|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2008
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-apreldagi 396-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotganligi sababli mazkur Kodeks ham o‘z kuchini yo‘qotgan.
UMUMIY QISM
I bo‘lim. UMUMIY QOIDALAR
1 bob. ASOSIY QOIDALAR
1-modda. Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks soliq tizimining huquqiy asoslarini, soliq to‘lovchilarning huquqlari hamda majburiyatlarini belgilaydi, soliq ishlarini yuritish tartibotini va soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni tartibga solib turadi.
2-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlari
Soliq haqidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan, soliqlar hamda yig‘imlar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan iboratdir.
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining boshqa qonunlar va qonun hujjatlaridan o‘rin olgan normalari ushbu Kodeksga muvofiq bo‘lishi lozim.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Kodeksdagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining amal qilishi
Soliq solish bu harakat sodir etilgan paytda muomalada bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni yengillashtiradigan yoki bartaraf etadigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydigan yoki kuchaytiradigan qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Soliq haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ishlar huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtda amal qilib turgan qonun hujjatlari asosida yuritiladi.
4-modda. Soliq haqidagi qonun hujjatlarining asosiy prinsiplari
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.
Soliq solish—yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi.
Belgilanayotgan soliqlar va yig‘imlar tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishi yoxud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas.
Olingan manbalaridan qat’i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi shart.
Soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha shubhali, ziddiyatli qoidalar va noaniqliklar soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni asosida oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
2 bob. SOLIQLAR TIZIMI
5-modda. Soliqlar va yig‘imlar
O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadi va bekor qilinadi, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi hududida:
umumdavlat soliqlari;
mahalliy soliqlar va yig‘imlar amal qiladi.
Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki u vakolat bergan davlat organi tomonidan belgilanadi.
6-modda. Umumdavlat soliqlari
Umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-moddaning birinchi qismi 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 383-modda)
7) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar bo‘yicha tegishli budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
7-modda. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk solig‘i;
2) yer solig‘i;
Oldingi tahrirga qarang.
3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
(7-moddaning birinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 37-son, 408-modda)
4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
Oldingi tahrirga qarang.
5) ayrim turlardagi tovarlar bilan savdo qilish huquqi uchun yig‘im;
(7-moddaning birinchi qismi 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 52-son, 383-modda)
6) yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im.
(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-con Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-yil, 1-son, 8-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar ushbu Kodeks, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlar va yig‘imlar stavkalarining miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-yil, 5-son, 89-modda)
Ushbu moddaning 3—8-bandlarida nazarda tutilgan mahalliy soliqlar va yig‘imlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari tomonidan joriy etiladi. Bu mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Yangi mahalliy soliqlar va yig‘imlarni joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
8-modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solish xususiyatlari
Ushbu Kodeks yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilangan ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun soliq solishning quyidagilarni to‘lashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilishi mumkin:
1) yagona soliq to‘lovini;
2) yagona yer solig‘ini;
3) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliqni.
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar soliq solishning yagona soliq to‘lovi to‘lashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashni tanlashga haqli, ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi va o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno.
(8-modda ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
Alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovi to‘lashga o‘tishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, lotereyalar tashkil qilish doirasida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar yagona soliq to‘lovi to‘laydilar hamda umumbelgilangan tartibda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lashga o‘tishga haqli emas.
(8-modda to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-109-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
Yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar yagona soliq to‘lovini budjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga, biroq bir vaqtning o‘zida ellik foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorga kamaytirgan holda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi ishlab chiqarish mikrofirmalari va kichik korxonalari yagona soliq to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani olingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng miqdorda, biroq soliq solinadigan bazaning yigirma besh foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda besh yil mobaynida kamaytirishga haqlidir. Mazkur soliq imtiyozi yangi texnologik jihozlar ishga tushirilgan paytdan e’tiboran navbatdagi soliq hisoboti davri uchun qo‘llaniladi. Yangi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun yagona soliq to‘lovi to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni asosida oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliqlar barcha umumbelgilangan tartibdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rniga to‘lanadi, quyidagilar bundan mustasno:
1) yuridik shaxslar uchun:
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz solig‘i (aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda);
yer ostidan foydalanganlik uchun soliq;
bojxona to‘lovlari;
davlat bojlari;
ayrim tovar turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im;
yagona ijtimoiy to‘lov;
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (yagona soliq to‘lovi to‘lovchilar bundan mustasno);
olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im;
2) yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
aksiz solig‘i (aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda);
yer ostidan foydalanganlik uchun soliq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanilganda);
yer solig‘i;
mol-mulk solig‘i;
bojxona to‘lovlari;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
davlat bojlari;
olingan va vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari qiymatidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llovchi yuridik shaxslarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lov manbaida ushlab qolish hamda budjetga o‘tkazish majburiyatlari ham saqlanib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari uchun ustama foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadigan foydaning bir qismiga soliq solishning alohida tartibi joriy etilishi mumkin.
Mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda qatnashayotgan investorlarga, ularning pudratchilariga va ikkilamchi pudratchilariga soliq solish “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.
Soliq solishning ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinishi maqsadidan kelib chiqib, tegishli faoliyat turlarining alohida buxgalteriya hisobini yuritishlari shart”;
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
9-modda. Soliqlar va yig‘imlar hisoblab chiqariladigan pul birligi
O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining pul birligi—so‘mda hisoblab chiqariladi.
10-modda. Soliqni hisobga olish
Yuridik shaxslarning daromadlari va soliqlarni hisoblab chiqarish uchun ular bo‘yicha tegishli chegirmalar, to‘lov to‘langan vaqt va pul kelib tushgan sanadan qat’i nazar, ular taalluqli bo‘lgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aks ettiriladi.
3 bob. SOLIQ TO‘LOVChILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
11-modda. Soliq to‘lovchilarning huquqlari
Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega:
1) soliq organlaridan soliq haqidagi qonun hujjatlari masalalari bo‘yicha axborot va maslahatlar olish;
2) ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda va asoslarda soliq imtiyozlaridan foydalanish;
3) budjetga ortiqcha miqdorda tushgan soliqlar va yig‘imlar summasini qaytarish to‘g‘risida yozma ariza bilan murojaat qilish;
4) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlaridagi mavjud ma’lumotlar bilan tanishish;
5) soliq organlari o‘tkazgan tekshiruv materiallari bilan tanishish va tekshiruv dalolatnomalarini olish, tekshiruvlarning natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda soliq organiga o‘zining yozma e’tirozlarini o‘n kunlik muddat ichida taqdim etish;
6) soliq organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan yuqori soliq organlariga yoki sudga shikoyat qilish;
7) soliq solish obyektini hisobga olishda, soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish.
Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga huquqlarga ham egadir.
12-modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari
Soliq to‘lovchilar quyidagi majburiyatlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
1) belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish, pochta manzili o‘zgargan taqdirda esa (notijorat tashkilotlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda ham), bu haqda soliq organlarini o‘n kunlik muddat ichida yozma ravishda xabardor etish;
(12-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
2) soliqlar va yig‘imlarning tegishli summasini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash;
3) buxgalteriya hisobini va hisob hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish;
4) moliyaviy hisobotni, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni yoki daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish;
5) soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish, to‘lash bilan bog‘liq hujjatlar va ma’lumotlarni, shuningdek soliqlar va yig‘imlar yuzasidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish;
6) soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish, to‘lash masalalarini tekshirish uchun soliq organlarining mansabdor shaxslarini daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi bilan bog‘liq binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish;
7) soliq organlarining soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish to‘g‘risidagi talablarini bajarish.
Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida o‘z zimmalariga yuklatilgan boshqa majburiyatlarni ham bajaradilar.
MAXSUS QISM
II BO‘LIM. YuRIDIK ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘I
4 bob. SOLIQ TO‘LOVChILAR VA SOLIQ SOLISh OBYEKTI
13-modda. Daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga (foydaga) ega bo‘lgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi.
Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari budjet bilan hisob-kitoblarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin.
14-modda. Rezidentlar va norezidentlarning soliq solinadigan daromadi (foydasi)
O‘zbekistonda ta’sis etilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuridik shaxs, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatdan o‘tgan, bosh korxonasi O‘zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi faoliyat manbalaridan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lmagan yuridik shaxslarga O‘zbekiston hududidagi manbalardan olgan daromadlari (foydalari) bo‘yicha soliq solinadi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda )
15-modda. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan daromad (foyda) solig‘ining hisobga olinishi
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan daromad (foyda) solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lash vaqtida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
Hisobga olinadigan summalar miqdori O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i summasidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
16-modda. Soliq solish obyekti
Jami daromad bilan ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan chegirmalar o‘rtasidagi farq sifatida hisoblangan daromad (foyda) soliq solish obyektidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-iyundagi PF-2613-sonli Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y.,1-son,8-modda)
Ustav fondiga qo‘shilgan, umumiy vazifalarni hal etish uchun birlashtirilgan badallar, paylar va aniq maqsadga qaratilgan boshqa moliyaviy mablag‘lar (kapital) ana shu vazifalarni hal etish uchun maxsus tuzilgan yuridik shaxsning daromadlari hisoblanmaydi va soliq solish obyekti bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs bo‘lgan aksiyadorning o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirish chog‘ida qo‘shimcha aksiyalar qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olingan daromadlari (foydasi) soliq solish obyekti bo‘lmaydi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuniga muvofiq to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
5 bob. JAMI DAROMAD
17-modda. Jami daromadning tarkibi
Jami daromadga jo‘natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar kiradi.
Bunday daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan keladigan tushum;
2) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni realizatsiya qilishdan keladigan daromad;
3) foizlar ko‘rinishidagi daromadlar;
4) dividendlar;
5) tekinga olingan mol-mulk;
Oldingi tahrirga qarang.
6) mol-mulkni ijaraga (lizingga) berishdan keladigan daromad;
(17-moddaning ikkinchi qismi 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
7) royalti;
8) tekin moliyaviy yordam (davlat budjetidan berilgan subsidiyalar bundan mustasno);
9) da’vo muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik va deponent qarzdorlikni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
10) ilgari chegirib tashlangan xarajatlar, zararlar yoki shubhali qarzlarning o‘rnini qoplash tariqasida olingan daromadlar;
11) valyuta hisobvaraqlaridagi kurs bo‘yicha musbat farq;
12) favqulodda daromadlar;
13) boshqa daromadlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
6-bob. ChEGIRMALAR VA ZARARLAR
19-modda. Jami daromaddan chegirmalar
Soliq solinadigan daromadlarni (foydalarni) belgilashda jami daromaddan quyidagi chegirmalar amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek bojxona bojlari summalari;
(19-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni tahririda — 2005-y., 52-son, 383-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining kreditlari uchun foiz to‘lovlari summalari, bundan banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiradigan investitsiya uchun olgan kreditlari bo‘yicha foizlar hamda to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar mustasno;
(19-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni tahririda — 2005-y., 52-son, 383-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — 2005-y., 52-son, 383-modda)
xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
(19-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
belgilangan tartibda kiritiladigan renta to‘lovlarining summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
ijara haqi;
(19-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
chet yuridik va jismoniy shaxslarning moddiy xarajatlari va ko‘rsatgan xizmatlarining qiymati;
majburiy sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha o‘tkaziladigan, qonun hujjatlariga muvofiq ish haqiga hisoblangan summalar;
mahsulotni (xizmatlarni) sertifikatlash ishlariga haq to‘lash xarajatlari summalari;
qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo‘yicha xizmat safari xarajatlari summalari;
qonun hujjatlariga muvofiq normalar bo‘yicha vakillik maqsadlaridagi xarajatlar summalari;
Oldingi tahrirga qarang.
reklama xarajatlari summalari;
(19-modda birinchi o‘n uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘lovchi faoliyati ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun xarajatlar summalari;
(19-moddaning birinchi qism o‘n to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘lovchi balansidagi sog‘liqni saqlash obyektlari, qariyalar va nogironlar uylari, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, bolalarning dam olish lagerlari, madaniyat va sport obyektlari, xalq ta’limi muassasalari, uy-joy fondini saqlashga qilinadigan xarajatlar summalari, shuningdek soliq to‘lovchilar sanab o‘tilgan muassasalarni saqlashda ulush qo‘shib qatnashib, ana shu maqsadlar uchun qiladigan xarajatlarining summalari;
(19-moddaning birinchi qismi o‘n beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
lizing obyektini sotib olish uchun olingan kreditlar foizlari va boshqa belgilangan to‘lovlar summalari;
lizing beruvchining lizing shartnomasi bo‘yicha lizing to‘lovi tarkibida to‘lanadigan daromadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasidagi ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha xarajatlar summalari, ushbu qismning o‘n to‘qqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(19-moddaning birinchi qismi o‘n sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan o‘n oltinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari summalari;
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni asosida o‘n to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa majburiy to‘lovlar.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar va majburiy to‘lovlardan tashqari quyidagi xarajatlar va ajratmalar ham jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim:
1) banklar bo‘yicha:
kredit resurslari uchun to‘lovlar, operatsiya xarajatlari, pul mablag‘lari va boyliklarni tashish hamda saqlash xarajatlari;
mijozlarning hisobvaraqlari, shu jumladan jismoniy shaxslarning omonatlari bo‘yicha hisoblangan va to‘langan foizlar;
tavakkalchilik operatsiyalari bo‘yicha zaxira hisobidan o‘chirilgan umidsiz ssuda summalari;
2) sug‘urta tashkilotlari bo‘yicha:
qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha berilgan to‘lov summalari;
amal qilishi hisobot yili oxirigacha tugamagan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘lov summalari;
sug‘urta va qayta sug‘urta majburiyatlari bo‘yicha amalga oshirilgan va hisoblangan to‘lov summalari;
o‘tgan yillardagi sug‘urta hodisalari bo‘yicha tugallanmagan to‘lov summalari, shu jumladan da’vo muddati doirasidagi majburiyatlar summalari;
sug‘urta holatining ro‘y berganligi haqida ma’lum qilingan, lekin zarar miqdori taqdim etilmagan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta summalari;
sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisalari ro‘y berishini bartaraf etish va uning oldini olishga doir tadbirlarni (preventiv tadbirlarni) moliyalashga sarflaydigan mablag‘lar summalari;
sug‘urta tashkilotlarining zaxira fondlari bu tashkilotlar ustav fondining yigirma besh foiziga yetguniga qadar sug‘urta tashkilotlari o‘z daromadlarining yigirma foizi miqdorida zaxira fondlariga qiladigan ajratmalar.
