1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.02.00 O‘rmonlarni muhofaza qilish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi / 11.06.02.06 O‘rmon xo‘jaligi]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / O‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 11-maydagi PQ-2966-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risida namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risida nizom 5-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom 6-ilovaga muvofiq;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hududlardagi foydalanilmayotgan, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulki obyektlarini ikki oy muddatda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi bilan berilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2018-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan investitsiya dasturlariga O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining taklifiga asosan yangidan o‘rmonzorlar barpo etish uchun maxsus texnika va zamonaviy texnologiyalarni sotib olish, ishlab chiqarish tashkilotlari va ekoturizm infratuzilmalarini tashkil etish, o‘rmon xo‘jaligi obyektlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash ishlarini kiritsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga “O‘zfarmsanoat” DAK, “Dori-darmon” AK va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda har yili o‘rmon xo‘jaliklarida yetishtiriladigan dorivor o‘simliklar xom ashyosini farmatsevtika faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ehtiyoji uchun xarid qilish yuzasidan shartnomalarni tuzilishini va 30 foiz miqdorida avans mablag‘larini to‘lab berilishini ta’minlash vazifasi yuklansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 19-iyul,
530-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Qo‘mita o‘rmonlarni barpo etish, ko‘paytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish va qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish, shuningdek o‘rmon-ov, ov xo‘jaligini yuritish, milliy tabiat bog‘lar va tizimdagi boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ishlarini tashkil etish va yuritishda yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
3. Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar), O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi, O‘rmon xo‘jaligi texnikumi, shuningdek, qo‘mita tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlar) O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining yagona tizimini tashkil etadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
5. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Qo‘mita o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan va normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
8. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
9. Qo‘mitaning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, 100140.
2-bob. Qo‘mitaning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o‘rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan o‘rmon xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish;
o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularga rioya etilishini amaliy nazorat qilish;
o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o‘rmon barpo etish, ularni qayta tiklash, qo‘riqlash, muhofaza qilish, o‘rmonlardan oqilona va tejamli foydalanish;
respublikamizda o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlari bajarilishini tashkil qilish;
o‘rmon fondini, fauna va florasini o‘rganish hamda ularning qat’iy hisobini yuritish, o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani joriy etish;
o‘rmonlarni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlaridan muhofaza qilish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlari va urug‘larini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish hamda joriy qilishni tashkil etish;
o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish, ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklarni to‘plash, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish;
tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish va ekologik turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
11. Qo‘mita o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) o‘rmon boyliklarini har tomonlama kengaytirish va ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan o‘rmon xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish sohasida:
o‘rmon barpo etish orqali ularning maydonlarini kengaytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish, ulardan foydalanish faoliyatini rivojlantirish va samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
Qo‘mita tizimiga kiruvchi xo‘jaliklar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning kelgusida rejalashtiriladigan ishlarini prognozlashtirish, manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda sohani rivojlantirishning davlat va mahalliy dasturlarini hamda bosh reja (sxema)larini ishlab chiqish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qo‘mita markaziy apparatining boshqarma va bo‘limlari, hududiy boshqarmalar hamda Qo‘mita tizimiga kiruvchi respublika tashkilotlarining nizomlarini tasdiqlash;
Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini, hisobga olinishini va hisobdan chiqarilishini ta’minlash, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini ko‘rish;
Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini, balanslarini ko‘rib chiqish, umumlashtirish, yig‘ma balanslar tuzish va ularni tegishli organlarga taqdim etish;
qo‘mita o‘ziga bo‘ysunuvchi tuzilmalari orqali o‘rmon muhofazasi nazoratining chegara mintaqalari daxlsizligini ta’minlash maqsadida harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish va qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish;
o‘ziga bo‘ysunuvchi xo‘jaliklarning chegaradosh hududlari xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish, hududni ishonchli qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
chegara rejim-qo‘riqlash tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi taklifi bo‘yicha profilaktika va chegara oldi hududlaridagi o‘rmon daraxtlari va changalzorlarni tozalash ishlarini amalga oshirish va nazorat qilish;
(11-bandning “a” kichik bandi to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
o‘rmon fondi hududida harbiylashtirilgan tuzilmalar bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda jinoyatchilik namoyon bo‘lishi belgilari va faktlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, ichki ishlar organlarini xabardor qilish, rejimga bog‘liq noxush holatlarni bartaraf etish bo‘yicha samarali tezkor-qidiruv faoliyati o‘tkazilishiga ko‘maklashish;
(11-bandning “a” kichik bandi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
qo‘mita tizimi faoliyatiga oid gazeta va jurnallar chiqarilishini, tegishli ruxsatnomalar, blankalar, sohaga tegishli kitob, byulleten va qo‘llanmalar chop etilishini hamda veb-sayt yuritilishini tashkil etish;
b) o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularga rioya etilishini amaliy nazorat qilish sohasida:
o‘rmonlarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish, o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar faoliyatini tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
o‘rmonlar toifalarini belgilash, ularni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish haqidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
o‘rmon fondida daraxt va butalarni parvarishlash yoki maqsadli foydalanish uchun kesish hajmlarini belgilash va tasdiqlash;
Qo‘mita tizimiga kiruvchi o‘rmon fondi yerlarida o‘rnatilgan rejimga rioya qilinishi, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda ov qilish qoidalari ijrosi yuzasidan idoraviy nazoratni amalga oshirish;
o‘rmon fondi yaylovlarida chorva mollarini o‘tlatish, ularni yaylovlarda joylashtirish va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanishning boshqa turlari uchun to‘lanadigan haq miqdorini belgilash haqida takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
v) o‘rmon fondi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni samarali boshqarishni tashkil etish, o‘rmon barpo etish, ularni qayta tiklash, qo‘riqlash, muhofaza qilish, o‘rmonlardan oqilona va tejamli foydalanish sohasida:
Qo‘mita tizimiga kiruvchi xo‘jaliklar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yuritishda joriy va istiqbolga mo‘ljallangan tadbirlar tizimini qamrab olgan loyiha qidiruv tadbirlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
(11-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son)
g) respublikamizda o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini tashkil qilish sohasida:
o‘rmon fondi hududidagi cho‘l, tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarining holatini yaxshilash, boyitish, mahsuldorligini oshirish, qum ko‘chishini oldini olish va ularni mustahkamlash, hududlarda cho‘llanishga qarshi daraxt va butalar ekish tadbirlarini amalga oshirish;
suvni asrovchi o‘rmonlarni, daraxtzor yerlarni, aholi yashash joylari atrofidagi ko‘kalamzorlashgan hududlarni hamda iqlimni tartibga solish, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish va boshqa himoya funksiyalarini bajaruvchi boshqa daraxtzorlarni saqlash va ularning holatini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida, shuningdek tog‘ yonbag‘irlarida (terrasa), jarliklarda, qiyaliklarda, yaroqsiz holdagi qazilmalar bo‘lgan joylarda, tashlandiq yerlarda shartnoma asosida ihota daraxtzorlari barpo etish hamda markazlashgan manbalar hisobidan yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan yo‘llar, bino va inshootlar atroflarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish va mazkur ishlarni amalga oshirishni tashkil etish;
respublikada cho‘llanishning oldini olish, o‘rmonlarni qayta tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasining cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish;
cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadigan vazirliklar, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlarini muvofiqlashtirish;
Qattiq qurg‘oqchilikni boshdan kechirayotgan va (yoki) cho‘lga aylanib borayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada cho‘lga aylanib borishga qarshi kurash bo‘yicha BMT Konvensiyasi talablarini bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasining milliy vakolatli organi vazifasini amalga oshirish.
(11-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
d) o‘rmon fondini, fauna va florasini o‘rganish hamda ularning qat’iy hisobini yuritish, o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga fan yutuqlari va ilg‘or tajribani joriy etish sohasida:
o‘rmon fondida manzarali, mevali va yong‘oq mevali o‘simliklar ko‘chatchiligini rivojlantirish, ko‘chatlar o‘stirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qilish;
o‘rmon fondi hududida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining qat’iy hisobini hamda davlat o‘rmon kadastrini yuritish;
tizim xo‘jaliklarida o‘simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash, ko‘paytirish va ulardan foydalanish maqsadida plantatsiya va pitomniklar tashkil etish;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda o‘rmon fondida manzarali, dorivor, texnik va ozuqabop o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
manzarali o‘simliklarni o‘stirish maqsadida turli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ilmiy-metodik va ishlab chiqarish yordamini ko‘rsatish;
o‘rmon fondi hududida texnik, dorivor va ozuqabop o‘simliklar dehqonchiligini va ularni yig‘ish, tayyorlash borasidagi ilmiy va amaliy ishlarni muvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda yovvoyi holda o‘suvchi dorivor va ozuqabop o‘simliklarning tarqalish hududini va mavjud resurslarini o‘rganish, ularni yig‘ish va tayyorlashning maqbul miqdorini tavsiya etish;
o‘rmon xo‘jaliklarida ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, sohaga yuqori samarali resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish;
o‘rmon fondi yerlarida chet el jismoniy va yuridik shaxslari uchun ov qilishni tashkillashtirish, mazkur sohaga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reyestrida rayonlashtirilgan manzarali, dorivor, texnik va ozuqabop o‘simliklarning ro‘yxati yuritilishini ta’minlash.
(11-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-martdagi 158-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 09/21/158/0241-son)
e) o‘rmonlarni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlaridan muhofaza qilish sohasida:
o‘rmonlarni yong‘indan, daraxtlarni o‘zboshimchalik bilan kesishdan va o‘rmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan muhofaza qilishni hamda o‘rmonlar patologiyasini o‘rganish natijalariga ko‘ra o‘rmon zararkunandalari, kasalliklarini hisobga olish, ularga qarshi kurashishni tashkil etish;
j) manzarali o‘simliklar ko‘chatlari va urug‘larini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish hamda joriy qilishni tashkil etish sohasida:
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini tashkil etish, chetdan olib kelinadigan ko‘chatlarga sertifikatlar berish mexanizmi ishlab chiqilishi va joriy etilishini ta’minlash;
z) o‘rmon xo‘jaliklarida bir-biriga bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini kengaytirish va rivojlantirish, ko‘chat yetishtirish, dorivor o‘simliklar to‘plash, asalarichilik, baliqchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hamda ularni chuqur qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida:
seleksion o‘rmon urug‘chiligi bazalarini tashkil etish, dorivor, ozuqabop va texnik o‘simliklar urug‘larini tayyorlash, shuningdek o‘z ehtiyojlari va boshqa iste’molchilarning talablarini qondirish uchun yuqori navli ko‘chat va urug‘lar yetishtirilishini ta’minlash;
yog‘och-taxta tayyorlashni, shuningdek xo‘jaliklarda yog‘ochga ishlov berish, minitsexlar tashkil etish, yog‘och chiqindilaridan xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni, o‘rmonlarda qo‘shimcha ravishda foydalaniladigan mahsulotlar tayyorlashni tashkil etish;
o‘rmondan qo‘shimcha foydalanishdan olinadigan mahsulotlarni qayta ishlash uchun kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish, ushbu sohani rivojlantirish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda tijorat tashkilotlari tashkil etish;
o‘rmon fondi yerlarida qishloq xo‘jaligi va dorivor ekinlar, mevali va yong‘oq mevali daraxtlarning hosildorligi oshirilishini, mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish;
i) tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish va ekologik turizmni keng ko‘lamda rivojlantirish sohasida:
o‘rmon fondi hududida ekoturizmni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi (ekoturizm yo‘nalish (marshrut)larini, ekoturistik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha narxlar)ni ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash;
o‘rmon xo‘jaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, eksport-import ishlarini tashkil etishga ko‘maklashish, sohaga xalqaro va boshqa moliya institutlarining grant mablag‘lari hamda investitsiyalarini jalb qilish, fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarni o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga joriy etish;
k) o‘rmon xo‘jaligi sohasida o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
o‘rmon xo‘jaligi sohasida kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashish, zaxirasini yaratish, rahbar xodimlar va muayyan malaka talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning ishlab chiqarish amaliyotiga bog‘liq holda malakasini oshirishni tashkil etish.
