Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmon davlat qoʻmitasining
qarori
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 7-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3165]
Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisi N. BAKIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-aprel,
6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2019-yil 29-apreldagi 6-son qaroriga
ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir
QOIDALAR
Mazkur urugʻ va nav nazoratini oʻtkazish qoidalari (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi “Urugʻchilik haqida”gi Qonunining 12-moddasiga asosan ishlab chiqilib, oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari — oʻrmon va manzarali daraxtlar hamda dorivor oʻsimliklarning ekish uchun foydalaniladigan urugʻlari, mevalari, koʻchatlari, qalamchalari, oʻsimlikning vegetativ yoʻl bilan koʻpaytiriladigan qismlari;
urugʻliklarning genetik (nav) sifati — muayyan nav urugʻligining genetik jihatdan sofligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui;
urugʻliklarning ekinboplik sifati — urugʻliklarning ekish uchun yaroqliligini tavsiflovchi koʻrsatkichlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
urugʻliklar toʻdasi — kelib chiqishi va sifati boʻyicha bir xil boʻlgan urugʻliklar toʻplami;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
urugʻchilik — urugʻliklarni yetishtirish, saqlash, realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish, shuningdek urugʻliklarning genetik (nav) va ekinboplik sifatlarini aniqlash boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat;
vegetatsiya davri — oʻsimliklarning rivojlanish davri;
elita urugʻliklar — original urugʻliklarni izchil koʻpaytirish yoʻli bilan olingan urugʻliklar;
laboratoriya sharoitida nav sinash — urugʻliklarni nav va nav tozaligiga mansubligini laboratoriya sharoitida sinab aniqlash;
dala sharoitida urugʻliklarni baholash — urugʻliklarni maxsus uchastkalarda ekib, urugʻliklarni qaysi tur va navga mansubligi hamda nav tozaligini aniqlash;
nav nazorati — oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining nav va nav tozaligini, ekish va oʻstirish jarayonlarini nazorat qilish;
duragay urugʻliklar — irsiyati har xil navlar, turlar va turkumdoshlarni chatishtirishdan olingan urugʻliklar;
original urugʻliklar — nav muallifi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan yetishtirilgan va keyinchalik koʻpaytirish uchun moʻljallangan urugʻliklar;
reproduksion urugʻliklar — elita urugʻliklardan olinadigan keyingi avlod urugʻliklari;
Oldingi tahrirga qarang.
urugʻ nazorati — Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablari asosida urugʻliklar ekish sifatini aniqlash jarayonlarini nazorat qilish.
(1-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻrmon xoʻjaliklari ekinlari urugʻliklarining nav nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq urugʻchilik boʻyicha masʼul shaxslar tomonidan olib boriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3. Urugʻliklarning genetik (nav) sifati — dala va laboratoriya sharoitlarida oʻtkaziladigan nav sinovlari natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Urugʻliklarning laboratoriyada oʻtkaziladigan nav sinovi laboratoriya tahlili oʻtkazish orqali ularning muayyan nav (tur)ga mansubligini belgilaydi va genetik (nav) sifatini aniqlaydi.
2-bob. Genetik (nav) va urugʻ nazoratini oʻtkazish tartibi
4. Nav nazoratini oʻtkazish tartibi quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi:
ekish uchun moʻljallangan urugʻliklarni yigʻish yoki chet eldan olib kelish;
laboratoriya tahlillarini oʻtkazish;
ekishgacha saqlash;
ekish;
oʻrmon xoʻjaligi ekinlari vegetatsiyasi davrida parvarishlash.
5. Oʻrmon xoʻjaligi oʻsimliklari urugʻliklarining navdorlik darajasi aprobatsiya va laboratoriya nav sinovlari usullari orqali tekshiriladi.
6. Urugʻliklarni jamgʻarish jarayonini nazorat qilish umumiy agrotexnik usullarda olib boriladi, navlarning aralashib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Urugʻliklar tozaligini nazorat qilish texnologik jarayonlarni sifatli tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Texnik jihozlarda ularning ekspluatatsiya qilish yoʻriqnomasi boʻlishi zarur.
8. Urugʻliklarni saqlash, ularni qadoqlash va markirovka qilish nazoratga olinadi.
9. Elita va asosiy urugʻliklar, birinchi avlod gibrid urugʻliklari 1,0 foizdan yuqori boʻlmagan oʻzgarishgacha qadoqlanadi.
