nazorati natijalari bo‘yicha materiallar maxsus jurnalda hisobga olinishi hamda har yili tahlil qilib borilishi shart.
Davlat nazoratini hisobga olish jurnali raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan imzolanib, muhrlangan bo‘lishi lozim.
Mazkur jurnal nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tayinlangan mas’ul shaxs tomonidan yuritiladi.
41. Jarimalar, davlat mulki hisoblangan obyektga yetkazilgan moddiy zarar va kompensatsiya to‘lovlari aybdor shaxslardan qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi hamda ushbu mablag‘larning 100 foizi nazorat qiluvchi organning Madaniy meros jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
42. Davlat nazorati natijalarini amalga oshirish shakllari quyidagilar hisoblanadi:
yuridik yoki jismoniy shaxsga moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritish;
davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektining shartnoma asosidagi foydalanuvchisi bilan shartnomani to‘xtatib turish va bekor qilish;
xususiy mulkda turgan obyektdan foydalanish huquqini cheklash, mulkdordan olib qo‘yilishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
faoliyat moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda amalga oshirilayotganda, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomaning (va ochiq varaqning) amal qilishini to‘xtatib qo‘yish va bekor qilish haqida vakolatli organlarga takliflar kiritish;
korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
obyektga yetkazilgan moddiy zararni qoplash, shuningdek, kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida sudga ariza bilan murojaat qilish;
unga ta’sir ko‘rsatishning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarini ko‘rish;
huquqbuzarlik holatlari, obyektlarni nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi aniqlanganda tegishli materiallarni (dalolatnomalarni) tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborish.
43. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risidagi taqdimnoma davlat nazorati tamom bo‘lgan kundan keyin besh kalendar kun ichida beriladi.
Taqdimnomada dalolatnomada keltirib o‘tilgan qonun hujjatlari buzilishini va uning faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan, ijro qilishning aniq muddatlari ko‘rsatilgan talablar bayon qilinadi.
44. Taqdimnoma ikkita asl nusxada imzolanadi va rasmiylashtiriladi, uning:
bir nusxasi — obyekt mulkdoriga yoki foydalanuvchiga, ularning yuqori turuvchi organiga, agar mulkdor, foydalanuvchi bo‘lmagan (yoki belgilanmagan) hollarda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga, davlat nazoratiga bevosita taalluqli yuridik shaxsning vakili yoki tadbirkorlik subyektiga (yakka tartibdagi tadbirkorga) yuboriladi;
ikkinchi nusxasi — taqdimnomani bergan organda saqlanadi.
45. Korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish nazorat qiluvchi organi rahbarining buyrug‘i shaklida rasmiylashtiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining harakatlari va qarorlari ustidan bevosita sudga yoki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berish, shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
47. Sudga shikoyat berilganida, shikoyat qilinayotgan harakatni yoki qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turiladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar, aholining hayoti va sog‘lig‘i, obyektning nobud bo‘lishi, buzilishi va shikastlanishi uchun haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar yoki qarorlar bundan mustasno.
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini hisoblash
METODIKASI
1. Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) yetkazilgan moddiy zarar miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
M = B*U*V*E+A
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda: M — yetkazilgan zarar miqdori (o‘lchov birligi — so‘m), V — yetkazilgan zarar balli (o‘lchov birligi — ball), U — obyekt koeffitsiyenti (o‘lchov birligi — m-3 ball -1), V — yetkazilgan zarar hajmi (o‘lchov birligi — m3), E — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bazaviy hisoblash miqdori (o‘lchov birligi — so‘m), A — obyektning alohida muhim badiiy bezaklari, naqshlar, koshinlar, tasvirlar va boshqa muhim jihatlariga yetkazilgan zarar miqdori (o‘lchov birligi — so‘m).
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
2. Obyektga yetkazilgan zarar balli quyidagi mezonlarning tegishli ballari yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi:

Baholash mezonlari

Ball

I. Obyekt turi

Arxitektura yodgorligi

10

Arxeologiya yodgorligi

8

Monumental san’at yodgorligi

7

Diqqatga sazovor joy

6

II. Obyekt davri

IX asrgacha

40

IX-XIII asrlar

35

XIV-XV asrlar

30

XVI-XVII asrlar

25

XVIII-XIX asr birinchi yarimi

20

XIX asr oxiri XX asr boshlari

10

XX asr o‘rtalari va oxiri

5

III. Obyekt murakkablik darajasi

I daraja — alohida xonalari ko‘p bo‘lmagan, kam miqdordagi arxitektura qismlardan iborat, oddiy tomli, oddiy to‘g‘ri to‘rt burchak shaklidagi obyektlar

4

II daraja — kam miqdordagi arxitektura qismlar, oddiy dekor va murakkab bo‘lmagan tom qismidan iborat, loyihada siniq konfiguratsiyali to‘g‘ri chiziqli obyektlar

6

III daraja — ko‘p bo‘lmagan miqdordagi murakkab dekor, takrorlanmagan silindr shakldagi qismlar yoki murakkab to‘g‘ri chiziqli tom qismidan iborat, loyihada siniq, qisman egri chiziq konfiguratsiyali obyektlar

8

IV daraja — katta qismi murakkab dekorli, takrorlanmas bezaklar, murakkab tom qism ega, o‘yma naqshinkorlik,loyihada murakkab siniq va egri chiziqli konfiguratsiyalarga ega bo‘lgan obyektlar, shu jumladan arxeologiya yodgorliklari

10

IV. Obyektning asl holatini saqlab qolganlik darajasi

Butkul yo‘qotilgan (nobud qilish)

15

Saqlanish holati 25 foizdan kam (nobud qilish)

12

Saqlanish holati 55 foizdan kam 26 foizdan yuqori (buzish)

9

Saqlanish holati 70 foizdan kam 56 foizdan yuqori (buzish)

7

Saqlanish holati 85 foizdan kam 71 foizdan yuqori (buzish)

5

Saqlanish holati 100 foizdan kam 86 foizdan yuqori (shikast yetkazish)

2

V. Qayta tiklash imkoniyati

Asil holatiga qayta tiklash imkoni yo‘q (asosli manba mavjudmasligi sababli)

5

Chizmalar asosida qayta tiklash mumkin

4

Analog asosida qayta tiklash imkoni mavjud

3

Qayta montaj qilish yo‘li bilan tiklash imkoniyati mavjud

2

VI. Obyektning toifasi

Respublika ahamiyatidagi obyekt

10

Mahalliy ahamiyatdagi obyekt

5

VII. Obyektdan foydalanish

Obyektdan sayyohlik-ekskursiya maqsadida foydalaniladi, shu jumladan arxeologiya va monumental san’at yodgorliklari

10

Obyektdan saqlash joyi, ishlab chiqarish, ofis xonalari va boshqa maqsadlarda foydalaniladi

