1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.09.00 Oʻrta taʼlim;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
nomzodlarni dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun — mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari huzuridagi tibbiy komissiyalar, nomzodlarni yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun — mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida tuziladigan tibbiy komissiyalar, oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun — Mudofaa vazirligi, IIV harbiy-tibbiy komissiyalari tarkibini shakllantirish va ularning asosiy vazifalari;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarning (oʻquvchilarning) yaroqlilik toifasini aniqlash maqsadida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalardan, kasallik va jismoniy nuqsonlar jadvalidan, nomzod va oʻquvchilar sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar roʻyxatidan, boʻy va tana vazni nisbatidan foydalangan holda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xulosa qabul qilish;
tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzod yoki oʻquvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning sogʻligʻi holati haqidagi tibbiy komissiyalar xulosalari qayd etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish va xulosalarni nomzod yoki oʻquvchilarga yetkazish.
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-avgust,
508-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 508-son qaroriga 1-ILOVA
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Mudofaa vazirligi), Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — IIV), Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — FVV), Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy gvardiya) tarkibidagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga (keyingi oʻrinlarda — “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari) oʻqishga kirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi oʻrinlarda — nomzodlar);
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarida tahsil olayotgan oʻquvchilarni (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan fuqarolar hamda tahsil olayotgan oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Davlat xavfsizlik xizmati va Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qaroriga muvofiq belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
2. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish nomzod va oʻquvchilar sogʻligʻining holatiga koʻra “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirishga va tahsil olishga yaroqliligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
3. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish:
nomzodlarning dastlabki tibbiy koʻrigi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tuzilgan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari huzuridagi tibbiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar);
nomzodlarning yakuniy tibbiy koʻrigi — mudofaa ishlari boshqarmalari huzurida tuziladigan tibbiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar);
oʻquvchilarning tibbiy koʻrigi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tuzilgan Mudofaa vazirligi, IIV harbiy-tibbiy komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — HTK) tomonidan amalga oshiriladi. HTK tarkibi mazkur Nizomning 6-bandi boʻyicha shakllantiriladi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
2-bob. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar hamda HTK tarkibini shakllantirish va ularning faoliyati
4. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining shifokor-mutaxassislaridan iborat boʻlgan MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarorida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
5. MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tarkibi (oʻsmirlar va chaqiriluvchi yoshlarga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalari (boʻlimlari) shifokor-mutaxassislari — jarroh, terapevt (katta shifokor vazifasi jarroh yoki terapevt zimmasiga yuklanadi), dermatovenerolog, stomatolog, oftalmolog, otorinolaringolog, psixiatr va nevropatolog) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining taqdimnomasiga koʻra tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qabul qilgan qarorlari bilan tasdiqlanadi.
6. HTK tarkibini shakllantirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, Fargʻona, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari sogʻliqni saqlash boshqarmalaridan tegishli bosh mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
7. MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarorida belgilangan tartibda faoliyat olib borishdan tashqari MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar bilan birgalikda nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori bilan tasdiqlangan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan dastlabki tanlash va harbiy-kasbiy tanlov tadbirlari oʻtkaziladigan davrda amalga oshiradi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
HTK oʻz faoliyatini mazkur Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan mansabdor shaxslar va organlarning “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi yoʻllanmasi va qarori asosida amalga oshiradi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
3-bob. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar va HTKning asosiy vazifalari
8. MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlari, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalarida hisobda turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida olingan maʼlumotnomalarning mavjudligini tekshirish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
nomzodlarni qoʻshimcha tekshiruv va davolashga yoʻnaltirish, qoʻshimcha tekshiruv va davolashdan soʻng ularning tibbiy komissiyaga kelishlarini nazoratga olish;
nomzodlar sogʻligʻining holatiga koʻra “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida xulosalar qabul qilish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni sifatli va xolisona amalga oshirish maqsadida muntazam ravishda komissiya aʼzolari bilan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida kengashlar oʻtkazib borish;
nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha hisobot tayyorlash va ushbu hisobotni MIB huzuridagi tibbiy komissiyalarga taqdim etish.
9. MIB huzuridagi tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
nomzodlarni yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar ishi toʻgʻri tashkil etilganligini oʻrganish va faoliyatini nazorat qilish hamda aniqlangan kamchilik va muammolarni hal etishda amaliy yordam koʻrsatish;
nomzodlarni qoʻshimcha tekshiruv va davolashga yoʻnaltirish, qoʻshimcha tekshiruv va davolashdan soʻng ularning tibbiy komissiyaga kelishlarini nazoratga olish;
nomzodlarning sogʻligʻi holatiga koʻra “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida, shu jumladan, MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalarning xulosalarini bekor qilgan holda xulosalar qabul qilish;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni sifatli va xolisona amalga oshirish maqsadida muntazam ravishda komissiya aʼzolari bilan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra hisobot tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻsmirlar va chaqiruv yoshidagi yoshlarga tibbiy yordamni tashkil etish markazi huzuridagi respublika muqobil tibbiy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — RMTK), Mudofaa vazirligi va IIV Markaziy harbiy-tibbiy komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda — MHTK) taqdim etish.
10. HTKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquvchilarni davlat sogʻliqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy tekshiruv va davolashning toʻlaqonliligini hamda sifatini nazorat qilish;
oʻquvchilarning oʻz vaqtida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborilishini, davolanishga (tekshiruvga) muhtojlarni muddatidan oldin davolash muassasalaridan asossiz chiqarilishi yoki ularning davolash (tekshiruv) kunidan koʻp muddat davomida asossiz ushlab turilishini nazorat qilish;
tibbiy va ekspert hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish;
oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda ularning “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarida oʻqishga yaroqliligi yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida xulosalar qabul qilish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
komissiya ishi natijalarini umumlashtirish, tahlil qilish, MHTKga oʻz vaqtida HTK faoliyati natijalarining hisobot davri va yil yakuni boʻyicha hisobotini taqdim etish.
11. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalarga uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatish RMTK va MHTKga, shuningdek, HTKga uslubiy hamda amaliy yordam koʻrsatish MHTKga yuklanadi.
4-bob. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
12. Nomzod yoki oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdan avval, ular mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan majburiy diagnostik tekshiruvlar roʻyxatiga muvofiq majburiy diagnostik tadqiqotlar, zarurat tugʻilganda esa tibbiy koʻrsatmalarga koʻra boshqa tekshiruvlardan oʻtkaziladi.
13. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzodlar yoki oʻquvchilarning sogʻligʻi ularning sogʻligʻiga oid shikoyati bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, soʻrov va obyektiv tekshiruvlar yordamida aniqlanadi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzodlar yoki oʻquvchilar tomonidan uning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan, shuningdek, dispanser kuzatuviga oid turli tibbiy hujjatlarning taqdim etilishi ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishidan ozod etmaydi.
Nomzodlar yoki oʻquvchilarning barcha tibbiy hujjatlari oʻrganilib, shikoyatlari bilan tanishib va anamnezi yigʻilgandan keyin ular shifokor-mutaxassislar tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
14. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar nomzodlarning, HTK oʻquvchilarning yaroqlilik toifasini aniqlash maqsadida mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalardan, mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan kasallik va jismoniy nuqsonlar jadvalidan (keyingi oʻrinlarda — kasalliklar jadvali), mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan nomzod va oʻquvchilar sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar roʻyxatidan, mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan boʻy va tana vazni nisbatidan foydalangan holda yozma xulosa qabul qiladi.
15. Sirtdan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish taqiqlanadi.
16. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar, HTK, RMTK va MHTK aʼzolari komissiya xulosalarini oʻzaro maslahatlashgan holda koʻpchilik ovoz bilan qabul qiladi.
Nomzod yoki oʻquvchini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida aniqlangan kasalliklar, jarohatlar va jismoniy nuqsonlar natijasidagi aʼzolar faoliyatining buzilishi darajasini aniqlash uchun tor doiradagi shifokor-mutaxassislar koʻrigidan oʻtkazishga zarurat tugʻilganda, nomzod MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan RMTKga, oʻquvchi HTK tomonidan MHTKga yuboriladi.
17. HTK tomonidan chiqarilgan xulosa, agar xulosada boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasidan boshlab olti oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
18. Nomzod va oʻquvchi yoki ularning ota-onasi yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar, HTK va RMTK tomonidan qabul qilingan xulosalardan norozi boʻlgan taqdirda, RMTK yoki MHTKga yoxud belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishlari mumkin.
Bunda MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan xulosalarni RMTK, shuningdek, HTK yoki RMTK tomonidan berilgan xulosalarni tegishli MHTK qayta koʻrib chiqadi.
19. MIBB huzuridagi tibbiy komissiyalar katta shifokori nomzodlarning sogʻligʻi hamda jismoniy rivojlanish holatini aniqlash uchun har tomonlama oʻrganish ishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
20. Mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlari MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaga quyidagilarni taqdim etadi:
a) ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlari, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari hisobida turish yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar;
(20-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
b) davolash-profilaktika muassasalaridan — ambulator bemorning tibbiy varaqalari va ularga tikilgan varaqlarni (025-1u-shakli), kasallik tarixidan koʻchirmalar, dispanser va shifokor kuzatuvi haqidagi maʼlumotlar, shifokorlarning xulosalari hamda fuqarolarning sogʻligʻini tavsiflovchi boshqa tibbiy hujjatlar;
v) nomzodlar tahsil olgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilot sinf rahbari tomonidan beriladigan tavsifnoma.
21. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdan oldin davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan ularda ogʻiz boʻshligʻi sanatsiyasi hamda mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan majburiy diagnostik tekshiruvlar roʻyxatiga muvofiq tahliliy (laborator) va tibbiy uskunalar yordamida oʻtkaziladigan, shuningdek, zarur boʻlgan hollarda tibbiy koʻrsatmalarga asosan boshqa tibbiy tekshiruvlar amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi tomonidan nomzodlarning oxirgi profilaktik emlashlar haqidagi varaqalari (profilaktik emlashlar rejasiga asosan), shuningdek, qon guruhi va rezus mansubligi haqidagi maʼlumotlari mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimiga taqdim etiladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
22. Nomzodlar soni MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida bir ish kuni mobaynida 50 nafardan oshmasligi lozim.
Nomzodlar MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar mutaxassis shifokorlari tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalarga muvofiq tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Tibbiy tekshiruv natijalari mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirayotgan nomzodlarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish varaqasiga kiritiladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
23. Nomzodning yaroqlilik toifasini aniqlashda MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar mutaxassis-shifokori bir toʻxtamga kela olmagan hollarda, ambulator yoki statsionar ravishda tibbiy tekshiruv oʻtkazish uchun MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar katta shifokori tomonidan berilgan yoʻllanmaga asosan davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasiga yuboriladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Yoʻllanmada dastlabki tashxis va tibbiy tekshiruvda aynan nimaga aniqlik kiritilishi lozimligi koʻrsatiladi.
Davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi davolash-profilaktika muassasasida oʻtkazilgan tibbiy tekshiruv natijalari mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan sogʻliq holatini tekshirish dalolatnomasiga kiritiladi. Dalolatnoma davolash-profilaktika muassasasi bosh shifokori va tibbiy tekshiruv oʻtkazgan-mutaxassis shifokor tomonidan imzolanadi hamda unga davolash-profilaktika muassasasining gerbli muhri qoʻyiladi.
MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar taqdim qilingan tibbiy tekshiruv natijalarini koʻrib chiqadi, nomzodlarning sogʻligʻi, jismoniy rivojlanish holati hamda boshqa barcha maʼlumotlarni inobatga olgan holda uning oʻqishga kirishga yaroqlilik masalasini hal qiladi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
24. Nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga kirishga yaroqli;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga kirishga yaroqsiz.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Bunda ushbu xulosalarda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi qaysi vazirlik va idoraga tegishliligi koʻrsatiladi.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
25. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri MIBlari nomzodlarning yigʻmajildlari va tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishga oid barcha hujjatlarini tegishliligi boʻyicha “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga yuboradi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
26. Oʻquvchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi uchun “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktori tomonidan mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan yoʻllanmaga muvofiq yuboriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Bunda oʻquvchilar yoki ularning ota-onalari yoxud ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi direktorining yoʻllanmasiga asosan oʻtkazilgan tibbiy koʻrik natijalaridan norozi boʻlib shikoyat qilganda va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda prokuratura organlari yoki sudning tegishli qarorlariga asosan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun yuboriladi.
(26-bandning ikkkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
27. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborilayotgan oʻquvchilarning quyidagi hujjatlari HTKga taqdim etiladi:
yoʻllanma yoki prokuratura organlari va sudning tegishli qarori;
28. Oʻquvchilarda oʻqish mobaynida olingan yoki oʻqishga kirish vaqtida aniqlanmagan, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida oʻqishga monelik qiladigan kasallik yoki shikastlanish (jarohat) oqibatlari aniqlanganda yoki ikki oy va undan ortiq muddatda sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqish jarayonida qatnashmaganda, ular belgilangan tartibda quyidagi HTKlar tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi:
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Mudofaa vazirligi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari — Fargʻona harbiy gospitalida;
Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari — Mudofaa vazirligi Markaziy poliklinikasida;
FVV “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari — Qarshi harbiy gospitalida;
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
(28-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
IIV “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV HTKda.
29. HTK oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda ularning barcha tibbiy hujjatlarini oʻrganib chiqadi va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida tahsil olishga yaroqli yoki yaroqsizligi toʻgʻrisida xulosa qabul qiladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
HTK tashxisga aniqlik kiritish maqsadida oʻquvchilarni qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlardan oʻtishi uchun davlat sogʻliqni saqlash tizimidagi hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboradi. Bunda ushbu muassasalar tomonidan oʻtkazilgan qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlar natijalari mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan sogʻliq holatini tekshirish dalolatnomasida koʻrsatiladi.
30. Tibbiy koʻrik yakuniga koʻra HTK tomonidan quyidagi xulosalardan biri qabul qilinadi:
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida tahsil olishga yaroqli;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida tahsil olishga vaqtincha yaroqsiz, keyingi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan statsionar (ambulator) ravishda davolanishga muhtoj;
(30-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida tahsil olishga yaroqsiz.
(30-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
31. HTK tomonidan oʻquvchilarning tahsil olishga vaqtincha yaroqsizligi toʻgʻrisida xulosa chiqarilganda, oʻquvchilar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining tibbiyot punktida ambulator ravishda yoki davlat sogʻliqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalarida davolanadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Oʻquvchilarning statsionar yoki ambulator ravishda davolanish muddati tugagandan soʻng ularni vaqtincha tahsil olishga yaroqsiz deb topgan HTKda takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
32. Kasalliklar jadvaliga muvofiq oʻquvchilarning tahsil olishiga monelik qiladigan kasallik yoki shikastlanish (jarohat) oqibatlari mavjud boʻlganda tekshiruv natijalari mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilarining tibbiy koʻrikdan oʻtkazish varaqasiga kiritiladi, shuningdek, mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan kasallik toʻgʻrisidagi guvohnoma uch nusxada rasmiylashtiriladi va tegishliligi boʻyicha Mudofaa vazirligi yoki IIV MHTK tomonidan tasdiqlash uchun yuboriladi.
(32-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Mudofaa vazirligi yoki IIV MHTK tomonidan tasdiqlangan kasallik toʻgʻrisidagi guvohnomaning ikki nusxasi uni tuzgan HTKga qaytariladi (birinchi nusxasi oʻquvchilar tahsil olayotgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi uchun, ikkinchi nusxasi oʻquvchilarga berish uchun) va uchinchi nusxasi MHTKda qoladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
33. HTK tomonidan takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilayotgan oʻquvchilar kasalliklar jadvaliga muvofiq “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida tahsil olishga yaroqli deb topilsa, tekshiruv natijalari mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish varaqasiga kiritiladi, shuningdek unga mazkur Nizomga 11-ilovada keltirilgan maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi. Yuqorida qayd etilgan maʼlumotnoma “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining manziliga yuboriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
34. Oʻquvchilarni sogʻligʻining holati yoki boshqa sabablarga koʻra HTK tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning imkoni boʻlmasa, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tegishlicha Mudofaa vazirligi va IIV MHTK raislari tomonidan belgilanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
6-bob. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga oid hujjatlarni rasmiylashtirish
35. Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan:
a) nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning sogʻligʻi holati, MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar hamda RMTKning xulosalari quyidagi hujjatlarda qayd etiladi:
mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirayotgan nomzodlarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish varaqasida;
(35-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan sogʻliq holatini tekshirish dalolatnomasida, ambulator bemorning tibbiy varaqasida va unga tikilgan varaqada (025-1u-shakli);
mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobida;
b) oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning sogʻligʻi holati, HTK va RMTKning xulosalari quyidagi hujjatlarda qayd etiladi:
mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan sogʻliq holatini tekshirish dalolatnomasida;
ambulator bemorning tibbiy varaqasiga va unga tikilgan varaqada (025-1u-shakli);
mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish varaqasida;
(35-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan kasallik toʻgʻrisidagi guvohnomada;
mazkur Nizomga 11-ilovada keltirilgan maʼlumotnomada;
mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobida.
36. Mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobi barcha MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar, HTK va RMTKda ushbu komissiyalarning kotiblari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan barcha nomzodlar yoki oʻquvchilar uchun yuritiladi.
Mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobida yigʻilish oʻtkazilgan sanada komissiya yigʻilishining bayonnomasi komissiya raisi, yigʻilishda qatnashgan komissiya aʼzolari (kamida ikki nafar) va komissiya kotibi tomonidan imzolanadi.
37. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar, HTK va RMTK xulosalari nomzodlar va oʻquvchilarga tibbiy koʻrik yakunlangan vaqtning oʻzida imzo qoʻydirib yetkaziladi.
38. Mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobida tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzodlar yoki oʻquvchilarning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi (biometrik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari, shikoyatlari, kasallikning anamnezi, obyektiv tekshiruv natijalari, tashxisi hamda MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar, HTK va RMTK xulosasi qayd etiladi. Ushbu kitobning “Shikoyatlari va qisqa anamnezi” ustunida kasallik tarixining tartib raqami va statsionar sharoitda davolanishda boʻlgan davri koʻrsatiladi.
39. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar va HTK mutaxassis shifokorlari koʻrigi natijalari va ularning xulosalari ambulator bemorning tibbiy varaqasiga, shuningdek, mazkur Nizomga 6-ilovada keltirilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirayotgan nomzodlarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazish varaqasiga yozib qoʻyiladi va mutaxassis shifokorlarning shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi. Soʻng komissiya raisi va kotibi tomonidan imzolanib, MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar yoki HTK tashkil etilgan muassasaning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi. Zarurat tugʻilganda, mazkur Nizomga 11-ilovada keltirilgan maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
40. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan nomzodlarni “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga kirishiga, HTK tomonidan oʻquvchilarni tahsil olishga yaroqli deb topilgan taqdirda, mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobiga obyektiv maʼlumotlarni qayd etmagan holda “sogʻlom” deb yoziladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Nomzodlarni oʻqishga kirishga, oʻquvchilarni tahsil olishga yaroqliligini cheklamaydigan baʼzi kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar aniqlangan taqdirda, mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobida ularga qisqacha taʼrif berish va tashxisni koʻrsatishga ruxsat etiladi.
41. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar nomzodlarni “Temurbeklar maktabiga” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topganda, mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobiga qisqa yozuvlar (nomzodlarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi (biometrik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari, tashxis, MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar xulosasi) kiritiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
42. HTK tomonidan oʻquvchiga mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan kasallik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiylashtirilganda, mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobiga qisqa yozuvlar (oʻquvchining tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (biometrik pasport, identifikatsiya ID-kartasi) maʼlumotlari, tashxis, HTK xulosasi) kiritiladi.
Mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan kasallik toʻgʻrisidagi guvohnomaning bir nusxasi mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobida ilova sifatida saqlanishi lozim.
43. Nomzodlar yoki oʻquvchilar takroriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda, mazkur Nizomga 12-ilovada keltirilgan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobida tegishli MHTK tomonidan chiqarilgan xulosa, uning bayonnomasi raqami va sanasi yozib qoʻyiladi.
44. MIBB va MIB huzuridagi tibbiy komissiyalar va HTKda yuritiladigan tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari kitobi uch yil, HTKning hujjatlari besh yil davomida saqlanadi.
Saqlash muddati tugagandan soʻng yuqorida keltirilgan hujjatlar belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
45. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Gijja tuxumlari va sodda organizmlarni aniqlovchi najas tahlili
4.
“V” va “S” gepatitlarning markerlarini (HVsAg, HCV) aniqlovchi qon tahlili
5.
Qonning RW (Vasserman reaksiyasi) tahlili
6.
Qonning OIV bilan zararlanishi toʻgʻrisida tahlil
7.
Qonning ALT, AST, umumiy oqsil va bilirubin (fraksiyalari bilan) tahlili
8.
Elektrokardiografiya (EKG) (kardiolog yoki shifokor-funksional tekshiruvlar oʻtkazadigan mutaxassisning xulosasi bilan)
9.
Fibroezofagogastroduodenoskopiya (EFGDS)
10.
Ichki aʼzolarning ultratovush tekshiruvi (UTT)
11.
Koʻkrak qafasi aʼzolarining flyuorografiyasi (tekshiriluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va tekshiruvning tartib raqami hamda oʻtkazilgan sana koʻrsatiladi)
12.
Ruhiy-asab, teri-tanosil kasalliklari va narkologik dispanserlari, ftiziatriya va pulmonologiya (silga qarshi dispanserlar) hamda OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalarida hisobda turish yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar (faqat nomzodlar uchun)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
1. “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodning (oʻquvchining) (keyingi oʻrinlarda — nomzod (oʻquvchi)) yaroqlilik toifasini belgilashda kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning xususiyati, ularning jismoniy rivojlanish darajasi, organizmning mehnatga layoqati va funksional moslashuv saviyasi, taʼlim jarayonining oʻziga xos shart-sharoitlari va kelgusi xizmat istiqbolini inobatga olish lozim.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
2. Shifokorlar tomonidan oʻtkaziladigan tibbiy tekshiruvlar maxsus ajratilgan yorugʻ, issiq va keng xonalarda kunduzgi yorugʻlikda amalga oshiriladi. Kunduzgi yorugʻlikdan foydalanishning imkoni boʻlmasa, xona shifokorlar ishi uchun yetarli darajada sunʼiy ravishda yoritilishi lozim. Har bir shifokorga alohida xona ajratiladi.
3. Tibbiy tekshiruv nomzodning (oʻquvchining) tibbiyotga oid va boshqa hujjatlari oʻrganib chiqilgandan soʻng oʻtkaziladi.
Nomzod (oʻquvchi) salomatligining holati ularning oʻz salomatligi holatiga shikoyat qilish-qilmasliklaridan qatʼi nazar savol-javob oʻtkazish, anamnez yigʻish va har tomonlama obyektiv tekshiruv yoʻli bilan aniqlanadi.
4. Tibbiy tekshiruv ommaviy tarzda oʻtkazilganda shifokorlar harbiy-tibbiy ekspertiza uslubidan foydalanadilar. Ushbu uslub nomzod (oʻquvchi) salomatligi haqida maʼlumot olishga kam vaqt sarflash imkonini beradi, ammo nomzodning (oʻquvchining) sogʻligʻi holati boʻyicha barcha maʼlumotni yigʻishga monelik qilmaydi.
5. Tibbiy tekshiruv jarayonida nafaqat jismoniy nuqsonni aniqlash va kasallik xususiyatini belgilash, balki xastalangan aʼzo va tizim faoliyatining buzilishi va uning kompensatsiyalanish darajasi hamda organizmning umumiy funksional moslashuvini belgilash, tegishli ekspert xulosasini qabul qilishga asos boʻladi.
6. Kasallik yoki jismoniy nuqson gumon qilinayotgan barcha hollarda nomzodning (oʻquvchining) sogʻligʻi holatiga oid oʻzgarishlarni aniqlash maqsadida tegishli shifokorlar tomonidan tekshirilishi, shuningdek, tibbiy uskunalar yordamida tadqiqotlardan oʻtkazilishi shart.
2-bob. Antropometrik tekshiruv
7. Harbiy-tibbiy ekspertiza maqsadida quyidagi asosiy antropometrik koʻrsatkichlar baholanadi: tananing boʻyi va vazni, koʻkrak qafasining aylanasi, oʻpkalarning hayotiy sigʻimi, qoʻl panjasining kuchi va tananing koʻtarish kuchlari hisoblanadi.
Antropometrik tekshiruvlar shifokorning nazorati ostida oʻrta tibbiyot xodimlari tomonidan, ish boshlashdan oldin toʻgʻri ishlashi tekshirilgan oʻlchov vositalari yordamida oʻtkaziladi. Nomzod (oʻquvchi) pastki ichki kiyimgacha yechingan boʻlishlari shart.
8. Nomzod (oʻquvchi) boʻyi tik holatda oʻlchanadi. Tik turgan holda boʻy oʻlchash uchun nomzod (oʻquvchi) kuraklar oraligʻi sohasi, dumba va tovonlar bilan vertikal ustunga tegib turgan holda, oʻlchov vositasining tagligiga turadi. Quloqning yuqori qirrasi va koʻz oraligʻining tashqi burchagi bitta gorizontal chiziqda turgan holda bosh toʻgʻri tutiladi. Boʻy oʻlchagichning harakat taxtachasi boshning tepa suyagiga zich tegib turishi lozim.
9. Tana vazni tibbiy tarozida oʻlchanadi. Nomzod (oʻquvchi) tarozi maydonining oʻrtasida turadi. Koʻrsatkichlar 0,1 kg aniqlikkacha yoziladi.
10. Koʻkrak qafasi aylanasi santimetrli oʻlchov tasmasi yordamida, bosmasdan orqa tomondan kuraklarning pastki burchaklari tagidan, soʻrgʻichlar aylanasining pastki chetidan oʻtkazilgan holda oʻlchanadi. Bu paytda nomzod (oʻquvchi) qoʻllarini yoniga tushirgan holda, gavdasini tik tutib turadi hamda nomzod (oʻquvchi)ning nafas olmayotgan (tanaffus) payti, maksimal nafas olgan va maksimal nafas chiqargan paytlardagi koʻrsatkichlari qayd etiladi.
11. Oʻpkalarning hayotiylik sigʻimi spirometr yordamida aniqlanadi, bunda nomzod (oʻquvchi) maksimal nafas olib, nafasni spirometr naychasiga toʻliq puflaydi.
12. Panjalarning kuchi qoʻl dinamometri yordamida aniqlanadi, bunda nomzod (oʻquvchi) dastlab oʻng qoʻli, keyin chap qoʻlini gorizontal uzatgan holda qoʻl dinamometrini bor kuchi bilan siqadi.
Tananing koʻtarish kuchi koʻtarish dinamometri yordamida aniqlanadi. Nomzod (oʻquvchi) tizza boʻgʻimlari sathida turgan dinamometr tutqichlarini ikki qoʻli bilan ushlab, oyoqlarini bukmagan holda bor kuchi bilan dinamometrni choʻzadi.
3-bob. Ruhiy holatni tekshirish
13. Nomzodning (oʻquvchining) ruhiy holati, uni tavsiflovchi hujjatlarni (tegishli taʼlim muassasalari tomonidan rasmiylashtirilgan tavsifnoma, ota-onasi va davolash-profilaktik muassasalaridan olingan maʼlumotlarni) oʻrganib chiqish va shifokorning nomzod (oʻquvchi) bilan bevosita muloqoti orqali tekshiriladi.
