Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Qayd etib oʻtilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan “ToshkentboshplanLITI” DUK, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshuyjoyLITI” AJ va “Toshgiprogor” AJ (keyingi oʻrinlarda — bosh loyiha institutlari) bilan birgalikda arzon koʻp kvartirali uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, tatbiq etilgan.
Joriy yilda yosh oilalarning, eskirgan uylarda yashovchilarning hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifalardagi fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash yuzasidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq Toshkent shahrida va respublikaning boshqa shaharlarida maydoni 554,8 ming kvadrat metr boʻlgan 191 ta koʻp kvartirali uylar qurilishi va rekonstruksiya qilinishi amalga oshirilmoqda. Natijada shu yilning oʻzidayoq uy-joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj boʻlgan shahar oilalaridan 7919 nafari arzon va shinam uy-joy bilan taʼminlanadi.
Shu bilan birga 2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi qanday amalga oshirilayotganligini oʻrganish respublika shaharlarida arzon uy-joylarga boʻlgan talab-ehtiyoj hamon yuqori darajada qolayotganligini koʻrsatdi. 27,0 mingdan ziyod muhtoj oila Dastur doirasida qurilayotgan arzon koʻp kvartirali uylarda yaqin yillar ichida kvartira sotib olish istagini bildirib, hududiy komissiyalarga murojaat qilgan.
Ayni vaqtda Dasturni shakllantirishni yanada takomillashtirish va uni bajarish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangi yondashuvlar ishlab chiqilishini taqozo etuvchi arzon uy-joylar qurilishini tashkil etish va oilalarni shunday uylar bilan taʼminlashda bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi:
birinchidan, Toshkent shahrida (24 ta uy), Nukus shahrida (7 ta uy), Buxoro shahrida (6 ta uy) va Urganch shahrida (4 ta uy) jami 41 ta arzon koʻp kvartirali uylarda ishlarni bajarish jadvallaridan orqada qolinmoqda;
ikkinchidan, Nukus, Andijon, Buxoro, Termiz, Samarqand, Guliston, Olmaliq, Chirchiq va Bekobod shaharlarida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma obyektlari qurilishi hamda massivlar hududlarini obodonlashtirishda qoloqlik kuzatilmoqda;
uchinchidan, shaharsozlik normalari va qoidalari talablarining buzilishiga, qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarilishiga, loyihadan chetga chiqishga yoʻl qoʻyilmoqda, buning natijasida 761 ta (buyurtmachiga — 205 ta, pudrat tashkilotlariga — 399 ta, loyiha tashkilotlariga — 157 ta) taqdimnoma berildi, 34 ta obyekt boʻyicha bajarilgan ishlar hajmidan 1,0 milliard soʻmdan koʻproq mablagʻ olib tashlandi.
2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini shakllantirish va amalga oshirishda aniqlangan kamchiliklarga barham berish, muhtoj aholining arzon koʻp kvartirali uylarga boʻlgan yuqori talab-ehtiyojini yanada toʻliqroq qondirish, shuningdek, shaharlarda yashovchi aholining turmush darajasi va sifatini uy-joy qurilishi hamda ipoteka krediti berish koʻlamlarini kengaytirish hisobiga yuksaltirish chora-tadbirlari izchillik bilan amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi K.R. Sariyevga, Buxoro viloyati hokimi U.I. Barnoyevga, Xorazm viloyati hokimi I.M. Sobirovga, Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonovga — koʻp kvartirali uylar qurilishi dasturlarining amalga oshirilishi ustidan yetarli nazoratni taʼminlamaganliklari, buning natijasida qurilish-montaj ishlarini bajarish va tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma obyektlari qurilishi hamda massivlar hududlarini obodonlashtirish ishlari jadvallardan orqada qolishiga yoʻl qoʻyilgan;