8

Obyektdan foydalanilmaydi

5

3. Obyektning umumbashariy ahamiyati (U) obyektning YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududda yoki uning qo‘riqlanadigan hududida joylashgani yoxud obyekt umumbashariy bemisl qimmatga ega ekanligiga bog‘liq ravishda quyidagining biri belgilanadi:
respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan obyekt YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududda yoki uning qo‘riqlanadigan hududida joylashgan bo‘lsa — U=1 m-3 ball -1;
mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan obyekt YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududda yoki uning qo‘riqlanadigan hududida joylashgan bo‘lsa — U=0,5 m-3 ball -1.
4. Obyektga yetkazilgan zarar hajmi davlat nazoratini amalga oshirayotgan shaxs (yoki tayinlangan mutaxassis yoxud ekspert) tomonidan o‘lchov asboblarini qo‘llash yordamida aniqlanadi. Yetkazilgan zarar hajmi obyektning uch o‘lchamlik fazoviy shakli (masalan, xonaning ichki bo‘sh qismlari bilan birga) bo‘yicha hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasidagi bazaviy hisoblash miqdori qonun hujjatlarida belgilangan miqdor bo‘yicha hisoblanadi va bunda obyektga zarar yetkazilgani aniqlangan (davlat nazorati o‘tkazilgan) vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdori olinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
6. Obyektning alohida muhim badiiy bezaklari, naqshlari, koshinlari, tasvirlari va boshqa muhim jihatlariga (shu jumladan, monumental san’at yodgorliklariga) yetkazilgan zarar miqdori mutaxassis (ekspert) tomonidan hisoblanadi. Bunda mashhur xorijiy (xalqaro) madaniy boyliklar auksionlarida sotilgan (sotuvga qo‘yilgan) madaniy boyliklar analogiyasidan foydalanish mumkin. Shuningdek, bunday analogiya aniqlanmagan holda ushbu zarar miqdori mutaxassis (ekspert) yoki maxsus tuzilgan komissiya tomonidan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga
9-ILOVA
Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar), moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralari loyihalarini ishlab chiqish tartibi, ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalariga bo‘lgan talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
obyekt — Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilgan yoki tarixiy-madaniy qimmatga ega ekanligi aniqlangan bino, inshootlar, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
qo‘riqlanadigan tegralar — muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralarini o‘zi ichiga oladi;
qo‘riqlanadigan tegralarning chegaralari — olib boriladigan shaharsozlik, xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektning tarixiy muhitini saqlab qolish uchun bevosita yoki bilvosita salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan obyektdan tashqaridagi hududni belgilaydigan chiziqlar;
muhofaza tegrasi — obyektlarni asrashni ta’minlash maqsadida hududning tarixiy, shaharsozlik yoki tabiiy atrof-muhitni asrash va tiklashga qaratilgan maxsus tadbirlarni qo‘llashdan tashqari xo‘jalik faoliyatini cheklaydigan va qurilishni taqiqlovchi, yerdan foydalanish uchun maxsus tartib o‘rnatilgan hudud;
imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegrasi — qurilish va xo‘jalik faoliyatini cheklaydigan, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish talablari belgilangan hudud;
qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegrasi — obyektlar hamda uning tegralari bilan bog‘liq bo‘lgan yerdan foydalanish, xo‘jalik faoliyatini taqiqlash yoki cheklash, tabiiy landshaftni muhofaza qilish (tiklash) uchun bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, daryo vodiylari va qirg‘oqlari, suv omborlari, o‘rmonlar, ochiq joylardan foydalanish tartibi o‘rnatilgan hudud;
tarixiy-madaniy tadqiqotlar — qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish uchun amalga oshiriladigan tarixiy-me’moriy, tarixiy-shaharsozlik, arxiv, arxeologik va boshqa izlanishlar majmuasi.
2-bob. Qo‘riqlanadigan tegralarni belgilash va ularga rioya qilish
1-§ Qo‘riqlanadigan tegralarni aniqlash
3. Obyektning o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlarini va uning tarixiy muhitini saqlab qolish maqsadida unga tutash hududda qo‘riqlanadigan tegralar o‘rnatiladi.
4. Qo‘riqlanadigan tegralar loyihada belgilanadi. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasi matn va xaritalar (chizmalar) shaklida tuziladi.
5. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasida, ushbu tegralarda joylashgan obyektlarning qo‘riqlanadigan tegralar chegaralari hamda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari qayd etiladi.
6. Qo‘riqlanadigan tegralarning chegaralari yer uchastkalarining chegaralari bilan mos kelmasligi mumkin.
7. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalari maxsus vakolatli organ va uning hududiy organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, obyektlarning egalari yoki foydalanuvchilari, yer uchastkalarining egalari, ustav (nizom) faoliyatlarida obyektlarni muhofaza qilish belgilangan yuridik shaxslar tashabbusi yoki sudning hujjatiga muvofiq ishlab chiqilishi mumkin.
Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli organ hamda uning hududiy organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
8. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalari (ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalariga bo‘lgan talablar bilan birga) arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli (A guruh, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash uchun hujjatlar) litsenziyaga ega bo‘lgan va shtatida moddiy madaniy meros obyektlari sohasi bo‘yicha kamida bir nafar oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli va sohada kamida uch yillik amaliy tajribaga ega mutaxassisi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqiladi.
Maxsus vakolatli organ, uning hududiy organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, obyektlarning egalari yoki foydalanuvchilari, yer uchastkalarining egalari hamda boshqa jismoniy va yuridik shaxslar qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi bo‘lishi mumkin.
9. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqishni rejalashtirish obyektlarni muhofaza qilish, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha maqsadli dasturlarga kiritilishi mumkin.
Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar obyektning tekin foydalanuvchisi, huquq egasi, budjet mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishi mumkin.
10. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihalarini ishlab chiqish tarixiy-madaniy tadqiqotlar, kadastr ma’lumotlari va qo‘riqlanadigan tegralarni asoslash bo‘yicha boshqa materiallar asosida amalga oshiriladi.
11. Qo‘riqlanadigan tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari ushbu Nizomning 18 — 20-bandlarida ko‘rsatilgan talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.
12. Bir nechta obyektlarning tarixiy muhiti saqlanishini ta’minlash maqsadida ushbu obyektlar uchun yagona muhofaza tegralari, yagona qurish yoki xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari va yagona tabiiy landshaft tegralari (yagona qo‘riqlanadigan tegralar) o‘rnatiladi.
13. Qo‘riqlanadigan tegralarning chegaralarini loyihalashtirishda tabiiy chegaralar (yo‘llar, temir yo‘llar, daryolar, adirlik, jarlik va boshqalar) inobatga olinadi.
14. Qo‘riqlanadigan tegralar loyihasini asoslash bo‘yicha materiallar quyidagilardan iborat:
obyektning Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
o‘tkazilgan tarixiy-madaniy tadqiqotlar bo‘yicha hisobotlar, shu jumladan arxeologik tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy hisobotlar;
loyihalashtirilgan tegralar va ushbu tegralar hududida joylashgan obyektlar, boshqa bino va inshootlar to‘g‘risida matn va xaritalar (sxemalar, foto tasvirlar) shaklidagi ma’lumotlar;
obyektning asosiy turdagi ko‘rinish nuqtalaridan va ko‘rish maydonchalaridan his qilish bo‘yicha matn va xaritalar (sxemalar, foto tasvirlar) ko‘rinishidagi ma’lumotlar;
loyihalashtirilayotgan tegralardagi tabiiy landshaftning obyekt bilan kompozitsion bog‘liqligi, shuningdek, unda joy relyefi, suv inshootlari, tuproqlar va o‘simliklar muayyan turlarining moslashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasini asoslash va takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallar.
15. Ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan materiallarning tarkibi va mazmuni tarixiy-madaniy tadqiqotlar asosida aniqlanadi.
Tarixiy manzilgoh hududida joylashgan obyektning qo‘riqlanadigan tegrasining loyihasini asoslash bo‘yicha materiallar tarixiy-madaniy tayanch reja yoki uning fragmenti ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
16. Maxsus vakolatli organ tarixiy-madaniy tadqiqotlarni o‘tkazish, ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan materiallarni tayyorlash va ular asosida qo‘riqlanadigan tegralar loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik tushuntirish beradi.
2-§ Qo‘riqlanadigan tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalarini belgilash