Nomzod (oʻquvchi) bilan muloqot va koʻrik jarayonida uning yuz ifodasi, mimikasi, yurish xususiyatlari, harakatlari, taʼsirlarga javobning adekvatligi va shifokor bilan suhbatga boʻlgan munosabatiga eʼtibor qaratiladi.
14. Nomzodning (oʻquvchining) ruhiy holatiga baho berish mobaynida tadqiqotning klinik uslubi yetakchi uslub hisoblanadi. Ushbu uslubni tadqiqotning anʼanaviy paraklinik uslublari bilan uygʻunlashtirib borish zarur. Nomzodning (oʻquvchining) ruhiy holati quyidagi izchillikda tadqiq qilinadi: ong, diqqat-eʼtibor, xotira, tafakkur, idrok, his-hayajon va shijoat holatiga baho beriladi, psixopatologik alomatlari mavjudligi aniqlanadi.
Diqqatni tekshirishda uning barqarorligi (toliqishi, chalgʻishi, “qadalib” qolishi) va diqqat-eʼtiborini jamlash xususiyatiga ahamiyat beriladi.
Xotirani tekshirishda tez va aniq eslab qolish, oʻtgan va hozirgi voqealarni aytib bera olish, xotira aldanishining mavjudligi, amneziyaning (retrogradli, anteretrogradli) turi va boshqalar aniqlanadi.
Fikrlash qobiliyatini baholashda fikrning mantiqliligi, oʻy-fikr va xulosalarning ketma-ketligi, mohiyati, “qadalib” qolishi, maʼnosiz gaplarning koʻpligi, “balandparvozlik”ligi, ezmalanishi, mavhum fikrlashning aniq fikrlashdan ustunligi yoki aksinchaligiga eʼtibor qaratiladi. Fikrlashning tezligi (tez, oddiy, sekin), uning yoʻnaltirilganligi (muammolar, qiziqishlar) aniqlanadi.
His-hayajon holatini aniqlashda nomzodning (oʻquvchining) kayfiyati (koʻtarinki, bir maromli, tushkun, beqaror), kayfiyatning patologik oʻzgarib borishi, bunday oʻzgarishlarning davomiyligi va qanday tusda kechishi baholanadi. His-hayajonning tashqi koʻrinishi boʻyicha muayyan holatga mos kelish-kelmasligi, nomzodning (oʻquvchining) oʻz tuygʻularini bildirmaslik yoki tiya olish qobiliyati baholanadi. Nomzodning (oʻquvchining) shijoati qiziqish va xatti-harakatlarining oʻziga xos xususiyatlariga koʻra baholanadi.
Atrof-muhitni toʻgʻri idrok etish qobiliyatining buzilishlari yoʻqligi yoki mavjudligi: illyuziyalar, gallyutsinatsiyalar, ularning mazmuni, ularga boʻlgan munosabat (tanqidiy, affektiv, befarq), atrof-muhit, vaqt, oʻz shaxsi va boshqalarni idrok etish sifatining oʻzgarishi aniqlanadi. Nomzodda (oʻquvchida) ushbu buzilishlarni hamda xayoldan ketmaydigan fikrlar va vasvasa gʻoyalarini aniqlash uchun maqsadli soʻrov oʻtkazish talab qilinadi.
4-bob. Asab tizimini tekshirish
15. Asab tizimini tekshirish nomzodning (oʻquvchining) tibbiy hujjatlarini oʻrganib chiqish, uning soʻrovi va nomzodni (oʻquvchini) obyektiv klinik-nevrologik tekshirishdan iborat. Soʻrov paytida shikoyatlar, hayot anamnezi aniqlanadi, anamnezida hushdan ketish xurujlari, talvasalar, nutq, eshitish, koʻrish, markaziy va periferiya asab tizimi jarohatlari boʻlganligi, ruhiy va asab kasalliklari muassasalarida davolanganligiga eʼtibor beriladi, tungi siydik tuta olmasligi tugagan vaqti aniqlanadi. Irsiyatiga aniqlik kiritiladi: qarindoshlarida talvasali tutqanoqlar, hushdan ketishlar, mushaklar zaiflik holatlari, ruhiy holatining buzilganligi, spirtli ichimliklarni suiisteʼmol qilish va giyohvand vositalarini isteʼmol qilish holatlari boʻlmaganligi haqida maʼlumotlar olinadi.
Tashqi koʻrikda tana tuzilishi, teri, shilliq qavatlarining holati, mushak tizimi va yurish baholanadi. Nomzod (oʻquvchi) muqaddam bosh miya jarohati olganligini inkor qilishiga qaramay, bosh miya jarohatlarining yoʻqligiga aniqlik kiritiladi.
16. Asab tizimini tekshirish markaziy va periferik nervlar faoliyatini tekshirishdan boshlanadi. Koʻzni harakatlantiruvchi nerv va koʻz simpatik innervatsiya faoliyati tekshiriladi. Koʻz olmasining joylashuvi, yuqoriga, pastga, ichkariga va tashqariga harakatlari tekshiriladi. Qorachiqlarning shakli va oʻlchamlari, tengligi hamda yorugʻlik taʼsiriga javobi (toʻgʻri va birgalikda) konvergensiya va akkomodatsiyada aniqlanadi.
Uch shoxli nerv faoliyati oʻrganilayotganda yuzdagi sezuvchanlik, chaynash mushaklarining holati, pastki jagʻning harakat hajmi, korneal va konyunktival reflekslar tekshiriladi.
Shundan soʻng boshqa nervlar faoliyati tekshiriladi. Ikkala tomonda peshonadagi teri burmalari, koʻz kosalarining kengligi, koʻzni qisish va qovoqni sola olish qobiliyatlari, tishlar namoyish qilinganda lab-burun burchagining bir xilligi tekshiriladi.
Vestibulyar apparatning harakat faoliyati (nistagm, muvozanat, moʻljaldan adashish holatlari) aniqlanadi.
Asosiy taʼmlar (shirin, nordon, achchiq) mazasini toʻgʻri sezishi aniqlanadi, bu maqsadda shakar, osh tuzi, limon kislotasining standart eritmalari qoʻllaniladi, tovush chiqarishda yumshoq tanglayning harakatchanligi, tovushning jarangdorligi, yutish qobiliyati, boshni burish va yelkani koʻtarish imkoniyati, til ogʻizdan chiqarilganda harakat hajmi, uning mushaklarida fibrilyar titrashlar va atrofiyaning mavjudligi tekshiriladi.
17. Harakat doirasi tekshirilayotganda qoʻl va oyoqlarning faol va passiv harakatlar hajmi, harakatlarning oʻzaro muvofiqligi (statik va dinamik ataksiya), mushaklarning kuchi, tarangligi, taʼminlanishi tekshiriladi. Zoʻraki harakatlar (giperkinezlar), harakat cheklanishi (kontrakturalar) va atrofiyalar mavjudligiga eʼtibor qaratiladi. Soʻngra pay, periostal, teri va shilliq qavatlarning reflekslari tekshiriladi. Har bir refleks oʻng va chap tomonda alohida tekshiriladi, ularning kuchi va bir xilligi solishtirib koʻriladi. Patologik reflekslarning yoʻqligi yoki mavjudligi, yuzaki va chuqur (ogʻriq, harorat, taktil va mushak-boʻgʻim) sezuvchanligi ahvoli aniqlanadi.
Vegetativ asab tizimini tekshirishda teri qoplamlari (yuz, tana, qoʻl va oyoqlar) rangi, taʼminot (trofik) buzilishlar mavjudligi hamda palpatsiya orqali uning namligi va haroratiga eʼtibor qaratiladi. Terining vegetativ reflekslari (mahalliy va reflektor dermatografizm, pilomotor refleks), boʻyinning vegetativ, klinostatik va ortostatik reflekslari tekshirib koʻriladi.
Yuqorida qayd etilgan asab tizimi obyektiv tekshiruvlarining minimal hajmi ambulatoriya sharoitlarda hamma uchun majburiydir.
5-bob. Ichki aʼzolarni tekshirish
18. Ichki aʼzolarni tekshirish nomzodning (oʻquvchining) shikoyati va anamnezini oʻrganish hamda umumiy koʻrikdan boshlanadigan tekshiruvdan iborat. Tashqi koʻrinish, tananing tuzilishi, terining rangi, uning choʻziluvchanligi va namligiga eʼtibor qaratiladi hamda palpatsiya orqali teri osti yogʻ qatlami, limfa tugunlari va mushaklarning holati baholanadi.
19. Nafas olish aʼzolarini tekshirish quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
shikoyatlarni baholashda hansirashning tavsifi (fiziologik yoki patologik, ekspiratorli, inspiratorli yoki aralash), yoʻtalning xususiyatlari, ogʻriq mavjud boʻlganda, uning joylashuvi, kuchi, davomiyligi, koʻkrak qafasida irradiatsiyasi va nafas olish, yoʻtal bilan bogʻliqligiga eʼtibor qaratiladi;
koʻrikda teri va koʻrinib turgan shilliq qavatlar rangi, koʻkrak qafasining shakli, oʻmrov suyaklari va ularning ustki va ostki chuqurchalari, kuraklarning joylashishi, koʻkrak qafasi ikkala tomonning simmetriyasi, nafasning turi, tezligi, nafas harakatlarining maromi va chuqurligi, nafas olishda yordamchi mushaklarning ishtiroki baholanadi;
palpatsiya mobaynida koʻkrak qafasidagi ogʻriqning keng tus olganligi va uning rezistentligi (elastikligi), ovoz titrashi ifodalanganligi, oʻpka pardasi ishqalanish tovushi va plevra boʻshligʻidagi suyuqlikning shovullashi aniqlanadi;
qiyosiy perkussiyada oʻpkaning chegaralari, oʻpka quyi chekkalarining harakatchanligi, oʻpkalar yuqori uchlarining turish balandligi, ularning kengligi hamda patologik holatlarda oʻpka perkutor tovushining oʻzgarganligi (plevra boʻshligʻida suyuqlik va oʻpkada yalligʻlanish yoki oʻsma kasalliklar mavjud boʻlganda tovushning qisqarishi, uning toʻmtoqlashgan yoki toʻmtoqligi; oʻpkada boʻshliqlar mavjudligida — absess, kaverna, oʻpka toʻqimasida havolanish hajmi oshganda — emfizemada, plevra boʻshligʻida havo toʻplanganda timpanik, qutisimon tovushlar) aniqlanadi;
auskultatsiyada nafas olish turli bosqichlarida nafas shovqinlarining tavsifi, kuchi va davomiyligi aniqlanadi. Asosiy (vezikulyar, bronxial va ulardagi oʻzgarishlar) va yondosh nafas shovqinlari (xirillash, krepitatsiya va plevraning ishqalanish tovushi) aniqlanadi;
agar oʻpka kasalliklari mavjudligiga gumon qilinadigan alomatlar topilsa, rentgenologik, tibbiy anjomlar yordamida va laborator tekshirish usullari qoʻllanadi.
20. Qon aylanish aʼzolari tizimini tekshirish quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
qon tomirlarni tekshirish — arteriya va venalarni koʻzdan kechirish va palpatsiya, yirik tomirlarni auskultatsiya hamda qon-tomir tizimini tibbiy uskunalar yordamida tekshirish orqali amalga oshiriladi. Yurak yoki yirik tomirlar kasalliklarini ifoda qiluvchi pulsning maromi, tezligi, kuchi va toʻlaqonligi hamda tananing turli sohalaridagi arteriya va venalarning pulsatsiyasi aniqlanadi. Arterial qon bosimi tinch (oʻtirgan) holatda ikkala qoʻlda oʻlchanadi. Arterial qon bosimi 140/90 mm simob ustunidan yuqoriligi bir-necha marotaba aniqlanishi arterial gipertenziyaning ishonchli belgisi hisoblanadi. Arterial qon bosimini bir marotaba oʻlchash paytida uning tasodifan koʻtarilganligini qayd etmaslik maqsadida arterial qon bosimini bir necha marta oʻlchash va eng past koʻrsatkichni inobatga olish maqsadga muvofiq;
palpatsiya va perkussiya orqali yurakning chegaralari, yurak uchidagi turtkining mavjudligi, uning kengligi, kuchi, egiluvchanligi, koʻkrak qafasidagi titroq, yurak sohasi va uning atrofidagi boshqa pulsatsiyalar aniqlanadi. Nomzod (oʻquvchi) har xil (yotgan, oʻtirgan va boshqa) holatlarda va jismoniy zoʻriqishdan soʻng, yuragini eshitganda tonlar jarangdorligi (kuchayishi, pasayishi, aksenti) va ularning tavsifi (parchalanishi, ikkiga boʻlinishi, qoʻshimcha tonlar paydo boʻlishi) baholanadi hamda yurak shovqinlari mavjudligi qayd etiladi. Shovqinni eshitishda uning yurak faoliyati bosqichiga munosabati, tavsifi, kuchi, davomiyligi, joylashuvi va asosiy irradiatsiya yoʻnalishlarini aniqlash lozim.
21. Qorin boʻshligʻi aʼzolarini tekshirishda shikoyatlar va anamnezga alohida eʼtibor qaratiladi. Koʻrikda ogʻiz boʻshligʻi (tishlar, milklar, til, shilliq qavatlar) holati baholanadi. Qorin boʻshligʻi aʼzolarining palpatsiya orqali tekshiruvi yotgan va tik turgan holatlarda oʻtkaziladi. Avval yuzaki, keyin chuqur sirpanuvchi palpatsiya usullari bilan ichki aʼzolar ogʻrigʻi, qorin pardasining taʼsirlanishi, qorin oq chizigʻi churrasi mavjudligi, qorin devorining tarangligi hamda ayrim qorin boʻshligʻi aʼzolari va ulardagi oʻsmasimon hosilalarning chegaralari, zichligi, joylashishi aniqlanadi. Qorin boʻshligʻi aʼzolarida kasallik mavjudligini koʻrsatuvchi belgilar topilganda, qoʻshimcha (laborator, rentgenologik, tibbiy uskunalar yordamida va boshqa) tekshiruvlar oʻtkaziladi.
22. Siydik ajratish aʼzolarini tekshirish quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
shikoyatlar (holsizlik, bel sohasidagi ogʻriqlar, siydik miqdorining kamayishi, mehnat qobiliyatining pasayishi, ozib ketish, jizzakilik va boshqalar) va anamnezga, obyektiv koʻrikda tanadagi shishlar va ularning joylashishi kunning qaysi vaqtida paydo boʻlishi hamda siydik rangining oʻzgarishiga alohida eʼtibor qaratiladi;
irsiy nefropatiyalarga xos boʻlgan embriogenez buzilish alomatlari (tanglayning balandligi, suyak tizimi anomaliyasi, quyon labi va boshqalar) aniqlanadi;
qorin sohasining palpatsiya orqali tekshiruvi turli (tik turgan, yuqoriga qarab va yonboshlab yotgan) holatlarda oʻtkaziladi. Arterial qon bosimining oshishi buyrak kasalliklarining koʻp uchraydigan belgisi hisoblanishini eʼtiborga olib, yuqori arterial qon bosimi mavjud boʻlgan nomzodda (oʻquvchida) qorin sohasini auskultatsiya qilish orqali buyrak arteriyasi stenozi aniqlanadi.
6-bob. Jarrohlik tekshiruvlari
23. Jarrohlik tekshiruvlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
nomzod (oʻquvchi) gavdasini tutishi old va yon taraflardan oʻrganiladi, bunda gavdaning toʻgʻriligi — boshni toʻgʻri tutishi, yelka-boʻyin chiziqlarining simmetrik turishi, qirrali oʻsimtalar chizigʻining oʻrtada joylashganligi, kuraklarning burchaklari simmetrik va bir sathda joylashganligi, bel sohasi uchburchaklarining bir xilligi, koʻkrak qafasining bir oz oldinga turtib chiqqanligi va oyoqlarning toʻgʻri shaklda ifodalanganligi bilan belgilanadi;
teri qoplamlarining holati oʻrganiladi, agar chandiqlar mavjud boʻlsa, ularning tavsifi va kelib chiqishi baholanadi;
koʻkrak qafasi koʻzdan kechirilayotganda — umurtqa pogʻonasida qiyshayish yoki deformatsiya borligi, kuraklarning simmetrik joylashuvi, umurtqa pogʻonasi shaklining buzilishi (kifoz, lordoz va boshqalar) darajasi hamda mustaqil ravishda rivojlangan patologik shakl oʻzgarishlari mavjudligiga eʼtibor qaratiladi. Oʻmrov suyaklari joylashuvi aniqlanadi;
qorin sohasi koʻzdan kechiriladi, agar chandiqlar mavjud boʻlsa, ularning tavsifi va kelib chiqishi baholanadi;
jinsiy aʼzolar koʻzdan kechirilayotganda olat, siydik nayi va moyaklarning rivojlanish nuqsonlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
24. Nomzodning (oʻquvchining) gavdasini tutishi baholanadi, bunda gavdasini majburiy holatda tutishi ogʻriq hissi, anatomik oʻzgarishlar yoki kompensatsiya natijasida patologik oʻrganib qolish tufayli ifodalanadi.
Oyoq-qoʻllar holatlari (ichki yoki tashqi rotatsiya, tanaga yaqinlashtirilgan yoki undan uzoqlashtirilgan, bukilgan yoki uzatilgan boʻlishi) aniqlanadi.
Suyaklardagi eski siniq, boʻgʻim chiqishi va boshqa jarohatlarni aniqlash uchun bildiruv nuqtalari (suyak boʻrtmalari va oʻsimtalari) joylashuviga eʼtibor qaratiladi. Meʼyorda tirsak boʻgʻimida bilaklar toʻgʻriga uzatilganda, yelka suyagi oʻsimtalari va tirsak oʻsimtasining ustki nuqtasi bir chiziqda joylashishini eʼtiborga olib, tirsak bukilganda bildiruv nuqtalarining uchi tirsak oʻsimtasida boʻlgan teng tomonli uchburchakni tashkil etishi aniqlanadi.
25. Chanoq (tos) suyagining shakli va holati quyidagi tartibda oʻrganiladi:
koʻpchilik nomzodlarda (oʻquvchilarda) meʼyorda bir oyoq ikkinchisidan kalta boʻlishi mumkinligini hisobga olib, bir oyoq ikkinchisidan 2 sm va undan koʻproq kalta boʻlganda, tosning qiyshayishi aniqlanadi;
dumba burmalari va son suyagi katta koʻst boʻrtmalarining simmetriyasi qayd etiladi;
dumgʻaza-dum va anal teshigi sohalari epitelial dum yoʻlaklari va ularning asoratlari, surunkali paraproktit, orqa teshikning toʻliq yopilmasligi alomatlarini koʻrish uchun koʻzdan kechiriladi.
Oyoq terisining rangi, shishganligi, trofik oʻzgarishlar va teri osti venalarining varikoz kengayishiga eʼtibor qaratiladi. Oyoq panjasi va kaftining bosuvchi yuzasi koʻzdan kechiriladi.
27. Bosh suyagi palpatsiya orqali tekshiriladi, bunda qopqoq suyaklarida jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi chandiqlar, yumshoq toʻqimalar va suyaklarda oʻsmasimon hosilalar mavjudligiga eʼtibor qaratiladi.
28. Periferik limfa tugunlari, qalqonsimon bez, terining tarangligi va harorati hamda mushaklarning rivojlanishi aniqlanadi.
29. Qorinni palpatsiya orqali qorin old devorining tinch yoki kuchanishdagi holati, ichki aʼzolardagi patologik oʻzgarishlar va chov tashqi halqasining ahvoli aniqlanadi hamda tashqariga chiqib turgan churra mavjudligi, uning oʻlchamlari va toʻgʻrilanishga moyilligi baholanadi.
30. Tayanch-harakat tizimi va umurtqa pogʻonasini baholashda uning anatomik oʻzgarganligi va funksional faoliyatining buzilish darajasi aniqlanadi.
31. Oyoq-qoʻl boʻgʻimlarida harakatlar hajmi ularning barcha sathlardagi faol va passiv, shuningdek, supinatsiya va pronatsiya harakatlarini tekshirish orqali aniqlanadi. Mushaklar kuchi qoʻl va koʻtarish dinamometrlari orqali aniqlanadi.
32. Oyoq-qoʻllar aylanasini oʻlchash santimetrli oʻlchov tasmasi bilan simmetrik sohalarda amalga oshiriladi, jumladan, sonning yuqori, oʻrta va pastki uchdan bir qismlarida hamda yelka va boldirning eng yoʻgʻon boʻlgan qismida oʻlchanadi.
33. Nomzod (oʻquvchi) oyoq-qoʻllari boʻgʻimlarining harakat hajmini oʻlchashda xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun quyidagi usullar qoʻllaniladi:
yelka boʻgʻimini bukish va yozish harakatlarini aniqlashda nomzod (oʻquvchi) shifokorga yoni bilan turadi. Boʻgʻimni bukish harakatini aniqlashda burchak oʻlchagichining harakatsiz branshasi yelka suyagining katta doʻngligi va uning tashqi boʻrtmasi bilan birlashtiruvchi chiziq markaziga parallel holda joylashtiriladi. Nomzod (oʻquvchi) yelka kamari ishtirokisiz, gavdasini egmasdan qoʻllarini oldinga maksimal darajada koʻtaradi. Boʻgʻimni yozish harakatini aniqlashda xuddi shu shartlar bilan nomzod (oʻquvchi) qoʻlini orqa tarafga maksimal qayiradi. Yelka boʻgʻimini uzoqlashtirish harakatini aniqlashda nomzod (oʻquvchi) shifokorga orqasi bilan turadi. Kurak burchaklari sathi bir xil. Burchak oʻlchagichining harakatsiz branshasi tananing vertikal oʻqiga, harakatlanadigan qismi kurak suyagining yelka oʻsigʻini tirsak suyagining tirsak oʻsimtasi bilan bogʻlovchi chiziqqa parallel ravishda oʻrnatiladi. Nomzod (oʻquvchi) qoʻllarini maksimal ravishda yon taraflarga uzoqlashtiradi;
tirsak boʻgʻimini bukish va yozish harakatlarini aniqlashda nomzod (oʻquvchi) shifokorga yon tomoni bilan turadi, kaftlarini oldinga qaratib, qoʻllarini pastga tushiradi. Burchak oʻlchagichining harakatsiz branshasi yelka suyagining tashqi doʻngligini bilak suyagining bigizsimon oʻsimtasi bilan birlashtiradigan chiziqqa parallel holda joylashtiriladi. Bilak ohista oxirigacha bukiladi. Burchak oʻlchagichining oʻqi tirsak boʻgʻimining koʻndalang oʻqiga mos tushishi kerak;
bilak-kaft boʻgʻimini ortga yozish, kaft yuzasiga bukilishi, radial va ulnar deviatsiyasi harakatlarini aniqlashda nomzodning (oʻquvchining) bilagi va panjalari gorizontal tekislikda bosh barmoq kaftga qisilgan holda turadi. Burchak oʻlchagichining harakatsiz branshasi bilak suyagining bigizsimon oʻsimtasi bilan ikki boshli mushak paylarining tashqi tomonini birlashtiruvchi chiziqqa parallel ravishda, harakatlanuvchi qismi ikkinchi kaft suyagining uzunligi boʻylab parallel oʻrnatiladi;
son-chanoq boʻgʻimini bukish va yozish harakatlarini aniqlashda nomzod (oʻquvchi) yuqoriga qarab yotadi, bunda tekshirilayotgan oyoq uzatilgan holda boʻladi, ikkinchi oyoq tizzasida bukilgan holda shu tomondagi qoʻl bilan ushlab turiladi. Burchak oʻlchagichining harakatsiz branshasi yonbosh suyagining qanot osti chuqurchasini katta koʻst bilan birlashtiradigan chiziqqa parallel ravishda oʻrnatiladi, harakatlanuvchi qismi katta koʻstni sonning tashqi boʻrtmasi bilan birlashtiradigan chiziqqa oʻrnatiladi. Oʻlchov jarayonida tekshirilayotgan oyoq son-chanoq boʻgʻimida bukilgan boʻladi. Son-chanoq boʻgʻimini uzoqlashtirish harakatlarini aniqlashda nomzod (oʻquvchi) yuqoriga qarab yotadi, bunda oyoqlar uzatilgan, tovonlar juftlangan va qoʻllar tana boʻylab choʻzilgan holda boʻladi. Burchak oʻlchagichining harakatsiz branshasi xanjarsimon oʻsiqdan qov birlashmasi orqali sonning ichki boʻrtmasi boʻylab oʻtadigan chiziqqa oʻrnatiladi va tekshirilayotgan oyoq maksimal uzoqlashtiriladi;
tizza boʻgʻimini bukish va yozish harakatlarini aniqlashda nomzod (oʻquvchi) ikkala tizza boʻgʻimlari yozilgan holda yuqoriga qarab yotadi. Burchak oʻlchagichining harakatsiz branshasi son suyagining katta koʻsti va tashqi doʻngligini birlashtiradigan chiziqqa parallel ravishda oʻrnatiladi. Burchak oʻlchagichining harakatlanuvchi qismi kichik boldir suyagining boshchasi va tashqi toʻpigʻini birlashtiradigan chiziqqa parallel holda oʻrnatilib, avval boldir sohasi tizza boʻgʻinidan bukiladi, keyin toʻliq yoziladi;
oshiq-boldir boʻgʻimini oyoq kaftining yuzasiga yozish va bosuvchi yuzasiga bukish harakatlarini aniqlashda nomzod (oʻquvchi) yuqoriga qarab yotadi. Bunda oyoq panjasi burchagi 90 gradus ostida burchak oʻlchagichining harakatsiz branshasi kichik boldir suyagining boshchasi va tashqi toʻpigʻini birlashtiradigan chiziqqa parallel holda, harakatlanuvchi qismi oyoq panjasini tashqi tomoni boʻylab oʻrnatiladi. Dastlab oyoq kaftining bosuvchi yuzasiga bukish, keyin oyoq kaftining yuzasiga yozish harakatlari aniqlanadi.
34. Oyoq-qoʻllarning uzunligi santimetrli oʻlchov tasmasi yordamida oʻlchanadi. Qoʻllar uchun oʻlchov oʻqi yelka suyagi boshchasining markazidan yelkaning boshsimon boʻrtigʻi orqali bilak va tirsak suyaklarining boshchalari boʻylab oʻtadi. Oyoqning oʻlchov oʻqi yonbosh suyagining oldingi yuqori oʻsigʻidan tizza qopqoq suyagining ichki tomoni orqali oʻtib, birinchi barmoqni birlashtiruvchi toʻgʻri chiziq boʻylab oʻtkaziladi. Boʻgʻimlarning ankilozlari, kontrakturalari, son-chanoq boʻgʻimi patologiyalarida sogʻ va kasallangan oyoqlarning anatomik uzunligi bir xil, lekin kasallangan oyoqning nisbiy uzunligi kaltaroq boʻladi. Anatomik uzunlik segment boʻyicha, nisbiy uzunlik oyoq yoki qoʻlning boshidan oxirigacha boʻlgan chiziq boʻyicha oʻlchanadi.
Yelkaning anatomik uzunligi yelka suyagining katta doʻmbogʻidan tirsak oʻsigʻigacha, bilakning uzunligi tirsak oʻsigʻidan tirsak suyagining bigizsimon oʻsimtasigacha oʻlchanadi. Sonning anatomik uzunligi katta koʻstdan tizza boʻgʻimi oraligʻigacha, boldirning uzunligi tizza boʻgʻimi oraligʻidan tashqi toʻpiqning quyi nuqtasigacha oʻlchanadi. Qoʻl yoki oyoqning barcha segmentlari uzunligining yigʻindisi uning anatomik uzunligini tashkil qiladi.
