Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash xamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Bugungi kunda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qabul qilingan konsepsiyalarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash boʻyicha keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va oʻzligiga boʻlgan tahdidlar, yod gʻoyalarni singdirishga boʻlayotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam boʻlib qolayotganligi sababli bu yoʻnalishda qoʻshimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor boʻlgan har tomonlama kamol topgan, jismonan sogʻlom va maʼnaviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari (keyingi oʻrinlarda — “Temurbeklar maktablari”) 1-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Quyidagilar “Temurbeklar maktablari”ning asosiy vazifalari etib belgilansin:
oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, Oʻzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash;
oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
2. Quyidagilar:
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (“Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tasdiqlanayotgan Chora-tadbirlar dasturini (“Yoʻl xaritasi”ni) toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat tegishli vazirlik va idoralar hamda harbiy-maʼmuriy sektorlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar vazirlari, Davlat xavfsizlik xizmati raisi va Milliy gvardiyasi qoʻmondoniga, zarur hollarda, tegishli ravishda vazirlik va idoralar qoʻshinlarining umumiy soni doirasida “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
5. Belgilansinki:
yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va oʻqitish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi;
“Temurbeklar maktabi”da oʻqish davomiyligi ikki yil boʻlib har biriga yillik qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi;
2020/2021 oʻquv yiliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy-texnik yoʻnalishidagi Fargʻona akademik litseyi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari oʻqishni amaldagi oʻquv dasturlari asosida belgilangan tartibda yakunlaydilar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2738-son qarori bilan tashkil etilgan maxsus guruhlarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish va oʻqitish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab toʻxtatiladi. Bunda, maxsus guruhlarda oʻqiyotgan oʻquvchilar belgilangan tartibda oʻz oʻqishlarini amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha yakunlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiyaning “Temurbeklar maktabi” uchun yillik qabul kvotasi 150 kishini tashkil etadi. Bunda:
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari uchun qoʻshimcha kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar va fuqaro tarkibidagi xodimlar shtat birliklari tegishli ravishda Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya boʻlinma (qoʻshin)larining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ajratiladi;
ushbu bandning oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish tizimida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi mavjud boʻlgan vazirlik va idoralarga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-avgustdagi PQ-344-son qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son)
6. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga harbiy-yuridik yoʻnalishidagi Urganch akademik litseyi va harbiy-qurilish yoʻnalishidagi Samarqand akademik litseylari faoliyatini toʻxtatish hamda ularning binolari (inshootlari) va ularga tutash hududlarni 2019/2020 oʻquv yilida oʻqishga kirgan oʻquvchilar amaldagi oʻquv dasturi boʻyicha oʻqishni yakunlaganidan soʻng tegishliligi boʻyicha Xorazm va Samarqand viloyati hokimliklari tasarrufiga oʻtkazishga;
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-5706-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4276-son qaroriga muvofiq tashkil etilishi koʻzda tutilgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi qoshidagi ixtisoslashtirilgan akademik litsey oʻrniga “Temurbeklar maktabi”ni tashkil etishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
uch oy muddatda kasb-hunar kollejlari va akademik litseyni bino va inshootlari, mavjud shtat birliklarini toʻliq saqlab qolgan holda, moddiy-texnik vositalari, oʻquv jihozlari va boshqa mulklari bilan birgalikda operativ boshqarish huquqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklariga 6-ilovaga muvofiq topshirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda kasb-hunar kollejlari, akademik va harbiy-akademik litseylarning ishdan boʻshatilayotgan ishchi va xizmatchilarini oʻz vaqtida ishga joylashtirilishini taʼminlasin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
8. Belgilansinki:
a) “Temurbeklar maktabi”, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati ishchi va xizmatchilari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2019-yil 1-sentabrdan boshlab:
direktor va uning oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, oʻquv boʻlimi xodimlari uchun — 5 barobar;
toʻgarak (seksiya) rahbarlari va psixologlari uchun — 3 barobar;
axborot-resurs markazi (kutubxona), axborotlashtirish va aloqa boʻlinmalari xodimlari, instruktorlar va laborantlar uchun — 2 barobar miqdorda oshiriladi;
b) 2019-yil 1-sentabrdan boshlab “Temurbeklar maktablari”da xizmat oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning pul taʼminotiga ularning lavozim maoshining 50 foiziga teng miqdorida har oylik ustama toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari qoʻllaniladi hamda ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlardan foydalanadi. “Temurbeklar maktablari”ning ishchi va xizmatchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ishchi va xizmatchilariga belgilangan ish staji uchun foizli ustama belgilash tartibi ham qoʻllaniladi;
(8-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi;
(8-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
d) “Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan vazirlik va idoralarning tegishliligi boʻyicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarsiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli oʻtish natijalari boʻyicha kirish huquqi beriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda shu qarorga muvofiq tegishli kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni vazirlik va idoralarga topshirilishi munosabati bilan ularning xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
2020-yildan boshlab har yili tegishli vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq “Temurbeklar maktablari”ning oʻquv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qoʻshimcha budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
11. Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan, xorijiy mamlakatlarning davlat kreditlari va xalqaro moliya tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish orqali, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
12. 2019-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining 7-ilovada koʻrsatilgan qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi:
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “Temurbeklar maktablari”da samarali taʼlim jarayonini taʼminlash maqsadida ularga yuklatilgan vazifalarni muntazam monitoring qilish, tizimli asosda ularga zarur metodik va amaliy yordam koʻrsatish hamda oʻqituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etsin;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-iyun,
PQ-4375-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tarkibida tashkil etilayotgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tarkibida HAL tashkil etilayotgan

vazirlik va idoraning nomi

Tashkil etilayotgan HALning nomi

Taʼlim muassasasining

amaldagi nomi

Joylashgan manzili

1.

Mudofaa
vazirligi

Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-texnik yoʻnalishidagi Fargʻona harbiy-akademik litseyi

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri, Guliston koʻchasi,
7-uy

2.