17. Muhofaza tegralarida yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari quyidagi talablarni hisobga olgan holda belgilanadi:
obyektning tabiiy yoki tarixiy-shaharsozlik muhitini asrash va tiklashga yo‘naltirilgan maxsus chora-tadbirlardan tashqari boshqa kapital qurilish ishlarini taqiqlash;
rekonstruksiya qilish ishlarini cheklash, shu jumladan ularning o‘lchami, nisbati, parametri, qismlarining xususiyatlari va kichik arxitektura shakllarini saqlash, ularda alohida qurilish materiallaridan foydalanish va rang yechimlarini qo‘llash;
obyektning saqlanishini ta’minlash uchun xo‘jalik faoliyatini cheklash, shu jumladan reklamani joylashtirish, belgilarni o‘rnatish, bino va inshootlarni (avtoturargohlar, vaqtinchalik inshootlar, kioskalar va boshqalar) qurishni taqiqlash yoki cheklash hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib boriladigan ishlarni nazorat qilish;
obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlash va uni dinamik ta’sirlardan himoya qilish;
obyektning saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan gidrologik va ekologik sharoitlarni saqlab qolish;
obyektni saqlash, foydalanish, targ‘ib qilish hamda uning tarixiy-shaharsozlik va tabiiy muhitining shaharsozlik xususiyatlarini saqlab qolish va tiklashga qaratilgan hududini obodonlashtirish;
obyektning tarixiy-shaharsozlik va tabiiy muhitida vizual qabul qilinishini ta’minlash, shu jumladan tabiiy landshaftdagi ochiq va yopiq joylar nisbatini saqlash va tiklash;
tarixdan tashkil topgan yer uchastkalari chegaralarini saqlash, shu jumladan yerlarni boshqarish va yer uchastkalarini taqsimlashda o‘zgarishlarni cheklash;
obyekt va uning tarixiy hamda landshaft muhiti saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa talablar.
18. Imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralarida yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari quyidagi talablarni hisobga olgan holda belgilanadi:
obyektning saqlanishini ta’minlash uchun qurilish ishlarini cheklash, shu jumladan kapital qurilishning bino va inshootlari va uning qismiga doir o‘lcham, nisbat va parametrlar, alohida qurilish materiallaridan foydalanish hamda rang yechimlarini qo‘llash;
kapital qurilish hamda bino va inshootlarning qismlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilishni cheklash, shu jumladan ularning o‘lchami, nisbati va parametrlariga, alohida qurilish materiallaridan foydalanish hamda rang yechimlarini qo‘llash;
tarixdan tashkil topgan yer uchastkalari chegaralarini saqlash, shu jumladan yerlarni boshqarish va yer uchastkalarni taqsimlashdagi o‘zgarishlarni cheklash;
obyektning tarixiy-shaharsozlik va tabiiy muhitda vizual qabul qilinishini ta’minlash;
obyektning saqlanishini ta’minlash uchun xo‘jalik faoliyatini cheklash, shu jumladan reklamani joylashtirish, belgilarni o‘rnatish, bino va inshootlarni (avtoturargohlar, vaqtinchalik inshootlar, kioskalar va boshqalar) qurishni taqiqlash yoki cheklash hamda ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha olib boriladigan ishlarni nazorat qilish;
obyektning yong‘in xavfsizligini ta’minlash va uni dinamik ta’sirlardan himoya qilish;
obyektning saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan gidrologik va ekologik sharoitlarni saqlab qolish;
tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan barcha shaharsozlik inshootlarning butligini ta’minlash;
obyekt va uning tarixiy hamda landshaft muhiti saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa talablar.
19. Qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralarida yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari quyidagi talablarni hisobga olgan holda belgilanadi:
tabiiy landshaftning, shu jumladan daryo vodiylari va qirg‘oqlari, suv havzalari, o‘rmon va ochiq joylarning obyekt bilan kompozitsion bog‘liqligini saqlash va qayta tiklash maqsadida kapital qurilishni, bino va inshootlar hamda ularning qismlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilishni, xo‘jalik faoliyatini taqiqlash yoki cheklash;
qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft yong‘in xavfsizligini ta’minlash va uni dinamik ta’sirlardan himoya qilish;
qo‘riqlanadigan tabiiy landshaftni saqlash va qayta tiklashni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan gidrologik va ekologik sharoitlarni saqlab qolish;
obyektning tarixiy-shaharsozlik va tabiiy muhitida vizual qabul qilishni ta’minlash maqsadida qo‘riqlanadigan tabiiy landshaftda ochiq va yopiq joylar o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlash va tiklash;
qo‘riqlanadigan tabiiy landshaftni saqlash va tiklash uchun zarur bo‘lgan boshqa talablar.
3-§ Qo‘riqlanadigan tegralarni tasdiqlash yoki tasdiqlashni rad etish
20. Qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasi maxsus vakolatli organ tomonidan o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi maxsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullangan taqdirda, u bo‘yicha ijobiy tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi olingan hisoblanadi.
Tarixiy-madaniy ekspertizaning ijobiy xulosasi obyektning qo‘riqlanadigan tegralari chegarasini tasdiqlash, yerdan foydalanish rejimi, shaharsozlik normalari va qoidalarini (reglamentini) belgilash o‘rnatish uchun asos hisoblanadi.
21. Ijobiy tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi olingan qo‘riqlanadigan tegralarning chegaralari (loyihasi) maxsus vakolatli organ rahbari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
22. Tasdiqlangan qo‘riqlanadigan tegralar loyihasining (chegaralarining) nusxalari, ular asliga to‘g‘ri ekanligi tasdiqlangan holda quyidagilarga uch ish kuni davomida buyurtma pochta orqali maxsus vakolatli organ tomonidan yuboriladi yoxud taqdim etiladi:
maxsus vakolatli organning hududiy organlariga — qo‘riqlanadigan tegralarga rioya qilinishini nazorat qilish, obyektning Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastriga, Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni kiritish, arxivda doimiy (muddatsiz) saqlash va qonun hujjatlariga asosan foydalanish uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli tuman (shahar) bo‘limlariga — aholi punktining bosh rejasi, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlariga ruxsat berish, shaharsozlik reglamenti va faoliyati, yerdan foydalanishda qo‘riqlanadigan tegralarga rioya qilish, arxivda doimiy (muddatsiz) saqlash va qonun hujjatlariga asosan foydalanish uchun;
Yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalarining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filiallariga — yerdan foydalanish, yer uchastkalarini ajratish (takliflar tayyorlash), bino va inshootlar, yer uchastkalarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda qo‘riqlanadigan tegralarga rioya qilish, Davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli axborotlarni kiritish, doimiy (muddatsiz) saqlash va qonun hujjatlariga asosan foydalanish uchun;
qo‘riqlanadigan tegra loyihasini ishlab chiquvchiga — qonun hujjatlariga asosan foydalanish uchun.
Maxsus vakolatli organ zarur hollarda, qo‘riqlanadigan tegra loyihasining nusxasini boshqa shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishi (yuborishi) mumkin.
Tasdiqlangan qo‘riqlanadigan tegralar loyihalarning asl nusxasi maxsus vakolatli organda doimiy (muddatsiz) saqlanadi va qat’iy hisobga olinadi.
23. Ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlariga zid ravishda ishlab chiqilgan yoki ulardagi normalarga mos bo‘lmagan qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasi maxsus vakolatli organ tomonidan tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazilmasdan, buzilgan qonun hujjatlarini aniq ko‘rsatgan holda o‘n kun muddatda rad etiladi. Ushbu holatlarda tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘langan yig‘im qaytariladi.
Rad etilgan qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasi maxsus vakolatli organga umumiy tartibda kiritiladi.
24. Tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi maxsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullanmagan taqdirda, ilmiy-ekspert kengash bayonida ma’qullamaslikning (rad etishning) asoslari ilmiy-ekspertlik nuqtai nazardan bayon etiladi. Ushbu holatlarda tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
Maxsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi ushbu bobning 1 va 2-§ belgilangan talablarga zid bo‘lganda rad etadi.
Maxsus vakolatli organning ilmiy-ekspert kengashi tomonidan ma’qullanmagan (rad etilgan) qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasi uni ma’qullamaslik (rad etish) bo‘yicha keltirilgan kamchiliklar bartaraf etilgan holda, ikki oy muddat ichida qayta kiritilishi mumkin. Ikki oy muddat o‘tganidan keyin qo‘riqlanadigan tegralarning loyihasi umumiy tartibda kiritiladi va bunday holatlarda to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
4-§ Qo‘riqlanadigan tegralarga rioya qilish
25. Qo‘riqlanadigan tegralarni belgilash to‘g‘risidagi qaror asosida yuzaga keladigan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning cheklanishi Yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalarining tegishli tumanlardagi (shaharlardagi) filiallari tomonidan davlat ro‘yxatiga olinishi kerak.
