2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomlanishi |
Ijro |
Ijrosi ustidan nazoratni tashkil qilish | |
|
ijro uchun mas’ul |
nazorat uchun | |||
|
I. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish | ||||
|
1. |
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish. |
2020-yil 1-fevral |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov) |
E. G‘aniyev |
|
2. |
“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining yangi tahririni ishlab chiqish. |
2019-yil 1-dekabr |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov) |
E. G‘aniyev |
|
3. |
Qonun hujjatlariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, axborot bermaganlik yoki bila turib noto‘g‘ri axborot berganlik, Agentlik ko‘rsatmalarini bajarmaganlik, shuningdek, uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishiga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarliklarni kuchaytirish, yuridik shaxslarga jarimalar qo‘llashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida takliflarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
4. |
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
5. |
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan chakana savdo shoxobchalarida xalq iste’moli tovarlarining nazorat xaridini amalga oshirish va ularni iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazishni tashkil etish tartibini ishlab chiqish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi (N. Atabekov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Davlat soliq qo‘mitasi (B. Musayev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) |
E. G‘aniyev |
|
6. |
Qonun hujjatlarining iste’molchilarga ta’sirini baholash tizimini va tegishli metodologiyasini ishlab chiqish hamda joriy qilish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
II. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifatini nazorat qilish sohasida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik | ||||
|
7. |
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish jadvalini tuzish (yo‘nalishlar bo‘yicha). Jadvalga muvofiq fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish, ularni tahlil qilish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2019-yil har chorakda, 2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov) |
E. G‘aniyev |
|
8. |
Iste’molchilar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq huquqni qo‘llash amaliyoti, suddan tashqari va sudgacha hal qilingan iste’molchilar ishtirokidagi nizolarni hal qilishning qo‘llaniladigan mexanizmlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni muhokama qilishda ekspertlar jamiyati va jamoatchilik birlashmalarini jalb qilish bo‘yicha monitoring o‘tkazish. |
monitoring — doimiy har chorakda — Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
9. |
Ayrim iste’molchilar, ularning guruhi va iste’molchilarning nomuayyan doiralari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirgan hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini tartibga solishda eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni tahlil qilgan holda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimining institutsional, tashkiliy va huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflar kiritish. |
har chorakda 2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
10. |
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ustidan laboratoriya tadqiqotlarini, ekspertiza (testlar) o‘tkazish sohasida Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi bilan mas’ul davlat tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tartibini ishlab chiqish. |
2019-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi (N. Atabekov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Norqobilov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov) |
E. G‘aniyev |
|
11. |
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi nuqtai nazaridan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ustidan ekspertiza (testlar) o‘tkazish amaliyotini joriy qilish. |
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi (N. Atabekov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (B. Norqobilov), Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov) |
E. G‘aniyev |
|
12. |
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi vakillarini mutaxassis sifatida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha sud muhokamalarida ishtirok etishi amaliyotini tashkil qilish. |
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
13. |
Iste’molchilar nomuayyan doirasining huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligining tashabbusi bilan da’vo arizalarini yuborish mexanizmini joriy etish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
III. Iste’molchilarga ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda yordam berish, shuningdek, aholining iste’mol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish | ||||
|
14. |
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va iste’molchilik huquqi asoslarini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov) |
A. Abduxakimov |
|
15. |
Aholining iste’mol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan quyidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish: televideniye va radiokanallarda, davriy nashrlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarni hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, iste’mol madaniyati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish an’analarini keng targ‘ib qilish va tizimli ravishda yoritib borilishini ta’minlaydigan maxsus dasturlar (ruknlar) tashkil qilish; iste’molchilar huquqlari va aholining iste’mol madaniyatini shakllantirish masalalarini tizimli va tahliliy yoritishga bag‘ishlangan teledasturlar chiqishini kengaytirish; iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy masalalari bo‘yicha kundalik hayotda ko‘p uchraydigan savol va javoblar ko‘rinishidagi maxsus qo‘llanmalar (broshyuralar) tayyorlash va ularni aholi o‘rtasida, birinchi navbatda umumiy ta’lim maktablarida bepul tarqatish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot texnologiyalari v� kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev) |