Qo‘mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
3-bob. Qo‘mitaning huquqlari va javobgarligi
12. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlardan o‘rmon xo‘jaligini yuritish, o‘rmonlarni muhofaza va himoya qilish hamda o‘rmon resurslaridan foydalanish sohasiga oid masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rab olish;
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan kelishgan holda soha mutaxassislarini ovchilik, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi yuzasidan o‘rmon xo‘jaliklari bilan bog‘liq bo‘lgan alohida masalalarni ishlab chiqishga va ekspertizalar o‘tkazishga shartnoma asosida jalb etish;
davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlarning davlat monitoringini, davlat o‘rmon kadastrini, o‘rmonlarning davlat hisobini yuritishni hamda o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining qat’iy hisobini belgilangan tartibda olib borilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobini yuritishda ishtirok etish;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan yovvoyi hayvonlarni tutish ruxsatnomasi doirasida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnoma (yo‘llanma, hayvonlarni tutish varaqasi) berish;
davlat o‘rmon fondidan jismoniy va yuridik shaxslarga pichan o‘rish, chorva mollarini o‘tlatish (boqish)ga uchastkalar ajratishga ruxsatnomalar berish;
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
davlat o‘rmon fondidan jismoniy va yuridik shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirishga uchastkalar ajratish;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, qayta tiklash maqsadlarida biotexnik tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonni muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida idoraviy nazoratni amalga oshirish;
o‘rmon fondi hududlarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma yoki dalolatnomalar tuzish, huquqbuzarlarga nisbatan jarimalar qo‘llash;
(12-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida huquqbuzarlardan tabiatga yetkazilgan zarar summalarini undirish va huquqbuzarlarga nisbatan sudda yoki huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ishning ko‘rib chiqilishida qatnashish;
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishga doir qonun hujjatlari buzilishini, o‘rmonlarni muhofaza qilish va himoya qilish, o‘rmon resurslaridan foydalanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish;
oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga sohaga oid kadrlar zaxirasini tayyorlash uchun buyurtma va yo‘llanmalar berish;
belgilangan tartibda markaziy apparat va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, shtat jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanishni tashkil etish;
qo‘mita xodimlarini mehnatiga haq to‘lash, rag‘batlantirish, mukofotlash va boshqa rag‘batlantirishlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
Qo‘mita tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Qo‘mita qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13. Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqli.
Qo‘mita, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa turdagi hujjatlarni chiqarishga haqli.
14. Qo‘mita va uning mansabdor shaxslari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.
15. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Qo‘mita raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Qo‘mita raisi maqomi bo‘yicha vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
16. Qo‘mita raisi:
Qo‘mita faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Qo‘mita nomidan vakillik qiladi yoxud Qo‘mita nomidan ishonchnoma va (yoki) vakolatlar beradi;
belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Qo‘mitaning markaziy apparati va hududiy boshqarmalarining shtat jadvalini, shuningdek Qo‘mitaning markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Qo‘mitaga ajratilgan moliyaviy va moddiy mablag‘larni belgilangan tartibda tasarruf etadi;
belgilangan tartibda markaziy apparat, Qo‘mita tizimiga kiruvchi respublika tashkilotlari va hududiy boshqarmalar tuzilmasi va nizomlarini, shuningdek tizimga kiruvchi tashkilotlar ustavlarini tasdiqlaydi;
belgilangan tartibda Qo‘mita markaziy apparati xodimlarini, hududiy boshqarmalar, Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
Qo‘mita vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, rais o‘rinbosarlarining, Qo‘mitaning, Qo‘mita hududiy boshqarmalari va Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
zarur bo‘lganda markaziy apparatning, hududiy boshqarmalar va o‘rmon xo‘jaliklarining tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy shtatlar soniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritadi;
Qo‘mita, hududiy boshqarmalar va Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
qo‘mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy unvonlar berishga va O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etadi.
Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘ladi.
17. Qo‘mita raisining o‘rinbosarlari:
Qo‘mita nazoratidagi bo‘linmalarga bevosita rahbarlik qiladilar va Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar;
Qo‘mita raisi tomonidan o‘zlariga yuklangan boshqa funksiyalarni amalga oshiradilar.
18. Quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisini — Qo‘mita raisi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan;
Viloyatlar boshqarmalari boshliqlari va davlat o‘rmon xo‘jaliklari direktorlarini — tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Hududiy boshqarmalar Qo‘mitaga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga hisobot beradi.
19. Qo‘mitada uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini muvofiqlashtiradigan, Qo‘mita raisi (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek Qo‘mita markaziy apparati bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaliklari boshqarmalari, tizimga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Qo‘mita raisining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
20. Hay’at tomonidan quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqiladi:
Qo‘mitaning mazkur Nizomda nazarda tutilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
kadrlarni Qo‘mita nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga tanlash, joy-joyiga qo‘yish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlarining har chorak yakunlari bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
Qo‘mita rahbarlari va xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Hay’at Qo‘mita vakolatiga kiruvchi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishi mumkin.
21. Hay’at majlislariga boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qo‘mita vakolatlariga kiruvchi masalalarga aloqador boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
Majlisda Hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi hozir bo‘lganda Hay’at majlisi vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
22. Hay’at tomonidan qabul qilingan qarorlar Qo‘mita qarorlari va raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Qo‘mita raisi va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, bunda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga xabar qilinadi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariga ma’lum qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
Hay’at majlislari, qoida tariqasida, har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
23. Qo‘mita huzurida ilmiy-texnik Kengash tuziladi. Ilmiy-texnik Kengash to‘g‘risida nizom va uning shaxsiy tarkibi qo‘mita Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Qo‘mita tizimini moliyalashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Jamg‘arma mablag‘lari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari — Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘rmon xo‘jaligi texnikumi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
Milliy tabiat bog‘lari, davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonalari, dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari, ilmiy-tajriba stansiyalari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar mahalliy budjetlari, Jamg‘arma mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filiali, Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsiya markazi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar;
“O‘rmonloyiha” loyihalash instituti, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi — xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobidan moliyalashtiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
25. Qo‘mita xodimlari O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i xodimlari Toshkent viloyati mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlarida belgilangan namunadagi kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar.
26. O‘rmon inspektorlari, yegerlar, milliy tabiat bog‘lari inspektorlari xizmatni o‘tash davrida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat quroli, uning o‘q-dorilari va maxsus vositalar, raqamli jeton, durbin, avto-moto yoki ot-ulov, qonunchilik hujjatlari to‘plami, bayonnoma blankalari va uni ro‘yxatga olish kitobi va xizmatga zarur boshqa inventarlar bilan ta’minlanadilar.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
27. Qo‘mita qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soha xodimlarining hayotini sug‘urtalash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish hamda ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
28. Xodimlarning ish haqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha haqlar va ustamalar, rag‘batlantirish to‘lovlari, shuningdek qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
29. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 2-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
1- bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) maqomi, vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Hududiy boshqarmalar tegishli hududda o‘rmonlarni barpo etish, ko‘paytirish, qayta tiklash, muhofaza qilish va qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish, shuningdek o‘rmon-ov, ov xo‘jaligini yuritish, milliy tabiat bog‘lar va tizimdagi boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ishlarini tashkil etish va yuritish hamda ushbu sohadagi nazoratni amalga oshiruvchi hududiy boshqaruv organlari hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
3. Hududiy boshqarmalar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi), shuningdek tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Hududiy boshqarmalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Hududiy boshqarmalar o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Hududiy boshqarmalarning qonun hujjatlarida belgilangan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
7. Hududiy boshqarmalar yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
8. Hududiy boshqarmaning joylashgan yeri (pochta manzili).
2-bob. Hududiy boshqarmalarning vazifalari va funksiyalari
9. Hududiy boshqarmalar Qo‘mitaning asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi vazifalarni bajaradi:
hududda o‘rmon barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan o‘rmon xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga ko‘maklashish;
o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha Qo‘mitaga takliflar kiritish, o‘z vakolati doirasida qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan hududiy nazoratni amalga oshirish;
tegishli hududlarda o‘rmonlarni tiklash va ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini tashkil qilish;
o‘rmon fondini, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini qat’iy hisobini yuritish va o‘rganish, fan yutuqlari va ilg‘or tajribani o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga joriy etishga ko‘maklashish;
o‘rmonni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari boshqa buzilishlaridan muhofaza qilishni tashkil etish va nazoratini olib borish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini va ekish materiallarini sertifikatlash va standartlashtirishni joriy qilishga ko‘maklashish;
o‘rmon xo‘jaliklarida xo‘jalik faoliyatlarini kengaytirish va rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va chorva mahsulotlarini yetishtirish, chuqur qayta ishlash hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va ularga ko‘maklashish;
tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish, ekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.
10. Hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) hududda o‘rmon barpo etish, o‘rmon fondini har tomonlama kengaytirish, ularni muhofaza qilish va o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanishga qaratilgan o‘rmon xo‘jaligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga ko‘maklashish sohasida:
hududdagi xo‘jalik va tashkilotlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etish;
hududlarda o‘rmon fondini boshqarish, o‘rmondan foydalanish, ularni tiklash, qo‘riqlash va muhofaza qilishni tashkil etish, ov xo‘jaligi va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ishini yuritishni tashkil etish;
hududdagi xo‘jalik va tashkilotlarning istiqboldagi ko‘rsatkichlarini prognozlashtirish ishlarini umumlashtirib, tegishli hokimliklar ishtirokida ularni rivojlantirishning mahalliy dasturlarini hamda bosh reja (sxema)larini ishlab chiqish;
o‘rmon fondi hududida o‘rmon va hudud muhofazasi ishini tashkil etish, rejim-qo‘riqlash tadbirlarini o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi takliflari bo‘yicha profilaktika va chegara oldi hududlarini o‘rmon daraxtlari va changalzorlardan tozalashni nazorat qilish;
(10-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
o‘rmon fondi hududida harbiylashtirilgan tuzilmalar bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda jinoyatchilik namoyon bo‘lishi belgilari va faktlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasini, ichki ishlar organlarini tezkor xabardor qilish, jinoiy guruhlarni ushlash (yo‘q qilish) bo‘yicha tezkor-qidiruv harakatlarini o‘tkazishga ko‘maklashish;
(10-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududdagi Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning nizomlarini, tizimdagi xodimlarning mansab yo‘riqnomalari va o‘z vakolatiga oid boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
hududdagi xo‘jalik va tashkilotlar hamda o‘rmon fondiga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar tomonidan o‘rmon xo‘jaligining to‘g‘ri yuritilishini, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishga doir qonun hujjatlari buzilishini, o‘rmonlarni muhofaza qilish, o‘rmon resurslaridan foydalanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish;
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
b) o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha Qo‘mitaga takliflar kiritish, o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan hududiy nazoratni yuritish sohasida:
o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan idoraviy nazoratni amalga oshirish;
o‘rmon boyliklaridan samarali foydalanish, o‘rmonlarni toifalarga kiritish, bir toifadan boshqasiga o‘tkazish yuzasidan Qo‘mitaga takliflar kiritish;
yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatish, ularni joylashtirish va o‘rmon fondi yerlaridan foydalanishning boshqa turlari haqida belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqish;
v) respublikamizda o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tog‘ yonbag‘irlari, jarliklar va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarini tashkil qilish sohasida:
suvni asrovchi o‘rmonlarni, daraxtzor yerlarni, aholi yashash joylari atrofidagi ko‘kalamzorlashgan hududlarni hamda iqlimni tartibga solish, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish va boshqa himoya funksiyalarini bajaruvchi boshqa daraxtzorlarni saqlash va ularning holatini yaxshilash chora-tadbirlarini ko‘rish, o‘rmon fondi yerlarida joylashgan davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni tashkillashtirish;
cho‘l, tog‘ va tog‘ oldi yaylovlarining holatini yaxshilash, boyitish, mahsuldorligini oshirish, ko‘chma qumlarni mustahkamlash va ularga daraxtlar ekish tadbirlarini amalga oshirishni tashkillashtirish, uning ijrosini nazorat qilish;
hududda o‘rmon xo‘jaligini to‘g‘ri yuritishni, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish, o‘rmonlarni qayta tiklash, parvarish qilish va ularning samaradorligini oshirish, ihota hamda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishni tashkil etish;
g) o‘rmon fondini, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini qat’iy hisobini yuritish va o‘rganish, fan yutuqlari va ilg‘or tajribani o‘rmon xo‘jaligini yuritish amaliyotiga joriy etishga ko‘maklashish sohasida:
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini o‘stirishning ilmiy asoslangan hamda istiqbolli texnologiyalar vositasida ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil etish;
o‘rmon fondi hududida shifobaxsh, texnik va ozuqabop o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash borasidagi barcha ishlarni muvofiqlashtirish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning tarqalish hududini va mavjud resurslarini o‘rganishga ko‘maklashish, ularni yig‘ish va tayyorlashning maqbul miqdorini tavsiya etish va nazoratini olib borish;
o‘rmon fondining davlat hisobini va davlat o‘rmon kadastrini yuritish ishlarini nazorat qilish;
o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish tadbirlari o‘tkazilishiga ko‘maklashish;
d) o‘rmonni yong‘inlardan, zararkunanda va kasalliklardan, noqonuniy daraxt kesishdan va boshqa o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlaridan muhofaza qilishni tashkil etish va nazoratini olib borish sohasida:
o‘rmonlarni yong‘indan himoya qilish maqsadida hududdagi xo‘jalik va tashkilotlarning o‘t o‘chirish asbob va uskunalari bilan ta’minlanishini, o‘rmon yong‘iniga qarshi kurashish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning bajarilishini tashkillashtirish va nazoratini yuritish;
o‘rmon kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish ishlarini bajarilishini, shuningdek biolaboratoriyalar ishi yuritilishini nazorat qilish, o‘rmon fondiga ega bo‘lgan tashkilotlarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishda uslubiy yordam ko‘rsatish;
o‘rmonning kasallik va zararkunandalar bilan zararlanishni oldini olish va ularga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish maqsadida o‘rmon fitopatologiyasini tashkil etish va nazoratini yuritish;
noqonuniy daraxt kesish, chorva mollarini o‘tlatish, pichan o‘rish, ov qilish, baliq ovlash, dorivor, manzarali va boshqa turdagi tabiiy o‘simliklarni noqonuniy terilishini oldini olish tadbirlarini amalga oshirish hamda ularning nazoratini olib borish;
o‘rmon fondi hududlarida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma yoki dalolatnomalar tuzish, huquqbuzarlarga nisbatan jarimalar qo‘llash;
(10-band “d” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va ularga qarshi kurashish maqsadida sohaga oid vakolatli organlar bilan qo‘shma tadbirlar tuzish va uni amalga oshirish;
e) manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini va ekish materiallarini sertifikatlash va standartlashtirishni joriy qilishga ko‘maklashish sohasida:
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini kiritish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini va ekish materiallarini sertifikatlash va standartlashtirishni joylarda joriy qilishni tashkil etishga ko‘maklashish;
j) o‘rmon xo‘jaliklarida xo‘jalik faoliyatlarini kengaytirish va rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va chorva mahsulotlarini yetishtirish, chuqur qayta ishlash hamda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni tashkil etish va ularga ko‘maklashish sohasida:
bog‘lar, tokzorlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari, mevali o‘simliklarning hosildorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
yog‘och-taxta tayyorlashni, shuningdek yog‘ochdan, yog‘och chiqindilaridan xalq iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi tovarlar ishlab chiqarishni, o‘rmonlarda qo‘shimcha ravishda foydalaniladigan mahsulotlar tayyorlashga ko‘maklashish va uning bajarilishini nazorat qilish;
z) tarmoqqa xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish, ekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish sohasida:
tarmoqqa xalqaro va boshqa moliya institutlari grantlari hamda investitsiyalarni jalb etish;
ekoturizmni rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish, uning ijrosini ta’minlashga, ekoturizm infratuzilmasini shakllantirishga amaliy yordam ko‘rsatish;
o‘rmon fondi hududlarida ovchilik, baliq ovlash va chet el jismoniy va yuridik shaxslari uchun ov uyushtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish va eksportni amalga oshirishga ko‘maklashish;
i) o‘rmon xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish sohasida:
kadrlar zaxirasini yaratish, o‘rmon xo‘jaligi sohasida rahbar xodimlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlariga ko‘maklashish.
Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
3-bob. Hududiy boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi
11. Hududiy boshqarmalar o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalardan kelib chiqib, quyidagi huquqlarga ega:
o‘rmon barpo etish, qayta tiklash, muhofaza qilish, undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish, ularni boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
o‘rmon barpo etish, qayta tiklash, o‘rmonni muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi mahalliy dasturlarni hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish;
o‘rmon barpo etish, qayta tiklash, o‘rmonni muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi qoidalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
o‘rmonni muhofaza qilish, qo‘riqlash va undan foydalanish ishlarini, shu jumladan daraxt va butalarni kesish rejalarining amalga oshirilishini nazorat qilish;
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, qayta tiklash maqsadlarida biotexnik tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘rmon xo‘jaligini yuritishga doir qonun hujjatlari buzilishini, o‘rmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishdagi, o‘rmon resurslaridan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish;
hududdagi o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarning hisobotlarini qabul qilish, hisobot va ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga taqdim etish.
Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Hududiy boshqarmalar va uning mansabdor shaxslari o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.
4-bob. Hududiy boshqarmalarning faoliyatini tashkil etish
13. Quyidagilarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisini — Qo‘mita raisi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan;
Hududiy boshqarmalar boshliqlari va davlat o‘rmon xo‘jaliklari direktorlarini — tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishgan holda Qo‘mita raisi tomonidan amalga oshiriladi.
14. Hududiy boshqarmalar boshliqlari mazkur namunaviy nizomga asosan ish ko‘radi hamda o‘zlariga qarashli o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Hududiy boshqarmalar boshliqlari:
o‘z zimmalariga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun, shuningdek tizimga qarashli xo‘jalik va tashkilotlar ishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
hududdagi o‘rmon xo‘jaliklari direktorlarini, o‘rmon xo‘jaliklari direktorlarining rejim (chegara) bo‘yicha o‘rinbosarlarini, o‘rmon xo‘jaliklari bosh buxgalterlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish bo‘yicha Qo‘mitaga tavsiyalar kiritadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududdagi Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning nizomlarini, xodimlarning mansab yo‘riqnomalarini, hududiy boshqarmalar daromadlar va xarajatlar smetasini va o‘z vakolatiga oid boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi;
hududdagi Qo‘mita tizimiga kiruvchi tashkilotlarning ishini tashkil etish va ularni nazorat qilish, o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, huquqbuzarlik bo‘yicha materiallarni va tabiatga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha hujjatlarni belgilangan tartibda vakolatli organlarga taqdim etilishini ta’minlaydi;
hududiy boshqarma xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar qabul qiladi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy unvonlar va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga taqdim etish bo‘yicha Qo‘mitaga tavsiya kiritadi;
xodimlarni mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishga qabul qiladi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
hududiy boshqarma nomidan sohaga tegishli faoliyat amalga oshirilishida zarur bo‘lgan shartnomalar tuzishni hamda bank muassasalarida moliyaviy va pul operatsiyalarini amalga oshiradi;
davlat organlari, sudlar va boshqa tashkilotlarda boshqarma, o‘rmon xo‘jaliklari manfaatlarini ifodalaydi.
15. Hududiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari — bosh o‘rmonbegi (keyingi o‘rinlarda bosh o‘rmonbegi deb ataladi) hududiy boshqarma boshlig‘ining taqdimnomasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh o‘rmonbegi:
o‘rmonni muhofaza qilish va qo‘riqlash tadbirlarini o‘tkazish, o‘rmon nazorati, o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari bajarilishi bo‘yicha o‘rmon nazoratchilari, o‘rmon muhandislari ishini tashkil etish va nazoratini olib borish;
o‘rmon nazoratchilari tomonidan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar saqlanishini va ularning to‘g‘ri qo‘llanilishini, kiyim-bosh, aloqa vositalari, texnik asbob-uskunalar, maxsus anjomlar va boshqalar saqlanishi, ta’minlanishini nazorat qiladi.
5-bob. Hududiy boshqarmalarning faoliyatini moliyalashtirish
16. Hududiy boshqarmalar O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
17. Hududiy boshqarmalar hamda ularga qarashli o‘rmon xo‘jaligi va tashkilotlar xodimlarini mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
18. Hududiy boshqarmalar va uning tizimidagi xodimlar xizmat burchini bajarish vaqtida shikastlangan, jarohat olgan yoki mayib bo‘lgan taqdirda — xodimga, shuningdek o‘rmonlarda yong‘inni o‘chirishda va xizmatni boshqa turlarini amalga oshirishda qatnashish jarayonida halok bo‘lgan hollarda — uning oila a’zolariga qonun hujjatlariga muvofiq yillik o‘rtacha ish haqining kamida olti baravari miqdorida bir yo‘la beriladigan moddiy yordam ko‘rsatiladi.
19. Hududiy boshqarmalar xodimlari O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan namunadagi kiyim-bosh bilan ta’minlanadilar.
20. O‘rmon inspeksiyasi xodimlari, xo‘jalik yegerlari, milliy tabiat bogi inspektorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatni o‘tash davrida xizmat quroli, uning o‘q-dorilari va maxsus vositalar bilan ta’minlanadilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 455-sonli “Fuqaroviy qurol va xizmat quroli sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
6-bob. Yakunlovchi qoida
21. Hududiy boshqarmalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi to‘g‘risida
nizom
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
2. Boshqarma Qo‘mita milliy tabiat bog‘lari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda ovchilik xo‘jaliklarini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida boshqaruvni amalga oshiradi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
3. Boshqarma Qo‘mitaga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Boshqarma o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Boshqarma yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
