1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 944-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi (keyingi o‘rinlarda — tajriba loyihasi) doirasida:
markirovkalangan sigaret qutisi muvaffaqiyatli ishlab chiqilganligi, shuningdek, tamaki ishlab chiqarish fabrikalarini maxsus server uskunalari bilan qo‘shimcha jihozlash va ularni korxonalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga integratsiya qilish orqali tamaki mahsulotlarini kuzatib borish mexanizmi ishga tushirilganligi;
alkogol mahsulotlari uchun sinov tariqasida markirovkalangan yorliqlar ishlab chiqilganligi, markirovkalash axborot tizimining tarkibiy qismlari o‘rnatilganligi hamda ma’lumotlarni qayta ishlash markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
2020-yil 10-dekabrga qadar alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
2021-yil 30-dekabrga qadar tajriba loyihasi yakunlariga ko‘ra boshqa tovarlarni markirovkalash va kuzatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash majburiyati ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar zimmasiga yuklanadi;
raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi hamda chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga, shu jumladan, marketpleyslarga mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimiga ulanish majburiyati yuklanadi.
Bunda ulgurji savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovkalangan tovarlarni realizatsiya qilishda chakana tarzda sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga mazkur mahsulotlarni faqat naqd pulsiz shaklda bank hisobvaraqlari orqali realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
agregatsiyalangan import kodi bo‘yicha ma’lumotlar bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmasdan “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bunda markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlariga identifikatsiya vositalarini bojxona ombori hududida yelimlash talab qilinadi;
raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni markirovkalash tartibi joriy etilgan sanadan boshlab o‘n ikki oy muddat o‘tgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur mahsulotlarni markirovkasiz sotish taqiqlanadi;
markirovkalanmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish maqsadida mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida vakolatli organlarni real vaqt rejimida xabardor qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy mahsulotlar hamda mobil ilovalar joriy etiladi;
raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasining ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi, chakana yoki ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, shu jumladan, marketpleyslar) tomonidan ushbu mahsulotlar realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq- fakturalarda va nazorat-kassa texnikalari cheklarida tegishli (raqamli markirovkalanadigan) mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlarini tanlanishi talab qilinadi;
raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar vositachilik va (yoki) agentlik shartnomalari doirasida realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-fakturalarda va (yoki) nazorat-kassa texnikalari cheklarida markirovka kodlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish majburiyati komissioner zimmasiga yuklanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga:
raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish va ularni joriy qilish muddatlarini belgilash;
raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish maqsadida mahsulotlarni markirovkalash bo‘yicha ixtiyoriy eksperimentlarni amalga oshirish vakolati berilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-dekabrga qadar “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — “Asl belgisi” MAT) joriy qilsin.
Quyidagilar “Asl belgisi” MATning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mahsulot aylanmasi yuzasidan barcha bosqichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish orqali identifikatsiya vositalari yordamida markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni avtomatlashtirish;
ma’lumotlarni saqlash, olish, o‘tkazish, tarqatish, qayta ishlash, nashr etish, foydalanish va “Asl belgisi” MAT egasi yoki u tomonidan jalb qilingan shaxsning boshqa harakatlariga hamda mazkur ma’lumotlarni himoyalash rejimiga nisbatan Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda talablar belgilash orqali saqlanadigan ma’lumotlarning cheklanganligini ta’minlash.
8. Quyidagilar:
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mol-mulk obyekti va o‘zga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli bo‘lganda taraflar davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish asosida tender o‘tkazmasdan tuzishi mumkinligi;
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 57-bandiga muvofiq mazkur mezon davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zarur sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq bo‘lmagan huquqlarni ham o‘z ichiga olishi mumkinligi inobatga olinsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi, Loyiha baholash hujjati (LBH), bitim loyihasini ishlab chiqish hamda davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organiga kelishish uchun bir hafta muddatda taqdim etsin;
alkogol va tamaki mahsulotlarini markirovkalash yuzasidan joriy qilingan tajriba loyihasi natijalarini hisobga olgan holda “Asl belgisi” MATni ishlab chiqish, undan foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatish uchun “CRPT TURON” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — “Asl belgisi” MAT operatori) bilan birgalikda ikki hafta muddatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida davlat-xususiy sheriklik bitimini tuzsin.