26. Qo‘riqlanadigan tegralarning tasdiqlangan chegaralar, ushbu tegralarda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shaharsozlik faoliyatini ta’minlash axborot tizimlariga kiritilishi shart, qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlar bundan mustasno.
27. Tasdiqlangan qo‘riqlanadigan tegralarning chegaralari, ushbu tegralarda joylashgan yer tuzish (foydalanish) rejimlari va shaharsozlik, hududni rejalashtirish hujjatlari, yerdan foydalanish va qurilish qoidalarida hisobga olinishi va ifodalanishi lozim, zarurat bo‘lsa, mazkur hujjatlarga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
28. Mahalliy ahamiyatdagi obyektlarning qo‘riqlanadigan tegralarida respublika ahamiyatidagi obyekt joylashgan bo‘lsa, bunday holatlarda respublika ahamiyatidagi obyekt uchun belgilangan qo‘riqlanadigan tegralarida belgilangan qoida va talablar amal qiladi.
29. Respublika ahamiyatdagi obyektlarning qo‘riqlanadigan tegralarida mahalliy ahamiyatdagi obyekt joylashgan bo‘lsa, bunday holatlarda respublika ahamiyatidagi obyekt uchun belgilangan qo‘riqlanadigan tegralarda belgilangan qoida va talablar amal qiladi.
30. YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) qo‘riqlanadigan tegralarida mahalliy va (yoki) respublika ahamiyatidagi obyekt joylashgan bo‘lsa, bunday holatlarda YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) qo‘riqlanadigan tegralarida belgilangan qoida va talablar amal qiladi.
31. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarning qo‘riqlanadigan tegralarida mahalliy va (yoki) respublika ahamiyatidagi obyekt joylashgan bo‘lsa, bunday holatlarda alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarning qo‘riqlanadigan tegralarida belgilangan qoida va talablar amal qiladi.
32. Yangi aniqlangan yoki davlat muhofazasiga yangi olingan obyekt bo‘yicha ushbu Nizomga muvofiq qo‘riqlanadigan tegralar belgilanishi va shu munosabat bilan tegishli shaharsozlik, yerdan foydalanish hujjatlari va rejimi (reglamenti) qayta ko‘rib chiqilishi kerak.
33. Qo‘riqlanadigan tegralar belgilanmagan hollarda:
YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) rejalashtirilayotgan chegarasidan 300 metrgacha;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududning rejalashtirilayotgan chegarasidan 200 metrgacha;
respublika ahamiyatidagi obyekt, shu jumladan arxeologiya yodgorliklarining rejalashtirilgan chegarasidan 100 metrgacha bo‘lgan hududda yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalari talablari (kapital qurilish hamda bino va inshootlarning qismlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish) maxsus vakolatli organ bilan kelishiladi.
34. YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) qo‘riqlanadigan tegralari (tarixiy hudud va bufer zona) YUNESKOning Umumjahon merosi markazi yoki Umumjahon merosi qo‘mitasining tavsiyalari inobatga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori kuchga kirgunga qadar YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarning (obyektlarning) qo‘riqlanadigan tegralari (tarixiy hudud va bufer zona) chegarasi YUNESKOning Umumjahon merosi markazi tavsiya etgan chegaralar hisoblanadi.
35. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarning chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
36. Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar), obyekt va uning qo‘riqlanadigan tegralarida yerdan foydalanish, qurilish-montaj va shaharsozlik ishlariga ruxsatnoma Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi nizomga asosan beriladi.
37. Qo‘riqlanadigan tegralar, shu jumladan ularning chegaralarini, unda belgilangan yerdan foydalanish, shaharsozlik normalari va qoidalarini o‘zgartirish qo‘riqlanadigan tegralarning yangi loyihasini ishlab chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
38. Obyektning mahalliy yoki respublika ahamiyati o‘zgarganda, ushbu obyekt bo‘yicha yangi qo‘riqlanadigan tegralar ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi.
39. Yerdan foydalanish, shaharsozlik, xo‘jalik va boshqa faoliyatlarni amalga oshirishda qo‘riqlanadigan tegralardagi qoidalarga rioya qilinadi.
40. Obyekt Moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastridan chiqarilsa, ushbu obyekt bo‘yicha o‘rnatilgan qo‘riqlanadigan tegralar o‘z kuchini yo‘qotadi.
Boshqa obyektning qo‘riqlanadigan tegrasida joylashgan obyekt Moddiy madaniy meros obyektlari kadastridan chiqarilsa, ushbu boshqa obyektning qo‘riqlanadigan tegrasiga tegishli o‘zgartirish kiritiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
41. Qo‘riqlanadigan tegralarning chegarasi, ushbu tegralarda belgilangan qoidalar (taqiqlash, cheklash) natijasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan (buziladigan) jismoniy va yuridik shaxslar sudga shikoyat qilish (sud orqali e’tiroz bildirish) huquqiga ega.
42. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga
10-ILOVA
Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida” va “Muzeylar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni (keyingi o‘rinlarda tarixiy-madaniy hudud deb ataladi) tashkil etish, qaytadan tashkil etish, tugatish, saqlash va foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritilgan alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan moddiy madaniy meros obyektlari hududida alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar tashkil etiladi.
3. Tarixiy-madaniy hududlar tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, muzey-qo‘riqxonalar, tarixiy manzilgohlar ko‘rinishida va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shakllarda tashkil etiladi.
4. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish maqsadida tarixiy-madaniy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi (keyingi o‘rinlarda rejim deb ataladi) o‘rnatiladi.
2-bob. Tarixiy-madaniy hududlarning mulk huquqi
5. Tarixiy-madaniy hududlar davlat mulki, xususiy mulk va qonunda belgilangan tartibda boshqa mulk shakllarida bo‘lishi mumkin.
6. Davlat mulkida turgan moddiy madaniy meros obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin emas.
7. Moddiy madaniy meros obyektlari va ularning ajralmas qismi hisoblanadigan yer uchastkalari bo‘linmaydi.
8. Tarixiy-madaniy hududlar fuqarolar kirib chiqishi uchun ochiqdir, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy madaniy meros obyektlarini, shuningdek, tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni saqlab qolish maqsadida tarixiy-madaniy hududlarning ayrim qismlariga fuqarolarning kirishi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi (keyingi o‘rinlarda maxsus vakolatli organ deb ataladi) hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan cheklanishi yoki man etilishi mumkin.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
9. Tarixiy-madaniy hududlarda yashovchi aholi va unda bo‘lib turgan shaxslar mazkur hududlarning alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmati, tarixiy-madaniy muhitini saqlab qolish hamda ushbu hududning muhofaza qilish va foydalanish rejimiga rioya etadilar.
3-bob. Tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nazorat
10. Tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish maxsus vakolatli organ hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
11. Tarixiy-madaniy hududlarda joylashgan moddiy madaniy meros obyektlarida olib boriladigan asrashga doir ishlar, shuningdek, mazkur hududdagi qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
12. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish tadbirlarini amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashishi mumkin. Davlat organlari ushbu tadbirlarni amalga oshirayotganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning takliflarini ko‘rib chiqadilar.
13. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar tegishli davlat organlaridan tarixiy-madaniy hududlar to‘g‘risidagi tegishli axborotlarni talab qilish hamda olish huquqiga ega.
14. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tarixiy-madaniy hududlar tashkil etilayotgan, muhofaza qilinayotgan hamda ulardan foydalanilayotganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tarixiy-madaniy ekspertizasini o‘tkazish, muhofaza qilish, asrash va ulardan foydalanishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi  Qonun.
4-bob. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Madaniy meros agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
16. Tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli organning taklifiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinishi mumkin.
17. Yuridik va jismoniy shaxslarning zaxira qilingan yer uchastkalaridagi faoliyati, agar bunday faoliyat mazkur uchastkalarda muhofaza qilinishi mo‘ljallanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari saqlanishiga xavf soladigan bo‘lsa, cheklanishi yoki taqiqlanishi lozim. Ushbu yer uchastkalarining yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish va foydalanish yoki ijara uchun berishga faqat maxsus vakolatli organning tarixiy-madaniy ekspertiza ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
