1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
1. Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
b) uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida belgilangan tartibda tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi hajmda ajratiladi:
I toifaga kiradigan tumanlarda — bittadan koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)
II toifaga kiradigan tumanlarda — ikkitadan koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)
I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida –oltitagacha koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
II toifaga kiradigan shaharlarda — oʻntagacha koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
koʻp qavatli uylar (2-3 xonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-sonli “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
v) nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga koʻp qavatli arzon uylarning birinchi va ikkinchi qavatlaridan xonadonlar ajratiladi;
g) tuman (shahar)larda 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar hamda koʻp qavatli uylar qurilishi belgilanmagan boʻlsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud boʻlsa, talabgorlar koʻp boʻlgan tuman (shahar)larga toifalar boʻyicha belgilangan taqsimotga, istisno tariqasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan oʻzgartirish kiritiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)
3. Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Mahalla” xayriya jamoat fondining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda har yili tasdiqlanadigan smetalar doirasida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutish toʻgʻrisidagi takliflari inobatga olinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
4. Belgilansinki:
a) uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun beriladigan arzon uy-joylar qiymati toʻlovining:
10 foizi Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi, talabgor ishlayotgan tashkilot hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga (boshlangʻich badal sifatida);
(4-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
90 foizi ipoteka asosida tijorat banklarining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi;
(4-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)
b) uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarni qoplash:
talabgorning oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
talabgor Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan, doimiy daromadga ega boʻlmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli boʻlmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(4-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda uy-joyga muhtoj xotin-qizlar uy-joy bilan taʼminlanishi ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-aprel,
285-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qaroriga ILOVA
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
arzon uy-joylar — Dasturlar doirasida qoʻshimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan koʻp qavatli koʻp xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli (2 va 3 xonali) uylar;
ariza beruvchi — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Komissiyaga ariza bergan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar (agarda nogironligi boʻlgan xotin-qizlar oʻzlari murojaat etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, tuman (shahar) sektorlari rahbarlari ularning nomidan ariza berishi mumkin);
Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etishning oxirgi sanasi — keyingi yilda Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan barcha ariza beruvchilarning roʻyxatini shakllantirish uchun har yillik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan Dasturda ishtirok etish uchun ariza taqdim etilishining oxirgi sanasi;
yozma tavsiya — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga Komissiya tomonidan beriladigan yozma tavsiya;
ijtimoiy mezonlar — Komissiya tomonidan talabgorlarni tanlash va Dasturda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ariza beruvchilarning ijtimoiy va uy-joy sharoitlarining asosiy koʻrsatkichlari;
injiniring kompaniyasi — Dasturlar doirasida arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi “Qishloq qurilish invest” va “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — Dastur doirasida arzon uy-joylar qurishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
roʻyxat — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchilar ichidan Komissiya tomonidan tasdiqlangan uy-joyga muhtoj talabgorlar roʻyxati;
talabgor — arzon uy-joy berish uchun Komissiyaning roʻyxatiga kiritilgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar;
tuman (shahar) toifalari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 22-dekabrdagi PQ–2691-son qarorida nazarda tutilgan tuman (shahar)larning I va II toifalari;
uy-joyga muhtoj xotin-qizlar — ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar;
(2-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
uy-joy quruvchi — Dasturlar doirasida arzon uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda buyurtmani rasmiylashtirgan, unga nisbatan ishtirok etuvchi tijorat bankining Dasturlar doirasida arzon uy-joy qurish uchun ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qarori qabul qilingan shaxs.
3. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga Dastur doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida tuman (shahar)lar toifasidan kelib chiqib, har yili quyidagi tartibda ajratiladi:
I toifaga kiradigan tumanlarda — bittadan koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va beshtagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)
II toifaga kiradigan tumanlarda — ikkitadan koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali) va sakkiztagacha hovlidagi imoratlari bilan 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)
I toifaga kiradigan shaharlarda hamda Toshkent shahrining tumanlarida — oltitagacha koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
II toifaga kiradigan shaharlarda — oʻntagacha koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylar qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga koʻp qavatli uylardagi xonadonlardan (2-3 xonali);
koʻp qavatli uylar (2-3 xonali) qurilmagan tuman (shahar)larda ularning oʻrniga 0,02 gektarli yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 3 xonali (yonma-yon quriladigan) arzon uylardan.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 502-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 09/19/502/3294-son)
4. Komissiyaning tavsiyalari asosida uy-joy quruvchilarning Dasturdagi ishtiroki ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Arzon uy-joy berish uchun arizalarni qabul qilish, talabgorlarni tanlab olish va ularga yozma tavsiyalar berish tartibi
5. Ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun Komissiya raisiga doimiy yashash joyi boʻyicha ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha soʻrovnoma-ariza va hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) taqdim etadi.