7. Boshqarmaning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi, 2-a uy, 100041.
2-bob. Boshqarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
milliy tabiat bog‘lari hamda ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan davlat, xalqaro va mintaqaviy dasturlarning ishlab chiqilishida ishtirok etish hamda takliflar kiritish;
davlat o‘rmon fondida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish choralarini ko‘rish;
sohaga oid ilmiy faoliyatni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;
tizimdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda joriy etilgan rejimga rioya etilishini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan Qo‘mitaga takliflar kiritish;
davlat o‘rmon fondi yerlarida ov maskanlarini tashkil etish, ov qilish muddatlari, yovvoyi hayvonlarni tutish va muhofaza etiladigan hududlardan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi hamda o‘rmon fondi yerlarida ekologik turizmni rivojlantirish yuzasidan Qo‘mitaga taklif kiritish;
davlat o‘rmon fondi yerlarida hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi va hisobini yuritish hamda hayvonot dunyosi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash;
milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda faol ishtirok etish;
(8-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
davlat o‘rmon fondi yerlarida belgilangan tartibda ajratilgan kvotalar asosida yovvoyi hayvonlarni ovlash, ov mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda, ovchilik xo‘jaliklarida o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilish yuzasidan nazoratni amalga oshirish
9. Boshqarma o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) milliy tabiat bog‘lari hamda ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon barpo etish, ularni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, yong‘inga qarshi va boshqa turdagi tadbirlarning milliy tabiat bog‘lari hamda ovchilik xo‘jaliklarida amalga oshirilishini tashkil etish;
yovvoyi hayvonlarni yarim tutqun sharoitlarda ushlash va ko‘paytirish (volyer, pitomnik, serpentariy va boshqalar) hamda biotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
Qo‘mita bilan kelishgan holda mahalliy va xalqaro doiradagi hamkorlikni amalga oshirish, marketing xizmatlarini ko‘rsatish, olib borilgan ishlar to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha Qo‘mitaga hisobot taqdim etish;
b) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanishga qaratilgan davlat, xalqaro va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqilishida ishtirok etish hamda takliflar kiritish sohasida:
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning boshqarilishi, tashkiliy funksiyalari masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiya va seminarlar tashkil etish va o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa ilmiy tashkilotlar bilan birga o‘simlik va hayvonot dunyosini, noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va yovvoyi hayvonlar hisobini yuritish, ovlash miqdorini aniqlash, shuningdek texnik, dorivor va ozuqabop o‘simliklar xom ashyosini tayyorlash hajmlari aniqlanishini tashkil etish;
v) davlat o‘rmon fondida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish choralarini ko‘rish sohasida:
davlat o‘rmon fondida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish yuzasidan har tomonlama asoslangan takliflarni ishlab chiqish va Qo‘mitaga taqdim etish;
rivojlangan davlatlar tajribasini qo‘llagan holda ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va Qo‘mitaga kiritish;
g) sohaga oid ilmiy faoliyatni zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish sohasida:
tabiiy jarayonlar ilmiy-tadqiqotlarini va monitoringini tashkil etish va olib borish;
vakolatli organlar bilan kelishgan holda tizimiga kiruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish va tugallangan ilmiy natijalarni qo‘llash uchun tajriba-xo‘jalik hududlarini belgilash;
(9-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)
d) tizimdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda joriy etilgan rejimga rioya etilishini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan Qo‘mitaga takliflar kiritish sohasida:
o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish;
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boshqarilishi va hayvonot dunyosi muhofazasi, hayvonot dunyosi obyektlarini qayta tiklash va undan foydalanish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
e) davlat o‘rmon fondi yerlarida hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi va hisobini yuritish hamda hayvonot dunyosi va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kadastri bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash sohasida:
davlat o‘rmon fondi yerlarida hayvonot dunyosi obyektlari monitoringi va hisobi yuritilishini tashkil etish;
hayvonot dunyosi va muhofaza etiladigan hududlar davlat kadastri bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash, umumlashtirish va Qo‘mitaga hamda tegishli organlarga taqdim etish;
j) milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda faol ishtirok etish sohasida:
milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari uchun mutaxassislarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazish tartibi ishlab chiqilishida ishtirok etish;
tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning xorijiy davlatlarda malakasini oshirish bo‘yicha Qo‘mitaga taklif kiritish;
(9-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
z) davlat o‘rmon fondi yerlarida ov maskanlarini tashkil etish, ov qilish muddatlari, yovvoyi hayvonlarni tutish va muhofaza etiladigan hududlardan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi hamda davlat o‘rmon fondi yerlarida ekologik turizmni rivojlantirish yuzasidan Qo‘mitaga taklif kiritish sohasida:
davlat o‘rmon fondi yerlarida ovchilik xo‘jaligini yuritishni tashkil etish, ov resurslarini muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
muhofaza etiladigan hududlardan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi hamda foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini ishlab chiqish;
davlat o‘rmon fondi yerlarida ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida turistik marshrutlarni ishlab chiqish, servis xizmatlarini takomillashtirish, turistlarni jalb etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
xalqaro turizm, shu jumladan maxsus turizm turlari (ov, baliq ushlash, toqqa chiqish, ekologik turizm va boshqalar)ni tashkil etish va amalga oshirish;
i) davlat o‘rmon fondi yerlarida belgilangan tartibda ajratilgan kvotalar asosida yovvoyi hayvonlarni ovlash, ov mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish sohasida:
davlat o‘rmon fondi yerlarida mahalliy, chet el jismoniy va yuridik shaxslari uchun ov qilishini tashkil etish, mazkur sohaga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish, amalga oshirish va uning nazoratini olib borish;
k) tizimdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarida, ovchilik xo‘jaliklarida o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish sohasida:
Respublika Ovchilar va baliqchilar jamiyatiga qarashli viloyatlar bo‘linmalariga o‘rmon fondi yerlaridagi shartnoma asosida biriktirilgan ov maskanlarida shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish.
3-bob. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
10. Boshqarma o‘ziga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Boshqarmaga qarashli muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va ovchilik xo‘jaliklarini boshqarish;
Boshqarma tizimiga kiruvchi tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida Qo‘mitaga belgilangan tartibda takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘simlik va hayvonot dunyosi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlik qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ichki ishlar organlari bilan kelishgan holda xizmat quroli va uning o‘q-dorilarini sotib olish va ulardan xizmat maqsadlarida foydalanish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son — 2021-yil 29-martdan kuchga kiradi)
o‘rmon fondidagi ov-o‘lja hayvonlari turlarining davlat kadastrini yuritish;
hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarga ov xo‘jaligini yuritish va hayvonot dunyosidan foydalanish masalalarida o‘z vakolati doirasida ko‘rsatmalar berish;
davlat o‘rmon fondi yerlarida korxona va tashkilotlar bilan ov maskanlari, ovchilik-baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish hamda yuritilishi bo‘yicha shartnomalar tuzish;
o‘rmon fondi yerlarida hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarga ov xo‘jaligini yuritish va hayvonot dunyosidan foydalanish borasida o‘z vakolati doirasida uslubiy yordam ko‘rsatish va nazoratni amalga oshirish;
davlat o‘rmon fondi yerlarida chorvachilik va ov xo‘jaliklari uchun xavfli yovvoyi yirtqich hayvonlarni bartaraf qilish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish;
Boshqarmaga qarashli ovchilik va o‘rmon ov xo‘jaliklari to‘g‘risidagi nizomlarni, xarajatlar smetasini va shtat jadvalini tasdiqlash, ularning buxgalteriya hisobotlari va balanslarini qabul qilish hamda Qo‘mitaga va tegishli organlarga taqdim etish;
jismoniy shaxslarga tabiatni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladigan yovvoyi hayvonlarni tutish ruxsatnomasi doirasida hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanishga ruxsatnoma (yo‘llanma, hayvonlarni tutish varaqasi) berish;
milliy tabiat bog‘lari hududlariga kirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
(10-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
sohaga xalqaro va boshqa moliya institutlari, donor tashkilotlarning grant mablag‘larini hamda investitsiyalarni jalb etish;
xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha Qo‘mitaga taklif kiritish;
belgilangan namunadagi va belgilangan tartibda tasdiqlangan farqlovchi belgili kiyim-bosh kiyib yurish;
Boshqarmaga qarashli xo‘jalik va tashkilotlarda o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni jismoniy va yuridik shaxslardan belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘rish;
hayvonlarning noyob va qimmatli turlarini boqish va ko‘paytirish bo‘yicha serpentariy va pitomniklar tashkil etish;
sohaga oid savdo-vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanish;
o‘rmon va yordamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish;
yovvoyi hayvonlar xom ashyolarini, ovchilik va baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlash sexlarini tashkil etish.
Boshqarma qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
11. Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Boshqarma faoliyatini tashkil etish
12. Boshqarmaga Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq (keyingi o‘rinlarda boshliq deb ataladi) rahbarlik qiladi.
Boshliq o‘rinbosari va bosh hisobchi Boshliq tavsiyasiga asosan Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
13. Boshliq:
Boshqarma apparati, shuningdek Boshqarma tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Boshqarma apparati tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi hamda ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
Qo‘mita bilan kelishgan holda Boshqarma apparatining shtat jadvalini, tarkibiy bo‘linmalar nizomlarini tasdiqlaydi hamda oylik, choraklik va yillik hisobotlarning belgilangan tartibda Qo‘mitaga taqdim etilishini ta’minlaydi;
Boshqarma nomidan o‘z vakolati doirasida shartnoma va bitimlar tuzadi;
milliy tabiat bog‘lari, ovchilik xo‘jaligi direktorlarining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, o‘rinbosarlar — bosh nozirlar, bosh o‘rmonbegilar, bosh buxgalterlarni xo‘jalik rahbarlarining tavsiyasiga binoan Qo‘mita bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
5-bob. Boshqarmani moliyalashtirish
14. Boshqarma quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari;
musodara etilgan ovchilik qurollari va baliq ovlash vositalari, qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘lja mahsulotlarini sotishdan tushgan mablag‘lar;
Boshqarmaga qarashli xo‘jalik va tashkilotlarning ajratmalari;
ov va baliqchilik xo‘jaliklarining mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotishdan tushgan mablag‘lar;
savdo-vositachilik faoliyatidan tushgan mablag‘lar;
o‘rmon va yordamchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishdan tushgan mablag‘lar;
xalqaro turizm, shu jumladan maxsus turizm turlari (ov, baliq ushlash, toqqa chiqish, ekologik turizm va boshqalar)ni tashkil etishdan tushgan mablag‘lar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
budjetdan tashqari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
6-bob. Yakunlovchi qoida
15. Boshqarmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 4-ILOVA
Direktorning umumiy ishlar va tajriba stansiyalari bo‘yicha o‘rinbosari
Malaka oshirish markazi
3
Ilmiy kotib
1
Ihota o‘rmonlari va o‘rmon melioratsiyasi laboratoriyasi
5 (3)
Buxgalteriya hisobi va rejalashtirish bo‘limi
2
Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi
Seleksiya, urug‘chilik va ko‘chatchilik laboratoriyasi
4 (2)
O‘rmon va o‘rmon meliorativ tadbirlarini mexanizatsiyalash laboratoriyasi
2
Qoraqum ilmiy-tajriba stansiyasi
Bosh yuriskonsult
1
Dorivor o‘simliklar dehqonchiligi laboratoriyasi
3 (1)
Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi
Kadrlar bo‘yicha mutaxassis
1
O‘rmonlarni himoya qilish laboratoriyasi
3 (1)
Qo‘qon ilmiy-tajriba stansiyasi
Sertifikatlash va marketing bo‘limi
2
O‘rmon tuproqshunosligi va agrokimyo laboratoriyasi
2
“In vitro” laboratoriyasi
6 (4)
Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasi
Axborot-tahlil bo‘limi
2
Markaziy urug‘chilik tahlili laboratoriyasi
4 (2)
Andijon filiali
Qoraqalpog‘iston ilmiy-tajriba stansiyasi
O‘rmon iqtisodiyoti bo‘limi
2
Hududiy urug‘chilik laboratoriyalari
8 (4)
Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi
Ilmiy kutubxona
1 (1)
O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish innovatsiya markazi
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 37 nafar.
(1) — Yordamchi xodimlar.
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni belgilangan me’yorlarga muvofiq aniqlanadi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/707/0872-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb ataladi) O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Institut Qo‘mitaga bo‘ysunadi va hisobot beradi.
3. Institut respublikada manzarali bog‘dorchilikni rivojlantirishning yagona strategiyasini amalga oshirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishning ilmiy asoslangan texnologiyalarini joriy etish, dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish, qurg‘oqchilikka, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘simliklar turlarini tanlash, manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilishni amalga oshiruvchi respublika ilmiy tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
4. Institut o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, ilmiy tekshirish institutlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, xorijiy va xalqaro hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. Institut yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga, bank, shu jumladan chet el valyutasidagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
7. Institutning joylashgan yeri (pochta manzili): Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Darxon qo‘rg‘oni, 111104.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
2-bob. Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ichki va tashqi bozorlar ehtiyojini tizimli o‘rganish asosida respublikada manzarali bog‘dorchilikni rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlari yetishtirish, dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish, tog‘ yonbag‘irlarida, cho‘l va lalmi yerlarda yetishtiriladigan, qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘lgan o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish;
o‘rmon fondi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, o‘rmonlarni kengaytirish va qayta tiklash, cho‘llanishining oldini olish, ihota o‘rmonlari barpo etish bo‘yicha samarali innovatsion usullarni ishlab chiqish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlari yetishtirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurg‘oqchilikka, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘simliklar turlarini tanlash, manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishning ilmiy asoslangan texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
import o‘rnini bosadigan dorivor o‘simliklar urug‘lari, shuningdek manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari yetishtirishni tashkil etish;
manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasida ilmiy xodimlarni tayyorlash, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.