5-bob. Tarixiy-madaniy hududni tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tarixiy-madaniy hududlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda kiritilgan takliflariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasidagi tegishli hududlar tarixiy-madaniy hududlar hisoblanadi.
19. Tarixiy-madaniy hududlarni qayta tashkil etish, ularning shakllarini o‘zgartirish zarur bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunda tarixiy-madaniy hududning qattiq rejimli shakldan yengil rejimli shaklga o‘tkazilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi.
20. Tarixiy-madaniy hududlarning faoliyat yuritishini tugatish tabiiy ofatlar, texnogen xususiyatdagi ta’sirlar natijasida ulardagi moddiy madaniy meros obyektlari jisman to‘la yo‘qotilgan bo‘lsa yoki moddiy madaniy meros obyekti sifatidagi o‘z qimmatini yo‘qotgan taqdirda amalga oshiriladi.
6-bob. Tarixiy-madaniy hududlar pasporti
21. Har bir tarixiy-madaniy hududlar bo‘yicha ikki nusxada pasport tuziladi.
22. Tarixiy-madaniy hudud pasportiga:
tarixiy-madaniy hududni tuzish to‘g‘risidagi hujjat (qaror);
unda mazkur hududni, uning tarixiy-madaniy qimmati, rejimi va boshqaruvini tavsiflovchi ma’lumotlar;
mazkur hududda joylashgan moddiy madaniy meros obyektlari va hududning o‘ziga xos jihatlari asosiy turlarining fotosuratlari;
tarixiy-madaniy hududlar va ularning quriqlanadigan tegralari doirasida yer uchastkalarining chegaralari chizilgan tarixiy-madaniy hudud va uning quriqlanadigan tegrasi xaritasi ilova qilinadi.
Zarurat bo‘lganda, tarixiy-madaniy hududning pasportiga pasportda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar (materiallar) ilova qilinishi mumkin.
23. Tarixiy-madaniy hududlar pasporti:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan tarixiy-madaniy hududlar bo‘yicha maxsus vakolatli organ tomonidan;
yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan tarixiy-madaniy hududlar bo‘yicha ushbu yuridik shaxs tomonidan yuritiladi.
24. Tarixiy-madaniy hududlar pasportlarining bir nusxasi maxsus vakolatli organda saqlanadi. Pasportning nusxasi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga beriladi.
25. Tarixiy-madaniy hududning pasporti maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
26. Pasportga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi, shuningdek, uni o‘z vaqtida yangilab turish uchun javobgarlik ushbu pasportni yuritishga mas’ul bo‘lgan shaxslarga yuklanadi.
27. Tarixiy-madaniy hududning pasporti unga kiritilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda yangilanishi kerak. Yangilangan pasport maxsus vakolatli organ, tegishli yuridik shaxs va mahalliy davlat hokimiyati organlariga beriladi va ularda saqlanadi.
7-bob. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejalari
28. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejalari moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha barcha tashkiliy, texnika va boshqa tadbirlardan iborat.
29. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan tarixiy-madaniy hududlar bo‘yicha maxsus vakolatli organ tomonidan;
yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan tarixiy-madaniy hududlar bo‘yicha ushbu yuridik shaxs tomonidan ishlab chiqiladi.
30. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari maxsus vakolatli organ tomonidan tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qo‘shma qarorlari bilan tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejalari tasdiqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
32. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
kirish qismi;
tarixiy-madaniy hududlarning tavsifi;
tarixiy-madaniy hududlarni baholash;
tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish strategiyasi;
tezkor reja;
ilovalar.
Boshqarish rejasini tuzishda quyidagilar inobatga olinishi lozim:
o‘tgan besh yil davr uchun tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining tahlili;
o‘tgan besh yil davrdagi tarixiy-madaniy hududlar faoliyatini baholash tahlili;
tarixiy-madaniy hududlarda keyingi besh yillik davr uchun amalga oshiriladigan tadbirlar;
boshqarish tuzilmasi, normativ-huquqiy bazasi, kadrlar bilan ta’minlash va ularning malakasini oshirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish yo‘li bilan amalga oshirish bo‘yicha mexanizmlar.
33. YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) bo‘yicha tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlashda YUNESKOning Umumjahon merosi qo‘mitasi va Umumjahon merosi markazining tavsiyalari inobatga olinadi.
34. Boshqarish rejasining mazmuni tarixiy-madaniy hududlar shakli, tartibi (rejimi), maqsadi va vazifalariga bog‘liq bo‘ladi.
35. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejasi yangilanganda tarixiy-madaniy hududlarni avvalgi boshqarish rejasi yo‘q qilinmaydi.
36. Tarixiy-madaniy hududlarning faoliyat ko‘rsatishi to‘xtatilganda tarixiy-madaniy hududlarning barcha rejalari va unga taalluqli materiallar maxsus vakolatli organning arxiviga topshirilishi lozim.
37. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejasi tegishli ravishda ushbu hududlarda yashovchi, faoliyatini olib boruvchi, tashrif buyuruvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
38. Tarixiy-madaniy hududlarni boshqarish rejasiga kiritilgan ma’lumotlarning haqiqiyligiga, shuningdek, uning o‘z vaqtida yangilanishi uchun javobgarlik tasarrufida tarixiy-madaniy hududlar bo‘lgan davlat idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklanadi.
8-bob. Tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar va ularning rejimi
39. Diqqatga sazovor joy yoki uning bir qismi hamda shu tegrada joylashgan yodgorliklar va ansambllar birgalikdagi tarixiy-madaniy hududlar tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda kiritilgan takliflariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
41. Tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar davlatga qarashli yoki xususiy bo‘lishi, yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda bo‘lishi mumkin. Xususiy tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar xususiy moddiy madaniy meros obyektlar bazasida tashkil etiladi.
42. Tarixiy-madaniy qo‘riqxona hududidagi moddiy madaniy meros obyektlari tevarak atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asralishi, tarixiy-madaniy qo‘riqxona hududining yaxlitligi, shuningdek, mazkur hudud chegaralarida qurilish va xo‘jalik faoliyati tartibga solinib turilishi ta’minlanadi.
43. Tarixiy-madaniy qo‘riqxona hududidagi moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat maxsus vakolatli organ tomonidan davlat nazorati shaklida tekshiriladi va sud tomonidan doimiy ravishda yoki vaqtincha cheklanadi yoki tugatiladi.
44. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar joylashgan hududlar yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, shuningdek, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining xo‘jalik maqsadidagi foydalanishidan olib qo‘yilmaydi.
45. Tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tarixiy-madaniy qo‘riqxonalarning belgilangan rejimiga rioya etishlari shart.
9-bob. Muzey-qo‘riqxonalar va ularning rejimi, ilmiy-tadqiqot faoliyati
46. Tarixiy-madaniy qo‘riqxona va u bilan bog‘liq tabiiy landshaft tarkibiga kiruvchi moddiy madaniy meros obyektlarida muzeylar yaratilib, shuningdek, tarixiy-madaniy qo‘riqxona hududida ilgari udum bo‘lgan an’anaviy xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatlar tiklangan tarixiy-madaniy hududlar muzey qo‘riqxonalar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Muzey qo‘riqxonalar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda kiritilgan takliflariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklida tashkil etiladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Muzey qo‘riqxonalar, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tizimiga kiradi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan tasdiqlanadigan muzey-qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
49. Muzey-qo‘riqxona hududidagi moddiy madaniy meros obyektlari tevarak atrofidagi tarixiy muhit bilan birga asralishi, tarixiy-madaniy qo‘riqxona hududining yaxlitligi, shuningdek, mazkur hudud chegaralarida qurilish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solib turilishi ta’minlanadi.
50. Muzey-qo‘riqxona hududidagi madaniy meros obyektlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyat maxsus vakolatli organ tomonidan davlat nazorati shaklida tekshiriladi va sud tomonidan doimiy ravishda yoki vaqtincha cheklanadi yoki tugatiladi.
51. Muzey-qo‘riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar muzey-qo‘riqxonalar shtatidagi ilmiy xodimlar tomonidan o‘tkaziladi. Shartnoma asosida boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
52. Muzey-qo‘riqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) tuziladi.
53. Muzey-qo‘riqxonalardagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablag‘lari hisobiga olingan bo‘lsa va qonunda belgilangan boshqa hollarda davlat mulki hisoblanadi. Muzey-qo‘riqxonalar, maxsus vakolatli organ va mahalliy davlat hokimiyati organlari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin foydalanadilar.
