Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.09.2025
Norasmiy tarjima
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini isloh qilish va yanada rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tabrigidan o‘rin olgan milliy armiyani yanada isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalda bajarish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligi hamda jangovar qobiliyatini oshirish, qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha turlari va harbiy texnika bilan qayta jihozlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish Dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, aloqador vazirlik va idoralar rahbarlari, harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari zimmasiga Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni so‘zsiz, to‘la-to‘kis, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Mas’ul ijrochilar:
Dastur chora-tadbirlarini har tomonlama muhokama qilib va puxta ko‘rib chiqib, aniq choralar va ularni amalga oshirish muddatlarini ko‘rsatgan holda batafsil rejalar ishlab chiqilishini;
Dastur chora-tadbirlarini bajarishda rasmiyatchilik va yuzaki munosabatga yo‘l qo‘ymaslik, uni amalga oshirish natijalarini muntazam muhokama qilib borish, chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlash bo‘yicha o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilishini;
har oyda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Dastur chora-tadbirlari bajarilishining borishi haqida axborot berishni ta’minlasin.
Mas’ul ijrochilarga zarur hollarda oldinda turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining mutaxassislarini jalb qilishga ruxsat berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati (V. Maxmudov):
Bayram tabrigida bayon etilgan talablarni hisobga olgan holda, shuningdek, dunyoda va mintaqadagi holatning rivojlanish jarayonlarini, O‘zbekiston Respublikasi xavfsizligiga tahdidlar va xatarlarni, mamlakatimizning ustuvor maqsadlari va imkoniyatlarini chuqur tahlil qilish asosida Dasturda belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasining yangilangan loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlasin;
Dastur chora-tadbirlarini bajarish bo‘yicha mas’ul ijrochilarning faoliyatini muvofiqlashtirsin, ularning natijalarini tanqidiy ko‘rib chiqib, har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot bersin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) Bosh vazir birinchi o‘rinbosari A. Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosarlari R. Azimov va U. Rozukulovning tegishli komplekslari, Bosh vazirning yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarini quyidagi vazifalarni hal etish uchun safarbar qilsin:
respublikaning harbiy-sanoat kompleksini, ilmiy-ishlab chiqarish bazasini, servis markazlari va qo‘shma korxonalarni tashkil qilish, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi korxonalarida harbiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarning ayrim turlarini mahalliylashtirish;
mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va boshqarmalarning mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish va armiya maktabini o‘tagan yoshlar bilan uzluksiz aloqani ta’minlash borasidagi vakolatlarini kengaytirish;
muddatli xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida bevosita rais va hokimlar rahbarligi ostida tegishli komissiyalar tashkil etish;
Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining keyinchalik ishlab chiqiladigan qarorlarini amalga oshirish uchun zarur moddiy va moliyaviy resurslarni izlab topish.
6. Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev):
2017-yil 10-fevralga qadar Vazirlar Mahkamasi, respublikaning aloqador vazirlik va idoralari bilan birgalikda mamlakat hududlarida harbiy xizmatchilarning oilalari uchun ularga imtiyozli ipoteka kreditlarini taqdim etgan holda 56 ta uch qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin;
2017-yil 15-fevralga qadar Qurolli Kuchlarning yangi Akademiyasini tashkil qilish, vazirlik tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, HHM va HHK Qo‘shinlarining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimini takomillashtirish, zamonaviy texnika va qurol-aslaha bilan jihozlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ularning salohiyatini mustahkamlash yuzasidan asoslantirilgan takliflarni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari loyihalarini kiritsin;
2017-yil 1-aprelga qadar Qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan jihozlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan, 2017-yilda amalga oshirish bo‘yicha batafsil rejasi bilan asoslantirilgan kompleks dasturni hamda uni tasdiqlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqsin;
xorijiy sheriklar bilan birga 2017-yil iyundan boshlab Qurolli Kuchlar Akademiyasi va oliy harbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibini yetakchi milliy va xalqaro, shu jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya va ushbu sohada taraqqiy topgan mamlakatlarning o‘quv muassasalarida tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
2017-yil davomida harbiy okruglarning maqsadi, qo‘shinlarni qo‘llashning xususiyatlari, operatsion yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda harbiy okruglarning tuzilmasi va vazifalarini aniqlashtirish bo‘yicha vazirlik markaziy apparati mansabdor shaxslari va harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlarining izchil samarali ishini, shuningdek, Dasturda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan takliflar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har bir okrug bo‘yicha alohida tegishli qarorlari loyihalari ishlab chiqilishini tashkil qilsin.
7. Harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlari (B. Toshmatov, L. Buzrukov, R. Halilov, T. Irgashev) operatsion yo‘nalishlarda mamlakatimizning xavfsizligiga tahdidlar va xatarlarni, ishonch bildirilgan qo‘shilmalar, qismlar va muassasalardagi haqiqiy ahvolni chuqur tahlil qilish, ularning jangovar shayligini hamda jangovar qobiliyatini real baholash asosida harbiy okruglarning tuzilmalari va vazifalarini aniqlashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash uchun puxta operativ-taktik va boshqa hisob-kitoblarni amalga oshirsin.
9. Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev) MV qoshidagi Jamoatchilik kengashi (I. Mirzaaliyev), harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlari (B. Toshmatov, L. Buzrukov, R. Halilov, T. Irgashev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga:
2017-yil 1-aprelga qadar Jamoatchilik kengashi hududiy bo‘linmalarining aniq vazifalarini belgilab, uning tarkibiga qo‘shish uchun nomzodlarni har tomonlama o‘rganish va tanlash ishlarini amalga oshirsin;
2017-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatlar hokimliklari tarkibida Kengashning hududiy bo‘linmalarini shakllantirish, shuningdek, Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi yangi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi tegishli qarori loyihasini ishlab chiqsin.
10. Mudofaa vazirligi (K. Berdiyev), Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov), Ichki ishlar vazirligi (A. Azizov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (K. Aripov), harbiy okruglar qo‘shinlari qo‘mondonlari (B. Toshmatov, L. Buzrukov, R. Halilov, T. Irgashev) vazirliklar va idoralarning Hay’at majlisini, Harbiy kengashlarini o‘tkazib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tabrigidan o‘rin olgan milliy armiyani yanada isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni shaxsiy tarkibga yetkazish va tushuntirishni ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 24-yanvar,
PQ-2738-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi PQ-2738-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish va rivojlantirish vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Ijro etish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Milliy xavfsizlikni qonunchilik asosida tartibga solish samaradorligini oshirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik konsepsiyasining yangilangan loyihasini ishlab chiqish