“Oʻzshahar qurilish invest” IK MCHJ direktori Z.Gʻ. Narzullayevga — “tayyor holda topshirish” sharti bilan arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan, qurilishning borishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha injiniring kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan funksiyalar yetarli darajada bajarilmaganligi, bu esa baʼzi bosh pudrat tashkilotlari tomonidan shartnomalarda belgilangan qurilish muddatlari buzilishiga va qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilishiga olib kelgan;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (B.I. Zakirov, K.N. Toʻlaganov), bosh loyiha institutlarining rahbarlariga — arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining eng muhim parametrlari bosh loyiha institutlari tomonidan yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi, bu esa ularga tuzatish kiritish zaruratini taqozo etganligi, shuningdek, qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan arxitektura-qurilish va mualliflik nazorati tegishli darajada olib borilmaganligi qatʼiyan koʻrsatib oʻtilsin.
2. Respublika mintaqalarida arzon uy-joylarga haqiqiy talab-ehtiyojni baholash hamda ularni qurish ishlarini tashkil etishni hisobga olgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha 2018 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur)ning asosiy parametrlari 1- va 1a-ilovalariga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Oʻzshahar qurilish invest” IK MCHJ, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qurilish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, “Oʻzbektelekom” AK va tijorat banklarining rahbarlari zimmasiga Dasturning asosiy parametrlarini taʼminlash bilan bogʻliq tashkiliy, texnikaviy va moliyaviy masalalarning oʻz vaqtida hal etilishi, shuningdek, arzon koʻp kvartirali uylar, muhandislik-transport kommunikatsiyalari, infratuzilma obyektlari sifatli qurilishi, hududlar obodonlashtirilishi borasida shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining zimmasiga arzon koʻp kvartirali uylar, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma obyektlari oʻz vaqtida foydalanishga topshirilishi, hududlar obodonlashtirilishi, shuningdek, fuqarolar kvartiralarga joylashtirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilishi belgilab qoʻyilsin.
3. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonida Osiyo taraqqiyot banki (keyingi oʻrinlarda — ATB) bilan birgalikda “Ipoteka-bank” ATIB, “Asaka-bank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB (keyingi oʻrinlarda — ishtirok etuvchi tijorat banklari) uchun ipoteka kredit resurslari berilishini nazarda tutuvchi “Oʻzbekistonning ipoteka bozorini kengaytirish” loyihasi tayyorlanmoqda, shuningdek, 2-ilovaga muvofiq, Turkiyaning “Ziroat” davlat banki qarzini jalb etish masalasi ishlab chiqilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2017-yilning 31-dekabriga qadar muddatda “Oʻzbekistonning ipoteka bozorini kengaytirish” (1-faza) loyihasi boʻyicha ATB Direktorlar kengashining ijobiy fikrini olish tartib-taomilini nihoyasiga yetkazsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari bilan birgalikda fuqarolarning oʻzini-oʻz boshqarish mahalla organlari faol ishtirokida bir oy muddatda:
oshkoralik, shaffoflik va keng xabardorlik tamoyillariga rioya etish asosida yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan boshqa toifadagi fuqarolarning orasidan qarz oluvchi salohiyatli fuqarolarni belgilangan tartibda aniqlashni;
2018-yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi uchun shartnomalar tuzilishi va boshlangʻich badallar shakllantirilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (G.K. Saidova) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.X. Shermatov), Moliya vazirligi (B.A. Xodjayev), Markaziy bank (B.M. Nurmuratov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarning boshqa toifalari uchun uy-joylar taqsimlanishi hamda ularga Dastur doirasida uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berilishi shaffofligini taʼminlaydigan elektron tizimni ishlab chiqsin va tatbiq etsin.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