Jami daromaddan chegirib tashlanadigan xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Agar amalga oshirilgan xarajat xarajatlarning bir necha toifasiga kiritilgan bo‘lsa, u faqat bir marta jami daromaddan chegirib tashlanishi mumkin.
Asosiy vositalar sotib olish va ularni montaj qilishga, nomoddiy aktivlar sotib olishga qilingan xarajatlar, shuningdek boshqa kapital xarajatlar amortizatsiya tariqasida keyingi davrlarda jami daromaddan chegirib tashlanishi lozim.
20-modda. Umidsiz qarzlar bo‘yicha chegirmalar
Soliq to‘lovchi (banklar va sug‘urta tashkilotlari bundan mustasno) da’vo muddati o‘tganidan so‘ng daromadlari tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan, ilgari jami daromadga qo‘shilgan umidsiz qarzlar bo‘yicha chegirma qilinish huquqiga ega bo‘ladi.
21-modda. Moliyaviy jazo choralari va penya summalari
Moliyaviy jazo choralari va hisoblangan penya summalari jami daromaddan chegirib tashlanmaydi.
22-modda. Asosiy vositalar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa aktivlar realizatsiya qilinganida ko‘rilgan zararlar
Tadbirkorlik faoliyatida uch yildan ortiq foydalanilgan asosiy vositalar realizatsiya qilinganida vujudga kelgan zararlar jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Qimmatli qog‘ozlar realizatsiya qilinganida vujudga kelgan zararlar jami daromaddan chegirib tashlanmaydi.
Ish hayvonlari va ko‘p yillik daraxtlardan foydalanganda vujudga kelgan zararlar faqat ana shu aktivlardan foydalanishdan olingan daromaddan chegirib tashlanadi.
23-modda. Amortizatsiya bo‘yicha chegirmalar
Asosiy vositalar amortizatsiya qilinadi, yer bundan mustasno.
Asosiy vositalarning soliq solinadigan davr mobaynida belgilangan normalar doirasida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Amortizatsiya ajratmalarining summalari asosiy vositalarning dastlabki (tiklanish) qiymati va ushbu moddada belgilangan amortizatsiya normalari asosida hisoblab chiqariladi. Amortizatsiya muddati tugaganidan so‘ng eskirish hisoblanmaydi.
Asosiy vositalarni uzoq muddatga ijaraga olgan yuridik shaxslar ham o‘zlariga qarashli, ham ijaraga olingan asosiy vositalar yuzasidan amortizatsiya ajratmalarini hisoblaydilar. Bu holda ijaraga beruvchi ijaraga berilgan asosiy vositalar uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblamaydi.
Asosiy vositalarning amortizatsiya normalari:
|
Asosiy vositalar guruhlari |
Amortizatsiya normasi |
| 1. Yengil avtomobillar, taksi, yo‘llarda foydalaniladigan avtotraktor texnikasi, maxsus asbob-uskuna, inventar va jihozlar. Kompyuterlar, periferiya qurilmalari va ma’lumotlarni qayta ishlash uskunalari | 20 foiz |
| 2. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtotirkamalar. Sanoatning barcha tarmoqlari, metall quyish korxonasi uchun mashinalar va uskunalar, temirchilik-presslash uskunalari, qurilish uskunalari, qishloq xo‘jalik mashinalari va uskunalari. Ofislar uchun mebel | 15 foiz |
| 3. Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transporti vositalari. Kuch-quvvat beradigan mashinalar va uskunalar: issiqlik texnika uskunalari, turbina uskunalari, elektr dvigatellari va dizel-generatorlar. Elektr uzatish va aloqa qurilmalari. Truboprovodlar | 8 foiz |
| 4. Binolar, inshootlar va imoratlar | 5 foiz |
| 5. Boshqa guruhlarga kiritilmagan, amortizatsiya qilinadigan aktivlar | 10 foiz |
24-modda. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha chegirmalar
Nomoddiy aktivlarga qilingan xarajatlar jami daromaddan eskirish tarzida har oyda, yuridik shaxs tomonidan ularning boshlang‘ich qiymati va ulardan unumli foydalanish muddati (biroq yuridik shaxsning faoliyat muddatidan ortiq bo‘lmagan muddat) asosida hisoblab chiqarilgan normalar bo‘yicha chegirib tashlanadi.
Unumli foydalanish muddatini aniqlab bo‘lmaydigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya normalari besh yilga (biroq yuridik shaxsning faoliyat muddatidan ortiq bo‘lmagan muddatga) mo‘ljallab belgilanadi.
25-modda. Geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olishga tayyorgarlik ko‘rish xarajatlari bo‘yicha chegirmalar
Soliq to‘lovchining geologik tadqiqotlar va tabiiy resurslarni qazib olishga tayyorgarlik ishlari uchun qilgan xarajatlari jami daromaddan amortizatsiya sifatida, amortizatsiya ajratmalari normasi bo‘yicha — o‘n besh foiz miqdorida chegirib tashlanadi.
26-modda. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar
Soliq to‘lovchining tadbirkorlik faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan tadbirlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari bo‘yicha chegirmalar qilinmaydi.
Agar madaniy, sport va boshqa tadbirlar uchun xarajatlar soliq to‘lovchining asosiy faoliyati doirasida o‘tkaziladigan bo‘lsa, ushbu moddaning qoidalari unga nisbatan qo‘llanilmaydi.
27-modda. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar
Oldingi tahrirga qarang.
Davlatga qarashli bo‘lmagan pensiya fondlariga ajratmalar jami daromaddan chegirib tashlanmaydi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
271-modda. Zararlarni taqsimlab o‘tkazish
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan, chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchi ko‘rilgan zararlarni zarar ko‘rilgan hisobot yilidan keyingi besh yil muddat davomida taqsimlab o‘tkazishni amalga oshirishga haqlidir.
O‘tgan hisobot yilida yoki o‘tgan hisobot yillarida ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zararga (zararlarga) ega bo‘lgan daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar joriy yildagi soliq solinadigan daromadni (foydani) ko‘rilgan zararlarning to‘liq summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Taqsimlab o‘tkazilayotgan zararning har bir navbatdagi yilda hisobga olinadigan jami summasi ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy yildagi soliq solinadigan daromadning (foydaning) 50 foizidan oshmasligi kerak.
Soliq solinadigan baza o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan zarar summasi miqdoriga faqat yil yakunlari bo‘yicha kamaytirilishi mumkin.
Birdan ortiq kalendar yilda ko‘rilgan zararlar ular ko‘rilgan ketma-ketlikda taqsimlab o‘tkaziladi.
Soliq to‘lovchining daromad (foyda) solig‘idan ozod qilingan davrdagi zararlari keyingi davrlarga taqsimlab o‘tkazilishi mumkin emas.
(271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni tahririda — 2005-y., 52-son, 383-modda)
7-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘I STAVKALARI
28-modda. Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari
Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadiga (foydasiga) eng yuqori—o‘ttiz besh foizlik stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har yili Davlat budjeti tasdiqlanayotgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuridik shaxslarning daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkasini ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan eng yuqori miqdoridan ko‘paytirmay belgilagan holda uni qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagilar uchun daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqning kamaytirilgan stavkalarini belgilashi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
bolalarbop tovarlar, ayollar gigiyenasi ashyolari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun;
(28-modda uchinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi yuridik shaxslar uchun.
29-modda. Rezidentning dividendlar va foizlar bo‘yicha oladigan daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari
Yuridik shaxslarga to‘lanadigan dividendlar va foizlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavka bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Aksiyalar bo‘yicha va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav sarmoyasidagi ulushbay qatnashuvdan olinadigan daromadlar soliq solish maqsadlari uchun dividendlar hisoblanadi. Depozit qo‘yilmalar, qarz majburiyatlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar foizlar jumlasiga kiritiladi.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini moliyaviy bozorlarga joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlar soliq solishdan ozod etiladi.
(29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi O‘RQ-2-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 21-son, 148-modda)
O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaida ilgari soliq undirilgan dividendlar va foizlarni olgan rezident-yuridik shaxs to‘lov manbaining soliqni to‘laganligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lsa, ularni jami daromaddan chegirib tashlash huquqiga egadir.
Banklar va boshqa rezident moliya-kredit tashkilotlariga to‘lanadigan foizlarga to‘lov manbaida soliq solinmaydi, balki bank va boshqa rezident moliya-kredit tashkilotida belgilangan tartibda soliq solinadi.
30-modda. To‘lov manbaida norezidentlarning daromadlariga (foydasiga) solinadigan soliq stavkalari
Norezidentning O‘zbekiston Respublikasidagi to‘lov manbaidan olingan, doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadiga (foydasiga) manbada chegirmalarsiz quyidagi stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
|
dividendlar va foizlar |
10 foiz |
| tavakkalchiliklarni sug‘urta qilishga va qayta sug‘urta qilishga to‘langan sug‘urta mukofotlari | 10 foiz |
| O‘zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar o‘rtasida harakat qilishda xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar yoki transport xizmatlari (fraxtdan daromadlar) | 6 foiz |
| royalti, ijaradan (lizingdan) olingan daromadlar, xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan boshqaruv, maslahat xizmatlari ko‘rsatishdan keladigan daromadlar va boshqa daromadlar, daromad solig‘i solingan daromadlar (foyda) bunga kirmaydi | 20 foiz |
(30-moddaning birinchi qismi jadvali O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni tahririda — 2005-y., 52-son, 383-modda)
8-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘I BO‘YIChA IMTIYOZLAR
31-modda. Yuridik shaxslarni daromad (foyda) solig‘idan ozod qilish
Quyidagi yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan – Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
2) protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab chiqarishga, shuningdek nogironlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar—asosiy faoliyat turi bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
3) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslardan tashqari;
(31-modda birinchi qismining 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
4) davolash muassasalari qoshidagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari;
5) jazoni ijro etish muassasalari;
6) tijorat bilan shug‘ullanmaydigan yuridik shaxslar*, ularning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlaridan (foydalaridan) tashqari;
*ushbu Kodeksda soliq solish maqsadlarida “tijorat bilan shug‘ullanmaydigan tashkilotlar” deyilganda quyidagilar tushuniladi:
faqatgina davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan, xarajatlarni qoplash uchun tasdiqlangan smetalar doirasida budjetdan dotatsiya oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar;
xayriya birlashmalari, uyushmalari va fondlari, xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va boshqa tashkilotlar:
a) tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar olishni ko‘zlamaydigan, ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan ijtimoiy-xayriya yoki boshqa maqsadlarda tuzilgan tashkilot va birlashmalar;
b) moliyaviy va boshqa mablag‘larni muayyan tashkilotlar xodimlari, muassislari yoki a’zolarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida taqsimlamaydigan va investitsiya qilmaydigan tashkilot va birlashmalar (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatga haq to‘lash bundan mustasno).
7) shahar yo‘lovchilar transporti (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) yo‘lovchilarni tashish bilan bog‘liq xizmatlari bo‘yicha;
8) yuridik shaxslar tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan – Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 15-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 16-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 17-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 18-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-moddaning birinchi qismi 19-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 20-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21) ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik bo‘linmalari;
(31-modda birinchi qismining 21-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 22-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 23-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-modda birinchi qismining 24-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25) gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar;
(31-modda birinchi qismining 25-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26) sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) tariqasida olingan mablag‘lar summasi bo‘yicha;
(31-moddaning birinchi qismi 26-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27) dividendlar ko‘rinishida olingan va yuridik shaxsdan olinib, uning ustav kapitaliga (fondiga) yo‘naltirilgan daromadlar bo‘yicha;
(31-modda birinchi qismining 27-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28) Xalq banki — fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan foydalanishdan olingan daromadlar bo‘yicha;
(31-modda birinchi qismining 28-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-8-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 278-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
29) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini tekinga topshirish va (yoki) olishdan, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlardan olingan daromadlar (foyda) bo‘yicha.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 18-iyuldagi O‘RQ-101-sonli Qonuniga muvofiq 29-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
32-modda. Soliq solinadigan daromadning (foydaning) kamaytirilishi
Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) quyidagi summaga kamaytiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
ekologiya, salomatlik va xayriya fondlari, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladigan badallar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) bir foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
(32-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
asosiy ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlarni uzishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, hisobot davrida amortizatsiyaga hisoblangan summalardan to‘liq foydalanish sharti bilan, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
(32-modda birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida kollejlar, akademik litseylar, maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishiga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
(32-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
diniy va jamoat birlashmalarining (kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va harakatlardan tashqari), xayriya fondlarining mulkida bo‘lgan korxonalar daromadidan (foydasidan) shu birlashmalar va fondlarning ustavda belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladigan ajratmalari summasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda birinchi qismining beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-modda birinchi qismining oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar soliq solinadigan daromadni (foydani) ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga va lizing obyekti qiymatini to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, hisobot davrida hisoblangan amortizatsiya mablag‘laridan to‘liq foydalanish sharti bilan uch yil mobaynida kamaytirish huquqiga ega. Mazkur soliq imtiyozi yangi texnologik jihozlar ishga tushirilgan paytdan e’tiboran navbatdagi soliq hisoboti davri uchun qo‘llaniladi. Yangi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun daromad (foyda) solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni asosidaikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
Ishlovchilari umumiy sonining uch foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) solig‘i summasi quyidagi tarzda: belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga daromad (foyda) solig‘i bir foiz kamaytiriladi.
