1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish |
Ijro |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Soliq siyosatini takomillashtirish va iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish | ||||
|
1. |
Tadbirkorlik subyektlariga teng fiskal sharoitlar va raqobat muhitini taʼminlash uchun qoʻllash sohalari va faoliyat turlarini hisobga olgan holda, soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Savdo-sanoat palatasi |
|
2. |
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilari sifatida roʻyxatdan oʻtish tartibini ishlab chiqish. |
Qoʻshma qaror |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev), |
|
3. |
Soliqlar boʻyicha toʻlovlarni keyinchalik boʻlib-boʻlib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi “investitsiyaviy soliq kreditlari” institutinijoriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
4. |
Soliq toʻlovchilarga keyinchalik soddalashtirilgan “yashil yoʻlak” tartibida xizmat koʻrsatish maqsadida soliq tavakkalchiliklarini baholash va insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimini joriy qilish. |
Qoʻshma qaror |
2020-yil 1-yanvar |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
5. |
Soliq toʻlovchi ixtiyoriy ravishda soliq majburiyatlarini kamaytirib koʻrsatish (yashirish) faktlarini koʻrsatib, soliq qarzining bir qismini toʻlaganda, uni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi “soliq kelishuvi” mexanizmini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev) |
|
6. |
Oʻzaro bogʻlangan yoki afillangan shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha transfert narxlar belgilanishining, shu jumladan bunday shaxslar boʻyicha mezonlarni belgilashni nazarda tutuvchi soliq nazorati mexanizmini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), |
|
7. |
Soliq va buxgalteriya hisobi qoidalaridagi tafovutlarni qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish va ularni xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga toʻliq moslashtirish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
8. |
Ayrim tovarlar uchun identifikatsiya markirovka qilishning yagona tizimini joriy etish va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-avgust |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), Loyiha boshqaruvi agentligi (D. Li), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
9. |
Hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining soliq imkoniyatlarini baholash metodikasini ishlab chiqish va joriy etish, soliq tushumlarini hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha prognoz qilish uchun indikatorlar va maʼlumotlar manbalarini shakllantirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), DSQ (B. Musayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |
|
10. |
Iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini kamaytirish boʻyicha “yashirin iqtisodiyot” koʻlamini baholashning asosiy koʻrsatkichlarini belgilash, idoralararo hamkorlik tizimini, koʻriladigan choralar samaradorligini baholash tizimini joriy qilishni, shuningdek, iqtisodiy faoliyatni legallashtirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), |
|
11. |
Chakana savdoda naqd pulda sotib olinadigan tovarlar va xizmatlar uchun yuqori toʻlov chegarasini belgilash hamda bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdoridan ortiq boʻlgan bitimlar uchun soddalashtirilgan hisobvaraq-fakturani joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2020-yil 1-fevral |
DSQ (B. Musayev), Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (J. Sarimsakov) |
|
12. |
Mol-mulk va yer soligʻi oʻrniga koʻchmas mulk soligʻini joriy qilish. |
Tahliliy maʼlumot |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (A. Abdullayev) |
|
13. |
Soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash va xufiyona faoliyat amalga oshirish faktlarini aniqlashda yordam bergan (maʼlumot taqdim etgan) shaxslarni moddiy ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
14. |
Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun “onlayn” nazorat-kassa mashinalari cheklari bilan tasdiqlangan xarajatlar miqdorida jismoniy shaxslar daromad soligʻi, mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha chegirmalarni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2020-yil 1-oktabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
15. |
Oʻzini oʻzi ish bilan band qilgan shaxslar mezonlari va toifalarini aniqlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqish, soliq solish maqsadida faoliyatni qonuniylashtirishni ragʻbatlantirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil |
Mehnat vazirligi (Sh. Kudbiyev), DSQ (B. Musayev) |
|
16. |
Elektron platformalar, internet-doʻkonlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshiriladigan elektron tijorat faoliyatini qonuniylashtirish va nazorat qilish mexanizmini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari |
|
17. |
Soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish va Davlat budjetiga oʻtkazish maxsus hisobraqamlarini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank (M. Nurmuratov) |
|
18. |
Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy bank va Davlat soliq qoʻmitasining maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish, “E-ombor” tovarlarni hisobga olishning elektron tizimini joriy etish va import qilingan tovarlar hisobotlarining elektron tarzda shakllanishini taʼminlash orqali import operatsiyalarini monitoring qilish tizimini takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2021-yil 1-yanvar |
