Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali daromadi yuqori boʻlmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalar, ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga koʻmaklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga subsidiyalar toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlangʻich badali va foizlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash;
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalarini koʻrib chiqish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni toʻlab berish tartibi.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari markazlari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni tanlash jarayonida koʻrsatiladigan xizmatlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan maʼlumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida toʻlovlarsiz amalga oshiriladi;
har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan koʻp qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
31. 2020-yildagi subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallari doirasida, istisno tariqasida, belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
subsidiya olish uchun ariza topshirish muddati 2020-yil 31-dekabrga qadar va subsidiyalarni toʻlash muddati 2021-yil 1-dekabrga qadar uzaytiriladi;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
agar subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga uning xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari qoʻshilgandan soʻng oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomning 2-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan kam boʻlsa, boshqa jismoniy shaxslar daromadlari ham kiritilishi mumkin;
talabgor tomonidan tanlangan uy-joyning qiymati xabarnomada koʻrsatilgan sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshgan taqdirda, ushbu uy-joyni sotib olishga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4701-son qaroriga muvofiq belgilanadi. Bunda sotib olinadigan uy-joy qiymatining ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan qismi qarz oluvchining oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan Toshkent shahri va shaharlarda boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6126-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinguniga qadar subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar ajratishda 2020-yilda amalda boʻlgan shartlar va miqdorlar saqlab qolinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoni qabul qilinganidan soʻng subsidiya olish uchun murojaat qilgan ariza beruvchining daromadlariga u bilan birga yashamayotgan yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilib hisoblanayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Yangi tartib doirasida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgunga qadar olingan ijobiy subsidiya xabarnomalari boʻyicha toʻlab beriladi.
34. 2021-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya ajratishning maqsadli parametrlari doirasida:
a) sotib olinadigan kvartiraning narxi xabarnomada koʻrsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan shakllantiriladigan boshlangʻich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Bunda ipoteka kreditining summasi xabarnomada koʻrsatilgan va sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatining 85 foizidan oshib ketmasligi lozim;
b) sotib olinadigan uy-joyning shartnomadagi qiymati subsidiya xabarnomasida koʻrsatilgan va sotib olinishi mumkin boʻlgan uy-joyning yuqori qiymatidan kam boʻlgan taqdirda, ipoteka krediti shartnomada koʻrsatilgan uy-joyning qiymatining 85 foizi hamda boshlangʻich badalning bir qismi uchun subsidiya shartnomada koʻrsatilgan uy-joy qiymatining 10 foizi miqdorida hisoblanadi.
(33 va 34-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi oʻrinlarda — Markaz) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 537-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son)
davlat xizmatlari markazlarini, ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga masʼul boʻlgan tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlarini, subsidiya toʻlanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish boʻyicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning YIDXPga ulanishini;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi YIDXPga elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha Reglament bir hafta muddatda Markazga kiritilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2020-yil 1-iyunga qadar:
talabgorlarning belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga masʼul boʻlgan tashkilotlarning tuman (shahar) boʻlimlari, subsidiya toʻlanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish boʻyicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulanishini;
Markaz bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi va “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MCHJ bilan hamkorlikda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olishni avtomatlashtirish maqsadida 2022-yil 1-oktabrgacha Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimlari bazasi “my.gov.uz” platformasiga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
62. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tegishli tijorat banklari bilan birgalikda:
(62-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani markazlashtirilgan tartibda toʻlab bersin.
Bunda buyurtmanomalar tegishli tijorat banklarining Bosh ofisi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomalar boʻyicha toʻlovlarni 5 ish kuni ichida amalga oshirsin.
(62-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
b) 2022-yilning 1-oktabrgacha qadar foiz xarajatlari uchun subsidiya toʻlashning avtomatlashtirilgan tartibini joriy etsin.
(61 va 62-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-iyundagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya toʻlanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy taʼminot (keyingi oʻrinlarda — dasturiy taʼminot) tizimi yaratilishini va YIDXPga integratsiyalashuvini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi dasturiy taʼminotning operatori etib belgilansin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy taʼminot tizimi yaratish hamda zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni Davlat budjetidan moliyalashtirish chorasini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
182-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan joriy etilgan Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining har yili tasdiqlanadigan tegishli Farmon va qarorlari asosida ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish uchun daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholar toʻplami;
boshlangʻich badal — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻ. Shundan davlat budjetidan toʻlab beriladigan qatʼiy belgilangan subsidiya va uy-joy qiymatining kamida 5 foizi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiriladigan mablagʻ;
boshlangʻich badal uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun har yili qatʼiy belgilangan miqdorda Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkaziladigan mablagʻ;
daromadi yuqori boʻlmagan fuqaro yoki oila — qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin boʻlgan oʻrtacha oylik daromadlar miqdori:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining (keyingi oʻrinlarda — MHTEKM) 2,7 baravaridan 8 baravarigacha;