9-bob. NOREZIDENTLAR HAMDA ChET ELLIK YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMADLARIGA (FOYDASIGA) SOLIQ SOLISh
33-modda. Norezidentning doimiy muassasa orqali oladigan daromadi (foydasi)
O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan soliq to‘lovchi-norezident O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan, doimiy muassasa bilan bog‘langan manbalardan olingan daromadlari (foydasi)dan ushbu Kodeksda ana shunday daromadga (foydaga) nisbatan nazarda tutilgan chegirmalar summasiga kamaytirilgan soliqni to‘lovchi hisoblanadi.
34-modda. Daromad (foyda) solig‘ining to‘lov manbaida undirilishi
Norezidentning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadiga, agar daromad manbai O‘zbekiston Respublikasida joylashgan bo‘lsa, jami daromaddan chegirma qilmay, ushbu Kodeksning 30-moddasida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajargan ishlaridan, ko‘rsatgan xizmatlaridan olgan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlarga kirmaydi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
To‘lov manbaida soliq solish to‘lovning O‘zbekiston Respublikasi ichida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilganidan qat’i nazar qo‘llaniladi.
35-modda. Chet ellik yuridik shaxslarga soliq solish xususiyatlari
Chet ellik yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi.
Chet ellik yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin, basharti tegishli chet davlatda ham O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga nisbatan xuddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan bo‘lsa.
Chet ellik yuridik shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida bunday bitimlarning shartlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik yuridik shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
Norezident-yuridik shaxsning doimiy muassasasiga daromad (foyda) solig‘iga qo‘shimcha ravishda ushbu doimiy muassasaning chet elga o‘tkazadigan daromadidan o‘n foiz miqdorida soliq olinadi.
10-bob. SOLIQNI HISOBGA OLISh QOIDALARI
36-modda. Uzoq muddatli kontraktlar bo‘yicha daromadlar va chegirmalar
Uzoq muddatli kontraktlarga taalluqli daromadlar va chegirmalar ularning amalda bajarilgan qismi bo‘yicha moliya yili davomida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli kontraktning amalda bajarilganligi moliya yili oxirigacha qilingan xarajatlarni ushbu kontrakt bo‘yicha jami xarajatlar bilan taqqoslash orqali aniqlanadi.
37-modda. Tovar moddiy zaxiralarni baholash va hisobga olish
Soliq solish maqsadida tovar-moddiy zaxiralarni baholash va hisobga olish buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni qo‘shimcha baholash summasi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) realizatsiya qilinishiga qarab, soliq solinadigan daromad (foyda) tarkibiga kiritiladi.
38-modda. Asosiy vositalar lizingi
Amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan asosiy vositalarning ijarasi bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olganda hamda uni lizing shartnomasida belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga berganda lizing (moliyaviy ijara) deb hisoblanadi. Bunda ijara muddati o‘n ikki oydan ortiq bo‘lishi va lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq bo‘lishi lozim:
lizing shartnomasining muddati tugagach, asosiy vositalar lizing oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa;
ijara muddati asosiy vositalar xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa;
lizing oluvchi asosiy vositalarni ularning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi asosiy vositalar qiymati asos bo‘ladi;
ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara tugaganidan keyingi qoldiq qiymati ularning ijara boshlanishidagi qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa;
lizing shartnomasining butun davri uchun lizing to‘lovlarining joriy summasi ijaraga olingan vositalar qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa.
(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
39-modda. Aktivlar realizatsiya qilinganida ular qiymatining o‘sishidan olinadigan daromadlar va ko‘riladigan zararlar
Aktivlar realizatsiya qilinganida ularni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati o‘rtasidagi musbat farq aktivlar qiymatining o‘sishidan olingan daromad hisoblanadi.
Aktivlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum bilan bu aktivlarning qiymati o‘rtasidagi manfiy farq aktivlarni realizatsiya qilishdan ko‘rilgan zarar hisoblanadi.
Aktivlar qiymatiga ularni olish, ishlab chiqarish, qurish, montaj qilish va o‘rnatish xarajatlari, shuningdek ularning qiymatini orttiradigan boshqa xarajatlar qo‘shiladi, soliq to‘lovchi chegirish huquqiga ega bo‘lgan xarajatlar bundan mustasno.
Agar aktivlarning faqat bir qismi realizatsiya qilinsa, unda aktivlarning realizatsiya qilish paytidagi qiymati qolgan va realizatsiya qilingan qismlari o‘rtasida taqsimlanadi.
40-modda. Aktivlarni tekinga yoki kamaytirilgan qiymat bo‘yicha topshirishdan olinadigan daromadlar
Aktivlar tekinga yoki kamaytirilgan qiymat bo‘yicha topshirilganida topshiruvchi shaxsga qarashli aktivlarning qiymati vujudga kelgan xarajatlar asosida, oluvchi shaxsning daromadlari esa—kirim qilingan baholash qiymati bo‘yicha, lekin topshirilayotgan aktivlarning tannarxidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
11-bob. DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘INING HISOBLAB ChIQARILIShI, HISOBOTI VA TO‘LANIShI
41-modda. Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisobotlar, hisob-kitoblar
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ortib boruvchi yakun bilan chiqarilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni, agar qonun hujjatlarida boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, soliq ro‘yxatidan o‘tgan joydagi soliq organlariga yil choraklariga oid va yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlarida topshiradilar.
Yuridik shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq to‘lovchidan kamroq bo‘lgan davr uchun hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yo‘li bilan talab qilishi mumkin bo‘lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi.
Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilinganidan so‘ng soliq to‘lovchi o‘n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishi shart.
Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda taqdim etiladi.
42-modda. Daromad (foyda) solig‘ini to‘lov manbaida ushlab qolish
Daromad (foyda) solig‘ini to‘lov manbaida ushlab qolishni quyidagilar amalga oshirishi shart:
yuridik shaxslarga dividendlar va foizlar to‘lovchi yuridik shaxslar;
norezident yuridik shaxslarga ushbu Kodeksning 30-moddasiga muvofiq to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.
Daromad (foyda) solig‘ini ushlab qolish va budjetga o‘tkazish uchun daromad to‘lovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad to‘lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni budjetga to‘lashi shart.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar quyidagilarni bajarishi shart:
soliqni to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan so‘ng besh kun ichida budjetga o‘tkazishi;
daromad oluvchi yuridik shaxslarning ro‘yxat raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va hisobot yilida ushlab qolingan soliqning umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani moliya yili tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi, shuningdek daromad oluvchi yuridik shaxslarga ularning talabiga ko‘ra yuborishi lozim.
43-modda. Daromad (foyda) solig‘ini to‘lash
Yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘ini daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan kundan boshlab besh kun ichida, ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq o‘tgan hisobot davrining moliyaviy natijalari asosida to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yilning hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘proq miqdorda daromad (foyda) olgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarni har oyning 15-kuniga qadar yilning choragi bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘laydi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Yuridik shaxslar joriy to‘lovlar summasini hisoblab chiqarish uchun yilning joriy choragi birinchi oyining 5-kunigacha o‘zlari soliq ro‘yxatidan o‘tgan joydagi soliq organiga yilning tegishli choragida olish mo‘ljallangan daromad (foyda) hamda belgilangan daromad (foyda) solig‘i stavkasi asosida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Yil mobaynida to‘langan daromad (foyda) solig‘i summalari tegishli hisobot yili uchun soliq to‘lovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga o‘tkaziladi.
III BO‘LIM. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ
12-bob. SOLIQ TO‘LOVChILAR VA SOLIQ SOLISh OBYEKTI
44-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilar
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lovchilardir.
45-modda. Rezident va norezident jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadi
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki moliya yilida boshlanadigan yoki tugaydigan o‘n ikki oygacha bo‘lgan istalgan davr mobaynida 183 kun yoki undan ko‘proq muddatda O‘zbekistonda turgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining rezidenti deb qaraladi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmish jismoniy shaxslarga ularning O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek undan tashqaridagi faoliyati manbalaridan olingan daromadlari bo‘yicha soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmagan jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlar bo‘yicha soliq solinadi.
(45-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
46-modda. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan soliqning hisobga olinishi
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliqni to‘lashda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadi.
Hisobga olinadigan summalar miqdori jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan stavkalar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan oshmasligi lozim.
47-modda. Soliq solish obyekti
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksga muvofiq belgilanadigan jami yillik daromad soliq solish obyektidir.
(47-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
13-bob. JISMONIY ShAXSLARNING JAMI YILLIK DAROMADI
48-modda. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi tarkibi
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to‘lovchi olishi lozim bo‘lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoxud boshqa mablag‘lar, shu jumladan:
mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar;
jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad kiradi.
(48-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
49-modda. Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlar
Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga jismoniy shaxslarning mehnat shartnomasi bo‘yicha qilingan ishlardan va fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha oladigan daromadlari kiradi.
Mehnatga haq to‘lash shaklida olinadigan daromadlarga quyidagilar ham kiradi:
1) xodimlarga sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi o‘rtasidagi manfiy farq;
2) ish beruvchi tomonidan o‘z faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan xarajatlar;
3) xodim ish beruvchiga to‘lashi kerak bo‘lgan, ammo ish beruvchining qarori bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari;
4) ish beruvchi o‘z xodimlarining hayoti yoki sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urtalash badallarini to‘lash uchun qilgan xarajatlar;
5) ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolinishi kerak bo‘lgan to‘lovlar yuzasidan to‘lagan summasi;
6) ish beruvchining o‘z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini tashkil etadigan boshqa xarajatlari.
Xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan normalar doirasida beriladigan xizmat safari to‘lovlarining summalari jami yillik daromadga kiritilmaydi.
50-modda. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar bo‘yicha olingan daromad, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad kiradi
51-modda. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromad
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadga tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan, yakka tartibda amalga oshirilayotgan boshqa faoliyatdan keladigan barcha tushumlar ushbu daromadni topish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalar chegirib tashlangan holda kiradi.
Soliq solish obyektini aniqlash maqsadida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarni aniqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-yil, 5-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bob O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-yil, 5-son, 89-modda)
15-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADLARIGA SOLINADIGAN SOLIQ STAVKALARI
55-modda. Jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari
Jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlari summalaridan soliq quyidagi miqdorda undiriladi:
|
Jami daromad miqdori |
Soliq summasi |
| eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha | daromad summasining 13 foizi |
| eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1 so‘m) o‘n baravari miqdorigacha | eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 18 foizi |
| eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan (+1 so‘m) va undan yuqori miqdoridan | eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan olinadigan soliq + o‘n baravaridan oshadigan summaning 25 foizi |
(55-modda birinchi qismi jadvali O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi (yil boshidan e’tiboran tegishli davr uchun eng kam ish haqining oylik miqdorlari summasi).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va og‘ir sharoitli ishlarda band bo‘lgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, shuningdek tabiiy-iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovlar bo‘yicha imtiyozli daromad solig‘i stavkalarini belgilashga haqli.
56-modda. Rezidentning dividendlar va foizlar bo‘yicha daromadlariga solinadigan soliq stavkasi
Jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividendlar va foizlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavkalar bo‘yicha to‘lov manbaida soliq solinadi.
57-modda. Norezident jismoniy shaxslarning daromadlariga to‘lov manbaida solinadigan soliq stavkasi
Norezident jismoniy shaxslarning doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda O‘zbekiston Respublikasidagi manbadan olgan daromadlariga ularni to‘lash manbaida chegirmalarsiz, ushbu Kodeksning 30-moddasida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha soliq solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajargan ishlaridan, ko‘rsatgan xizmatlaridan olgan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi manbalardan olingan daromadlarga kirmaydi.