Qoʻlning nisbiy uzunligi kurakning akromial oʻsimtasidan qoʻlning uchinchi barmogʻi uchigacha, oyoqning nisbiy uzunligi yonbosh suyagining oldingi yuqori oʻsigʻidan oyoq kaftining bosuvchi yuza qirrasigacha oʻtkazilgan toʻgʻri chiziqni oʻlchash yoʻli bilan aniqlanadi.
35. Umurtqa pogʻonasining tekshiruvi tananing oʻqiga yuklama berish va ogʻriqli nuqtalarni aniqlashdan boshlanadi. Qoʻshimcha aniqlik kiritish maqsadida umurtqa pogʻonasining oʻtkir oʻsiqlari uchlari perkussiyasi va paravertebral nuqtalar palpatsiyasi amalga oshiriladi.
Boshning meʼyorda egilishi: oldinga 40 gradusga egilish imkoni bor, bunda iyak toʻshga tekkunga qadar egiladi; orqaga egilganda ensa sohasi gorizontal holatni egallaydi; bosh ikki yonboshga yelka ustiga tekkunga qadar egiladi. Boshni har ikkala tomonga 85 gradusgacha burish imkoni bor. Umurtqa pogʻonasining koʻkrak va bel qismlari ikkala yonboshga 25-30 graduslar chegarasida harakat imkoniyati mavjud.
Meʼyorda VII boʻyin umurtqasining oʻtkir oʻsigʻi va ensa suyagining boʻrtigʻi orasidagi masofa bosh egilganda 3 sm ga va undan koʻpga uzayadi, boshni orqaga tashlaganda esa, 8 sm ga va undan koʻpga kamayadi. VII boʻyin va I dumgʻaza umurtqalarining oʻtkir oʻsiqlararo masofasi egilganda gavdani odatda tutganga nisbatan 5 sm va undan koʻpga koʻpayadi, orqaga egilganda esa, 5 sm va undan koʻpga kamayadi. Koʻkrak va bel qismidagi yonboshga egilishlar tik chiziqdan 25 gradusdan kam boʻlmaydi. Umurtqa pogʻonasining harakat kengligi chegaralanganligini baholashda tekshirilayotgan umurtqa pogʻonasi qismining oldinga va orqaga egilishining yigʻindisini meʼyoridagi koʻrsatkichlar bilan solishtiriladi.
Umurtqa pogʻonasida shakl buzilishi mavjudligiga shubha qilinganda, qirrali oʻsiqlar uchlari proyeksiyasida teri marker bilan belgilab chiqiladi. Umurtqa pogʻonasi shakl buzilishini oʻlchash mumkin. Buning uchun shovun (otves) qoʻllaniladi, u VII boʻyin umurtqasining qirrali oʻsigʻiga tibbiy bogʻlam bilan yopishtirib qoʻyiladi. Agar shovun aniq dumbalar oraligʻidan oʻtsa, unda skolioz, yaʼni qiyshayish meʼyor darajada deb hisoblanadi. Agar shovun oʻrta chiziqdan siljisa, uning koʻrsatkichi umurtqa pogʻonasi shakl buzilishining barcha uzunligida keyin rentgen maʼlumotlari bilan solishtirish uchun oʻlchash lozim. Simmetrik nuqtalarda kurak cheti va umurtqa pogʻonasi orasidagi masofa qiyoslab koʻriladi, tananing koʻtarish dinamometriyasi koʻrsatkichlari baholanadi. Umurtqa pogʻonasining ifodalangan shakl buzilishlari tashqi nafas olish faoliyatining buzilishi bilan birgalikda kechishi sababli oʻpkalarning hayotiy sigʻimi, bir daqiqadagi nafas hajmi va oʻpkalarning maksimal sigʻimi ham aniqlanishi lozim.
Umurtqa pogʻonasining shakl buzilishini toʻla tasdiqlash uchun tekshiruvlarni tananing gorizontal va vertikal holatlaridagi umurtqa pogʻonasi rentgenografiyasi bilan toʻldirish lozim.
Skolioz darajasi rentgenogrammalardagi skolioz burchaklarini oʻlchash asosida aniqlanadi: I daraja — 1 — 10 gradus, II daraja — 11 — 25 gradus, III daraja — 26 — 50 gradus, IV daraja — 50 gradusdan ortiq.
36. Yassi oyoqlik darajasi rentgen yordamida aniqlanadi. Oyoq panjasini suratga olish yalangoyoq tik turgan holda, yuklama bilan oʻtkaziladi.
Yassi oyoqlikni bosqichlari boʻyicha yuzaga keladigan organik oʻzgarishlarini klinik va rentgen tasvirlariga koʻra baholash quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Artrozning bosqichi
Boʻgʻim yorigʻining holati va oʻlchamlari
Boʻgʻim oraligʻi chetlaridagi suyakli oʻsiqlar mavjudligi va ularni boʻgʻim chetlaridan chiqib turadigan oʻlchamlari
Boʻgʻim va tutashuvchi suyaklarning boʻgʻim yuzalarining holati
Birinchi
50% dan ortiq boʻlmagan torayish
mavjud, oʻlchamlari 1 mm dan ortiq emas
oʻzgarishlar yoʻq
Ikkinchi
50% yoki undan ortiq boʻlgan torayish
mavjud, oʻlchamlari 1 mm dan ortiq
boʻgʻim oraliqlarining shakl oʻzgarishlari va togʻay osti osteosklerozi bilan
Uchinchi
deyarli toʻliq obliteratsiya
suyak chetlari oʻsiqlari ifodalangan
qoʻpol shakl oʻzgarishi va togʻay osti osteosklerozi bilan
Oyoq panjasi gumbazining balandligi aniqlanadi, gumbaz eng baland nuqtasidan pastki uchburchak — tovon suyagining notekis yuzasini birinchi oyoq kaft suyagi boshchasining pastki kaft tomoni bilan birlashtiradigan chiziq asosiga tushirilgan perpendikulyarning uzunligi aniqlanadi. Meʼyorda bu burchak 125 — 130 gradusga teng, oyoq panjasi gumbazining balandligi 39 — 36 mm.
Yassi oyoqlikning I darajasi: ichki kaft gumbazining koʻndalang kesmasi burchagi 131 — 140 gradus, gumbazning balandligi — 35 — 25 mm. Yassi oyoqlikning ikkinchi darajasi: ichki kaft gumbazining koʻndalang kesmasi burchagi 141 — 155 gradus, gumbazning balandligi — 24 — 17 mm. Ponasimon suyak kaltalashgan, boʻyinchasi aniq ifodalanmagan. Yassi oyoqlikning uchinchi darajasi: ichki kaft gumbazining koʻndalang kesmasi burchagi 155 gradusdan ortiq, gumbazning balandligi — 17 mm dan kam. Shuningdek, oyoq panjasi koʻndalang gumbazi yassiligi, bosh barmoqning uzoqlashtiruvchi kontrakturasi koʻzga tashlanadi. Oyoq panjasi buralgan va tashqariga qayrilgan. Oyoq panjasi gumbazining balandligi yassi oyoqlikning darajasini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi.
Oyoq panjalari shaklni oʻzgartiruvchi artrozning I bosqichi rentgen tasvirlari boʻgʻim chetlaridan 1 mm dan koʻp chiqmaydigan suyakli oʻsiqlar va boʻgʻim yorigʻini 50 foizgacha torayishi bilan tavsiflanadi.
Artrozning II bosqichida boʻgʻim yorigʻi kengligi — 50 foiz va undan koʻp toraygan, boʻgʻim chetlaridan 1 mm dan koʻp chiqadigan suyakli oʻsiqlar shakl oʻzgarishlari va tutash suyaklar boʻgʻim oxirlarining subxondral osteosklerozi bilan.
Oyoq panjalari artrozi III bosqichida boʻgʻim orasi kengligi deyarli obliteratsiyalangan, boʻgʻim chetlarida ogʻir ifodalangan suyakli oʻsiqlar chuqur shakl oʻzgarishlari va tutash suyaklar boʻgʻim oxirlarining subxondral osteosklerozi bilan.
37. Nomzod (oʻquvchi) yotgan holatida magistral qon tomirlarining urishini palpator va askultativ yoʻl bilan tekshiriladi. Zarurat tugʻilganda, ossillografiya va nitroglitserin bilan oʻtkaziladigan sinov amallari, angiografiya, flebografiya, reovazografiya, dopplerografiya kabi qon aylanish tizimi holatining obyektiv koʻrsatkichlarini namoyon qiluvchi tadqiqotlar oʻtkaziladi.
7-bob. LOR aʼzolarni tekshirish
38. Quloq, burun, tomoq tekshiruvlari uzunligi olti metrdan kam boʻlmagan, shovqinlardan holi boʻlgan xonada oʻtkaziladi. Anamnez yigʻishda muqaddam quloq, burun, tomoq kasalliklarini oʻtkazganligi surishtiriladi. Shu bilan bir vaqtda nutqdagi nuqsonlar aniqlanadi.
Obyektiv tekshiruv qorongʻilashtirilgan, yon tomondan tushib turadigan sunʼiy yorugʻlik manbai bor xonada oʻtkaziladi. Bir vaqtda ushbu xonada nomzod (oʻquvchi) soni ikkitadan oshmasligi kerak. Tekshiruv tashqi koʻrikdan boshlanadi, keyin hid sezish, burundan nafas olish va eshitish tekshiriladi.
39. Quloqni tekshirishda quloq suprasi, soʻrgʻichsimon oʻsiqlar koʻrikdan oʻtkaziladi, bir vaqtning oʻzida ularning sezuvchanligi ham aniqlanadi. Nogʻora pardada oʻzgarishlar mavjud boʻlsa, tekshirish pnevmatik voronka yordamida oʻtkaziladi.
40. Yuqori nafas yoʻllarining nafas olish va tovush hosil qilish faoliyati tekshiriladi. Burunning tashqi qismlari va burun boʻshligʻi, halqum, hiqildoq koʻrikdan oʻtkaziladi. Bir vaqtning oʻzida nomzodning (oʻquvchining) ogʻzidan chiqayotgan havoning hidiga ham eʼtibor qilinadi.
41. Burun boʻshligʻi tekshirilayotganda burun oynasidan foydalaniladi. Shilliq qavatlarning holati tekshiriladi, yiring, poliplar bor-yoʻqligiga ishonch hosil qilinadi, burunning oʻrta togʻay devori holati baholanadi, shilliq qavatda burun boʻshligʻini toraytiradigan burmalar, oʻsimtalar borligi aniqlanadi. Burundan nafas olish kuchli buzilganda, burundan sassiq hid kelayotganda, tovush dagʻal boʻlib qolganda, manqalanganda, bodomcha bezlarida oʻzgarishlar boʻlganda, halqum yaralari va oʻsmalari aniqlanganda chuqurroq tekshiruv oʻtkaziladi.
Duduqlanish mavjudligida nevropatolog, zarurat tugʻilganda, psixiatr va logopeddan maslahat olinadi.
42. Hid sezish toʻrtta standart hid sinamalari yordamida oʻtkaziladi: 0,5 foizli sirka kislotaning eritmasi (kuchsiz hid), toza etil spirti (oʻrtacha hid), oddiy valeriana damlamasi (kuchli hid), nashatir spirti (oʻta kuchli hid).
Bu eritmalar shakli va rangi bir xil boʻlgan raqamlangan shisha idishlarda saqlanadi. Hid sezishi oʻta past darajaga pasayganda nomzod (oʻquvchi) chuqur nevrologik tekshiruvdan oʻtishi lozim.
43. LOR aʼzolari koʻrigidan soʻng shivirlab gapirilgan nutqqa nisbatan eshitish qobiliyati oʻtkirligi belgilanadi. Tekshiruvni oʻtkazish uchun yigirma birdan toʻqson toʻqqizgacha boʻlgan raqamlardan foydalanish tavsiya etiladi, bunda nomzod (oʻquvchi) shifokor lablarining harakatini koʻrmasligi lozim.
Shivirlashni mumkin qadar bir xil jadallikda boʻlishini taʼminlash maqsadida shifokor soʻzlarni nafas chiqarishdan soʻnggi qoldiq havo yordamida aytadi. Tekshirish olti metr masofadan boshlanadi. Nomzodning (oʻquvchining) shifokor tomonidan shivirlab aytilgan barcha soʻzlarni yoki mutlaq koʻpchiligini takrorlay olgan masofa eshitish qobiliyatining oʻtkirligi masofasi boʻlib hisoblanadi.
44. Zarurat tugʻilganda, audiometriya, quloq manometri yordamida yoki barokamerada quloqning barometriya faoliyati, Barani kreslosi yoki Xilov argʻimchogʻida quloqning vestibulyar faoliyati tekshiruvi oʻtkaziladi.
8-bob. Ogʻiz boʻshligʻi va jagʻlarni tekshirish
45. Ogʻiz boʻshligʻi va jagʻlarni tekshirish jarayonida shikoyatlarni aniqlash, ularning tavsifini baholash, anamnez yigʻish, klinik va faoliyatga oid tekshiruvlar oʻtkazish amalga oshiriladi. Nomzodning (oʻquvchining) muqaddam oʻtkazgan kasalliklari surishtiriladi.
46. Obyektiv tekshiruvlar gavdani toʻgʻri tutish, tik yuzaga nisbatan boshning turish holatini baholashdan boshlanadi. Keyin yuzdagi nuqson, shakl buzilishi, chandiq yoki assimetriyalarni aniqlash maqsadida tashqi koʻrik oʻtkazishga kirishiladi.
Boʻyinning limfa tugunlari boshni biroz pastga egilgan holatida palpatsiya orqali oʻrganiladi hamda shifokor nomzodning (oʻquvchining) ortida turib ham ularni palpatsiya orqali oʻrganadi. Chakka-pastki jagʻ boʻgʻimining ahvoli va faoliyati ham palpatsiya orqali, zarurat tugʻilganda, rentgenologik va boshqa tibbiy uskunalar yordamida oʻrganiladi.
47. Tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek, tish-jagʻ tizimi aʼzolarining asosiy faoliyatlari: nafas olish, nutq, yutinish, chaynash tekshiriladi. Chaynash faoliyatining buzilishi, chaynash fazalarining oʻzgarishi, chaynov bosimining notekis taqsimlanishi, chaynashlar sonining koʻpayishi va ovqatni chaynashga koʻp vaqt sarflash bilan ifodalanadi. Lozim boʻlgan hollarda N.I. Agapovning shartli koeffitsiyenti yordamida chaynash samaradorligini yoʻqotish darajasi belgilanadi. Bunda barcha tishlarning chaynash quvvati 100 % deb qabul qilinadi, shuningdek, har bir tishning chaynash quvvati quyidagi raqamlar bilan belgilanadi: yonbosh kesuvchi tishlar (12, 22, 32, 42) — bir foizdan, markaziy kesuvchi tishlar (11, 21, 31, 41) — ikki foizdan, qoziq tishlar (13, 23, 33, 43) — uch foizdan, kichik oziq tishlar (14, 15, 24, 25, 34, 35, 44, 45) — toʻrt foizdan, birinchi oziq tishlar (16, 26, 36, 46) — olti foizdan, ikkinchi oziq tishlar (17, 27, 37, 47) — besh foizdan hisoblanadi.
Tishlar qisman yoʻqotilganda saqlangan chaynash samaradorligi, yoʻq tishlar va qarama-qarshi tishlar koeffitsiyentlari yigʻindisini yuz foizlik koʻrsatkichdan ayirish yoʻli bilan aniqlanadi. Aql tishlari hisobga olinmaydi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Xalqaro kasalliklar X-tasnifi talablariga muvofiq tishlar formulasi quyidagicha koʻrsatiladi:
18
17
16
15
14
13
12
11
21
22
23
24
25
26
27
28
48
47
46
45
44
43
42
41
31
32
33
34
35
36
37
38
Tish formulasining shartli belgilari: sogʻlom tish — S, yoʻqotilgan tish — Y, chiqmagan tish — Ch, ildiz — I, kariyes — K, pulpit — P, gangrena — G, granulema — GR, olib tashlash kerak boʻlgan tish — OT, temir qoplamali tish — TQ, koʻpriksimon protez — KP, yechiladigan protez — YEP, plombalangan tish — PL.
48. Ogʻiz boʻshligʻi va tishlarning obyektiv tekshiruvi koʻrik, palpatsiya va perkussiyadan iborat. Lozim boʻlganda, elektroodontodiagnostika, tishlar va parodont oʻtayotgan yorugʻlik yordamida, Pisarev-Shiller applikatsiya sinamasi va boshqa usullar yordamida tekshiriladi.
Tish qatorlarining markaziy jipslanishi oʻzaro perpendikulyar uch (sagittal, vertikal, gorizontal) sathlarda aniqlanadi.
Tishlarning toʻgʻri tushmaslik nuqsonlari mavjud boʻlsa, ularning turi hamda anomaliyaning ifodalanganlik darajasi tish qatorlarining siljiganligi bir chiziqli oʻlchovlar yordamida tegmayotgan tishlarning soni koʻrsatiladi. Tishlarning toʻgʻri tushmaslik anomaliyasida uch daraja farqlanadi: anomaliyaning I darajasida tish qatorlari 5 mm gacha, II darajasida — 5 mm dan 10 mm gacha, III darajasida — 10 mm dan ortiq siljigan hollarda kuzatiladi. Bu koʻrsatkich anomaliya darajasidan keyin qavs ichida millimetrlarda koʻrsatiladi.
9-bob. Koʻrish aʼzolarini tekshirish
49. Koʻrish aʼzolarini tekshirish yaxshi yoritilgan, koʻz oʻtkirligini besh metr masofadan aniqlash imkoniyatini beradigan xonalarda oʻtkaziladi. Oftalmoskopiya, skiaskopiya va boshqa tekshiruv usullarini oʻtkazish uchun qorongʻilashtirilgan yondosh xona boʻlishi lozim.
50. Anamnezni yigʻishda koʻrishning oʻziga xos xususiyatlariga, jumladan, oʻtkazilgan kasalliklar va olingan jarohatlar, oilada koʻrish aʼzolarining irsiy kasalliklari borligiga eʼtibor qaratiladi. Suhbat mobaynida koʻz olmalarining harakatchanligi va nigohining yoʻnalishiga eʼtibor qaratiladi.
51. Rang ajrata olishni tekshirish kunduzgi yoki sunʼiy lyuminessent yorugʻlikda oʻtkaziladi. Yorugʻlik manbai nomzodning (oʻquvchining) koʻrish maydonidan tashqarida boʻlishi va jadvallarni yaxshi yoritishi kerak. Rang ajratishni tekshirish uchun Rabkinning toʻqqizinchi va undan kechroq nashr etilgan polixromatik jadvallari qoʻllaniladi. Rang ajratish meʼyorda boʻlsa, nomzod (oʻquvchi) hamma jadvallar va yashirin belgilarni toʻgʻri oʻqiydi. Rang ajratish meʼyordan past boʻlgan hollarda, uning darajasini (xili, shakli, turini) Kris-Nigel-Rabkin tasnifi boʻyicha, Rabkin polixromatik jadvallariga berilgan tushuntirish matnidagi uslubiy koʻrsatmalardan foydalangan holda belgilanadi. Eng muhimi, bu hollarda “S” turdagi trixromaziya nuqsonini aniq ajrata bilish lozim, chunki bu turda amaliy faoliyatda ranglar toʻgʻri ajratiladi.
52. Koʻrish oʻtkirligi Golovin-Sivsev jadvali yoki zamonaviy belgilar proyektorlari yordamida aniqlanadi. Nomzodning (oʻquvchining) toʻliq koʻrish oʻtkirligi jadvalning toʻgʻri oʻqiy olayotgan eng kichik belgilari bor qatori boʻyicha hisoblanadi. Koʻrish oʻtkirligining 0,7 dan 1,0 koʻrsatkichiga toʻgʻri keladigan qatoridagi belgilarni oʻqishda bittadan koʻp xatoga yoʻl qoʻymasa, koʻrish oʻtkirligi toʻliq hisoblanadi. Korreksiyasiz koʻrish oʻtkirligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻng va chap koʻzlar uchun alohida yoziladi. Yaxshi va yomon koʻradigan koʻzlar uchun foydalanilgan qavariq shishalar kuchi oʻrtasidagi farq 2 dioptriydan oshmasa, qoidaga koʻra, mumkin boʻlgan binokulyar korreksiya hisoblanadi. Toʻliq va amalda mumkin boʻlgan korreksiyadan keyingi koʻrish oʻtkirligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻng va chap koʻzlar uchun alohida yoziladi. Koʻrish oʻtkirligi 0,09 dan 0,01 chegarasida boʻlganda, koʻrish oʻtkirligi 0,1dan kam boʻlgan hollarda maxsus tekshiruv uchun qoʻllaniladigan Polyakning maxsus optotiplari toʻplami, zarurat tugʻilganda, boshqa usullar bilan tekshiriladi.
Yaqindan koʻrish oʻtkirligi alohida har bir koʻz uchun 30 — 40 sm uzoqlikdan koʻrsatiladigan va nomzodning (oʻquvchining) orqa tomonidan yoritiladigan yaqin uchun moʻljallangan Golovin-Sivsev jadvali yordamida tekshiriladi. Koʻz orbitasining tashqi chetidan matngacha boʻlgan masofa oʻlchanadi.
53. Refraksiya anomaliyasining darajasi va tavsifi skiaskopiya yordamida aniqlanadi, refraksiyaning chegaradagi va bahstalab holatlarda avtorefraktometriya oʻtkazish lozim. Skiaskopiyadan olingan maʼlumotlar subyektiv usulda tekshiriladi. Skiaskopiya va subyektiv tekshiruvdan olingan maʼlumotlar oʻrtasida farq bir dioptriydan koʻp farq qilsa, eng yaqin turgan ravshan koʻrish nuqtasining joyi aniqlanadi.
Shundan soʻng koʻz kosalari, koʻz yorigʻi, qovoqlar, koʻz yoshi nuqtalarining joylashuvi koʻzdan kechiriladi, koʻz yoshi xaltachasi sohasi bosilib, uning holati tekshiriladi; koʻz olmalari kattaligiga, ularning koʻz kosasida joylashuviga, qovoqlarning konyunktivasiga eʼtibor qaratiladi. Yonboshdan yoritilgan holda, lupa yordamida sklera, shoh parda, oldingi kamera, rangdor parda, qorachiq va koʻz gavhari koʻzdan kechiriladi. Koʻz gavhari va shishasimon tana yon tarafdan tushib turuvchi yorugʻlikda tekshiriladi.
Shundan soʻng oftalmoskopiya oʻtkaziladi, bunda, koʻruv nervi diski, sariq dogʻ sohasi, koʻz tubi atrofi va toʻr parda tomirlari holati baholanadi.
54. Agar refraksiyani aniqlash refraktometriya usuli bilan amalga oshirilsa yoki koʻz qorachigʻining torligi tufayli skiaskopiya oʻtkazish qiyinchilik tugʻdirayotgan boʻlsa, tekshirish oʻtkazish tartibini oʻzgartirish lozim. Oldin shishalar yordamida refraksiyaning subyektiv oʻlchovi oʻtkaziladi va eng yaqin ravshan koʻrish nuqtasining joyi aniqlanadi, shundan soʻng konyunktiva boʻshligʻiga uch marotaba oraligʻi besh daqiqadan iborat 0,5 — 1 foizli midriatsil yoki midaks eritmasi tomiziladi.
55. Bahsli holatlarda skiaskopiya sikloplegiya sharoitida, yaʼni akkomodatsiyani koʻproq boʻshashtirilgan holatda oʻtkaziladi, koʻzning konyunktiva boʻshligʻiga uch marotaba oraligʻi besh daqiqadan iborat 0,5 — 1 foizli midriatsil yoki midaks eritmasi tomiziladi. Nomzodning (oʻquvchining) subyektiv koʻrsatmalari shubha tugʻdirsa yoki akkomodatsiyaning spazmiga gumon boʻlsa, refraksiyani va koʻrish oʻtkirligini aniqlash maqsadida, ametropiyani korreksiya qilish imkoni boʻlmaganda, 1 foizli atropin eritmasini qoʻllash zarur boʻladi.
56. Qoidaga koʻra, midriatiklar bilan kengaytirilgan qorachiqda koʻrish oʻtkirligini tekshirish, diafragmani qoʻllamasdan oʻtkaziladi. Nazarda tutish kerakki, diafragma oʻrnatilgan holda koʻrish oʻtkirligining oshishi, korreksiya qilinmagan ametropiyaning mavjudligidan dalolat beradi. Bunday hollarda korreksiyalovchi shishalarni tanlash yoʻli bilan koʻrish oʻtkirligini diafragma bilan olingan natijadan kam boʻlmagan darajada yaxshilash mumkin.
57. Yosh oqishiga shikoyat mavjud boʻlsa, yosh ketkazish faoliyati rangli koʻz yoshi-burun sinamasi yordamida tekshiriladi.
Gemeralopiyaga shikoyatlar mavjud boʻlsa va toʻr parda, koʻrish nervida oʻzgarishlar topilsa, biomikroskopiya, adaptometriya, perimetriya yoki optik-kogerent tomografiya oʻtkazish yoki statsionar tekshiruviga yuborish lozim boʻladi.
10-bob. Teri-tanosil aʼzolarini tekshirish
58. Nomzodning (oʻquvchining) koʻrigi kunduzgi yorugʻlikda oʻtkazilishi lozim, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatini tekshirish uchun yorqin yoʻnaltirilgan sunʼiy yorugʻlik va shilliq qavatning koʻrilayotgan sohalaridagi soʻlakni quritish uchun oson boʻlganligi sababli yogʻoch shpatel qoʻllash lozim.
Nomzod (oʻquvchi) terisidagi toshmaning xususiyati, shakli, tarkibiy elementlari, ularning rangi, joylashuvi, teri ortiqlari holati va boshqalarga eʼtibor qaratish lozim.
59. Toshmaning morfologik elementlarini aniqroq baholash uchun maxsus tekshirish usullari qoʻllaniladi:
giperemiya bilan niqoblangan toshma morfologik elementlarining haqiqiy rangini aniqlash maqsadida diaskopiya yoki vitropressiya qoʻllaniladi. Bu maqsadda shisha tayoqcha yoki tahlil shisha tekshirilayotgan toshmaning yuzasiga bosiladi va uning haqiqiy rangi aniqlanadi. Bu usul tomir elementlarini pigment va gemorragik elementlardan farqlash hamda qizil boʻricha boʻrtmasi tashxisida alohida ahamiyatga ega, diaskopiyada u qoʻngʻir-sariq (olma quyqasi fenomeni) rangiga kiradi;
qirma olish usuli teri toʻkilishini, jumladan psoriaz, parapsoriaz, qizil boʻricha va boshqalarni tavsiflash uchun qoʻllaniladi;
yoritish usuli toshma tarkibiy elementlarining toʻliq namoyon boʻlmagan xususiyatlarini yuzaga chiqarish maqsadida qoʻllaniladi. Element yuzasiga vazelin yoki suv surtish mumkin. Masalan, bu usul qoʻllanilganda qizil yassi temiratki papulalariga xos belgi boʻlgan Uikxem toʻri namoyon boʻladi;
Nikolskiy fenomeni chin pufakcha va boshqa dermatozlarga tashxis qoʻyishda qoʻllaniladi, bunda pufak paydo boʻlishi akantoliz bilan birga kechadi;
Kebner fenomeni psoriaz kasalligining qoʻzish davrini aniqlash uchun qoʻllaniladi, bunda terining sogʻlom sohasini tirnash yoki ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish natijasida yetti-oʻn toʻrt kundan keyin psoriazga xos toshmalar paydo boʻladi.
Tashxis uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni dermatografizm va mushak-soch refleksi xossalarini oʻrganish orqali olinadi.