Qadoqlash — urugʻliklar zararlanishining oldini oladigan darajada boʻlishi kerak. Qadoqlarda etiketka va markirovka qilingan holda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
laboratoriyada nav sinovlarini oʻtkazish uchun urugʻlik ishlab chiqaruvchi subyektning nomi (bundan buyon matnda Subyektlar deb yuritiladi);
turi;
shakli;
navi;
reproduksiyasi;
nav tozaligi toifasi;
ekish tartibi;
hosil yili;
partiyasi raqami;
nav tozaligi;
nav hujjati va hujjatning raqami, berilgan vaqti.
10. Urugʻlik saqlanadigan binolarning talabga javob berishi — ekologik, qurilishi, yongʻin xavfsizligi, sanitar holati, fitosanitar talablarining bajarilishi urugʻ saqlanayotgan bino egasi tomonidan nazorat qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Urugʻliklardan namunalar olib, amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda ekspertiza oʻtkazilib, urugʻlik nazorati amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tekshirish uchun urugʻliklardan namunalar olish urugʻlik yetkazib beruvchi ishtirokida Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) xodimi (bundan buyon matnda Masʼul shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
13. Akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada ekspertizadan oʻtgan urugʻliklarning ekish va navdorlik sifatlari natijalari boʻyicha eʼtiroz boʻlsa, laboratoriyaning yuqori turuvchi masʼul shaxs tomonidan qaytadan oʻrganib chiqiladi.
Tekshirish natijalarida urugʻ tahlilida farq kuzatilsa, ushbu laboratoriya urugʻliklar sifati haqida oldingi berilgan hujjatning oʻrniga yangi hujjat beradi.
14. Subyektlar urugʻchilik sohasidagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari toʻgʻri boʻlishini taʼminlaydi.
15. Dala sharoitida urugʻliklarni baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
baholash urugʻliklarni maxsus maydonlarda ekish va keyinchalik ularning oʻsimliklar boʻyicha nav sifatlarini oʻrganish orqali oʻtkaziladi;
baholash vegetatsiya davrida oʻtkaziladi;
baholash tartibi oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining qaysi tur, nav, shaklga mansubligini hamda nav tozaligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
3-bob. Laboratoriya nav sinovlarini oʻtkazish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
16. Laboratoriya nav sinovlari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq Institut tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Subyektlar tomonidan beriladigan Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq arizaga quyidagi hujjatlar va materiallarni Institut laboratoriyalariga taqdim etadi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlangan urugʻliklarni tahlildan oʻtkazish haqidagi arizaga:
urugʻlikning yorligʻidan namuna yoki urugʻlik toʻgʻrisida maʼlumot;
aprobatsiya dalolatnomasi;
urugʻlikning tayyorlanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma;
b) chet eldan keltiriladigan urugʻliklarni tahlildan oʻtkazish haqidagi arizaga:
urugʻlikka oid normativ hujjat nusxasi;
urugʻlikning yorligʻidan namuna yoki urugʻlik toʻgʻrisida maʼlumot;
urugʻlikning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kelganligi toʻgʻrisidagi belgi qoʻyilgan tovarga qoʻshib joʻnatiladigan hujjat nusxasi (tovar-transport yuk xati, invoys yoki hisob-faktura, fitosanitariya sertifikati);
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining karantin ruxsatnomasi.
(17-bandning “b” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Institut tomonidan subyektlardan kelib tushgan arizalar 10 kalendar kuni ichida tekshirib chiqiladi va laboratoriya nav sinovlari natijalari taqdim etiladi.
Mazkur hujjatning 17-bandida koʻrsatilgan barcha hujjat va materiallarni qabul qilgan Institut tegishli tartibda laboratoriya nav sinovlarini oʻtkazadi yoki taqdim etilgan hujjatlar va materiallar toʻliq boʻlmagan taqdirda 2 ish kuni ichida arizachiga rad etish xatini joʻnatadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
19. Laboratoriya nav sinovlari vaqtida:
maʼlumotlar bankidan foydalangan holda boshqa navlardan farqlanadigan xususiyatlar mavjudligi aniqlanadi;
vizual tahlillar asosida berilgan materiallarning bir xilligi baholanadi;
biokimyoviy tadqiqotlar elektroforez uslubida olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Laboratoriya nav sinovlarini oʻtkazish asosida Institut tomonidan subyektlarga Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq laboratoriya nav sinovlari natijalarini taqdim etiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