Davlat xavfsizlik xizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Qibray qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi shahar koʻchasi 3-uy

3.

Ichki ishlar vazirligi

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshidagi akademik litsey

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Nukus shahri,
Chimboy koʻchasi,

“Aydin jol” QFY

4.

Milliy
gvardiya

Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Zamon koʻchasi, 10a-uy

5.

Favqulodda vaziyatlar

vazirligi

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Shahrisabz iqtisodiyot kolleji

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Teparqiliq koʻchasi,
1-uy

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
2-ILOVA
Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil qilish va ularning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish boʻyicha CHORA-TADBIRLAR
DASTURI (“YOʻL XARITASI”)

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. TASHKILIY TADBIRLAR

1.

Oʻtkaziladigan tadbirlarning maqsad va vazifalarini yetkazish, yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil qilish va ularning faoliyatini takomillashtirish, vazirlik va idoralarning ishchi guruhlarini shakllantirish boʻyicha ish majlisini oʻtkazish. Ishchi guruhlarning ish tartibini aniqlash.

Idoralararo va idoraviy ichki yigʻilishlar, yigʻilishlar bayonnomalari

2019-yil

10-iyulga qadar

XK (V. Maxmudov),

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OOʻMTV (I. Majidov)

2.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarining namunaviy ustavini va boshqa asosiy hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha idoralararo ishchi guruhini tuzish.

Idoralararo yigʻilishlar, yigʻilishlar bayonnomalari

2019-yil

15-iyulga qadar

MV (A. Ikramov),

MG (Sh. Shakirov),

OOʻMTV (U. Begimkulov)

3.

Ishchi guruh, shuningdek, idoralararo ish faoliyati samaradorligini tashkillashtirish, axborot-tahliliy materiallar hisobotini tuzish va nazoratni amalga oshirish.

Ishchi guruh faoliyatining batafsil rejasi

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OOʻMTV (U. Begimkulov)

4.

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya markaziy apparatlarida koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning umumiy son miqdoridan kelib chiqib “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari samarali ish faoliyatini tashkillashtirish uchun zaruriy hollarda boʻlinmalarni (boʻlim va boʻlinmalar) shakllantirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli qarorlari

2019-yil

1-oktabrga qadar

MV(A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

ishchi guruhlari

II. “TEMURBEKLAR MAKTABI” HARBIY-AKADEMIK LITSEYLARI ISH FAOLIYATINING

NORMATIV-HUQUQIY BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

HAL rahbar va pedagog kadrlar tarkibi, oʻquvchilarning umumiy huquq va majburiyatlari, shuningdek, HAL boʻlinmalari va boshqa mansabdor shaxslarning faoliyatini tashkillashtirish tartibini belgilovchi “Temurbeklar maktabi” HAL Ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlik va idoralarning qoʻshma qarorlari

2019-yil

20-avgustga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OOʻMTV (I. Majidov)

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL Ustavini tasdiqlash va amalga joriy qilish.

Tegishli vazirlik
va idoralarning buyruqlari

2019-yil

10-oktabrga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OOʻMTV (I. Majidov)

3.

“Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilarini oziq-ovqat va harbiy kiyim taʼminoti, kiyim rusumining yagona namunalari, taqdirlash nishonlari va ularni taqish tartibi, shuningdek, “Temurbeklar maktabi” HALni tugatganligi toʻgʻrisidagi koʻkrak nishoni va diplomi meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlik va idoralarning qoʻshma qarorlari

2019-yil

10-oktabrga qadar

MV (B. Kurbanov),

DXX (A. Azizov),

IIV (P. Bobojonov),

MG (B. Tashmatov),

FVV (T. Xudaybergenov),

OOʻMTV (I. Majidov)

4.

Zamonaviy talablardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

Tegishli normativ-huquqiy hujjatning loyihasi

2019-yil

1-sentabrga qadar

MV (A. Ikramov),

MG (Sh. Shakirov),

idoralararo ishchi

guruhi

III. INFRATUZILMA VA MODDIY-TEXNIK BAZANI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga oʻtkazishni amalga oshirish.

“Temurbeklar maktabi” HAL infratuzilmalarini takomillashtirish, tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va tegishli hisobotlarni tayyorlash yuzasidan zaruriy choralarni belgilash.

Qabul qilish va topshirish toʻgʻrisida bayonnomalar, texnik-iqtisodiy hisobotlar

2019-yil

1-sentabrga qadar

Ishchi guruhlar

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL obyektlarining infratuzilmasi, oʻquv va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish boʻyicha hamda “Temurbeklar maktabi” HALda:

kompyuter, mashq qilish (trenajyor) sinflari hamda masofadan oʻqitish uchun sinflar va elektron axborot-resurs markazlarini yaratishni;

zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, shu bilan bir qatorda interaktiv virtual stendlar va laboratoriyalar koʻrinishida dasturiy-pedagogik taʼlim olish vositalarini joriy qilishni;

oʻquvchilarining jismoniy tayyorgarligi va sport yutuqlari darajasini oshirish uchun tegishli sharoitlarni yaratishni;

oʻquv jarayonining yagona avtomatlashtirilgan ichki monitoringi tizimini joriy qilish va nazoratni tashkillashtirish;

pedagogik tarkibni va oʻquvchilarni taʼlim fanlari boʻyicha oʻquv materiallar bilan taʼminlash va mustaqil ishlarni tashkillashtirish uchun yagona elektron axborot-resurs bazasini yaratishni koʻzda tutuvchi chora tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Hukumat Qarori

2019-yil

1-sentabrga qadar

Vazirlar Mahkamasi,
MV, DXX, IIV, FVV,
MG, OOʻMTV,
Toshkent shahar va viloyat hokimiyatlari

IV. OʻQUV-USLUBIY BAZALAR VA OʻQUV JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Prinsipial yangi samarali oʻquv rejalari va dasturlari, tematik rejalar, oʻquv-uslubiy resurslar ishlab chiqish, shuningdek, zamonaviy taʼlim berish shakli va uslublarini qoʻllash.