2017-yil 1-iyungacha

Xavfsizlik kengashi apparati (M. Atayev, B. Shoyoqubov),
Oliy Majlis (N. Ismoilov, N. Yo‘ldoshev),
TIV (J. Vaxabov), MV (Sh. Normatov),
MXX (M. Niyozov), IIV (D. Nazarmuxamedov),
FVV (K. Aripov), SMTI (B. Tursunov)

2.

O‘zbekiston Respublikasi yangilangan Mudofaa doktrinasining loyihasini ishlab chiqish

2017-yil 1-iyulgacha

Xavfsizlik kengashi apparati
(V. Mahmudov, Sh. Shokirov), TIV (A. Kamilov),
MV (K. Berdiyev), MXX (R. Yusupov),
IIV (D. Nazarmuxamedov), FVV (K. Aripov),
SMTI (B. Tursunov)

II. Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilish tizimini yanada takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatining tashkiliy tuzilishini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini tayyorlash

2017-yil 15-fevralgacha

MV (K. Berdiyev),
aloqador vazirliklar va idoralar

2.

HHM va HHK Qo‘shinlarining tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv tizimini takomillashtirish, zamonaviy texnika va qurol-aslaha bilan jihozlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali ularning salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasini tayyorlash

MV (A. Burxonov), MXX (R. Yusupov), IIV
(D. Nazarmuxamedov), FVV (K. Aripov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev),
aloqador vazirliklar va idoralar

3.

Harbiy okruglarning maqsadi, qo‘shinlarni qo‘llashning xususiyatlari, operatsion yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda harbiy okruglarning tuzilmasi va vazifalarini aniqlashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagilar bo‘yicha tegishli qarorlari loyihalarini ishlab chiqish:

2017-yil davomida

MV (K. Berdiyev),
MXX (R. Yusupov), IIV
(D. Nazarmuxamedov), FVV
(K. Aripov), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), aloqador vazirliklar va idoralar

Janubi-g‘arbiy alohida harbiy okrugi bo‘yicha

2017-yil
1-aprelgacha

JG‘AHO (B. Toshmatov)

Toshkent harbiy okrugi bo‘yicha

2017-yil 1-iyulgacha

THO (L. Buzrukov)

Sharqiy harbiy okrugi bo‘yicha

2017-yil
1-oktabrgacha

SHHO (R. Halilov)

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi bo‘yicha

2017-yil
1-dekabrgacha

SHG‘HO (T. Irgashev)

III. Qo‘shinlarni tayyorlash bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirishga yangicha yondashuvni ishlab chiqish

1.