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha boʻlgan oilalar;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻliqsiz oila — nikohi bekor qilingan oila, turmush oʻrtogʻi vafot etgan, bedarak yoʻqolgan yoki yolgʻiz oʻzi boʻla turib, nikohdan oʻtmasdan bolali boʻlgan yoxud boshqa sabablarga koʻra ota-onalardan birining yolgʻiz oʻzi bir yoki bir nechta bolani tarbiyalayotgan oila;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2024-y., 09/24/183/0273-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ipoteka kreditining eng koʻp miqdori — har yili kelgusi yil uchun talabgor tomonidan birlamchi uy-joy bozoridan kvartira sotib olish uchun ajratilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdori;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilani aniqlashda qoʻllaniladigan va ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan asosiy koʻrsatkichlar;
Oldingi tahrirga qarang.
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi uy-joy bozorida tanlangan uy-joylarni sotib olishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya toʻlanishini muvofiqlashtirish boʻyicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻ;
(2-bandning oʻn toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshisi bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
talabgor — ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya berish toʻgʻrisida ijobiy xabarnomani olgan ariza beruvchi;
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy — pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablagʻlari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yangi qurilgan (qurilish ishlari yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa turdagi noturar bino va inshootlarning keyinchalik rekonstruksiya qilish orqali mulkchilik turi koʻp qavatli uy-joylarga oʻzgartirilgan qurilish va uy-joylar obyektlari bundan mustasno) birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar (4 va undan yuqori qavatli);
(2-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
foiz uchun subsidiya — talabgorga qurib bitkazilgan kvartirani sotib olishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvaragʻiga birinchi 5 yil davomida oʻtkaziladigan mablagʻ.
(2-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Bunda davlat budjetidan toʻlab beriladigan foiz qismi hisobi alohida hisobvaraqda yuritiladi;
xabarnoma — komissiyaning ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan hamda ariza beruvchiga tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladigan qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
3. Ushbu Nizom doirasida fuqaroga ipoteka kreditlari bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida:
hududlarda birlamchi bozordagi kvartiralarni sotib olish;
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish (mukammal va joriy taʼmirlash bundan mustasno) uchun ajratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
5. Subsidiya uni toʻlashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududda qurilgan uy-joylar uchun yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda subsidiya fuqaro roʻyxatdan oʻtgan yashash joyidagi hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) doirasida fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrida doimiy roʻyxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, subsidiya toʻlanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini koʻrsatgan holda, Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda eʼlon beradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ariza beruvchining taqdim etilgan arizasi asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi masʼul tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrganib chiqish jarayonida oʻzlarining mavjud elektron maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimida avtomat tarzda ishtirok etuvchi tashkilotlar — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Soliq qoʻmitasi va ishtirok etuvchi tijorat banklari.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
8. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha toʻlanadi.
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
9. Hududlarda qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya toʻlanadigan talabgorlar komissiya va masʼul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida tanlanadi.
10. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim toifadagi shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa harbiy tuzilmalar xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari) va davlat hisobidan uy-joylar bilan taʼminlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar tomonidan oylik daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma Davlat xizmatlari markaziga taqdim etiladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda harbiy tuzilmalari xodimlarining daromadlarini tasdiqlovchi maʼlumotnomaga asosan Davlat xizmatlari markazining masʼul xodimi ushbu markaz elektron platformasiga harbiy tuzilma xodimlarining oylik daromadlarini oylar kesimida kiritadi hamda mazkur maʼlumotnomani “PDF” shaklda yuklaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni hamda anketa-arizada qayd etilgan maʼlumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish toʻgʻrisidagi arizani uning oila aʼzolari notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma asosida berishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlar va markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga soʻrov yuborish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritish toʻlovlarsiz (bepul) amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun ariza har yili tasdiqlanadigan davlat dasturlarida belgilangan muddatlarda topshirilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
12. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali anketa-arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
13. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda, ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur boʻlgan maʼlumotlarni oʻzi kiritadi.
3-bob. Masʼul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat xizmatlari markazi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni “subsidiya.idm.uz” elektron platformasiga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda “subsidiya.idm.uz” elektron platformasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchining arizasi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masʼul tashkilotlarning maʼlumotlar bazasi orqali ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi orqali avtomat ravishda aniqlanadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza baholash jarayonidan oʻtkazilishidan oldin “FHDY yagona elektron arxivi” maʼlumotlar bazasidan ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi oʻrtasida nikoh tuzilgani hamda arizada koʻrsatilgan yaqin qarindoshlarining ariza beruvchi bilan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun Adliya vazirligining maʼlumotlar bazasiga yuboriladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Arizani masʼul tashkilotlar tomonidan ijtimoiy mezonlar boʻyicha koʻrib chiqish faqat anketa-arizada koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tegishli masʼul tashkilotlarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat xizmatlari markazi, komissiya hamda masʼul tashkilotlar oʻrtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Masʼul tashkilot rahbarlari tomonidan “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimida ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalarini kuzatib turish uchun masʼul xodim ichki buyruq asosida biriktiriladi.
Biriktirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tizim administratoriga elektron shaklda yuborilishi uchun komissiya kotibiga taqdim etiladi.
Ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini quyidagi ketma-ketlikda masʼul tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazalari maʼlumotlari asosida integratsiyalashgan tizim orqali “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi aniqlaydi va ijtimoiy mezonlar asosida baholaydi:
a) Soliq qoʻmitasi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlari arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini (arizada “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtganligi koʻrsatilgan ariza beruvchilar hamda harbiy tuzilmalarning xodimlari bundan mustasno). Bunda:
ariza beruvchi, uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining oylik daromadlari boʻyicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilmaydi va “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi tomonidan avtomat tarzda rad etiladi;
ariza beruvchi rasmiy daromad manbaiga ega boʻlmagan taqdirda, uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining daromadlari inobatga olinmaydi;
b) Kadastr agentligi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi;
v) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi — ariza beruvchining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtganligi, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgani;
g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi — “UzASBO-2” axborot tizimi orqali ariza beruvchining olis va chekka hududda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligi, shuningdek, ariza beruvchining yoshlar toifasiga mansubligi (30 yoshdan oshmagan fuqarolar);
d) Adliya vazirligi — ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar (beva, ajrashgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan ayol) toifasiga mansubligini;
e) Ijtimoiy himoya milliy agentligi — ariza beruvchi yoki uning oila aʼzolari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modulidan roʻyxatdan oʻtgani yoki oʻtmagani;
j) Ishtirok etuvchi tijorat banklari — ariza beruvchining kredit tarixi bank ichki qoidalariga muvofiqligini aniqlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Agar ariza beruvchining va uning turmush oʻrtogʻining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan kam boʻlsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Bunda soʻngi bir yildagi oʻrtacha oylik daromadlar miqdorini aniqlashda kamida uch oylik daromadlarining oʻrtacha koʻrsatkichlari inobatga olinadi. Ushbu holatda soʻngi uch oyning kamida bir oyida daromadga ega boʻlishi talab etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari maʼlumotlari asosida talabgorning ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimida avtomatlashtirilgan tartibda ballar koʻrinishida baholanadi.
Masʼul tashkilotlar oʻzlarining axborot tizimlari orqali taqdim qilingan har bir maʼlumotning haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
18. YIDXPda masʼul tashkilotlarning baholash natijalari komissiya kotibiga yuboriladi.
19. Tuman (shahar) hokimlari va komissiya tarkibiga kiritilgan har bir tashkilot va idora rahbarlari komissiyaning samarali va qonuniy faoliyat olib borishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadi.
Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalari hisobot oyidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmagan muddatda komissiya tomonidan arizalarni koʻrib chiqish holati boʻyicha tuman (shahar) hokimlariga tizimli ravishda maʼlumot kiritib boradi.
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
20. Komissiya aʼzolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
21.Komissiya oʻz vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya tuman (shahar)da ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish istagida boʻlgan fuqarolarga subsidiya boʻyicha tushuntirish va maslahatlar berish bilan shugʻullanadi, subsidiya xabarnomasini olgan talabgorlarga uy-joy topishda koʻmaklashadi, ajratilgan subsidiyalar oʻzlashtirilishi yuzasidan har oyda monitoring olib boradi, shuningdek, masʼul tashkilotlarning maʼlumotlar bazasida vujudga kelgan texnik muammolarini bartaraf etish choralarini koʻradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
22. Komissiya raisi:
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
komissiyaning yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishlarida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
23. Komissiya kotibi:
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya aʼzolarini komissiya yigʻilishining oʻtkaziladigan joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya aʼzolariga yuboradi;
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
24. Komissiyaning barcha yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
25. Komissiya ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya aʼzolarining roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi.
26. Komissiya yigʻilishlarida ishtirok etadigan aʼzolarining uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar yigʻilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
27. Komissiya qarorlari komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
28. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
29. Komissiya oʻzining ish reglamentini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Baholash natijalarini koʻrib chiqish tartibi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Ariza beruvchining arizasi uning qayd etilish ketma-ketligiga muvofiq ijtimoiy mezonlar doirasida masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari tomonidan ijtimoiy mezonlarga muvofiq avtomat ravishda koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha maʼlumot beriladi.
Masʼul tashkilotlar tomonidan elektron tizim orqali ijtimoiy mezonlar yuzasidan taqdim etilgan maʼlumoti asosida “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi orqali subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida elektron QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnoma (talabgor harbiy xizmatchi boʻlgan taqdirda) tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga yuboriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
31. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida elektron tasdiqlangan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan qaror tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi.
Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.
Bundan tashqari YIDXP orqali ariza beruvchiga “SMS” xabar yuboriladi.
YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etilganda, komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Arizada ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini olib ketishga masʼul shaxs koʻrsatilgan holatlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishning natijasini ushbu shaxsga taqdim etishda tegishli ishonchnoma talab etilmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball toʻplagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
Ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Bunda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma olgan talabgorning boshqa istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankidan ipoteka kreditini olish huquqi saqlab qolinadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
33. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomada talabgorga davlat budjetidan ajratiladigan boshlangʻich badal subsidiyasining qatʼiy belgilangan miqdori va ipoteka kreditining eng koʻp miqdori doirasida dastlabki 5 yilda foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlab berish boʻyicha subsidiya ajratilishi koʻrsatiladi hamda ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan koʻrib chiqilishi va ushbu xabarnoma kredit ajratilishini kafolatlamasligi qatʼiy belgilab qoʻyiladi.
34. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
a) taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
b) taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ariza koʻrib chiqish jarayoniga oʻtkazilmaydi va avtomat ravishda rad etiladi.
(34-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
v) masʼul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball toʻplaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ilgari ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyadan foydalangan (avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini soʻndirgan va uy-joyni boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) ariza beruvchi shu jumladan turmush oʻrtogʻi takroriy murojaat qilganda;
(34-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda tizim tomonidan barcha arizalarni koʻrib chiqish avtomat ravishda toʻxtatiladi va rad etiladi.
(34-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha oylik daromadi:
(34-band “e” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori boʻlganda.
Oldingi tahrirga qarang.
j) arizani koʻrib chiqishda ariza beruvchining turmush oʻrtogʻi tomonidan avval topshirilgan va koʻrib chiqish jarayonida boʻlgan ariza aniqlanganda.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
z) ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan “z” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
35. Ushbu Nizomning 34-bandida koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha subsidiya ajratish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, avtomat ravishda rad etish sabablarini va qonunchilik hujjatlarining aniq normalarini koʻrsatgan holda QR-kod qoʻyilgan xabarnoma shakllantiriladi hamda YIDXPga elektron tarzda yuboriladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
36. Subsidiya ajratiladigan talabgorlar soni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ajratilgan subsidiya parametrlaridan oshib ketgan taqdirda, kalendar tartibga koʻra hujjatlarni birinchi boʻlib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Kvartira sotib olishga beriladigan ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma berilgan vaqtidan boshlab qonunchilik xujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda talabgor foydalanmagan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz xohishiga koʻra YIDXP orqali elektron ariza bilan murojaat qilgan holda komissiya raisi nomiga yozma ariza bilan murojaat etib rad etishi mumkin.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabgorning arizasida bekor qilinishi lozim boʻlgan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma rekvizitlari koʻrsatiladi;
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Talabgorning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani bekor qilish haqidagi arizasi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan bekor qilinadi.
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, ushbu hudud uchun belgilangan subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiya soni qayta inobatga olinadi.
Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya ayrim toifadagi shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va boshqa harbiy tuzilmalarning xodimlari (harbiy xizmatchilaridan tashqari)) va davlat hisobidan uy-joylar bilan taʼminlanmagan nafaqadagi harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolariga (er yoki xotini) nisbatan ham tatbiq etiladi.
38. Ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash natijalariga koʻra 30 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiya soni tugaganda, talabgorlarga rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Subsidiya taqdim etishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 601-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Joriy yil uchun hududga ajratilgan subsidiya soni tugagan taqdirda, dasturiy taʼminot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomat ravishda toʻxtatiladi.
Arizani koʻrib chiqish davri yakunlanguniga qadar komissiya va masʼul tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazasida xatolik tufayli notoʻgʻri xulosa shakllangan taqdirda komissiya raisining dasturiy taʼminot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy taʼminot tizim administratori tomonidan maʼlumotlarga tuzatish kiritish uchun bir qadam ortga qaytariladi.
“Xalqparvar” komissiyalari va sud qarorlari bilan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy taʼminotdan toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish Komissiya raisining dasturiy taʼminot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya yoki masʼul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan maʼlumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega.
Tegishli tashkilotlar tomonidan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalar bekor qilinganda komissiya tomonidan 3 ish kunida fuqaro va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga xabarnoma yuboradi.
Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi boʻyicha komissiya aʼzolari va axborot bazalariga masʼul boʻlgan tashkilotning xodimlari shaxsan javobgardirlar.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
6-bob. Ipoteka krediti boʻyicha subsidiyani hisoblash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
41. Davlat xizmatlari markazidan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan talabgor uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
(41-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalar ham inobatga olinadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sotib olinadigan uy-joy uchun ajratiladigan ipoteka krediti miqdori tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining (kafilning) toʻlov qobiliyatidan kelib chiqib aniqlanadi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Foiz toʻlovlarini hisoblash ajratiladigan ipoteka krediti qiymatiga muvofiq hisoblanadi.
Bunda tijorat banki tomonidan ajratiladigan ipoteka krediti miqdori joriy yil uchun belgilagan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshib ketmasligi shart.
42. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
Oldingi tahrirga qarang.
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirganligi yoki pudrat tashkilotiga toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
ipoteka krediti boʻyicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli maʼlumotlarini taqdim qiladi.
43. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan soʻng uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini oʻrganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ariza qanoatlantirilgan taqdirda notarial harakatlarni amalga oshirish uchun subsidiyali ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatini taqdim etadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Subsidiya:
a) boshlangʻich badalning bir qismini toʻlash uchun subsidiya — har yil uchun qatʼiy belgilangan miqdorda;
b) ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
45. Kvartiralarni sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
SM = KS * (AF — BF)
bunda:
SM — ipoteka krediti boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi;
KS — ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzning qoldiq summasi;
AF — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi;
BF — 10 foizlik punkt.
Bunda yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya ushbu yakka tartibdagi uy-joylar qurib bitkazilgandan va/yoki rekonstruksiya qilingandan soʻng kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oydan keyingi oydan boshlab toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