6. Ariza beruvchi Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
7. Ariza tuman (shahar) komissiyasi raisining qarori bilan tayinlanadigan vakolatli shaxs tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, qabul qilingan arizaning nusxasiga — qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda tilxat bilan ariza beruvchiga topshiriladi.
8. Arizalar hisobi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq alohida roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida (keyingi oʻrinlarda jurnal deb ataladi) yuritiladi. Jurnal raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va Komissiyaning vakolatli shaxsi tomonidan muhrlangan boʻlishi kerak.
Har bir arizaga jurnalda takrorlanmaydigan roʻyxatdan oʻtkazish raqami beriladi. Arizalar jurnalga ketma-ketlikda, ular olinishiga qarab kiritilishi talab etiladi.
Arizani jurnalda dastlab roʻyxatdan oʻtkazmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Komissiya arizalarni ularning jurnalda qayd etilishi navbatliligiga koʻra koʻrib chiqishi shart.
9. Ariza va taqdim qilingan hujjatlar ariza beruvchilarning uy-joyga muhtoj xotin-qizlar toifasi ekanligini aniqlash maqsadida Komissiya tomonidan ushbu Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagan kundan boshlab 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ijtimoiy ustuvorlik mezonlari asosida tanlov natijalari toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim qilingan arizalar qabul qilinmaydi.
10. Komissiya tomonidan arizani koʻrib chiqishda uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) ariza beruvchida mulk huquqi asosida turar joyning yoʻqligi va turar-joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
b) boshqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yashashi;
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
d) ijtimoiy xususiyatiga koʻra alohida xonada yashashi kerak boʻlgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining ogʻir koʻrinishi, qandli diabetning yiringli yalligʻlanishi, psoriaz) bemor ayollar (tuman tibbiyot birlashmasining xulosasi asosida);
(10-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
e) ariza beruvchining oila aʼzolari orasida birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mavjudligi;
j) ariza beruvchi uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv. metrdan kam boʻlmagan, kursi-kolyaskadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 23 kv. metrdan kam boʻlmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
(10-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
z) birinchi guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz ayollar;
i) yolgʻiz oʻzi ushbu Nizomga 5-ilovadagi roʻyxatda nazarda tutilgan ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bola parvarishlayotgan ayollar (tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi maʼlumotnomasi va tibbiyot birlashmasi xulosasi asosida);
(10-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
(10-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
11. Komissiya ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddat ichida ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganadi va ushbu Nizomga 6-ilovada nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlardan kelib chiqib ariza beruvchining ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi. Bunda ariza beruvchilarning uy-joyga muhtojligi darajasi Komissiya tomonidan qoʻyiladigan ballardan kelib chiqib aniqlanadi va yozma tavsiya birinchi navbatda eng yuqori ball toʻplagan ariza beruvchilarga beriladi.
Ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini oʻrganish va ijtimoiy ustuvorligini belgilash yakunlari boʻyicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida ijtimoiy ustuvorlikni belgilash yakunlari boʻyicha olingan ballarni koʻrsatgan holda tekshirish dalolatnomasi Komissiya tomonidan ushbu Nizomga 7-ilovada belgilangan shaklda tuziladi. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi imzo qoʻydirilgan holda ariza beruvchiga beriladi.
12. Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha Komissiya ariza koʻrib chiqilgandan soʻng bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining filiallariga taqdim etish uchun ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yozma tavsiya beradi.
Agar yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Komissiya rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida yozma shaklda xabarnoma yuboradi (topshiradi).
Bunda, ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
13. Yozma tavsiya Komissiya tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi.
Bir nusxasi talabgor tomonidan uning dastlabki shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etiladi. Ikkinchi nusxa esa talabgor tomonidan doimiy yashash joyi boʻyicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga beriladigan ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadi.