9. Institut o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) ichki va tashqi bozorlar ehtiyojini tizimli o‘rganish asosida respublikada manzarali bog‘dorchilikni rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
o‘rmon xo‘jaligi tadbirlarini mexanizatsiyalash va o‘rmon xo‘jaliklari iqtisodiy yo‘nalishlarida mavjud muammolarni o‘rganib, ularni bartaraf etish yuzasidan Qo‘mitaga takliflar kiritish;
manzarali bog‘dorchilikni rivojlantirish uchun daraxt, buta, chala buta va o‘t o‘simliklarning assortimentlarini ichki va tashqi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tizimli o‘rganish;
b) manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlari yetishtirish, dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish, tog‘ yonbag‘irlarida, cho‘l va lalmi yerlarda yetishtiriladigan, qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘lgan o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish sohasida:
o‘rmon fondi yerlarining ekologik holatini yaxshilash maqsadida serhosil, qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga chidamli, daraxt va buta navlarini seleksiya yo‘li bilan yaratish;
o‘rmon o‘simliklari seleksiyasi va urug‘chiligi, dorivor o‘simliklar plantatsiyasini barpo etish, o‘rmonzorlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish borasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ularni natijasi bo‘yicha Qo‘mitaga taklif kiritish;
v) o‘rmon fondi yerlarining ekologik holatini yaxshilash, o‘rmonlarni kengaytirish va qayta tiklash, cho‘llanishining oldini olish, ihota o‘rmonlari barpo etish bo‘yicha samarali innovatsion usullarni ishlab chiqish sohasida:
tog‘ melioratsiyasi, cho‘llarning o‘rmon meliorativ o‘zlashtirilishi, ihota o‘rmonzorlarini, o‘rmon ko‘chatxonalarini tashkil etish;
ihota o‘rmonzorlari barpo etishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va ularni takomillashtirish;
Orol dengizining qurigan tubida va atrofidagi hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, atmosferaga ko‘tarilayotgan chang, tuz va qumlarni to‘xtatish maqsadida madaniy o‘rmonzorlar va ihota daraxtzorlar barpo etish bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berish;
g) manzarali o‘simliklar ko‘chatlari yetishtirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida:
manzarali o‘simlik ko‘chatlarini yetishtirishning ilmiy asoslangan agrotexnologiyasini ishlab chiqish borasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
d) mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurg‘oqchilikka, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘simliklar turlarini tanlash, manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish sohasida:
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurg‘oqchilikka, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘simliklarning yangi navlarini yaratish;
manzarali daraxt va buta o‘simliklarini rayonlashtirish, ularni o‘stirish va rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli texnologiyalarni ishlab chiqish;
e) eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishning ilmiy asoslangan texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida:
ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, eroziya (shamol, tuproq va suv)ga qarshi daraxtzorlar barpo etishning ilmiy asoslangan samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha texnologiyalarni tavsiya etish;
j) import o‘rnini bosadigan dorivor o‘simliklar urug‘lari, shuningdek manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlari yetishtirishni tashkil etish sohasida:
import qilinayotgan dorivor o‘simliklar urug‘lari hamda manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ularni yetishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish;
z) manzarali o‘simliklar ko‘chatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etishni tashkil qilish sohasida:
ilmiy loyihalar doirasida har bir daraxt, buta, chala buta va o‘t o‘simliklarining iqlim sharoitiga mos holda o‘sish va rivojlanishi bo‘yicha standart ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish hamda shu asosda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida foydalanish uchun har bir o‘simlik turiga alohida litsenziya yoki sertifikat olish uchun tavsiya berish;
i) o‘rmon xo‘jaligi sohasida ilmiy xodimlarni tayyorlash, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishni tashkil etish sohasida:
o‘rmon xo‘jaligi sohasida ilmiy xodimlarni tayyorlash, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
zamonaviy talablar va rivojlangan davlat tajribasini inobatga olgan holda o‘rmon xo‘jaligi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini amalga oshirish;
mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlik ishlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shartnomalar tuzish, xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida xodimlarning malakasini oshirishni tashkil etish.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
3-bob. Institutning huquqlari va javobgarligi
10. Institut o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
ilmiy-tadqiqot ishlarining rejalarini, ish dasturlari va bajarish usullarini hamda ilmiy hisobotlarni muhokama qilish maqsadida ilmiy kengash tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish yuzasidan tavsiyanomalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun Qo‘mitaga taqdim etish;
o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlarga o‘rmon xo‘jaligi tadbirlarini amalga oshirish va faoliyatni ilmiy asosda yuritish borasida ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish sohasida boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliyotga joriy etishga tavsiya qilinayotgan ishlanmalarni o‘rganish va xulosa berish;
ilmiy ishlar to‘plamlari, monografiyalar, darsliklar, tavsiyanomalar va broshyuralarni, ommaviy axborot vositalarida ilmiy-ommabop maqolalarni chop ettirish;
o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlarda ilm-fan yutuqlarini joriy etilishida mualliflik nazoratini olib borish;
jismoniy va yuridik shaxslarga o‘rmon, manzarali va dorivor o‘simliklarning ko‘chatlari hamda urug‘larini shartnoma asosida yetkazib berish;
institutning faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish hisobidan tushgan pul mablag‘laridan belgilangan tartibda foydalanish;
yer maydonlaridan samarali foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, sug‘orish tizimlarini takomillashtirish va suv zaxiralaridan tejamli foydalanish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
qonun hujjatlariga muvofiq davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlar, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
tarkibiy bo‘linmalar, unga qarashli tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni, ularning daromadlar va xarajatlar smetasini, shtat jadvallarini tasdiqlash;
joylarda o‘rmon xo‘jaligi sohasining ilm-fan, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini rivojlantirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq o‘zining boshqa ilmiy bo‘limlarini yoki filiallarini tashkil etish;
shartnoma asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, ilmiy-uslubiy xizmatlar ko‘rsatish;
Institut xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirish;
Institut tizimi faoliyatiga oid noshirlik faoliyatini amalga oshirish.
Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
11. Institut, zarur hollarda, boshqa institutlar, boshqa idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa turdagi hujjatlarni chiqarishga haqli.
12. Institut va uning mansabdor shaxslari o‘zlariga yuklangan asosiy vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradilar.
4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
13. Institutga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Qo‘mita raisining o‘rinbosari — O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori (keyingi o‘rinlarda Institut direktori deb ataladi) rahbarlik qiladi.
14. Institut direktorining o‘rinbosarlari Institut direktori tavsiyasiga asosan Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
15. Institut bosh hisobchisi Qo‘mita bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.
16. Institut direktori:
Institut faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Institut nomidan vakillik qiladi;
belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida Institut apparati va unga qarashli tashkilotlarining shtat jadvalini, shuningdek Institutning va uning tizim tashkilotlarining daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Institutga ajratilgan moliyaviy va moddiy mablag‘larni belgilangan tartibda tasarruf etadi;
Institut nomidan faoliyat yuritadi va boshqa tashkilotlarda institut manfaatlarini himoya qiladi;
Institutga qarashli xo‘jalik va tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni va lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlaydi;
Institut xodimlarini, Institutga qarashli xo‘jalik va tashkilotlar rahbarlarini (Andijon filiali va Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi direktorlari bundan mustasno) lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
(16-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 568-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/568/1564-son)
Institut vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, Institut direktori o‘rinbosari va Institutga qarashli xo‘jalik va tashkilotlarning mansabdor shaxslarining vakolatlari, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;
Institut apparati va Institutga qarashli xo‘jalik va tashkilotlarning tuzilmasiga xodimlarning cheklangan umumiy shtatlar soniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritadi;
Institut apparati va Institutga qarashli xo‘jalik va tashkilotlar xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
Institut tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni faxriy unvonlar berishga va O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etadi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
17. Institutda institut direktori tavsiyasi asosida tarkibi va nizomi Qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadigan Ilmiy kengash tuziladi.
Ilmiy kengash tarkibiga institutning sohada yetuk va yuqori malakaga ega bo‘lim va laboratoriyalar boshliqlari, yetakchi ilmiy xodimlar, kasaba uyushmasining vakillari, shuningdek yuqori tashkilot, ilmiy muassasalar vakillari kiritiladi.
18. Institut direktori bir vaqtning o‘zida Ilmiy kengash raisi, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Ilmiy kengash raisining o‘rinbosari, institut ilmiy kotibi esa Ilmiy kengash kotibi hisoblanadi.
19. Ilmiy kengash:
institut ilmiy faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qiladi;
institutning ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish uchun tavsiyalar berish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi;
ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarining reja loyihalarini, ilmiy-tadqiqotlarning dastur va uslubiyotlarini, ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish loyihalarini, majlislar va konferensiyalarning dasturlarini ko‘rib chiqadi;
tarkibiy bo‘linmalar va ilmiy xodimlarning hisobotlarini, institutning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatining natijalari bo‘yicha hisobotlarini eshitadi va muhokama qiladi;
institut tarkibiga kiritiladigan o‘zgartirishlar, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi;
muhim ilmiy muammolar, ilmiy ma’ruzalar, dissertatsiyalarni muhokama qiladi va ishlab chiqarishga joriy qilish uchun institut tarkibiy bo‘linmalari tomonidan berilgan tavsiya va takliflarni ko‘rib chiqadi;
boshqa ilmiy muassasalar bilan ijodiy hamkorlik olib borish va muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qiladi;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilarni tayyorlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, dissertatsiya ishlarining mavzulari va dasturlarini, o‘quv rejalarini ko‘rib chiqadi;
institut ilmiy xodimlari va boshqa ilmiy tashkilotlarning xodimlariga ilmiy unvon berish masalasini muhokama qiladi va belgilangan tartibda Qo‘mita va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish bo‘yicha tavsiya beradi.
Ilmiy kengash yig‘ilishda kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi. Qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ilmiy daraja berish masalalari bilan shug‘ullanish uchun institut huzurida qonun hujjatlariga muvofiq ixtisoslashgan Ilmiy kengash tashkil etiladi.
20. Institut o‘ziga qarashli barcha ilmiy-tajriba xo‘jaliklarining tashkiliy xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib, muvofiqlashtirib boradi.
5-bob. Institutni moliyalashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish
21. Institutning xo‘jalik hisobidan olgan daromadlari, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasidan ajratmalar hisobiga tushadigan mablag‘lar institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish, ilmiy xodimlarni tayyorlash, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga sarflanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
22. Institut O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, grantlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
23. Institutni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamg‘arma yuridik shaxs hisoblanmaydi va quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi;
o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, takroran ko‘paytirish;
o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarini saqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni moliyalashtirish.