451. Ariza beruvchi va (yoki) uning turmush oʻrtogʻining hamda kafil sifatida keltirilgan yaqin qarindoshlarining oʻrtacha daromadlari miqdori ularning har biri boʻyicha quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Oʻd = Dm / Os
bunda:
Oʻd — oʻrtacha daromad miqdori;
Dm — ariza beruvchining oxirgi oʻn ikki oy davomidagi daromadlari miqdori;
Os — oxirgi oʻn ikki oy davomida haqiqatda daromad hisoblangan oylar soni.
Bunda har bir subyekt boʻyicha oʻrtacha daromad miqdori yuqoridagi formula asosida aniqlanadi va umumiy oʻrtacha daromad miqdori umumlashtirilgan tarzda hisoblanadi.
(451-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
46. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.
Tijorat banklarining ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkalari pasayganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya miqdori ushbu sanadan boshlab mutanosib ravishda kamayadi.
Asosiy stavkaga oʻzgarish kiritilmagan taqdirda, tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligi resurslari hisobidan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan fuqarolarga amalda belgilangan foiz stavkasidan yuqori foiz stavkada ipoteka kreditlari ajratilishi mumkin emas.
Bunda tijorat banki tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida ipoteka krediti foiz stavkasining pasaytirilganligi eʼlon qilinadi va qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi bilan tuzilgan kredit shartnomalariga qoʻshimcha kelishuvlar tuzilmasdan, qarzdorning shaxsiy kabinetiga oʻzaro tuzilgan kredit shartnomasiga kiritilgan oʻzgartirishlar boʻyicha qoʻshimcha kelishuv hamda yangidan tuzilgan toʻlovlar jadvali joylashtiriladi.
7-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiya toʻlab berish tartibi
47. Sotib olinadigan kvartira boʻyicha talabgor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal toʻliq shakllantirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.
48. Yakka tartibdagi uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha talabgor tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal toʻliq shakllantirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtiradi.
Bunda ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlarining qiymati hisobga olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Talabgor tomonidan sotib olinadigan kvartiraning talabgor nomiga rasmiylashtirilgan kadastr hujjatlari taqdim etilgandan soʻng tijorat banki bir ish kuni ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.
Bunda “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan kiritilgan buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi boʻyicha Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) avtomat tarzda buyurtmanoma shakllanadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Iqtisodiyot va moliya vazirligi toʻrt ish kuni mobaynida tijorat banki tomonidan “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali kiritilgan buyurtmanomaga asosan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyani tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Bunda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan talabgorga tijorat bankida ochilgan hisobvaraqqa oʻtkazib berilgan boshlangʻich badal uchun subsidiya faqat boshlangʻich badal sifatida shakllantiriladi va ipoteka krediti mablagʻlari bilan bir vaqtda qurilish (pudrat) tashkilotiga oʻtkazib beriladi. Mazkur mablagʻni boshqa maqsadlarga yoʻnaltirish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya oʻtkazilgan kundan boshlab undan oʻttiz kun ichida foydalanilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiyani Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytaradi.
Bunda ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan muddat oʻtgandan soʻng uch ish kuni ichida ajratilgan subsidiya Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytarilmagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun ushbu qaytarilmagan subsidiyaning 0,033 foizi miqdorida penya hisoblanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Talabgorga uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlashga buyurtmanoma yuboriladi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali:
boshlangʻich badalning bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni — tijorat bankining buyurtmanomasiga asosan har bir fuqaro kesimida bankda fuqaroning nomiga ochilgan hisobvaraqqa 4 ish kunida;
ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni — ipoteka kreditining foiz toʻlovlarini amalga oshirish uchun bankda har bir fuqaro nomiga ochilgan hisobvaraqqa har oyning beshinchi ish kunidan yigirma beshinchi kuniga qadar oʻtkazib beriladi;
(53-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan birinchi — uchinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Tijorat banki tomonidan haqiqatda ajratilgan ipoteka krediti sanasidan boshlab foiz toʻlovlari uchun subsidiya toʻlab beriladi.
Ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Moliya vazirligiga buyurtmanoma berishda kredit toʻlovlarini qaytarish grafiklaridagi oʻzgarishlar inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha toʻlangan subsidiya tijorat banki hisobidan Davlat budjetiga tiklanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali fuqarolarga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan toʻlab berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining axborot tizimlariga onlayn tarzda uzatib boriladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
54. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga, talabgor va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymatiga, ishtirok etuvchi tijorat banki taqdim etilgan ipoteka krediti summasi va foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya toʻgʻri hisoblanishiga javob beradi.
55. Uy-joy sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan ipoteka krediti talabgor bilan tuzilgan ipoteka krediti shartnomalari shartlariga rioya etilishi ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan nazorat qilinadi.
56. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda Moliya vazirligi bilan birgalikda talabgorning ipoteka krediti boʻyicha toʻlovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan foiz uchun subsidiya summasi asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Ishtirok etuvchi tijorat banki qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzdorlik toʻliq qoplanganda yoki foiz uchun subsidiya boʻyicha oxirgi toʻlov amalga oshirilganidan soʻng 10 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ushbu subsidiya toʻlab berilishi yakunlangan talabgorlar roʻyxatini taqdim etadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan foiz uchun subsidiya ortiqcha toʻlanganda, keyingi oyda talabgorga subsidiya avval toʻlangan ortiqcha toʻlovni hisobga olgan holda toʻlanadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni surunkali ravishda toʻlamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari boʻyicha undiriladigan mablagʻlar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlangʻich badal va foiz uchun ajratilgan subsidiya ipoteka krediti boʻyicha garovga qoʻyilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga ushbu banklar tomondan toʻliq miqdorda qaytariladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi, talabgorlarga subsidiya hisoblanishi va toʻlanishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzurida Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
61. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar”.
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Subsidiya ajratiladigan fuqarolarni baholashning ijtimoiy
MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Mezonlar