DBQ (M. Azimov), DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari |
|
19. |
Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani misolida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni mulkning bozor qiymatiga nisbatan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblash tartibini koʻrib chiqish va natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (A. Abdullayev) |
|
II. Xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilgan soliq xizmatlarini rivojlantirish | ||||
|
20. |
Soliq xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mobil ilovalar sonini koʻpaytirish (oʻzini oʻzi ish bilan band qilgan fuqarolarning roʻyxatdan mustaqil oʻtishi va soliqlarni toʻlashi, yuridik shaxsning ulushi boʻyicha qoʻyilgan taqiqlar (band solingan) haqidagi maʼlumotnomalarni olish, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini tekshirish va boshqalar). |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil keyinchalik doimiy |
DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari |
|
21. |
Soliq solish maqsadida yer va koʻchmas mulkning kadastr hisobi va qiymatini baholash bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun kadastr va soliq organlari maʼlumotlar bazalarini integratsiyalashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-dekabr |
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi (A. Abdullayev), DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov) |
|
22. |
Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish boʻyicha soliq organlarining ayrim funksiyalarini nodavlat tashkilotlarga (autsorsing) oʻtkazish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-avgust |
DSQ (B. Musayev), |
|
23. |
Daromad soligʻi va mol-mulk soligʻini toʻlash muddatlarini va maʼlumotnomalar taqdim etish tizimini qayta koʻrib chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish |
Soliq kodeksining yangi tahriri doirasida |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev) |
|
24. |
Koʻrsatiladigan soliq xizmatlari sifatiga soliq toʻlovchilarning qoniqish darajasini anonim baholash imkoniyatini yaratish uchun Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida qoʻshimcha funksiyalar kiritish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), “Ijtimoiy fikr”markazi (R. Ubaydullayeva) |
|
25. |
Soliq organlari boʻlinmalari faoliyatining samaradorligini jamoatchilik fikri natijalarini hisobga olgan holda reyting baholashni joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), “Ijtimoiy fikr”markazi (R. Ubaydullayeva) |
|
26. |
Soliq toʻlovchilarning aniq ehtiyojlaridan kelib chiqib (toʻliq maslahat berish, buyurtmanomalar, ariza va shikoyatlar qabul qilish), “call-sentr” funksiyalarini kengaytirish orqali soliq toʻlovchilarga xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilashga doir takliflarni ishlab chiqish borasidagi dolzarb muammolarni chuqur tahlil qilish uchun koʻp beriladigan savollar va kelib tushadigan murojaatlar asosida Davlat soliq qoʻmitasining doimiy yangilanadigan maʼlumotlar bazasini yaratish. |
Idoraviy hujjat |
2020-yil 1-mart |
DSQ (B. Musayev) |
|
27. |
Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasini soliq maslahatchilari tashkilotlarining unga majburiy aʼzo boʻlishini nazarda tutuvchi oʻzini oʻzi nazorat qiladigan tashkilotga aylantirish, soliq maslahatchilarini oʻqitishni tashkil qilish, malaka imtihonlarini oʻtkazish va sertifikat berish vazifalarini topshirish orqali uning faoliyatini takomillashtirish. |
Tahliliy maʼlumot |
2020-yil 1-fevral |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (B. Musayev), Soliq maslahatchilari palatasi (B. Mansurov) |
|
III. Soliq tavakkalchiliklarini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimini yaratish | ||||
|
28. |
Nazorat, axborot va xizmat koʻrsatish orqali potensial soliq tavakkalchiliklarini baholash va boshqarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishni nazarda tutadigan soliq tavakkalchiliklarini tizimli boshqarish (Compliance Strategy) mexanizmini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2020-yil 1-fevral |
DSQ (B. Musayev) |
|
29. |
Tavakkalchiliklarni, shu jumladan QQS toʻlovchilarini tahlil qilish va boshqarish tizimi asosida soliq nazoratining simsiz (masofadan turib) usullarini (soliq toʻlovchilarni segmentlash asosida) takomillashtirish. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-dekabr |
DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari |
|
30. |
Jahon bankining kompleks intellektual modeli asosida soliq maʼmuriyatchiligini tahlil qilish yakunlari boʻyicha takliflar tayyorlash (hozirgi holatni baholash va soliq maʼmurchiligi kamchiliklarini aniqlash, soliq islohotlari natijalarini monitoring qilish). |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2019-yil 1-oktabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
31. |
Soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarini video-tasvirga olish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil 1-noyabr |
DSQ (B. Musayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
32. |
Ilgʻor xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda, identifikatsiya kartochkalari tizimiga (ID kartalariga) jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami tizimini bosqichma-bosqich integratsiyalashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. |