14. Komissiya yozma tavsiyaning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida berilishi, shuningdek, uni berishning asossiz ravishda rad etilishi uchun javob beradi.
15. Komissiya tomonidan ariza beruvchiga yozma tavsiya berish quyidagi hollarda rad etiladi:
a) ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilishi;
b) hujjatlarning Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilishi;
v) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning mavjudligi;
g) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan, uning ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish yakunlari boʻyicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yoʻqligi holatining asosli koʻrsatilishi;
d) uy-joyga muhtoj shaxsning nikohi soʻnggi uch yilda bekor qilingan taqdirda.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.
17. Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari ushbu Nizomning 14-bandi asosida koʻrib chiqilmagan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq yozma tavsiya berish toʻgʻrisidagi takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.
3-bob. Talabgorlarniig arizalarini koʻrib chiqish va ularga ipoteka krediti berish tartibi
18. Hududiy komissiyalar Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya berilgan talabgorlar roʻyxatini har bir tuman (shahar)da har yili amalga oshirilayotgan Dasturlar doirasida ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan arzon uy-joylar bilan taʼminlash tartibiga muvofiq shakllantiradi va Komissiyaning bayonnomasi bilan tasdiqlaydi. Roʻyxatda talabgorlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, pasportiga oid maʼlumotlar, oila aʼzolari soni va beriladigan arzon uy-joylarning turi (qoʻshimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan koʻp qavatli koʻp xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar boʻlgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli 2 va 3 xonali uylar) aniq koʻrsatiladi.
19. Komissiyaning bayonnomasi va tasdiqlangan roʻyxat tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalariga uch ish kuni ichida taqdim etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari tegishli hududiy komissiyalar tomonidan tasdiqlangan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning roʻyxatlarini tuman (shahar)lar boʻyicha umumlashtiradi va ularni uch ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim etadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hududlardan qabul qilingan roʻyxatlar asosida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlarning respublika boʻyicha roʻyxatlarini umumlashtiradi va Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasining Vasiylik kengashiga (keyingi oʻrinlarda Vasiylik kengashi deb ataladi) koʻrib chiqish uchun kiritadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
22. Vasiylik kengashi oʻzining yigʻilishida talabgorlar roʻyxatni koʻrib chiqadi va yigʻilish qarori bilan Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ularning boshlangʻich badallarini toʻlash uchun taqdim etadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest”, “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari talabgorlar ishlaydigan tashkilotlar bilan birgalikda respublika boʻyicha roʻyxatlar asosida hududlarda arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan mablagʻlarni, shu jumladan, dastlabki badal toʻlovlarini belgilangan tartibda aniqlaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
24. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan dastlabki badalni Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan, shuningdek, talabgor Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan, doimiy daromadga ega boʻlmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli boʻlmagan taqdirda, u ishlayotgan tashkilot, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan talabgorning jamgʻarma omonat hisob raqamiga oʻtkazilishini nazorat qiladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
25. Injiniring kompaniyasining filiali Dasturlar doirasida arzon uy-joylar qurish boʻyicha talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda belgilangan tartibda ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.
Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladilar.
26. Ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) yozma tavsiya;
b) kredit olishning maqsadi, taʼminlanganligi, kredit muddati va summasi koʻrsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
v) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning pasporti nusxasi;
(26-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
d) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
e) dastlabki badal jamgʻarma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
j) injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.
27. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari amaldagi tartib asosida talabgorlarning ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqadi.
28. Talabgorlarni tanlashda ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali Komissiya tomonidan belgilangan ijtimoiy ustuvorlikni va yozma tavsiyani eʼtiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi.
29. Talabgor (birgalikda qarz oluvchi) uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar:
talabgorning oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
talabgor Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila aʼzosi boʻlgan, doimiy daromadga ega boʻlmagan va kreditga layoqati yetarli boʻlmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
30. Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda Komissiya tomonidan yozma tavsiya olganidan soʻng belgilangan tartibda ipoteka krediti berish toʻgʻrisida takroran ariza berishga haqlidir.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
31. Arizani koʻrib chiqish jarayonida kelib chiqadigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
32. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning tavsiyalari asosida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish dasturida uy quruvchilarning ishtirok etishi
Yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha tegishli Komissiyaga ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda soʻrovnoma-ariza beradi.