Bo‘linmalarni tayyorlash bo‘yicha mutlaqo yangi tuzilmaviy-mantiqiy konsepsiyalar va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun tegishli o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqqan holda ularni tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish.

2017-yil
1-aprelgacha

MV (K. Berdiyev),
MXX (R. Yusupov),
IIV (A. Azizov),
FVV (K Aripov)

2.

Bo‘linmalarni tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tuzilmaviy-mantiqiy konsepsiyalar va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun o‘quv dasturlari loyihalarining eng muhim alohida qismlarini aprobatsiyadan o‘tkazish va ularning samaradorligini baholash

2017-yil
1-oktabrgacha

MV (K. Berdiyev), MXX (R. Yusupov), IIV (A. Azizov), FVV (K Aripov)

3.

Bo‘linmalarni tayyorlash bo‘yicha yangi tuzilmaviy-mantiqiy konsepsiyalar va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar uchun o‘quv dasturlarini puxta qayta ishlash va qabul qilish

2018-yil
1-yanvargacha

IV. Barcha darajadagi professional harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yangi Akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish

2017-yil
15-fevralgacha

MV (K. Berdiyev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev),
Davarxitektqurilish (B. Zokirov)

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yangi Akademiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorini amalga oshirish

2017-yil
25-avgustgacha

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov), MV (K. Berdiyev),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov),
Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlash va qabul qilish:

oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni saralab olishga qo‘yiladigan talablarni oshirish;

oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklanayotgan kollejlar va litseylar faoliyatini samarali tashkil qilish yuzasidan zarur kompleks tashkiliy-texnik va boshqa chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish

2017-yil
20-martgacha

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov),
MV (K. Berdiyev), MXX (R. Yusupov), IIV (A. Azizov),

Moliya vazirligi (B. Xodjayev), QR Vazirlar Kengashi

(K. Sariyev), viloyatlar (Sh. Abdurahmonov, O‘. Barnoyev, U. Uzoqov, 3. Ro‘ziyev, K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqbo‘tayev,
G. Mirzayev, E. Turdimov, Sh. Boboyev, Sh. G‘aniyev,
P. Bobojonov)
va Toshkent shahri (R. Usmanov) hokimliklari

4.

Qurolli Kuchlar Akademiyasi va oliy harbiy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibini yetakchi milliy va xalqaro, shu jumladan Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya va ushbu sohada taraqqiy topgan mamlakatlarning o‘quv muassasalarida tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish

2017-yil iyundan boshlab doimiy

MV (K. Berdiyev), MXX (R. Yusupov), IIV (A. Azizov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov),
TIV (A. Kamilov), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), aloqador vazirliklar va idoralar

V. Qo‘shinlarni zamonaviy turdagi qurol-aslaha va harbiy texnika bilan qayta jihozlash

1.

Qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan jihozlash va modernizatsiya qilish bo‘yicha 2017 — 2021-yillarga mo‘ljallangan, 2017-yilda amalga oshirish bo‘yicha batafsil rejasi bilan kompleks dasturni hamda uni tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish

2017-yil
1-aprelgacha

MV (K. Berdiyev),
Moliya vazirligi (B. Xodjayev), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
(E. G‘aniyev), “O‘zmaxsusimpeks” DK
(F. Toshov), aloqador vazirliklar va idoralar

2.

Mamlakatning harbiy-sanoat kompleksini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlash va kelishish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu masala bo‘yicha tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish.

2017-yil
1-avgustgacha

Vazirlar Mahkamasi (A. Ramatov),
MV (K. Berdiyev), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev)
Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova), aloqador vazirliklar va idoralar

3.

HSKning ilmiy-ishlab chiqarish bazasini, servis markazlari va qo‘shma korxonalarni, shuningdek, mamlakatning yetakchi korxonalarida harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlarning ayrim turlarini mahalliylashtirishni tashkil etish bo‘yicha tegishli Davlat dasturini ishlab chiqish va qabul qilish

2017-yil
25-dekabrgacha

VI. Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish

1.

“Harbiy xizmatni, ichki ishlar, bojxona organlarida xizmatni o‘tagan shaxslar va ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish

2017-yil
1-aprelgacha

Xavfsizlik kengashi apparati
(Sh. Shokirov), Oliy Majlis (R. Komilov),
MV (J. Meliboyev), MXX (R. Yusupov),
IIV (A. Azizov), FVV (K Aripov),
DBQ (M. Tohiriy), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev)

2.

