1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son, “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-son hamda “2018-yilda uy-joy qurilishini rivojlantirish maqsadli dasturlarini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-yanvardagi PQ-3480-son qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurishda ishtirok etuvchi potensial uy quruvchilarni tanlab olish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ariza beruvchi — uy quruvchining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 24-noyabrdagi 393-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 11-son, 106-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-fevral,
103-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qaroriga ILOVA
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qarori bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) doirasida tegishli tuman hokimligi huzurida tashkil etiladigan talabgorlarni tanlash komissiyasi tomonidan aniqlanadigan potensial uy quruvchilarning qishloq joylarda arzon uy-joylarga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojlaridan va Dastur doirasida potensial uy quruvchilarning ijtimoiy ustuvorligidan kelib chiqib, qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun uy quruvchilarni tanlab olish va ularning ishtirok etishi tartibini belgilaydi.
2. Agar Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun jalb etilgan xorijiy kreditlar va grantlarni berish shartlarida ushbu Nizomda nazarda tutilgan qoidalardan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro va xorijiy moliyaviy tashkilotlarning tegishli amal qiluvchi hujjatlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oila — boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila; koʻp bolali oilalar; toʻliq boʻlmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan onalar (otalar); daromadi yuqori boʻlmagan oila; tarkibida birinchi guruh nogironi boʻlgan yoxud surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs boʻlgan oila, shuningdek uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam boʻlmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam boʻlmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq boʻlmagan oilalar;
daromadi yuqori boʻlmagan oila — bir oydagi jami daromadi har bir oila aʼzosiga belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,06 baravari miqdorigacha toʻgʻri keladigan oila;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Komissiya — tegishli tuman hokimligi huzurida tashkil etiladigan va kamida toʻqqizta aʼzoni oʻz ichiga olgan, jumladan, tuman hokimi, tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi rahbari, Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali rahbari, tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, Xotin-qizlar qoʻmitasi tuman boʻlinmasi raisi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining tuman kengashi raisi, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi rahbari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman kengashi vakilidan iborat talabgorlarni tanlash boʻyicha doimiy ishlaydigan komissiya. Komissiya ishiga kuzatuvchilar sifatida ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali boshqaruvchisi, injiniring kompaniyasi filialining direktori, tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi yoki ular tomonidan vakil qilingan shaxslar jalb qilinishi mumkin;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
ariza beruvchi — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya olish uchun Komissiyaga ariza bergan uy-joyga muhtoj boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan fuqarosi;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi — keyingi yilda Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan barcha ariza beruvchilarning roʻyxatini shakllantirishi uchun har yillik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan Dasturda ishtirok etish uchun ariza taqdim etilishining oxirgi sanasi;
ijtimoiy mezonlar — Komissiya tomonidan ariza beruvchilarni tanlash va Dasturda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ariza beruvchilarning ijtimoiy va uy-joy sharoitlarining asosiy koʻrsatkichlari;
ballar — Komissiya tomonidan ariza beruvchilarni tanlash va Dasturda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar baholanishi;
talabgor — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun Komissiyaning yozma tavsiyasini olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
uy-joy quruvchi — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish uchun belgilangan tartibda buyurtmani rasmiylashtirgan, unga nisbatan ishtirok etuvchi tijorat bankining Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qarori qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
injiniring kompaniyasi — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari;
er massivi — tegishli aholi punkti uchun ishlab chiqilgan bosh reja asosida Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar hamda ijtimoiy, muhandislik va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari qurish uchun injiniring kompaniyasiga beriladigan yer uchastkalari;
Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar — Dastur doirasida barcha namunaviy loyihalar boʻyicha qurilishi moʻljallangan uy-joylar;
yozma tavsiya — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida Dasturda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga Komissiya tomonidan beriladigan yozma tavsiya.