Belgilangan qabul kunlarida
2-bosqich
Tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya
Ariza beruvchining doimiy yashash joyi boʻyicha Komissiya arizani ushbu Nizomning talablariga muvofiqlik yuzasidan koʻrib chiqadi.
15 ish kun ichida
Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli Komissiya ariza beruvchiga yozma tavsiyani beradi yoki ariza beruvchini rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan xolda yozma tavsiya berish rad etilishidan xabardor qiladi.
Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya berilgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning roʻyxatini tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim etadi.
3 ish kuni ichida
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari
Komissiyalar tomonidan taqdim etilgan roʻyxatlar asosida uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning roʻyxatlarini tuman (shahar)lar boʻyicha umumlashtiradi va ularni Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim etadi.
3 ish kun ichida
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest”, “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari
Hududlarda shakllantirilgan uy-joyga oʻta muhtoj yoki uy-joyini kengaytirishga muhtoj boʻlgan ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning roʻyxatlari asosida arzon uy-joylarni koʻrish uchun talab etiladigan mablagʻlar aniqlanadi.
Arzon uy-joylarni qurish uchun talab etiladigan dastlabki badal talabgorlarning jamgʻarma omonat hisob raqamiga joylashtirilishini taʼminlaydi.
Bir oy muddatda
5-bosqich
“Qishloq qurilish invest”, “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari filiallari
Injiniring kompaniyasining filiali Dasturlar doirasida arzon uy-joylar qurish boʻyicha talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi xamda belgilangan tartibda ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.
Belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Ishtirok etuvchi tijorat banki filiali
Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomani tuzgan talabgor ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi ariza (tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning yozma tavsiyasi ilova qilingan holda) bilan ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga murojaat qiladi.
Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talablar va muddatlarga muvofiq talabgorlarning ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqadi.
Belgilangan muddatlarda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning _______-son (arizaning roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi)
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami nusxasi (STIR)
Barcha mezonlar
□
□
4.
Oila aʼzolari pasportlari va nikohqayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (toʻliq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) va/yoki farzandlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) nusxalari
Barcha mezonlar
□
□
6.
Ariza beruvchi va u bilan birga yashayotgan oila aʼzolarining doimiy ish joylaridan berilgan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma yoki ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar nusxalari
Barcha mezonlar
□
□
7.
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan kadastr hujjati nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan toʻgʻri kelsa)
Nizomning 12-bandi “a” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan mezonlar
□
□
8.
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan toʻgʻri kelsa)
Barcha mezonlar
□
□
9.
Ijara yoki turar joydan tekinga foydalanish toʻgʻrisida shartnoma yoki tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnoma nusxasi (ariza beruvchining mulk huquqi asosida turar joyi boʻlmagan holatda)
Nizomning 12-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan mezon
□
□
11.
Turar joyi boʻyicha tuman davolash-profilaktika muassasaning vrachlik-maslahat komissiyasi (VMK) maʼlumotnomasi yoki ariza beruvchining oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlariga chalingan va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxsning mavjudligi holatida — tumanlararo (tuman) TMEK maʼlumotnomasi
Nizomning 12-bandi “d” kichik bandida koʻrsatilgan mezon
□
□
Hujjatlarniqabul qildi:
Sana: 20___ yil “___” _________
(imzo)
(F.I.O.)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ariza № ------------------------------------------ Qabul qilish sanasi -------------------------- Arizani qabul qilgan shaxs ----------------
1. ______________________________
________________________________
________________________________
Familiyasi
Ismi
Otasining ismi
2. Manzil: _______________________________
________________________________
________________________________
aholi punkti
tumani
viloyati
3. Tugʻilgan sanasi ______ / _______ / ____________
4. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) _________________________________________________________________
5. Oilaviy ahvoli ________turmushga chiqmagan ________turmushga chiqqan ________ajrashgan ________beva
6. Asosiy faoliyat turi (bandlik): ________________________________
7. Har oylik daromad miqdori: ________________________________
8. Oila aʼzolaringizni ularning yoshini koʻrsatgan holda sanab oʻting: 1. _____________, yosh: _____ 2. _____________, yosh: _____ 3. _____________, yosh: _____ 4. _____________, yosh: _____ 5. _____________, yosh: _____ 6. _____________, yosh: _____
9. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini koʻrsating: 1.Birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs|__________ kishi 2.Surunkali kasalliklarning ogʻir turlariga chalinganlar_____________ kishi 3. Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan farzandlar_____ kishi