4-bob. Urugʻliklar sifatini ekspertizadan oʻtkazish qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
21. Institut laboratoriya sharoitida urugʻliklar sifatini ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha tegishli xulosalar beradi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
22. Oʻrmon xoʻjaligi urugʻliklari sifatini ekspertizadan oʻtkazishda barcha koʻrsatkichlar boʻyicha amalda boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari boʻyicha toʻliq yoki qisman tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
23. Urugʻliklarni ekish sifatini aniqlash akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada urugʻliklar partiyasidan oʻrtacha namunalar olish orqali tegishli texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga muvofiq oʻtkaziladi. Navdor urugʻliklar sifati aprobatsiya dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekish yoki sotish uchun moʻljallangan urugʻliklardan oʻrtacha namunalar tanlash subyekt yoki sotuvchining vakili ishtirokida Institut xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
Urugʻliklardan oʻrtacha namunalarni tanlash hamda guvohnomalar yozish Qoidalarning 3 va 4-ilovalariga muvofiq rasmiylashtiriladi hamda Qoidalarning 5-ilovasiga binoan esa jurnallarda qayd etiladi.
Oʻrtacha namunalar olish dalolatnomasi 2 nusxada tuziladi. Bir nusxasi subyektga beriladi, ikkinchi nusxasi laboratoriyada qoladi.
24. Urugʻliklar sifati haqidagi hujjatlar 6 va 7-ilovalarga binoan qayd etiladi.
25. Urugʻliklar yaroqli deb topilganida Konditsiyali urugʻliklar toʻgʻrisidagi guvohnoma Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq beriladi.
Urugʻliklar partiyasida belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga nisbatan koʻp kasallik va zararkunandalar aniqlansa urugʻliklar konditsiyaligi haqidagi guvohnoma berilmaydi.
26. Urugʻliklar yaroqsiz deb topilganida yoki urugʻliklarning meʼyorlangan koʻrsatkichlari toʻliq tahlil qilinmagan holatlarda Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq urugʻliklar tahlili natijasi quyidagi holatda rasmiylashtiriladi hamda taqdim etiladi:
qisman tahlil uchun olingan urugʻliklar naʼmunalarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablari meʼyorlariga mos kelmaganda;
barcha tahlillarda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga javob bermasa;
namunalar tahlili natijalarida oʻrtacha arifmetik koʻrsatkichlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat talablariga javob bermasa.
27. Urugʻliklar konditsiyaligi guvohnomasining amal qilish muddati:
1-sinfdagi urugʻliklar uchun — 8 oy;
2-sinfdagi urugʻliklar uchun — 6 oy.
Urugʻliklar konditsionligi guvohnomasining amal qilish muddati urugʻliklar unuvchanligi tahlili tugagan kundan boshlangan deb hisoblanadi.
Urugʻliklar konditsionligi guvohnomasining amal qilish muddati tugagandan soʻng urugʻliklar faqatgina unuvchanligi boʻyicha sinovdan oʻtkaziladi.
Takroriy tahlil oʻtkazish Konditsiyali urugʻliklar toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilish muddati tugagunga qadar oʻtkazilishi kerak.
Agar Konditsiyali urugʻliklar toʻgʻrisidagi guvohnoma urugʻliklar yashovchanligi boʻyicha berilgan va jamgʻarilgan yili ekilmasdan boshqa fondga oʻtkazilgan boʻlsa, bu koʻrsatkichlar bekor qilinadi hamda qayta toʻliq unuvchanligi bilan birga tahlil qilinadi.
Agar urugʻliklar qayta tahlil qilinganda unuvchanlik oldingi koʻrsatkichlarini takrorlasa, u holda Konditsiyali urugʻliklar toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilish muddati uzaytiriladi.
28. Tahlildan ortib qolgan urugʻliklar ekish ishlari tugagandan soʻng (ekish ishlari olib borilayotgan hudud hisoboti boʻyicha) 1 oy davomida saqlanadi.
29. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar Akademiyasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Innovatsion rivojlanish vaziri I. ABDURAXMONOV
2019-yil 29-aprel
Fanlar akademiyasi Prezidenti B. YULDASHEV
2019-yil 29-aprel
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori D. SATTAROV
2019-yil 29-aprel
“Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi boshligʻi I. ERGASHEV
2019-yil 29-aprel
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutiga
‎_______________________________________________________dan