4. Komissiyaning tavsiyalari asosida uy-joy quruvchilarning Dasturdagi ishtiroki ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
2-bob. Talabgorlarni tanlab olish va ijtimoiy ustuvorlik asosida ularga yozma tavsiyalar berish tartibi
5. Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurishda talabgorlarni tanlab olish Komissiya tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan oilalarni dastlabki tanlash boʻyicha tizimning shaffofligi va ishonchliligi tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
6. Ariza beruvchi yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha Komissiyaga ariza beruvchining ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq hujjatlar ilova qilingan 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha anketa-arizani (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) Komissiya raisining nomiga taqdim etadi.
7. Ariza beruvchi Komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
8. Hujjatlar Komissiyaning vakolatli shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda tilxat bilan ariza beruvchiga topshiriladi. Vakolatli shaxs tuman hokimi qarori bilan tayinlanadi.
9. Arizalar hisobi alohida roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida (keyingi oʻrinlarda jurnal deb ataladi) yuritiladi. Jurnal raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va Komissiyaning vakolatli shaxsi tomonidan muhrlangan boʻlishi kerak (jurnalning namunaviy shakli ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan).
Har bir arizaga jurnalda takrorlanmaydigan roʻyxatdan oʻtkazish raqami beriladi. Arizalar jurnalga ketma-ketlikda, ular olinishiga qarab kiritilishi kerak.
Arizani jurnalda dastlab roʻyxatdan oʻtkazmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Komissiya arizalarni ularning jurnalda qayd etilishi navbatliligiga koʻra koʻrib chiqishi shart.
10. Ariza va taqdim qilingan hujjatlar ariza beruvchilarning ijtimoiy ustuvorligini aniqlash maqsadida Komissiya tomonidan mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagan kundan boshlab 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ijtimoiy ustuvorlik mezonlari asosida tanlov natijalari toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim qilingan arizalar koʻrib chiqilmaydi va keyingi yilda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
11. Arizani koʻrib chiqish va ariza beruvchilarning ijtimoiy ustuvorligini aniqlashda Komissiya tomonidan quyidagi ijtimoiy mezonlar hisobga olinadi:
a) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar joyning yoʻqligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
b) boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;
v) koʻp bolali;
g) ariza beruvchi oilasining daromadi;
d) bir yoki undan koʻp bola ota-onalardan biri (toʻliq boʻlmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;
e) ariza beruvchining oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxslarning mavjudligi;
j) ariza beruvchining oila aʼzolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi;
z) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam boʻlmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam boʻlmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.
12. Komissiya ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddat ichida ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganadi va ushbu Nizomga 5-ilovada nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlardan kelib chiqib ariza beruvchining ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi.
Ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini oʻrganish va ijtimoiy ustuvorligini belgilash yakunlari boʻyicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida ijtimoiy ustuvorlikni belgilash yakunlari boʻyicha olingan ballarni koʻrsatgan holda tekshirish dalolatnomasi tuziladi (namunaviy shakli ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq).
13. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi imzo qoʻydirilgan holda ariza beruvchiga beriladi.
14. Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha Komissiya bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga keyinchalik injiniring kompaniyasining va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yozma tavsiya beradi yoki ariza beruvchini rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda yozma tavsiya berilishi rad etilishidan yozma shaklda xabardor qiladi.
15. Yozma tavsiya Komissiya tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi.
Bir nusxasi talabgor tomonidan uning dastlabki shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun injiniring kompaniyasining filialiga taqdim etiladi, ikkinchi nusxa esa talabgor tomonidan doimiy yashash joyi boʻyicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga beriladigan ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadi.
16. Komissiya yozma tavsiyaning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida berilishi, shuningdek, uni berishning asossiz ravishda rad etilishi uchun javob beradi.
17. Quyidagi hollarda yozma tavsiya berish ariza beruvchiga rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilishi;
b) hujjatlar Dasturda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilishi;
v) taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar mavjudligi;
g) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan, uning ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish yakunlari boʻyicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yoʻqligi holatining asosli koʻrsatilishi;
d) Dastur va qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturlari doirasida ilgari qishloq joylarda arzon uy yoki yakka tartibdagi uy olgan uy quruvchining va/yoki uning oila aʼzolari (eri, xotini, ota-onasi, farzandlari)ning takroriy murojaati.
e) ariza beruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom bilan belgilangan tartibda ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarini bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya taqdim etish uchun xabarnoma olgan taqdirda.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
18. Ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Komissiya rad etishning aniq sabablarini va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida yozma bildirishnoma yuboradi (topshiradi).
Ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
20. Yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma bildirishnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.
21. Yozma tavsiya berish rad etilgan va arizalari ushbu Nizomning 20-bandi asosida koʻrib chiqilmagan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq yozma tavsiya berish toʻgʻrisidagi takroriy arizani keyingi yilda berishga haqlidir.
3-bob. Talabgorlarning arizalari koʻrib chiqish tartibi
22. Tanlab olingan yer massivlari, potensial uy quruvchilarni tanlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash jarayonida koʻrib chiqiladigan ijtimoiy mezonlar, ariza va hujjatlarni taqdim qilish jarayonlari va muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar injiniring kompaniyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi eʼtiboriga yetkaziladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
23. Injiniring kompaniyasining filiali Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish xohishini bildirgan talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablar va muddatlar asosida ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.
24. Injiniring kompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladilar.
25. Ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizada talabgor qurilish uchun ipoteka krediti olishni moʻljallayotgan Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joylarning turi koʻrsatilishi kerak. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
a) yozma tavsiya;
b) kredit olishning maqsadi, taʼminlanganligi, kredit muddati va summasi koʻrsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
(25-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son)
d) talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi hujjatlar;
e) dastlabki badal jamgʻarma omonat hisob raqamiga joylashtirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
j) injiniring kompaniyasining filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.
26. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 25-maydagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda hamda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yangi tiplardagi arzon uy-joylar qurilishida qatnashuvchi tijorat banklari — “Qishloq qurilish bank” ATB, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Ipoteka bank” ATIB, AT “Xalq banki”, “Asaka bank” ATB va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan imtiyozli ipoteka krediti berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda va Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga va muddatlarga muvofiq talabgorlarning ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqadi.
27. Talabgorlarni tanlashda ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali Komissiya tomonidan belgilangan ijtimoiy ustuvorlikni va yozma tavsiyani eʼtiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi.
Bunda talabgorlarning ipoteka krediti olishi toʻgʻrisidagi buyurtmanomasining birinchi navbatdagi huquqi va navbat tartibi (ketma-ketligi) Komissiyaning yozma tavsiyasida koʻrsatilgan balldan kelib chiqib belgilanadi. Eng yuqori ball olgan talabgorning arizasi kreditga layoqatini baholanayotganda birinchi darajali navbatga ega boʻladi.
28. Talabgorlarning kreditga layoqatini baholash natijalari asosida ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali bankning unga ipoteka krediti berishni maʼqullashi yoki rad etishi toʻgʻrisidagi qarori haqida talabgorga yozma ravishda xabar qiladi.
29. Talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning kreditga layoqati yetarli boʻlmaganda ipoteka kreditini olish huquqiga keyingi talabgor uning ijtimoiy ustuvorligi baholanishidan kelib chiqib va kreditga layoqatini baholash talablariga javob beraoladigan talabgor ega boʻladi.
30. Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda belgilangan tartibda ipoteka krediti berish toʻgʻrisida takroran ariza berishga haqlidir.