10. “Asl belgisi” MAT operatoriga quyidagi vazifalar yuklansin:
davlat-xususiy sheriklik bitimi asosida “Asl belgisi” MATni ishlab chiqish va uni “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi vositasida Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali yo‘lga qo‘yish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
“Asl belgisi” MATda saqlanadigan ma’lumotlardan ularni himoya qilish talablarini hisobga olgan holda foydalanish imkoniyatini yaratish;
Soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi quvvatlari asosida “Asl belgisi” MAT ishlashi uchun zarur bo‘lgan zaxira server, telekommunikatsiya va boshqa asbob-uskunalarning “Asl belgisi” MAT operatori mablag‘lari hisobidan o‘rnatilishini ta’minlash;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Bunda “Asl belgisi” MAT operatori tomonidan tegishli asbob-uskunalarni ekspluatatsiyasi uchun har oylik to‘lovlar Soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga to‘liq yo‘naltiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda markirovka kodlarini taqdim etish.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 833-son “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi bosqichma-bosqich joriy etilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 2020-yil 10-dekabrga qadar:
“Asl belgisi” MATga texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
majburiy markirovkalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilarga markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish uchun yagona to‘lov (tarif) miqdorini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi va “Asl belgisi” MAT operatori bilan birgalikda:
uch kun muddatda hududlarda raqamli markirovkalash tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan o‘qitish dasturini va reja-jadvalni tasdiqlasin;
2021-yil 1-yanvarga qadar hududlarga chiqqan holda davlat soliq va bojxona xizmati organlari, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha tadbirkorlik subyektlari mas’ul xodimlarining raqamli markirovkalash tizimi bilan ishlash tartibi yuzasidan o‘qitilishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish jarayonlarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar
RO‘YXATI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Majburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sana*
1.
Sigaretlar
2402 20 900 0
2021-yil 1-yanvar
1.1
Boshqa turdagi chekiladigan tamaki mahsulotlari, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, nikotinli tamakisiz snyus, tarkibida nikotin mavjud suyuqliklar va nikotinli elektron sigaretalar.
2402 10 000 0
2402 20 100 0
2402 90 000 0
2403 11 000 0
2403 19 100 0
2403 19 900 0
2403 91 000 0
2403 99 100 0
2403 99 900 2
2403 99 900 8
2404 11 000 1
2404 11 000 9
2404 12 000 0
2404 19 000 1
2404 19 000 9
2404 91 000 2
2404 91 000 9
2022-yil 1-oktabr
2.
Alkogol mahsulotlari (pivo mahsulotlaridan tashqari)
2204, 2205, 2206, 2207, 2208
2021-yil 1-yanvar
3.
Pivo mahsulotlari
2203
2021-yil 1-aprel
4.
Maishiy texnika
8508110000, 8508190001,
8508190009, 8450111100,
8450111900, 8450119000,
8450120000, 8450190000,
8450200000, 8418102001,
8418102009, 8418108001,
8418108009, 8418211000,
8418215100, 8418215900,
8418219100, 8418219900,
8418290000, 8418302001,
8418308001, 8418402001,
8418408001, 8528491000,
8528498002, 8528498008,
8528591000, 8528599000,
8528722001, 8528722009,
8528723001, 8528723002,
8528723003, 8528723009,
8528724000, 8528726000,
7321111000, 7321119000,
8414600000, 8516601010,
8516601090, 8516605000,
8516607000, 8516608000,
8516609000, 8516101100,
8516310000, 8516400000,
8516500000, 8403109000,
8415101000, 8415109000,
8415810010, 8415810090,
8415820000, 8509400000,
8539100009, 8539500000,
8540810000, 8540890000
2022-yil 15-aprel
5.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar
3003, 3004
2022-yil 1-sentabr
6.
Suv va salqin ichimliklar
2009, 2201, 2202
2024-yil 1-mart
7.
Mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalari
2814 20 000 0 dan
2827 10 000 0 dan
2834 29 800 0 dan
3101 dan
3102 dan
2510 20 000 0dan
2835 25 000 0 dan
2835 26 000 0 dan
3103 dan
2827 39 850 0 dan
2833 29 800 0 dan
3104 dan
2834 21 000 0 dan
2835 24 000 0 dan
3105 dan 2810 00 dan
2827 dan
2833 dan
2840 dan
2841 70 000 0 dan
2903 39 110 0
3808
3808 52 000 0
3808 59 000
3808 59 000 1
3808 59 000 2
3808 59 000 3
3808 59 000 4
3808 59 000 5
3808 59 000 8
3808 59 000 9
3808 61 000
3808 61 000 1
3808 61 000 2
3808 61 000 3
3808 62 000
3808 62 000 1
3808 62 000 2
3808 62 000 3
3808 69 000
3808 69 000 1
3808 69 000 2
3808 69 000 3
3808 91
3808 91 100 0
3808 91 200 0
3808 91 300 0
3808 91 400 0
3808 91 900 0
3808 92
3808 92 100 0
3808 92 200 0
3808 92 300 0
3808 92 400 0
3808 92 500 0
3808 92 600 0
3808 92 900 0
3808 93
3808 93 110 0
3808 93 130 0
3808 93 150 0
3808 93 170 0
3808 93 210 0
3808 93 230 0
3808 93 270 0
3808 93 300 0
3808 93 900 0
3808 99
3808 99 100 0
3808 99 900 0
2026-yil 1-may
8.