10. Hozirgi vaqtda oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoni: ____________ kv.m.
11. Sizning hozirgi turar-joyingizning huquqiy maqomi: _______mulk _______ijara _______mulkdor ruxsati bilan bepul yashash
12. Qaysi turdagi arzon uy-joydan olmoqchisiz? ____________________
13. Sizning aloqa qilish uchun maʼlumotlaringiz? el.pochta_______________ uy tel:_________________ ish tel:_________________ uyali tel:________________
Men 2017 — 2021-yillarda qishloqda/shaharda arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joy olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman. Pasport va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilinadi.
_____________________imzo
__________kun
__________ oy
__________ yil
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalar uchun qulay sharoitlarga ega arzon uy-joylar berish tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etish uchun ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlardan arizalarni roʻyxatga olish
JURNALI Boshlanishi: 2018-yil ________ ARIZALARNI ROʻYXATGA OLISH JURNALI
Roʻy-xatga olish raqami
Ariza qabul qilingan sana
Ariza beruvchining
F.I.O.
Ariza beruvchining manzili
Aloqa qilish uchun maʼlumotlar
Ijtimoiy mezonlar
Haqiqatda toʻplangan ballar
Tavsiya / Rad etish tartib raqami
Tavsiya / Rad etish sanasi
Vakolatli shaxsning imzosi
Ariza beruvchining imzosi (yoki pochta xabarnomasining raqami va sanasi)
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
(5-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasalliklar
ROʻYXATI
1. Serebral falaj va boshqa falajli sindromlar (qoʻl-oyoqlarning uzoq vaqt falajligi yoki chuqur parezlari, turgʻun ikkilamchi tarqoq atetoz tipidagi giperkinezlar, xoreoatetoz, koordinatsiyaning yaqqol buzilishi).
2. Tashxisi tasdiqlangan nasl-genetik va degenerativ kasalliklar (stabil va zoʻrayuvchi turlari).
3. Kelib chiqishi har xil boʻlgan aqliy zaiflikning chuqur va ogʻir turi.
4. 6 oy davom etadigan (surunkali) ogʻir shizofreniya va boshqa ruhiy buzilishlar va xulq-atvor buzilishlari.
5. Meningoensefalitning (ensefalitning) 2 yil va undan ortiq doimiy ravishda davolashga qaramay tiklanmagan (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, parsial va generallashgan epileptik xuruji, ruhiy, aqliy zaiflikning oʻrta, chuqur va ogʻir holatlari) turgʻun asoratlari.
6. Koʻzning koʻrligi (0 dan 0,02 gacha qamrab olingan).
7. Tugʻma va orttirilgan tusdagi bronx-oʻpka kasalliklarida II-III darajali turgʻun nafas yetishmovchiligi. Astmaning garmonga bogʻliq turi.
8. Sil kasalligi surunkali kechishi (oʻpka, suyak va boʻgʻimlar sili, siydik-tanosil organlari sili, sil meningoensefalitlari asoratlari bilan va boshqalar).
11. Inkurabel yomon sifatli oʻsmalarning ogʻir shakli.
12. Tuzatib boʻlmaydigan doimiy najas va siydikni tutaolmaslik, yoʻgʻon, toʻgʻri ichak va orqa chiqaruv teshigining tugʻma va orttirilgan oqmalari, siydik tanosil aʼzolari oqmalari.
13. Suyak-mushak sistema va biriktiruvchi toʻqima kasalliklarida yaqqol qayta tiklanmaydigan funksional buzilishlari:
a) bir yoki ikkala oyoq va qoʻllarda tugʻma va orttirilgan ogʻir darajadagi deformatsiyalar;
b) ankiloz, kontraktura, patologik sinish, skelet deformatsiyasiga olib keladigan umurtqa pogʻonasining tizimli zararlanishi;
v) tayanch-harakat apparatining rivojlanish nuqsonlari tufayli mustaqil harakat va oʻziga oʻzi xizmat qilish imkoniyati yoʻqligi.