(yuridik shaxsning toʻliq nomi, jismoniy shaxsning F.I.O.)‎


‎Ariza
‎‎‎

‎‎Sizdan, laboratoriya nav sinovlarini oʻtkazishingizni va urugʻliklarning
‎_________________________________________________________________________________‎

‎‎(oʻrmon oʻsimligi, nav, xilma-xilligi va reproduksiya)

koʻrsatilgan turga tegishliligi va tozaligini aniqlashingizni soʻraymiz.
Yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot:
‎‎1. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki guvohnoma, jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati_______________
‎‎_________________________________________________________________________________

‎‎roʻyxatdan oʻtkazilgan raqam, qachon, kim tomonidan berilgan)

‎‎2. Yuridik manzil:__________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________

‎‎(indeks, viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy raqami, telefon, faks)

‎‎3. Qabul qilinadigan hujjatlar:
‎‎_________________________________________________________________________________
‎‎‎_________________________________________________________________________________
‎‎Urugʻlik namunalari ______________ dona, oʻlchami _________________.
Arizachi____________________________________________________________

‎‎(imzo, muhr, F.I.O)

“___” ______________20__ y.
____________(sana, oy)
Ariza qabul qilingan sana “___” ______________20__ y.‎‎
‎‎_______________________________________________________________________
‎___________________________________________

(ariza qabul qilib oluvchining F.I.O va imzosi)‎

(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
2-ILOVA


‎Laboratoriya nav sinovlarining natijasi №_____

“___” __________20__ y.
Berildi___________________________________________________________________________

yuridik shaxsning toʻliq nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O)

partiya raqami № _______, urugʻlik ____________________________________________________ _________________________________________________________________________________

(daraxt-buta nomi, navi, xilma-xilligi)

___________________________________________________ dan olingan
Reproduksiya _______________________, hosil yili ______________,
______ 20___ yildagi laboratoriya sinovini oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaga muvofiq.
Tahlil natijalari.
Urugʻlik haqiqiyligi _________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
Xulosa:___________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
3-ILOVA


‎Oʻrtacha namunalar olish dalolatnomasi № _____

Urugʻliklarning ekish sifatini aniqlash, tegishli __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________‎__________________________________________________________________________‎

(yuridik shaxsning toʻliq nomi, jismoniy shaxsning F.I.O, tuman, viloyat)

Men,______________________________________________________20__ y.,

(Lavozimi, ismi, familiyasi, otasining ismi (sana, oy))

________________________________________________________________________ishtirokida

(tashkilot, lavozim, F.I.O)