Kasallangan oʻchoqlardan olingan patologik materiallarning (teri qirmalari, soch boʻlaklari, pufak va pufakchalarning ichidagi suyuqliklar va boshqalarning) bakterioskopik tekshiruvi diagnostik muhim ahamiyatga ega boʻlib, ularning natijalari koʻpchilik holatlarda zaxm, yumshoq shankr, zamburugʻli kasalliklar, piodermiya va boshqa shunga oʻxshash kasalliklarga aniq tashxis qoʻyish uchun asosiy omil boʻlib hisoblanadi.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Kasallik va jismoniy nuqsonlar jadvali
1-bob. Umumiy qoidalar
Ushbu Kasallik va jismoniy nuqsonlar jadvali (keyingi oʻrinlarda — Kasalliklar jadvali) kasalliklarning barcha shakllarini va kechish jarayonlarini toʻliq qamrab olmagan. Chunki, kasalliklar shakllarining toʻliq roʻyxatini tuzish imkonsiz.
Shu sababli ushbu Kasalliklar jadvalida patologik oʻzgarishlarning ifodalanganlik darajasi, inson aʼzolari faoliyatining buzilishi, qaytalanishlar soni va davolashning samaradorligiga eʼtibor qaratilgan holda umumlashtirilgan koʻrinishda kasalliklarning asosiy shakllari koʻrsatilgan.
Ushbu Kasalliklar jadvalida quyidagi asosiy qisqartmalardan foydalaniladi:
(beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
HAL — “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari;
(oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
EKG — elektrokardiografiya;
ExoKG — exokardiografiya;
EEG — elektroensefalografiya.
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan shaxslarning yaroqlilik toifalari ushbu Kasalliklar jadvalining quyidagi ikkita ustunlari boʻyicha aniqlanadi:
I ustun — HALga oʻqishga kirayotgan nomzodlar;
II ustun — HALda tahsil olayotgan oʻquvchilar.
2-bob. Yuqumli va parazitar kasalliklar
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
1-modda. Ichakning yuqumli kasalliklari, bakteriyali zoonozlar, boshqa bakterial kasalliklar, teri toshmalari bilan kechadigan virusli kasalliklar, boʻgʻim oyoqlilar orqali yuqadigan virusli va boshqa kasalliklar (markaziy asab tizimining yuqumli kasalliklari bundan mustasno), virus va xlamidiyalar chaqiradigan boshqa kasalliklar, rikketsiozlar, boshqa yuqumli va parazitar kasalliklar:
a) davolab boʻlmaydigan yoki davolash murakkab boʻlgan
yaroqsiz
yaroqsiz
b) oʻtkir yoki surunkali kasalliklar xurujidan keyingi faoliyatning vaqtincha buzilishlari
yaroqsiz
yaroqlilik yakka tartibda aniqlanadi
1-moddaning “a” bandiga quyidagi kasalliklar kiradi:
trixotsefalyoz, amebiaz va bezgakning yaqqol klinik alomatlar bilan kechayotgan surunkali shakllari;
qorin tifi, paratiflar va salmonellyozlarning qaytalanuvchi, asoratli shakllari;
surunkali dizenteriya;
ichki aʼzolarning zararlanishi hamda markaziy asab tizimidagi oʻchoqli oʻzgarishlar bilan kechayotgan sitomegalovirus, oddiy gerpes virusi va toksoplazmoz kasalliklari;
exinokokkoz.
1-moddaning “a” bandiga davolab boʻlmaydigan, bir necha marotaba tahliliy (laborator) tekshiruv usullari bilan tasdiqlangan yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining turgʻun tashuvchilari ham kiradi.
1-moddaning “a” bandi statsionar sharoitda davolangandan soʻng bemorda umumiy astenizatsiya, holsizlik va oziqlanishdagi buzilishlar saqlangan, faoliyatiga oid buzilishlar mavjud boʻlgan oʻtkir yuqumli, parazitar kasallik va intoksikatsiyalardan keyingi holatlarni nazarda tutadi.
Qorin tifi, paratiflar bilan avval xastalangan nomzodlarda meʼda-ichak yoʻllarining faoliyati buzilmagan boʻlsa, ular statsionar sharoitdagi davolanish tugagandan soʻng, kamida 12 oy oʻtgach HALga oʻqishga kirishga yaroqli deb topilishi mumkin.
Agar virusli gepatit markerlari aniqlansa nomzod HALga oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladi. Oʻquvchilarda klinik koʻrinishlar va tahliliy (laborator) tekshiruvlaridagi oʻzgarishlar (fermentlarning oshib ketishi, boshqa biokimyoviy tahlil koʻrsatkichlar) aniqlangan holda ular ushbu Kasalliklar jadvalining 55-moddasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
2-modda. Sil kasalligi
yaroqsiz
yaroqsiz
2-moddaga oʻpka hamda boshqa aʼzolar sil kasalligi kiradi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
3-modda. Moxov
yaroqsiz
yaroqsiz
Moxov tashxisi qoʻyilganda, oʻquvchi tahsil olishga yaroqsiz deb topiladi va davlat sogʻliqni saqlash tizimi tasarrufidagi maxsus davolash-profilaktika muassasasiga oʻtkaziladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
4-modda. OIV chaqiradigan kasallik
yaroqsiz
yaroqsiz
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
5-modda. Zahm va asosan jinsiy yoʻl bilan yuquvchi boshqa kasalliklar
yaroqsiz
yaroqsiz
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
6-modda. Mikozlar
yaroqsiz
yaroqsiz
6-moddaga aktinomikoz, ichki aʼzolar kandidozi, koksidoidoz, gistoplazmoz, blastomikoz, sporotrixoz, xromomikoz, feomikotik abssess, mitsetoma, dermatofitiya va boshqa zamburugʻ kasalliklari kiradi.
Zamburugʻ kasalliklariga chalingan nomzodlar davolangandan soʻng zararlangan aʼzolar va tizimlarda oʻzgarishlar topilmasa, nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqli deb topiladilar.
6-moddada koʻrsatilgan terining zamburugʻli kasalliklari bilan takroran statsionarda davolanish samara bermagan oʻquvchilar ushbu Kasalliklar jadvalining 58-moddasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Dermatofitiyaga chalingan oʻquvchilar davolanishlari lozim. Davolangandan soʻng ular tahsil olishga yaroqli deb topiladilar.
Mikoz tashxisi tahliliy (laborator) tekshiruvlar bilan tasdiqlanishi lozim.
3-bob. Oʻsmalar
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
7-modda. Xavfli oʻsmalar
yaroqsiz
yaroqsiz
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
8-modda. Xavfsiz oʻsmalar (bosh va orqa miya oʻsmalari bundan istisno), “in situ” oʻsmalar:
a) faoliyatning buzilishi bilan kechadigan
yaroqsiz
yaroqsiz
b) faoliyati buzilishsiz, obyektiv alomatlar mavjudligida
yaroqsiz
yaroqlilik yakka tartibda aniqlanadi
v) jarrohlik amaliyotidan keyingi faoliyatning vaqtincha buzilishi
yaroqsiz
yaroqsiz
8-moddaning “b” bandiga aʼzolar va tizimlar faoliyatining buzilishisiz kechadigan, harbiy kiyim, poyabzal yoki boshqa harbiy anjomlarni kiyishni qiyinlashtirmaydigan xavfsiz oʻsmalar yoki ularning radikal davolanishdan keyingi holatlari kiradi.
Harbiy kiyim, poyabzal va harbiy anjomlarni kiyishga monelik qilmaydigan gemangioma, nevus, osteoma, xondromalar, ichki aʼzolar faoliyatining buzilishisiz kechadigan ovqat hazm qilish yoʻllarining yakka poliplari, siydik qopining xavfsiz papillomalari hamda boshqa xavfsiz oʻsmalar tahsil olayotgan nomzodlarning yaroqlilik darajasini cheklamaydi (MG HAL bundan mustasno).
4-bob. Qon, qon hosil qiluvchi aʼzolarning kasalliklari va immunitet mexanizmini jalb qiluvchi alohida buzilishlar
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
9-modda. Qon, qon hosil qiluvchi aʼzolarning kasalliklari va immunitet mexanizmini jalb qiluvchi alohida buzilishlar
yaroqsiz
yaroqsiz
9-moddaga quyidagi kasalliklar kiradi:
orttirilgan va irsiy kamqonlikning barcha turlari;
eritrotsitlar yoki gemoglobin tuzilishining kompensatsiyalangan orttirilgan va irsiy buzilishlari;
trombotsitlar, leykotsitlar faoliyatining orttirilgan va irsiy buzilishlari; sitopenik sindromlar (shu jumladan, leykopeniya, idiopatik trombotsitopenik qirmizi va boshqa trombotsitopeniyalar, transfuziyadan keyingi autoimmunli asoratlar);
koʻp qon ketishi bilan kechadigan, gemostaz tizimining buzilishlari (shu jumladan, gemofiliya, boshqa koagulopatiyalar va trombotsitopatiyalar);
tromb paydo boʻlish xavfining kuchayishi bilan kechadigan trombofiliyalar va boshqa gemostaz tizimidagi buzilishlar;
tugʻma va orttirilgan turgʻun immunitet tanqisligi holatlari (OIV qoʻzgʻatgan kasalliklar bundan mustasno).
Tizimli boʻlmagan qon kasalliklaridan kelib chiqqan moʻtadil ifodalangan kamqonlik, leykopeniya, turli etiologiyali trombotsitopeniya hamda hujayra va gumoral immunitetning kam ifodalangan buzilishlari bilan kechadigan immunitet tanqisligiga chalingan, vazn pasayishi kuzatilmagan, mehnat qobiliyati saqlangan nomzodlarga oʻqishga kirishga yaroqsizlik toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Boshqa aʼzolar va tizimlarning kasalliklarida (oʻzga surunkali, autoimmun, oʻsma, yuqumli kasalliklar, sarkoidoz va boshqa granulematoz, jarohat yoki ularning davolashdagi asoratlari), taloq olib tashlangandan keyin va boshqa tashxis yoki davolash uchun oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotlaridan keyin kuzatilgan ikkilamchi immunitet tanqisligi, qon tarkibi, uning ivishida oʻzgarishlar boʻlganda, tahsil olishga yaroqlilik darajasi zararlangan aʼzo yoki aʼzolar tizimi faoliyatining buzilish darajasiga koʻra ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha aniqlanadi.
5-bob. Endokrin tizimining kasalliklari, oziqlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
10-modda. Eutireoid boʻqoq
yaroqsiz
yaroqsiz
10-modda endokrin buzilishlar boʻlmagan, diffuzli, tugunli yoki kistali boʻqoq mavjudligida, shuningdek, jarrohlik yoʻli bilan davolanishdan soʻnggi holatlarda qoʻllaniladi. Endokrin buzilishlar boʻlmagan qalqonsimon bezning 0 va I darajali diffuz kattalashishi 10-moddani qoʻllash uchun asos boʻlmaydi, HALga oʻqishga kirishga va tahsil olishga toʻsqinlik qilmaydi.
Endokrin buzilishlar mavjud boʻlganda, ushbu Kasalliklar jadvalining 11-moddasi qoʻllaniladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
11-modda. Endokrin tizimining boshqa kasalliklari, oziqlanish va moddalar almashinuvining buzilishlari:
a) faoliyatning buzilishidan qatʼi nazar
yaroqsiz
yaroqsiz
b) tana vazni yetishmasligi, alimentar semizlikning I darajasi
yaroqsiz
yaroqlilik yakka tartibda aniqlanadi
11-moddaning “a” bandiga gipofiz, buyrak usti bezi, paratireoid va jinsiy bezlar kasalliklari, kasallik tufayli oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin endokrin aʼzoning yoʻqligi, tireotoksikoz va gipotireoz kasalliklari, qandli va qandsiz diabetlar, alimentar semizlikning I darajasidan yuqori semizlik darajalari hamda boshqa endokrin kasalliklari kiradi.
Oʻtkir tireoidit va oʻtkir osti tireoidit tufayli davolangan nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar.
Oʻquvchida tibbiy tekshiruv natijasida vaznning pasayishiga sabab boʻladigan kasalliklar aniqlanmasa, ular 11-moddaning “b” bandi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Kelib chiqish sababi boshqa boʻlgan semizlikda nomzodlarni oʻqishga kirishga yaroqlilik toifasi asosiy kasallikning ogʻirligi va kechishi boʻyicha ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha aniqlanadi.
Oziqlanish holati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
(5-bobning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
6-bob. Ruhiy va xulq-atvorning buzilishlari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
12-modda. Organik ruhiy buzilishlar
yaroqsiz
yaroqsiz
12-modda bosh miyaning shikastlanish va faoliyatining buzilishidan (jarohatlar, bosh miya oʻsmalari, ensefalit, meningit, asab tizimining zahmi hamda senil va presenil psixozlar, qon tomir, degenerativ va bosh miyaning boshqa organik kasalliklari va jarohatlari) kelib chiqqan psixozlar, boshqa ruhiy buzilishlar, shaxs va xulq-atvor oʻzgarishlarini nazarda tutadi.
Bosh miyaning organik kasalliklari, jarohatlanishi, asab tizimining yalligʻlanishi va zararlanishi tufayli davolanganligi (murojaati) tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
13-modda. Endogen psixozlar: shizofreniya, shizotipik buzilishlar, shizoaffektiv, vasvasali, oʻtkir va oʻtkinchi psixotik buzilishlar va affektiv buzilishlar (kayfiyat buzilishlari)
yaroqsiz
yaroqsiz
Shizofreniya tashxisini qoʻyishga ehtiyotkorlik bilan yondashish lozim. Shizofreniya kasalligiga gumon qilingan har bir holatda yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilib, albatta, statsionar sharoitda tekshirish lozim, chunki tajribadan maʼlumki, koʻpincha shaxsning yakka tartibdagi xususiyatlariga xos boʻlgan feʼl va xulq-atvorning biron-bir kasallik jarayoniga aloqasi boʻlmagan baʼzi belgilari shizofreniya belgilari deb qayd qilinadi.
Shizofreniya alomatlariga baʼzan, yuqumli kasalliklar va intoksikatsiyalar tufayli kelib chiqadigan ruhiy faoliyatning oʻtkinchi buzilishlari notoʻgʻri kiritiladi, aslida esa bu holatlar yuqumli kasallik va intoksikatsiya genezli psixozlarga taalluqli va ushbu Kasalliklar jadvalining 14-moddasi boʻyicha koʻriladi. Shuning uchun tashxis qoʻyishda xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida bemorlarning somatik holatiga va tahlil tekshiruvlari xulosasiga katta eʼtibor berish lozim. Agar shizofreniya bilan boshqa koʻrinishdagi ruhiy buzilishlar (paranoid holatlarni, shaxsning paranoyyal rivojlanishini va boshqalar) oʻrtasida qiyosiy tashxisot oʻtkazishda qiyinchilik yuzaga kelganda, tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalarini qoʻllash lozim.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
14-modda. Simptomatik va boshqa ekzogen etiologiyali ruhiy buzilishlar
yaroqsiz
yaroqsiz
14-modda intoksikatsion (ruhiyatga faol taʼsir etuvchi moddalarni isteʼmol qilishdan keyingi holatlar bundan mustasno) va yuqumli kasalliklar hamda somatogen psixozlarni nazarda tutadi.
Tekshiruv va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hujjatlarda ruhiy buzilishning rivojlanishiga olib kelgan kasallik koʻrsatiladi.
14-moddaga ruhiy-asab tizimi va ichki aʼzolar tomonidan patologik oʻzgarishlar boʻlmagan, anamnezida 14-moddada qayd etilgan ruhiy buzilishlar mavjud boʻlganlar kiradi. Bu ruhiy buzilishlarning asoratsiz yakuni davolash-profilaktika muassasasida tekshirilish bilan tasdiqlanishi lozim.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
15-modda. Stress bilan bogʻliq nevrotik va somatik shakldagi buzilishlar
yaroqsiz
yaroqsiz
15-modda, reaktiv psixozlarni, nevrotik, dissotsiativ va somatik shakldagi buzilishlarni, psixogen depressiv holatlar va reaksiyalarni, shaxsning nevrotik rivojlanishini, surunkali reaksiyadan keyingi shaxs oʻzgarishlarini hamda jarohatdan keyingi stress buzilishlarini nazarda tutadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
16-modda. Shaxs buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
16-modda shaxs buzilishlari, psixopatiyalar, shaxsning patologik rivojlanishi, ruhiy infantilizmning hamma shakllarini nazarda tutadi (ushbu Kasalliklar jadvalining 74-moddasida koʻrsatilganlar bundan mustasno).
Shaxs oʻzgarishlariga tashxis qoʻyish uchun sinchkovlik bilan va obyektiv yigʻilgan anamnez zarur hamda ruhiy kasalliklarni statsionar sharoitda oʻtkaziladigan har tomonlama tekshiruv lozim. Oʻquvchilarni 16-modda boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shaxsiy yigʻmajildi, xizmat va tibbiy tavsifnomalari oʻrganilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Muayyan boʻlgan tashqi zararlar (infeksiya, intoksikatsiya, jarohatlar va boshqalar) bilan sababiy bogʻliq boʻlgan psixopatiyaga oʻxshash holatlar hamda maylning buzilishlari boʻlgan shaxslar ushbu Kasalliklar jadvalida nazarda tutilgan asab-ruhiy patologiyasiga tegishli nozologik shakllarga binoan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Shaxsning butun patologik tuzilishidan kelib chiqmagan xulq-atvor, xatti-harakatlar, intizomsizlik koʻrinishlarini kasallikning buzilish alomatlari deb baholab boʻlmaydi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
17-modda. Ruhiyatga faol taʼsir etuvchi vositalarni isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan ruhiy va xulq-atvorning buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
17-modda bir yoki bir nechta ruhiyatga faol taʼsir etuvchi vositalarni isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan ruhiy buzilishlarni nazarda tutadi.
Oʻquvchilarga statsionarda surunkali alkogolizm (bosqichidan qatʼi nazar) yoki giyohvandlik tashxisi qoʻyilganda yaroqsiz deb topiladilar.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
18-modda. Aqliy qoloqlik (zaiflik)
yaroqsiz
yaroqsiz
18-modda darajasidan qatʼi nazar aqliy qoloqlikning hamma shakllari kiradi. Intellektning yaqqol va aniq nuqsonlari mavjudligida oʻquvchilarning yaroqsizlik masalasi statsionar sharoitda tekshiruvlarsiz hal qilinishi lozim.
Tashxis qoʻyishda, tafakkur va intellektning klinik tashxis mezonlari eksperimental-psixologik tadqiqot natijalari birgalikda yetakchi ahamiyatga ega. Agar tashxis qoʻyishda shifokor tekshiruvining natijalari tavsiflovchi maʼlumotlarga mos kelmasa, statsionarda tekshiruvdan oʻtish majburiydir. Aqliy rivojlanishning psixometrik koeffitsiyentining tekshiruvi D. Veksler usuli va Raven jadvali boʻyicha oʻtkaziladi.
7-bob. Asab tizimining kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
19-modda. Epilepsiya va epileptik tutqanoqlar
yaroqsiz
yaroqsiz
Epilepsiya — bu aniq qoʻzgʻatuvchisiz, qaytalanuvchi (2 va undan ortiq) epileptik xurujlar bilan kechuvchi holat. Epileptik tutqanoq — bosh miya neyronlaridan anomal yoki ortiqcha qoʻzgʻalish tufayli paydo boʻlgan klinik koʻrinishni ifodalaydi. Klinik manzara toʻsatdan paydo boʻladigan va tranzitor patologik fenomenlar (bemor yoki uni kuzatuvchisi tomonidan qayd etilgan ong, harakat, sezuvchanlik, vegetativ oʻzgarishlar, ruhiy alomatlar) bilan namoyon boʻladi.
19-moddaga spirtli ichimliklar isteʼmolini toʻxtatish oqibatida, bosh miya jarohatidan keyin yoki uning erta davrida (10 haftagacha) rivojlangan, bosh miya oʻsmalaridan kelib chiqadigan, dori vositalari yoki boshqa kimyoviy moddalar taʼsirida, somatogen metabolik ensefalopatiyalar, noqulay fizik omillar taʼsirida kelib chiqqan ensefalopatiyalar, febril talvasalar bilan bogʻliq tutqanoqlar kirmaydi.
Epilepsiyaning klinik manzarasini tahlil qilishda epileptik tutqanoqlarga differensial tashxis qoʻyish lozim boʻladi. Tutqanoq mavjudligi shifokor kuzatuvi orqali tasdiqlanishi hamda epileptik tutqanoqni tasdiqlovchi boshqa tibbiy hujjatlar ham eʼtiborga olinishi lozim. Agar tutqanoqning ifodalanishi uni epilepsiya deb hisoblash uchun asos boʻlsa, epilepsiya tutqanogʻi mavjudligini tasdiqlash uchun guvohlarning yozma maʼlumotlari ham eʼtiborga olinishi mumkin. Bunday holatlarda epileptik tutqanoq guvohlarining imzosi haqiqiyligi HAL direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
20-modda. Markaziy asab tizimining yalligʻlanishlari, miyelinsizlanuvchi kasalliklari va ularning oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
20-modda markaziy asab tizimining yuqumli va parazitar kasalliklarini, bosh va orqa miya yuqumli kasalliklarini, oʻtkir va surunkali intoksikatsiyalarda zararlanishini, markaziy asab tizimining miyelinsizlanuvchi kasalliklarini nazarda tutadi.
20-moddada koʻrsatilgan buzilishlar mavjudligi tibbiy hujjatlar hamda oʻqish joyidan ushbu buzilishlarning oʻqish jarayoniga taʼsiri toʻgʻrisidagi tavsifnomalardan olingan maʼlumotlar bilan tasdiqlanishi lozim, tashxis esa klinik va maxsus tekshiruv natijalari asosida tasdiqlanishi lozim. Mazkur holatlarda xulosa statsionar sharoitda tekshiruvdan soʻng chiqariladi.
Kalla suyagi ichki bosimi darajasini baholashda kasallikning klinik koʻrinishlari (bosh ogʻrishi, qusish, koʻz harakatidagi, kognitiv, yurish harakati, chanoq aʼzolari faoliyatining buzilishlari), lyumbal punksiya orqali aniqlangan orqa miya likvorining bosimi, koʻz tubida dimlanish alomatlari, koʻrish nervlari disklarining ikkilamchi atrofiyasi, KT (MRT) maʼlumotlari asosida gidrotsefaliya mavjudligi hisobga olinadi.
Bosh miyaning organik zararlanishi, yuqumli kasallik yoki intoksikatsiyadan soʻng yuzaga kelgan hissiy-irodaviy yoki intellekt-xotira buzilishlari mavjud boʻlganda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu Kasalliklar jadvalining 12-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bosh miya qorinchalari tizimining kengayishi KT (MRT) maʼlumotlariga koʻra baholanadi. Oldingi shoxlar maksimal kengligining peshona suyaklari ichki plastinkalararo masofasiga nisbati shu sathda 0,5 sm dan ortiq boʻlganda (0,4 dan kam — meʼyorda, 0,4-0,5 — chegara koʻrsatkichi, 0,5 dan ortiq boʻlsa — gidrotsefaliya), Evans indeksi (oldingi shoxlar kengligining chakka suyaklar ichki devorlararo maksimal masofasiga nisbati) 26 dan ortiq, III qorincha indeksi (20 yoshgacha — 3,0 dan yuqori) gidrotsefaliya alomatlari deb hisoblanadi. Periventrikulyar shishning mavjudligi KT (periventrikulyar oq modda zichligining kamayishi), MRT (T2-tasvirda yuqori intensivdagi signal) maʼlumotlariga asosan baholanadi.
Quyidagilar kalla suyagi ichki bosimi oshishi sindromining kuchli ifodalangan klinik koʻrinish mezonlari hisoblanadi:
bosh ogʻrigʻi, qusish, koʻz harakatining, kognitiv, yurish harakatining, chanoq aʼzolari faoliyatining buzilishlari, koʻz nerv disklarining dimlanishi yoki koʻrish nervlari disklarining ikkilamchi atrofiyasi mavjudligi, lyumbal punksiyada likvor bosimining 300 mm suv ustunidan yuqori boʻlishi, paraventrikulyar shish.
Quyidagilar kalla suyagi ichki bosimi oshishi sindromining moʻtadil ifodalangan klinik koʻrinish mezonlari hisoblanadi:
bosh ogʻrigʻi, koʻz tubida dimlanishning boshlangʻich alomatlari, lyumbal punksiyada likvor bosimining 200 mm suv ustunidan yuqori boʻlishi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
21-modda. Koʻproq markaziy asab tizimini zararlovchi tizimli atrofiyalar, ekstrapiramidal, asab tizimining boshqa degenerativ kasalliklari, asab-mushak sinapsi va mushak kasalliklari, bolalarning serebral falaji, asab tizimining tugʻma anomaliyalari (rivojlanishning nuqsonlari), bosh va orqa miya oʻsmalari
yaroqsiz
yaroqsiz
21-modda serebral degeneratsiyasi, Parkinson kasalligi, boshqa ekstrapiramidal tizim (essensial titrash) kasalliklari, tortilish bilan kechadigan kasalliklar (de la Turetta sindromi — tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shifokor-psixiatrlar hamkorligida amalga oshiriladi), orqa miya degeneratsiyasi, bosh va orqa miya oʻsmalari, bolalarning serebral falaji, tugʻma anomaliyalar (rivojlanish nuqsonlari), asab-mushak birikmalari (sinaps) va mushak kasalliklari hamda markaziy asab tizimining boshqa kasalliklarini (gidrotsefaliya, bosh miya kistalari va boshqalar) nazarda tutadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
22-modda. Bosh va orqa miya tomirlari kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
22-modda subaraxnoidal, miya ichi va kalla suyagi ichiga qon quyilishlarini, miya infarktini, miya qon aylanishining oʻtib ketuvchi buzilishlarini, dissirkulyator ensefalopatiyalarni (bosh miya surunkali ishemiyasi), shuningdek, bosh va orqa miya qon tomirlari zararlanishlarini nazarda tutadi.
Hushdan ketishga moyil boʻlgan oʻquvchilar chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan oʻtishi va davolanishi lozim. Vegetativ asab tizimining buzilishlari bilan kechadigan boshqa kasalliklar aniqlanmaganda, vegetativ-tomir distoniyasi tashhisi qoʻyiladi. Boshqa kasalliklar yoki buzilishlar (yuqumli kasalliklar, jarohatlar, intoksikatsiyalar va boshqalar) tufayli hushidan ketishlar mavjud boʻlganda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Bosh miya qon tomir yetishmovchiligi va dissirkulyator ensefalopatiya tashxisini qoʻyishda quyidagi mezonlarni qoʻllash lozim:
etiologik omillardan birining mavjudligi (arterial gipertenziya, qandli diabet, giperxolesterinemiya, gipergomotsisteyinemiya, yurak kasalliklari, (revmatik zararlanishlar, yurak ritmlarining buzilishi va boshqalar), qon kasalliklari, jarohat, yuqumli va tizimli kasalliklardan kelib chiqqan bosh miya qon tomirlarining zararlanishi, qon tomirlar rivojlanishi anomaliyalari, umurtqa pogʻonasining boʻyin boʻlimi patologiyasi, bosh miya jarohatlari va boshqalar);
bosh miya faoliyati buzilishini aks etuvchi shikoyatlarning mavjudligi;
bosh miya organik zararlanishining klinik alomatlari mavjudligi;
MRT yoki KT maʼlumotlariga asosan bosh miya tuzilmalarida (strukturasida) oʻzgarish alomatlari mavjudligi.