Tahliliy maʼlumotnoma |
2021-yil 1-yanvar |
DSQ (B. Musayev), Davlat personallashtirish markazi (N. Turaxodjayev), Axborot texnologiyalari |
|
33. |
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar faoliyatiga davlat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuv holatlariga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, nazorat tadbirlarini faqat profilaktika choralari qoʻllanilgandan soʻng amalga oshirish imkonini beradigan tartibni belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish |
Soliq kodeksining |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
34. |
Sayyor tekshirishlarni kamaytirish va soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan oʻzaro hamkorligining simsiz usullari roʻyxatini kengaytirgan holda soliq nazorati shakllarini takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish |
Soliq kodeksining |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
35. |
Yuqori darajadagi daromadga va mulkka ega boʻlgan jismoniy shaxslarning soliq tavakkalchiliklarini tahlil qilish(Nigh Net Worth Individuals) tizimini joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2021-yil 1-yanvar |
DSQ (B. Musayev) |
|
IV. Davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish | ||||
|
36. |
Soliq maʼmuriyatchiligi xarajatlarini kamaytirish va soliq nazorati sifatini oshirish, shuningdek, uni avtomatlashtirish maqsadida soliq organlari tizimiga zamonaviy biznes-tahlillar modellarini (Business Intellegence) joriy etish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2020-2021-yillar |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
|
37. |
Soliq toʻlovchilarga aniq vaqt rejimida koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini, shu jumladan, eksterritorial prinsip asosida koʻrsatiladigan xizmatlarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan raqamli texnologiyalarni soliq maʼmuriyatchiligiga bosqichma-bosqich joriy etish, soliq organlarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish. |
Kompleks chora-tadbirlar |
2019-2020-yillar |
DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari |
|
38. |
Soliq organlari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligi (KPI) koʻrsatkichlaridan (koʻrsatilgan xizmatlarning soni va sifati, xizmat koʻrsatish tezligi, xodimning xushmuomalaligi va bilimidan) kelib chiqib, ularni moddiy ragʻbatlantirish, xizmatda lavozimini oshirish, mukofotlash, intizomiy choralar qoʻllash tizimini joriy etish. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil 1-dekabr |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
39. |
“Xolis xaridor” tizimini keng joriy qilish, “xufiyona iqtisodiyot” boʻyicha “ishonch telefonlari”ni tashkil qilish va mazkur sohada tasdiqlangan xabarni bergan shaxslarni hamda soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash “sxema”larini va xufiyona faoliyatlarni aniqlaganlik uchun soliq organlari xodimlarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev) |
|
40. |
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortish, transfer narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq maʼmurchiligida ilgʻor axborot texnologiyalarini (Big Data) qoʻllash asosida soliq organlarining xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy |
DSQ (B. Musayev) |
|
41. |
Soliq organlariga ishga qabul qilishda (vakant lavozimlarni egallash) tanlov tizimini, shu jumladan, nomzodlarning elektron shaklda murojaat etish imkoniyatini nazarda tutgan holda joriy etish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2020-yil 1-fevral |
DSQ (B. Musayev) |
|
V. Davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaning oldini olish tizimini takomillashtirish | ||||
|
42. |
Korrupsiyaning oldini olish tizimini rivojlantirish, xodimlarning halolligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va ishga qabul qilish shartlarini, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni hisobga olgan holda kadrlar siyosatini takomillashtirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil |
DSQ (B. Musayev) |
|
43. |
Davlat soliq xizmati organlarida korrupsion xavflar yuzaga kelishining oldini olish (nazorat qilish) va holatni monitoring qilish boʻyicha xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali noinsof xodimlarni tizimdan chetlashtirishni nazarda tutuvchi tizimni joriy etish. |
Idoraviy hujjat |
2019-yil 1-oktabr |
DSQ (B. Musayev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) |
|
44. |
Moddiy va nomoddiy ragʻbatlantirish, xizmatda oʻsish, bilimini oshirish, sogʻligʻini tiklash, dam olish va boshqa yoʻnalishlarni yaxshilashni nazarda tutuvchi mehnat qilish sharoitlarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
2019-yil 1-avgust |
DSQ (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) |
|
45. |
Korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari talablariga muvofiq soliq sohasidagi korrupsion xavflarni bartaraf etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani va biznes-jarayonlarni qayta koʻrib chiqish va ularni takomillashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish. |
Tahliliy maʼlumot |
2019-yil 1-sentabr |
DSQ (B. Musayev), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
46. |
Faoliyatning ochiqligini taʼminlash, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va soliq organlarining ijobiy imijini shakllantirish. |
Tashkiliy tadbirlar |
Doimiy |
DSQ (B. Musayev), |