|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Ijro muddatlari |
Hujjat turi |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Normativ-huquqiy taʼminlash | ||||
|
1.1. |
“Ipoteka va uy-joy qurilishiga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlash |
uch oy muddatda |
Qonun loyihasi |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi, tijorat banklari |
|
1.2. |
Uy-joy qurilishi, turar-joylarni rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi nizomni tayyorlash |
uch oy muddatda |
Nizom loyihasi |
Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi, tijorat banklari |
|
1.3. |
Yakka tartibda uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi muvaqqat nizomni ishlab chiqish |
2005-yil mart |
Muvaqqat nizom loyihasi |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
|
1.4. |
Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tayyorlash |
2005-yil mart |
Nizom loyihasi |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
1.5. |
Soliq kodeksi va Yer kodeksiga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash |
2005-yil aprel |
Qonunlar loyihalari |
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
1.6. |
Uy-joy qurilishiga uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish |
2005-yil III chorak |
Normativ hujjatlar loyihalari |
Markaziy bank, tijorat banklari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
|
1.7. |
Amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish va uy-joylarni rekonstruksiya qilishni tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish |
2005-yil III chorak |
Normativ hujjatlar |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi |
|
1.8. |
Davlat va mintaqaviy darajalarda uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan kompleks chora-tadbirlarning huquqiy taʼminoti tizimini yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash |
2005-yil mart |
Takliflar |
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
|
II. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar | ||||
|
2.1. |
2010-yilgacha boʻlgan davrda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqish |
2005-yil aprel |
Tadbirlar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2.2. |
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olishni xohlovchi hamda munitsipal uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondidagi kvartiralar olishni xohlovchi ariza beruvchilarni ajratgan holda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun mavjud navbat tartibini xatlovdan oʻtkazish |
uch oy muddatda |
Navbatda turganlar roʻyxati |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2.3. |
Boʻsh yotoqxonalar va tugallanmagan qurilish obyektlarini xatlovdan oʻtkazish hamda bular asosida ularni uy-joylarga qayta ixtisoslashtirish uchun foydalanish boʻyicha takliflar kiritish |
uch oy muddatda |
Takliflar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
|
2.4. |
Uy-joy qurilishi sohasidagi konsalting va axborot infratuzilmalarini shakllantirish va ularning samarali faoliyat yuritishi boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish |
Muntazam |
|
Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi |
|
2.5. |
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishida yer uchastkalari ajratish mexanizmini takomillashtirish va yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha takliflar ishlab chiqish |
2005-yil mart |
Normativ hujjatlar loyihalari |
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, viloyatlar hokimliklari |
|
2.6. |
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yerlarni xatlovdan oʻtkazish, ularning toʻliq qurilishi uchun amaliy chora-tadbirlar koʻrish, uy-joy qurilishi dasturi boʻyicha yerlar ajratish |
2005-yil iyul |
Tadbirlar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi |
|
2.7. |
Uylar (kvartiralar)ni baholash va qayta baholash tizimini tartibga solish, bu sohadagi normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish |
2005-yil mart |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
Davlat mulki qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
|
2.8. |
Qishloq joylari uchun yakka tartibdagi uy-joylarning takror qoʻllaniladigan loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash |
uch oy muddatda |
Namunaviy loyihalar |
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, |
|
2.9. |
Koʻchmas mulk bozori faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish |
2005-yil mart |
Takliflar |
Davlat mulki qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |