O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-sentabrdagi PF-5817-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-sentabrdagi PF-5817-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash shartlari va tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi qo‘llanilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga doir qoidalari Agentlik xodimlariga nisbatan ham tatbiq etiladi hamda Agentlik tashkil etilgan sanadan e’tiboran qo‘llaniladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-dekabr,
1015-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek uning rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Agentlik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) bo‘ysunadi.
3. Agentlik Qo‘mitaning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.
Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish, unga umumiy rahbarlik qilish va uni nazorat qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va Agentlik xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etish Qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi.
4. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Qo‘mitaning qarorlariga amal qiladi.
5. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Agentlik o‘z faoliyatini Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari orqali, shuningdek, davlat organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan vakillik qiladi.
7. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobraqamlariga egadir.
8. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi, qisqartirilgan nomi — Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Agentstvo po zashite prav potrebiteley pri Antimonopolnom komitete Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Agentstvo po zashite prav potrebiteley.
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Consumer Protection Agency under the Antimonopoly Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Consumer Protection Agency;
9. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3.
2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;
iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;
aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;
iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;
tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining dinamikasi va shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
11. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash sohasida:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida vakolatli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
vazirliklar va idoralar ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solishni yanada takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
qonun hujjatlarining iste’molchilarga ta’sirini baholaydi, davlat organlarining iste’molchilarning huquq va manfaatlarini buzadigan qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishi borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;
b) iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash sohasida:
iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yetkazilishini ta’minlaydi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risida, tovarlarning inson sog‘lig‘iga ta’siri va boshqalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi tizimni o‘z ichiga olgan elektron platforma yaratadi va yuritadi;
inson hayoti, salomatligi, mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlar, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchisi (ijrochisi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazib boradi;
v) aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
aholining iste’mol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek, aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;
Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Sifat kuni” marafoni tadbirini tashkil qiladi;
iste’molchilar uchun odatdagi hayotiy vaziyatlarni hal qilish, iste’molchilar o‘rtasida nizolarni sudgacha hal etish imkoniyatlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bazasini, shuningdek, qo‘shimcha huquqiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan tizimni (elektron platforma, onlayn forum) o‘z ichiga olgan yagona onlayn platforma hamda bepul maslahatlar portalini yaratadi va yuritadi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
televideniye va radiokanallarda, davriy nashrlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarni hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, iste’mol madaniyati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish an’analarini keng targ‘ib qilish va tizimli ravishda yoritib borilishini ta’minlaydigan maxsus dasturlar (ruknlar) tashkil qiladi;
iste’molchilar huquqlari va aholining iste’mol madaniyatini shakllantirish masalalarini tizimli va tahliliy yoritishga bag‘ishlangan teledasturlar chiqishini kengaytiradi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy masalalari bo‘yicha kundalik hayotda ko‘p uchraydigan savol va javoblar ko‘rinishidagi maxsus qo‘llanmalar (broshyuralar) tayyorlaydi va ularni aholi o‘rtasida, birinchi navbatda umumiy ta’lim maktablarida bepul tarqatilishini tashkil qiladi;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va iste’molchilik huquqi asoslarini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etadi;
g) iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish sohasida:
iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari bo‘yicha ogohlantiradi;
iste’molchilar qabulini tashkil qiladi, murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi;
iste’molchilarning nomuayyan doirasi yuzasidan ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, iste’molchining huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;
ayrim iste’molchilar, ularning guruhi va iste’molchilarning nomuayyan doiralari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud amaliyotini tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
iste’molchilar huquqlarini sudgacha himoya qilishning xorijiy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish orqali nizolarni sudgacha hal qilish uchun onlayn xizmatlar yaratadi va ularning tizimli ishlashi bo‘yicha takliflar kiritadi;
iste’molchilar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq huquqni qo‘llash amaliyoti, suddan tashqari va sudgacha hal qilingan iste’molchilar ishtirokidagi nizolarni hal qilishning qo‘llaniladigan mexanizmlarini tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
d) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish yuzasidan hamkorlik qilish sohasida:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi;
inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni aniqlashda ishtirok etadi;
chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qiladi;
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, huquqbuzarlikni keltirib chiqaradigan sabablarni va sharoitlarni aniqlaydi va o‘rganadi, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi va nazorat qiluvchi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va jamoat organlari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni olib boradi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilotlarda tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar o‘tkazadi;
o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
retsept bilan beriladigan dori vositalari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;
(11-band “d” kichik bandining o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
elektron tijorat va ular bilan bog‘liq hisob-kitoblardagi operatsiyalar xavfsizligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlaydi;
e) iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish yo‘nalishida:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va belgilangan tartibda e’lon qiladi;
davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qilishni ta’minlaydi;
tadbirkorlik subyektlari bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etishga ishontirish maqsadida profilaktika suhbatlarini o‘tkazadi;
tadbirkorlik subyektlariga huquqbuzarlikni davom etishiga ular tomondan yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish orqali rasmiy ogohlantirish beradi, shuningdek, huquqbuzarlikka moyilligi bor tadbirkorlik subyektini, huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun javobgarligi to‘g‘risida ogohlantiradi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini tartibga solishda ilg‘or xalqaro amaliyotni tahlil qilgan holda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimining institutsional, tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazishni tashkil qiladi;
yo) tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish sohasida:
tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini oshirishni takomillashtirishda ishtirok etadi;
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Tashabbus” ko‘rik-tanlovi doirasida “Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasida nomzodlarni tanlash jarayonida ishtirok etadi;
qonunda belgilangan tartibda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
reklama sohasida xorijiy davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi;
davriy nashrlar, kitoblar, hujjatli materiallarning televizion va radio dasturlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish va joylashtirish uchun materiallarning bepul nusxalarini oladi;
reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
reklama loyihalarining (video, audio va boshqa materiallar) reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar beradi;
reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda reklama beruvchidan, reklama ishlab chiqaruvchidan va tarqatuvchidan zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa ma’lumotlarni so‘rab oladi;
reklama beruvchiga, reklama ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchiga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilganligi yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma yuboradi;
seminar, ko‘rgazma, konferensiya, shuningdek, ko‘plab tadbirlar, taqdimotlar va reklama tadbirlarini birlashtirgan holda, O‘zbekistonda marketing va reklama sohasida tadbirlar o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band “yo” kichik bandining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106)
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish chizmasi va unga kiritiladigan o‘zgartirishlarni oldindan kelishib beradi;
(11-band “yo” kichik bandining o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106)
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, madaniy, tarixiy va diniy obyektlar joylashgan joylardagi “reklamadan holi zonalar”ni aniqlashda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
reklama joyining pasporti mavjud bo‘lmagan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) demontaj qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(11-bandning “yo” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106)
j) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sohasida:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari, biznes vakillari va ilmiy muassasalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida jamoatchilik nazorati faoliyatining muhimligini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bo‘yicha ko‘ngillilar harakatini tashkil etadi hamda ularning samaradorligini oshiradi va faoliyatini kengaytiradi;
z) iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining dinamikasi va narxi shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish bo‘yicha:
iste’mol bozorini, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini o‘zgarishi va ularga narxlarni shakllantirish tartibini tahlil qiladi;
ichki iste’mol bozorlarida narxlarni barqarorlashtirish yuzasidan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustamalariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilishda ishtirok etadi;
bozorlarda import tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganishda, import o‘rnini bosish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ko‘maklashadi;
i) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish sohasida:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vakolatli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatadi hamda har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshiradi;
MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
12. Agentlik o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
2) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
3) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
4) davlat organlari va mansabdor shaxslardan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotlarni, shu jumladan statistik ma’lumotlarni so‘rash va bepul olish;
5) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, Qo‘mitaga, davlat boshqaruvi organlariga, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
6) Agentlik vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik va o‘zaro aloqalarni amalga oshirish;
7) sudlarga da’vo arizalari kiritish, o‘zining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar buzilishi bilan bog‘liq ishlar ko‘rib chiqilishi bo‘yicha sud jarayonlarida ishtirok etish;
8) iste’molchilar nomuayyan doiralarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab da’vo arizalari kiritish;
9) o‘z vakolatlariga kiradigan masalalar doirasida qonun buzilishi bilan bog‘liq jinoyat alomatlari aniqlanganda, materiallarni belgilangan tartibda tegishli organlarga yuborish;
10) Agentlikning belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini amalga oshirishi, shuningdek, o‘rganish o‘tkazishi davomida huquqni buzish belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi yetarlicha ma’lumotlar bevosita aniqlanganda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan tushgan axborot, jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, ommaviy axborot vositalaridagi huquq buzilishi belgilari mavjudligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan xabarlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atish va (yoki) ko‘rib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
101) inson salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki uchun xavfliligi va sifatsizligi aniqlangan tovarlarni ishlab chiqarish, respublika hududiga import qilish, realizatsiya qilishni to‘xtatish, muomaladan chiqarish va iste’molchilardan majburiy ravishda qaytarib olish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga ko‘rsatmalar kiritish.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-dekabrdagi 716-sonli qaroriga asosan 101 kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2022-y., 09/22/716/1106)
11) o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslar va fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi materiallarni ma’muriy sudlarga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
12) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, retsept bilan beriladigan dori vositalari hamda boshqa mahsulotlar (ish, xizmatlarga) narxlarini shakllantirish tartiblari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish;
(12-bandning 12-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
13) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, axborot bermaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berganlik, Agentlik ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jarimalar (moliyaviy sanksiyalar) qo‘llash to‘g‘risida sudlarga da’vo arizalari kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
14) xo‘jalik yurituvchi subyektning arizasi bo‘yicha, agar mablag‘larni olib qo‘yish va jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ijro etish xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lovga qobiliyatsizligiga olib kelishi mumkin bo‘lsa, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, tartibga solinadigan narxlarni (tariflarni) shakllantirish va qo‘llash tartiblari buzilganligi uchun undirilishi kerak bo‘lgan summani bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish;
(12-bandi 14 kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
15) belgilangan tartibda Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish;
16) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
17) kovorking markazlari va “Iste’molchi qabulxonasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
18) sinov laboratoriyalari tashkil etish hamda ularni zamonaviy uskunalari bilan jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb etish;
19) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vakolatli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatish;
20) malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodim va maslahatchi sifatida jalb qilish, ularga, istisno tariqasida, Qo‘mitaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ish haqi va boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilash yuzasidan Qo‘mitaga taklif kiritish;
21) chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini o‘tkazish, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi yuzasidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qilish;
22) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar o‘tkazish;
23) o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritish;
24) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlari aniqlanganda materiallarni tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning (ruxsat beruvchi hujjatlarning) amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish (bekor qilish) to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun vakolatli organlar va tashkilotlarga yuborish;
25) davriy bosma nashrlar, kitob mahsulotlari nazorat nusxalari, tele- va radiodasturlar efirlarida joylashtirilgan hujjatli materiallar, reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatishga oid materiallarni bepul olish.
Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13. Agentlikka iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlik markaziy apparati va Qo‘mitaning hududiy boshqarmalarida tuziladigan maxsus komissiyalarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.
14. Agentlik:
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishi;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida hamda samarali bajarilishi;
Agentlik tarkibiy bo‘linmalarining Agentlik faoliyati bilan bog‘liq reja ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha ishlarining tashkil etilishi;
Agentlik tomonidan Qo‘mitaga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik qabul qiladigan buyruqlarning sifatli tayyorlanishi va ekspertizadan o‘tkazilishi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, ishlar rejasi, tadbirlar, “yo‘l xarita”lari va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
4-bob. Agentlik rahbariyatining asosiy funksional vazifalari
15. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi holatini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
4) Agentlik, shuningdek, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari faoliyati bilan bog‘liq reja ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishishni ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Qo‘mita raisining topshiriqlarini bajarish;
7) o‘z o‘rinbosari va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini hamda shaxsiy mas’uliyati darajalarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
8) Agentlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Agentlik va o‘z o‘rinbosarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, shuningdek, “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkil etish, monitoring olib borishning amaliy tizimini yaratish, Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish hamda Qo‘mita hududiy boshqarmalarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
10) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlari talablariga muvofiq iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularning Qo‘mita va Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlab chiqilishida, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati huzurida himoya qilinishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
11) Agentlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
12) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining Namunaviy reglamentiga muvofiq Agentlikning qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatini tashkil etish;
13) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Agentlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni puxta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining va Vazirlar Mahkamasining reglamentlarida belgilangan muddatlarda ularni kelishilishi (viza qo‘yilishi) uchun Qo‘mitaga o‘z vaqtida kiritish;
14) Agentlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
15) o‘z o‘rinbosari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, Qo‘mita Hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
16) Agentlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish;
17) Agentlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Qo‘mita va Agentlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;
18) Agentlik xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
19) “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
20) Agentlik va Qo‘mita hududiy boshqarmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
21) aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
22) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
23) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Agentlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
24) davlat organlarida, sudlarda va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Agentlik nomidan ishtirok etish;
25) Qo‘mita hay’ati majlislarida ishtirok etish;
26) zaruriyat bo‘lganda Agentlik tashkiliy tuzilmaciga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, hududiy boshqarmalarning tashkiliy tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan Qo‘mitaga taklif berish;
27) Agentlik markaziy apparatining shtatlar jadvalini, xarajatlar smetasini va tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
28) Agentlik markaziy apparati xodimlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
29) Qo‘mita hududiy boshqarmalarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish yuzasidan Qo‘mita raisiga taqdimnoma kiritish;
30) Qo‘mita hududiy boshqarmalarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasiga xodimlar nomzodlarini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda kelishish;
31) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha Agentlik, Qo‘mita hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqarish va ko‘rsatmalar berish, shuningdek, ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
32) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasidagi xodimlarni va mutaxassislarni ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar tayyorlash va mukofotlashga tavsiyalar berish;
33) budjet mablag‘lari, budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va Agentlik tizimining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
34) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
16. Quyidagilar Agentlik direktori o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
2) Agentlik direktori vaqtincha bo‘lmaganda uning vazifalarini bajarish;
3) Agentlikning o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ular xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
4) Agentlik faoliyatining o‘zi mutasaddilik qiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlikning faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
5) o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan reja ko‘rsatkichlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
6) o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
7) o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
8) Qo‘mita hay’ati qarorlari, Qo‘mita raisining Agentlik faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Agentlik direktori buyruqlari va topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9) o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish;
10) o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;
11) o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish;
12) huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
13) “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
14) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
15) davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
5-bob. Agentlik rahbarlarining javobgarligi
17. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
Agentlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
o‘zining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaxsan javob beradi.
18. Agentlik direktorining o‘rinbosari:
Agentlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning o‘zi mutasaddilik qiladigan tarkibiy bo‘linmalarda bajarilishi;
Agentlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha o‘zi nazorat qiladigan masalalar yuzasidan;
o‘zining funksional majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shaxsan javob beradi.
6-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Agentlikning tuzilmasi
19. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tizimiga Agentlik markaziy apparati kiradi.
Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy tuzilmalari sifatida Qo‘mita hududiy boshqarmalarining tashkiliy tuzilmasidagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari faoliyat yuritadi.
2-§. Agentlik rahbariyati
20. Agentlikka Qo‘mita raisining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
21. Direktor Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
22. Direktor bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlari direktorning o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
23. Direktor lavozimi bo‘yicha Qo‘mita hay’ati tarkibiga kiritiladi.
24. Agentlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari hamda texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
25. Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari boshlig‘ining o‘rinbosari — Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi boshliqlari Agentlik direktorining taqdimnomasi bo‘yicha Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
26. Qo‘mita hududiy boshqarmalarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi xodimlari Agentlik direktori bilan kelishilgan holda tegishli hududiy boshqarmaning boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
3-§. Agentlikning Qo‘mita markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi
27. Agentlikning Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorligi direktor va uning o‘rinbosari tomonidan ta’minlanadi.
28. Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari bilan o‘zaro hamkorlikda:
topshiriqlarni Qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Agentlikka yuklatilgan vazifalar doirasida Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, natijalarini umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistik ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil qiladi;
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ko‘radi;
Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalaridan kelib tushgan takliflarni, shu jumladan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama sohasini tartibga solish yuzasidan qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ularning ishtirokini tashkil etadi.
29. Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Agentlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
faoliyatning belgilangan sohasida qonun hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida Agentlik markaziy apparatiga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etadi.
30. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hamda Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalarining o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
4-§. Agentlikning boshqa davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
31. Agentlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
32. Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruvi organlarining hududiy organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
5-§. Agentlikning maslahat va ekspert organlari
33. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama sohasini tartibga solishning eng muhim masalalari bo‘yicha muammolarni ilmiy tahlil qilish, tavsiyalarni ko‘rib chiqish va ishlab chiqish uchun Agentlikda yuqori malakali xodimlar, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining vakillari, sohadagi yetakchi olim va mutaxassislardan iborat ekspert kengashi tashkil etiladi.
Ekspert kengashi nizomi va uning shaxsiy tarkibi Direktorning taqdimnomasiga binoan Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
34. Agentlikda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tuzilishi mumkin.
Agentlik huzurida tuziladigan kengash, maslahat va ekspert organlari tarkibi va ular to‘g‘risidagi nizomlar Direktor tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlanadigan hollar bundan mustasno.
7-bob. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
35. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.
36. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
37. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
38. Qo‘mita hududiy boshqarmalarining Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmasi xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga ko‘ra ularni rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazoga tortish yuzasidan Agentlik tomonidan Qo‘mitaga taklif kiritiladi.
8-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
39. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
40. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat bo‘ladi.
41. Agentlik xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan uzoq muddatli xizmati uchun quyidagi miqdorda har oyda ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda, lavozim maoshiga nisbatan foiz hisobida):

Ish staji bo‘yicha guruhlanishi

Ish staji uchun ustama miqdori

2 yildan 5 yilgacha

10 foiz

5 yildan 10 yilgacha

20 foiz

10 yildan 15 yilgacha

30 foiz

15 yildan 20 yilgacha

40 foiz

20 yildan 25 yilgacha

50 foiz

25 yildan yuqori

60 foiz

Uzoq muddat xizmati uchun to‘lanadigan ustama olish huquqini beruvchi ish staji Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
42. Agentlik xodimlari uchun avvalgi ish joyida berilgan harbiy va maxsus unvonlar uchun qo‘shimcha to‘lov va ustamalar saqlab qolinadi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
9-bob. Agentlikning hisobot berishi
43. Agentlik Qo‘mitaga hamda Qo‘mita bilan kelishgan holda har yili O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga Agentlikning faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot beradi.
44. Qo‘mita raisi Agentlik rahbarlarining ularga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi bo‘yicha faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi, Agentlik faoliyati samaradorligiga xolisona baho beradi.
Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Agentlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha javobgarlikka tortiladi.
10-bob. Yakunlovchi qoida
45. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 28-noyabrdagi 414-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 73-modda):
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisidan “iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan solinadigan hamda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladigan jarimalarning 50 foizi, shuningdek” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan iste’molchilarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va xizmat ko‘rsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilganlik uchun jarima solishiga ruxsat berilsin”;
v) 6-bandning birinchi xatboshidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘llash tartibini tasdiqlash haqida” 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qaroriga” so‘zlari chiqarib tashlansin;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Jamg‘arma xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston Respublikasining ham rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik hayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-avgustdagi 702-son qarorining 1-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmalari” so‘zlari “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) yer uchastkalarida va davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlarda joylashtirish huquqini elektron auksion natijalari asosida sotishdan tushgan mablag‘larning 60 foizi tumanlar (shaharlar) budjetiga yo‘naltiriladi”;
oltinchi xatboshidagi “undirish tartibi” so‘zlari “ular miqdorini aniqlash tartibi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “yig‘imlarning 90 foizi” so‘zlari “oylik yig‘imlarning 45 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki bo‘lgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish natijasida tushadigan yig‘im summasining 40 foizi va tashqi reklamani joylashtirish huquqini berish uchun oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi”;
sakkizinchi xatboshi to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “yettinchi xatboshida” so‘zlari “beshinchi va yettinchi xatboshilarida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-maydagi 402-son qarorida:
9-bandning to‘rtinchi xatboshisiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi” so‘zlaridan keyin “(keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari qo‘shilsin;
11-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy boshqarmalar hamda unga idoraviy mansub tuzilmalar orqali amalga oshiradi”;
yettinchi xatboshiga “raqobat muhitini rivojlantirish” so‘zlaridan keyin “iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish” so‘zlari qo‘shilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi mazmundagi sakkizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish, iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarini oldini olish;
aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish;
reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) narxlarning dinamikasi va narx shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish”;
quyidagi mazmundagi yigirma oltinchi — qirq birinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“vazirliklar va idoralar ishtirokida ishtirokida ishlab chiqilgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni joylarda ijrosini amalga oshiradi;
aholining iste’mol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirilishini ta’minlaydi;
iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari bo‘yicha ogoxlantiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish reklama masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqadi;
iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi;
chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qiladi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar o‘tkazadi;
o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
qonunda belgilangan tartibda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
tashqi reklamani joylashtirishni tartibga solish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qiladi hamda ko‘ngillar harakatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
yigirma oltinchi xatboshi qirq ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
qirq ikkinchi xatboshisiga “va qo‘mita” so‘zlaridan keyin “hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida Agentlik” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshisiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “va Agentlik” so‘zlari qo‘shilsin;
yettinchi xatboshisiga “tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi” so‘zlaridan keyin “iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobat to‘g‘risidagi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) undirish va (yoki) iste’molchilarga qaytarish, jarima qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
to‘rtinchi xatboshiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “va Agentlikka” so‘zlari qo‘shilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilarga “raqobat muhitini rivojlantirish” so‘zlaridan keyin “iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish” so‘zlari qo‘shilsin;
28-bandning o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Qo‘mita raisi tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Qo‘mita raisining topshirig‘iga binoan ishtirok etish”;
34-bandning ikkinchi xatboshiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi bilan” so‘zlaridan keyin “iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish boshqarmalari xodimlari esa, Agentlik direktori bilan” so‘zlari qo‘shilsin;
9-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini moliyalashtirish va ularning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish”;
53-bandning birinchi xatboshisiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari qo‘shilsin;
54-bandga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari qo‘shilsin;
55-bandning birinchi xatboshisiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari qo‘shilsin;
56-bandga “boshqa manbalar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshidagi “taqdimnomalarini” so‘zi “ko‘rsatmalarini” so‘zi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan da’volar bo‘yicha sud tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘larining 100 foizi;
tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi;
“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki bo‘lgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish natijasida tushadigan yig‘im summasining 40 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga tushadigan davlat aktivlarini sotish summasining 4 foizi”;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ninchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining” so‘zlaridan keyin “markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda Agentlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga”;
to‘rtinchi xatboshiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “va Agentlik” so‘zlari qo‘shilsin;
quyidagi mazmundagi 61-band qo‘shilsin:
“61. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlarining lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va boshqa rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek, moddiy rag‘batlar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq to‘lanadi”;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlarining uy-joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirish Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlariga ipoteka kreditlarini berish uchun tijorat banklariga resurslarni ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ushbu Nizomga ilova) muvofiq amalga oshiriladi”;
15-bandga “hududiy boshqarmalari” so‘zlaridan keyin “hamda Agentlik” so‘zlari qo‘shilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning ilovasida:
nomiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “va uning huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi” so‘zlari qo‘shilsin;
1-bandga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi deb ataladi)” so‘zlaridan keyin “va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi)” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshiga “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi” so‘zlaridan keyin “va Agentlik” so‘zlari qo‘shilsin;
to‘rtinchi xatboshiga “yoki hududiy boshqarmalarida” so‘zlaridan keyin “yoxud Agentlikda” so‘zlari qo‘shilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Turar joy sotib olish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Agentlik xodimlariga ipoteka kreditlari berish uchun tijorat banklariga resurslar ajratish shartlari xodimda monopoliyaga qarshi kurashish va davlat mulkini boshqarish organlarida zarur ish staji mavjudligi hisobga olinib, shuningdek, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi markaziy apparati yoki hududiy boshqarmalarida yoxud Agentlikda ipoteka kreditini olgandan so‘ng kamida besh yil ishlash sharti bilan (Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning rahbarlik lavozimlariga ishga o‘tish bundan mustasno) Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.”;
5-banddagi “qo‘mitasining” so‘zi “qo‘mitasi va Agentlikning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6258-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 32-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 10-son, 69-modda) ilovaning 14-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 28-avgustdagi 305-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda) ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 27-son, 191-modda) ilovaning 16-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda) 2-ilovaning 13-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 10-martdagi 41-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 83-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 20-21-son, 181-modda) ilovaning 7-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2010-yil 2-avgustdagi 165-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 31-son, 261-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 29-oktabrdagi 240-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 10-son, 54-modda).
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 20-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)” 2013-yil 9 sentbrdagi 244-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 37-son, 485-modda) 1-ilovaning 16-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 66-modda) 1-ilovaning 13-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 10-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini to‘plash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 16-martdagi 70-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 131-modda).
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qarori)” 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 52-son, 602-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek. ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)” 2019-yil 23-fevraldagi 161-son qaroriga (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/161/2600-son) 1-ilovaning 28-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2021-y., 06/21/6258/0651-son; 21.12.2022-y., 09/22/716/1106; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)