Vakillar — realizatsiya uchun olingan urugʻliklar partiyasi namunalari, shuningdek, bahsli vaziyatlarda toʻldiriladi______________________________________________________________
‎_________________________________________________________________________________
‎‎Urugʻ koʻzdan kechirildi va namuna olindi __________________________ oʻrtacha
(standart raqam)‎
Partiya namunasi saqlanayotgan __________________________________________________
(boʻlim (brigada))‎
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
4-ILOVA


‎‎‎Urugʻliklar haqida guvohnoma

T/r‎

Nomlanishi ‎‎

Nomlanishi ‎‎‎

1‎

2‎‎

3‎‎

4‎‎

5‎‎

‎‎1) Oʻrmon xoʻjaligi oʻsimligi turi
‎2) Navi
‎3) Nomi, navdorlik hujjati sanasi №
‎4) Nav tozaligi yoki tipi, %
‎5) Reproduksiya
‎6) Hosil yili
‎7) Partiya raqami
‎8) Partiya massasi, sentner
‎9) Nazorat birligi raqami
‎10) Joy soni
‎11) Urugʻlik saqlash joyi, ombor raqami, toʻlaligi
‎12) Urugʻliklar qachon va qayerdan olingan
‎13) Urugʻliklar qanday qayta ishlangan
‎14) Urugʻliklar necha marotaba tahlildan oʻtkazilgan va oxirgi tahlil sanasi va raqami
‎15) Qandaydir modda bilan ishlov berilganmi va qanday preparat
‎16) Qanday tahlil oʻtkazish uchun namuna olingan
‎17) Urugʻliklarni belgilash
‎18) Taqdim etilgan urugʻliklar soni
‎Qoplarda
‎Shisha idishlarda
‎Xaltachalarda
‎Qadoqlangan holda
1. Urugʻliklar urugʻ sifatini ekspertiza qilish boʻyicha _______________________________________________________ laboratoriyasiga yoʻnaltirilgan.‎‎
‎‎Namuna olgan shaxs ________________________________________________

‎‎(F.I.O, imzo)‎

‎‎Vakillar _________________________________________________________

‎‎(F.I.O, imzo)‎ ‎‎

‎‎Kafolat: urugʻliklarni aralashib ketishidan, ifloslanishidan, unuvchanligi va boshqa ekish sifatlari, shuningdek, tanlangan namunalar dublikatidan saqlash______________________
‎_________________________________________________kafolatlanadi.

(yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning F.I.O)

‎‎Saqlash uchun masʼul shaxs
‎___________________________________________________________________________

‎‎(F.I.O, imzo)‎

‎‎Nazorat birliklarining joylashuv sxemasi
‎‎(namuna olgan shaxs tomonidan toʻldiriladi)
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
5-ILOVA
Oʻrtacha namunalarni qayd etish
jurnali

T/r

Nazorat birligi soni

Sana

Yuridik shaxs nomi, namuna olingan jismoniy shaxsning F.I.Sh

Ekin

Nav

Urugʻliklar olingan joy

Hosil yili

1

2

3

4

5

6

7

8

Jadvalning davomi

Partiya raqami

Partiya miqdori

Reproduksiya

Namuna olish dalolatnomasi sanasi va raqami

Saqlash joyi

Urugʻliklarni belgilash

9

10

11

12

13

14

Jadvalning davomi

Partiyadagi urugʻliklarning nechanchi marotaba tahlil qilinishi

Namuna miqdori

Tahlil turi

Urugʻliklarni qabul qilgan mutaxassisning F.I.Sh va imzosi

Qoplarda

Boshqa turda qadoqlangan

15

16

17

18

19

Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
6-ILOVA
Urugʻliklar sifatini qayd etish
jurnali

Hujjat raqami

Hujjat berilgan sana

Amal qilish muddati

Ekish

Nav

Reproduksiya

Hosil yili

Partiya raqami

Partiya miqdori

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Jadvalning davomi

Urugʻliklar olingan joy

Saqlash joyi

Urugʻliklarni belgilash

Qayta ishlov berish turi

Yigʻish dalolatnomasi sanasi va raqami

Partiya nechanchi marotaba tahlil qilinishi

Oldingi hujjatning berilgan sanasi va raqami

10

11

12

13

14

15

16

Jadvalning davomi

Tozaligi va yaroqsizligi

Asosiy ekin urugʻliklari

Shuningdek

Chiqindilar, %

Dominant guruhlar

Boshqa oʻsimlik urugʻliklari, 1 kg dagi soni, dona

Shuningdek

Boshqa madaniy oʻsimliklar urugʻlari,
1 kg dagi soni, dona

Begona oʻtlar urugʻlari,
1 kg dagi soni, dona

Karantin roʻyxatida turgan oʻsimlik urugʻlari, 1 kg dagi soni, dona

Boshqa turdagi ozuqa-bop oʻsimliklar urugʻlari,
1
kg dagi soni, dona

Oʻta zararli urugʻlar,
1 kg dagi soni dona

Zaharli oʻsimliklar urugʻlari,
1 kg dagi soni, dona

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

27

28

Jadvalning davomi

Shikastlangan
(qopda, toʻplamda) %

Oʻsish quvvati %

Unuvchanligi %

Yashovchanligi %

Namligi %

1000 gr urugʻ ogʻirligi

Zararkunandalar bilan zararlanishi, 1kg dagi soni, dona

Kasalliklar bilan zararlanganligi %

Urugʻ sinfi (konditsionligi boʻlmagan )


Eslatma: jurnal tikiladi, raqamlanadi, usti qogʻozga yelimlanadi, masʼul xodim imzosi qoʻyiladi va laboratoriya muhri bosiladi.

1 ― 3 k ilovasi Urugʻliklar sifatini ekspertiza qilish qoidalar asosida oʻtkaziladi.

Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
7-ILOVA
Urugʻ sifati haqida berilgan hujjatlarni qayd etish
jurnali

T/r

Yuridik shaxsning nomi, jismoniy shaxsning F.I.O

Ekish

Soni, tonna

Hujjat nomi

Hujjat berilgan sana va raqami

Imzo

1

2

3

4

5

6

7

Eslatma: jurnal tikiladi, raqamlanadi,usti qogʻozga yelimlanadi, masʼul xodim imzosi qoʻyiladi va laboratoriya muhri bosiladi.
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sh.Oʻ.‎

‎‎KONDITSIYALI URUGʻ TOʻGʻRISIDA GUVOHNOMA
‎№____

‎‎Berildi __________________________________________________________________________

‎‎(subyekt, tashkilot nomi, F.I.O‎‎va joylashgan oʻrni)

‎‎_________________________________________________________________________________
‎‎Urugʻliklar partiyasi _______________________________________________________________

‎‎(tur nomi: oʻzbekcha va lotincha)

‎‎Ogʻirligi ________________ kg.da urugʻliklarning oʻrtacha namunasi _________________________
‎____________________________________gr, dona

‎‎(yozuv bilan)

(raqamda)‎

‎‎tahlil uchun keltirilgan ______ kun ___________ oy 20___ yildagi dalolatnoma bilan
‎_______________20___ yildagi raqami________ pasport bilan

(kun, oy)

‎‎urugʻlikdan ______________ 20___ yilda tayyorlangan ____________________

‎‎(oy)

‎‎(viloyat, xoʻjalik)

‎‎_______________________________________________________________________________

‎‎(kvartal, urugʻchilik boʻlimi, plantatsiya va boshqalar)

‎‎Jamgʻarilgan urugʻlik toifasi______________________________________________________

‎‎(tanlangan navli, yaxshilangan, normal holdagi)

‎‎Urugʻlikni qayta ishlash muddati va usuli__________________ yoki joʻnatuvchidan olingan oʻrtacha urugʻlik namunasi____________________

‎‎(koʻrsatilsin)

‎‎____________________ kun ______________oy _______________ 20 ____ yilda

‎‎(kimdan)

‎‎va hozirgi vaqtda saqlanishi________________________________________________________
‎_______________________________________________________________________________

‎‎(xoʻjalik, tashkilot nomi ombor, tara turi, joy soni)

‎‎Urugʻliklarning belgilanishi ______________________________________________________‎

‎‎(xoʻjalikda ekish, joʻnatish va boshqa maqsadlarda)

‎‎Oʻtkazish uchun ruxsat etilgan _______________________________________________________

‎‎(urugʻliklarni rivojlantirishda ishlab chiqilgan turlar boʻyicha toʻldiriladi)

‎‎_____________________________________________________________________



‎‎‎orqa tomoni


‎‎‎TEKSHIRISH NATIJALARI.