arzon koʻp kvartirali uylarda kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badalning oʻrtacha miqdori 15 foiz darajasida saqlanadi va kvartiralarni qavatlar boʻyicha taqsimlashda suisteʼmolchilik faktlarining oldini olish maqsadida, 3-ilovaga muvofiq, 2019-yilda Dasturni amalga oshirish doirasida kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlari asosida boshlangʻich badalning tabaqalashtirilgan miqdori amaliyotga tatbiq etiladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi uchun yer maydonlarini ajratib berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari tomonidan “Oʻzshahar qurilish invest” IK MCHJ va ishtirok etuvchi tijorat banklarining buyurtmanomalari asosida faqat aholi oʻrtasida talab katta boʻlgan hududlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
qurilish maydonlarini tayyorlash, qurilish hududiga tushgan imoratlarni buzish va muhandislik kommunikatsiyalarini koʻchirish, shuningdek, suv taʼminoti, kanalizatsiya, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti va aloqa tarmoqlarining tortib kelinadigan va maydon ichki shaxobchalarini qurish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ va “Oʻzbektelekom” AK tomonidan tegishli ravishda mahalliy budjetlar mablagʻlari va foydalanuvchi tashkilotlarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
koʻp kvartirali uylar qurilishini moliyalashtirish belgilangan tartibda salohiyatli qarz oluvchilar roʻyxati va ularning boshlangʻich badallari shakllanib borishiga qarab amalga oshiriladi.
7. Dasturni amalga oshirish doirasida quyidagilar uni moliyalashtirish hamda buyurtmachi va qarz oluvchilarni kredit bilan taʼminlash manbalari etib belgilansin:
ushbu qarorning 3-ilovasiga binoan, belgilangan shartlarga muvofiq qarz oluvchilarning boshlangʻich badallari;
Oldingi tahrirga qarang.
qarz oluvchilarga ipoteka kreditlari berish uchun 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik 3 foizli stavka boʻyicha (2020-yilda Dasturni amalga oshirish doirasida — bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil mobaynida har yili foiz stavkasi qatʼiy belgilangan 4 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda ishtirok etuvchi tijorat banklarining yiliga 3 foiz miqdorida marjasini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida) milliy valyutada kredit liniyasini ochish yoʻli bilan ishtirok etuvchi tijorat banklariga taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining, xalqaro moliya institutlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablagʻlari;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
buyurtmachiga kredit berish uchun 2 yil muddatga, yillik 3 foizli stavka boʻyicha milliy valyutada kredit liniyasini ochish yoʻli bilan “Ipoteka-bank” ATIBga 2019-yilda Dasturni amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarning mablagʻlari.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yilda qurilgan koʻp kvartirali uylarni realizatsiya qilishda Moliya vazirligi tomonidan ishtirok etuvchi tijorat banklariga milliy valyutada 20 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan dastlabki 5 yil davomida yillik 3 foiz stavkada va keyingi davrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan tijorat bankining yillik 4 foiz miqdoridagi marjasini chegirgan holda hosil boʻladigan stavkada mablagʻlar taqdim qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining arzon koʻp kvartirali uylar sonini 4-ilovaga muvofiq, qarz oluvchilarni ipoteka krediti bilan taʼminlash uchun ishtirok etuvchi tijorat banklari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzshahar qurilish invest” IK MCHJ Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, bosh loyiha institutlari, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda belgilangan tartibda:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
shahar qurilishining zamonaviy talablarini, shuningdek, energiyani samarali va tejamli sarflaydigan texnologiyalarni, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalarini qoʻllagan holda arzon koʻp kvartirali uylarning yangi namunaviy loyihalari ishlab chiqilishi va amaldagilari qayta koʻrib chiqilishini;
arzon koʻp kvartirali uylarning namunaviy loyihalari bir-biri bilan sifatli bogʻlanishini hamda loyiha-smeta hujjatlari uylar umumiy maydoni 1 kv.metrining kelishilgan qiymati asosida ishlab chiqilishini;
arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi qiymatining asossiz qimmatlashishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlar amalga oshirilishini;
2018-yilgi Dastur doirasida qarz oluvchilarning shakllantirilgan boshlangʻich badallari va ishtirok etuvchi tijorat banklarining resurslari hisobidan boshlab qoʻyiladigan ishlar hajmi shu yilning oʻzida bajarilishini taʼminlasin.
10. Quyidagilar:
“Oʻzshahar qurilish invest” IK MCHJ direktori Z.Gʻ. Narzullayev zimmasiga injiniring kompaniyasiga yuklatilgan arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi, pudrat tashkilotlarini tanlash va ular tomonidan qurilish muddatlari va sifati boʻyicha shartnoma majburiyatlari qatʼiyan bajarilishi, qurilishning borishi ustidan texnik nazorat amalga oshirilishi boʻyicha yagona buyurtmachi funksiyalarini ogʻishmay bajarishi yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vaziri A.X. Toʻxtayev zimmasiga loyiha tashkilotlari tomonidan arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi, asosli narx belgilanishi, loyiha yechimlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga qattiq rioya etilishi ustidan mualliflik nazorati amalga oshirilishi yuzasidan;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
ishtirok etuvchi tijorat banklari — “Ipoteka-bank” ATIB rahbari O.M. Musayev, “Asaka-bank” ATB rahbari K.K. Mullajonov, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB rahbari A.K. Mirsoatov zimmasiga buyurtmachi oʻz vaqtida va toʻla hajmda moliyalashtirilishi hamda qarz oluvchilar ipoteka krediti bilan taʼminlanishi, ajratilgan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qurilish vaziri oʻrinbosari — Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasining boshligʻi K.N. Toʻlaganov ushbu qarorga muvofiq arzon koʻp kvartirali uylarni loyihalash va qurishda belgilangan qurilish normalari va qoidalariga, qurilish-montaj va pardozlash ishlarini bajarish sifatiga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
12. Dastur doirasida 2018-yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi uchun, istisno tariqasida:
“Oʻzshahar qurilish invest” IK MCHJga eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan, tanlov savdolarini oʻtkazmasdan pudrat va loyiha tashkilotlarini belgilashga;
2018-yilning 1-apreliga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzqurilishmateriallari” AJ buyurtmachining buyurtmanomalari va bosh loyiha tashkilotlarining asosli hisob-kitoblari boʻyicha joriy yilning oktabr oyidan boshlab Dastur doirasida 2018-yilgi ishlar debochasini boshlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va deklaratsiya qilingan narxlar boʻyicha metall prokati, sement va qurilishbop oyna ajratib berilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Oʻzshahar qurilish invest” IK MCHJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 2017-yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishida tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan kvartiralarning umumiy maydoni koʻpayganligi va shunga muvofiq ularning qiymati 104,4 milliard soʻmga oshganligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5-ilovaga muvofiq, quruvchilarning 26,1 milliard soʻm miqdordagi boshlangʻich badallari va “Xalq banki” ATBning 78,3 milliard soʻm miqdordagi mablagʻlari — 2018-yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha xarajatlar qiymati oshganligini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi qurilishi tugallangan arzon koʻp kvartirali uylarning kadastr hujjatlari “Oʻzshahar qurilish invest” IK MCHJga davlat boji, toʻlovlar va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirib berilishini taʼminlasin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 22-noyabrdagi PQ-2660-sonli qaroriga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
19. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
20. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-oktabr,
PQ-3350-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga
1-ILOVA
2018 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturining
ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Hududning nomlanishi