Respublikamizning oliy harbiy taʼlim muassasalari, maxsus va boshqa oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun zarur boʻlgan alohida fanlarni (matematika, fizika, kimyo, ona tili va adabiyot, tarix va xorijiy tillar) chuqurlashtirilgan tarzda taʼlim berilishi uchun sharoit yaratish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qoʻshma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OOʻMTV (U. Begimkulov),

ishchi guruhlari

2.

“Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilariga Yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish (yengil va yuk avtomobillarini boshqarish), haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan tegishli hujjatlarni berish tartibi va mexanizmini ishlab chiqish
va tatbiq etish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qoʻshma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX(F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

ishchi guruhlar

3.

“Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilari tomonidan muntazam ravishda badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni oʻqish tizimini ishlab chiqish va joriy qilish, shuningdek, oʻquvchilarda musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va boshqa sanʼat turlariga qiziqishni oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qoʻshma qarorlari

2019-yil

1-dekabrga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX(F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OOʻMTV (U. Begimkulov),

HTV (A. Umarov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov)

4.

“Temurbeklar maktabi” HALni oʻquv maqsadlari uchun moʻljallangan zaruriy oʻquv, ilmiy va maxsus adabiyotlar, qurol-aslaha va harbiy-texnik mulk namunalari bilan taʼminlash.

Vazirlik va idoralarning rejalari

2020-yil

1-may qadar
va
HAL shakllanishiga muvofiq

5.

Respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa taʼlim muassasalariga kirish uchun zaruriy fanlar boʻyicha bilimlarni mustahkamlash uchun fakultativ mashgʻulotlar va toʻgarak ishlarini tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning tegishli, shu bilan bir qatorda qoʻshma qarorlari

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OOʻMTV (U. Begimkulov)

V. HARBIY-VATANPARVARLIK VA MAʼNAVIY-MAʼRIFIY

TARBIYA JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, xalqiga sodiq boʻlgan Vatanga xizmat qilishga tayyor turgan aql-zakovatli nomzodlarni respublikamizning oliy harbiy, maxsus va boshqa taʼlim muassasalariga kirishini taʼminlash maqsadida “Maʼnaviyat asoslari” darsi boʻyicha oʻquv dasturi, rejalari va oʻquv-uslubiy komplekslarini takomillashtirish.

Yangi oʻquv dasturi, Harbiy-vatanparvarlik va maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya boʻyicha rejalari va oʻquv-uslubiy komplekslari

2019-yil

1-sentabrga qadar

Respublika Maʼnaviyat
va maʼrifat markazi ishchi guruhlar bilan hamkorlikda

2.

Oʻquvchilarning maʼnaviy-maʼrifiy oʻsishini taʼminlash uchun kitoblarni oʻqish, kinoteatr, teatr va muzeylarga borish, madaniyat va sport vakillari bilan uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, oʻzbek xalqining tarixi, anʼanalari va boyliklarini faol oʻrganish yoʻli bilan zaruriy sharoitlarni yaratish.

Alohida reja asosida

doimo

Masʼul shaxslar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda

3.

Bellashuv ruhi va fikr-mulohazalar bilan almashish uchun sharoitlar, oʻquvchilarda muomala qilish madaniyati, xarizma, notiqlik va liderlik sifatlarni shakllantirish maqsadida “Temurbeklar maktabi” HALda fan olimpiadalari, sport musobaqalari va doimo amalda boʻlgan munozarali klublarni tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning qoʻshma qarorlari

2020-yil

1-mayga qadar

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev)

4.

Oʻquvchilarda axloqiy-psixologik barqarorlik va kasbiy vazifalarni bajarishga shay turishni shakllantirish maqsadida ularni psixologik qoʻllab-quvvatlashni tashkillashtirish.

Joylarda oʻquvchilarga psixologik yordamni tashkillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi

doimo

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev)

VI. RAHBAR VA PEDAGOGIK TARKIBLAR TAYYORGARLIGI VA MALAKASINI OSHIRISHI

1.

“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog tarkibining shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlarini aniqlash va ishlab chiqish.

Rahbar va pedagog tarkibning shaxsiy va kasbiy sifatlarini kompleks baholash mezonlari

2019-yil

20-avgustga qadar

Idoralararo ishchi guruhi

2.

Egallab turgan lavozimiga muvofiqligini obyektiv baholash maqsadida rahbar va pedagog tarkiblarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini oʻrganish. Zamon talablariga javob beruvchi malakali kadrlar bilan “Temurbeklar maktabi” HALni butlash va ularni almashinuvini oʻtkazish.

Vazirlik va idoralarning shaxsiy tarkib boʻyicha tegishli qarorlari

2019-yil

1-sentabrga qadar va
HAL shakllanishiga muvofiq

Vazirlik va idoralarning ishchi guruhlari

3.

Oliy taʼlim muassasalari va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bazalarining tegishli hududiy (soha) markazlarida rahbar va pedagog tarkiblarning taʼlim olishini tashkillashtirish.

“Temurbeklar maktabi” HAL rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish rejasi

Har yili, alohida rejalar boʻyicha

MV (A. Ikramov),

DXX (F. Muxtarov),

IIV (R. Xatamov),

MG (Sh. Shakirov),

FVV (A. Kuldashev),

OOʻMTV (U. Begimkulov)

4.

Respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalarida tashkillashtiriladigan konferensiyalarda rahbar va pedagog tarkibning ishtirokini taʼminlash, shuningdek ular uchun AKT oʻrganish boʻyicha intensiv kurslar va xorijiy tillarni oʻrganishini tashkillashtirish.

Vazirlik va idoralarning alohida rejalari boʻyicha

Har yili, alohida reja boʻyicha

Vazirlik va idoralarning masʼul mansabdor shaxslari

5.