54. Muzey-qo‘riqxonalarining madaniy meros obyektlari holati to‘g‘risidagi ilmiy axborot e’lon qilinishi kerak. Muzey-qo‘riqxonalari o‘z matbuot nashrlariga ega bo‘lishi mumkin.
55. Muzey-qo‘riqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Muzey-qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqot faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va maxsus vakolatli organ tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
10-bob. Tarixiy manzilgohlarni tashkil etish va ularning rejimi
57. Tarixiy manzilgoh deyilganda uning hududi doirasida o‘tmishda yaratilgan, tarixiy, estetik, ijtimoiy-madaniy, arxeologik, me’moriy yoki shaharsozlik qimmatiga ega bo‘lgan va xalqning o‘ziga xosligini, uning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga molik moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan manzilgohlar tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
58. Madaniy meros obyektlari, ular joylashgan yer uchastkalari va ularga tutash hududlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda kiritilgan takliflariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tarixiy manzilgoh deb e’lon qilinadi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
59. Tarixiy manzilgohda joylashgan va shaharning muayyan bo‘lagi sifatida tarixiy qimmatga ega bo‘lgan barcha obyektlar: rejaviy tarh, imorat, kompozitsiya, tabiiy landshaft, arxeologik qatlam, shahardagi turli (bo‘sh turgan, imoratlar qurilgan, ko‘kalamzorlashtirilgan) maydonlarning o‘zaro nisbati, katta-kichik yoki uzun-qisqa ko‘rinishlari, shahar qurilishining bo‘lak-bo‘lak va xaroba holidagi osori atiqalari, sahni, mahobati, tuzilishi, uslubi, materiallari, rangi va manzarali elementlari bilan ajralib turadigan binolar, inshootlarning shakli va tashqi qiyofasi muhofaza qilinishi kerak.
60. Tarixiy manzilgohdagi tabiiy tarkib topgan va inson qo‘li bilan yaratilgan manzaralar uyg‘unligi, tarixiy manzilgoh taraqqiyoti davrida unga xos bo‘lib qolgan turli jihatlar, shuningdek, boshqa qimmatli elementlar saqlab qolinishi kerak.
61. Tarixiy manzilgoh hududi doirasida shaharsozlik, xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat moddiy madaniy meros obyektlari va mazkur manzilgohning boshqa qimmatli xususiyatlarini saqlab qolish sharti bilan amalga oshirilishi lozim.
62. Moddiy madaniy meros obyektlarini, shuningdek, tarixiy-madaniy yoki tabiiy qimmatga ega bo‘lgan boshqa obyektlarni saqlab qolish maqsadida tarixiy manzilgohlarda qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi belgilab qo‘yiladi.
63. Tarixiy manzilgohlarda shaharsozlik faoliyatini tartibga solishning alohida tartibi maxsus vakolatli organning hamda arxitektura-shaharsozlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining nazorati ostida o‘tkaziladigan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha izchil va o‘zaro bog‘liq tadbirlar tizimidan iborat.
Alohida tartib tarixiy-me’moriy, tarixiy-shaharsozlik, arxiv va arxeologiya tadqiqotlari asosida tarixiy manzilgoh hududi chegaralarida tarixiy-madaniy qimmatga ega bo‘lgan yer uchastkalarida joylashgan, ham saqlanib qolgan, ham yo‘qotilgan mazkur tarixiy manzilgohning rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatuvchi barcha shaharsozlik elementlari va inshootlarini asoslagan holda tarixiy-madaniy tayanch rejasini tuzishni, binolar hamda inshootlarning o‘lchamlari va nisbatlariga, avtomobillar turadigan joylarni, reklamalar va lavhalarni joylashtirishni taqiqlash va cheklashlarga hamda moddiy madaniy meros obyektlarini saqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa cheklashlarga taalluqli shaharsozlik reglamentini o‘z ichiga oladi.
64. Tarixiy manzilgoh qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida (birgalikdagi yer uchastkalarida) joylashgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga bunday manzilgohning rejimini ta’minlash majburiyatlari yuklanadi.
11-bob. Davlatlararo tarixiy-madaniy hududlar
65. Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan tarixiy-madaniy hududlar davlatlararo tarixiy-madaniy hududlar hisoblanadi.
66. Davlatlararo tarixiy-madaniy hududlar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin.
67. Davlatlararo tarixiy-madaniy hududlar rejimi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
12-bob. Muhofaza tegralari
68. Tarixiy-madaniy hududdagi madaniy meros obyektlarini asrashni ta’minlash maqsadida hududning tarixiy, shaharsozlik yoki tabiiy atrof-muhitni asrash va tiklashga qaratilgan maxsus tadbirlarni qo‘llashdan tashqari, xo‘jalik faoliyatini cheklaydigan va qurilishni taqiqlovchi, yerdan foydalanish uchun maxsus tartib o‘rnatilgan hudud muhofaza tegralaridir.
69. Muhofaza tegralarning o‘lchamlari va rejimi, shuningdek, yer uchastkalarini saqlash vazifasi tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi.
70. Tarixiy-madaniy hududlarning muhofaza tegralari, imoratlar qurish va xo‘jalik faoliyatini tartibga solish tegralari hamda qo‘riqlanadigan tabiiy landshaft tegralarining chegaralarini belgilash Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan tartibiga asosan amalga oshiriladi.
13-bob. Tarixiy-madaniy hududlarni moliyalashtirish
71. Tarixiy-madaniy hududlar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
ilmiy-tadqiqot, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan olingan daromadlar;
tarixiy-madaniy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga qaratilgan tushumlar;
imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlar;
tarixiy-madaniy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
72. Tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
73. Tarixiy-madaniy hududlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 64, 641, 99-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 132, 2293-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga
12-ILOVA
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektorlar (keyingi o‘rinlarda Jamoatchi inspektor deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Faol fuqarolar ixtiyoriylik va tanlov asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari kengashining qarori bilan jamoatchi inspektorlar etib tasdiqlanadi. Faoliyatini namunali tashkil etgan Jamoatchi inspektorlar O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Ilmiy-ekspert kengashi qarori bilan Bosh jamoatchi inspektor deb e’tirof etilishi mumkin hamda ular faoliyati ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Agentlik jamoatchi inspektorlar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
4. Jamoatchi inspektor o‘z faoliyatini ixtiyoriy ravishda yuritadi va qonun hujjatlariga amal qiladi.
2-bob. Jamoatchi inspektorni tanlash va tasdiqlash
5. Jamoatchi inspektor bo‘lish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi mahalla fuqarolar yig‘inlari kengashiga (keyingi o‘rinlarda MFY deb ataladi) quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
pasporti nusxasi;
3x4 o‘lchamda 2 ta rangli fotosurat;
ma’lumotini tasdiqlovchi hujjat (diplom) nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh jamoatchi inspektor mamlakatdagi barcha madaniy meros obyektlari bo‘yicha jamoat nazoratini amalga oshirishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son)
Jamoatchi inspektor bo‘lish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining arizasi MFY yig‘ilishida o‘n besh kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
MFY yig‘ilishi bayonining qarori bilan jamoatchi inspektor etib tasdiqlanadi yoki rad etiladi.
MFY yig‘ilishi bayonining qarorida jamoatchi inspektor fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organi hududidagi aniq bir moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektiga biriktiriladi.
6. Bir nafar jamoatchi inspektorni, qoida tariqasida, 2 tadan ortiq moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga biriktirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bitta moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektiga 3 nafargacha jamoatchi inspektor biriktirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. MFY raisi tegishli yo‘naltiruvchi xat bilan besh kun muddatda MFY yig‘ilishining bayonidan ko‘chirma, jamoatchi inspektorning arizasi nusxasi, pasporti nusxasi, 3x4 o‘lchamda 2 ta rangli fotosurati va ma’lumotini tasdiqlovchi hujjat (diplom) nusxasini Agentlikning hududiy boshqarmasiga yuboradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Agentlikning hududiy boshqarmasi unga hujjatlar kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kun muddatda jamoatchi inspektorga uning vakolatini tasdiqlovchi guvohnoma taqdim qiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jamoatchi inspektor guvohnomasi uch yil muddatga beriladi, uning shakli va tavsifi, hisobga olinishi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