Ball

Masʼul organ

I. Ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi, shu jumladan, yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha oylik daromadi (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida)

Hududlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar)

1.

MHTEKMning 2,7 baravariga teng va koʻp boʻlgan, 7 baravariga teng va kam boʻlgan

10

Soliq qoʻmitasi

2.

MHTEKMning 7 baravaridan koʻp boʻlgan, 8 baravariga teng va kam boʻlgan

5

Toshkent shahrida

1.

MHTEKMning 2,7 baravariga teng va koʻp boʻlgan, 8 baravariga teng va kam boʻlgan

10

Soliq qoʻmitasi

2.

MHTEKMning 8 baravaridan koʻp boʻlgan, 9,2 baravariga teng va kam boʻlgan

5

II. Hozirgi turar joy maqomi*

1.

Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud emasligi

20

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastrlar palatasi

III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar**

1.

Ariza beruvchining  “Labor-migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migranti ekanligi

10

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2.

Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi

5

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalari

3.

Ariza beruvchining yoshlar toifasiga mansubligi (30 yoshdan oshmagan fuqarolar)

5

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

Ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar (ajrashgan, beva va/yoki yolgʻiz onalar) toifasiga mansubligi

5

Adliya vazirligi

IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi**

1.

 “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modulidan roʻyxatdan oʻtgan shaxslar

5

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

V. Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligi***

1.