Ilgʻor pedagogik tajribani ommalashtirish maqsadida oʻquv-metodik seminarlar, treninglar, mahorat darslari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish.

6.

Mashgʻulotlarni, shu bilan bir qatorda, taʼlim berishning innovatsion usullari boʻyicha oʻquv jarayoniga yuqori malakali milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish samarali mexanizmini tatbiq etish.

7.

Mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida rahbar va pedagog tarkiblarning stajirovkasini tashkillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
3-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Asosiy qoidalar
1. Mazkur nizom “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi (keyingi oʻrinlarda — “Temurbeklar maktabi”)ning maqomi, faoliyatning tashkiliy asoslari, maqsadlari, asosiy vazifalari, oʻquvchilarni saralash, qabul qilish va chetlatish tartibi, rahbarlarining javobgarligini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga oʻquvchilarni tanlash va saralash tartibi tegishincha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
2. “Temurbeklar maktabi” davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi va faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, mazkur nizom, boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va oʻz Ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
3. “Temurbeklar maktabi”da oʻquv-tarbiyaviy jarayon oʻquvchilarni harbiy-kasbiy yoʻnaltirish va kelgusida ularni respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida oʻqitish koʻzda tutilgan Davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Temurbeklar maktabi”da oʻqish muddati ikki yilni tashkil etadi.
4. “Temurbeklar maktabi”ga umumiy rahbarlik qilish, uning faoliyatini moliyalashtirish, moddiy-texnik taʼminoti tegishli ravishda tasarrufida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya (keyingi oʻrinlarda — vazirlik va idoralar) tomonidan amalga oshiriladi.
5. “Temurbeklar maktabi”ning Namunaviy ustavi, oʻquvchilar kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi, ularning sutkalik oziq-ovqat payogi normalari vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilarning kiyim-bosh namunalari va kiyinish tartibi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
6. “Temurbeklar maktabi” yuridik shaxs hisoblanib, bank muassasalarida hisob raqami va boshqa hisoblar, belgilangan namunadagi muhr, shtamp, oʻz nomi tushirilgan blankalariga ega.
2-bob. “Temurbeklar maktabi”ning maqsad va vazifalari
7. Oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligini taʼminlash uchun masʼuliyat hissini oshirish, shuningdek, ularning huquqiy bilim va madaniyatini, Oʻzbekiston Respublikasiga sodiq fidoyi fuqarolarni aniq maqsadli va tizimli tayyorlash samaradorligini takomillashtirish “Temurbeklar maktabi” faoliyatining maqsadidir.
8. “Temurbeklar maktabi”ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, Oʻzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash;
oʻquvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
3-bob. Oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Temurbeklar maktabi”da oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasining Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishib, vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq hamda Davlat taʼlim standartlari asosida tashkillashtiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
10. “Temurbeklar maktabi”da taʼlim davlat tilida va rus tilida (Nukus harbiy akademik litseyida qoʻshimcha ravishda qoraqalpoq tilida) olib boriladi.
11. Tibbiy va pedagogik asoslarga asoslangan taʼlim, mehnat, dam olish va turli tadbirlar uygʻunligini taʼminlovchi kun tartibi oʻquvchilar kechayu-kunduz “Temurbeklar maktabi”da boʻlishini hisobga olib tuziladi va Ilmiy-pedagogik kengash qarori bilan tasdiqlanadi.
12. Mansabdor shaxslarning vazifa va funksional majburiyatlari, shuningdek, oʻquvchilarning huquq va majburiyatlari “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi bilan belgilanadi.
13. Birinchi kursda oʻqish yakunlanganidan soʻng yakuniy nazorat natijalari asosida “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarini keyingi kursga oʻtkazish toʻgʻrisida direktorning buyrugʻi chiqariladi.
14. Xalqaro va respublika fan olimpiadalarida 1 — 3-oʻrinlarni egallagan “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarini hamda ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) respublika umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilarini va ularning oʻqituvchilarini ragʻbatlantirishni (mukofotlashni) tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
4-bob. “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarini saralash tartibi
15. “Temurbeklar maktabi”ga joriy yilda umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat maktablarining (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablar) 9-sinfini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega, sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishga yaroqli deb topilgan hamda haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtgan, erkak jinsli Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining har yilgi qabul kvotasi umumiy qabul kvotasi doirasida Milliy gvardiya ehtiyojlarini inobatga olgan holda Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan belgilanadi.
(15-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-oktabrdagi PQ-349-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 07/23/349/0810-son)
16. Saralash tanlovi dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Saralash tanlovini oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
17. Nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari bilan ishlash, tashkiliy ishlarni bajarish, zarur material va hisobotlarni tayyorlash uchun “Temurbeklar maktabi”da qabul komissiyasi tuziladi, uning tarkibi har yili tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi oʻz faoliyatini “Temurbeklar maktabi”ning Ustavi asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Harbiy-kasbiy tanlov tadbirlarini oʻtkazish uchun harbiy okruglarda vazirlik va idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining vakillaridan iborat tarkibda tegishli harbiy okrug qoʻmondoni raisligida maxsus idoralararo komissiya tuziladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Idoralararo komissiyaning tarkibi har yili vazirlik va idoralar rahbarlarining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoralararo maxsus komissiyaning ishini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
19. Dastlabki tanlovni oʻtkazishdan asosiy maqsad nomzodlarning keyinchalik oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish, davlat xizmatchisi boʻlish istagida boʻlgan shaxslarga sogʻligʻi, shaxsiy-psixologik sifatlari, jismoniy tayyorgarligi boʻyicha qoʻyiladigan talablarga muvofiqligini, shuningdek, yuqori intellektual va maʼnaviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlarni aniqlash hisoblanadi.
20. Quyidagilar dastlabki tanlovning asosiy tadbirlari hisoblanadi:
nomzodga tegishli hujjatlarni va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni toʻplash;
nomzod toʻgʻrisidagi turli maʼlumotlarni (oilaviy ahvoli, ota-onasi va yaqin qarindoshlarining harbiy xizmatga munosabati va shu kabilar), nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirishini tanlashiga asoslar va sabablarni aniqlashtirish;