2018-yil

2019-yil

2020-yil

uylar soni*

kvartiralar soni**

uylar soni*

kvartiralar soni**

uylar soni*

kvartiralar soni**

JAMI:

335

13 917

355

14 757

355

4 256

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

10

450

10

450

244

244

2.

Andijon viloyati

14

588

14

588

268

268

3.

Buxoro viloyati

10

420

10

420

216

216

4.

Jizzax viloyati

15

645

15

645

236

236

5.

Qashqadaryo viloyati

14

630

14

630

240

240

6.

Navoiy viloyati

8

336

8

336

210

210

7.

Namangan viloyati

14

588

14

588

108

108

8.

Samarqand viloyati

16

720

16

720

240

240

9.

Sirdaryo viloyati

10

450

10

450

210

210

10.

Surxondaryo viloyati

10

420

10

420

492

492

11.

Toshkent viloyati

40

1 680

40

1 680

182

182

12.

Fargʻona viloyati

14

600

14

600

328

328

13.

Xorazm viloyati

10

450

10

450

300

300

14.

Toshkent shahar

150

5 940

170

6 780

982

982

* Koʻp kvartirali arzon uylarning soni tegishli shaharlar (qurilayotgan massivlar)ning bosh rejalarini kelishish jarayonida aniqlanadi.
** Kvartiralar soni uylarning qavatini belgilash va namunaviy loyihalarni hududga biriktirish natijalariga asosan aniqlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga
1a-ILOVA
2018-yilda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish
ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Hududlar nomlanishi

Qavati**

Jami 2018-yilga

Hisoblangan qiymati
(mlrd soʻm)****

Shundan quyidagilar hisobiga:

uylar soni

kvartiralar soni***

Quruvchilarning boshlangʻich badallari (15%)

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Xalqaro moliya institutlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari

JAMI

335

13 782

2 733,3

410,0

2 323,3

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

5

10

450

68,9

10,3

58,6

2.

Andijon viloyati*

7

14

588

124,6

18,7

105,9

3.

Buxoro viloyati

7

10

420

85,6

12,8

72,8

4.

Jizzax viloyati*

5

5

645

116,4

17,5

98,9

7

10

5.

Qashqadaryo viloyati*

5

14

630

105,9

15,9

90,0

6.

Navoiy viloyati*

7

8

336

68,5

10,3

58,2

7.

Namangan viloyati*

7

14

588

131,1

19,7

111,4

8.

Samarqand viloyati*

5

16

684

141,4

21,2

120,2

9.

Surxondaryo viloyati

7

10

420

85,9

12,9

73,0

10.

Sirdaryo viloyati*

5

10

450

74,6

11,2

63,4

11.

Toshkent viloyati*

7

40

1 659

318,1

47,7

270,4

12.

Fargʻona viloyati

5

4

600

123,7

18,6

105,2

7

10

13.

Xorazm viloyati

5

10

450

70,2

10,5

59,7

14.

Toshkent sh.*

5

30*****

5 862

1 218,4

182,8

1035,6

7

120

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga amalga oshirgan tashriflari davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq koʻp kvartirali arzon uylar qurilishini hisobga olgan holda.
** Koʻp kvartirali arzon uylarning soni va ularning qavati tegishli shaharlar (qurilayotgan massivlar)ning bosh rejalarini kelishish yakuni boʻyicha aniqlanadi.
*** Kvartiralar soni uylarning qavatini belgilash va namunaviy loyihalarni hududga biriktirish natijalariga asosan aniqlanadi.
**** Hisoblangan qiymat namunaviy loyihalarni hududlarga biriktirish va loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalariga asosan aniqlanadi.
***** Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun 900 ta (3 xonali) kvartirali 30 ta koʻp kvartirali uy.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga
2-ILOVA
Uy-joylar qurilishini rivojlantirish dasturini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari qarz mablagʻlarini jalb qilish
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI

mln. AQSH dollari

T/r

Xalqaro moliya instituti

JAMI

shu jumladan:

mablagʻlarni yoʻnaltirish

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

2021-yil

JAMI:

1 280,0

218,0

469,0

393,0

100,0

100,0

1.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB)

500,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

qishloq uylarini qurishga

200,0

100,0

100,00

koʻp kvartirali uylarni qurishga

2.

Islom taraqqiyot banki (ITB)

300,0

113,0

94,0

93,0

qishloq uylarini qurishga

3.

Quvayt arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi (QAIRJ)

30,0

5,0

25,0

qishloq massivlari infratuzilmalari qurilishiga

4.

Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi (STJ)

50,0

50,00

qishloq uylarini qurishga

5.

“Ziraat” Turkiya davlat banki

200,0

100,0

100,00

koʻp kvartirali uylarni qurishga

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga
3-ILOVA
Kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolarga sotish
SHARTLARI

T/r

Qavatlar

Kredit shartlari:*

Boshlangʻich badal (%)**

Birinchi 5 yil

davomida foiz

stavkasi

Kredit muddati

Imtiyozli davr

5-qavatli uylar uchun

7-qavatli uylar uchun

9-qavatli uylar uchun

1.