‎‎Tozaligi ________________________ % Unuvchanlik ____________ kunlik
‎‎Tekshirilayotgan tur urugʻliklari chiqindisi: unib chiqishi _______________%
‎‎Oʻsib chiqqan urugʻliklar (gullardan tashqari)________________________% ‎‎Unib chiqish muddatining oʻzgarish sababi
‎_______________
‎‎mayda, rivojlanmagan ____________% ‎‎Oʻsish quvvati ___________ kunlik unib chiqishi ________________ %
‎‎puch va soʻligan ___________________% ‎‎Yashovchanligi ________________%
‎‎ezilgan, kesilib ketgangan, pachoqlangan
‎________________________________%

‎‎_______________________________________________________

‎‎yalongʻochlisi _____________________ %

‎(aniqlash usuli)

‎‎aniq chirigan ____________________ % ‎‎Chidamlilik _________________%‎‎
‎‎kasallik bilan zararlangan __________% ‎‎________________________________________________________
zararkunandalar bilan zararlangan:
‎entomologik _____________________ % ‎‎

‎‎(aniqlash usuli)

‎‎kemiruvchilar ____________________ %

‎‎unib chiqmaganlar orasida, yashovchan emas, chidamliligi boʻlmagan urugʻliklar, sogʻlom (faqat unuvchanlikda aniqlanganda)
‎_______________________%

‎‎Aralashmalar:
‎boshqa oʻsimlik va turlar urugʻliklari
‎______________________________%
‎‎yashovchan boʻlmagan (ignabarglida)

(qaysi) ‎

‎‎chirigan ______________________%
‎‎tirik lichinka, gʻumbak, hasharotlar
‎________________________________%
‎‎normal oʻsmagan _______________%
‎‎‎aniq chirigan _________________%
‎‎Oʻlik chiqindilar _________________ % qattiq (dukkaklilarda)__________%
‎‎(dominant fraksiya) ‎‎boʻyalgan (dukkaklilarda) ________%
‎‎1000 dona urugʻ ogʻirligi ___________ gr ‎‎hasharot bilan zararlangan _____%
‎‎kurtaksiz ____________________% boʻsh (puch) ____________________% namlik ______________________% tomirining uzunligi __________


‎‎‎URUGʻLIKNI ZARARLANGANLIGI:

‎‎a) zamburugʻliklar bilan: parazitli__________________________________________________

‎‎(zamburugʻ nomi, %)

‎‎saprofitlar bilan______________________________________________________________

‎‎(darajasi: kuchli, oʻrta, kuchsiz)

‎‎b) hasharot va bitlar _____________________________________________________________

‎‎(hasharot nomi, %)

‎‎Urugʻ sifatini yaxshilash boʻyicha tavsiya etiladigan tadbirlar
‎‎____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________
‎____________________________________________________________________
‎‎Asosga koʻra____________________________________________________________________

‎‎(meʼyoriy hujjat)

‎‎Ushbu urugʻliklar Institut (laboratoriyasi) tomonidan konditsion va ___________ sinfga tegishli deb tan olinadi.
‎‎Ushbu guvohnomaning haqiqiy amal qilish muddati____________ 20__ y.
‎‎“___” _________ 20__ y.

‎M.Oʻ.