umumtaʼlim fanlari boʻyicha oʻzlashtirishi, sogʻligʻi va jismoniy tayyorgarlik holatini har tomonlama va xolisona baholash;
nomzodlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini oʻrganish.
21. Nomzodlar uchun dastlabki tanlov “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarda oʻtkaziladi.
22. Quyidagilar “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun rad javobini berilishiga asos boʻladi:
nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi emasligi;
nomzodga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilganligi, dastlabki tergov yoki surishtiruv oʻtkazilayotganligi, jinoyat ishi sudda koʻrib chiqilayotganligi;
jazo chorasi turidan yoki amnistiya qarori qoʻllanilganligidan qatʼi nazar sodir etilgan jinoyat uchun ayblov hukmi chiqarilganligi;
yashash joyidan va ichki ishlar organlaridan salbiy tavsiyanomalar mavjudligi.
23. Nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlarga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Nomzodlar tibbiy koʻrikdan (dastlabki va yakuniy) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 508-son qarori bilan tasdiqlangan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Dastlabki tibbiy koʻrik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar harbiy-kasbiy tanlovga qoʻyilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
26. Dastlabki tanlov natijalari boʻyicha “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirish uchun tavsiya qilingan nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriladi.
27. Harbiy-kasbiy tanlovning bosh maqsadi oʻzining psixofiziologik xususiyatlari va sogʻligʻining holati boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan, yetakchilik sifatlariga, ichki ishonchga, mustahkam maʼnaviy-axloqiy va intellektual salohiyatga ega, kelgusida munosib Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchi va xodimlari hamda davlat xizmatchilari boʻla oladigan nomzodlarni aniqlashdir.
28. Harbiy-kasbiy tanlovning asosiy tadbirlari quyidagilardan iborat:
taqdim qilingan nomzodga tegishli hujjatlar va uni tavsiflovchi maʼlumotlarni oʻrganish;
nomzodlarni yakuniy tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish;
nomzodning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash;
nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish;
nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash;
nomzod bilan yakka tartibda yakuniy suhbat oʻtkazish va nomzodlarni test sinovlariga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilish.
29. Harbiy-kasbiy tanlov nomzodning yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boshqarmasida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Yakuniy tibbiy koʻrik natijalariga asosan nomzodning “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga kirishga yaroqliligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topilgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
32. Nomzodlarning savodxonlik darajasini (orfografiya va punktuatsiya) baholash diktant yozdirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Diktant oʻtkazish tartibi va uni baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Diktant natijasida qoniqarsiz baho olgan nomzodlar saralashning keyingi tadbirlariga qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Nomzodlarning psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda psixologik testlar oʻtkazish orqali harbiy okruglar tomonidan tashkillashtiriladi va oʻtkaziladi. Psixologik testlarni oʻtkazish tartibi va psixologik testlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Psixofiziologik xususiyatlarni oʻrganish natijalari yakka tartibdagi yakuniy suhbat davomida qaror qabul qilishda hisobga olinadi.
34. Psixofiziologik xususiyatlarni oʻrganish natijalariga koʻra quyidagi xulosalar chiqariladi:
oʻqishga kirish uchun tavsiya etiladi;
oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmaydi.
Psixofiziologik xususiyatlarni oʻrganish natijalari boʻyicha oʻta olmagan hamda oʻqishga kirish uchun tavsiya etilmagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
35. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan aniqlanadi.
Jismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha talablarga javob bermaydigan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga qoʻyilmaydi.
36. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat idoralararo maxsus komissiya tomonidan nomzodning yetakchilik sifatlari, mantiqiy fikrlash darajasi, savodxonligi, aqliy qobiliyatlari hamda boshqa harbiy xizmatchi va davlat xizmati xodimi uchun muhim kasbiy sifatlarini aniqlash maqsadida psixofiziologik xususiyatlarini oʻrganish va diktant natijalari asosida mudofaa ishlari boshqarmasida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Yakka tartibdagi yakuniy suhbat natijalariga koʻra nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarini topshirishga qoʻyish toʻgʻrisida yakuniy qaror qabul qilinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Yakka tartibdagi yakuniy suhbatdan oʻta olmagan nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida nomzodning yashash joyi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hududiy boshqarmasi vakiliga topshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
39. Mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan rasmiylashtirilgan nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari mudofaa ishlari boshqarmasi orqali tegishli “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasiga yuboriladi.
“Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlarini ushbu maqsadlar uchun vakolatga ega boʻlmagan boshqa shaxslar orqali topshirish qatʼiyan man etiladi.
40. Test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarga mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan maʼlumotnoma beriladi. Maʼlumotnoma oʻrta umumtaʼlim maktabidan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomani olish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
41. Shaxsiy yigʻmajildlarini oʻrganish natijalariga koʻra test sinovlariga ruxsat etilgan nomzodlarning roʻyxatlarini mudofaa ishlari boshqarmalarigacha yetkazish uchun “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi masʼul hisoblanadi.
42. Nomzodlarning test sinovlarida ishtirok etish uchun oʻz vaqtida “Temurbeklar maktabi”ga yetib kelishi uchun javobgarlik mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlariga yuklatiladi.
43. “Temurbeklar maktabi”ga kelib-ketish, test sinovlariga tayyorlanish va topshirish davrida joylashish hamda ovqatlanish bilan bogʻliq xarajatlar nomzodlarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Test sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
45. Test sinovlari oʻtkaziladigan umumtaʼlim fanlari bloki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodlar test sinovlarini oʻz ixtiyoriga koʻra uch tildan — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birida topshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlarining natijalari Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasiga hamda tegishli “Temurbeklar maktabi” qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
47. Test sinovlariga belgilangan muddatda kelmagan nomzodlar uchun takroriy test sinovlari oʻtkazilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. “Temurbeklar maktabi”ga qabul qilinmagan (saralashdan oʻtmagan) nomzodlarning shaxsiy yigʻmajildlari (va boshqa hujjatlari) dalolatnoma asosida keyinchalik nomzodlarning yashash joyi boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining hududiy boshqarmalariga topshirish uchun mudofaa ishlari boshqarmasi vakiliga beriladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Test sinovlarini oʻtkazish sanasi, joyi va vaqtini vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
50. Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlimi fanlari (5 — 9 sinflari kesimida)ning Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi.
51. Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan nomzod, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari natijasi eʼlon qilingandan keyin ikki ish kuni davomida test sinovi oʻtkazilgan “Temurbeklar maktabi”da tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda test natijalari boʻyicha apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega boʻlib, ularning shikoyati qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunining 63-moddasi.
52. Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan quyidagi nomzodlar “Temurbeklar maktabi”ga test sinovlarisiz tanlovdan tashqari oʻqishga qabul qilinadi:
xalqaro va respublika fan olimpiadalarining gʻoliblari — belgilangan qabul kvotasi doirasida;
oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida halok boʻlgan hamda jarohatlanish (shikastlanish) natijasida nogiron boʻlib qolgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv boʻlinmalari xizmatchilarining farzandlari — kvotadan tashqari;
yetim, ota-ona qarovisiz qolgan, ijtimoiy nosogʻlom oilalarda yashayotgan, davlat va jamiyat koʻmagiga muhtoj boʻlgan, joriy yilda umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini tamomlagan Voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining qarorlari asosida — kvotadan tashqari, belgilangan kvotaning 5 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Sport vazirligi rahbarligida oʻtkazilayotgan respublika va xalqaro sport musobaqalarining gʻoliblariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Temurbeklar maktabi”ga kirish uchun oʻtkazilayotgan test sinovlarida ular toʻplagan ballarning 20 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
531. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab test sinovlari majmuasiga chet tili asosiy fan sifatida kiritilgan “Temurbeklar maktablari”ga oʻqishga qabul qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikatning B2 va undan yuqori darajasiga ega boʻlgan nomzodlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A darajali milliy sertifikatga ega boʻlgan nomzodlarga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fanlardan belgilangan eng yuqori ball beriladi.
B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan nomzodlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlarida ushbu fanlardan belgilangan eng yuqori ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Milliy yoki xalqaro sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.
(531-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
5-bob. “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarini qabul qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
54. Nomzodlarni “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari safiga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkazilgan test sinovlari natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Mazkur Nizomning 52-bandida koʻrsatilgan imtiyozlarga ega boʻlgan nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan oʻqishga qabul qilinadi.
55. Dastlabki va harbiy-kasbiy tanlashdan oʻtgan nomzodlar soni belgilangan qabul kvotalaridan kam boʻlgan taqdirda test sinovlari oʻtkazilmaydi va nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlash natijalariga asosan qabul qilinadi.
56. Bir nechta nomzodlarning oʻtish reyting ballari teng boʻlgan hollarda ular orasida birinchi blok fanidan test natijalari yuqori boʻlgan nomzod qabul qilinadi, shunda ham baholar teng boʻlib qolgan taqdirda, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomadagi matematika, fizika, ona-tili va adabiyot fanlaridan olgan yakuniy baholari yigʻindisi boshqalarnikidan yuqori boʻlgan nomzod oʻqishga qabul qilinadi.
57. Test natijalari taqdim etilgandan soʻng “Temurbeklar maktabi”ning qabul komissiyasi nomzodlar roʻyxatini tuzadi hamda bayonnomani rasmiylashtiradi. Mazkur hujjatlar qabul komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan imzolanib, “Temurbeklar maktabi”ning muhri bilan tasdiqlanadi.
58. Qabul komissiyasining bayonnomasi nomzodlarni “Temurbeklar maktabi”ga oʻquvchilar safiga qabul qilish toʻgʻrisida “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrugʻini chiqarish uchun asos boʻladi.
59. “Temurbeklar maktabi”ga oʻqishga qabul qilinadigan shaxslar oʻquvchi deb ataladi, ularga belgilangan namunadagi oʻquvchi bileti va reyting daftarchasi beriladi.
60. “Temurbeklar maktabi”ning tashkiliy-shtat tuzilishiga muvofiq oʻquv kurslari boʻyicha akademik guruhlar vzvodlarga birlashadi.
Algebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtkazish vaqtida oʻquvchilar guruhi ikkita kichik guruhlarga boʻlinishi mumkin.
61. “Temurbeklar maktabi”ni tamomlagandan keyin bitiruvchilarga belgilangan namunadagi diplom va koʻkrak nishoni beriladi.
“Temurbeklar maktabi”ni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi koʻkrak nishonining yagona namunasi vazirlik va idoralarning qoʻshma qarori bilan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Koʻkrak nishoni kitel koʻkrak qismining oʻng tomoniga taqiladi.
6-bob. “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarni oʻqishdan chetlatish tartibi
62. Oʻquvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi:
sogʻligʻi tufayli (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
oʻquvchining arizasiga muvofiq, uning ota-onasi yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarning tashabbusiga koʻra;
akademik oʻzlashtirishdan ortda qolish, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (72 va undan koʻp soat) uzrli sabablarsiz mashgʻulotlarda qatnashmaslik;
“Temurbeklar maktabi”ning Ustavida belgilangan ichki tartibni qoʻpol ravishda buzish;
sudning qaroriga koʻra jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilishi;
vafot etganligi munosabati bilan.
63. Oʻquvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatish Ilmiy-pedagogik kengashning qaroriga muvofiq direktorning buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻmajildi Ilmiy-pedagogik kengashning qarori qabul qilingandan soʻng “Temurbeklar maktabi” direktorining buyrugʻi imzolangan kundan boshlab bir hafta muddatda uning boshqa oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida taʼlim olishni davom ettirishini tashkillashtirish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi (va boshqa hujjatlar) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligidan oʻquvchining aniq oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida tahsil olishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida xabarnoma olingandan soʻng dalolatnoma asosida ota-onasining ishtirokida unga qaytarib beriladi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
65. Oʻqishdan chetlatilgan oʻquvchilarni tiklash, oʻquvchilarni bir “Temurbeklar maktabi”dan boshqa “Temurbeklar maktabi”ga oʻtkazish, shuningdek, boshqa taʼlim muassasalaridan “Temurbeklar maktabi”ga oʻtkazish taqiqlanadi.
66. Oʻquvchilarni “Temurbeklar maktabi”dan chetlatishdan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda yuqori turuvchi davlat organlariga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