Elektr akkumulyatorlar, shu jumladan, ular uchun separatorlar, to‘g‘riburchak (shu jumladan, kvadrat shaklidagi) yoki boshqa shakldagilar
8507
2026-yil 1-yanvar
* Majburiy raqamli markirovkalash bo‘yicha talab 6 oydan kam bo‘lmagan muddat mobaynida amalga oshiriladigan tajriba loyihasi yakunlari asosida joriy etiladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 23-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 737-son qaroriga 2-ILOVA
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish bo‘yicha
Ishlab chiqarish hajmini, omborlardagi qoldiqlarni va mahsulot real vaqt rejimida jo‘natilishini nazorat qilish maqsadida iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash.
1. Iste’mol va texnik etil spirtini, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini, shu jumladan ruxsatsiz quyishning oldini olish maqsadida raqamlangan noyob himoyalash tamg‘alarini joylashtirish yuzasidan texnik reglamentga o‘zgartirishlar kiritish.
2. Uskunalarga, tashish qoidalariga, masofadan boshqarishga va videokuzatuvga, mas’ul idoralarning axborot tizimlariga integratsiyalash va boshqa talablarni ko‘rsatgan holda iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibini ishlab chiqish.
3. Avtomatlashtirilgan o‘lchash moslamalarini, texnik reglamentlarda hamda iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish tartibida ko‘rsatilgan boshqa maxsus moslamalarni o‘rnatish.
4. Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar axborot bazasi bilan integratsiyalash.
2021-yil 15-yanvar
2021-yil 15-mart
2021-yil 1-iyul
2021-yil 1-avgust
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) (R. Boboyev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)
2.
Iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga nisbatan o‘lchash moslamalarini majburiy ravishda o‘rnatish nuqtai nazaridan litsenziyalash talablarini kuchaytirish.
1. Hisobga olish moslamalari o‘rnatilishini belgilaydigan talablarni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini ishlab chiqish.
2. Hisobga olish moslamalariga talablarni belgilashni nazarda tutuvchi namunaviy litsenziya shartnomasi loyihasini Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishish.
3. Iste’mol va texnik etil spirti, shuningdek, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda litsenziya shartnomalari yangilanishini ta’minlash.
2021-yil 15-yanvar
2021-yil 1-iyul
2021-yil 1-avgust
Agentlik (R. Boboyev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)
3.
Tayyor alkogol mahsulotlarini majburiy agregatsiyalash tizimini joriy etish.
1. Tayyor alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash yuzasidan ixtisoslashtirilgan aplikatorlarga texnik talablarni ishlab chiqish.
2. Iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda ixtisoslashtirilgan aplikatorlarni o‘rnatish.
3. Alkogol mahsulotlarini agregatsiyalash jarayonini yo‘lga qo‘yish.
2021-yil 1-fevral
2021-yil 15-mart
2021-yil 1-aprel
Agentlik (R. Boboyev), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)
4.
Chakana va ulgurji savdo subyektlari tomonidan majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan mahsulotlarning muomalaga kiritilishining ishonchliligini tekshirish yuzasidan talablarni belgilash.
Chakana va ulgurji savdo qoidalariga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil 1-fevral
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
5.
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash va ishlab chiqarish liniyalarini hisobga olish moslamalari hamda boshqa moslamalar bilan jihozlash talablari buzilganligi yuzasidan javobgarlikni belgilash.
Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy markirovkalash, muomalaga kiritish, muomalada aylanishi va ularning muomaladan chiqarilishi yuzasidan belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Bunda mazkur huquqbuzarlik sodir etganlik uchun markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni sotishdan oldingi chorakda olingan tushumning yuz foizigacha miqdorda moliyaviy jarima hamda mansabdor shaxslarga nisbatan bazaviy hisoblash miqorining ikki yuz baravarigacha jarima solishni nazarda tutish.
2021-yil
15-yanvar
Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorovga zarur hollarda “yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan topshiriqlarni amalga oshirish muddati hamda mas’ul ijrochilariga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/737/1530-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/322/0481-son; 02.04.2022-y., 09/22/148/0262-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son; 30.06.2023-y., 09/23/269/0494-son; 09.04.2025-y., 09/25/203/0313-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 23.01.2026-y., 09/26/23/0070-son)