4-bob. Yakunlovchi qoida
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning tavsiyalari asosida 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida uy quruvchilarning ishtirok etishi
SXEMASI
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
ANKETA-ARIZA
Ariza № ------------------- Qabul qilish sanasi ------------- Arizani qabul qilgan shaxs ---------
1. ________________________
________________________
________________________
Familiya
Ism
Otasining ismi
2. Manzil: _____________________________
________________________
________________________
aholi punkti
tuman
viloyat
3. Tugʻilgan sanasi ___ / _____ / ________
4. Jinsi ____ ayol _____ erkak
5. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)
_________________
6. Oilaviy ahvoli ____ boʻydoq / turmushga chiqmagan ____uylangan / turmushga chiqqan ____ ajrashgan ____ beva
7. Asosiy faoliyat turi (bandlik): ___________________
8. Har oylik daromad miqdori: _________________
9. Sizning oila aʼzolaringizni ularning yoshini koʻrsatgan holda sanab oʻting: 1. ____________, yosh: ____ 2. ____________, yosh: ____ 3. ____________, yosh: ____ 4. ____________, yosh: ____ 5. ____________, yosh: ____ 6. ____________, yosh: ____
10. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini koʻrsating: 1. Birinchi guruh nogironi ___ kishi 2.Surunkali kasalliklarning ogʻir turlaridan azob chekuvchilar ___ kishi
11. Hozirgi vaqtda oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan turar joy miqdori: __________ kv.m.
12. Sizning hozirgi uy-joyingizning huquqiy maqomi: ____ mulk ____ ijara ____ mulkdor ruxsati bilan bepul yashash
13. Qaysi turdagi arzon uy-joydan olmoqchisiz? ___________
14. Sizning aloqa qilish uchun maʼlumotlaringiz? el.pochta ___________ uy tel: ___________ ish tel: ___________ uyali tel: ___________
Men 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida uy-joy olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni haqiqiyligini tasdiqlayman. Pasport va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilinadi .
______________
______ ______ _______
imzo
kun
oy
yil
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning _______-son(arizaning roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi) roʻyxati
T/r
Hujjat turi
Ijtimoiy mezonlar uchun
Bor
Yoʻq
1.
Ariza
Barcha mezonlar
□
□
2.
Pasport nusxasi
Barcha mezonlar
□
□
3.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami nusxasi (STIR)
Barcha mezonlar
□
□
4.
Oila aʼzolari pasportlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (toʻliq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud boʻlgan ta�dirda) va/yoki farzandlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) nusxalari
Barcha mezonlar
□
□
6.
Nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh bekor qilinganligi yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi toʻgʻrisida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (FHDY) arxividan maʼlumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda)
Doimiy ish joylaridan berilgan ariza beruvchi va u bilan birga yashayotgan oila aʼzolarining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma yoki ariza beruvchi va uning oila aʼzolarining yashash joyidagi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlangan oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar nusxalari
Barcha mezonlar
□
□
8.
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan kadastr hujjati nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa)
Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi bilan toʻgʻri kelsa)
Barcha mezonlar
□
□
10.
Ijara yoki turar joydan tekinga foydalanish toʻgʻrisida shartnoma yoki yer resurslari va davlat kadastri tuman boʻlinmasi maʼlumotnoma nusxasi (ariza beruvchining mulk huquqi asosida turar joyi boʻlmagan holatda)
Nogironlik guruhi koʻrsatilgan holda pensiya guvohnomasi, ushbu hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasidagi tumanlararo (tuman) tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) maʼlumotnoma nusxasi (oila aʼzolari orasida birinchi guruh nogironi mavjud boʻlgan holatda)
Turar joyi boʻyicha tuman davolash-profilaktika muassasaning vrachlik-maslahat komissiyasi (VMK) maʼlumotnomasi yoki ariza beruvchining oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob chekuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxsning mavjudligi holatida — tumanlararo (tuman) TMEK maʼlumotnomasi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etish uchun fuqarolardan arizalarni roʻyxatga olish JURNALI Boshlanishi: 2018-yil ________
ARIZALARNI ROʻYXATGA OLISh JURNALI
Roʻy-xatga olish raqami
Ariza qabul qilingan sana
Ariza beruvchining
F.I.O
Ariza beruvchining manzili
Aloqa qilish uchun maʼlumotlar
Ijtimoiy mezonlar
Haqiqatda toʻplangan ballar
Tavsiya / Rad etish tartib raqami
Tavsiya / Rad etish sanasi
Vakolatli shaxsning imzosi
Ariza beruvchining imzosi (yoki pochta xabarnomasining raqami va sanasi)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ariza beruvchi oilasining bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan jami har oylik daromad (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorlarida hisoblangan — MHTEKM)
Ish joyidan maʼlumotnoma
yoki soliq deklaratsiyasi
MHTEKMning 52,7 foizidan 87,9 foizigacha
10
MHTEKMning 87,9 foizidan 1,06 baravarigacha
5
MHTEKMning 52,7 foizidan kam
3
MHTEKMning 1,06 baravaridan koʻp
0
2.