1-qavat

20

20

20

7%

20 yil

36 oy

2.

2-qavat

20

20

20

3.

3-qavat

15

20

20

4.

4-qavat

10

15

15

5.

5-qavat

10

10

15

6.

6-qavat

10

15

7.

7-qavat

10

10

8.

8-qavat

10

9.

9-qavat

10

* Ishtirok etuvchi tijorat banklari yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolardan buyurtmanomalar kelib tushmagan taqdirda, aholining qolgan toifalariga kvartira qiymatining kamida 50 % miqdori dastlabki badal toʻlanganida, foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan, 6 oylik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 10 yil muddatga ipoteka kreditini taqdim etishlari mumkin.
 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga
4-ILOVA
Arzon koʻp kvartirali uylar sonini quruvchilarni ipoteka krediti bilan taʼminlash uchun ishtirok etuvchi tijorat banklari oʻrtasida
TAQSIMLASH

T/r

Hududning nomlanishi

JAMI

shu jumladan:

IpotekabankAKIB

OʻzsanoatqurilishbankATB

“Asakabank” ATB

uylar soni (soni)*

kvartiralar soni

(soni)**

uylar soni

kvartiralar soni

uylar soni

kvartiralar soni

uylar soni

kvartiralar soni

JAMI:

335

13 917

121

5 157

107

4 380

107

4 380

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

10

450

2

90

4

180

4

180

2.

Andijon viloyati

14

588

6

252

4

168

4

168

3.

Buxoro viloyati

10

420

6

252

2

84

2

84

4.

Jizzax viloyati

15

645

9

393

3

126

3

126

5.

Qashqadaryo viloyati

14

630

4

180

5

225

5

225

6.

Navoiy viloyati

8

336

4

168

2

84

2

84

7.

Namangan viloyati

14

588

4

168

5

210

5

210

8.

Samarqand viloyati

16

720

4

180

6

270

6

270

9.

Surxondaryo viloyati

10

450

4

180

3

135

3

135

10.

Sirdaryo viloyati

10

420

2

84

4

168

4

168

11.

Toshkent viloyati

40

1 680

10

420

15

630

15

630

12.

Fargʻona viloyati

14

600

4

180

5

210

5

210

13.

Xorazm viloyati

10

450

2

90

4

180

4

180

14.

Toshkent sh.

150

5 940

60

2 520

45***

1 710

45***

1 710

* Koʻp kvartirali arzon uylarning soni tegishli shaharlar (qurilayotgan massivlar)ning bosh rejalarini kelishish jarayonida aniqlanadi.
** Kvartiralar soni uylarning qavatini belgilash va namunaviy loyihalarni hududga biriktirish natijalariga asosan aniqlanadi.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun 30 ta koʻp kvartirali uylarda (“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB — 15 ta uy, “Asaka bank” ATB — 15 ta) 900 ta (3 xonali) kvartirani hisobga olgan holda.
 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga
5-ILOVA
2017-yilda arzon koʻp kvartirali uylar qurilishi boʻyicha xarajatlar qiymati oshganligini
MOLIYALASHTIRISH MANBALARI

mlrd soʻm

T/r

Hududning nomlanishi

Uylar soni (soni)

Xarajatlarning

hisoblangan qiymati

Xarajatlarning tuzatishlar kiritilgan qiymati*

Xarajatlarning oshgan qiymati*

Qurilishning oshgan qiymatini moliyalashtirish manbalari

Quruvchilarning boshlangʻich badallari

Xalq banki” ATB mablagʻlari

JAMI:

191

897,1

1 001,5

104,4

26,1

78,3

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

7

30,6

31,6

1,0

0,3

0,8

2.

Andijon viloyati

7

31,4

39,8

8,4

2,1

6,3

3.

Buxoro viloyati

6

26,9

32,8

5,9

1,5

4,4

4.

Jizzax viloyati

5

22,4

27,8

5,4

1,4

4,1

5.

Qashqadaryo viloyati

7

30,6

32,7

2,1

0,5

1,6

6.

Navoiy viloyati

5

22,4

27,7

5,3

1,3

4,0

7.

