|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.12.2019
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “REKLAMA TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA” 2000-YIL 26 IYuNDAGI 243-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1781-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 26-iyundagi 243-son qaroriga 2-ilovaga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 32-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) 5-bandda:
“Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatining talablari” ustunidagi “Matbuot nashrlarida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasini cheklash” soʻzlari “Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklama qilinishiga yoʻl qoʻymaslik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi” ustuniga “Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari” soʻzlari qoʻshilsin.
b) 6-bandda:
“Reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatining talablari” ustunidagi “Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamalarini tashqi joylashtirishni nazorat qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni moddasi” ustunidagi “23-modda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 29-oktabr,
240-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 380-modda)