(57-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
To‘lov manbaida soliq solish, to‘lov O‘zbekiston Respublikasi ichida yoki uning tashqarisida amalga oshirilganidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
16-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADLARIGA SOLINADIGAN SOLIQ BO‘YIChA IMTIYOZLAR
58-modda. Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari
Quyidagilar jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadiga kiritilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) mehnat shartnomasi bekor qilinganda to‘lanadigan, eng kam ish haqining o‘n ikki baravari miqdori doirasidagi ishdan bo‘shatish nafaqasi, davlat ijtimoiy sug‘urtasi va davlat ijtimoiy ta’minoti bo‘yicha nafaqalar, ishsizlik nafaqalari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, shu jumladan oilaning bemor a’zosini parvarishlash nafaqalari bundan mustasno), shuningdek xayriya va ekologiya jamg‘armalari mablag‘laridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar va boshqa yordam turlari;
(58-moddaning “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
b) olinadigan alimentlar;
v) oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus hamda hunar-texnika o‘quv yurtlari hamda ular bazasida tashkil etilgan biznes maktablari, shu jumladan oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlari tomonidan o‘z talabalariga va o‘quvchilariga tayinlanadigan stipendiyalar, shuningdek ushbu moddaning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan jamg‘armalarning mablag‘laridan ta’sis etiladigan stipendiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(58-moddaning “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-yil, 1-son, 8-modda)
d) davlat pensiyalari, shuningdek ularga ustamalar;
e) shaxslar qon topshirganlik uchun, donorlikning boshqa turlari uchun, ona suti topshirganlik uchun oladigan summalar, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari qon yig‘ib topshirganliklari uchun oladigan summalar;
j) mayib bo‘lish yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi bilan bog‘liq holda, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan ko‘rilgan zararni qoplash yuzasidan olinadigan summalar;
Oldingi tahrirga qarang.
z) fuqarolarning xorijda ishlashga yuborilishi munosabati bilan davlat budjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar va tashkilotlardan chet el valyutasida oladigan ish haqi summalari va boshqa summalar, qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida;
(58-moddaning “z” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
i) jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o‘zlariga qarashli bo‘lgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari, tadbirkorlik faoliyati doirasida mol-mulk sotishdan olingan daromadlar bundan mustasno;
k) shaxslarning shaxsiy yordamchi xo‘jalikda yetishtirgan qoramol, quyon, nutriya, baliq, parrandalarni ham tirik holatda, ham ularni so‘yib mahsulotlarini xom va qayta ishlangan holda, shuningdek asalarichilik mahsulotlarini va bunday xo‘jalikda yetishtirilgan tabiiy yoki qayta ishlangan dehqonchilik mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlari summasi. Fuqaroda shaxsiy yordamchi xo‘jalik mavjudligi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi;
l) bir yil mobaynida yuridik shaxslardan olingan eng kam ish haqi miqdorining olti baravarigacha bo‘lgan summadagi qimmatli sovg‘alar qiymati, shuningdek xalqaro hamda respublika tanlov va musobaqalarida olingan sovrin buyumlar qiymatining summasi;
m) meros qilib qoldirish va hadya qilish natijasida olingan summalar va mol-mulk qiymati, fan, adabiyot va san’at asarlari mualliflarining merosxo‘rlari (huquqiy vorislari) oladigan mualliflik haqi summalari bundan mustasno;
n) davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo‘yicha yutuqlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlar;
o) fuqarolarning sug‘urta bo‘yicha oladigan summalari;
p) bir yil mobaynida berilgan moddiy yordam summalari:
tabiiy ofatlar, boshqa favqulodda holatlar munosabati bilan beriladigan moddiy yordam summalari—to‘laligicha;
vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zolari vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari—eng kam ish haqining o‘n baravarigacha miqdorda;
boshqa hollarda—eng kam ish haqining o‘n ikki baravarigacha miqdorda;
Oldingi tahrirga qarang.
r) depozit sertifikatlar bo‘yicha daromadlar, banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari bo‘yicha foizlar va yutuqlar;
(58-moddaning “r” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)
s) fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining davlat korxonalari mol-mulkini sotib olish, xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yo‘naltirilgan summalari, shuningdek o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasini ustav fondini (kapitalini) ko‘paytirish uchun yo‘naltirish chog‘ida qo‘shimcha aksiyalar qiymati yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘paytirish tarzida olingan daromadlari dividendlar tariqasida olingan hamda dividend to‘lagan yuridik shaxsning ustav fondiga (kapitaliga) yo‘naltirilgan daromadlar. Mazkur mol-mulk sotilganida ilgari soliq solishdan ozod qilingan daromadlarga umumiy asoslarda soliq solinadi;
(58-moddaning “s” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
t) patent egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki foydalanish boshlangan sanadan e’tiboran amal qilish muddati doirasida ularga litsenziya sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromadi summasi:
ixtirolar va seleksiya yutug‘idan foydalana boshlagan sanadan e’tiboran — besh yil davomida;
sanoat namunasidan foydalana boshlagan sanadan e’tiboran — uch yil davomida;
foydali modeldan foydalana boshlagan sanadan e’tiboran — ikki yil davomida;
(58-moddaning “t” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
u) bolalar lagerlari va boshqa sog‘lomlashtirish lagerlariga, ota-onalarning bolalari bilan dam olishiga maxsus mo‘ljallangan sanatoriy-kurort muassasalariga borish uchun bolalar va o‘smirlarga beriladigan yo‘llanmalar qiymatini, shuningdek o‘z xodimlarining ambulatoriya yoki statsionar tibbiy xizmatdan foydalanish qiymatini to‘liq yoki qisman kompensatsiyalash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘z xodimlariga yoki ular uchun to‘lagan summalar. Ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar jumlasiga nogironlarning sog‘lomlashtirish va sanatoriy-kurort muassasalariga berilgan yo‘llanmalari qiymatini, davolanish va tibbiy xizmatdan foydalanish, nogironlikning oldini olish maqsadida texnika vositalari sotib olish uchun hamda nogironlarning salomatligini tiklash uchun qilingan xarajatlarni to‘liq yoki qisman to‘lash tartibida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar to‘lagan summalar ham kiradi;
f) amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasidagi tovon to‘lovlari, mehnat shartnomasini bekor qilish paytida foydalanilmagan ta’til uchun beriladigan tovonlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
x) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, basharti bunday ishlar Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa.
(58-moddaning “x” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-yil, 9-10-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ts) xususiy korxona tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin xususiy korxona mulkdori ixtiyoriga kelib tushadigan foyda summasi;
(58-moddaning “ts” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
ch) O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan jismoniy shaxslar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati;
sh) Olimpiya o‘yinlarida va boshqa xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotlari.
(58-moddaning “ch” va “sh” bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular bo‘yicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari.
(58-moddaning “e” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-8-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
yu) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha o‘z xodimlari uchun sug‘urta mukofotlari to‘loviga to‘lagan summalari;
ya) fuqarolarning ish haqi va soliq solinadigan boshqa daromadlarining mol-mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari to‘lovi uchun yo‘naltiriladigan summalari.
(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni asosida “yu” va “ya” bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
59-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqdan ozod qilish
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lashdan quyidagi jismoniy shaxslar ozod qilinadilar:
1) to‘laligicha:
a) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining boshliqlari va a’zolari hamda konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa,—O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha;
b) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari va ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha;
v) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha;
g) xorijiy davlatlar diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa,—o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha;
d) hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari—agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa, ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha;
e) Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari, ichki ishlar organlari va bojxona organlarining oddiy xizmatchilari va boshliqlari tarkibiga mansub shaxslar, shuningdek o‘quv yoki sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar—xizmatni o‘tash (xizmat vazifasini bajarish) munosabati bilan olgan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lov summalari bo‘yicha;
Oldingi tahrirga qarang.
j) gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi bo‘lgan shaxslar gastrol-konsert faoliyatidan olingan daromadlari bo‘yicha;
(59-moddaning birinchi qismi birinchi bandining “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-yil, 9-10-son, 182-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
z) prokuratura organlarining daraja unvonlariga ega bo‘lgan xodimlari;
(59-moddaning 1-qismi “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-yil, 5-son, 67-modda)
2) qisman, har bir to‘liq oy uchun eng kam ish haqining to‘rt baravari miqdorida:
a) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar, urush nogironlari yoxud 1941—1945-yillardagi urush davrida yoki harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish yoki shikastlanish oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan harbiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan boshqa nogironlar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lgan nogironlar, shuningdek pensiya ta’minoti bo‘yicha mazkur toifadagi harbiy xizmatchilarga tenglashtirilgan boshqa nogironlar;
b) xizmatni harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda o‘tagan harbiy xizmatchilar, sobiq partizanlar jumlasidan bo‘lib, fuqarolar urushi va 1941—1945-yillardagi urush, sobiq SSSRni himoya qilish bo‘yicha boshqa jangovar operatsiyalarning qatnashchilari, 1941—1945-yillardagi urush davri mehnat frontining faxriylari va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
v) Leningrad qamali paytida 1941-yil 8-sentabrdan 1944-yil 27-yanvargacha bo‘lgan davrda Leningrad shahrida ishlagan fuqarolar;
g) ichki ishlar organlarining boshliqlari va oddiy xizmatchilari jumlasidan bo‘lib, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish va shikastlanish oqibatida nogiron bo‘lib qolganlar;
d) bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlar, shuningdek I va II guruh nogironlari;
e) qahramon onalar, o‘n va undan ortiq bolasi bo‘lgan ayollar;
j) sobiq SSSRni himoya qilish yoxud harbiy xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanish, kontuziya bo‘lish yoxud shikastlanish oqibatida yoki frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va rafiqalari;
z) xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
i) Chernobil AESdagi falokat oqibatida jabr ko‘rgan shaxslar;
k) ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar;
l) ikki va undan ortiq bolasi bor va boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar;
m) bolaligidan nogiron bo‘lgan va doimiy parvarishni talab qiladigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota-onasidan biri;
n) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va o‘quv yurtlari tomonidan qishloq xo‘jalik ishlariga yuborilgan fuqarolar—ushbu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari bo‘yicha.
Jismoniy shaxslarning imtiyozlarga bo‘lgan huquqi ular hisobot yili uchun tegishli hujjatlarni taqdim etganida vujudga keladi.
17-bob. NOREZIDENTLAR HAMDA ChET ELLIK JISMONIY ShAXSLARGA SOLIQ SOLISh
60-modda. Norezidentning doimiy muassasadan oladigan daromadlari
O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshiradigan norezident jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha soliq to‘lovchi hisoblanadi.
61-modda. Chet ellik jismoniy shaxslarga soliq solish xususiyatlari
Chet ellik jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi.
Chet ellik jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirish tegishli chet davlatda O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslariga nisbatan ham xuddi shunday chora-tadbirlar ko‘rilgan hollarda o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatilishi yoki cheklanishi mumkin.
Chet ellik jismoniy shaxslar bilan bitimlar tuzish chog‘ida, bunday bitimlarning shartlariga O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshiradigan soliq to‘lovchilar hamda boshqa shaxslar chet ellik jismoniy shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini nazarda tutadigan soliq haqidagi izohlarning kiritilishiga ruxsat berilmaydi.
18-bob. JISMONIY ShAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQNING HISOBLAB ChIQARILIShI, HISOBOTI VA TO‘LANIShI
62-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq bo‘yicha hisobotlar, hisob-kitoblar va daromadlar haqidagi deklaratsiyalar
Asosiy bo‘lmagan ish joyidan (O‘zbekiston Respublikasidagi, shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad olgan rezident-jismoniy shaxs doimiy istiqomat joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad haqida deklaratsiya taqdim etadi. Tamom bo‘lgan kalendar yilida faqat asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida mehnat vazifalarini bajarishdan daromad olgan jismoniy shaxslar shu yil uchun olingan daromadlar haqida deklaratsiya taqdim etmaydilar.
Chet ellik jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan e’tiboran bir oy mobaynida mo‘ljaldagi daromadlar haqida deklaratsiya topshiradi. Chet ellik jismoniy shaxsning faoliyati kalendar yili mobaynida to‘xtagan va u O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan bo‘lsa, amalda olingan daromadlar haqida jo‘nab ketishdan kamida bir oy oldin deklaratsiya taqdim etilishi kerak.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs olingan daromadlar va qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan tartibda quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
shunday daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy o‘tganidan keyin besh kun ichida;
hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvarigacha.
O‘zbekiston Respublikasidagi jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyati to‘xtatilgan taqdirda, soliq organi soliq to‘lovchidan kamroq bo‘lgan davr uchun hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etishni yozma xabarnoma topshirish yo‘li bilan talab qilishi mumkin bo‘lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hamda jami yillik daromad va qilingan chegirmalar to‘g‘risidagi deklaratsiya qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda soliq to‘lovchi besh kunlik muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi.
Jismoniy shaxsning tadbirkorlik faoliyatini to‘xtatish haqida qaror qabul qilinganidan so‘ng soliq to‘lovchi o‘n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyani taqdim etishi shart.
Hisobotlar, soliq bo‘yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyalar qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va tartibda taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibiga o‘zgartishlar kiritish huquqiga ega.
63-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lov manbaida ushlab qolish
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lov manbaida ushlab qolishni quyidagilar amalga oshirishi shart:
ishlaydigan jismoniy shaxslarga mehnat shartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
nodavlat pensiyalarini to‘lovchi yuridik shaxslar;
jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar to‘lovchi yuridik shaxslar;
norezidentlarga ushbu Kodeksning 30-moddasiga muvofiq to‘lovlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni ushlab qolish va budjetga o‘tkazish uchun daromad to‘lovchi yuridik shaxs javobgardir. Soliq summasi ushlab qolinmaganda daromad to‘lovchi yuridik shaxs ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog‘liq jarima va penyalarni budjetga to‘lashi shart.
Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq to‘lov manbaida ushlab qolinganda soliq quyidagi muddatlarda to‘lanadi:
daromad to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi shu maqsadlarda pul mablag‘lari olish uchun bankka hujjatlar taqdim etish bilan bir vaqtda budjetga o‘tkaziladi;
to‘lovni natura holida yoki mahsulotni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarish yoxud xizmat ko‘rsatishdan tushgan tushumdan to‘lovchi yuridik shaxslar tomonidan, ushlab qolingan soliq summasi to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida budjetga o‘tkaziladi.
Ushbu moddaning birinchi qismi ko‘rsatilgan yuridik shaxslar:
ish haqini to‘lash chog‘ida jismoniy shaxsning talabiga ko‘ra unga uning daromadi summasi va turi, shuningdek ushlab qolingan soliq summasi (agar soliq ushlab qolingan bo‘lsa) ko‘rsatilgan ma’lumotnomani berishi;
asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlar to‘g‘risida jismoniy shaxsning ro‘yxat raqami, familiyasi, ismi va otasining ismi, doimiy yashash manzili, hisobot yilida qilgan daromadining umumiy summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani qonun hujjatlarida belgilangan shaklda moliya yili tugaganidan so‘ng o‘ttiz kun ichida soliq organlariga taqdim etishi shart;
Oldingi tahrirga qarang.
yollanib ishlaydiganlarga mehnat haqi tarzida hisoblab chiqarilgan va amalda to‘langan summalar hamda boshqa daromadlar, shuningdek bu daromadlarning soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan shaklda yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar soliq organlariga taqdim etishi.
(63-moddaning to‘rtinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-yil, 1-son, 8-modda)
(63-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni bilan uchinchi va to‘rtinchi qismlarga almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-yil, 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ish beruvchi yuridik shaxslar jismoniy shaxslarning daromadlaridan ushlab qolingan soliq summasini jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari summasi miqdorida kamaytirgan holda budjetga o‘tkazadilar.
(63-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-8-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
64-modda. Jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliqni to‘lash
Rezident jismoniy shaxslar jami yillik daromad haqidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo‘yicha hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini hisobot yilidan keyingi yilning 1-iyunidan kechikmay, daromad solig‘i yil mobaynida qayta hisoblanganda esa, deklaratsiya soliq organiga taqdim etilgan kundan e’tiboran bir oy ichida to‘laydilar.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromad solig‘ini quyidagi tartibda to‘laydilar:
to‘lovchi yilning har choragida o‘tgan yilgi daromadlar bo‘yicha hisoblab chiqarilgan yillik soliq summasining yigirma besh foizini, soliqni birinchi marta to‘laydigan to‘lovchi esa,—joriy yilda olish mo‘ljallangan daromad bo‘yicha soliq organi unga hisoblab bergan summaning yigirma besh foizini to‘laydi. Yil mobaynida to‘lovchining daromadi anchagina ko‘paygan yoki kamaygan taqdirda soliq to‘lovchi soliq to‘lashning boshlanmagan muddatlari bo‘yicha daromad solig‘i summalarini qayta hisoblab chiqarishi mumkin;
yil o‘tishi bilan yillik soliq summasi amalda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Ana shu summa bilan yil mobaynida to‘langan summa o‘rtasidagi farq keyingi yilning 15-martidan kechikmay, tugagan daromad manbai bo‘yicha esa, o‘n besh kunlik muddatda to‘lovchidan undirib olinishi yoki unga qaytarib berilishi kerak.
Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqning yil mobaynida to‘lab borilgan summalari tegishli hisobot yili uchun soliq to‘lovchiga hisoblab chiqarilgan soliq hisobiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(641-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
IV-BO‘LIM. QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘I
19-bob. UMUMIY QOIDALAR
65-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
Qo‘shilgan qiymat solig‘i tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish), ularni realizatsiya qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir qismini budjetga ajratishdir.
66-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qiluvchi yuridik shaxslar, shuningdek o‘z ehtiyojlari uchun tovarlarni bojsiz olib kirish normalaridan ortiqcha olib keluvchi jismoniy shaxslar import qilinayotgan ana shu tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar hisoblanadi.
(66-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-yil, 1-son, 8-modda)
(66-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-yil, 1-son, 20-modda)
67-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti, tovarlarning importi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bajariladigan ishlarning (ko‘rsatiladigan xizmatlarning) importi qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi.
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti soliq solinadigan oborotdir, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilingan va o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bundan mustasno.
(67-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-yil, 1-son, 20-modda)
20-bob. SOLIQ SOLINADIGAN OBOROTNI BELGILASh
68-modda. Realizatsiya bo‘yicha soliq solinadigan oborot miqdori
Realizatsiya bo‘yicha soliq solinadigan oborot miqdori realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, qo‘llaniladigan narxlar va tariflardan kelib chiqib, aksiz solig‘ini hisobga olgan holda ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmasdan belgilanadi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) ayirboshlangan yoki tekin berilgan taqdirda, soliq solinadigan oborot miqdori soliq to‘lovchida ayirboshlash yoki berish paytida tarkib topgan narxlar darajasidan kelib chiqib, ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritmasdan, biroq amalda tarkib topgan xarajatlardan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
69-modda. Realizatsiya bo‘yicha soliq solinadigan oborotga tuzatish kiritish
Xaridorlar hisob-kitob va yo‘l hujjatlari bo‘yicha haq to‘langanidan so‘ng tovarlarni qaytargan, shuningdek buyurtmachilar ilgari haqi to‘lab qo‘yilgan ishlar yoki xizmatlardan voz kechgan hollarda, da’vo qo‘zg‘atishning bir yillik muddatiga rioya qilingan taqdirda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlariga bunday operatsiyalar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi miqdorida tuzatish kiritiladi.
Agar kafolatli xizmat muddati belgilangan tovarlar ana shu muddat ichida ularni tayyorlagan korxonaga qaytarilsa, bunday tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish yoki qaytarish xaridorlar hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha dastlabki haqni qachon to‘laganliklaridan va soliq qachon budjetga tushganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
70-modda. Importga solinadigan soliq miqdori
Import qilinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) solinadigan soliq miqdoriga tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan boj qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishda to‘lanadigan aksiz solig‘i, bojxona bojlari summalari kiritiladi.
21-bob. QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘I BO‘YIChA IMTIYOZLAR
Oldingi tahrirga qarang.
71-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish
Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir qismi bo‘yicha quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
1) sug‘urta bo‘yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari, shu jumladan bunday operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar;
2) ssudalar berish va o‘tkazish operatsiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga daxldor operatsiyalar, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari aylanmasi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-8-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
4) qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan chet el valyutasi va pullar muomalasiga daxldor operatsiyalar, numizmatika maqsadida foydalaniladiganlari bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
5) qimmatli qog‘ozlar muomalasiga daxldor operatsiyalar, ularni tayyorlash operatsiyalari bundan mustasno;
(71-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 23-iyuldagi O‘RQ-104-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 297-modda)
6) maxsus vakil qilingan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yig‘imlar undiriladigan harakatlar;
7) bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida boqishga, bemorlar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
8) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlari;
9) intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni olganlik uchun patent bojlari, ro‘yxatga olish yig‘imlari va litsenziya to‘lovlari;
10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(71-moddaning birinchi qismi 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
12) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar va konvertlar sotish;
13) aloqa tashkilotlarining pensiya va nafaqalar to‘lash bo‘yicha xizmatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
14) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari;
(71-moddaning birinchi qismi 14-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-yanvardagi O‘RQ-75-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 1-modda)
15) shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yo‘l va avtomobil transportida (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish xizmatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
16) aholiga ko‘rsatiladigan uy-joy-kommunal va uy-joydan foydalanish xizmatlari (suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti va gaz ta’minoti bo‘yicha kommunal xizmatlardan tashqari);
(16-band O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
17) xalq ta’limi sohasidagi, o‘quv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xizmatlar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlaridagi ta’lim uchun haq;
18) saqlab turish bo‘yicha vakolatli davlat organiga qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish oborotlari;
19) diniy tashkilotlar hamda birlashmalarning udumlar va marosimlar o‘tkazishga doir xizmatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
20) sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalarining asosiy (soha) faoliyati bo‘yicha ko‘rsatadigan xizmatlari, bolalar dam olish lagerlarining xizmatlari;
(71-modda birinchi qismi 20-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
21) xususiylashtirilayotgan davlat mulkining qiymati;
22) gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
23) geologiya va topografiya ishlari;
Oldingi tahrirga qarang.
24) nashriyotlarning, gazeta va jurnallar tahririyatlarining, matbaa va kitob savdosi korxonalarining, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlarning, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulotlari va xizmatlari;
(71-moddaning birinchi qismi 24-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 21-iyundagi O‘RQ-35-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 224-modda)
25) vakolatli davlat tashkilotlari o‘tkazadigan ekologiya ekspertizasi xizmatlari;
26) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xizmatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
(71-moddaning birinchi qismi 27-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28) eksport qilinayotgan tovarlarni tashish, ortish, tushirish, qayta ortish bo‘yicha xizmatlar;
(71-moddaning birinchi qismi 28-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
29) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va ko‘rsatayotgan xizmatlar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar bundan mustasno);
30) ichki ishlar organlari huzuridagi soqchilik bo‘linmalarining xizmatlari;
31) faoliyatning gastrol-konsert turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning gastrol-konsert faoliyati;
32) kitob mahsulotlarini, maktab o‘quv ashyolari va ko‘rgazmali qurollarini, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
33) mol-mulkni lizingga berganlik uchun lizing to‘lovlari;
Oldingi tahrirga qarang.
34) davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproq va geobotanika sohasidagi ishlar;
(34-band O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
35) tibbiy (veterinariya) xizmatlar (kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno), shuningdek tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan dori-darmon vositalari va buyumlarni, shu jumladan mazkur vosita va buyumlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan ularni realizatsiya qilish oborotlari;
36) o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilish oborotlari;
(71-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni bilan 35 va 36-bandlar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
37) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga va ularga xizmat ko‘rsatishga doir xizmatlarning qiymati.
(71-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 18-iyuldagi O‘RQ-101-sonli Qonuniga muvofiq 37-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 294-modda)
Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishga doir qismi bo‘yicha quyidagilar qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
1) tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilinayotgan tovarlar;
2) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;
3) O‘zbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalar (bitimlar) bo‘yicha xalqaro va hukumatga qarashli bo‘lgan chet el moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, shu jumladan norezidentlari tomonidan olib kirilayotgan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar va xizmatlar);
Oldingi tahrirga qarang.
(71-moddaning ikkinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan dori-darmon vositalari (veterinariya preparatlari) va buyumlar, shuningdek tibbiyot (veterinariya) uchun mo‘ljallangan dori-darmon vositalari va buyumlar ishlab chiqarish uchun olib kirilayotgan xomashyo.
(71-modda ikkinchi qismi 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
6) O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha quyidagi maqsadlarda olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa:
O‘zbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb etiladigan chet el kreditlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida;
yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun;
lizingga topshirish uchun;
chet ellik investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun.
Yangi texnologik jihozlar (butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ular texnologik jihozlarni yetkazib berish kontrakti shartlariga muvofiq yetkazib berilgan bo‘lsa) olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi.
(71-modda ikkinchi qismining 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
7) chet el investitsiyalari ishtirokidagi, bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarishlarida foydalanish uchun olib kirilayotgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(71-moddaning ikkinchi qismi 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9) vakolatli organning yozma tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo‘yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalari.
(71-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 18-iyuldagi O‘RQ-101-sonli Qonuniga muvofiq 9-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 294-modda)
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3, 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan tovarlar bundan mustasno. Tovarlarni iste’mol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
72-modda. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilarga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bajariladigan ishlarning (ko‘rsatiladigan xizmatlarning) erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi eksportiga, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlariga yetkazib berilishiga;
(72-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(72-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — 2005-y., 52-son, 383-modda)
chet el tarafi tomonidan o‘zaro do‘stlik prinsipi qo‘llangan taqdirda, chet el diplomatik vakolatxonalari hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek bu vakolatxonalar diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarining, shu jumladan ular bilan birgalikda yashayotgan oila a’zolarining, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasalar hamda respublikada doimiy yashayotgan bo‘lmasalar, shaxsiy foydalanishi uchun realizatsiya qilinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga).
(72-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada bajariladigan ishlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga);
(72-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
chet mamlakatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan yuklarini (tranzit yuklarni) tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga.
(72-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti va gaz ta’minoti bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlarga.
(72-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-7-sonli Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 279-modda)
22 bob. QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INING STAVKALARI, UNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI
73-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkalari
Qo‘shilgan qiymat solig‘i yigirma foiz stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i kamaytirilgan stavkalarda to‘lanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(73-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
74-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan summasini belgilash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq solinadigan oborot bo‘yicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq hisobga o‘tkaziladigan soliq summasi o‘rtasidagi farq sifatida belgilanadi.
(74-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Tovarlar importi bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ularning soliq solinadigan oborotidan hamda ushbu Kodeksning 70 va 73-moddalarida nazarda tutilgan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
75-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining budjetga beriladigan badallarni belgilashda hisobga o‘tkaziladigan summasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisobot davrida amalda kelib tushgan, shuningdek import qilingan, soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot uchun foydalaniladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasidir. Olingan, o‘z ehtiyojlari uchun foydalanilayotgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha soliq summasi hisobga o‘tkazilmasligi kerak.
(75-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
76-modda. Hisobvaraq fakturalar
Qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlarni yuklab jo‘natayotgan, ishlar bajarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan soliq to‘lovchi ushbu tovarlarni olayotgan (ishlardan, xizmatlardan foydalanayotgan) shaxsga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda tayyorlangan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi bo‘lmagan xaridorlar tovarlarni chakana savdodan sotib olgan taqdirda, hisobvaraq-fakturaning qonun hujjatlarida belgilangan soddalashtirilgan shaklidan foydalanish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi bo‘lmagan shaxs “qo‘shilgan qiymat solig‘isiz” degan belgi qo‘yilgan hisobvaraq-fakturani yozishi shart. Ushbu Kodeksning 21 bobiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha yozilgan hisobvaraq-fakturalarga nisbatan ham shunday talab qo‘yiladi.
(76-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Hisobvaraq-faktura tovarlar yuklab jo‘natilgan, ishlar bajarilgan va xizmatlar ko‘rsatilgan sanadan kechiktirmay yoziladi.
23-bob. QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INI TO‘LASh VA HISOB-KITOBLARNI TAQDIM ETISh MUDDATLARI
77-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlari
Soliq to‘lovchi, mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi soliq organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari bo‘yicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida taqdim etadi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi soliq organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari bo‘yicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida taqdim etadi.
(77-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-16-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 376-modda)
78-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatlari
Soliq to‘lovchi soliqni ushbu Kodeks 77-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblar taqdim etiladigan kundan kechiktirmay tegishli davr (oy) uchun realizatsiya bo‘yicha amaldagi oborot asosida to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(78-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda )
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin.
(78-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Import qilinayotgan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida to‘lanadi.
79-modda. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga o‘tkazishni tartibga solish
Agar bundan oldingi hisobot davrida hisobga o‘tkaziladigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi hisoblangan soliq summasidan ortiqcha miqdorda to‘langan bo‘lsa, ko‘rsatilgan ortiqcha summa hisobot davridan keyingi davrda hisobga o‘tkaziladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan oborotlar bo‘yicha sotib olish paytida to‘langan soliq summasi hisobga o‘tkazilmaydi, balki xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Soliq to‘lovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan holda olinayotgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga o‘tkazilmaydi va uning sof daromadi hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborotlardan to‘langan, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ortiqcha miqdor to‘lovchiga, agar unda soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik bo‘lmasa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytariladi.
(79-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
V BO‘LIM. AKSIZ SOLIG‘I
24-bob. UMUMIY QOIDALAR
80-modda. Aksiz solig‘i solish
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan tovarlarga va import qilingan, aksiz to‘lanadigan tovarlarga aksiz solig‘i solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi:
eksportga chiqariladigan tovarlarga, ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim tovarlar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
(80-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
(80-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganida yordam ko‘rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarga, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlarga.
(80-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(80-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
81-modda. Aksiz solig‘i to‘lovchilar
O‘zbekiston Respublikasida aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqarayotgan yoki bunday tovarlarni import qilayotgan yuridik va jismoniy shaxslar budjetga aksiz solig‘i to‘laydilar.
82-modda. Aksiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati va aksiz solig‘i stavkalari
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati va aksiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
25-bob. AKSIZ TO‘LANADIGAN TOVARLAR
83-modda. Soliq solish obyekti
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, aksiz to‘lanadigan tovarlar uchun ularning qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holdagi (aksiz solig‘i summasini o‘z ichiga olgan) qiymati yoki tovarning fizik hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi.
Agar tovar ishlab chiqaruvchi aksiz to‘lanadigan tovarni natural haq yoki sovg‘a sifatida bersa, soliq to‘lovchida tovarni topshirish paytida tarkib topgan, lekin amalda qilingan xarajatlardan kam bo‘lmagan narxlar darajasidan kelib chiqib hisoblangan qiymat soliq solish obyekti hisoblanadi.
84-modda. Aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari
Aksiz solig‘i budjetga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, oyning aksiz to‘lanadigan tovar realizatsiya qilingan o‘n kunligi tugaganidan keyin uch kundan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq to‘lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq yuzasidan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi tegishli soliq organiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etadi.
(84-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-16-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq yuzasidan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi tegishli soliq organiga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha taqdim etadi.
(84-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-16-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 376-modda)
85-modda. Aksiz solig‘ini hisobga o‘tkazish
Aksiz to‘lanadigan tovar O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i to‘langan xomashyodan ishlab chiqarilgan taqdirda, mazkur xomashyo bo‘yicha to‘langan aksiz solig‘i summasi tovarga solinadigan aksiz solig‘i summasini hisoblab chiqarishda hisobga o‘tkazilishi lozim.
26-bob. AKSIZ TO‘LANADIGAN IMPORT TOVARLAR
86-modda. Soliq solish obyekti
Aksiz to‘lanadigan import tovarlar uchun bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan boj qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi.
87-modda. Aksiz to‘lanadigan import tovarlar uchun aksiz solig‘i to‘lash muddati
Aksiz to‘lanadigan import tovarlar uchun aksiz solig‘i bojxonada rasmiylashtirilgunga qadar yoki rasmiylashtirish paytida to‘lanadi.
88-modda. Aksiz to‘lanadigan import tovarlarni aksiz solig‘idan ozod qilish
Aksiz to‘lanadigan import tovarlarni aksiz solig‘idan ozod qilish bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
VI BO‘LIM. MOL-MULK SOLIG‘I
27-bob. UMUMIY QOIDALAR
89-modda. Mol-mulk solig‘i to‘lovchilar
Soliq solinadigan mol-mulkka ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i to‘lovchilardir.
90-modda. Soliq solish obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar uchun asosiy vositalarning (qonun hujjatlariga muvofiq mulk qilib olingan erning qiymati bundan mustasno) va nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati, shuningdek belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektlarining va normativ muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Jismoniy shaxslar uchun ularning mulki bo‘lgan uy-joylar, kvartiralar, chorbog‘ va bog‘ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati soliq solish obyekti hisoblanadi.
(90-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
28-bob. MOL-MULK SOLIG‘I STAVKALARI VA IMTIYOZLAR
Oldingi tahrirga qarang.
91-modda. Mol-mulk solig‘i stavkalari
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga coliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(91-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
92-modda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:
soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan uy-joy-kommunal va ijtimoiy-madaniy soha obyektlarining;
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yong‘inga qarshi xavfsizlik uchun foydalaniladigan obyektlarning;
Oldingi tahrirga qarang.
(92-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
mahsulot o‘tkazgichlar, aloqa yo‘llari (shu jumladan avtomobil yo‘llari), aloqa va energiya uzatish liniyalarining, shuningdek ularni foydalanishga yaroqli holda saqlab turish maqsadida qurilgan inshootlarning;
aloqa yo‘ldoshlarining;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra to‘xtatib qo‘yilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
shahar yo‘lovchilar transportining (taksidan, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashiydigan umumiy foydalanishdagi avtomobil transportining (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari);
Oldingi tahrirga qarang.
(92-moddaning birinchi qismi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning;
(92-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
chet el krediti hisobiga olingan uskunalarning, shu kreditni qoplash muddatiga, lekin besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga;
(92-moddaning birinchi qismi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
lizingga olingan mol-mulkning, lizing shartnomasi amal qilish muddatiga;
(92-moddaning birinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga yuridik shaxsning buyurtmasi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun mazkur yuridik shaxs tomonidan tekin foydalanishga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlarning, foydalanish muddatiga;
(92-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 21-iyundagi O‘RQ-36-sonli Qonuni asosida o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 25-26-son, 225-modda;)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik) mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash uchun foydalaniladigan mol-mulkning;
(92-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni asosida o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining;
(92-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 18-iyuldagi O‘RQ-101-sonli Qonuniga muvofiq o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 294-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishga yangitdan joriy etilgan yangi texnologik jihozlarning, besh yil muddatga. Yangi texnologik jihozlar olingan (import qilingan) paytdan e’tiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki tekinga berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi imtiyoz qo‘llanilgan butun davr uchun mol-mulk solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi.
(92-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 19-sentabrdagi O‘RQ-112-sonli Qonuni asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 380-modda)
Yuridik shaxslarning quyidagi mol-mulkiga soliq solinmaydi:
notijorat tashkilotlarning mol-mulkiga, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan mol-mulk bundan mustasno;
xalq ta’limi va madaniyat muassasalari ehtiyojlari uchun foydalaniladigan mol-mulkka;
uy-joy-kommunal xo‘jaligi va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xo‘jaligining mol-mulkiga;
Oldingi tahrirga qarang.
(92-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(92-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(92-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno;
(92-moddaning ikkinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(92-moddaning ikkinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, ro‘yxatdan o‘tgan paytidan e’tiboran ikki yil mobaynida. Soliq bo‘yicha mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarda ishlayotgan bo‘lsalar, qo‘llanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(92-moddaning ikkinchi qismi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy hokimiyat organlari (o‘z hududida mol-mulki joylashgan soliq to‘lovchilarga nisbatan) tomonidan qo‘shimcha imtiyozlar berilishi mumkin.
(92-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
93-modda. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar
Quyidagilarning mulkida bo‘lgan imoratlari, binolari va inshootlariga soliq solinmaydi:
“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning;
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxslar, Leningrad shahri qamalida bo‘lganlarning va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning;
qahramon-onalar, shuningdek o‘n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan, u erda vaqtincha yoki xizmat safariga yuborilgan fuqarolarning);
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan normalar doirasida pensionerlarning, shuningdek I va II guruh nogironlarining;
(93-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolarining—xizmatni o‘tash davrida;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda bo‘lish tufayli orttirilgan kasallik oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarining (erlarining);
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan bo‘lgan nogironlarning, ichki ishlar organlarining xizmat vazifalarini ado etayotganda yarador, kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron bo‘lib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan shaxslarning.
Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanlashiga binoan mol-mulkning faqat bir obyektiga taalluqli bo‘ladi.
(93-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda )
29-bob. MOL-MULK SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI
94-modda. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha joriy to‘lovlar budjetga har oyning 20-kunidan kechiktirmay, yillik to‘lov summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida to‘lanadi.
Soliq to‘lovchilar mol-mulk solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga mol-mulkning hisobot davri uchun amaldagi o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib, yilning choraklari bo‘yicha va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatida topshiradilar.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatini aniqlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
95-modda. Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi.
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar huquqiga ega bo‘lgan shaxslar zarur hujjatlarni soliq organlariga taqdim etadilar.
Imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i ularning har yil 1-yanvardagi holati yuzasidan kommunal xizmat ko‘rsatish idoralari beradigan inventarizatsiya qiymatiga doir ma’lumotlar asosida, bunday ma’lumotlar bo‘lmagan taqdirda esa — mazkur obyektlarning majburiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni hisoblab chiqarish uchun qo‘llaniladigan baho asosida hisoblab chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(95-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(95-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Bir necha mulkdorning ulushbay asosidagi umumiy mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun mol-mulk solig‘i har bir mulkdor tomonidan ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq ular barpo etilgan yoki olingan yildan keyingi yilning boshidan e’tiboran to‘lanadi.
Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulkdan soliq merosxo‘rlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi. Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo‘lgan hollarda mol-mulk solig‘i undirish ular yo‘q qilingan yoki butunlay vayron bo‘lgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi.
Mol-mulkka mulk huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan boshqasiga o‘tganda soliqni birinchi mulkdor o‘sha yilning 1-yanvaridan bu mol-mulkka mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshigacha to‘laydi, yangi mulkdor esa — mulk huquqini qo‘lga kiritgan oydan e’tiboran to‘laydi. Kalendar yil davomida imtiyozga ega bo‘lish huquqi paydo bo‘lgan taqdirda mol-mulk solig‘i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran qayta hisoblab chiqiladi.
Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari to‘lovchilarga soliq organlari tomonidan har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi. Soliq teng ulushlarda ikki muddatda —15-iyun va 15-dekabrdan kechiktirmay to‘lanadi.
VII BO‘LIM. YER SOLIG‘I
30-bob. UMUMIY QOIDALAR
96-modda. Yer solig‘i to‘lovchilar
O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i to‘lovchilardir.
97-modda. Yuridik shaxslar uchun yer solig‘i solish obyekti
Yuridik shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
2) qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
3) korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoki qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan yer uchastkalari;
4) korxonalar, binolar yoki inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi o‘tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari.
98-modda. Jismoniy shaxslar uchun yer solig‘i solish obyekti
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solinadigan obyekt hisoblanadi:
1) turar joylar etagida va jamoat yerlarida shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
3) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari;
4) xizmat yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan chek yerlar;
5) meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy, dala hovli bilan birgalikda egalik qilish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun doimiy foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
31-bob. YER SOLIG‘I STAVKALARI VA IMTIYOZLAR
99-modda. Yer solig‘i stavkalari
Yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qishloq xo‘jalik yerlarining sifati yer uchastkasi mulkdori, yer egasi yoki yerdan foydalanuvchining aybi bilan yomonlashgan (boniteti pasayib ketgan) taqdirda, yer solig‘i erning sifati yomonlashuviga qadar belgilangan stavkalar bo‘yicha undiriladi.
Shaharlar va shahar posyolkalarining ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jalik ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig‘i qishloq xo‘jalik yerlariga belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida undiriladi.
Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan yer solig‘i uch baravar miqdorida undiriladi.
100-modda. Ijaraga berilgan yer uchastkalariga soliq solishning xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i o‘rniga budjetga ijara haqi to‘laydilar.
(100-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Ijara haqi taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi, lekin bu haq qonun hujjatlarida belgilangan yer solig‘ining bir stavkasidan kam va uch stavkasidan ko‘p bo‘lmasligi, yerlardan qishloq xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda esa—bir stavkasi miqdorida bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona soliq to‘lovi to‘laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer uchastkalari uchun budjetga ijara haqi to‘lashdan ozod qilinadi.
(100-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-16-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 376-modda)
101-modda. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari
Soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar kiradi:
1) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sohil bo‘ylari, ariq tarmoqlari, qabristonlar va boshqalar);
2) jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligining, jamoa garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
3) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga molik yerlar (davlat qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar, ov qilishga mo‘ljallanganlari bundan mustasno, tabiat yodgorliklari), ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
4) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar (tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, xotira bog‘lari, sag‘analar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari egallagan yerlar);
5) suv fondi yerlari (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar, dengizlar, muzliklar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv havzalari sohilidagi suv xo‘jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan yerlar);
6) elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar, umumdavlat aloqa liniyalari va ularning inshootlari egallagan yerlar;
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, temir yo‘llarning umumiy tarmog‘i, umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten) va ularning inshootlari egallagan yerlar;
8) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnik turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish va sog‘lomlashtirish joylari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari, o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;
Oldingi tahrirga qarang.
9) magistral suv quvurlari, neft va gaz quvurlari, issiqlik trassalari, magistral kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, suv olish va tozalash inshootlari, shuningdek suv ta’minoti va kanalizatsiyaga tegishli boshqa obyektlar egallagan yerlar;
(101-moddaning birinchi qismi 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
10) samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, shu jumladan ularni erda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan yerlar;
Oldingi tahrirga qarang.
11) O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar—qurilishning normativ muddati davriga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qurilish ishlari to‘xtatib qo‘yilgan obyektlar egallagan yerlar;
(101-moddaning birinchi qismi 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
12) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
13) ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va o‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari;
14) yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar va meliorativ holatini yaxshilash ishlari olib borilayotgan sug‘oriladigan yerlar—loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin ishlar boshlanganidan e’tiboran ko‘pi bilan besh yilga;
15) zaxiradagi yerlar;
16) rekreatsion ahamiyatga molik yerlar (aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar: o‘rmon bog‘lari, bog‘lar, xiyobonlar, plyajlar va boshqalar);
17) sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash ishini tashkil etish uchun qulay tabiiy omillarga ega bo‘lgan yerlar);
18) yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida berilgan yerlar—yer uchastkalari berilgan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
19) soliq to‘lovchining balansida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan fuqarolik himoyasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar egallagan yerlar.
(101-moddaning birinchi qismi 19-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Yerlardan o‘z o‘rnida foydalanilmagan taqdirda ushbu moddada belgilangan imtiyozlar qo‘llanilmaydi.
102-modda. Yer solig‘i to‘lashdan ozod qilingan soliq to‘lovchilar
Quyidagi yuridik shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadilar:
Oldingi tahrirga qarang.
1) tijorat bilan shug‘ullanmaydigan yuridik shaxslar, yer uchastkalaridan tadbirkorlik faoliyati yo‘lida foydalanayotganlaridan tashqari;
(102-moddaning birinchi qismi 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 729-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2) madaniyat, maorif, sog‘liqni saqlash va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, bo‘ysunuvidan qat’i nazar, o‘z zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ularga ajratilgan yer uchastkalari uchun;
(102-moddaning birinchi qismi 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
3) dehqon (fermer) xo‘jaliklari—davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga;
Oldingi tahrirga qarang.
(102-modda birinchi qismining 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno;
(102-moddaning birinchi qismi 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(102-moddaning birinchi qismi 6-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(102-moddaning birinchi qismi 7-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(102-moddaning birinchi qismi 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(102-moddaning birinchi qismi 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Quyidagi jismoniy shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadilar:
1) yaylov chorvachiligining cho‘ponlari, yilqiboqarlari, mexanizatorlari, veterinar vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;
2) “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lganlar, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlar, 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari;
3) xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(102-moddaning uchinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
5) I va II guruh nogironlari;
6) yolg‘iz pensionerlar;
7) boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar;
8) konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar;
9) ko‘chirib keltirilgan fuqarolar kelib joylashgan yer uchastkalari bo‘yicha — yer uchastkalari berilgan vaqtdan e’tiboran besh yilgacha.
Oldingi tahrirga qarang.
(102-moddaning uchinchi qismi 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan imtiyozlar yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalar doirasida yer uchastkalari berilgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
32-bob. YER SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI
103-modda. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Yer solig‘i yuridik shaxslar tomonidan har yili 1-yanvargacha bo‘lgan holatga qarab mustaqil hisoblab chiqariladi va soliq bo‘yicha hisob-kitoblar yer uchastkasi joylashgan hududdagi soliq organiga joriy yilning 1-fevraligacha taqdim etiladi.
Yil davomida yuridik shaxslarda yer uchastkalariga mulk huquqi, yerga egalik qilish huquqi, yerdan foydalanish huquqi vujudga kelgan taqdirda, shuningdek ular foydalanayotgan yer maydoni kengaygan yoki yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz huquqlari to‘xtatib qo‘yilgan hollarda ular yer uchastkasi ajratilgan yoki imtiyozlar to‘xtatilgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay soliq organlariga yer solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etishlari shart.
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to‘lanadi. Yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan), haqi to‘lab qaytarib olingan, sotilgan taqdirda soliq undirish yer uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan), haqi to‘lab qaytarib olingan, sotilgan oydan e’tiboran to‘xtatiladi (kamaytiriladi).
Yuridik shaxslarga yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar belgilanganda ular bunday huquq paydo bo‘lgan oydan e’tiboran soliq to‘lamaydilar. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘lish huquqi to‘xtatilgan taqdirda ular bunday huquq to‘xtatilganidan keyingi oydan e’tiboran yer solig‘i to‘lay boshlaydilar.
Yuridik shaxslar tomonidan (qishloq xo‘jalik korxonalaridan tashqari) soliq yilning har choragida, teng ulushlarda chorakdagi ikkinchi oyning 15-kunigacha to‘lanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari yer solig‘ini bir yilda bir marta—hisobot yilining 15-dekabrigacha to‘laydilar.
104-modda. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig‘i soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladi.
Jismoniy shaxslarga yer solig‘ini to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi soliq organlari tomonidan har yili joriy yilning 1-mayidan kechikmay topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxslar yer solig‘ini teng ulushlarda ikki muddatda—15-iyun va 15-dekabrdan kechiktirmay to‘laydilar.
(104-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
VIII BO‘LIM. YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ
33-bob. UMUMIY QOIDALAR
105-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar
Oldingi tahrirga qarang.
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni O‘zbekiston Respublikasi hududida foydali qazilmalar qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar to‘laydilar.
(105-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
106-modda. Soliq solish obyektlari
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq solish obyektlari quyidagilardan iboratdir:
foydali qazilmalar (shu jumladan qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va qimmatli komponentlar) qazib olish hajmi;
texnogen hosilalarning (mineral xomashyo qazib olish va ularni qayta ishlash chiqindilarining) hajmi;
Oldingi tahrirga qarang.
(106-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
to‘plangan rangli toshlar xomashyosi, paleontologiya qoldiqlari va boshqa geologik kolleksiya materiallari namunalarining hisobga olingan qiymati.
(106-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)
34-bob. YER OSTIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ STAVKALARI, BUNDAY SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI HAMDA IMTIYOZLAR
107-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
108-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar
Keng tarqalgan foydali qazilmalar qazib olishni o‘zlariga berilgan yer uchastkalari doirasida xo‘jalik va maishiy ehtiyojlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirayotgan yer egalari hamda yerdan foydalanuvchilar yer ostidan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadi.
(108-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-74-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 51-52-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
109-modda. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari shaxslar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga o‘sib boruvchi yakun bo‘yicha, soliq to‘lash uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
(109-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-16-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etadi.
(109-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-16-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 376-modda)
Yuridik shaxslar yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni:
foydali qazilmalar qazib olganlik uchun va texnogen hosilalardan foydalanganlik uchun — har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning yigirmanchi kunigacha;
qolgan hollarda — yilning har choragida, yil choraklari bo‘yicha va yillik hisobotlarni topshirish muddatlarida to‘laydilar.
Jismoniy shaxslar yer ostidan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta, keyingi yilning 20-yanvaridan kechiktirmay to‘laydilar.
(109-moddasining matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-17-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — 2005-y., 52-son, 383-modda)
X BO‘LIM. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ
37-bob. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
116-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar
O‘z faoliyatida suvdan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilardir.
(116-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
117-modda. Soliq solish obyekti
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslarining jami hajmi soliq solish obyekti hisoblanadi.
(117-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
38-bob. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQ STAVKALARI VA IMTIYOZLAR
118-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
119-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha imtiyozlar
Quyidagi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadilar:
tijorat bilan shug‘ullanmaydigan yuridik shaxslar, tadbirkorlik faoliyati uchun suv resurslaridan foydalanuvchilar bundan mustasno;
yer osti ma’danli suvlaridan davolash maqsadida foydalanuvchi sog‘liqni saqlash muassasalari, ular ma’danli suvdan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalangan hollar bundan mustasno;
farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va suvdan dori vositalari tayyorlash uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar;
atrof muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida yer osti suvlarini chiqazib olayotgan yuridik shaxslar—ana shu yer osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno;
suv uchun budjetga haq o‘tkazgan yuridik shaxslardan suv olgan iste’molchilar;
foydali qazilmalar qazib olish va shaxtadan suvlarni qochirish vaqtida yer osti suvlarini chiqazib olgan yuridik shaxslar—ana shu yer osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnika ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv hajmlari bundan mustasno;
gidroelektrostansiyalar — agregatlarni ishlatishda suvdan foydalanganlik uchun;
birlamchi tarzda foydalanganlik uchun haqi to‘langan suvdan ikkilamchi tarzda foydalanuvchi yuridik shaxslar;
asosiy faoliyat turi bo‘yicha qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchi yuridik shaxslar—sho‘rlangan yerlarni yuvish maqsadida suvdan foydalanganlik uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno;
(119-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(119-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(119-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
39-bob. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UChUN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh TARTIBI VA TO‘LASh MUDDATLARI
120-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslar mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga o‘sib boruvchi yakun bo‘yicha, soliq to‘lash uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadilar.
(120-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-16-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar (qishloq xo‘jaligi korxonalari bundan mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha taqdim etadi.
(120-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi O‘RQ-16-sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 51-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasini hisoblab chiqaradilar va soliq to‘lash uchun belgilangan muddatda soliq organlariga soliq summasi bo‘yicha hisob-kitob taqdim etadilar.
(120-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
121-modda. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Yil choragi davomida suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘laydigan solig‘ining umumiy summasi eng kam ish haqining ellik baravaridan kam bo‘lgan korxonalar soliqni yilning har choragida bir marta, yil choraklari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda to‘laydilar.
(121-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan korxonalar (qishloq xo‘jaligi korxonalaridan tashqari) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni amalda olingan suv hajmidan kelib chiqib, har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar to‘laydilar.
(121-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Qishloq xo‘jalik korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni bir yilda bir marta—joriy yilning 15-dekabriga qadar to‘laydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni yilning har choragida, yilning hisobot choragidan keyingi oyning 15-kuniga qadar to‘laydilar.
(121-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
XI BO‘LIM. SOLIQ IShINI YURITISh
40-bob. UMUMIY QOIDALAR
122-modda. Soliq sohasidagi muddatni belgilash
Soliq haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar kalendar sana yoki yillar, yil choraklari, oylar, o‘n kunliklar va kunlar bilan hisoblanadigan davr o‘tishi bilan belgilanadi.
Soliq sohasidagi muddat kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyin keladigan kundan o‘ta boshlaydi.
Soliqqa doir harakat muddatning so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtgacha amalga oshirilishi mumkin. Biroq, agar bu harakat tashkilotda amalga oshirilishi lozim bo‘lsa, muddat ushbu tashkilotda belgilangan qoidalarga ko‘ra tegishli operatsiyalar to‘xtatiladigan soatda tugaydi.
Moliyaviy hisobotlar, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalar, yozma arizalar va xabarnomalar aloqa tashkilotlariga muddatning so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtgacha topshirilgan bo‘lsa, o‘z vaqtida topshirilgan hisoblanadi. Bunday holda aloqa korxonasi shtempelida aks etgan sana soliq to‘lash bilan bog‘liq harakat bajarilgan vaqt deb hisoblanadi.
Agar muddatning so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
123-modda. Moliya yili
Kalendar yil moliya yilidir.