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
a) o‘rmon fondi yerlarida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilmagan o‘simliklar turlarini tabiiy muhitda tayyorlash (to‘plash) uchun olib qo‘yish, yig‘ishga ruxsatnoma olish uchun arizalar ko‘rib chiqilganligi va ruxsatnomalar berilganligi hamda o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish uchun beriladigan kvotalar uchun undiriladigan tushumning 100 foizi;
b) o‘rmon fondi yerlaridagi o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablag‘larning 100 foizi;
v) o‘rmon fondining ruxsat etilgan hududlarida chorva mollarini o‘tlatish, o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish, o‘rmon fondi uchastkalarida asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, o‘rmon fondi uchastkalarida daraxt va butalarni kesmagan holda o‘tin va shox-shabbalarni yig‘ish, davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanganlik uchun to‘lovlarning (o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarni amalga oshirishda daraxtlar va butalar kesilganligi, shuningdek, o‘simlik qoplamasi shikastlanganligi uchun) 50 foizi;
g) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiradigan o‘rmon xo‘jaliklari, o‘rmon-ovchilik, ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘larini rivojlantirish jamg‘armalariga tushgan mablag‘larning 10 foizi miqdoridagi ajratmalar (ushbu bandning “a”, “b”, “v” kichik bandlarida belgilangan to‘lovlar chegirib tashlangan holda);
d) o‘rmon fondi yerlarida sog‘lomlashtirish, parvarish qilish uchun kesish natijasida olingan yog‘och va shox-shabbalarni sotishdan tushgan mablag‘larning 50 foizi;
e) o‘rmon fondi yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijara shartnomasi asosida foydalanishga berishdan tushgan mablag‘larning 100 foizi;
j) o‘rmon fondi yerlari davlat va jamoat manfaatlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan undiriladigan o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishning nobudgarchiligi summasining 100 foizi;
i) o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash uchun tushadigan mablag‘laring 100 foizi;
z) yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mablag‘lari;
k) Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida joylashtirishdan olingan daromadlar, belgilangan tartibda tashkil etilgan tashkilotlarning ustav fondidagi ulushlar (aksiyalar) bo‘yicha dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
4. Jamg‘armaga tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamida jamlanadi.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
5. Jamg‘armaning mablag‘laridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
a) o‘rmon xo‘jaligini, o‘rmon-ovchilik xo‘jaligini, o‘rmon fondi yerlaridagi va boshqa muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
b) o‘simlik yoki hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni bartaraf etish va uning oldini olish, yovvoyi o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari hisobini olish borish, ularning davlat kadastrini yuritish uchun ma’lumotlar to‘plash hamda foydalanish miqdorini aniqlash tadbirlarini amalga oshirish;
v) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati va uning tizimidagi davlat o‘rmon xo‘jaliklari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan:
o‘rmonlarni muhofaza qilish uchun texnika va texnologiyalar, ekologik monitoring tizimlari, asbob-uskunalar va kompyuter dasturlarini sotib olish;
tizimdagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, ular uchun ehtiyot qismlar va yonilg‘i-moylash materiallari, aloqa vositalarini sotib olish;
(5-band “v” kichik bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari xodimlarini belgilangan namunadagi kiyim-bosh, raqamli jeton, durbin va transport bilan ta’minlash;
ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi blankalari, bayonnomalarni ro‘yxatga olish kitobi va xizmatga oid zarur inventarlar bilan ta’minlash;
g) tabiiy pitomniklar, shu jumladan, o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda ularning rejimiga muvofiq pitomniklar va serpentariylar barpo etish;
(5-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
d) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlariga oylik ustama (mukofot, moddiy yordam, transport, ovqat puli, mehnat staji uchun to‘lov) belgilash orqali moddiy rag‘batlantirish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari xodimlarini saqlash va moddiy rag‘batlantirish xarajatlarini qoplashga yo‘naltirish;
(5-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
j) ruxsatnomalar blankalarini tayyorlash;
z) o‘rmon xo‘jaligi uchun obyektlarni qurish, texnikaviy qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
i) o‘rmon barpo etish, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyiha-qidiruv ishlarini moliyalashtirish;
(5-bandning “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
k) o‘rmon fondi yerlarida o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun preparatlar sotib olish va qo‘shimcha tadbirlarni amalga oshirish;
l) o‘rmon mahsulotlarini qayta ishlash uchun mini-sexlarni tashkil etish, asalarichilik, parrandachilik, chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek qo‘shma korxonalar ochishda ta’sischi bo‘lib kirish;
m) O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati, tizimdagi respublika tashkilotlari, o‘rmon, ovchilik xo‘jaligi, o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan hududlarning alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini xodim oylik ish haqining ikki barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda moddiy rag‘batlantirish;
(5-bandning “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
n) o‘rmon fondi yerlarida (milliy tabiat bog‘lari, ovchilik, o‘rmon va ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar inspektorlari va yegerlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklardan tashqari) hayvonot va o‘simlik dunyosi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan shaxslarga ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash joyi, telefon raqami ko‘rsatilgan, pasportining nusxasi, bank hisobvarag‘i ilova qilingan murojaati asosida quyidagi miqdorlarda mukofotlar to‘lash;
(5-bandning “n” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
o) tarmoqqa oid ilmiy ishlar, innovatsiya loyihalari va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish, ixtirolar, ilmiy ishlar yaratishni rag‘batlantirish, tarmoq masalalariga oid metodik ko‘rsatmalar va maqolalarni nashr etishga, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazish;
p) o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon-ovchilik xo‘jaligi, o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy ta’lim muassasalarida stajirovkalarini tashkil qilish;
r) o‘rmon xo‘jaligi, o‘rmon-ovchilik xo‘jaligini, o‘rmon fondi hududidagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmalar, loyihalar va dasturlarda qatnashish;
s) xorijiy va xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi davrida qabul qilish va kuzatish hamda konferensiyalar tashkil etish va o‘tkazish.
(5-bandning “s” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-apreldagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2018-y., 09/18/282/1055-son)
t) milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklarini, shuningdek, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazini boshqarishning budjetdan tashqari qismini moliyalashtirish va saqlab turish;
(5-bandning “t” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
u) yil yakuni bo‘yicha hamda umumxalq bayram kunlari uchun mukofotlar berish, shuningdek, bayram tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;
(5-bandning “u” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
f) o‘rmonlarni ko‘paytirish, qo‘riqlash, muhofaza qilish, foydalanish va o‘rmonlarga bo‘lgan mehr-oqibatni uyg‘otishga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan reklama roliklari, multfilm, kino, hujjatli film, teatr-konsert dasturlarini ishlab chiqish, namoyish etish va tarqatish xarajatlarini qoplash;
x) o‘rmonni targ‘ib qiluvchi har hil bukletlar, pochta markalari, ko‘krak belgilari va boshqa esdalik sovg‘alari ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish;
s) tizim xodimlarining xalqaro konferensiya va seminarlar, kadrlar tayyorlash amaliyoti mashg‘ulotlarida qatnashishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qaroriga asosan “u — s” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
ch) Jamg‘arma umumiy tushumlarining 5 foizi miqdorida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti va uning tizimidagi ilmiy tashkilotlarga yo‘naltirish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qaroriga asosan “ch” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
6. Jamg‘arma mablag‘laridan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga binoan foydalanilishi mumkin.
7. Buyurtmanomalarni ko‘rib chiqish, kelib tushishi kutilayotgan moliyaviy mablag‘lar hisobi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun 7 nafar a’zodan iborat Jamg‘arma kengashi tuziladi. Jamg‘arma kengashining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi hamda qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Jamg‘arma buyurtmanomalarini qabul qilish, umumlashtirish, Jamg‘arma kengashiga taqdim etish, kengashning qaroriga asosan daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini tuzish — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Iqtisodiy tahlil, prognozlashtirish, moliyalashtirish va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish boshqarmasi tomonidan, Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borish — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
9. Jamg‘arma kengashi:
ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishi yuzasidan buyurtmanomalarni ko‘rib chiqadi;
qabul qilingan buyurtmanomalar orasidan eng dolzarblari va asoslanganlarini tanlab oladi, umumlashtiradi va mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ajratilgan mablag‘lardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda moliyalashtirishni to‘xtatadi va ajratilgan mablag‘larni undirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining buxgalteriya hisobi bo‘limiga topshiriq beradi;
mablag‘larni oluvchilardan mablag‘lardan foydalanilishi va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitadi;
o‘z faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
10. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish har yili O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
11. Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi yilda moliyaviy mablag‘lar kelib tushishining kutilayotgan prognozi va tadbirlarni o‘tkazish zarurligidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan shaxsning murojaati Jamg‘arma kengashi tomonidan o‘rganib chiqiladi va pul mukofoti ajratish to‘g‘risida tavsiya beriladi.
12. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari, o‘rmon xo‘jaligi, ovchilik xo‘jaligi, o‘rmon fondi yerlaridagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar mablag‘ ajratishni daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritish uchun buyurtmanoma taqdim etadilar.
Buyurtmanomada tadbirlar, ularni amalga oshirish zaruriyatining asoslari, zarur mablag‘lar miqdori, shuningdek ularni bajarish uchun boshqa mablag‘larning yo‘qligi ko‘rsatiladi.
Buyurtmanomalar kelgusi moliya yili uchun joriy yilning 1-iyunigacha O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga taqdim etiladi.
Buyurtmanoma yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Buyurtmanomada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
tashkilotning to‘liq nomi va aniq manzili hamda bank rekvizitlari;
tadbir (loyiha) nomi;
loyihani amalga oshirish zaruratining asoslari, mavjud muammolar va ularni (to‘liq yoki qisman va belgilangan muddatlarda) hal qilish imkoniyati, talab etiladigan mablag‘ miqdori, mablag‘dan foydalanish maqsadi, loyihani amalga oshirishga mablag‘ning yo‘qligi, shuningdek kutilayotgan natijalari ko‘rsatilgan tushuntirish xati;
so‘ralayotgan mablag‘larning hisob-kitobi (loyihani amalga oshirish uchun sarf etiladigan mablag‘ kalkulyatsiyasi yoki loyihani amalga oshirish smetasi).
Zarurat bo‘lganda buyurtmanomaga uni asoslovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi.
Jumladan:
loyihaning qisqacha mazmuni, maqsadi, uning iqtisodiy, ekologik ahamiyati, kutilayotgan natija, amalga oshiriladigan manzil (3-4-bet);
loyiha ish turi (ilmiy, tavsiyaviy, amaliy-ishlab chiqarish);
loyihani amalga oshirish muddati (yil, oy, kun);
loyihani amalga oshirish kalendar ish rejasi;
loyihani amalga oshirish texnik vazifalari;
loyihani amalga oshiruvchi tashkilot nomi, yuridik maqomi va boshqa rekvizitlari (joylashgan joyi, pochta manzili va boshqalar);
loyiha guruh tomonidan amalga oshirilsa — guruh rahbari F.I.O. va u haqda ma’lumotlar (tug‘ilgan yili, lavozimi, ilmiy darajasi, yashash manzili va boshqalar), ijrochi guruh a’zolari ro‘yxati;
loyihaning amalga oshirilishida boshqa tashkilotlar qatnashsa, uning nomi, manzili, mazkur loyiha uchun o‘zaro aloqalar haqida qisqacha ma’lumot, ularning yo‘llanma yoki xulosalari;
davlat o‘rmon fondi hududida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma yoki bayonnoma nusxasi, o‘simlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararni qoplash summasi bo‘yicha to‘lovni undirilganligini tasdiqlovchi to‘lov xabarnomasi (kvitansiya) nusxasi yoki bosh buxgalter ma’lumoti.
13. Taqdim etilgan buyurtma har yili 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda Jamg‘arma kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi va mablag‘lardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlari belgilanadi hamda uning asosida mablag‘lar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
14. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Jamg‘arma mablag‘larining tasdiqlangan smetaga muvofiq tasarruf etuvchisi hisoblanadi.
15. Jamg‘armaning mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamida saqlanadi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik
16. Jamg‘arma mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
17. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi, bosh buxgalteri — buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi, Jamg‘armaga mablag‘lar tushishi va ulardan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish yuzasidan javob beradi.
Jamg‘armani shakllantirish uchun zurur bo‘lgan mablag‘larni o‘tgan oy uchun keyingi oyning 1-sanasidan kechikmasdan jamg‘armaga o‘tkazilishi va bu to‘g‘rida 5-sanasigacha Qo‘mitaga hisobotlar taqdim qilinishi uchun tizim boshqarmalari va xo‘jaliklari rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
18. O‘rmon xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar Jamg‘arma mablag‘larining boshqa oluvchilari olingan mablag‘lardan foydalanganlik va bajarilgan ishlar to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga hisobot taqdim etadilar.
19. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining bosh buxgalteri — Jamg‘arma mablag‘larini oluvchilardan mablag‘lardan foydalanilishi va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni kengash eshituvidan so‘ng qabul qiladi va umumlashtiradi.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari to‘g‘risida har chorakda, hisobot davri tugagandan so‘ng 25 kundan kechiktirmay, yillik hisobotlarni esa — hisobot yilidan keyingi yilning 20-fevralidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 7-ILOVA
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar boshqarmalari va davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
2. Quyidagilar:
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida bajarilgan ishlar uchun kunlik tarif stavkalari bo‘yicha mehnatga haq to‘lash 1-ilovaga;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimining barcha tarmoqlarida yagona bo‘lgan ishlab chiqarish tashkilotlari xizmatlari uchun mehnatga haq to‘lashning belgilangan lavozim maoshlari 2-ilovaga;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi respublika tashkilotlari (Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti), Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash 3-ilovaga;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
Davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat ovchilik xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘lari xodimlari mehnatiga haq to‘lash 4-ilovaga;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida vaqtbay shaklda ishlovchi ayrim kasbdagi ishchilar mehnatiga haq to‘lash 5-ilovaga;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda haydovchilar mehnatiga haq to‘lash me’yorlari 6-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni moddiy rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirish
3. O‘rmonlardan samarali foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi xodimlarning ish faoliyati samaradorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, viloyatlar boshqarmalari va davlat o‘rmon xo‘jaliklari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tadbirlari amalga oshiriladi.
4. O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni moddiy rag‘batlantirish maqsadida xodimlarning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda:
xodimning sohadagi umumiy ish stajining davomiyligi uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga ustama;
o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari ijrosini nazorat qilish va o‘rmon muhofazasini ta’minlash yuzasidan o‘rmon inspektorlarini xizmat vazifalariga ko‘ra doimiy yashash joyidan boshqa joyda bo‘lganligi uchun oylik maoshiga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovi;
baland tog‘li sharoitda ishlayotgan xodimlarga dengiz sathidan balandlik darajasiga qarab ish haqiga qo‘shimcha koeffitsiyentlarda belgilangan to‘lov;
oylik, choraklik, yil yakuni bo‘yicha hamda bayram kunlari uchun o‘rmon xo‘jaligi daromadlari yoki o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mukofotlar;
davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik lavozim maoshlarga 20 foiz ustama;
xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ular sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam;
xodimlarning hayotini sug‘urta qilish yoki boshqa turdagi to‘lovlar belgilanadi.
3-bob. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimi xodimlarini rag‘batlantirish miqdori va shartlari
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida lavozimga tayinlangan mansabdor shaxslarning umumiy ish staji, o‘rmon xo‘jaligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hamda atrof muhitni shu jumladan o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda iqtisod, hisobchi, huquq va ta’lim sohalarida faoliyat yuritgan xodimlarning sohadagi umumiy ish staji uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq holda quyidagi miqdorda to‘lanadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Bunda Qo‘mita markaziy apparati xodimlarining umumiy ish staji uchun oylik ish haqiga (beriladigan ustama mablag‘larini hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda to‘lanadi;
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
6. Xodimlarning baland tog‘li sharoitda ishlaganligi uchun dengiz sathidan balandlik darajasiga qarab ish haqiga quyidagi miqdorlarda koeffitsiyentlar belgilanadi:
7. Ish ko‘rsatkichlarining bajarilishiga qarab iqtisodiy imkoniyatdan kelib chiqqan holda oy, chorak va yil yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining besh barobarigacha miqdorida mukofotlar beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
8. O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Navro‘z, Yangi yil va hayit bayramlari, 8-mart — Xalqaro xotin qizlar kuni, Xalqaro o‘rmonchilar kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda rag‘batlantiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ-4424-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4424/3631-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
81. Xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan tashabbuskor Qo‘mita markaziy apparati xodimlariga lavozim maoshining (rag‘batlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 200 foizigacha hamda hududiy bo‘linmalar xodimlariga, jumladan, noqulay ob-havo va tabiiy sharoitda ishlayotgan o‘rmonchilarning ish haqlariga qo‘shimcha 100 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanishi mumkin.
Ustamaning aniq miqdori va uni berish tartibi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi tomonidan belgilanadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
9. Xodim xizmat burchini bajarish vaqtida shikastlanganda, jarohat olgan yoki mayib bo‘lgan taqdirda — xodimga, shuningdek o‘rmonlarda yong‘inni o‘chirishda va xizmatni boshqa turlarini amalga oshirishda qatnashish jarayonida halok bo‘lgan hollarda uning oilasiga qonun hujjatlariga muvofiq yillik o‘rtacha ish haqining kamida olti baravari miqdorida bir yo‘la beriladigan to‘lovlar va moddiy yordam belgilanadi.
10. Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ular ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transportiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha hamda xodimlar tushlik ovqatlanish xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha to‘lovlar amalga oshiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
11. Zarur hollarda, ish haqi fondi doirasida (Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, xodimning davolanishiga, to‘y, ma’raka va boshqalar) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli to‘lanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
12. Xodimlarni qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda to‘lov hamda tashkilotlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan kelib chiqqan holda o‘rmon nazoratchilari va yegerlari o‘z yashash joylaridan xizmat safariga chiqqan holda ularga olib yuriladigan quruq oziq-ovqat beriladi yoki har oy bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida pul mablag‘i to‘lanadi
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
4-bob. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimi xodimlarini rag‘batlantirishni moliyalashtirish
13. Quyidagilar O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimidagi xodimlarni rag‘batlantirishning moliyaviy manbalari hisoblanadi:
O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimiga kiruvchi tashkilotlarni rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari (O‘rmon fondi yerlaridan qo‘shimcha foydalanish, o‘rmon mahsulotlaridan foydalanish, ov, ekoturizm, muhofaza etiladigan hududlarga kirish, madaniy-ma’rifiy va rekreatsiya tadbirlarni o‘tkazish, vaqtincha foydalanilmagan mol-mulkni ijaraga berishdan, beg‘araz olingan yordamlardan va qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar);
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
14. Moliyalashtirish miqdori va manbalari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga 1-ILOVA
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida bajarilgan ishlar uchun kunlik tarif stavkalari bo‘yicha mehnatga haq to‘lash
Izoh: mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori, tarif koeffitsiyenti va o‘rtacha oylik ish haqi o‘zgargan taqdirda mazkur kunlik tarif stavkalari qayta hisoblanadi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-son qaroriga muvofiq mehnatga haq to‘lashda hududiy (rayon) koeffitsiyentlari belgilangan hududlarda rayon koeffitsiyenti qo‘llanilgan holda hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri o‘rmon xo‘jaligi tizimi tashkilotlari hududiy koeffitsiyenti — 10 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot shaharlari, Qorauzak, Kegeyli, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Beruniy, To‘rtko‘l tumanlari hamda Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Navoiy tumani o‘rmon xo‘jaligi tizimi tashkilotlari hududiy koeffitsiyenti — 20 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanidagi o‘rmon xo‘jaligi tizimi tashkilotlari hududiy koeffitsiyenti — 15 foiz;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq, Bo‘zatov va Qo‘ng‘irot tumanlari, Navoiy viloyatining Konimex, Nurota, Xatirchi, Navbahor va Qiziltepa tumanlari o‘rmon xo‘jaligi tizimi tashkilotlarida hududiy koeffitsiyenti — 30 foiz;
Navoiy viloyatining Tomdi va Uchquduq, Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanlari o‘rmon xo‘jaliklari tizimi tashkilotlari hududiy koeffitsiyenti — 50 foiz;
Navoiy viloyatining Zarafshon va Uchquduq shaharlari hududi o‘rmon xo‘jaliklari tizimi tashkilotlari hududiy koeffitsiyenti — 60 foiz.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga 2-ILOVA
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimining barcha ishlab chiqarish tashkilotlarida yagona bo‘lgan lavozimlarning mehnatga haq to‘lash yuzasidan yagona tarif setkasi bo‘yicha koeffitsiyentlari
T/r
Lavozimlar nomi
Razryadlar
Tarif koeffitsiyentlari
1.
Xo‘jalik mudiri
5
3,612
6
3,941
7
4,284
2.
Kassir
5
3,612
3.
Arxivarius, ish yurituvchi, kutubxonachi, kotiba, ta’minotchi, omborchi
4
2,998
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga 3-ILOVA
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi respublika tashkilotlari (Milliy tabiat bog‘lari va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi, “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti, “O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi, “O‘rmontexnoservis” davlat unitar korxonasi, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti), Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
(3-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
T/r
Lavozimlar nomi
Mehnatga haq to‘lash guruhlari bo‘yicha stavkalari miqdori
Bosh o‘rmonbegi, bosh buxgalter, bosh inspektor, bosh muhandis, bosh urug‘chi
13
6,503
12
6,115
11
5,733
10
5,362
4.
Bosh yuristkonsult
12
6,115
11
5,733
10
5,362
9
4,997
5.
Bo‘lim boshlig‘i, tajriba stansiya boshlig‘i, laboratoriya boshlig‘i, ilmiy kotib, shu’ba mudiri, guruh rahbari, o‘rmon nazoratchisi
11
5,733
11
5,733
10
5,362
9
4,997
6.
Bosh mutaxassis (muhandis)
10
5,362
10
5,362
9
4,997
8
4,64
7.
Yetakchi mutaxassis (muhandis)
9
4,997
9
4,997
8
4,64
7
4,284
8.
1-toifali mutaxassis
8
4,64
8
4,64
7
4,284
6
3,941
9.
2-toifali mutaxassis
7
4,284
7
4,284
6
3,941
5
3,612
10.
Rais (rahbar) kotibi
5
3,612
5
3,612
5
3,612
4
3,297
* Toshkent shahri.
** Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari.
*** Buxoro, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari.
**** Jizzax, Sirdaryo viloyatlari.
Izoh:
tarif razryadlari Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorining 10-ilovasiga, tarif koeffitsiyentlari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qaroriga, hududlarning guruhlarga ajratilishi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq belgilangan.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga 4-ILOVA
Davlat o‘rmon xo‘jaliklari, davlat ovchilik xo‘jaliklari, milliy tabiat bog‘lari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-apreldagi 215-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 09/21/215/0336-son)
T/r
Lavozimlar nomi
I guruh**
II guruh***
III guruh****
razryadlar
tarif koeffitsiyentlari
razryadlar
tarif koeffitsiyentlari
razryadlar
tarif koeffitsiyentlari
1.
Rahbar (direktor)
13
6,503
12
6,115
11
5,733
2.
Rahbar (direktor) o‘rinbosari, Bosh buxgalter, bosh o‘rmonbegi, bosh ovshunos, bosh muhandis
12
6,115
11
5,733
10
5,362
3.
Bosh yuristkonsult
11
5,733
10
5,362
9
4,997
4.
O‘rmonbegi, mustaqil uchastka boshlig‘i
11
5,733
10
5,362
9
4,997
5.
O‘rmonbegi yordamchisi, o‘rmon pitomnigi boshlig‘i, bosh inspektor (nozir)
10
5,362
9
4,997
9
4,997
6.
Bosh mutaxassis
9
4,997
8
4,64
7
4,284
7.
Yetakchi mutaxassis
8
4,64
7
4,284
7
4,284
8.
Mutaxassis, muhandis
7
4,284
6
3,941
5
3,612
9.
O‘rmon ustasi, katta inspektor (nozir)
7
4,284
6
3,941
5
3,612
10.
Texnik
5
3,612
5
3,612
5
3,612
11.
Inspektor (nozir), tezkor inspektor (nozir)
5
3,612
5
3,612
5
3,612
Izoh:
tarif razryadlari Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi 147-son qarorining 10-ilovasiga, tarif koeffitsiyentlari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qaroriga, hududlarning guruhlarga ajratilishi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 17-iyundagi 301-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq belgilangan.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga 5-ILOVA
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida vaqtbay shaklda ishlovchi ayrim kasbdagi ishchilar mehnatiga haq to‘lash
T/r
Lavozimlar nomi
razryadlar
tarif koeffitsiyentlari
1.