Namangan viloyati

8

35,9

44,3

8,4

2,1

6,3

8.

Samarqand viloyati

9

39,4

42,2

2,8

0,7

2,1

9.

Sirdaryo viloyati

5

21,9

23,1

1,2

0,3

0,9

10.

Surxondaryo viloyati

5

22,4

27,8

5.4

1,4

4,1

11.

Toshkent viloyati*

15

67,3

72,7

5,4

1,4

4,1

12.

Fargʻona viloyati

5

22,4

27,9

5,5

1,4

4,1

13.

Xorazm viloyati

5

21,9

23,1

1,2

0,3

0,9

14.

Toshkent shahar

102

501,6

547,9

46,3

11,6

34,7

* Xarajatlar qiymatiga qurilish yakunlari hamda arzon koʻp kvartirali uylarning tuzatish kiritilgan loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish natijalari asosida aniq kiritiladi.
 LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-oktabrdagi PQ-3350-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2660-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTISHLAR VA QOʻSHIMCHA
1. 4-bandi:
ikkinchi xatboshisidagi “Ipoteka bank” ATIBning yiliga 0,5 foiz miqdorida marjasini hisobga olgan holda,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “kvartiralarni” soʻzidan keyin “yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilariga” soʻzlari qoʻshilsin;
oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifadagi fuqarolardan buyurtmanomalar kelib tushmagan taqdirda, aholining qolgan toifalariga kvartira qiymatining kamida 50 % miqdori dastlabki badal toʻlanganida, foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan, 6 oylik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 10 yil muddatga ipoteka krediti taqdim etish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda sotsin.”
2. 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “672,8” raqami “751,1” raqami bilan almashtirilsin;
3. 17-bandning beshinchi xatboshisidagi “asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar, passajir liftlari va individual qozonxonalar” soʻzlari “passajir liftlari, individual qozonxonalar, ularning asbob-uskunalari va ehtiyot qismlari, shu jumladan butlovchi qismlar va ularni ishlab chiqarish (yigʻish) uchun materiallar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2017 — 2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish dasturining
ASOSIY PARAMETRLARI

T/r

Hududning nomlanishi

JAMI*

2017-yil

2018-yil

2019-yil

2020-yil

uylar soni

kvartiralar soni

uylar soni

kvartiralar soni

uylar soni

kvartiralar soni

uylar soni

kvartiralar soni

uylar soni

kvartiralar soni

JAMI:

1 236

51 350

191

7 919

335

13 917

355

14 757

355

14 757

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

37

1 665

7

315

10

450

10

450

10

450

2.

Andijon viloyati

49

2 058

7

294

14

588

14

588

14

588

3.

Buxoro viloyati

36

1 512

6

252

10

420

10

420

10

420

4.

Jizzax viloyati

50

2 145

5

210

15

645

15

645

15

645

5.

Qashqadaryo viloyati

49

2 205

7

315

14

630

14

630

14

630

6.

Navoiy viloyati

29

1 218

5

210

8

336

8

336

8

336

7.

Namangan viloyati

50

2 100

8

336

14

588

14

588

14

588

8.

Samarqand viloyati

57

2 565

9

405

16

720

16

720

16

720

9.

Surxondaryo viloyati

35

1 575

5

225

10

450

10

450

10

450

10.

Sirdaryo viloyati

35

1 470

5

210

10

420

10

420

10

420

11.

Toshkent viloyati

135

5 664

15

624

40

1 680

40

1 680

40

1 680

12.

Fargʻona viloyati

47

2010

5

210

14

600

14

600

14

600

13.

Xorazm viloyati

35

1 575

5

225

10

450

10

450

10

450

14.

Toshkent sh.

592

23 588

102

4 088

150

5 940

170

6 780

170

6 780

* Koʻp qavatli uylarning qurilish parametrlari tegishli shaharlarning bosh rejalarini kelishish jarayonida aniqlanadi”.
 LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2017-y., 07/17/3350/0173; 20.07.2018-y., 07/18/3863/1544-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)