7-bob. Rahbar va pedagog kadrlar, “Temurbeklar maktabi”ni boshqarish
67. Rahbar va pedagog kadrlar hamda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
68. “Temurbeklar maktabi”ga qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
69. Direktor “Temurbeklar maktabi”ning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish va tarbiyalash, oʻquv reja va dasturlarining bajarilishi, “Temurbeklar maktabi”ning oʻquv-uslubiy va moliya-xoʻjalik faoliyati lozim darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi. Direktor ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi, oʻz vakolati doirasida qonunchilikda belgilangan tartibda “Temurbeklar maktabi” boʻyicha buyruqlar chiqaradi.
70. “Temurbeklar maktabi” direktori tasarrufida “Temurbeklar maktabi” boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda taʼlim sohasida hamkorlik boʻyicha respublika va xorijiy taʼlim muassasalari bilan xalqaro memorandum va bitimlar tuzish huquqiga ega.
71. “Temurbeklar maktabi”da pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga tegishli maʼlumotga va professional tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiy sifatlarga ega shaxslar haqlidir.
72. “Temurbeklar maktabi”da direktor huzurida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va takomillashtirishga koʻmaklashuvchi, kollegial organ hisoblanadigan Ilmiy-pedagogik kengash tuziladi.
Ilmiy-pedagogik kengashning vazifa va funksiyalari “Temurbeklar maktabi” Ustavi bilan belgilanadi.
8-bob. Davlat organlarining” Temurbeklar maktabi”ni boshqarish boʻyicha asosiy vazifalari
73. Quyidagilar vazirlik va idoralarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
“Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish, oʻquvchilarning oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun sifatli tayyorlashda ularning roli va masʼuliyatini oshirish, shuningdek, bevosita ishtirokini taʼminlash;
taʼlim dasturlari va oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
“Temurbeklar maktabi”ni harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik uchun moʻljallangan oʻquv vositalari, maxsus adabiyotlar, sport jihozlari, zamonaviy kompyuter texnikasi, oʻquv maqsadlari uchun moʻljallangan qurol-aslaha va harbiy-texnik mulklarning zamonaviy namunalari bilan taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik dasturiga muvofiq oʻquv va koʻrgazmali qoʻllanmalar bilan taʼminlash;
“Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari bilan harbiy va ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining dala oʻquv maydonlari bazalarida chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish;
“Temurbeklar maktabi” oʻquvchilarining oliy harbiy taʼlim muassasalariga, harbiy qismlar va muassasalarga tashriflarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
“Temurbeklar maktabi” harbiy xizmatchilarini oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari malaka oshirish fakultetlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida malaka oshirishini tashkil qilish;
(73-bandning yettichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va estetik tarbiyalashni taʼminlaydigan kompleks maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Temurbeklar maktabi”ga munosib nomzodlarni tanlab olish uchun oʻrta umumtaʼlim maktablarining 5-6 sinf oʻquvchilarining bilimi, jismoniy qobiliyatlari va shaxsiy sifatlarini doimiy ravishda oʻrganish va ular boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini tuzish, hamda umumtaʼlim maktablarida “Temurbeklar maktablari”ning faoliyati, qabul shartlari va taqdim qilinayotgan imtiyozlar toʻgʻrisida oʻquvchilarni xabardor qilish boʻyicha keng targʻibot-tashviqot ishlarini muntazam ravishda olib borsin.
(73-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
74. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(74-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
vazirlik va idoralar tomonidan davlat taʼlim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan “Temurbeklar maktabi”ning oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini oʻrganish va kelishish;
sohadagi oliy taʼlim muassasalari negizida va malaka oshirish muassasalarida “Temurbeklar maktabi” pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
oʻquv jarayonini tashkillashtirish uchun “Temurbeklar maktabi”ni barcha zarur rasmiy hujjatlar hamda oʻquv muassasasini tamomlaganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom va sertifikatlar bilan taʼminlash;
“Temurbeklar maktabi”ni zarur oʻquv va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash.
75. Quyidagi masalalarda koʻmaklashish “Temurbeklar maktabi”ga biriktirilgan oliy harbiy, ixtisoslashtirilgan va oliy taʼlim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish, taʼlim dasturlari va oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, tahsil olayotgan yoshlarni oliy taʼlim muassasasiga qadar kasbga yoʻnaltirish va pedagog kadrlar malakasini oshirishni samarali tashkillashtirish;
oʻquvchilarning bilim darajasi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish, ularni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tarzda oliy taʼlim muassasalarda oʻqishni davom ettirishga tayyorlash;
milliy va xorijiy taʼlim muassasalarining ilgʻor tajribasini hisobga olgan holda taʼlim jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish, shuningdek, uning mazmunini doimiy ravishda yangilash;
yuqori bilim darajasi, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega boʻlgan oʻqituvchilarni “Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun tanlab olish.
9-bob. “Temurbeklar maktabi”ning moliyaviy va moddiy-texnik taʼminoti
76. “Temurbeklar maktabi” faoliyatini moliyalashtirish qonun hujjatlariga muvofiq quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti;
vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlar;
harbiy-maʼmuriy sektorlarning mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriyalari hamda maqsadli badallari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalari.
Oldingi tahrirga qarang.
77. Moliyalashtirish mablagʻlari “Temurbeklar maktabi” ixtiyorida boʻlib, ulardan qonunchilik hujjatlariga va “Temurbeklar maktabi” ustaviga muvofiq mustaqil ravishda foydalaniladi.
Har bir “Temurbeklar maktabi”da yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va taʼlim-tarbiya jarayoniga shaxsan aniq hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek, xodimlarga mukofotlar toʻlash hamda moddiy yordam koʻrsatish yoʻli bilan ularni ragʻbatlantirish uchun budjet mablagʻlari hisobidan Direktor jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Direktor jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi PQ-344-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son)
78. “Temurbeklar maktabi” belgilangan tartibda oʻz ishining natijalarini operativ va buxgalteriya hisob-kitoblarini amalga oshiradi, statistik va buxgalterlik hisobini yuritadi.
“Temurbeklar maktabi”da xoʻjalik va moliya intizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
79. “Temurbeklar maktabi”ni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan amalga oshiriladi.
80. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor deb topilgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
4-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining namunaviy tashkiliy-shtat
tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.