Qoʻshimcha tekshiruvlar natijasida aniqlangan oʻzgarishlar va uchtadan kam boʻlmagan klinik belgilar asosida tashxis qoʻyiladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
23-modda. Bosh va orqa miya jarohatlanishlari va ularning oqibatlari. Tashqi taʼsir omillari natijasida kelib chiqqan markaziy asab tizimining zararlanish oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
23-modda bosh yoki orqa miya jarohati tufayli kelib chiqqan markaziy asab tizimining oʻzgarishlari va faoliyatining buzilishi mavjudligi, markaziy asab tizimining havo portlash toʻlqini va boshqa tashqi omillar taʼsiri tufayli kelib chiqqan zararlanish asoratlarini nazarda tutadi.
Bosh miya jarohatidan kelib chiqqan hissiy-irodaviy yoki intellekt-xotira buzilishlari mavjud boʻlganda ushbu Kasalliklar jadvalining 12-moddasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Kalla suyagining shikastlanishi va nuqsonlari mavjud boʻlganda 23-moddadan tashqari ushbu Kasalliklar jadvalining 68-moddasi qoʻllaniladi.
Bosh yoki orqa miya oʻtkir jarohatini oʻtkazgan nomzod va oʻquvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi ushbu Kasalliklar jadvalining 26-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
24-modda. Periferik asab tizimining kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
24-modda bosh miya nervlari (II va VIII juftliklari bundan mustasno), orqa miya nervlari, ildizcha va gangliyalarning birlamchi va ikkilamchi zararlanishi oqibatida kelib chiqqan kasalliklarini nazarda tutadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
25-modda. Periferik nervlar jarohatlari va ularning oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
25-moddaga nervlarning shikastlanishdan keyingi oqibatlari, qoʻl yoki oyoq faoliyatini cheklamaydigan, shikastlangan nerv taʼminlaydigan mushaklardagi kuchning kam darajada zaiflashishi yoki reflektor va (yoki) sezuvchanlik buzilishlari alomatlari kiradi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
26-modda. Oʻtkir kasallik, surunkali kasallikning xurujidan, jarohat va jarrohlik yoʻli bilan davolanishdan keyingi markaziy va periferik asab tizimlari faoliyatining vaqtincha buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
26-moddada asab tizimining oʻtkir yuqumli, parazitar va boshqa kasalliklari, intoksikatsiyali zararlanishi va jarohatlanishi, shuningdek, bosh yoki orqa miyaning oʻtkir tomir kasalliklaridan keyingi holatlari nazarda tutiladi.
Nomzodlar oʻtkir meningit yoxud meningoensefalit oʻtkazgan, davolanishni tamomlaganiga 12 oydan kam muddat boʻlganda oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar. Nomzodlarda rezidual alomatlar mavjud boʻlmaganda, ushbu Kasalliklar jadvalining 20-moddasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Nomzodlar oʻtkir kalla-miya yoki umurtqa-orqa miya jarohatidan keyingi holatda, jarohat ogʻirligi darajasi va faoliyatining buzilishi ifodalanganligidan qatʼi nazar, 12 oydan kam boʻlmagan muddatda oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar.
Nomzodlar periferik nervlarning kasalliklari yoki jarohatlaridan keyin kasallik yoki jarohatning ogʻirlik darajasi, jarohatlangan nerv taʼminlaydigan qoʻl-oyoq (aʼzolar) faoliyatining buzilishidan qatʼi nazar, 12 oydan kam boʻlmagan muddatda oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar. Reflektor va (yoki) sezuvchanlik buzilishlar yoki jarohatlangan nerv taʼminlaydigan mushaklar zaifligi kuzatilmasa, mazkur nomzodlar ushbu Kasalliklar jadvalining 24-25-moddalari asosida tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
8-bob. Koʻrish aʼzosi va yordamchi aʼzolarning kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
27-modda. Eutir qovoqlarning kasalliklari va shikastlanishlarining oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
Qovoqlar joylashuvining turli yetishmovchiliklarida (bitishi, ichkariga qayrilishi, tashqariga qayrilishi, haqiqiy ptoz, lagoftalm) koʻzning koʻrish va harakat faoliyatining buzilish darajasi ham hisobga olinadi. Jarrohlik yoʻli bilan davolashdan ijobiy natija kutilgan holatlarda, ekspert xulosasi qabul qilinishiga qadar jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi lozim.
Alohida tangachalar va qovoq chetlarini kam ifodalangan qizarishi bilan kechadigan oddiy blefarit oʻqishga kirishga qarshi koʻrsatma boʻla olmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
28-modda. Konyunktiva, koʻz yoshi yoʻllari, koʻz kosasining kasalliklari, jarohatlar va kuyishlarning oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
28-moddaga surunkali konyuktivitlar, koʻz yoshi yoʻllarining kasalliklari, konyunktivaning traxomatoz zararlanishi kiradi.
Koʻz faoliyatining turgʻun buzilishlari boʻlgan traxomaning turli asoratlarida, mazkur buzilishlarni nazarda tutuvchi moddalarga (ushbu Kasalliklar jadvalining 27-moddasi boʻyicha — qovoqlar faoliyatining buzilishlari, 28-modda boʻyicha — koʻz yosh yoʻllari, 29-moddasi boʻyicha — muguz parda faoliyatlarining buzilishlari, 34-moddasi boʻyicha — koʻrish oʻtkirligining pasayishiga) asosan xulosa qabul qilinadi.
Nomzod va oʻquvchilarga davolanish tayinlanadi, yaroqlilik toʻgʻrisida xulosa faqat kasallikni statsionar sharoitda davolash uchun bir oydan kam boʻlmagan muddat talab qilingan holatlarda qabul qilinadi. Davolash samara berganda va xuruj davridan tashqari boʻlgan surunkali shakllardagi konyunktiva kasalliklari mavjud boʻlganda nomzodlar oʻqishga kirishga, oʻquvchilar esa tahsil olishga yaroqli deb topiladilar.
Yagona follikulalar mavjud boʻlgan follikulyar konyunktivit, qovoqlarning burchaklari va yuqori qismi konyunktivasining baxmalga oʻxshash mayinligi, traxomadan kelib chiqmagan konyunktivaning alohida mayda yuzaki chandiqlari hamda traxomadan kelib chiqqan konyunktiva va shox pardadagi boshqa oʻzgarishlar boʻlmagan silliq chandiqlar, yil davomida traxomatoz jarayonning retsidivsiz kechishi oʻqishga kirishga kirish uchun qarshi koʻrsatma boʻla olmaydi.
Koʻzning bahorgi katar kasalligi mavjud boʻlganda nomzodlar yaroqsiz deb topiladilar.
II va III darajali haqiqiy qanotsimon parda (pterigium) oʻqishga kirishga qarshi koʻrsatma boʻladi. Samarali boʻlmagan jarrohlik amaliyotidan soʻng qanotsimon pardaning oʻsish retsidivlarida xulosa 28-modda asosida qabul qilinadi.
Nomzodlarning koʻz yosh apparati oʻzgarishsiz boʻlishi lozim.
29-modda surunkali, davolanishi murakkab boʻlgan yoki davolanmaydigan kasalliklar, jarohat va kuyishlarning oqibatlarini nazarda tutadi.
29-moddaga surunkali uveyit va uveopatiyalar, keratoglobus va keratokonus, bir yoki ikkala koʻzda keratoprotezlashdan soʻnggi holatlar, ikkala koʻzdagi afakiya va artiafakiya, koʻzning degenerativ-distrofik oʻzgarishlari (toʻr pardaning chetlari degeneratsiyasi, koʻp sonli xorioretinal oʻchoqlar, ortki stafiloma va boshqalar) mavjudligi, yalligʻlanish yoki distrofik oʻzgarishlar chaqirmaydigan koʻz ichidagi yot jism, koʻz faoliyatidan qatʼi nazar tapetoretinal abiotrofiyalar kiradi.
Kasalliklar jarayoni tugallangan yoki kam xurujli (yilda 2-martadan kam boʻlgan) jarayonning rivojlanishisiz boʻlgan holatlarda, shuningdek, toʻqimalar koʻchirib oʻtkazilganda oʻquvchilarning tahsil olishga yaroqliligi koʻzlar faoliyatining buzilishlariga koʻra ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari asosida aniqlanadi.
Koʻz va uning qoʻshimcha apparatining oʻsmalari mavjud boʻlganda ularning tavsifi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu Kasalliklar jadvalining 7- yoki 8-moddalari boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻz faoliyatining buzilishga olib kelmaydigan xavfsiz oʻsmalar oʻqishga kirishga monelik qilmaydi.
Periferik xorioretinal distrofiyalar, toʻr pardaning toʻsiq lazerli koagulyatsiya oʻtkazgan parda koʻchmasdan yirtilishi mavjud boʻlgan, shuningdek, intraokulyar korreksiyasi bilan nomzodlar oʻqishga kirishga, oʻquvchilar esa tahsil olishga yaroqsiz deb topiladilar.
Gavharning joyidan toʻliq yoki qisman chiqishi afakiya deb baholanadi. Bir koʻzda afakiya boʻlib, ikkinchi koʻz gavhari hiralashish hisobiga koʻrish oʻtkirligi 0,4 va undan past boʻlganda bir koʻzdagi afakiya ikki tomonlama deb baholanadi.
Faqat zich yorugʻlik beradigan chiroq yordamida oʻtkazilgan tekshiruvda gavharda aniqlanadigan, koʻrish oʻtkirligini pasaytirmaydigan ranglar jilosi, kamalak tovlanishi, toshchalar, donachalar va pufakchalar, shuningdek, gavharning oldingi pardasida tugʻma pigment yigʻilganligi 29-moddani qoʻllashga asos boʻla olmaydi hamda oʻqishga kirishga va tahsil olishga monelik qila olmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Bir yoki ikki koʻzdagi mutlaq markaziy va atrofdagi turgʻun skotomalar mavjud boʻlganda nomzod va oʻquvchilarning yaroqliligi koʻz faoliyatining holatiga koʻra ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari asosida aniqlanadi.
Zahm tufayli kelib chiqqan parenximatozli keratit bilan xastalangan nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu Kasalliklar jadvalining 5-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
30-modda. Toʻr pardaning koʻchishi
yaroqsiz
yaroqsiz
Koʻrish faoliyati yaxshi saqlanib qolgan, jarohatdan kelib chiqmagan toʻr pardaning koʻchishi mavjud boʻlgan nomzodlar oʻqishga kirishga, oʻquvchilar esa tahsil olishga yaroqsiz deb topiladilar.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
31-modda. Glaukoma
yaroqsiz
yaroqsiz
Glaukoma mavjudligi statsionarda zoʻriqtiruvchi sinamalar va kompyuter perimetriyasi qoʻllanilib tasdiqlanishi lozim. 31-modda boʻyicha ikkilamchi glaukomasi mavjud nomzod va oʻquvchilar ham tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
32-modda. Koʻz mushaklari kasalliklari, koʻzlarning hamkor harakatlarining buzilishi
yaroqsiz
yaroqsiz
32-moddaga diplopiya boʻlmagan gʻilaylikning barcha turlari, nistagm va koʻzning boshqa gʻayriixtiyoriy harakatlari, koʻzning mushaklari shikastlanishi bilan koʻz kosasining jarohatidan soʻnggi turgʻun diplopiya kiradi.
Agar nistagm asab tizimi yoki vestibulyar apparatning zararlanish belgilaridan biri boʻlganda, xulosa asosiy kasallik boʻyicha qabul qilinadi. Koʻrishning yaqqol pasayishida xulosa ushbu Kasalliklar jadvalining 34-moddasi yoki 32-moddaga muvofiq qabul qilinadi. Koʻz olmalarining chetga burishdagi koʻzning nistagmsimon titrashi oʻqishga kirishga toʻsiq boʻla olmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Hamkor gʻilaylikda tashxis binokulyar koʻrishning tekshiruvi (Fridmanning rangli moslamasi yoki Kalf usulida zoʻraki harakatni aniqlash) bilan tasdiqlanishi lozim. Binokulyar koʻrishning mavjudligi hamkor gʻilaylik yoʻqligini koʻrsatadi.
Diplopiyasiz boʻlgan hamkor gʻilaylik, paralitik gʻilaylikda va binokulyar koʻrishning boshqa buzilishlarida yaroqlilik toifasi koʻzning faoliyatiga qarab, ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari asosida aniqlanadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
33-modda. Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
33-moddaga qaysi koʻzligidan qatʼi nazar, meridianlardan birida 3,0 D dan 5,0 D (kirgan holda) gacha boʻlgan miopiya yoki gipermetropiya, shuningdek, qaysi koʻzligidan qatʼi nazar, ikki bosh meridianlardagi refraksiya farqi 2,0 D dan 3,0 D gacha (kirgan holda) boʻlgan astigmatizmning har qanday turi kiradi.
Refraksiya anomaliyalarining turi va darajasi sikloplegiya holatida skiaskopiya yoki refraktometriya yordamida aniqlanadi.
Akkomodatsiyaning turgʻun spazmida, parezi yoki falajida tibbiy tekshiruv shifokor-terapevt, shifokor-nevrolog va zarurat boʻlganda boshqa mutaxassis-shifokorlar ishtirokida amalga oshiriladi. Agar akkomodatsiyaning turgʻun spazmi, parez yoki falaji asab tizimi, ichki aʼzolar kasalliklari tufayli boʻlsa, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish asosiy kasallik boʻyicha amalga oshiriladi.
Akkomodatsiyaning spazmi faoliyatga oid kasallik boʻlib hisoblanadi, bunda sikloplegiyada aniqlangan refraksiya, sikloplegiyagacha boʻlgan maqbul salbiy korreksiyalovchi linzaning kuchidan zaifroqdir.
Statsionar sharoitda davolanish samarasiz boʻlgan bir yoki ikkala koʻzning akkomodatsiya spazmi yoki falajida yaroqlilik toifasi ushbu Kasalliklar jadvalining 33- yoki 34-moddalari boʻyicha aniqlanadi, bunda bir necha marta oʻtkazilgan sikloplegiyalardan keyin avvalgi sathiga qaytadigan korreksiya qilingan koʻrish oʻtkirligi va ametropiya darajasiga qarab aniqlanadi.
Bir koʻzda akkomodatsiyaning turgʻun falajida yaroqlilik toifasi koʻzning faoliyatiga koʻra aniqlanadi. Akkomodatsiyaning spazm yoki falaji ifodalanganlik darajasidan qatʼi nazar, oʻqishga kirishga qarshi koʻrsatma boʻladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
34-modda. Koʻrlik, koʻrishning pastligi, rang ajratish anomaliyalari:
a) bir koʻzda koʻrish oʻtkirligi 0,4 boshqa koʻzda 0,03 dan 0,4 gacha yoki bir koʻzda koʻrish oʻtkirligi 0,5 va undan yuqori boshqa koʻzda 0,04 — 0,1 boʻlganda
yaroqsiz
yaroqsiz
b) rang ajratish anomaliyalari, dixromaziya, A yoki B turdagi anomal trixromaziya
yaroqsiz
yaroqsiz
Oʻquvchining tahsil olishga yaroqlilik uchun korreksiya bilan koʻrish oʻtkirligi bir koʻzda 0,5 va ikkinchisida 0,1 dan koʻp boʻlishi lozim. Munozarali holatlarda koʻrish oʻtkirligi nazorat tekshiruvlari yordamida aniqlanadi.
Nomzod va oʻquvchilarning yaroqlilik toifasini aniqlashda, har bir koʻz uchun har qanday linzalar bilan korreksiya qilingan koʻrish oʻtkirligi hisobga olinadi, shu jumladan, kombinatsiyalangan hamda intraokulyar yoki kontakt linzalar bilan (linza taʼsirini yaxshi oʻtkazgan holatda — sutkada 20 soatdan kam boʻlmagan, diplopiya va koʻzning taʼsirlanishi yoʻq, binokulyar koʻrish mavjud boʻlganda).
Koʻrishni oddiy sferik shishalar bilan korreksiya qilishda ushbu Kasalliklar jadvalining ikkala ustunlarida nazarda tutilgan nomzod va oʻquvchilar uchun amalda chidamli binokulyar korreksiya bilan koʻrish oʻtkirligi hisobga olinadi, yaʼni yaxshi va yomon koʻradigan koʻzlar uchun shishalar kuchi farqi yoki silindrli yoki kombinatsiyalangan shishalar bilan yomon koʻradigan koʻzda asosiy ikki meridianlarda linza nur sindirish kuchining farqi 2,0 D dan ortiq boʻlmasligi lozim.
Nomzodlarda korreksiyalangan koʻrish oʻtkirligi faqat miopiya yoki miopiyalik astigmatizm (oddiy yoki murakkab) mavjud boʻlganda, shu jumladan, qayd etilgan refraksiya chegarasining sathdan oshmagan kontaktli linzalar boʻlganda, koʻrish oʻtkirligi pasayishining boshqa sabablarida esa (jumladan, gipermetropiyada, gipermetropik va aralash astigmatizmda) — uzoqni koʻrish uchun korreksiya qilinmasdan aniqlanadi.
MG HALga oʻqishga kirayotgan nomzodlarda har bir koʻzda korreksiyasiz koʻrish oʻtkirligi uzoqni koʻrish uchun 0,8 dan kam boʻlmasligi va yaqin uchun 1,0 boʻlishi lozim, yomon koʻradigan koʻzdagi miopiya yoki eng koʻp ametropiya boʻlgan meridianida gipermetropiya 1,0 D dan koʻp boʻlmasligi, har qanday turdagi astigmatizmda ikki asosiy meridianlarda refraksiyaning farqi 0,5 D dan oshmasligi lozim.
(8-bobning oʻttiz beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
Boshqa vazirlik va idoralarning HALga kirayotgan nomzodlarning har bir koʻzida korreksiyasiz koʻrish oʻtkirligi uzoqni koʻrish uchun 0,6 dan, yaqin uchun 0,8 dan kam boʻlmasligi lozim. Ular uchun yomon koʻradigan koʻzdagi miopiya yoki eng koʻp ametropiya boʻlgan meridianida gipermetropiya 2,0 D dan koʻp boʻlmasligi, har qanday turdagi astigmatizmda ikki asosiy meridianlarda refraksiyaning farqi 1,0 D dan oshmasligi lozim.
Har qanday etiologiyadan kelib chiqqan koʻz gavhari xiralashganda, ular nafaqat tirqishli lampa yordamida, balki kengaytirgan qorachiqda oʻtayotgan nur yordamida va yonbosh yoritish bilan ham aniqlanishi lozim. Tekshiruv vaqtida faqat tirqishli lampa yordamida aniqlanadigan, gavhardagi rangli tovlanish, kamalak jilosi, toshchalar, donachalar va vakuollar deb atalmish oʻzgarishlar mavjud boʻlganda nomzodlar oʻqishga kirishga, oʻquvchilar esa tahsil olishga yaroqsiz deb topilishga asos boʻladi.
Biomikroskopiya yordamida gavharning orqa qobigʻi ostida xiralashishlar aniqlanganda nomzodlar oʻqishga kirishga va oʻquvchilar tahsil olishga yaroqsiz deb xulosa chiqariladi.
Koʻrish oʻtkirligining pasayishiga olib kelmaydigan gavharning oldingi qobigʻida tugʻma pigment mavjudligi oʻqishga kirishga qarshi koʻrsatma boʻlmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Rang ajrata olishning pasayish darajalari va turlariga tashxis qoʻyishda, 9 va undan keyingi nashrlardagi Rabkinning polixromatik jadvallariga ilova qilingan uslubiy koʻrsatmalarni qoʻllash lozim.
“S” turdagi anomal trixromaziya degan holatlar bu — tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzodlar 9 va undan keyingi nashrdagi Rabkinning jadvallarida XVIII son jadvalni aniqlashi muqarrar boʻlgan holda 12 dan ortiq jadvallarni toʻgʻri aniqlashlari lozim. “S” turdagi anomal trixromaziya oʻqishga kirishga qarshi koʻrsatma boʻlmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
35-modda. Oʻtkir kasallik, surunkali kasallikning xurujlari, jarohat yoki jarrohlik yoʻli bilan davolangandan keyingi koʻrish aʼzo faoliyatining vaqtincha buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
35-modda shox pardani, rangdor pardani va koʻzning boshqa qavatlarining oʻtkazgan oʻtkir kasalliklari hamda jarohat va jarrohlik amaliyotidan keyingi koʻrishning vaqtincha buzilishini nazarda tutadi.
Nomzodlar shox, oqsil pardalarda optik qayta tiklash jarrohlik amaliyotidan oʻtgan boʻlib, agar jarrohlik yoʻli bilan davolashdan keyin 12 oy muddat oʻtmagan boʻlsa, nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar.
Oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin oʻquvchilarning yaroqlilik toifasi ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari, koʻz olmalarining ultratovush biometriya natijalarini hisobga olgan holda, koʻz faoliyatlarining holati va jarrohlik amaliyotgacha boʻlgan hujjatlar bilan rasman tasdiqlangan ametropiya darajasiga koʻra aniqlanadi.
Nomzodlar shox pardada oʻtkazilgan lazer korreksiyasi jarrohlik amaliyotidan keyin 1 yildan kam boʻlmagan muddat oʻtgan boʻlsa hamda shox parda va koʻz tubida jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlar va degenerativ oʻzgarishlar kuzatilmasa, oʻqishga kirishga yaroqli deb topiladilar (MG HAL bundan mustasno). Bir yil davomida yaroqlilik toifasi jarrohlik amaliyotigacha qanday boʻlsa, shunday saqlanadi.
Shuningdek, 35-moddaga bir yoki ikkala koʻzlardagi koʻz yoshi yoʻllarining davolanadigan kasalliklari kiradi. Nomzodlarga davolanish tayinlanadi, 35-modda boʻyicha oʻqishga kirishga yaroqsizlik toʻgʻrisida xulosa tiklanuvchi davolanishga bir oydan kam boʻlmagan muddat zarur boʻlganda chiqariladi.
Oʻquvchilar statsionarda uzoq muddat davolanishi lozim boʻlmagan va koʻz faoliyatlarining buzilishiga olib kelmaydigan kasalliklari mavjud boʻlganda tahsil olishga yaroqli deb topiladilar.
9-bob. Quloq va soʻrgʻichsimon oʻsiqning kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
36-modda. Tashqi quloqning tugʻma va orttirilgan kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
36-moddaga ikki yoki bir tomonlama mikrotiya, tashqi quloq eshituv yoʻli va quloq suprasi ekzemasi, surunkali diffuz tashqi otit, tashqi eshituv yoʻlining tugʻma va orttirilgan torayishlari kiradi.
Nomzod va oʻquvchilar — birinchi va undan yuqori toifali sportchilar (hujjat bilan tasdiqlanganlar) eshitish faoliyati buzilmagan holda quloq suprasining kam ifodalangan shakl buzilishi mavjud boʻlganda, yaʼni sogʻlom tarafdagi quloq supralari nisbatdan oʻlchamlari teng, togʻay relyefi buzilmagan, terida qoʻpol chandiqli tortilishlari mavjud boʻlmaganda, yaroqlilik toifasi yakka tartibda aniqlanadi.
Tashqi eshituv yoʻli, quloq suprasi, quloq atrofi sohasida surunkali qaytalanuvchi ekzema mavjud boʻlgan oʻquvchilarda statsionar davolanish samara bermaganda, tashqi eshituv kanalining orttirilgan torayishida yaroqsiz deb topiladilar.
Tashqi eshituv yoʻlining zamburugʻli zararlanishi mavjud boʻlgan oʻquvchilar davolanishi lozim, nomzodlar esa oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
37-modda. Oʻrta quloq va soʻrgʻichsimon oʻsiqning kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
37-modda oʻrta quloq va soʻrgʻichsimon oʻsiqning poliplari, nogʻora boʻshligʻi granulyatsiyalari, ikki yoki bir tomonlama surunkali oʻrta quloq otiti, bir tomonlama turgʻun quruq teshilishi, adgezivli oʻrta otiti, timpanosklerozni nazarda tutadi.
37-moddaga 12 oy va undan ortiq muddat oldin oʻtkazilgan radikal jarrohlik amaliyotidan yoki bitta quloqda ochiq usul bilan oʻtkazilgan timpanoplastikadan keyingi davrda jarrohlik amaliyotidan qolgan boʻshliqning toʻliq epidermizatsiyasi kuzatiladigan holatlar ham kiradi.
Oʻrta quloqning surunkali yiringli yalligʻlanishlari otoskopiya maʼlumotlari (nogʻora pardasining teshilishi, nogʻora boʻshligʻidan chiqadigan ajralmalar), nogʻora boʻshligʻi ajralmalarining mikroflorasini aniqlash uchun ekish, chakka suyagini Shyuller va Mayer usuli bilan rentgenografiya qilish yoki shu suyaklar KT oʻtkazilishi yoʻli bilan tasdiqlanishi lozim.
Adgeziv jarayonida nogʻora boʻshligʻida yoki oʻrta quloqning surunkali katarida otoskopiyada bir quloqning nogʻora pardasida teshik yoki chandiqlar eshitish va barofunksiyaning buzilishi bilan birga aniqlanadi. Quloq barofunksiyasining buzilishi tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzod va oʻquvchining shikoyatlari, LOR-aʼzolarining koʻrigi, quloq manometriyasi asosida aniqlanadi.
Oʻtkazilgan perforatsiyadan keyin hosil boʻlgan nogʻora pardadagi kichik chandiq va ohaklanish (yagona petrifikatlar), pardaning harakatchanligi, eshitish va quloq barofunksiyasi buzilmagan holatlarda 37-moddani qoʻllashga asos boʻlmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Quloq barofunksiyasining turgʻun buzilishi qayta oʻtkaziladigan tadqiqotlarning maʼlumotlariga koʻra aniqlanadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
38-modda. Vestibulyar qobiliyatining buzilishi
yaroqsiz
yaroqsiz
Vestibulyar buzilishlarda tekshiruv maʼlumotlari, shuningdek, vestibulometriya natijalari shifokor-nevropatolog bilan hamkorlikda baholanadi. Vestibulyar buzilishlarni vaqtincha xususiyatga egaligi koʻrsatilganda, statsionar sharoitda har tomonlama tekshirish va davolash lozim.
Barcha nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda vestibulyar apparatni uch karralik otolit reaksiyasining tekshiruvi yoki Koriolis tezlanishlarning uzluksiz kumulyatsiyasi sinamasi bilan tekshirib koʻrish shart.
Ikki quloqdagi karlik yoki kar-soqovlik davolash-profilaktika, ilmiy-tadqiqot muassasalari yoki kar-soqovlar uchun boʻlgan taʼlim muassasalari tomondan tasdiqlanishi lozim. Karlik deb quloq suprasi oldidagi baqirishni eshitmaslik hisoblanadi.
Eshitish qobiliyatining pastligi darajasini aniqlashda tadqiqotning maxsus usullarini, shivirlash va suhbatlashish nutqi, kamertonlar, boʻsagʻa audiometriyasi, quloqlar barofaoliyatini majburiy ravishda aniqlash bilan birga qoʻllash lozim boʻladi.
Yaroqlilik toifasining oʻzgarishiga olib keluvchi eshitishning pasayishida yuqoridagi tadqiqotlar bir necha marotaba (tekshiruv davrida yilda kamida 3-marta) oʻtkazilishi lozim.