14. Qandli diabet (insulinga bogʻliq qandli diabet);
15. Qandsiz diabet (pitiutrin-rezistent shakli), Itsengo-Kushinga sindromi, surunkali buyrak usti bezlarining boshqa buzilishlari (Adisson krizi), total adrenoektomiyadan keyingi holati, buyrak usti bezi poʻstlogʻining ogʻir tugʻma disfunksiyasi, ogʻir tugʻma yod yetishmovchiligi sindromi, gipofizar nanizm, tugʻma va orttirilgan gipotireozning ogʻir shakli, gipoparatireoz, tireotoksikoz.
16. Leykozlar, gemoblastozlar, Xodjkin kasalligi (limfogranulomatoz), xavfli gistiotsitoz.
17. Qon ishlab chiqarishning tugʻma va orttirilgan aplastik anemiyalar.
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
(6-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning ijtimoiy ustuvorligini belgilashning
Ariza beruvchi yashayotgan uy xoʻjaligida bir kishiga toʻgʻri keladigan turar joyning umumiy maydoni
Kadastr ishining nusxasi va tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning dalolatnoma asosidagi tekshiruv natijalari
16 kv.metrdan kam
10
16 — 20 kv.metr
6
20 kv.metrdan koʻp
2
3.
Ariza beruvchi birinchi guruh yolgʻiz nogironligi boʻlgan ayol
10
Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosalari
4.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilada yolgʻiz oʻzi voyaga yetmagan farzandlarni tarbiya qilayotgan ayol
10
Fuqarolar yigʻini raisi va mahalla xotin-qizlar faolining xulosalari
5.
Oilada quyidagi shaxslar mavjudligi:
Pasport va qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi
birinchi guruh nogironligi boʻlgan
10
surunkali kasallikning ogʻir turlariga chalinganlar
10
ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan farzandlar
10
6.
Ariza beruvchi yolgʻiz boquvchiga ega oila vakili yoki oila boshi — ayol
10
Fuqarolar yigʻini raisi va mahalla xotin-qizlar faolining xulosalari
7.
Hozirgi turar joy maqomi:
Qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi
Ijara
10
Egasining ruxsati bilan tekin turar joy
6
Toʻliq oʻz mulkida
2
Eng yuqori ball
90
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
(7-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
______________________(daha, massiv)____________________koʻchasi,____________-uy,__________________-korpus,___________kvartirada yashayotgan fuqaro_________________________________________________
(F.I.O.)
turar joy sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazdi va quyidagilarni aniqladi:
1.__________________________________________________________________uyda egallab turilgan turar joyning
______________umumiy maydoni____________kv.m. yashash maydoni_________kv.m._____________xonalardan iborat.
(F.I.O.) (turar joyni ijaraga oluvchi, uy egasi (keraklisining tagi chizilsin))
4. Ushbu turar joy maydonida yashovchilar:
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Qarindoshlik munosabatlari
Bandligi (faoliyat turi)
Nogironlik guruhi / Surunkali kasalligining darajasi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
5. Oila moddiy holatining darajasi (past, oʻrta, yuqori) va bunday baholanishning sabablari: __________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________
6. Turar joyning yashash uchun yaroqsizligi sabablari: ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
“Qishloq qurilish invest” / “Oʻzshahar qurilish invest”injiniring kompaniyasi va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji mavjudligi toʻgʻrisida ________________ tumani (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning YOZMA TAVSIYASI
№ _________
Dastur doirasida arzon uy-joy qurish uchun “Qishloqqurilishinvest” / “Oʻzshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi filiali bilan dastlabki shartnomani tuzish va ishtirok etuvchi tijorat bankining filialida ipoteka krediti olish uchun _________________________________________________________________________________________________
(doimiy yashash joyining manzili koʻrsatiladi)
Manzilida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (talabgor) ________________________________________________________________________________________________ga
(F.I.O.)
berildi.
Ushbu tavsiya ______________ tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan tuzilgan 20___ yil “___”__________ dagi _____-son Ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida uy-joy sharoitlarini tekshirish dalolatnomasiga muvofiq berildi.
Quyidagi ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi inobatga olingan: 1)_______________________________________________________________________________________________; 2)_______________________________________________________________________________________________; 3)_______________________________________________________________________________________________.
(Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi boʻlgan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uylar berish tartibi toʻgʻrisida nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlar koʻrsatiladi)
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)