A. Abduxakimov |
|
16. |
Iste’molchilar uchun odatdagi hayotiy vaziyatlarni hal qilish, iste’molchilar o‘rtasida nizolarni sudgacha hal etish imkoniyatlari, tovarlarning inson sog‘lig‘iga ta’siri va boshqalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bazasini, shuningdek, qo‘shimcha huquqiy ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan tizimni (elektron platforma, onlayn forum) o‘z ichiga olgan yagona onlayn platforma hamda bepul maslahatlar portali yaratish. |
2020-yil 1-mart |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
A. Abduxakimov |
|
IV. Tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobat va noto‘g‘ri reklamaga yo‘l qo‘ymaslik | ||||
|
17. |
Elektron tijorat va ular bilan bog‘liq hisob-kitoblar sohasida bitimlarning xavfsizligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov) |
E. G‘aniyev |
|
18. |
Marketing va reklama sohasida xalqaro tadbirlar (ko‘rgazma, konferensiya, forum) o‘tkazilishini tashkillashtirish. Xususan,
|
|
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxo‘jayev), Samarqand viloyat hokimligi (E. Turdimov) |
E. G‘aniyev |
|
19. |
Reklama qonunchiligiga muvofiqlik yuzasidan reklama eskizlari (video, audio va boshqa materiallar) loyihalari bo‘yicha xulosalar berish tartibini joriy qilish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov) |
E. G‘aniyev |
|
V. Ommaviy axborot vositalari, ishbilarmon jamoatchiligi bilan hamkorlik qilish, shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ularning jamoatchilik uchun foydali bo‘lgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash | ||||
|
20. |
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bo‘yicha ko‘ngillilar harakatini tashkil etish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev), O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy |
A. Abduxakimov |
|
21. |
Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Sifat kuni” marafoni — har yillik tadbirini tashkil qilish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev), O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy |
A. Abduxakimov |
|
22. |
“Tashabbus” ko‘rik-tanlovi doirasida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligini jalb qilgan holda “Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasida nomzodlarni tanlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. |
2020-yil |
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov) |
A. Abduxakimov |
|
VI. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, vakolatli davlat organlari va xorijiy mamlakatlarning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish | ||||
|
23. |
Quyidagi Kelishuvlar bo‘yicha davlat ichki tartib-taomillarni bajarish: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida MDH ishtirokchi davlatlarining asosiy hamkorlik yo‘nalishlari haqida; Reklama faoliyatini tartibga solish sohasida MDH ishtirokchi davlatlarining hamkorligi to‘g‘risida. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
24. |
BMTning Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (YuNKTAD) faoliyat yo‘nalishlari doirasida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining faol ishtirokini ta’minlash, shu jumladan YuNKTAD ilg‘or xalqaro tajribasining virtual katalogida “O‘zbekiston” bo‘limini shakllantirish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
25. |
Iste’molchilar huquqlarini sudgacha himoya qilishning xorijiy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish orqali nizolarni sudgacha hal qilish uchun onlayn xizmatlar yaratish va ularning tizimli ishlashi bo‘yicha takliflar kiritish. |
2020-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
E. G‘aniyev |
|
VII. Boshqa tashkiliy masalalar | ||||
|
26. |
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligini telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlash. |
2019-yil |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), |
A. Aripov |
|
27. |
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligini Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi, 3-uy manziliga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish. |
2019-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxo‘jayev) |
A. Aripov |
|
28. |
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ushbu Farmonni 2019-yilda amalga oshirish bo‘yicha Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xarajatlari uchun mablag‘lar ajratish va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutish. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablag‘larning ajratilishini ta’minlash hamda 3 ta xizmat, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarni saqlashga limit belgilash. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan egallab turgan hududini ta’mirlash, moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida mebel, uskunalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur mablag‘lar ajratish. |
moliyalash-tirish bo‘yicha buyurtma (talabnoma) kelib tushganda |
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov) |
D. Qo‘chqorov |
|
29. |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasini shakllantirishga quyidagi qo‘shimcha manbalarni kiritishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga qo‘shimchalar kiritilsin: iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan ko‘rsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan da’volar bo‘yicha sud tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablag‘larining 100 foizi; tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yig‘im mablag‘larining 45 foizi; “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki bo‘lgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish natijasida tushadigan yig‘im summasining 40 foizi; O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga tushadigan davlat aktivlarini sotish summasining 4 foizi. |
2019-yil |
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), |
D. Qo‘chqorov |