Bir yoki ikkala quloqdagi karlikka gumon qilinganda, Govseyev, Lombar, Shtenger, Xilov va boshqa tekshiruvlar yoki obyektiv audiometriya usullari (chaqirilgan eshitish potensiallarini roʻyxatga olish, otoakustik emissiyalar va boshqalar) qoʻllanadi. Shivirlab gapirishni eshitishda quloqlardagi farq 3 metrdan koʻp boʻlganda, Stenvers usuli boʻyicha chakka suyaklarda rentgenografiya yoki chakka suyaklarda KT tekshiruvi oʻtkaziladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
40-modda. Oʻtkir kasallik, surunkali kasallik xurujlari, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi quloq va soʻrgʻichsimon oʻsiq faoliyatining vaqtincha buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
Oʻquvchilarning yaroqlilik toifasi toʻgʻrisida xulosa oʻtkazilgan kasalliklar, jarohatlar, jarrohlik amaliyotlaridan keyin ularning umumiy ahvoli yaxshilanishi va maxsus davolash tadbirlari tugagandan soʻng, ammo eshitish, vestibulyar apparat faoliyatining toʻliq tiklanishi uchun kerak boʻladigan 1 oy muddatdan keyin qabul qilinadi.
Timpanoplastika jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan nomzod va oʻquvchilar yaroqsiz deb topiladilar.
10-bob. Qon aylanish tizimi kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
41-modda. Revmatizm, yurakning boshqa revmatik va revmatik boʻlmagan (shu jumladan tugʻma) kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
41-moddaga yurak yetishmovchiligi mavjudligidan qatʼi nazar, ritm va oʻtkazuvchanligi buzilishlari bilan kechadigan yurak kasalliklari (miokarditdan keyingi kardioskleroz, surunkali miokardit va boshqalar), yurakning tugʻma va orttirilgan nuqsonlari, shuningdek, dekstrakardiya, ichki aʼzolarning toʻliq teskari joylashuvi kiradi.
Kasallik alomatlarining tahlili bilan qoʻshilgan holda ExoKG, sutkalik EKG Xolter monitoring testi, veloergometriya yoki tredmil-test bilan tasdiqlanishi lozim.
I darajali faoliyatga oid (vagusli) atrioventrikulyar qamali (jismoniy zoʻriqishida (yurakning qisqarishlar soni hisobidan) yoki tananing 1 kg ogʻirligiga nisbatidan 0,020 — 0,025 mg atropin sulfati qon tomiriga yuborilganidan soʻng atriventrikulyar oʻtkazuvchanligi meʼyorlashishi) 41-moddaning qoʻllanilishi uchun asos boʻlmaydi, oʻqishga kirishiga monelik qilmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Nomzodlarda gemodinamikasi buzilishisiz kechadigan yurakning ikki tavaqali va boshqa klapanlarining 5 mm gacha boʻlgan birlamchi prolapsi aniqlanganda, ular oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
42-modda. Aorta, periferik yirik arteriya, vena va limfa tomirlari kasalliklari, rivojlanishning tugʻma anomaliyalari va shikastlanishlar oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
42-moddaga yirik tomirlarning arterial va arteriovenoz anevrizmalari, oyoq, qoʻltomirlarining obliteratsiyalovchi trombangiiti, aortoarteriiti, venalarning tromboflebiti, flebotrombozi, trombozdan keyingi holat, varikoz kasalligi, “filoyogʻi”, angiotrofonevrozlar, yorgʻoq venalarining II va III darajali varikoz kengayishi, qon tomirlarining shikastlanishlaridan keyin holatlar kiradi.
Vena yetishmovchiligi belgilarisiz kechadigan alohida qismlardagi silindr yoki elastik boʻrtma koʻrinishida oyoqlar teri osti venalarining kengayishi, I darajali varikotsele 42-moddani qoʻllashga asos boʻlmaydi va oʻqishga kirishga toʻsqinlik qilmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Nomzodlarning oʻqishga kirish va oʻquvchilarning tahsil olishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi xulosa obyektiv natija beradigan tekshiruv usullari (nitroglitserin sinamasi bilan oʻtkazilgan reovazografiya, angio-, flebo-, limfografiya va boshqa usullar) qoʻllanilib tibbiy tekshiruv oʻtkazilganidan keyin chiqariladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
43-modda. Bavosil (gemorroy):
a) asoratlari mavjud boʻlgan
yaroqsiz
yaroqsiz
b) asoratlarsiz kechadigan
yaroqlilik yakka tartibda aniqlanadi
yaroqlilik yakka tartibda aniqlanadi
43-moddaning “a” bandiga tez-tez xurujli, asoratlangan (yalligʻlanish, tromboz), konservativ va jarrohlik yoʻli bilan davolanish ijobiy samara bermagan, shuningdek, gemorroidal tugunlarini tashqariga tushish bilan kechadigan bavosil kiradi.
43-moddaning “b” bandiga samarali davolangan, asoratlari mavjud boʻlmagan, kam xurujli tashqi gemorroy kiradi.
Yagona, yalligʻlanish belgilari boʻlmagan, ozgina kattalashgan gemorroy tugunlari mavjud boʻlganda, shikoyatlar boʻlmaganda, anamnezda oxirgi uch yil davomida kasallikning xurujlari toʻgʻrisida maʼlumotlar qayd etilmagan holatlar 43-moddani qoʻllash uchun asos boʻlmaydi hamda oʻqishga kirishga va tahsil olishga toʻsqinlik qilmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
44-modda. Neyrotsirkulyator asteniya
yaroqsiz
yaroqsiz
Neyrotsirkulyator asteniya — bu subyektiv va obyektiv faoliyati oʻzgarishsiz xilma-xil koʻrinish bilan kechadigan yurak tomirlar tizimi faoliyatining buzilishlari boʻlib, yurak-qon tomir tizimida organik oʻzgarishlarsiz, koʻproq tomirlar tonusi va qon tomir tizimi boshqaruvining buzilishi bilan kechayotgan umumiy nevrozdir.
Neyrotsirkulyator asteniyaning gipotenziv turi sogʻlom nomzodlarning fiziologik gipotoniyasidan farq qiladi, ular sogʻligʻining holatiga hech qanday shikoyat qilmaydi, arterial bosim koʻrsatkichi 90/50 — 100/60 mm simob ustunida ish qobiliyatini saqlab qoladi. Bunday nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqli deb topiladi. Barcha holatlarda boshqa aʼzo va tizimlarning kasalliklari tufayli kelib chiqqan simptomatik gipotoniyani istisno qilish lozim.
Nomzodlarda neyrotsirkulyator asteniya tashxisi nevropatolog, okulist ishtirokida, zarurat tugʻilganda boshqa mutaxassislarni ham jalb etib majburiy ravishda faoliyatga oid (jismoniy zoʻriqish, giperventilyatsiya, ortostatik va boshqalar) va dori vositalari bilan sinamalar oʻtkazilgandan keyin qoʻyilishi lozim.
Neyrotsirkulyator asteniyaning gipertenziv turi tashxisini qoʻyishda qalqonsimon bez va buyrak faoliyatini tekshirish lozim.
44-moddaga yaqqol va moʻtadil ifodalangan alomatlari bilan kechayotgan neyrotsirkulyator asteniyaning har qanday turi — (neyrotsirkulyator asteniyaning gipotenziv turida — arterial bosim turgʻun holatda simob ustunining 105-100/60-55 mm; gipertenziv turida — arterial bosim turgʻun holatda simob ustunining 140 — 150/90 mm gacha), shu jumladan, turgʻun yoki oʻtib ketuvchi yurakning ritmi va oʻtkazuvchanligi buzilishlari bilan kechadigan va mehnat qobiliyatini pasaytirmaydigan holatlar kiradi.
Birinchi va yuqori razryadli sportchilarda (hujjatlar bilan tasdiqlangan) arterial bosim oshgani va yurak boʻshliqlarining oʻlchamlari kattalashganligi aniqlanganda, tibbiy uskunalar yordamida har tomonlama tekshirilganlaridan soʻng yaroqlilik yakka tartibda aniqlanadi.
Miokardning organik oʻzgarishlari (yalligʻlanish, distrofik va boshqalar) tufayli yurakning ritmi va oʻtkazuvchanligi buzilishlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu Kasalliklar jadvalining 41-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
45-modda. Oʻtkir kasallik, surunkali kasallik xuruji, jarohat yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi qon aylanish tizimi faoliyatining vaqtincha buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
Nomzodlar statsionar sharoitda davolanishdan soʻng norevmatik miokarditlarni oʻtkazganlarida 12 oy muddatga yaroqsiz deb topiladilar. Ushbu muddat tugaganidan soʻng yuqorida koʻrsatilgan nomzodlarda yurakning zararlanish alomatlari (oʻchoqli miokardioskleroz, yurak ritmi va oʻtkazuvchanligi buzilishining turli shakllari, klapan apparatining zararlanishlari va boshqalar) boʻlmasa, oʻqishga kirishga yaroqliligi yakka tartibda aniqlanadi (MG HAL bundan mustasno).
11-bob. Nafas olish aʼzolari kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
46-modda. Burun boʻshligʻi, burunning yondosh boʻshliqlari va halqum kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
46-moddaga yiringli (yiringsiz, polipozli) sinusitlar, burun orqali nafas olishni qiyinlashtiruvchi va burunning yondosh boʻshliqlari barofunksiyasining buzilishlari bilan kechadigan burun boʻshligʻi va burun-halqum kasalliklari, surunkali tonzillitning II darajali toksik-allergik shakli, surunkali atrofik, gipertrofik, granulezli faringit (nazofaringit) kiradi.
Surunkali polipli gaymorit mavjudligi rentgen tekshiruvi yordamida tasdiqlanishi lozim, alohida holatlarda esa burun yondosh boʻshliqlari KT, surunkali yiringli (yiringsiz) sinusit-rinoskopik maʼlumotlar yordamida, burunning yondosh boʻshliqlarining ikki koʻrinishda rentgenografiyasi, imkon darajasida burun yondosh boʻshligʻi KT, yuqori jagʻ sinusitida — tashxis qoʻyish maqsadida punksiya qilinadi. Bundan tashqari surunkali jarayonning mavjudligi statsionar sharoitda va oldingi 6 oydan kam boʻlmagan avvalgi dispanser kuzatuv natijalari bilan tasdiqlanadi.
Burun toʻsigʻining qiyshayishi, nafas olish erkin boʻlgan holda yuqori nafas yoʻllari shilliq qavatining noturgʻun subatrofik alomatlari, tashxis qoʻyish maqsadida oʻtkaziladigan punksiyada yiring yoki transsudat olinmagan va yuqori jagʻ boʻshligʻi chiqish yoʻlining oʻtkazuvchanligi saqlangan holda yuqori jagʻ boʻshligʻi devorining shilliq qavati qalinlashuvi hamda yuqori jagʻ boʻshliqlaridagi oʻtkazilgan jarohat amaliyotidan keyingi qolgan alomatlar (ogʻiz dahlizi oʻtuvchi burmasining chiziqli chandigʻi, jarrohlik amaliyoti qilingan boʻshliqning burun boʻshligʻi bilan tutashuvi yoki rentgenogrammadagi “parda”) mavjudligi oʻqishga kirishga monelik qilmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Yuqori jagʻ boʻshligʻida kistalari mavjudligi, shu jumladan, ularning barofunksiyasi buzilmaganda, nomzodlar yaroqsiz deb topiladi.
Tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzodlarning shikoyatlari, burun boʻshligʻi ahvoli, burun yondosh boʻshliqlarini sinashgacha va sinashdan soʻnggi rentgen tekshiruvlari natijalari bilan birgalikda barokamerada bosim tushib chiqishini koʻtara olishi, tibbiy va xizmat tavsifnomasiga asoslanib burun yondosh boʻshliqlari barofunksiyasining turgʻun buzilishi aniqlanadi.
Ikki tomonlama burun bilan nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechadigan burun toʻsigʻining qiyshayishi, ikki tomonlama yuqori nafas yoʻllarining distrofik jarayoni mavjudligi oʻqishga kirishga qarshi koʻrsatma boʻladi.
Bir tomonlama burun bilan nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechadigan burun toʻsigʻining qiyshayishi, burundan erkin nafas olish bilan kechadigan yuqori nafas yoʻllari shilliq qavati subatrofik alomatlari mavjudligi 46-moddani qoʻllashga asos boʻlmaydi hamda oʻqishga kirishga monelik qilmaydi.
Burunning nafas olish faoliyatining buzilishisiz va kam ifodalangan buzilishi bilan kechadigan pollinozlar va allergik rinitlar mavjudligi 46-moddani qoʻllashga asos boʻlmaydi.
Pollinozlar va allergik rinitlar bilan xastalangan nomzodlarni tekshiruviga shifokor-allergolog majburiy holda jalb etilishi lozim.
II darajali toksik-allergik shakldagi surunkali tonzillit tez-tez xurujlar, tonzillogen intoksikatsiya (subfebrilitet, tez charchash, soʻlgʻinlik, holsizlik) mavjudligi, bodomsimon bezlar atrofidagi toʻqimalarni, regionar limfa tugunlarini (paratonzillyar abssess, regionar limfadenit) yalligʻlanish jarayoniga qoʻshilishi va metatonzillyar asoratlar bilan tavsiflanadi. Surunkali tonzillitning faqat shu shakli oʻqishga kirishga monelik qiladi. Surunkali tonzillitning boshqa shakllari boʻlgan nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqli deb topiladilar (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
47-modda. Hiqildoq va traxeyaning boʻyin qismi kasalliklari va shikastlanishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
47-modda nafas yetishmovchiligi darajasidan qatʼi nazar, shuningdek, tovush hosil boʻlishning qiyinlashuvi bilan kechadigan hiqildoq yoki traxeyaning boʻyin qismi tugʻma va orttirilgan kasalliklari hamda ularning shikastlanish oqibatlarini nazarda tutadi.
Tovush hosil boʻlishning turgʻun qiyinlashuvini tasdiqlash uchun koʻp marotaba (tekshiruv mobaynida 3-martadan kam boʻlmagan) tovushning jarangdorligini tekshirish lozim.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
48-modda. Nafas olish aʼzolarining boshqa kasalliklari, shu jumladan tugʻma kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
48-moddaga bronx-oʻpka apparati va plevraning surunkali kasalliklari (shu jumladan, surunkali bronxit, oʻpkalarning surunkali obstruktiv kasalligi, bronxoektatik kasallik), oʻpkalarning yiringli kasalliklari, nafas olish aʼzolarining tugʻma anomaliyalari, oʻpkaning mikozi, sarkoidoz, gistologik tekshiruv natijalari bilan tasdiqlangan alveolyar proteyinoz, mukovissidoz, oʻpkaning Langergans hujayrali gistiotsitozi, oʻpkaning limfangioleyomiomatozi, Gudpascher sindromi, oʻpkaning alveolyarli mikrolitiazi, idiopatik fibrozlovchi alveolit va boshqa idiopatik interstitsial zotiljamlar, oʻpkaning emfizemasi, oʻpkaning polikistozi, nafas olish aʼzolarining jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar kiradi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
49-modda. Bronxial astma
yaroqsiz
yaroqsiz
Bronxial astma tashxisi majmuaviy statsionar tekshiruvdan keyin qoʻyilishi lozim.
Kasallik anamnezini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan turgʻun remissiyasidagi bronxial astma tashxisini aniqlovchi testlar sifatida farmakologik va (yoki) jismoniy bronx qoʻzgʻatuvchi testlar hisoblanadi. Qoʻshimcha mezon sifatida qonda umumiy va (yoki) spetsifik “E” immunoglobulinni aniqlash tekshiruvi boʻlishi mumkin.
Bronxspastik sindromlar (obturatsion, endokrin-gumoral, asab tizimining buzilishlari, zaharlanishlar va boshqalardan kelib chiqqan) boshqa kasalliklar asorati boʻlganda, asosiy kasallikning kechishiga koʻra ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha yaroqlilik toifasi aniqlanadi.
Boshqa allergik kasalliklarda zararlangan aʼzo yoki tizim faoliyatining holatiga koʻra ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
50-modda. Oʻtkir kasallik, surunkali kasallik xuruji, jarohat, jarrohlik amaliyotidan keyingi nafas aʼzolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
Asoratli zotiljamni (infeksion-toksik shok, yiringlashlar, plevritlar, atelektazlar, keng tarqalgan plevra qatlamlanishi va boshqalar) boshdan kechirgan nomzodlar davolanish yakunidan soʻng 12 oy muddatga yaroqsiz deb topiladi, mazkur muddatdan soʻng asoratlar saqlangan hollarda ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalariga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
12-bob. Ovqat hazm qilish aʼzolarining kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
51-modda. Tishlarning rivojlanishi va chiqishidagi buzilishlar, tishning qattiq toʻqimalari va pulpaning kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
51-modda bitta jagʻda 4 va undan ortiq tishlarning yoʻqligi yoki bir qatorda ikkinchi kesuvchi, kurak va birinchi kichik oziq tishning ketma-ket yoʻqligi, shuningdek, koʻp sonli asoratlangan kariyes mavjud boʻlganda qoʻllanadi.
Jagʻlarda periodont yalligʻlanishning (perimplantit) klinik va rentgenologik belgilari boʻlmagan jagʻlarning implantatsiyasi va protezlash imkoniyati mavjud boʻlgan nomzod va oʻquvchilarda tishlarning umumiy soni sanalganda, ular qoʻshib hisoblanadi.
Tishlarning umumiy sanogʻida 18, 28, 38, 48-tishlar hisoblanmaydi. Tish ildizlarini protezlash imkoni boʻlmasa, ular yoʻq tishlar deb hisoblanadi.
Kariyesli, olib tashlangan va plomba qoʻyilgan tishlarning umumiy soni 9 dan koʻp va bunda 4 dan kam boʻlmagan tishlar — pulpa va periodontning zararlanishi bilan kechadigan surunkali yalligʻlangan, ildiz kanallariga plomba qoʻyilgan tishlar ham qoʻshib hisoblanganda nomzod va oʻquvchilar yaroqsiz deb topiladilar.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
52-modda. Periapikal toʻqimalar, milklar va paradont, soʻlak bezlari, ogʻiz boʻshligʻining yumshoq toʻqimalari, tilning (shu jumladan, tugʻma) kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
52-modda tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzodlarda lab va tanglayning tugʻma yoriqlari, parodontit yoki paradontozning barcha shakllari, stomatit, xeylit, gingvit, leykoplakiya va boshqa prekanserozli kasalliklari mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
Parodontit yoki paradontozning mavjudligi tish-jagʻ tizimining rentgenografiyasiga asosan toʻliq tekshiruv va birga kechuvchi kasalliklarning aniqlanishi bilan qayd etiladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
53-modda. Yuz-jagʻ anomaliyalari, defektlari, deformatsiyalari, jarohat asoratlari, boshqa kasalliklar, tishlar va ularning tayanch apparatidagi oʻzgarishlar, jagʻ kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
53-moddaga yuz-jagʻ sohasining tugʻma hamda orttirilgan nuqson va deformatsiyalari, shuningdek, jagʻ, soʻlak bezlari, chakka-pastki jagʻ boʻgʻimlarining surunkali kasalliklari, chaynash faoliyatining buzilishi yoki chaynash samaradorligi 60 foizdan kam boʻlmaganligi bilan birga kechadigan tish qatorlarining 5 dan 10 mm gacha (ikkinchi daraja) siljigan tishlash anomaliyalari kiradi.
Soʻlak-tosh kasalligi, yuz-jagʻ sohalarida tugʻma oqmalari va kistalari, chakka-pastki jagʻ boʻgʻimlarining artroz-artritlari mavjud boʻlgan nomzodlar yaroqsiz deb topiladilar.
Nomzodlarda tish qatorlarining 5 mm gacha (birinchi daraja) siljishi, chaynash samaradorligi N.I. Agapov boʻyicha 60 foizdan koʻp boʻlishi bilan kechadigan tishlash nuqsonlari, yuqori labning alohida, toʻliq boʻlmagan yoriqlari tufayli majmuaviy davolashdan keyin faoliyatning buzilishi kuzatilmasa, ular oʻqishga kirishga yaroqli deb topiladilar (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
54-modda. Qiziloʻngach, ichaklar (oʻn ikki barmoqli ichakdan tashqari) va qorin pardaning (shu jumladan, tugʻma) kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
54-moddaga qiziloʻngach, ichaklar, qorin pardasining oqmalari, kiziloʻngach, ichaklarning striktura yoki chandiqli torayishlari yoki asab-mushak kasalliklari, qorin pardasining yopishib qolishi (yopishish jarayoni laparatomiya yoki rentgenologik yoki endoskopik tekshiruvlar natijalari bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim), surunkali ezofagitlar, enteritlar, kolitlar, toʻgʻri ichak qatlamlarining tushishi, paraproktitlar, orqa chiqarish teshigi sfinkterining yetishmovchiligi, shuningdek, qiziloʻngach, ichaklar (oʻn ikki barmoqli ichakdan tashqari) va qorin pardaning boshqa tugʻma hamda orttirilgan kasallik va anomaliyalari kiradi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
55-modda. Meʼda, oʻn ikki barmoqli ichak, jigar, oʻt qopi, oʻt chiqarish yoʻllari va meʼda osti bezining kasalliklari
a) faoliyatning buzilishlari bilan
yaroqsiz
yaroqsiz
b) faoliyat buzilishisiz, obyektiv alomatlar mavjud boʻlganda
yaroqlilik yakka tartibda aniqlanadi
yaroqlilik yakka tartibda aniqlanadi
55-moddaning “a” bandiga tana vazni yetishmasligi bilan kechadigan surunkali gastroduodenitlar, meʼda va oʻn ikki barmoqli ichakning yara kasalligi, jigar sirrozi, surunkali gepatitlar, pankreatitlar, xoletsistitlar, oʻt pufagining xolesterozi, oʻt qopi va oʻt chiqarish yoʻllarining tosh kasalligi, oʻt va meʼda osti bezi oqmalari, shuningdek, faoliyatning buzilishlari bilan kechadigan meʼda, oʻn ikki barmoqli ichak, jigar, oʻt qopi, oʻt chiqarish yoʻllari va meʼda osti bezining boshqa orttirilgan hamda tugʻma kasallik va anomaliyalari kiradi.
Yara kasallikning remissiya davri uchun ishonchli belgi boʻlib, fibrogastroskopiyada aniqlangan yaradan keyingi chandiq va (yoki) sunʼiy gipotoniya sharoitida oʻtkazilgan duodenografiyada aniqlangan qoʻpol chandiqli shakl buzilishining mavjudligi, meʼda yarasida esa — fibroskopiyada aniqlangan yaradan keyingi chandiqning mavjudligi hisoblanadi.
Surunkali gepatit mavjudligi statsionar sharoitda jigarning zararlanishini isbotlovchi tahliliy (laborator) va tibbiy uskunalar yordamida oʻtkaziladigan tekshiruvlar kompleksi asosida tasdiqlanishi lozim.
55-moddaning “b” bandiga oziqlanish buzilishisiz kechadigan remissiya davridagi gastrit va gastroduodenitlar, oʻt chiqarish yoʻllarining diskineziyasi, fermentopatiyali (xavfsiz) giperbilirubinemiya kiradi hamda nomzod va oʻquvchilar yaroqli deb topiladilar (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
56-modda. Churralar
yaroqsiz
yaroqsiz
56-moddaga tashqi, diafragma (kardiya bilan meʼda oldi qismi koʻkrak qafasida joylashgan, orttirilgan diafragmaning relaksatsiyasi), ventral churralar kiradi.
Muvaffaqiyatsiz davolanish natijalari (kasallikning qaytalanishi) yoki davolanishdan bosh tortilsa hamda uni oʻtkazish uchun qarshi koʻrsatmalar mavjudligi 56-moddaning qoʻllanilishiga asos boʻladi.
Yirik boʻlmagan (fiziologik halqa chegarasida) kindik churrasi, qorin parda oldi lipomasi hamda jismoniy zoʻriqish va kuchanish vaqtida churra chiqishi kuzatilmaydigan chov halqasining kengayishi 56-moddani qoʻllash uchun asos boʻlmaydi va oʻqishga kirishga toʻsiq boʻla olmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
57-modda. Oʻtkir kasallik, surunkali kasalliklarning xurujlari yoki jarrohlik amaliyotidan keyingi ovqat hazm qilish aʼzolari faoliyatining vaqtincha buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
Tashqi churralari mavjud boʻlgan nomzodlar 12 oydan kam boʻlmagan muddatga yaroqsiz deb topiladilar. Nomzodlar asoratsiz oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin (appendektomiya, gernioplastika, moyakni pastga tushirish va boshqalar) davolash muassasasidan chiqqanlaridan keyin oʻqishga kirishga ikki oy muddatga yaroqsizdirlar.
13-bob. Teri va teri osti qavatining kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
58-modda. Teri va teri osti qavatining kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
58-moddaga ekzema, psoriaz, lixnifikatsiya bilan ifodalangan atopik dermatit, bullali dermatitlar, surunkali eshakem, retsidivli Kvinke shishlari, barcha piodermiyalar, konglabatli husnbuzar, qizil boʻrichaning teri shakli, fotodermatoz, qizil yassi temiratki, ekssudativ eritema, surunkali kechadigan gemorragik vaskulitning teri shakli, follikulit, perifollikulit, chegaralangan sklerodermiya, kserodermiya, ixtioz, keratodermiya, uyali alopetsiya, follikulali keratoz, pes kasalligi kiradi.
Atopik dermatitning (neyrodermitning) tarqalgan lixenifikatsiyasi deganda, yuz, tirsak va tizza osti chuqurchalaridagi terining zararlanishi hamda teri qoplamasining ommaviy zararlanishi tushuniladi. Anemnezda atopik dermatit (neyrodermit) mavjud boʻlib, oxirgi 5 yil mobaynida retsidiv boʻlmaganligi teri-tanosil dispanserlari tomonidan tasdiqlanishi ushbu moddani qoʻllashga asos boʻlmaydi. “Chegaralangan sklerodermiya” surunkali va tizimli kasallik boʻlganligini inobatga olgan holda, nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar.
Cheklangan shaklida kechadigan husnbuzar mavjud boʻlgan nomzodlarning yaroqlilik toifasi yakka tartibda aniqlanadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
59-modda. Terining va teri osti qavatining oʻtkir kasalliklari va surunkali kasalliklarning qaytalanishdan keyingi faoliyatining buzilishi
yaroqsiz
yaroqsiz
14-bob. Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi toʻqimalarning kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
60-modda. Yuqumli, yalligʻlanish, autoimmun va boshqa sabablardan kelib chiqqan artritlar va artropatiyalar, biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
60-modda revmatoid artrit, serologik manfiy boʻlgan spondiloartritlar (ankilozlovchi spondiloartrit — Bexterev kasalligi, reaktiv artritning surunkali kechishi, psoriatik artropatiya) biriktiruvchi toʻqimaning diffuz kasalliklari, tizimli vaskulitlar (ulkan hujayrali arteriit, tugunli poliarteriit, Kavasaki kasalligi, Vegener granulematozi, mikroskopik poliangiit, eozinofilli angiit, krioglobulinli vaskulit, gemorragik vaskulitni visseral shakli), surunkali podagrik artriti, pirofosfatli artropatiya va boshqalarni nazarda tutadi.
Allergiya, autoimmun, modda almashuv buzilishlari va boshqa sabablardan kelib chiqqan boʻgʻimlar zararlanishini nomzod va oʻquvchilar davolangandan keyin boʻgʻimlar faoliyatining buzilish darajasiga koʻra baholanadi, boshqa aʼzo va tizimlarning qoʻshma zararlanishida ushbu Kasalliklar jadvalining asosiy kasallikka tegishli moddasi boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Ichki aʼzolar zararlanishi boʻlmagan biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklaridagi boʻgʻimlar zararlanishining oʻtkir shaklidan nomzodlarga nisbatan yaroqsizlik toʻgʻrisida xulosa chiqariladi. Oʻtkir shaklidan soʻng 12 oy mobaynida kasallikning alomatlari boʻlmaganda nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqli deb topiladi.