Harbiy xizmatni o‘tash tartibini, harbiy xizmatchilarning front orti, uy-joy va tibbiy ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish (qayta ishlash) bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tuzish va tasdiqlash

2017-yil 18-fevralgacha

MV (K. Berdiyev),
Oliy Majlis (R. Komilov), MXX (R. Yusupov),
IIV (A. Azizov), FVV (K. Aripov), DBQ
(M. Tohiriy) ,

Adliya vazirligi (M. Ikromov), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova)

3.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish (qayta ishlash) va tasdiqlash

yil davomida

4.

Harbiy xizmatchilarning oilalari uchun 56 ta, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ta, Andijon viloyatida 2 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Farg‘ona viloyatida 4 ta, Xorazm viloyatida 2 ta, Toshkent viloyatida 8 ta, Sirdaryo viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 2 ta, Samarqand viloyatida 4 ta, Buxoro viloyatida 2 ta, Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Navoiy viloyatida 2 ta, Surxondaryo viloyatida 3 ta va Toshkent shahrida 18 ta uch qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish

2017-yil
10-fevralgacha

MV (K. Berdiyev, D. Muratov), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi
(G. Saidova), Davarxitektqurilish (B. Zokirov), QR Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), viloyatlar (Sh. Abdurahmonov, O‘. Barnoyev,
U. Uzoqov, 3. Ro‘ziyev, K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqbo‘tayev,
G. Mirzayev, E. Turdimov, Sh. Boboyev, Sh. G‘aniyev,
P. Bobojonov)
va Toshkent shahri (R. Usmanov) hokimliklari, aloqador vazirliklar va idoralar

5.

Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash tizimiga shaxsiy uy-joy qurish uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlarini taqdim etish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish

2017-yil 1-martgacha

MV (K. Berdiyev, D. Muratov), Moliya vazirligi
(B. Xodjayev), Iqtisodiyot vazirligi (G. Saidova), aloqador vazirliklar va idoralar

VII. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, fuqarolarda yot g‘oyalar salbiy ta’siriga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish hamda Vatan taqdiriga mas’ullik hissini mustahkamlash

1.

Mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar va boshqarmalarning mahalliy hokimiyat organlar bilan hamkorlik qilish va armiyaning jasurlik, qat’iyat va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish maktabini o‘tagan yoshlar bilan uzluksiz aloqani ta’minlash borasidagi vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish;

2017-yil
1-aprelgacha

Xavfsizlik kengashi apparati
(Sh. Shokirov), Vazirlar Mahkamasi (M. Kuranov), MV
(Sh. Normatov), “Kamolot” YOIH
(B. G‘aniyev), QR Vazirlar Kengashi (K. Sariyev), viloyatlar

(Sh. Abdurahmonov, O‘. Barnoyev, U. Uzoqov, 3. Ro‘ziyev,

K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqbo‘tayev, G. Mirzayev,

E. Turdimov, Sh. Boboyev, Sh. G‘aniyev, P. Bobojonov) va Toshkent shahri (R. Usmanov) hokimliklari

2.

Muddatli xizmat va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha respublika komissiyasini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida bevosita rais va hokimlar rahbarligi ostida tegishli komissiyalar tashkil etish to‘g‘risida Hukumat qarorini ishlab chiqish va qabul qilish

Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov),

MV (M. Saliyev) ,“Kamolot” YOIH (B. G‘aniyev), Mehnat vazirligi (A. Abduhakimov),

QR Vazirlar Kengashi
(K. Sariyev), viloyatlar (Sh. Abdurahmonov, O‘. Barnoyev,

U. Uzoqov, 3. Ro‘ziyev, K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqbo‘tayev,

G. Mirzayev, E. Turdimov, Sh. Boboyev, Sh. G‘aniyev,

P. Bobojonov) va Toshkent shahri (R. Usmanov) hokimliklari, harbiy okruglar qo‘mondonligi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatlar hokimliklari tarkibida Mudofaa vazirligi qoshidagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalarini shakllantirish, shuningdek, kengash to‘g‘risidagi yangi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish

2017-yil 1-maygacha

MV (M. Saliyev),
MV qoshidagi Jamoatchilik kengashi
(I. Mirzaaliyev), Vazirlar Mahkamasi

(M. Kuranov), QR Vazirlar Kengashi
(K. Sariyev), viloyatlar (Sh. Abdurahmonov, O‘. Barnoyev,

U. Uzoqov, 3. Ro‘ziyev, K. Tursunov, X. Bozarov, X. Oqbo‘tayev,

G. Mirzayev, E. Turdimov, Sh. Boboyev, Sh. G‘aniyev, P. Bobojonov) va Toshkent shahri

(R. Usmanov) hokimliklari, harbiy okruglar qo‘mondonligi