Ariza beruvchi yashayotgan uy xoʻjaligida bir kishiga toʻgʻri keladigan turar joyning umumiy maydoni
Kadastr ishining nusxasi va tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha
komissiyaning haqiqiy oʻlchovi
16 kv.metrdan kam
10
16 — 20 kv.m
6
20 kv.metrdan koʻp
2
3.
Oilada quyidagi shaxslar mavjudligi:
Pasport va qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi
birinchi guruh nogironi
5
surunkali kasallikning ogʻir turlaridan azob
chekuvchi
10
4.
Gender mezonlari
Ariza beruvchi yolgʻiz boquvchiga ega oila vakili, oila boshi — ayol yoki asosiy ariza beruvchi — ayol
10
Yagona/yolgʻiz boquvchiga ega boʻlgan oila
7
Boshqalar
0
5.
Ariza beruvchining asosiy faoliyat turi
Ish beruvchi yoki tuman Davlat soliq inspeksiyasidan maʼlumotnoma
Ijtimoiy soha, tadbirkorlik, fermer yoki fermer va dehqon xoʻjaligi ishchisi
10
Iqtisodiyotning real sektori va xizmatlar sohasi
8
Boshqalar
5
6.
Hozirgi turar joy maqomi
Qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi
Ijara
10
Egasining ruxsati bilan tekin turar joy
6
Toʻliq oʻz mulkida (er-xotin birga)
2
Eng yuqori ball
60
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
________________________________________________ tumani huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya quyidagi tarkibda__________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
kvartirada yashayotgan fuqaro__________________________________________________________________________
(F.I.O.)
turar joy sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazdi va quyidagilarni aniqladi:
1.__________________________________________________________________uyda egallab turilgan turar joyning ______umumiy maydoni _______kv.m. yashash maydoni ________kv.m. _________________________xonalardan iborat.
(turar joyni ijaraga oluvchi, uy egasi (keraklisining tagi chizilsin))
4. Ushbu turar joy maydonida yashovchilar:
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Qarindoshlik munosabatlari
Bandligi (faoliyat turi)
Nogironlik guruhi / Surunkali kasalligining darajasi
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
5. Oila moddiy holatining darajasi (past, oʻrta, yuqori) va bunday baholanishning sabablari: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
6. Turar joyning yashash uchun yaroqsizligi sabablari: _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
“Qishloq qurilish invest” IK” MChJ va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj mavjudligi toʻgʻrisida ________________ tumani hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning YoZMA TAVSIYASI
№ _________
Dastur doirasida qishloq joylarda arzon uy-joy qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK” MChJ filiali bilan dastlabki shartnomani tuzish va ishtirok etuvchi tijorat bankining filialida ipoteka krediti olish uchun
manzilida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (talabgor)
______________________________________________________________________________________________ ga (F.I.O.)
berildi.
Ushbu tavsiya ______________ tumani hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan tuzilgan 20___ yil “___”__________ dagi _____-son Ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida uy-joy sharoitlarini tekshirish dalolatnomasiga muvofiq berildi.
(Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlar koʻrsatiladi)
Ushbu yozma tavsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 21-oktabrdagi PQ-2639-son qaroriga va Ariza beruvchi-uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq berildi.
Komissiya raisi
___________________________ (imzo / muhr)
___________________________ (F.I.O)
Komissiya kotibi
___________________________ (imzo / muhr)
___________________________ (F.I.O)
20____ yil “_____” ___________
(berilgan sana)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2018-y., 09/18/103/0786-son; 19.09.2019-y., 09/19/784/3766-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)