Ariza beruvchining kredit tarixi ishtirok etuvchi tijorat banklarining ichki qoidalariga muvofiqligi

Ishtirok etuvchi tijorat banklari

Jami ball:

35

* Toʻliq oʻz mulkida uy-joyga ega boʻlgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
** III va IV boʻlimlar boʻyicha ball bitta mezonga beriladi.
*** Ariza beruvchining kredit tarixi kamida bitta ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki qoidalariga muvofiq boʻlishi yetarli hisoblanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA
AJRATISH TOG`RISIDA
 

000000-son
 

XABARNOMA
 

Ariza raqami: _________

Berilgan sanasi  “___” _________ 20___ yil

Amal qilish muddati  “___” _________ 20___ yil

Fuqaro ______________________________________________________________________________
(F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq __________________________________________________ deb topildi.

(ijtimoiy mezonga muvofiqligi)

Passport ma`lumotlari: seriyasi ___________ raqami_____________________________________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSH SHIR)______________________________________________

Kim tomonidan berilgan ____________________________________, berilgan sanasi _________________________

Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili ___________________________________________________________________

Davlat budjeti hisobidan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiyalar quyidagicha toʻlab beriladi:

1. Dastlabki badalning bir qismini qoplab berish uchun - 30 000 000 so'm;

2. Foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun toʻlab beriladi.

Bunda subsidiyalar bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshmagan ipoteka kreditlari boʼyicha toʻlab beriladi.

Izoh. Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka kreditini ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri)dan biriktirilgan
hodim F.I.O va ishonch raqami

QR-kod

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2a-ILOVA

UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA
AJRATISHNI RAD ETISH TOG`RISIDA

000000-son

XABARNOMA

Berilgan sanasi  “____” __________ 20___ yil

 

Fuqaro __________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq 

_____________________________________________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________________________

_____________________________________________________________________________________________________________

________________________sababli
rad etishga asosli deb topildi. (Nizomning qaysi talablariga muvofiq emasligi koʼrsatilishi kerak)

 

Passport ma`lumotlari: seriyasi __________ raqami _______________________________________________________________

 

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSH SHIR)_______________________________________________________

 

 

Kim tomonidan berilgan __________________________________, berilgan sanasi _____________________________________

 

Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili _____________________________________________________________________________

 

QR-kod

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shaxri)dan
biriktirilgan hodim FIO
va ishonch raqami

(2a-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
______ tumani (shahri)da ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlanishini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiyaning
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) soliq inspeksiyasi rahbari

5.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) adliya boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) kadastrlar palatasi boshligʻi

7.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi masʼul xodimi, Komissiya kotibi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya ajratish va toʻlash
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda istalgan vaqtida toʻldiradi.

Qonunchilikda belgilangan muddat  davomida (haftaning dushanba — juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha)*

2-bosqich

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi

1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan qabul qilinadi.

2. Ayrim toifadagi shaxslar murojaat etganda, ularning daromadlarini tasdiqlovchi maʼlumotnomaga asosan Davlat xizmatlari markazining masʼul xodimi ushbu markaz elektron platformasiga harbiy tuzilma xodimlarining oylik daromadlarini oylar kesimida kiritadi hamda mazkur maʼlumotnomani “PDF” shaklda yuklaydi.

3. Tuman (shahar) davlat xizmatlari arizalar qayd qilinishi navbatligiga koʻra ularni ijtimoiy mezonlar boʻyicha koʻrib chiqish uchun “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimiga yuboradi va tizim orqali Soliq qoʻmitasiga, Kadastrlar palatasiga, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Adliya vazirligiga, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga hamda ishtirok etuvchi tijorat banklariga hamda elektron shaklda taqdim etiladi.

1 ish kuni ichida

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(“subsidiya.idm.uz” dasturiy tizimida tegishli tashkilotlarning elektron bazasidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi)

1. Soliq toʻlovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) boʻyicha ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlari arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini aniqlaydi.

2. Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modulidan nogironlik belgilangani yoki belgilanmaganini aniqlaydi.

3. Ariza beruvchining farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan ayol, beva va ajrashganlar toifasiga mansubligini “FHDYning yagona elektron arxivi” maʼlumotlar bazasidan aniqlaydi.

4. Ariza beruvchining “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtganligi, xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini aniqlaydi.

5. Ariza beruvchi 30 yoshdan oshmagan yoshlar toifasiga mansubligini aniqlaydi.

6. Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.

7. Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligi;

Professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalari toifasiga mansubligini aniqlaydi.

2 ish kuni mobaynida

Ishtirok etuvchi tijorat banklari

Ariza beruvchining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) orqali ishtirok ariza beruvchining kredit tarixi bankning ichki qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.

2 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(“subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi)

Tanlov natijalari yuzasidan “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimi tomonidan avtomatik ravishda subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan subsidiya xabarnomasini tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga elektron tarzda yuboradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Talabgor

Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib moʻljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.

Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosidagi shartnomalar ham inobatga olinadi.

Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma olgunga qadar yoki subsidiya xabarnomasining muddati doirasida

Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirganligi yoki qurilish (pudrat) tashkilotiga toʻlaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.

Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha

6-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgorning subsidiya xabarnomasini  “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasidan roʻyxatdan oʻtkazadi.

2. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.

3. Ipoteka krediti ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatini taqdim etadi.

Bunda talabgorga ipoteka kreditini ajratish rad etilgan taqdirda tijorat banki tomonidan  “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasida yaratilgan buyurtmanomani bekor qilinadi.

5 ish kuni ichida

7-bosqich

Talabgor

1. Qurilish (pudrat) tashkiloti bilan kvartirani oldi-sotdi shartnomasini notariat idorasida rasmiylashtiradi.

2. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi.

3. Rasmiylashtirilgan shartnomani va kadastr hujjatlarini tijorat bankiga yetkazadi.

Ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatida koʻrsatilgan muddat doirasida

8-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining  “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.

1 ish kuni ichida

9-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.

5 ish kuni ichida

10-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha foiz subsidiyasini toʻlab berish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligining  “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali buyurtmanoma yuboradi.

Ipoteka krediti taqdim etilgandan soʻng birinchi toʻlov kuniga qadar

11-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ipoteka boʻyicha foizlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya Iqtisodiyot va moliya vazirligining  “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali toʻlab beradi.

Har oyning beshinchi ish kunidan 25-kuniga qadar

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
ANKETA-ARIZA

Ariza raqami _____________

Qabul qilish sanasi________

Qabul qilgan shaxs ________

 

1. _____________________

            (familiyasi)

__________________________

(ismi)

______________________

(otasining ismi)

2. Manzil:________________

                    (aholi punkti)

________________

(tuman, shahar)

_________________

(viloyat)

3. Tugʻilgan sanasi  ___ /_____ / ______

4. Jinsi ____ ayol _____ erkak

5. Oilaviy ahvolingiz:

boʻydoq / turmushga chiqmagan_____

uylangan / turmushga chiqqan _____

ajrashgan _____

ajrashgan (farzandi bor)_____

beva _____

beva (farzandi bor)

yolgʻiz ona _______

6. Pasport yoki ID karta boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSH SHIR)*: ________________________

7. Turmush oʻrtogʻining pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

______________

(JSH SHIR)

 

8. Kafil sifatida ishtirok etadigan yaqin qarindoshingizni

_____________________

(JSH SHIR)

_____________________

(JSH SHIR)

9. Siz va/yoki oila aʼzolaringiz nogironligi yoki ogʻir turdagi kasallikka chalinganligi boʻyicha
 “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtganmi? Agar roʻyxatda boʻlsa,
kimligini koʻrsating:

1) Ariza beruvchining oʻzi  (ha/yoʻq)_______;
2) Turmush oʻrtogʻi ________________________ (JSH SHIR)
3) Farzandi           ________________________ (JSH SHIR)

 

10. Siz bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar?

el.pochta _______________

uy tel: ________________

ish tel: ________________

mobil tel: _______________

 

11. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub boʻlsangiz, qaysiligiga koʻrsating:

 “Labor migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan (ha/yoʻq)_______;

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar, (ajrashgan, beva va/yoki yolgʻiz onalar) (ha/yoʻq)_______;

Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi sifatida faoliyat yuritasizmi? (ha/yoʻq)_______;

Professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustasi sifatida faoliyat yuritasizmi? Agar faoliyat yuritsangiz quyidagilardan birini koʻrsating: maxsus fan oʻqituvchi/murabbiy/ishlab chiqarish taʼlim ustasi _______;

12. Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini olib ketuvchi shaxsning (agar mavjud boʻlsa) JSHSHIR maʼlumotlari:_______________________;

 

Siz, turmush oʻrtogʻingiz yoki farzandlaringiz harbiylashtirilgan organlarga aloqasi bormi? (ha/yoʻq)_______,
agar bor boʻlsa ularni belgilang.

1) ariza beruvchining oʻzi  (ha/yoʻq)_______;
2) turmush oʻrtogʻi ________________________ (JSH SHIR)
3) kafil sifatida keltirilgan farzandi ________________________ (JSH SHIR)

 

Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman hamda kredit axboroti toʻgʻrisidagi va tegishli maʼlumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.

____________

__________ ____________ _________

imzo

kun

oy

yil

* JSH SHIRni aniqlash quyida koʻrsatilgan (bu yerda JSH SHIR sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami).
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 09/20/182/0361-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 07.12.2020-y., 06/20/6126/1608-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2021-y., 09/21/537/0818-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 07.06.2022-y., 09/22/312/0493-son, 15.06.2022-y., 09/22/331/0522-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 15.10.2022-y., 09/22/601/0931-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 13.04.2024-y., 09/24/183/0273-son; 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)