Boʻgʻimlarning oʻtkir yalligʻlanish kasalliklari yoki gemorragik vaskulitning teri va teri-boʻgʻim shaklidan keyin tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu Kasalliklar jadvalining 73-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
61-modda. Suyaklar, yirik boʻgʻimlar, togʻaylarning jarrohlik kasalliklari va zararlanishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
Suyak va boʻgʻimlarning kasalliklaridan keyin oʻqishga kirishga yaroqlilik toifasi toʻgʻrisida xulosa tibbiy tekshiruvdan va zarurat boʻlganda esa, davolanishdan keyin chiqariladi. Bunda kasallikning xurujlarga, rivojlanishga moyilligi, davolanishning turgʻunligini hisobga olish kerak boʻladi.
61-moddaga boʻgʻimning ankilozi, sunʼiy boʻgʻim, boʻgʻimning barqarorsizligi, artrozlar, boʻgʻimning kontrakturasi, boʻgʻim togʻayining yemirilishi, boʻgʻimning aseptik nekrozi, sekvestrlar, osteomiyelitlar, osteoxondropatiyalar, klinik tekshiruv va nur yordamida tashxis qoʻyish bilan aniqlanadigan boʻgʻimning oddiy chiqishi, shuningdek, boʻgʻim, togʻay va paylarning boshqa orttirilgan va tugʻma kasalliklari hamda shikastlanish oqibatlari kiradi.
Boʻgʻimlar faoliyati buzilishsiz kechadigan Osgud-Shlatter kasalligi mavjud boʻlgan oʻquvchilarning yaroqlilik toifasi yakka tartibda aniqlanadi (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
62-modda. Umurtqa kasalliklari va ularning oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
62-moddaga umurtqaning degenerativ-distrofik va yalligʻlanish kasalliklari, tugʻma va orttirilgan shakl buzilishlari (deformatsiya), rivojlanish nuqsonlari kiradi.
Ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha umurtqa faoliyatining buzilishini baholash vertebrogen nevrologik buzilishlarining ifodalanganligiga koʻra oʻtkaziladi.
Skolioz darajasi rentgenolog tomonidan rentgenogrammalarda skolioz burchaklarini oʻlchash orqali aniqlanadi: I darajasi — 1-10 gradus, II darajasi — 11-25 gradus, III darajasi — 26-50 gradus, IV darajasi — 50 gradusdan ortiq (V.D. Chaklin boʻyicha). S-simon skoliozda qiyshayish maksimal yoy boʻyicha aniqlanadi. Skolioz burchaklarining oʻlchovi Fergyusson yoki Kobb usulida aniqlanadi.
Yonbosh proyeksiyali rentgenogrammalarda beshinchi koʻkrak pogʻonaning yuqori chekkasi va oʻn ikkinchi pogʻonaning pastki chekkasidan oʻtkazilgan chiziqlararo koʻkrak sohasidagi kifozli shakli buzilishining burchagi oʻlchanadi. Meʼyorda u 20 — 40 gradusni tashkil qiladi.
5 gradusgacha (qoʻshilgan holda) boʻlgan I darajali skolioz HALga oʻqishga kirishga monelik qilmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Umurtqa pogʻonasining bir qismidagi umurtqalararo osteoxondrozi bilan nomzodlar yaroqsiz deb topiladilar.
Umurtqaning patologik oʻzgarishlari xususiyati koʻp oʻqli, zoʻriqishli va harakatdagi faoliyatga oid rentgenologik, tibbiy koʻrsatmalar boʻlganda esa boshqa tekshiruvlar (KT, MRT, radioizotop tekshiruvi, densitometriya va boshqalar) bilan tasdiqlanishi lozim.
Tashqi nafas olish va koʻkrak qafasi aʼzolarining faoliyati buzilishisiz kechadigan koʻkrak qafasining deformatsiyasi (“tovuqsimon koʻkrak”, kilsimon, hunisimon deformatsiyalar va boshqalar) mavjud boʻlganda nomzodlarning yaroqlilik toifasi yakka tartibda aniqlanadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
63-modda. Kaftning, barmoqlarning nuqsonlari, shakli buzilishlari va yoʻqligi
yaroqsiz
yaroqsiz
63-moddaga qoʻl panjasi, kaft boʻgʻimlari va barmoqlarning turgʻun kontrakturasi, soxta boʻgʻimlar, surunkali osteomiyelitlar, ularning barcha sathlarda yoʻqligi, boʻgʻimlarining yemirilishi, nuqsonlari va artroplastikadan keyingi holatlari, panja boʻgʻimlarining eski chiqishlari, osteoxondropatiyalari, qoʻl panjasi boʻgʻimlari va barmoqlarning tuzilishga oid nuqsonlari va shikastlanishlar oqibatlari, shuningdek, boshqa qoʻl panjasi, kaft boʻgʻimlari va barmoqlarning orttirilgan va tugʻma nuqsonlari va kasalliklari kiradi.
Birinchi barmoq uchun tirnoq falangasining yetishmasligi, boshqa barmoqlar uchun esa ikki falanganing yetishmasligi qoʻl panjasida barmoqning yoʻqligi deb hisoblanadi. Falanganing proksimal boshchasi sathidan yoʻqligi uning umuman yoʻqligi deb hisoblanadi.
Barmoq paylari yoki nervlarining shikastlanishi va kasalliklari oqibatida barmoq noqulay tomonga toʻliq tortishib qolganda yoki harakat toʻliq cheklanganda (turgʻun kontraktura mavjudligida) barmoq yoʻq deb hisoblanadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
64-modda. Yassi oyoqlik, oyoq panjasining boshqa shakl oʻzgarishlari va barmoqlarining nuqsonlari
yaroqsiz
yaroqsiz
64-modda oyoq panjasining tugʻma va orttirilgan shakl buzilishlarini (“ot”, tovon, varusli, valgusli maymoqlik va boshqa tugʻma yoki orttirilgan oyoq panjasining shakl buzilishlarini) nazarda tutadi. 64-moddaga, shuningdek, panja suyaklarining ekzoostozlari, boʻgʻimlarning artrozlari, yurishni yoki standart poyabzal kiyishni qiyinlashtiruvchi shikastlanish oqibatlari va kasalliklari, oyoqda barmoqlarning yetishmasligi, ularning qotib qolishi yoki harakatsizligi ham kiradi.
Nomzodlarning oʻqishga kirishga yaroqliligini baholashda oyoq panjasi gumbazining balandroqligi koʻpincha meʼyor darajasi deb hisoblanishini nazarda tutish lozim. Baland gumbazli (“havol”) oyoq panjasi deb shunday shakl oʻzgarishiga aytiladiki, bunda orqa boʻlim supinatsiya, oldingi boʻlim pronatsiya va yuqoriga tortilgan holatda, shu bilan birga ichki va tashqi gumbaz balandligi yuqori darajada (yaqqol buralgan oyoq panjasi deb ataluvchi); oyoq panjasining oldingi boʻlimi toʻliq yozilgan, keng va biroz tortilgan, oyoq panjasining oʻrta suyaklari boshchalari ostida qadoqlar mavjud boʻladi.
Yassi oyoqlikning bosqichlari boʻyicha yuzaga keladigan organik oʻzgarishlar klinik va rentgen tasvirlariga koʻra quyidagicha baholanadi:
Artrozning bosqichi
Boʻgʻim yorigʻining holati va oʻlchamlari
Boʻgʻim oraligʻi chetlaridagi suyakli oʻsiqlar mavjudligi va ularni boʻgʻim chetlaridan chiqib turadigan oʻlchamlari
Boʻgʻim va tutashuvchi suyaklarning boʻgʻim oxirlari yuzalarining holati
Birinchi
50 foizdan ortiq boʻlmagan torayish
mavjud, oʻlchamlari
1 mm dan ortiq emas
oʻzgarishlar yoʻq
Ikkinchi
50 foiz yoki undan ortiq boʻlgan torayish
mavjud, oʻlchamlari
1 mm dan ortiq
boʻgʻim oraliqlarining shakl oʻzgarishlari
va togʻay osti osteosklerozi bilan
Uchinchi
Deyarli toʻliq obliteratsiya
ifodalangan suyak chetlari oʻsiqlari
qoʻpol shakl oʻzgarishi
va togʻay osti osteosklerozi bilan
oyoq panjasi gumbazining balandligi aniqlanadi, gumbaz eng baland nuqtasidan pastki uchburchak — tovon suyagining notekis yuzasini birinchi oyoq kafti suyagi boshchasining pastki kaft tomoni bilan birlashtiradigan chiziq asosiga tushirilgan perpendikulyarning uzunligi aniqlanadi. Meʼyorda bu burchak 125 — 130 gradusga teng, oyoq panjasi gumbazining balandligi 39-36 mm;
yassi oyoqlikning birinchi darajasi: ichki kaft gumbazining koʻndalang kesmasi burchagi 131 — 140 gradus, gumbazning balandligi — 35 — 25 mm. Yassi oyoqlikning ikkinchi darajasi: ichki kaft gumbazining koʻndalang kesmasi burchagi 141 — 155 gradus, gumbazning balandligi — 24 — 17 mm. Ponasimon suyak kaltalashgan, boʻyinchasi aniq ifodalanmagan. Yassi oyoqlikning uchinchi darajasi: ichki kaft gumbazining koʻndalang kesmasi burchagi 155 gradusdan ortiq, gumbazning balandligi — 17 mm dan kam. Shuningdek, oyoq panjasi koʻndalang gumbazi yassiligi, bosh barmoqning uzoqlashtiruvchi kontrakturasi kuzatiladi. Oyoq panjasi buralgan va tashqariga qayrilgan. Yassi oyoqlikning darajasini aniqlashda asosiy mezon boʻlib oyoq panjasi gumbazining balandligi hisoblanadi;
oyoq panjalari shaklni oʻzgartiruvchi artrozning I bosqichi rentgen tasvirlari boʻgʻim chetlaridan 1 mm dan koʻp chiqmaydigan suyakli oʻsiqlar va boʻgʻim yorigʻini 50 foizgacha torayishi bilan tavsiflanadi;
artrozning II bosqichida boʻgʻim yorigʻi kengligi — 50 foiz va undan koʻp toraygan, boʻgʻim chetlaridan 1 mm dan koʻp chiqadigan suyakli oʻsiqlar shakl oʻzgarishlari va tutash suyaklar boʻgʻim oxirlarining subxondral osteosklerozi bilan kechadi;
oyoq panjalar artrozi III bosqichida boʻgʻim orasi kengligi deyarli obliteratsiyalangan, boʻgʻim chetlarida ogʻir ifodalangan suyakli oʻsiqlar chuqur shakl oʻzgarishlari va tutash suyaklar boʻgʻim oxirlarining subxondral osteosklerozi bilan kechadi;
nomzodning bir oyogʻida II darajali yassi oyoqlik va ikkinchi oyogʻida esa I darajali yassi oyoqlik mavjud boʻlganda, ekspert xulosasi II darajali yassi oyoqlik boʻyicha qabul qilinadi;
OPOʻB boʻgʻimlarida osteoartrozning I va II bosqichi mavjud boʻlgan I darajali, shuningdek, osteoartroz alomatlari boʻlmagan II darajali yassi oyoqlik 64-moddani qoʻllash uchun asos boʻlmaydi va oʻqishga kirishga toʻsqinlik qilmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
65-modda. Qoʻl-oyoq faoliyatining buzilishi bilan kechadigan va/yoki harbiy kiyim, poyabzal hamda harbiy anjomlar kiyishini qiyinlashtiruvchi tugʻma va orttirilgan shakl buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
65-modda tugʻma yoki orttirilgan qoʻl-oyoq kaltaligi va shakl buzilishlari, shu jumladan, suyaklar singandan keyingi burchakli shakl buzilishlaridan kelib chiqqan holatlarni hamda qoʻl yoki oyoqning sathidan (sohasidan) qatʼi nazar yoʻqligini nazarda tutadi.
Oyoqlarning X-simon qiyshayishida boldirning ichki toʻpiqlararo masofasi 5 smgacha, O-simon qiyshayishida son suyagi ichki oʻsiqlarining oraligʻidagi masofa 9 sm gacha, qoʻlning 2 sm gacha yoki oyoqning 1 sm gacha kaltaligi, pastki pogʻona (boldir, oyoq panjasi)ning 5 gradusdan kam rotatsiyali shakl buzilishi boʻlganda 65-modda qoʻllanmaydi va nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqli deb topiladi (MG HAL bundan mustasno).
Faoliyati saqlanganligi bilan kechadigan qoʻlning kam boʻlgan burchakli shakl buzilishi mavjud boʻlganda, nomzodlar oʻqishga kirishga, oʻquvchilar esa tahsil olishga yaroqsiz deb topiladilar.
15-bob. Siydik chiqarish va jinsiy aʼzolarning kasalliklari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
66-modda. Buyraklarning surunkali kasalliklari, buyrak va siydik toshi kasalligi
yaroqsiz
yaroqsiz
Buyrak kasalliklari bilan xastalangan oʻquvchilar statsionar sharoitda tibbiy tekshiruv va davolanishdan soʻng tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
“Surunkali piyelonefrit” tashxisi leykotsituriya, bakteriyauriya mavjudligi miqdorli usullar bilan aniqlanadigan, urolog va teri-tanosil kasalliklari shifokori ishtirokida hamda majburiy rentgenurologik tekshiruvi asosida, siydik chiqarish va jinsiy aʼzolarining yalligʻlanish kasalliklarini istisno qilish sharti bilan qoʻyiladi. Zarurat tugʻilgan hollarda, buyrakning UTT va radioizotop tekshiruvlari oʻtkazilishi lozim.
66-modda boʻyicha nomzodlarda buyraklarning oʻtkir yalligʻlanishidan keyin turgʻun patologik siydik sindromi mavjudligida, shuningdek, buyraklar faoliyatining buzilish darajasi, xususiyati, davomiyligi va kechishdan qatʼi nazar oʻqishga kirishga va tahsil olishga yaroqsiz deb topiladilar.
Siydik tosh kasalligi UTT (akustik soya mavjud boʻlganda) yoki rentgen tekshiruvi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
66-moddaga qayta tosh hosil boʻlmagan, faoliyati buzilishisiz kechadigan yakka toshlarni tibbiy uskuna yordamida siydik yoʻllaridan (jomchadan, siydik chiqarish yoʻlidan, siydik qopidan) olib tashlash yoki oʻzlari chiqib ketgandan keyingi holatlardagi siydik tosh kasalligi ham kiradi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
67-modda. Yuqori siydik yoʻllari urodinamikasining buzilishi (gidronefroz), piyelonefrit (ikkilamchi), buyrak va siydik yoʻllarining boshqa kasalliklari, sistit, siydik qopining kasalliklari, venerik boʻlmagan uretrit, uretraning strikturasi, uretraning boshqa kasalliklari
yaroqsiz
yaroqsiz
67-modda qorin boʻshligʻi aʼzolari va qindagi siydik oqmalari, nefrostoma, epitsistostoma, ureterostoma, nefroptoz, buyraklarning distopiyasi, bir buyrakning yoʻqligi, buyraklarning polikistozi, vazorenal arterial gipertenziyalar bilan kechadigan buyrak tomirlarining anomaliyalari, siydik nayi va uretraning strikturasi, buyraklarning displaziyasi, ularning va elementlarining ikkitaligi, “taqasimon” buyrak, yuqori siydik yoʻllari yoki siydik qopining anomaliyalarini nazarda tutadi.
Buyraklar siydik ajratish faoliyatining buzilishi siydik va qonning tahliliy (laborator) tekshiruvlari, rentgenologik (ekskretor urografiyasi, KT, angiografiya), UTT yoki radioizotop usullar (renografiya, dinamik nefrossintigrafiya, vositali angiografiya) bilan tasdiqlanishi lozim.
Nefroptozning bosqichi rentgenolog tomonidan tekshiriluvchini vertikal holatida bajarilgan rentgenogrammalar orqali aniqlanadi: I bosqich — buyrak pastki qutbining meʼyordan ikki umurtqa pasayishi; II bosqich — uch umurtqa pasayishi; III bosqich — uch umurtqadan ortiq pasayishi.
Yuqori siydik yoʻllarining notoʻliq boʻlinishi mavjud boʻlganda buyraklarning faoliyatga oid, shuningdek, peshobda patologik oʻzgarishlar qayd etilmagan holatlarda nomzodlarning oʻqishga kirishiga monelik qilmaydi (MG HAL bundan mustasno).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
68-modda. Erkaklar jinsiy aʼzolarining kasalliklari (shu jumladan, tugʻma)
yaroqsiz
yaroqsiz
68-modda prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, yalligʻlanish va boshqa kasalliklari, moyakning suvli shishi, orxit, epidedimit, olat chetki tanasining ortiqligi, fimoz, parafimoz, gipospadiya, shuningdek, erkak jinsiy aʼzolarining boshqa kasalliklarini nazarda tutadi.
Toj egatidan distal joylashgan gipospadiya (olat boshchasi shakli) 68-moddani qoʻllash uchun asos boʻlmaydi, nomzodlarning oʻqishga kirishiga toʻsqinlik qilmaydi.
68-modda bir moyak yoʻqligi va moyaklarning gipoplaziyasida ham qoʻllanadi.
16-bob. Jarohatlar, zaharlanishlar va boshqa tashqi omillar taʼsiri oqibatlari
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
69-modda. Bosh suyaklarining jarohat va jarrohlik amaliyotidan keyingi nuqsonlari
yaroqsiz
yaroqsiz
69-moddaga kalla suyagi, yuz-jagʻ sohasining orttirilgan hamda tugʻma nuqson va shakl buzilishlari, chakka-pastki jagʻ boʻgʻimlarining ankilozlari, pastki jagʻning soxta boʻgʻimlari, yuz-jagʻ sohasining kontrakturalari kiradi.
69-moddada qayd etilmagan koʻz kosasi suyak devorlarining shikastlanish oqibatlari mavjud boʻlgan nomzod va oʻquvchilar ushbu Kasalliklar jadvalining 28-moddasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
69-moddada qayd etilmagan yuz-jagʻ sohasidagi shikastlanish oqibatlari mavjud boʻlgan nomzod va oʻquvchilar ushbu Kasalliklar jadvalining 53-moddasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
70-modda. Umurtqa, gavda, qoʻl va oyoqlar suyaklari (chanoq suyaklari, kurak, oʻmrov, toʻsh, qovurgʻalar, yelka, tirsak, bilak, son suyagi boʻyinchasi, son, kichik va katta boldir, tizza qopqogʻi suyagi va boshqa suyaklar) sinish oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
70-modda faoliyatga oid buzilishlar bilan kechadigan umurtqalar sinishlari oqibatlari, spondilo va korporodez jarohat amaliyotlari oʻtkazilgan holatlar, boʻgʻimlarning chiqish va chiqish-sinishlar oqibatlari, chanoq suyaklarining sinish oqibatlari, qoʻl va oyoq naysimon va boshqa suyaklarining asoratlangan sinishlari oqibatlari, soxta boʻgʻimlar, suyak sinishlarining osteosintezidan keyin olib tashlanmagan metall moslamalarni nazarda tutadi.
Chanoq halqasining shakli buzilishsiz kechadigan alohida chanoq suyaklarining bitgan yakka sinishlari, shuningdek, faoliyatga oid buzilishsiz boʻlgan boshqa suyaklarning bitgan yakka sinishlari 69-moddani qoʻllash uchun asos boʻlmaydi va oʻqishga kirishga toʻsqinlik qilmaydi (MG HALga kirayotgan nomzodlarda yaroqlilik toifasi yakka tartibda aniqlanadi).
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
71-modda. Koʻkrak qafasi, qorin boʻshligʻi va chanoq ichki aʼzolarining jarohatlari (jarohatdan kelib chiqqan pnevmotoraks yoki gemotoraks, yurak, oʻpka, meʼda-ichak yoʻli, jigar, taloq, buyraklar, chanoq aʼzolari, qorin boʻshligʻining boshqa aʼzolari jarohatlari, koʻp tarmoqli ogʻir jarohat), yuqorida qayd etilgan aʼzolarning kasalliklari tufayli oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotlarining oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
71-moddaga koʻkrak qafasi aʼzolari kasallik va jarohatlari tufayli torakotomiya amaliyoti oʻtkazilgan holatlar, qon ketishini toʻxtatish, pnevmotoraks yoki gemotoraksni bartaraf etish, kasallik va jarohatdan kelib chiqqan jarrohlik amaliyotlaridan keyingi holatlar, ichak, meʼda, taloq, jigar, buyraklar, chanoq aʼzolari va qorin boʻshligʻining boshqa aʼzolarida oʻtkazilgan laparatomiya va lyumbotomiya jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar kiradi.
Organizmning aʼzo va tizimlaridan jarrohlik yoʻli bilan yot jismlar olib tashlangandan keyingi oqibatlari mavjud boʻlganda ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari ham qoʻllaniladi.
Siydik chiqarishga moyillik qilmaydigan olat boshchasining shikastlanish oqibatlari mavjudligi oʻqishga kirishga monelik qilmaydi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
72-modda. Teri va teri osti toʻqimalari jarohatlarining oqibatlari
yaroqsiz
yaroqsiz
72-moddaga teridagi kelloid, gipertrofik, atrofik hamda yuzning badburishligiga olib keladigan chandiqlar, boʻgʻimlarning harakatlarini cheklaydigan yoki harbiy kiyim, poyabzal va harbiy anjomlarni kiyishga toʻsqinlik qiladigan teri qoplamining kuyishlardan keyingi holatlar kiradi.
72-moddaga tananing teri qoplamlarida rasm, yozuv, va naqshlar (tatuirovka) mavjudligi ham kiradi.
Jarrohlik amaliyoti samarasiz boʻlgan kauzalgiya alomatlari bilan kechadigan chandiqlar mavjud boʻlganda oʻqishga kirishga va tahsil olishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi xulosa ushbu Kasalliklar jadvalining 24-moddasiga muvofiq chiqariladi.
Koʻzlar, qoʻl yoki oyoq panjalarining shikastlanishi bilan kechadigan yuzning kuyishi va sovuq urishi oqibatlari mavjud boʻlgan nomzod va oʻquvchilar ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
73-modda. Dori vositalari va biologik moddalar bilan zaharlanish, tibbiyotga oid boʻlmagan moddalarning zaharlovchi taʼsiri. Tashqi omillarning taʼsiri (radiatsiya, past yoki yuqori harorat va yorugʻlik, havo yoki suvning ortiqcha bosimi va boshqalar)
yaroqsiz
yaroqsiz
73-modda dori vositalari, oʻta zaharlovchi hamda boshqa zaharli moddalarning oʻtkir va surunkali taʼsirlari, shuningdek, boshqa tashqi omillar oqibatlari va allergik reaksiyalarni nazarda tutadi.
Oʻquvchilarning taʼminoti meʼyorda belgilangan asosiy ovqat mahsulotlariga klinik manzarasi ifodalangan ovqatlanish allergiyasi boʻlganda (statsionar sharoitda tibbiy tekshiruvda tasdiqlangan), ularning tahsil olishga yaroqliligi yakka tartibda aniqlanadi. Boshqa allergik kasalliklarda (eshakem, pollinoz, allergikrinitlar, dermatitlar va boshqalar), zararlangan aʼzo yoki tizimga koʻra ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
Oʻtkir zaharlanishlar, toksik-allergik taʼsirlar, oʻtkir allergik kasalliklardan keyin (anafilaktik shok, qon zardobi kasalligi, Layell, Stivens-Jonson sindromi) va boshqa tashqi omillar (issiq urishi, sovqotish, havo, suvning ortiqcha bosimi va boshqalar) taʼsir etganda, nomzod va oʻquvchilarning yaroqlilik toifasi statsionar sharoitda kasallikning yakuni, ovqatdan zaharlanish va tashqi omillar taʼsirida zararlangan aʼzo va tizimlar faoliyatining saqlanganligiga koʻra ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddalari boʻyicha aniqlanadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
74-modda. Suyak-mushak tizimi, biriktiruvchi toʻqima, teri va teri osti qavatining kasalliklaridan davolanish, yaradorlik, jarohatlar, zaharlanishlar va tashqi omillarning boshqa taʼsirlaridan keyingi faoliyatning vaqtincha buzilishlari
yaroqsiz
yaroqsiz
Boʻgʻimlarning oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarini oʻtkazgan nomzodlar davolanish tugagandan keyin 12 oy muddatga oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar. Mazkur muddatdan soʻng boʻgʻimlarning yalligʻlanish kasalliklarining alomatlari boʻlmasa, nomzodlarning yaroqlilik toifasi yakka tartibda aniqlanadi.
Oʻquvchilar boʻgʻimlarning oʻtkir yalligʻlanish kasalliklari tufayli statsionar sharoitda davolash tugagandan soʻng yalligʻlanishning klinik va tahliliy alomatlari mavjud boʻlganda (tinch holat va zoʻriqishlarda boʻgʻimlarda ogʻriq hislari boʻlgan va ularning ish qobiliyatlari cheklanganida), ularga yaroqsizlik toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Suyak va boʻgʻimlarni jarrohlik yoʻli bilan davolash, paylarning plastika yoki tendolizidan (qoʻl va oyoq barmoqlari bundan mustasno) keyin, suyaklarning sinishidan keyingi qotmagan suyak qadoqlari mavjud boʻlganda, harakatlar hajmining vaqtincha pasayishi kuzatilganda va ish qobiliyatlari cheklanganida oʻquvchilarning tahsil olishga yaroqsizligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Uzun naysimon suyaklar sinishi oqibatlarini davolashda qoniqarsiz natijalar mavjud boʻlganda, oʻquvchilarga yaroqsizlik toʻgʻrisida xulosa ushbu Kasalliklar jadvalining 70-moddasiga muvofiq chiqariladi.
Qoʻl kafti, oyoq panjasining kichik suyaklari hamda boldir toʻpiqlarining sinishida oʻquvchilarga nisbatan chiqariladigan yaroqlilik toʻgʻrisidagi xulosa yakka tartibda chiqariladi.
Nomzodlarga umurtqalarning koʻndalang, qirrali oʻsiqlari, uzun naysimon suyakning sinishi tufayli oʻrnatilgan metall moslamalari (shtift, plastina, spitsa va boshqalar) mavjud boʻlganda, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ushbu Kasalliklar jadvalining 70-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Statsionar davolash talab qilmaydigan, oʻquv darslarida qatnashishga toʻsqinlik qilmaydigan kichik suyaklarning asoratsiz yopiq sinishlari tufayli oʻtkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlarda oʻquvchilarga tahsil olishga yaroqli deb xulosa qabul qilinadi.
Jagʻ suyaklari va yuzning yumshoq toʻqimalarida jarohatlarning oqibatlari mavjud boʻlganda, sinishlarning sekin bitishi, qattiq chandiqlarning mavjudligi yoki jarrohlik amaliyotini, ortopedik davolashning murakkab usullarini qoʻllashni talab qiladigan hamda jarohat osteomiyeliti bilan kechadigan holatlarda oʻquvchilar tahsil olishga yaroqsiz deb topiladi.