124-modda. Da’vo qilish muddati
Soliq to‘lovchining huquqlarini himoya qilish, ortiqcha to‘langan soliqlar, yig‘imlar va jarimalar summasini budjetdan qaytarib olish uchun da’vo qilish muddati fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Soliqlar, yig‘imlar va jarimalarni budjetga to‘lash va undirishga doir e’tirozlarni taqdim etish uchun da’vo qilish muddati quyidagicha belgilanadi:
daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyalar to‘ldirgan, moliyaviy hisobotlarni taqdim etgan soliq to‘lovchilarga nisbatan—uch yil;
soliq summasi 20 foizdan ko‘proq kamaytirib ko‘rsatilganligi (yashirilganligi) aniqlanganda—besh yil.
Da’vo qilish muddatining o‘tishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq to‘xtatib turiladi, tugatiladi va tiklanadi.
125-modda. Ma’lumotlarning maxfiyligi
Soliq to‘lovchi haqidagi ma’lumotlar faqat soliq to‘lovchining o‘ziga yoki uning vakillariga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda soliq organiga taqdim etiladi.
Soliq to‘lovchi haqidagi ma’lumotlar sudning, prokuraturaning, tergov va surishtiruv organlarining yuritishida bo‘lgan ishlar munosabati bilan ularning talablariga muvofiq ham taqdim etiladi.
Soliq organining mansabdor shaxsi, shuningdek boshqa shaxslar o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan soliq to‘lovchi haqida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor etishlari, shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan yoki ular xizmatdan bo‘shatilganidan keyin ham oshkor etishlari taqiqlanadi.
Xizmat burchiga ko‘ra soliq to‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar ma’lumotlarning maxfiyligini oshkor etganliklari uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
126-modda. Identifikatsiya raqami
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan tijorat tashkilotlari va jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda ularga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda identifikatsiya raqami beriladi.
Davlat ro‘yxatiga olingan notijorat tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida soliq organlariga identifikatsiya raqami olish uchun murojaat qiladi.
Norezidentlar (shu jumladan tegishli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan norezidentlar) O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat boshlaganidan e’tiboran o‘n kun ichida soliq organlariga hisobga turish va identifikatsiya raqami olish uchun murojaat qiladi.
(126-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni bilan birinchi—uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Boshqa soliq to‘lovchilar—jismoniy shaxslar bo‘yicha identifikatsiya raqamlarini rasmiylashtirish soliq organlari tomonidan xonadonlarni aylanib chiqish paytida amalga oshiriladi.
Soliq organi har bir soliq to‘lovchiga identifikatsiya raqami beradi.
Soliq to‘lovchi ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladigan barcha hujjatlarda o‘zining soliq to‘lovchi tariqasidagi identifikatsiya raqamini ko‘rsatishi shart. Soliq organi soliq to‘lovchiga yuboradigan uning soliq majburiyatlariga taalluqli barcha xabarnomalarida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ko‘rsatadi.
(126-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
127-modda. Soliqlar va yig‘imlar summasini hisoblab chiqarish
Soliq organi soliqlar va yig‘imlar summasini soliq to‘lovchining hisob-kitoblari va daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyasida ko‘rsatilgan miqdorda, shuningdek tegishli davlat organlari taqdim etadigan ma’lumotlar asosida hisoblab chiqaradi. Agar soliq organi bu summa noto‘g‘ri belgilangan deb topsa, u hisoblab chiqarilgan summani qayta ko‘rib chiqishga va soliq to‘lovchiga tegishli xabarnoma topshirishga haqlidir.
Agar soliq to‘lovchi daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etmagan yoki ularning summasini ko‘rsatmagan bo‘lsa, soliq organi o‘zidagi mavjud ma’lumotlar asosida soliqlar va yig‘imlar summasini hisoblab chiqarishga va soliq to‘lovchiga xabarnoma topshirishga haqlidir.
Soliq organi da’vo qilish muddati ichida soliqlar va yig‘imlar summasini hisoblab chiqarishga hamda ilgari hisoblab chiqarilgan summani qayta ko‘rib chiqishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
1271-modda. O‘zaro aloqador yuridik shaxslarga soliq solish maqsadida narxlarga o‘zgartish kiritish
Agar o‘zaro aloqador yuridik shaxslar o‘zlarining tijorat va moliyaviy munosabatlarida o‘zaro aloqador bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘rtasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qo‘llasalar, o‘zaro aloqador bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘rtasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan narxlardan soliq organlari soliq solish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin.
O‘zaro aloqador yuridik shaxslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar quyidagilardan iborat:
unitar (sho‘ba) korxonalar va ularni ta’sis etgan yuridik shaxslar;
birgina yuridik shaxs tomonidan ta’sis etilgan yuridik shaxslar;
birgina jismoniy shaxs tomonidan yoki o‘zaro qarindosh yoxud qayin-bo‘yin va quda-anda jismoniy shaxslar tomonidan ta’sis etilgan yuridik shaxslar.
Er (xotin), uning to‘g‘ri va yon shajara bo‘yicha qarindoshlari, opa-singillari, aka-ukalari va ularning bolalari, nevaralari, chevaralari hamda evaralari, xotinning (erning) ota-onasi, opa-singillari va aka-ukalari ushbu modda maqsadiga ko‘ra o‘zaro qarindosh yoki qayin-bo‘yin va quda-anda jismoniy shaxslar hisoblanadi.
(1271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
128-modda. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash yuridik shaxslar tomonidan naqd pulsiz tartibda tegishli summani budjet tasnifining tegishli bo‘limi va paragrafiga o‘tkazish yo‘li bilan, jismoniy shaxslar tomonidan esa, naqd pul bilan va pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Naqd pulsiz tartibda mablag‘ to‘lovchining hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan kun, naqd pul to‘lashda esa—amalda to‘langan kun soliqlar va yig‘imlar to‘langan sana hisoblanadi.
129-modda. Soliqlar va yig‘imlar summalarini qaytarish
Soliq to‘lovchi soliqlar va yig‘imlarni ortiqcha summada to‘lagan taqdirda, agar uning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzi bo‘lmasa, bu summalar soliq to‘lovchiga uning yozma arizasiga ko‘ra o‘ttiz kun ichida qaytarib beriladi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda to‘langan soliqlar va yig‘imlar summalari mazkur tovarlarni respublikadan olib chiqib ketishda bojxona haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq qaytariladi.
Soliqlar va yig‘imlar budjetga quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
asosiy summa;
hisoblab chiqarilgan penya;
jarimalar.
130-modda. Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish
Soliq organi qonun hujjatlariga muvofiq sud qarori bilan undiruvni, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, soliqlar va yig‘imlar to‘lamagan soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratadi.
Bojxona organi soliq organining qarori asosida budjet oldida qarzi bo‘lgan soliq to‘lovchining eksport va import qilayotgan tovarlarini soliq organining da’vosini ta’minlash tartibida sud qarori chiqarilgunga qadar to‘xtatib turadi.
41-bob. YAKUNLOVChI QOIDALAR
131-modda. Soliq munosabatlarida nizolarni qarab chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq munosabatlaridagi nizolar tegishli yuqori turuvchi organlar yoki sud tomonidan ko‘riladi.
(131-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 271-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 182-modda)
132-modda. Soliq munosabatlari subyektlarining javobgarligi
Soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun soliq to‘lovchilarga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi, jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari esa, shuningdek ma’muriy, fuqarolik-huquqiy va jinoiy javobgarlikka ham tortiladilar.
Soliq to‘lovchini javobgarlikka tortish uni soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.
133-modda. Soliq to‘lovchini javobgarlikdan ozod qilish
Agar soliqlar va yig‘imlarning biron turi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar boshqa tur bo‘yicha boqimandaning o‘rnini qoplasa, soliq to‘lovchi soliqlar va yig‘imlarni to‘lamaganlik yoxud to‘liq to‘lamaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.
Soliq to‘lovchi soliq organi hujjatlar (hisobvaraqlar) asosida tekshiruv o‘tkazguniga qadar mustaqil ravishda o‘z xatolarini tuzatsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi, penya to‘lash bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha shubhali, ziddiyatli qoidalar va noaniqliklar soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.
(133-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
134-modda. Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha boqimandalarni undirish
Jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha boqimandalarni hamda to‘lanmagan jarimalarni undirish sudning qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslardan soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha boqimandalarni, shuningdek moliyaviy jazo choralarining summalari va penya summalarini undirish soliq organlari tomonidan bahssiz ravishda amalga oshiriladi. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lmagan va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘lashni rad etgan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarishni istisno etgan holda, sud tartibida amalga oshiriladi.
(134-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektining sudga da’vo arizasi berishi tekshiruvlar dalolatnomasi bo‘yicha chiqarilgan, shikoyatga sabab bo‘lgan qarorning hisoblab chiqarilgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasiga doir qismining ijrosini to‘xtatib qo‘yadi.
(134-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
135-modda. Moliyaviy jazo choralari
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun soliq to‘lovchiga nisbatan quyidagi miqdorlarda moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi:
1) yuridik shaxslarning (shu jumladan norezidentlarning, bundan rezident tijorat tashkilotlari mustasno) soliq organida hisobga olinishdan bo‘yin tovlashi:
agar faoliyat o‘ttiz kungacha amalga oshirilgan bo‘lsa — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
agar faoliyat o‘ttiz kundan ortiq amalga oshirilayotgan bo‘lsa — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga olib keladi;
2) qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollarni istisno etganda, kirim qilinmagan tovarlar saqlangan yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) taqdirda, soliq to‘lovchidan kirim qilinmagan tovar qiymati yoxud yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) tushum summasi undiriladi;
3) ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan deklaratsiya, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaganlik, o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun soliq to‘lovchidan to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun tegishli summaning bir foizi miqdorida, biroq tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblab chiqarilgan to‘lovlar chegirib tashlangan holda belgilangan to‘lov muddatiga tegishli to‘lov summasining o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima undiriladi;
4) buxgalteriya hisobining yo‘qligi yoki uni belgilangan tartibni hisoblab chiqarilishi lozim bo‘lgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlab bo‘lmaydigan darajada buzib yuritganlik uchun soliq to‘lovchi yuridik shaxsdan aylanma summaning bir foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima undiriladi. Bunda soliq to‘lovchi yuridik shaxs buxgalteriya hisobini qayta tiklash majburiyatidan ozod qilinmaydi;
5) faoliyat turlari bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun soliq to‘lovchidan ularni amalga oshirganlik munosabati bilan to‘langan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlangan holda, ana shu faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan butun daromad (foyda) undiriladi;
6) soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya hisoblab chiqariladi, to‘lov kuni ham shunga kiradi. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha to‘langan summalarga teng bo‘lgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Penya miqdori tadbirkorlik subyektining tegishli soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlari summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Penya to‘lash tadbirkorlik subyektini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi;
7) hisobvaraq-fakturalarni:
belgilangan tartibni soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushmasligiga olib kelgan darajada buzib rasmiylashtirganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilardan kelib tushmagan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasiga hisoblab chiqarilgan penya undiriladi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotganda hisobvaraq-fakturada qo‘shilgan qiymat solig‘ini aks ettirgan holda rasmiylashtirganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilardan noqonuniy ko‘rsatilgan soliq summasi va ushbu summaning yigirma foizi miqdorida jarima undiriladi. Bunda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha budjet bilan qayta hisob-kitob qilmaydilar va ularga nisbatan jarima jazolari qo‘llanilmaydi;
8) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq o‘lchamdagi yer maydonlaridan foydalanganlik uchun quyidagi miqdorda jarima undiriladi: yuridik shaxslardan yer solig‘iga teng summaning ikki baravari miqdorida, jismoniy shaxslardan esa bir yarim baravari miqdorida;
9) nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek xaridorga kvitansiya yozib berish, talon yoki unga tenglashtirilgan boshqa cheklarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik uchun — soliq to‘lovchidan eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda, o‘sha qilmishlar jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda esa eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undiriladi;
10) nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, fiskal xotirasining xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik uchun — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, o‘sha qilmishlar takroran sodir etilgan taqdirda esa eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima undiriladi.
(135-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Soliq to‘lovchi soliq haqidagi qonun hujjatlarini bir necha marta buzgan taqdirda har bir qonunbuzarlikka nisbatan alohida moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi.
Agar soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun moliyaviy jazoga tortilgan shaxs jazoni ijro etish tugagan kundan e’tiboran bir yil mobaynida soliq bo‘yicha takroran qoidabuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, u jazoga tortilmagan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdordagi qo‘shimcha hisoblab chiqarilgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda qo‘llanilgan moliyaviy jazo choralarini undirish tadbirkorlik subyektiga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
(135-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, 9-son, 241-modda; 1998-yil, 3-son, 38-modda, 5-6-son, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-yil, 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-yil, 5-6-son, 153-modda; 2001-yil, 1-2-son, 23-modda, 5-son, 89-modda, 9-10-son, 182-modda; 2002-yil, 1-son, 20-modda, 4-5-son, 74-modda, 9-son, 165-modda; 2003-yil, 1-son, 8-modda, 5-son, 67-modda, 9-10-son, 149-modda; 2004-yil, 1-2-son, 18-modda, 5-son, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 37-son, 407-modda, 51-con, 514-modda, 2005-y., 21-son, 148-modda, 37-38-son, 278-modda, 279-modda, 280-modda; 39-son, 293-modda; 51-son, 376-modda; 52-son, 383-modda; 2006-y., 25-26-son, 225-modda; 224-modda; 41-son, 405-modda; 51-52-son, 502-modda; 2007-y., 1-2-son, 1-modda; 29-30-son, 294-modda; 297-modda; 37-38-son, 377-modda; 380-modda)