‎‎Direktor________________________
(8-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining 2021-yil 14-dekabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3165-1, 23.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son)
Oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, urugʻliklarning sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalariga
9-ILOVA

Urugʻliklar tahlili natijalari № _______

Berildi___________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning toʻliq nomi, jismoniy shaxsning F.I.Sh, tuman, viloyat)

№________ partiyada ______________________________________________________ urugʻliklar

(qishloq xoʻjaligi oʻsimligi, navi)

_______________________________________________________________________ dan olingan

reproduksiya _________________________________, hosil yili______________________

miqdori______________________ №______________________

№_________ dalolatnomada tahlilga taqdim etilgan “______”___________20___ yildan
Saqlanayotgan joy__________________________________________________________________

(boʻlim raqami № _____ (brigada))

Joy soni (qopda), ombor № ___________________, toʻlaligi №___________________ qoplangan‎‎

‎‎(kvartal, urugʻchilik boʻlimi, plantatsiya va boshqalar)

Urugʻliklarni belgilash_____________________________________________________________
‎‎Tahlil natijalari:
1. Tozaligi __________________________ %, shuningdek ___________________________ %
‎‎2. Chiqindi, jami _____________ %, shuningdek dominant guruhlar ____________________%
3. Boshqa oʻsimliklar urugʻliklari 1 dona 1 kg.da (bundan keyin-kg) yoki % _________________
‎4. Ozuqaviy oʻtlarning boshqa tur urugʻliklari % _______________________________________
5. Boshqa ekin turlarining urugʻliklari (1 dona kg.da yoki %)_______________________________
‎‎6. Begona oʻtlarning urugʻliklari (1 dona kg.da yoki % larda)________________________________
‎‎Urugʻliklarning belgilanishi ______________________________________________________‎
‎‎Shuningdek:
Nisbatan zararli begona oʻtlar urugʻliklari (ozuqa oʻtlari uchun dona kg) ____________________%
‎‎Qamish urugʻliklari (dona 1 kg.da) ___________________________________________________ %
7. Zararlanib shakllangan _________________________________________________________ %
‎‎8. Sklerotsitlar _________________________________________________________________ %
9. Oʻsish quvvati _________________________________________________________________ %
‎10. Unuvchanlik ______________________________________________________________ %
11. Yashovchanligi _____________________________________________________________%
‎12. Ekishga yaroqliligi ________________________________________________________%
‎13. Namligi _________________________________________________________________%
‎14. 1000 dona urugʻ ogʻirligi ____________________________________________________%
‎15. Kasallik bilan zararlanishi (tahlil vaqtida urugʻliklar uslubi toʻldiriladi:
‎sentrifugalanishi ____________________ dona yoki biologik _______________________%)
‎16. Zararkunandalar bilan zararlanishi _________________________________________ %
‎17. Urugʻliklar namunasining tashqi koʻrinishi koʻzdan kechirilganda: rangi meʼyorida, hidi meʼyorida, qoraygan, eskirgan.
‎18. Dominant turlarning botanik tarkibi:
‎Boshqa madaniy oʻsimliklarning urugʻliklari ________________________________________
‎Navdor oʻsimliklar urugʻliklari __________________________________________________
‎19. Boshqa aniqlashlar:___________________________________________________________
‎Xulosa va takliflar:
_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
‎_____________________________________________________________________________
Urugʻliklarni konditsion emasligi toʻliq yoki qisman tahlil oʻtkazilganda quyidagicha aniqlandi: ‎
Tahlil vaqtida aniqlandi.
‎ Standartga asosan aniqlandi.
‎‎Urugʻliklar ____________________________________ va qayta toʻliq tahlil qilinishi kerak

‎‎(qayta tahlil turi)

Qisman tahlil qilinganda:
Urugʻliklar __________________________________________________________ boʻyicha milliy
(qayta tahlil boʻyicha koʻrsatkichlar nomlanishi)
‎‎_______________________

_____________

‎‎________________________

‎‎(masʼul shaxs lavozimi)

(imzosi)

‎‎(F.I.O)

Muhr oʻrni
_____________20____ y

(sana, oy)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 10/19/3165-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 23.12.2021-y., 10/21/3165-1/1189-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)