Laborant
4
3,297
5
3,612
2.
Laborant (oliy ma’lumotli)
6
3,941
3.
Katta yeger
6
3,941
4.
Yeger
4
3,297
5
3,612
5.
O‘rmonchi
4
3,297
6.
Omborchi
4
3,297
7.
Yuk tashuvchi
3
2,998
8.
Bog‘bon
3
2,998
9.
Ishlab chiqarish xonalari farroshi, hudud farroshi
2
2,725
10.
Xizmat xonalari farroshi
1
2,476
11.
Qorovul
1
2,476
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga 6-ILOVA
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi tashkilotlarda haydovchilar mehnatiga haq to‘lash me’yorlari
1. Yengil avtomobil (shu jumladan maxsus)
T/r
Avtomobil klassi
Dvigatelning ish hajmi (litr)
Razryadlar
Tarif koeffitsiyentlari
1.
Juda kichik va kichik
1,8 gacha
1
2,476
2.
O‘rta
1,8 dan 3,5 gacha
2
2,725
3.
Katta
3,5 dan yuqori
3
2,998
2. Avtobuslar (shu jumladan maxsus)
T/r
Avtomobil klassi
Avtobus uzunligi (metr)
Razryadlar
Tarif koeffitsiyentlari
1.
Juda kichik
5 gacha
1
2,476
2.
Kichik
5 dan 6,5 gacha
2
2,725
6,5 dan 7,5 gacha
3
2,998
3.
O‘rta
7,5 dan 9,5 gacha
4
3,297
4.
Katta
9,5 dan 11 gacha
5
3,612
11 dan 15 gacha
6
3,941
15 dan yuqori
7
4,284
3. Yuk avtomobillari
T/r
Avtomobillarning yuk ko‘tarish qobiliyati (tonna)
Razryadlar
Tarif koeffitsiyentlari
1.
1,5 gacha
1
2,476
2.
1,5 dan 5 gacha
2
2,725
3.
5 dan 10 gacha
3
2,998
4.
10 dan 40 gacha
4
3,297
5.
40 dan 60 gacha
5
3,612
6.
60 dan yuqori
6
3,941
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 8-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-dekabrdagi 1034-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 09/18/1034/2351-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika o‘rmonlarini himoya qilish bo‘yicha ayrim me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 11-son, 68-modda):
a) 2-banddagi “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“2. O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalarining bajarilishi ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi o‘z tasarrufida bo‘lgan davlat o‘rmon fondi hududida Qoidalarning bajarilishi ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi.”;
6-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“24. O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zararni undirish miqdorini hisoblab chiqarish va yong‘in paydo bo‘lishining turli sabablari va daraxtlar hamda boshqa o‘simliklarning zararlanish darajasiga ko‘ra, daraxtlar qurishi yoki yog‘och nobud bo‘lishiga oid da’vo summalarining hisob-kitobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq belgilanadi.”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-yil, 6-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan O‘rmonlarning qo‘riqlash toifalarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalariga” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga, viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalariga va Andijon, Sirdaryo va Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaliklariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning oltinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” va “Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi” so‘zlari tegishlicha “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” va “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning uchinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“25. O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi organlari tomonidan tayyorlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor organlar bilan kelishib olinadi.
O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash va ularni bir toifadan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Taklifga o‘rmonlar qo‘riqlanishining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslashlar, kartografik, hisobga olish hamda boshqa zarur materiallar va hujjatlar ilova qilinadi.”.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 09/18/914/2164-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-apreldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha bo‘linishi ro‘yxatining rus tilidagi matnida:
a) I-bo‘lim nomidagi va 1-banddagi “Lesa, naxodyashiyesya v vedenii Ministerstva selskogo i vodnogo xozyaystva 1. Lesa, zakreplennie za Glavnim upravleniyem lesnogo xozyaystva” so‘zlari “Lesa, naxodyashiyesya v vedenii Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po lesnomu xozyaystvu” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Lesa, zakreplennie za nauchno-issledovatelskim institutom UzNPS selskogo xozyaystva” so‘zlari “Lesa, zakreplennie za Nauchno-issledovatelskim institutom lesnogo xozyaystva pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po lesnomu xozyaystvu” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Lesa, zakreplennie za irrigatsionnimi lesxozami” so‘zlari “Lesa, zakreplennie za Gosudarstvennomu komitetu Respubliki Uzbekistan po lesnomu xozyaystvu” so‘zlari bilan almashtirilsin;
II-bo‘lim nomidagi “Lesa, naxodyashiyesya v vedenii xokimiyata Tashkentskoy oblasti” so‘zlari “Lesa, zakreplennie za Gosudarstvennomu komitetu Respubliki Uzbekistan po lesnomu xozyaystvu” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
10. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 60-modda):
a) 1-ilovaning 5-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi deb yuritiladi)” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“15. Davlat o‘rmon kadastrini yuritish O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Davlat o‘rmon kadastri bo‘limi va ushbu qo‘mitaning hududiy bo‘linmalari (o‘rmon xo‘jaliklari) tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat o‘rmon kadastrini yuritishni metodik ta’minlash O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.”;
17-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining” so‘zlari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon qo‘riqchiligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 9-son, 50-modda):
a) 3-bandidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“5. O‘rmon qo‘riqchiligiga umumiy rahbarlik qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari, o‘rmon xo‘jaliklari va tizimning boshqa tashkilot va korxonalari orqali O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi”;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari — rahbar (rais, boshliq), bosh o‘rmonchi, o‘rmon nazoratchisi, o‘rmon kadastri mutaxassisi, o‘rmon xo‘jaligi muhandisi, o‘rmonlarni muhofaza qilish muhandisi masalalari bilan shug‘ullanadigan barcha toifalardagi mutaxassislar;
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparatida — rais, raisning birinchi o‘rinbosari, rais o‘rinbosarlari, boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlari, boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar);
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi respublika tashkilotlarida — boshliqlar, boshliqlarning o‘rinbosarlari, bo‘limlar boshliqlari, bo‘limlar boshliqlari o‘rinbosarlari, barcha toifalardagi mutaxassislar (bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar).”;
“O‘rmon qo‘riqchiligi xodimlari belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh kiyib yuradilar. O‘rmon qo‘riqchilari, inspektorlari, yegerlar, davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, biorezervat va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar inspektorlari uchun mo‘ljallangan xizmat quroli, uning o‘q-dorilari va maxsus vositalar turlari, tiplari (modellari), soni, shuningdek olish, saqlash, tashish, berish, qabul qilish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.”.
3-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va viloyatlar boshqarmalari” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari, Andijon, Sirdaryo va Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaliklari” so‘zlariga almashtirilsin;
“O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari, Andijon, Sirdaryo va Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaliklarining o‘rmon qo‘riqchiligi xodimlari, shuningdek respublika tashkilotlari xodimlari uchun yozgi kiyim ko‘ylak va shimdan iborat, ip gazlamadan tikilgan, och havo rang bo‘ladi. Ko‘ylagi ikki cho‘ntakli, yoqasi qaytarma bo‘lib, belgilangan namunadagi petlitsalar tikiladi. Yenglari ikki chokli, to‘g‘ri tikilgan bo‘ladi.”.
“1. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi;
2. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi;
3. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi boshqarma boshliqlari, viloyatlar O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshliqlari;
4. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlari, tizim respublika tashkilot rahbarlari;
5. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati bo‘lim boshliqlari, tizim respublika tashkilot rahbari o‘rinbosari, respublika korxonalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari — bosh o‘rmonchi va viloyatlar O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshliq o‘rinbosarlari — bosh o‘rmonchilar;
6. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati bosh mutaxassislari, tizim respublika korxonalari rahbar o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar O‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari bo‘lim boshliqlari;
7. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati yetakchi mutaxassislari, tizim respublika korxonalari bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar O‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari bosh mutaxassislari, o‘rmon xo‘jaliklari, qo‘riqxonalar, milliy bog‘, ovchilik, biorezervat rahbarlari, o‘rmon nazoratchilari va o‘rmon kadastri mutaxassislari;
8. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi markaziy apparati mutaxassislari, tizim respublika korxonalari mutaxassislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi va viloyatlar O‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari yetakchi mutaxassislari, o‘rmon xo‘jaliklari bosh o‘rmonbegilari, qo‘riqxonalar, milliy bog‘, ovchilik xo‘jaliklar, biorezervat bosh nozirlari”.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzurida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 34-35-son, 351-modda):
a) nomidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga” so‘zlarini “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-bandning birinchi xatboshidagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi deb ataladi)” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi, 32, 44, 56-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21-bandning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshidagi “O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 43-son, 530-modda):
18-bandning yettinchi xatboshi, 30 va 36-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“42. Ruxsatnoma berganlik uchun yig‘im summasi “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga yoki O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi.”;
70-bandda “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zi “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi” so‘zlariga almashtirilsin;
(14-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/86/0160-son)
2-banddagi “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tasarrufida bo‘lgan davlat o‘rmon fondi yerlarida ovlashda — O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi o‘rmon xo‘jaligi organlarining hisob raqamiga o‘tkaziladi.”;
“buzish sodir etilgan taqdirda — qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga yoki qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, biorezervat va ovchilik xo‘jaliklari hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Qolgan barcha hollarda, qo‘riqxonalar, milliy tabiat bog‘lari, biorezervat va ovchilik xo‘jaliklari hamda davlat o‘rmon fondi hududidan tashqari, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan qoidabuzarlik ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan ochilganda, yer maydonlarining tegishliligidan qat’i nazar, jarimalar va yetkazilgan zararni qoplashdan tushadigan barcha summa “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga tushadi, undan jarimalar to‘lash va yetkazilgan zararni qoplashdan tushgan summaning 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.”;
“7. Musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar agar huquqbuzarlik o‘rmon fondidan tashqari yerlarda sodir etilgan bo‘lsa — “Bioinspeksiya”ning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi, shundan 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetiga o‘tkaziladi.
Agar huquqbuzarlik o‘rmon fondi yerlarida sodir etilgan bo‘lsa musodara qilingan ov va baliq ovlash qurollari, noqonuniy ov qilish va baliq ovlash natijasida olib qo‘yilgan mahsulotlarni hamda o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishdan olingan mahsulotlarni sotishdan tushgan mablag‘lar 100 foiz miqdorda tegishliligi bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etilgan xo‘jalik hisob raqamiga o‘tkaziladi.”;
8-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, davlat qo‘riqxonalari, ovchilik, baliq ovlash va o‘rmon ovchiligi xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning hisob raqamlariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamiga, davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘, biorezervat, ovchilik va baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslarning hisob raqamlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“10. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqami mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi bo‘yicha sarflanadi. Daromadlar va xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamining mablag‘laridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.”;
“11. “Bioinspeksiya” inspeksiyasi maxsus hisob raqami va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamining kalendar yil oxiridagi foydalanilmagan mablag‘lari qoldig‘i xizmat ko‘rsatuvchi bankning hisob raqamida qoladi, yopilmaydi va olib qo‘yilmaydi, keyingi yilga o‘tadigan qoldiq hisoblanadi.”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga 9-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotayotgan ayrim qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon fondi yerlarida ovchilik xo‘jaligini tashkil etish va yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 12-oktabrdagi 469-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol Davlat Milliy tabiat bog‘i va Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi to‘g‘risidagi nizomlarni, Ohangaron va Burchmulla o‘rmon xo‘jaligi korxonalari ustavlarini tasdiqlash haqida” 2001-yil 22-iyundagi 262-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzuridagi Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 2-martdagi 76-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 8-9-son, 68-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2005-yil 11-apreldagi 99-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 3-4-son, 21-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 10-avgustdagi 191-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2005-y., 32-33-son, 247-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 2-martdagi 76-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 2009-yil 17-iyundagi 167-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 25-son, 287-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirishni moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 10-iyundagi 198-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 51-modda).