10. Jamoatchi inspektor tomonidan jinoyat, moddiy madaniy meros obyektlari sohasida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilishi, uning muomalaga layoqatsiz deb topilishi, shuningdek, jamoatchi inspektorning o‘z majburiyatlarini bajarmasligi uni jamoatchi inspektor maqomidan mahrum qilishga asos bo‘ladi.
11. Jamoatchi inspektor uni jamoatchi inspektor etib tasdiqlangan MFYga o‘ziga berilgan vakolatlarning o‘zidan soqit qilinishi to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Jamoatchi inspektor guvohnomasi ushbu nizomning 10 va 11-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagandan so‘ng, Agentlikning hududiy boshqarmalariga qaytarib berilishi kerak.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
13. Jamoatchi inspektor guvohnomasining amal qilish muddati tugagandan so‘ng ushbu muddat jamoatchi inspektor tomonidan berilgan arizaga muvofiq MFY yig‘ilishiga asosan bir yilga uzaytirilishi mumkin. Bunday holda jamoatchi inspektorga ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida belgilangan tartibda yangi guvohnoma beriladi.
3-bob. Jamoatchi inspektorning asosiy vazifalari
14. Quyidagilar jamoatchi inspektorning asosiy vazifalari hisoblanadi:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va chek qo‘yishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ma’lumot va boshqa materiallarni to‘plash, umumlashtirish va tahlil qilish hamda ularni Agentlikning hududiy boshqarmalariga taqdim etish;
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari holatini kuzatib borish, muhofaza va saqlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan omillarni hamda ularni nobud qilish, buzish, shikast yetkazish va nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
yuridik va jismoniy shaxslarning obyektni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlashda qatnashish;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridagi o‘zgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati hamda ularni muhofaza qilish, saqlash va foydalanilish samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan tegishli chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarni xabardor qilish.
4-bob. Jamoatchi inspektorning huquqlari
15. Jamoatchi inspektor quyidagi huquqlarga ega:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borish;
moddiy madaniy meros obyektlari sohasida davlat nazoratini amalga oshirish jarayonida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan aniqlangan holatni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot olish uchun tegishli davlat organlariga fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining murojaatini tayyorlashda ishtirok etish;
yuridik va jismoniy shaxslardan jamoatchilik nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni va axborotni so‘rab olish;
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishda ishtirok etish;
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish;
aholining moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishlarda ishtirok etish;
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
muhim jamoat tadbirlaridagi faol ishtiroki va moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishga oid talablar buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yishdagi va aybdorlarni javobgarlikka tortishdagi ko‘magi uchun Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalardan rag‘batlar olish;
(15-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
fuqarolar tomonidan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish qonunchiligi buzilishiga doir va tashkilotlar faoliyatini tashqi kuzatib borishda aniqlangan holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda ma’lumotnomalar va axborotlar tuzish;
jamoat nazoratini amalga oshirish davomida o‘lchov o‘tkazish, namunalar olish, sxema va chizmalarni chizish, foto, video tasvirga tushirish.
Jamoatchi inspektor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5-bob. Jamoatchi inspektorning majburiyatlari
16. Jamoatchi inspektor quyidagilarni bajarishi shart:
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;
Oldingi tahrirga qarang.
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi unga ma’lum bo‘lib qolganda bu haqda Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalarini xabardor qilish;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda moddiy madaniy meros obyektlari bo‘yicha davlat nazoratining boshqa subyektlariga ko‘maklashish;
moddiy madaniy meros obyektlari bo‘yicha davlat nazorat subyektlarining vazifalarini ularning o‘rniga bajarmaslik.
Jamoatchi inspektorning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
6-bob. Jamoatchi inspektorning jamoatchilik nazoratidagi ishtirokini rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
17. Jamoatchi inspektor moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi aniqlanganda ma’lumotnoma yoki axborot tuzadi, shaxsiy imzosi bilan tasdiqlaydi hamda aniqlangan holatni bartaraf etish uchun tegishli davlat organlariga, qoida tariqasida, Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalariga kiritiladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
18. Jamoatchi inspektor jamoat nazoratini amalga oshirish davomida o‘lchov o‘tkazgan, namunalar olgan, sxema va chizmalarni chizgan, foto, video tasvirga tushirgan bo‘lsa, bu bo‘yicha barcha materiallarni murojaatiga ilova qilgan holda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Jamoatchi inspektorning qonun hujjatlari buzilishiga oid murojaatlari Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan majburiy tartibda davlat nazorati shaklida tekshiriladi, takroriy murojaatlar bundan mustasno.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Jamoatchi inspektorning jamoat nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha yo‘llagan murojaatlari (axborotlari) Agentlik va uning hududiy boshqarmalari tomonidan alohida hisobga olib boriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-apreldagi 209-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son)
21. Jamoatchi inspektor murojaatiga (axborotiga) asosan davlat nazorati shaklida tekshirilganda sohaga oid ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat aniqlansa, jamoatchi inspektorlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
ma’muriy huquqbuzarlik aniqlanganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma yoki sud hujjatiga asosan — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
jinoyat aniqlansa, qonunga muvofiq jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorga asosan — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida.
(21-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-apreldagi 165-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 09/22/165/0283-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Jamoatchi inspektorni pul mukofoti bilan Agentlik direktorining buyrug‘iga asosan taqdirlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga
13-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 45-modda):
a) O‘zbekiston Respublikasi moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) va uning hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) tomonidan yuritiladi.”;
birinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “mintaqaviy inspeksiyalarning” so‘zlari “hududiy boshqarmalarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning birinchi xatboshi, 24-bandning to‘rtinchi xatboshi, 32, 37, 38-bandlardagi “Mintaqaviy inspeksiyalar” so‘zlari “Hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “mintaqaviy inspeksiyalarga” va “Mintaqaviy inspeksiyalar” so‘zlari tegishlicha “hududiy boshqarmalarga” va “Hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
26-banddagi “Mintaqaviy inspeksiyalar” va “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari tegishlicha “Hududiy boshqarmalar” va “Departamentga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“27. Departament obyektlarni Davlat kadastriga kiritish bo‘yicha taqdim etilgan materiallarni tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish (xulosani tasdiqlash) uchun Departament Ilmiy-ekspert kengashining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.”;
28, 29-bandlardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
31 va 39-bandlardagi “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
33-banddagi “mintaqaviy inspeksiyalar” va “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari tegishlicha “hududiy boshqarmalar” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
34 va 40-bandlardagi “Mintaqaviy inspeksiyalar” va “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari tegishlicha “Hududiy boshqarmalar” va “Departamentga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
36-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” va “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari tegishlicha “Departament” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish (1-sxema: obyektlarni Davlat kadastriga kiritish)da:
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi huzuridagi Ilmiy-metodik kengash”, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” va “Mintaqaviy davlat inspeksiyalari” bloklari tegishlicha “Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi”, “Madaniy meros departamenti” va “Madaniy meros departamentining hududiy boshqarmalari” bloklariga almashtirilsin;
Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish 1-sxemasiga izohlar (obyektlarni Davlat kadastriga kiritish)da:
1 va 11-bandlardagi “Mintaqaviy davlat inspeksiyalari” so‘zlari “Hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Madaniy meros obyektlarini Davlat kadastriga kiritish to‘g‘risidagi takliflar zarur materiallar bilan birgalikda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentiga (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) yuboriladi.
3. Hududiy boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan materiallar tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish (xulosani tasdiqlash) uchun Departamentning Ilmiy-ekspert kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.”;
4-banddagi “Ilmiy-metodik kengash Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Ilmiy-ekspert kengash Departamentga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5, 7 va 8-bandlaridagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” va “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari tegishlicha “Departament” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Mintaqaviy inspeksiyalar” so‘zlari “Hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish (2-sxema: obyektlarni davlat kadastridan chiqarish)da:
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi huzuridagi Ilmiy-metodik kengash”, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” va “Mintaqaviy davlat inspeksiyalari” bloklari tegishlicha “Madaniy meros departamentining Ilmiy-ekspert kengashi”, “Madaniy meros departamenti” va “Madaniy meros departamentining hududiy boshqarmalari” bloklari bilan almashtirilsin;
Madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish 2-sxemasiga izohlar (obyektlarni Davlat kadastridan chiqarish)da:
1-banddagi “mintaqaviy davlat inspeksiyalari” so‘zlari “hududiy boshqarmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Madaniy meros obyektlarini Davlat kadastriga chiqarish to‘g‘risidagi takliflar zarur materiallar bilan birgalikda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentiga (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) yuboriladi.
3. Hududiy boshqarmalar tomonidan taqdim etilgan materiallar tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish uchun (xulosani tasdiqlash) Departamentning Ilmiy-ekspert kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.”;
4-banddagi “Ilmiy-metodik kengash Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Ilmiy-ekspert kengash Departamentga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5, 7 va 8-bandlardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” va “mintaqaviy inspeksiyaga” so‘zlari tegishlicha “Departament” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “Mintaqaviy davlat inspeksiyalari”, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” va “mintaqaviy davlat inspeksiyasiga” so‘zlari tegishlicha “Hududiy boshqarmalar”, “Departamentga” va “hududiy boshqarmaga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomda:
birinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi huzuridagi Ilmiy-metodik kengash” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining (keyingi o‘rinlarda Departament deb ataladi) Ilmiy-ekspert kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Ilmiy-metodik” so‘zlari “Ilmiy-ekspert” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Kengash majlislari zaruratga ko‘ra, lekin har oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.”;
7 va 8-bandlardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Departamentga” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiga” so‘zlari “Departamentga” so‘zi bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departamentning Madaniy meros jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Tarixiy-madaniy ekspertizani o‘tkazish sxemasida:
“Ilmiy-metodik kengash”, “Ilmiy-metodik kengash majlislari” va “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” bloklari tegishlicha “Ilmiy-ekspert kengash”, “Ilmiy-ekspert kengash majlislari” va “Madaniy meros departamenti” bloklari bilan almashtirilsin;
Tarixiy-madaniy ekspertizani o‘tkazish sxemasiga izohlarda:
1-banddagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Ilmiy-metodik kengash” so‘zlari “Departament Kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3 va 4-bandlardan “Ilmiy-metodik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3a va 3b-bandlardagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Departament” so‘zi bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Kengash qarori va tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi Kengash kotibi tomonidan Departamentga yuboriladi.”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-martdagi 53-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy meros obyektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash bo‘yicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
2-bandning sakkizinchi xatboshidagi “Madaniyat vazirligining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
41-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “ishchi organ” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 141-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi beshinchi xatboshidagi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi” so‘zlari “Madaniy meros departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son)
8. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarorida:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. O‘zbekiston Respublikasining har yilgi Investitsiya dasturi doirasidagi markazlashtirilgan investitsiyalar, O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga moddiy madaniy meros obyekti restavratsiya-tiklash ishlarini bajarish uchun ajratilgan mablag‘lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlarini bajarish bo‘yicha Madaniyat vazirligi huzuridagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi buyurtmachi etib belgilansin”;
b) 2017 — 2027-yillarda yangi tashkil etiladigan davlat muzeylari ro‘yxatida:
2 va 3-pozitsiyalarning “Muzey nomi” ustunidagi “Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-pozitsiyaning “Muzey nomi nomi” ustunidagi “Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2017 — 2027-yillarda qayta tashkil etiladigan davlat muzeylari ro‘yxatida
4 — 6 pozitsiyalarning “Qayta tashkil etiladigan muzeyning nomi” ustunidagi “Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari “Buxoro” davlat muzey qo‘riqxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2018 — 2027-yillarda davlat muzeylari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning manzilli dasturida:
“Yangi qurilish” bo‘limi 1 va 4-pozitsiyalarining “Muzeylar nomi” ustunidagi “Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasining” va “Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari tegishlicha “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasining” va “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Rekonstruksiya” bo‘limi 5-pozitsiyasining “Muzeylar nomi” ustunidagi “Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Mukammal ta’mirlash” bo‘limida:
7 — 24 pozitsiyalarning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31 — 37 pozitsiyalarning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
51 — 54 pozitsiyalarning “Muzeylar nomi” ustunidagi “Xiva “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylari, ularning filial va bo‘limlari ro‘yxati 3, 6 va 21-pozitsiyalarining “Muzey nomi” ustunidagi “Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi”, “Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi” va “Xorazm viloyati Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari tegishlicha “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi”, “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi” va “Xorazm viloyati Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga
14-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 23-dekabrdagi 618-son qarorining 1-bandi va qarorga 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014-yil 21-iyuldagi 200-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 30-son, 372-modda) 1 — 3 va 5 — 7-bandlari va qarorga 1 — 6 ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 66-modda) tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 4-bandining “v” kichik bandi va 36-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 15-avgustdagi 633-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 862-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son; 20.12.2019-y., 09/19/1021/4179-son; 21.12.2019-y., 09/19/1023/4182-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son; 04.03.2021-y., 09/21/119/0190-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son; 08.04.2022-y., 09/22/165/0283-son; 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 21.05.2024-y., 09/24/295/0358-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son); 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)