Direktor

1 (0-0-0-1)

Ilmiy-pedagogik kengash

Direktorning maʼnaviy- maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar boʻyicha birinchi oʻrinbosari*

1 (1-0-0-0)

Direktorning oʻquv ishlar boʻyicha oʻrinbosari 1 (0-0-0-1)

Direktorning maʼmuriy-xoʻjalik ishlar boʻyicha oʻrinbosari

l (0-0-0-1)

Axborot-resurs markazi

3 (0-0-0-3)

Toʻgaraklar

4 (0-0-0-4)

Oʻquv boʻlimi 2 (0-0-0-2)

Axborotlashtirish va aloqa boʻlinmasi

3 (0-0-0-3)

Maʼmuriy boʻlinma

3 (0-0-0-3)

Xoʻjalik boʻlinmasi

15*** (0-0-0-15)

Kadrlar boʻlinmasi

2 (0-1-0-1)

Qoʻriqlash boʻlinmasi

8 (0-0-0-8)

Tibbiyot boʻlinmasi

4 (0-0-0-4)

Moliya xizmati

3 (0-1-0-2)

Psixolog

1 (0-0-0-1)

Laboratoriya

3 (0-0-0-3)

Oʻquv kursi

106(1-5-100-0) (158 (1-7-150-0)****)

Aniq fanlar oʻquv qismi

16** (0-0-0-16)

Ijtimoiy-gumanitar fanlar oʻquv qismi

12** (0-0-0-12)

Oʻquv guruhi

26 (0-1-25-0)

Avtomobil seksiyasi

5** (0-1-0-4)

Shaxsiy tarkib soni

Jami

Ofitserlar

Serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar

Oʻquvchilar

Ishchi va xizmatchilar (oʻqituvchilar)

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi”

300

3

13

200

84 (32)

Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi”

404

3

17

300

84 (32)

Izoh:
* — fuqaro xodimlari egallashi mumkin boʻlgan lavozim;
** — oʻquv yuklamasidan kelib chiqqan holda soni oʻzgartirilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
*** — ish yuklamasidan kelib chiqqan holda va Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda soni oʻzgartirilishi mumkin;
(4-ilova izoh qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
**** oʻquvchilar soni 150 kishini tashkil etadigan “Temurbeklar maktabi” uchun;
***** oʻquvchilar soni 150 kishini tashkil etadigan “Temurbeklar maktabi” uchun oʻquv guruhlari soni 6 tadan iborat boʻladi.
Qavsda quyidagilar koʻrsatilgan:
1-raqam — SHAHX ofitserlar tarkibi;
2-raqam — SHAHX serjantlar tarkibi;
3-raqam — oʻquvchilar;
4-raqam — ishchi va xizmatchilar.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi PQ-344-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
5-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

“Temurbeklar maktabi” HALning nomi

HALga biriktirilgan

oliy taʼlim muassasaning nomi

HALga biriktirilgan

oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasaning nomi

1.

Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Fargʻona davlat universiteti

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

Amir Temur nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi

3.

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Berdax nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat universiteti

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi

4.

Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

5.

Shahrisabz

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Qarshi davlat universiteti

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-fevraldagi PF-20-sonli Farmoni tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tarkibiga berilayotgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarining
ROʻYXATI
(6-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-iyundagi PQ-215-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Taʼlim muassasasining amaldagi nomi

Joylashgan joyi

Taʼlim muassasasining yangi nomi

Tarkibiga

kollej (litsey) berilayotgan
vazirlik va idoralar

nomi

1.

Qibray qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji

Toshkent shahar Yunusobod tumani Yangi shahar koʻchasi 3-uy

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Davlat xavfsizlik xizmati

2.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali qoshidagi akademik litsey

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Nukus shahri, Chimboy koʻchasi,

“Aydin jol” QFY

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Ichki ishlar vazirligi

3.

Shahrisabz iqtisodiyot kolleji

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Teparqiliq koʻchasi,

1-uy

Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi

Favqulodda vaziyatlar

vazirligi

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-fevraldagi PQ-5010-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-avgustdan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 22-maydagi “Harbiy akademik litseylar faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-641-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-son qarorining 3-ilovasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-3776-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi “Harbiy-akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 21-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini takomillashtirish haqida”gi 367-son qarorining 2-ilovasi.
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-apreldagi “Oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 227-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2019-y., 07/19/4375/3424-son; 27.02.2021-y., 07/21/5010/0180-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 03.08.2022-y., 07/22/344/0704-son; 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 31.10.2023-y., 07/23/349/0810-son)