Nomzodlar oʻtkir tashqi taʼsirlar va zaharlanishlardan keyingi qoldiq alomatlari mavjud boʻlganda, 12 oy muddatga oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar. Keyinchalik ularni oʻqishga kirishga yaroqlilik toifasi aʼzo va tizimlar faoliyatining tiklanganlik darajasiga koʻra ushbu Kasalliklar jadvalining 73-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Bir necha anatomik sohalarning umumiy maydoni 20 foizdan koʻp boʻlgan, yuzaki (II va IIIa darajali) kuyishlaridan keyin mustaqil epitelizatsiya mavjud boʻlganda va maydoni 10 foizdan koʻp boʻlgan chuqur (IIIb va IV darajali) kuyishlar tufayli oʻtkazilgan autodermoplastikadan keyingi holatlarda nomzodlar oʻqishga kirishga yaroqsizligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
75-modda. Jismoniy rivojlanish yetishmovchiligi:
a) oʻzgarishlar bilan kechadigan
yaroqsiz
yaroqsiz
b) oʻzgarishsiz kechadigan, boʻyi 160 sm dan past, vazni 50 kg dan kam boʻlgan holatlarda
yaroqsiz
yaroqsiz
Nomzodlarning jismoniy rivojlanishini baholashda ularning yoshini hisobga olish lozim, chunki organizmning jadal oʻsish davrida tana vazni boʻydan orqada qolishi mumkin. Boʻy va vazn nomutanosibligi oʻzicha jismoniy rivojlanish yetishmovchiligining koʻrsatkichi boʻlib hisoblanmaydi. Nomzodlarning jismoniy barkamolligi toʻgʻrisidagi xulosa yakka tartibda, uning vazni, boʻyi, mushaklar tizimining rivojlanganlik darajasi va koʻkrak qafasi aylanasining oʻlchami mutanosibligiga koʻra beriladi. Mushaklar tizimining rivojlanganligini baholashda, teri osti yogʻ qatlamining toʻplanish darajasini hamda kam ifodalangan mushaklari mavjud boʻlgan boʻyi baland shaxslarning suyak mushaklari xususiyatlari ham hisobga olinadi.
Mushak tizimi rivojlanishining zaifligi mushaklarning boʻshashganligi, relyef konturlarining yoʻqligi va mushak hajmining yetishmovchiligi, qorin devorining osilib tushishi, ayniqsa, uning pastki qismi, kuchanganda chov sohasidagi qorin devorining boʻrtib chiqishi, oʻmrov suyaklari va kurak qirralarining doʻppayib chiqishi; kurakning pastki burchaklarini koʻkrak qafasidan ayrilib uzoqlashishi (qanotsimon kuraklar), mushaklar qisqarishida koʻndalang kesimini kam ifodalangan kattalashishi bilan tavsiflanadi.
Boʻyi 160 sm dan past, vazni 50 kg dan kam boʻlgan nomzodlar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazish, jismoniy rivojlanganligi ortda qolayotganligi sabablarini aniqlash uchun har tomonlama chuqur tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish (nomzodni tekshirishda qoʻllaniladigan barcha majburiy tahliliy va tibbiy vositalar yordamida tekshirishlar oʻtkazish, ExoKG, LOR kasalliklar shifokori va endokrinolog maslahatlarini olish) maqsadida sogʻligi holati boʻyicha oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar.
Jismoniy rivojlanishning ortda qolayotganlik sabablari aniqlanganda, nomzodlarga ushbu Kasalliklar jadvalining tegishli moddasi qoʻllaniladi. Infantilizmdan (ikkilamchi jinsiy belgilar rivojlanishining yetishmovchiligidan) kelib chiqqan jismoniy rivojlanishning ifodalangan alomatlari mavjud boʻlganda, nomzodlar ushbu Kasalliklar jadvalining 11-moddasiga muvofiq tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar.
75-modda boʻyicha fikrlash sayozligi, hissiy-irodaviy buzilishlari va yengil qisqa muddatli asteno-vegetativ qoʻzgʻalishlar bilan namoyon boʻlgan jismoniy rivojlanishning yetishmovchiligi va ruhiy infantilizm mavjud boʻlgan nomzodlar tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladilar. Ruhiy infantilizmning boshqa shakllarida ushbu Kasalliklar jadvalining 16-moddasi qoʻllaniladi. Ruhiy infantilizmning namoyon boʻlishining diagnostik va ekspertlik bahosini psixiatr berishi lozim.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
76-modda. Siydik tutolmaslik (enurez)
yaroqsiz
yaroqsiz
Tundagi siydikni tutolmaslik bilan xastalangan nomzod va oʻquvchilar statsionar sharoitda tekshiruvdan oʻtish va davolanish uchun yuboriladilar.
Tibbiy tekshiruv toʻliq boʻlishi lozim, shuningdek, tekshirish jarayoniga urolog, nevropatolog va psixiatrni jalb etgan holda amalga oshirilishi lozim. Tekshiruv jarayonida asosiy eʼtibor skeletga (turk egari, umurtqa pogʻonasining bel qismi), tashqi jinsiy aʼzolarga (fimoz, oqmalar, siydik chiqarish nayining nuqsonlari), siydik chiqarish — jinsiy tizimining nuqsonlariga qaratiladi. Bundan tashqari, majburiy holda diurez (kunduzgi, tungi), siydik qopchasining hajmi va uning shakli (sistoskopiya, xromotsistoskopiya, sistografiya) tekshiriladi. Agar tungi siydikni tuta olmaslik biror bir ruhiy yoki siydik chiqarish — jinsiy aʼzolar tizimlari kasalliklarining alomati boʻlsa, xulosa asosiy kasallik boʻyicha qabul qilinadi.
Kasalliklar nomi, faoliyatning buzilish darajasi
I ustun
II ustun
77-modda. Nutqning buzilishi
yaroqsiz
yaroqsiz
Duduqlik mavjud boʻlganda, tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan nomzodlar chuqur tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Tekshiruv paytida oʻqish joyidan olingan hujjatlarni batafsil oʻrganish asosida oʻqishga kirishga yaroqlilik toʻgʻrisidagi xulosasi chiqariladi, shuningdek, nevropatolog, psixiatr va otolaringolog (zarurat boʻlsa logopedni ham) oʻzaro maslahatlashuvi inobatga olinadi.
Nomzodlar duduqlanishning barcha turlari mavjud boʻlganda oʻqishga kirishga yaroqsiz deb topiladilar.
77-moddaga uzoq muddatli tizimli davolanish samara bermaydigan tabiati faoliyatiga oid boʻlgan turgʻun afoniya va turgʻun faoliyatning buzilishi bilan kechadigan surunkali laringitlar va ovoz boylamlarining boshqa kasalliklari ham kiradi.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Nomzod va oʻquvchilar sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qoʻyiladigan qoʻshimcha talablar
Kasallik va jismoniy nuqsonlar jadvalining moddalari va kasalliklar roʻyxati
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari nomlanishi. Nomzod va oʻquvchilar sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishining holatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi”
harbiy-akademik
litseyi
Mudofaa vazirligi “Temurbeklar maktabi”
harbiy-akademik
litseyi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik
litseyi
Ichki ishlar vazirligi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik
litseyi
Boʻyi
170 sm vaundan yuqori
165 sm va undan yuqori
165 sm va undan yuqori
160 sm va undan yuqori
Vazni
57 kg dan
I darajali semizlikkacha
55 kg dan
I darajali semizlikkacha
55 kg dan
I darajali semizlikkacha
50 kg dan
I darajali semizlikkacha
Koʻrish aʼzosi
uzoq masofani koʻrish oʻtkirligi
korreksiyasiz
(koʻrsatkichlar dioptriyada)
1,0 — 0,8/1,0 — 0,8
0,6/0,6
0,6/0,6
0,6/0,6
yaqin masofani koʻrish oʻtkirligi
korreksiyasiz
(koʻrsatkichlar dioptriyada)
0,8/0,8
0,8/0,8
0,8/0,8
0,8/0,8
rang ajratish
trixromaziya “S” turi
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
dixromaziya va trixromaziya
“A” va “V” turlari
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Eshitish
shivirlab gapirish, metrdan kam boʻlmagan masofada
6/6
6/6
6/6
6/6
Virusli gepatitning markerlari musbatligida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Toʻliq sogʻlik holatigacha va oʻn ikki oy mobaynida remissiyaning turgʻunligigacha davolangan qorin tifi, paratif kasalliklaridan keyingi holat
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Harbiy kiyim, poyabzal va harbiy anjomlarni kiyishga monelik qilmaydigan gemangioma, nevus, osteoma, xondromalar, ichki aʼzolar faoliyatining buzilishisiz kechadigan ovqat hazm qilish yoʻllarining yakka poliplari, siydik qopining xavfsiz papillomalari hamda boshqa xavfsiz oʻsmalar
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Tizimli boʻlmagan qon kasalliklaridan kelib chiqqan moʻtadil ifodalangan kam qonlik, leykopeniya, turli etiologiyali trombotsitopeniya hamda hujayra va gumoral immunitetning kam ifodalangan buzilishlari bilan kechadigan immunitet tanqisligiga chalingan, vazn pasayishi kuzatilmagan, mehnat qobiliyati saqlangan fuqarolarga oʻn ikki oy muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Qalqonsimon bezning birinchi darajali (qoʻshilgan holda) diffuz kattalashishi (endokrin buzilishlarsiz kechishim)
yaroqli
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Tana vazni yetishmovchiligi mavjud boʻlganda, oʻn ikki oy muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Toʻliq sogʻlik holatigacha va oʻn ikki oy mobaynida remissiyaning turgʻunligigacha davolangan meningokokk kasalligidan keyingi holat
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Bosh suyak-miya yoki umurtqa-orqa miya jarohatidan keyingi holatda jarohat ogʻirligi darajasi va faoliyatining buzilishi ifodalanganligidan qatʼiy nazar, oʻn ikki oy muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Periferik nervlarning kasalliklari yoki jarohatlaridan keyin kasallik yoki jarohatdan soʻng oʻn ikki oy mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Alohida tangachalar va qovoq chetlarini kam ifodalangan qizarishi bilan kechadigan oddiy blefarit
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Gavharda aniqlanadigan, koʻrish oʻtkirligini pasaytirmaydigan ranglar jilosi, kamalak tovlanishi, toshchalar, donachalar va pufakchalar, shuningdek, gavharning oldingi pardasida tugʻma pigment yigʻilganligi
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Koʻz olmalarining chetga burishdagi koʻzning nistagmsimon titrashi
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Koʻrish oʻtkirligining pasayishiga olib kelmaydigan gavharning oldingi qobigʻida tugʻma pigment mavjudligi
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Shox parda optik qayta tiklash jarrohlik amaliyotidan keyin bir yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Oʻtkazilgan perforatsiyadan keyin hosil boʻlgan nogʻora pardadagi kichik chandiq va ohaklanish (yagona petrifikatlar), pardaning harakatchanligi, eshitish va quloq barofunksiyasi buzilmagan holatlar
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Atrioventrikulyar qamalining birinchi darajali faoliyatga oid (vagusli) buzilishi (tomiriga dori vositalarini yuborilganidan soʻng atriventrikulyar oʻtkazuvchanligi meʼyorlashishi)
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Birinchi darajali varikotsele
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Yagona, yalligʻlanish belgilari boʻlmagan, ozgina kattalashgan gemorroy tugunlarining mavjudligi
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Norevmatik boʻlgan miokarditlarni oʻtkazganidan keyin oʻn ikki oy muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Oʻtkir gaymorit, frontit, sfenoidit oʻtkazganidan keyingi holat
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Bir tomonlama burun bilan nafas olishning qiyinlashuvi bilan kechadigan burun toʻsigʻining qiyshayishi
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Surunkali tonzillitning birinchi darajali
toksik-allergik shakli
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Tish qatorlarining 5 mm gacha (birinchi darajali) siljishi, chaynash samaradorligi N.I. Agapov boʻyicha 60 foizdan koʻp boʻlishi bilan kechadigan tishlash nuqsonlari, yuqori labning alohida, toʻliq boʻlmagan yoriqlari tufayli majmuaviy davolashdan keyin faoliyatning buzilishi boʻlmasa
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
55 moddaning “b” bandi
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Katta boʻlmagan (fiziologik halqa chegarasida) kindik churrasi, qorin oldi devori teri lipomasi hamda jismoniy zoʻriqish va kuchanish vaqtida churra chiqishi kuzatilmaydigan chov halqasining kengayishi
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Jarrohlik amaliyotidan keyin (appendektomiya, gernioplastika, moyakni pastga tushirish va boshqalar) davolash muassasasidan chiqqandan keyin ikki oy muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Ichki aʼzolarda zararlanish kuzatilmagan holda biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklaridagi boʻgʻimlar zararlanishining oʻtkir shaklini oʻtkazganidan keyin oʻn ikki oy muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Boʻgʻimlar faoliyati buzilishsiz kechadigan Osgud-Shlatter kasalligi
yaroqsiz
yaroqliligi
yakka tartibda aniqlanadi
yaroqliligi
yakka tartibda aniqlanadi
yaroqliligi
yakka tartibda aniqlanadi
besh gradusgacha (qoʻshilgan holda) boʻlgan skolioz
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
OPOʻB boʻgʻimlarida osteoartrozning birinchi va ikkinchi bosqichi mavjud boʻlgan birinchi darajali, shuningdek, osteoartroz alomatlari boʻlmagan ikkinchi darajali yassi oyoqlik
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Oyoqlarning X-simon qiyshayishida boldirning ichki toʻpiqlararo masofasi 5 smgacha yoki O-simon qiyshayishida son suyagi ichki oʻsiqlarining oraligʻidagi masofa 9 smgacha boʻlganda, qoʻlning 2 smgacha yoki oyoqning 1 smgacha kaltaligi hamda oyoq panjasi birinchi barmogʻining tashqariga 5 gradusdan kam rotatsiyali shakl buzilishi aniqlanganda
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Toʻliq sogʻlik holatigacha va oʻn ikki oy mobaynida remissiyaning turgʻunligigacha davolangan buyraklarning yalligʻlanish kasalliklaridan keyingi holat
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Yuqori siydik yoʻllarining notoʻliq boʻlinishi mavjudligida buyraklarning faoliyatga oid, shuningdek, peshobda patologik oʻzgarishlar qayd etilmagan holatlar
yaroqsiz
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Chanoq halqasining shakli buzilishsiz kechadigan alohida chanoq suyaklarining bitgan yakka sinishlari, shuningdek, faoliyatining buzilishsiz kechadigan boshqa suyaklarning bitgan yakka sinishlari
yaroqliligi
yakka tartibda aniqlanadi
yaroqli
yaroqli
yaroqli
Boʻgʻimlarning oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarini oʻtkazganidan keyin oʻn ikki oy muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Oʻtkir tashqi taʼsirlar va zaharlanishlardan keyingi asoratlari mavjudligida oʻn ikki oy muddat mobaynida
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
yaroqsiz
Izoh.
Jadvalda “yaroqsiz” deganda — “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga oʻqishga kirishga va unda tahsil olishga yaroqsiz deb tushuniladi.
Antropometrik koʻrsatkichlar boʻyicha talablar quyidagi shaxslarga tatbiq qilinmaydi: respublika va xalqaro toifadagi sport ustalari, ayrim sport turlari boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalar sovrindorlari, respublika va xalqaro miqyosdagi taʼlim olimpiadasi sovrindorlari.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Boʻy va tana vazni nisbati (meʼyorda va hujayra oziqlanishi buzilishida)
15 yosh
16 yosh
17 yosh
boʻy
(sm)
tana vazni yetishmasligi
(≤ kg)
tana vazni meʼyorda (kg)
I darajali semizlik
(kg)
boʻy
(sm)
tana vazni yetishmasligi
(≤ kg)
tana vazni meʼyorda (kg)
I darajali semizlik
(kg)
boʻy
(sm)
tana vazni yetishmasligi
(≤ kg)
tana vazni
meʼyorda (kg)
I darajali semizlik
(kg)
min.
maks.
min.
maks.
min.
maks.
156
42,8
42,9
55,2
55,3-64,0
159
46,0
46,1
59,5
59,6-67,1
161
48,6
48,7
62,9
63,0-69,2
157
43,4
43,5
55,9
56,0-64,5
160
46,6
46,7
60,2
60,3-67,8
162
49,2
49,3
63,7
63,8-69,9
158
44,0
44,1
56,6
56,7-65,0
161
47,2
47,3
61,0
61,1-68,5
163
49,8
49,9
64,5
64,6-70,7
159
46,5
46,6
57,3
57,4-65,6
162
47,8
47,9
61,7
61,8-69,2
164
50,4
50,5
65,3
65,4-71,5
160
45,1
45,2
58,1
58,2-66,1
163
48,4
48,5
62,5
62,6-69,9
165
51,0
51,1
66,1
66,2-72,1
161
45,6
45,7
58,8
58,9-66,6
164
49,0
49,1
63,3
63,4-70,6
166
51,7
51,8
66,9
67,0-73,1
162
46,2
46,3
59,5
59,6-67,1
165
49,6
49,7
64,0
64,1-71,3
167
52,3
52,4
67,7
67,8-73,9
163
46,8
46,9
60,3
60,4-67,6
166
50,2
50,3
64,8
64,9-72,0
168
52,9
53,0
68,5
68,6-74,7
164
47,4
47,5
61,0
61,1-68,2
167
50,8
50,9
65,6
65,7-72,7
169
53,5
53,6
69,3
69,4-75,5
165
47,9
48,0
61,8
61,9-68,7
168
51,4
51,5
66,4
66,5-73,4
170
54,2
54,3
70,1
70,2-76,3
166
48,5
48,6
62,5
62,6-69,2
169
52,0
52,1
67,2
67,3-74,1
171
54,8
54,9
71,0
71,1-77,2
167
49,1
49,2
66,3
66,4-69,7
170
52,6
52,7
68,0
68,1-74,8
172
55,5
55,6
71,8
71,9-78,0
168
49,7
49,8
64,0
64,1-70,2
171
53,3
53,4
68,8
68,9-75,5
173
56,1
56,2
72,6
72,7-78,8
169
50,3
50,4
64,8
64,9-70,8
172
53,9
54,0
69,6
69,7-76,2
174
56,8
56,9
73,5
73,6-79,7
170
50,9
51,0
65,6
65,7-71,3
173
54,5
54,6
70,4
70,5-76,9
175
57,4
57,5
74,3
74,4-80,5
171
51,5
51,6
66,3
66,4-71,8
174
55,1
55,2
71,2
71,3-77,6
176
58,1
58,2
75,2
75,3-81,4
172
51,1
52,2
67,1
67,2-72,3
175
55,8
55,9
72,0
72,1-78,3
177
58,7
58,8
76,0
76,1-82,2
173
52,7
52,8
67,9
68,0-72,8
176
56,4
56,5
72,9
73,0-79,0
178
59,4
59,5
76,9
77,0-83,1
174
53,3
53,4
68,7
68,8-73,4
177
57,1
57,2
73,7
73,8-79,7
179
60,1
60,2
77,8
77,9-84,0
175
53,9
54,0
69,5
69,6-73,9
178
57,7
57,8
74,5
74,6-80,4
180
60,8
60,9
78,6
78,7-84,8
176
54,6
54,7
70,3
70,4-74,4
179
58,4
58,5
75,4
75,5-81,1
181
61,4
61,5
79,5
79,6-85,7
177
55,2
55,3
71,1
71,2-74,9
180
59,0
59,1
76,2
76,3-81,8
182
62,1
62,2
80,4
80,5-86,6
178
55,8
55,9
71,9
72,0-75,8
181
59,7
59,8
77,1
77,2-82,5
183
62,8
62,9
81,3
81,4-87,5
179
56,4
56,5
72,7
72,8-76,0
182
60,3
60,4
77,9
78,0-83,2
184
63,5
63,6
82,2
82,3-88,4
180
57,1
57,2
73,5
73,6-76,5
183
61,0
61,1
78,8
78,9-83,9
185
64,2
64,3
83,1
83,2-89,3
181
57,7
57,8
74,3
74,4-77,0
184
61,7
61,8
79,6
79,7-84,6
186
64,9
65,0
84,0
84,1-90,2
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
“Temurbeklar maktabi”
harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan
nomzodlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
VARAQASI
Surat oʻrni
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________________________
_________________________________________________________________________________
2. Tugʻilgan yili ___________________________________________________________________
3. Doimiy yashash joyi (manzili) ______________________________________________________
_________________________________________________________________________________
oʻng qoʻl
chap qoʻl
gavdaning tik turish paytida
Jarrohlik tekshiruvi natijalari:
umumiy jismoniy rivojlanishi
teri va koʻrinadigan shilliq qavatlar
limfa tugunlari
suyak-mushak tizimi
periferik tomirlar
siydik, jinsiy tizim
anus va yoʻgʻon ichak
Tashxis:
Xulosa:
Sana, jarrohning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi
Ichki aʼzolar tekshiruvi natijalari:
Oziqlanish holati
Endokrin tizimi
Yurak:
chegaralari
tonlari
faoliyat sinamalari
puls
arterial bosim
Nafas olish aʼzolari
Ovqat hazm qilish aʼzolari
Jigar
Taloq
Buyraklar
Tashxis:
Xulosa:
Sana, terapevtning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi
Asab tizimi tekshiruvi natijalari:
bosh-miya nervlari
harakat faoliyati
reflekslar
sezish
vegetativ asab tizimi
Tashxis:
Xulosa:
Sana, nevropatologning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi
ong
diqqat-eʼtibor
xotira
tafakkur
intellekt
hissiy-irodaviy faoliyat
Tashxis:
Xulosa:
Sana, psixiatrning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi
Koʻrish aʼzosining tekshiruv natijalari:
rang ajratish (Rabkin boʻyicha)
Koʻrish oʻtkirligi korreksiyasiz
oʻng koʻz
chap koʻz
Koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan
oʻng koʻz
chap koʻz
Refraksiya skiaskopik
oʻng koʻz
chap koʻz
Binokulyar koʻrish
Yaqqol koʻrishning eng yaqin nuqtasi
oʻng koʻz
chap koʻz
Koʻz yoshi yoʻllari
Qovoq va konyunktiva
Koʻz olmalarining joylashuvi, harakatchanligi
Qorachiq va ularning taʼsirga javobi
Optik muhitlar
oʻng koʻz
chap koʻz
Tashxis:
Xulosa:
Sana, oftalmologning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi
LOR aʼzolarining tekshiruv natijalari:
Nutq
Burun orqali nafas olish
oʻng
chap
Hid bilish
oʻng
chap
Shivirlab gapirishga eshitish oʻtkirligi
oʻng
chap
Quloqning barofaoliyati
oʻng
chap
Vestibullyar apparatining faoliyati (aylanish bilan ikki hissa tajriba)
Tashxis:
Xulosa:
Sana, otolaringologning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi
Tishlar va ogʻiz boʻshligʻini tekshiruv natijalari:
Tishlash holati
Ogʻizning shilliq qavati
Tishlar
Milklar
Tashxis:
Xulosa:
Sana, stomatologning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi
Teri-tanosil aʼzolarini tekshiruv natijalari
Tashxis:
Xulosa:
Sana, dermatovenerologning imzosi, familiyasi, ismi, otasining ismi
6. Rentgenologik, laborator va qoʻshimcha tibbiy uskunalar yordamida oʻtkazilgan tekshiruvlar hamda zaruratga koʻra boshqa shifokor-mutaxassislar xulosalarini qayd etish uchun
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
7. MIBB huzuridagi tibbiy komissiyaning xulosasi:
20__ yil “___” __________da _____________________________ huzuridagi tibbiy (mudofaa ishlari boʻyicha boʻlim nomi) komissiya tomonidan nomzod dastlabki tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” _________dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklar jadvalining _____-moddasi “___” bandi I ustuniga muvofiq _______________________________________________________________________________ga
(vazirlik va idora “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining nomi)
oʻqishga kirishga ________________________ deb topildi.
(yaroqli, yaroqsiz — koʻrsatiladi)
Komissiya raisi _____________________________________________________________
8. MIB huzuridagi tibbiy komissiyaning xulosasi:
20__ yil “___” __________da ________________________________________ huzuridagi tibbiy
(mudofaa ishlari boʻyicha boshqarma nomi)
komissiya tomonidan nomzod yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” _________dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklar jadvalining _____-moddasi “___” bandi I ustuniga muvofiq ____________________
______________________________________________________________________________ ga
(vazirlik va idora “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining nomi)
oʻqishga kirishga _________________________ deb topildi.
(yaroqli, yaroqsiz — koʻrsatiladi)
Komissiya raisi __________________________________________________________
Nomzod qaysi MIBB huzuridagi tibbiy komissiya tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilsa, uning surati shu MIBB gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
_________________________________________________________________________________ tomonidan
(kim tomonidan yuborilganligi koʻrsatiladi)
20___ yil “___” __________da tibbiy tekshiruvdan oʻtish uchun yuborilgan ______________________________
_____________________________________________________________________________________ ga (da)
(vazirlik va idora “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining nomi)
oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) ____________________________, __________________________________
(keraksizi oʻchiriladi)
(nomzod (oʻquvchi) — koʻrsatiladi)
(davolash-profilaktika (tibbiy)
_________________________________________________________________________________________ da
muassasasining nomi)
20__ yil “___” __________dan 20__ yil “___” __________gacha statsionar (ambulator) tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi.
Izoh. Nomzod (oʻquvchi) qaysi muassasa tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtish uchun yuborilsa, uning surati shu muassasa gerbli muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” __________dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklar jadvalining _____-moddasi “___” bandi II ustuniga muvofiq oʻquvchi
___________________________________________________________________________________________
Oʻquvchi qaysi harbiy-tibbiy komissiya (HTK) tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilsa, uning surati shu HTKning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
20__ yil “___” __________da ____________________________________________ning (tegishli mansabdor shaxsning lavozimi) 20__ yil “___” __________dagi _____-son yoʻllanmasiga (qaroriga) asosan _____________________________________________________________________ oʻquvchisi ______________
(vazirlik va idora “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining nomi)
____________________________________________ harbiy-tibbiy komissiyasi tomonidan tibbiy koʻrikdan
(harbiy-tibbiy muassasa nomi)
oʻtkazildi.
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ________________________________________.
2. Tugʻilgan sana ______.
3. Boʻyi ____ sm.
4. Tana vazni ____ kg.
5. Koʻkrak qafasining aylanasi ____________/________________/__________________sm.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ________dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklar jadvalining _____-moddasi “___” bandi II ustuniga muvofiq oʻquvchi ___________________________________________________ da oʻqishga ________________________________
harbiy-akademik litseyining nomi)
(yaroqlilik toifasi toʻgʻrisidagi komissiya xulosasi)
13. Kuzatuvchilarga muhtoj, muhtoj emas ___________________________________________________________
Komissiyaning pochta manzili: _________________________________________________
Vazirlik va idora markaziy harbiy-tibbiy komissiyasi qarori: ________________________________________
____________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” __________ dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklar jadvalining _____-moddasi “___” bandi II ustuni asosida oʻquvchi ____________________________________________________________________________________________
(oʻquvchining tahsil olishga yaroqlilik toifasi toʻgʻrisidagi komissiya xulosasi)
Komissiyaning pochta manzili _____________________________________________
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻqishga kirayotgan (tahsil olayotgan) nomzodlarni (oʻquvchilarni) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Tibbiy (harbiy-tibbiy) komissiyaning yigʻilish bayonnomalari KITOBI
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, qaysi MIBBdan, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sanasi va kim tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga yuborilgan
Shikoyatlari va qisqa anamnezi
Shifokor tekshiruvining obyektiv maʼlumotlari va tashxis
Komissiya xulosasi
Izoh (MIBB tibbiy komissiyasi uchun MIB tibbiy komissiyasining xulosasi)
1
2
3
4
5
6
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 508-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-avgustdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
“24. Nomzodlar dastlabki tibbiy koʻrikdan mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimlar huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi”.
2. 28-bandning uchinchi xatboshidagi “tibbiy tekshiruvdan” soʻzlari “tibbiy koʻrikdan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
“Nomzodlar yakuniy tibbiy koʻrikdan mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi tibbiy komissiyalar tomonidan belgilangan tartibda oʻtkaziladi”.
4. 31-banddagi “tibbiy tekshiruv” soʻzlari “tibbiy koʻrik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 38-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2021-y., 09/21/508/0779-son; 22.01.2024-y., 09/24/38/0057-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)