O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3127-son qarorini bajarish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 1-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
2. Quyidagilar:
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 2-bandning uchinchi xatboshsining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini yagona oshirilgan to‘lov evaziga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
3. Quyidagi tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 3-bandning ikkinchi xatboshsining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 3-bandning uchinchi xatboshsining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 3-bandning to‘rtinchi xatboshsining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 3-bandning beshinchi xatboshsining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning yashash joyiga borib, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari qo‘shimcha to‘lov asosida ko‘rsatiladi.
Bunda ushbu xizmatlar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning yashash joyiga borib, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan ko‘rsatiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqsin va yangi tahrirda tasdiqlasin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda, “Elektron hukumat” tizimining ma’lumotlar tizimi hamda markaziy ma’lumotlar bazasi bilan, ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati toifalarini saqlagan holda, avtomototransport vositalarining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomalarini hisobga olish reyestrini yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minotni bosqichma-bosqich integratsiyalashtirishning yanada oshirilishini ta’minlasin;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YHXX va hududiy boshqarmalarni ikki oy muddatda, avtotransport vositalari uchun oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha auksionga qo‘yilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoritish uchun katta formatdagi interaktiv ekranlar bilan jihozlasin;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
ushbu qarorni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasi hisobidan amalga oshirsin;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda, mazkur qarorning talablarini avtomototransport vositalari egalari va aholiga, ular o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borgan holda, shu jumladan teleradiokanallarda videorolik hamda harakatlanuvchi satrlarni tashkil etish yo‘li bilan yetkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda, ushbu qarorga muvofiq avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish monitoringining muntazam olib borilishini ta’minlasin, zarurat bo‘lganda, tegishli o‘zgartirishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 6-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 7-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. “O‘zbektelekom” AK o‘z mablag‘lari hisobidan, hududiy boshqarmalarning ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari va birjaning hududiy filiallari o‘rtasida optik tolali tarmoq liniyalar aloqasi o‘tkazishni ta’minlasin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda avtotransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi va avtotransport vositasini qayta jihozlash talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnomalar berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri B.A. Xo‘jayev va O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 31-avgust,
683-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga
1-ILOVA
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda — YHXX) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
transport vositasining egasi — avtomototransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
avtomototransport vositalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish — avtomototransport vositasini vaqtinchalik hisobga qo‘yish, ro‘yxatdan o‘tkazish haqida vaqtinchalik guvohnoma va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish;
ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi (keyingi o‘rinlarda — RO‘DRB deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan avtomototransport vositasiga uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni hisobga olish uchun hududiy kodlar va davlat raqamlari belgilarining tiplariga muvofiq beriladigan maxsus raqamli belgi;
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 2-bandning beshinchi xatboshsining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yagona oshirilgan to‘lov evaziga avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB — istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan, ixtiyoriy tanlovga ko‘ra yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan RO‘DRB
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — avtomototransport vositasini doimiy hisobga qo‘yish, avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi guvohnoma va RO‘DRBni berish;
Oldingi tahrirga qarang.
ro‘yxatga olish joyi — avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi YHXX va uning hududiy boshqarmalarining joylashgan joyi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish — tegishli huquqiy asoslar mavjud bo‘lganda avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
avtomototransport vositasini qayta jihozlash — boshqa model va modifikatsiyalar agregat va uzellari, ehtiyot qismlar va butlovchi detallardan foydalangan holda avtomototransport vositasi tarkibiy qismlari elementlari va tuzilishiga o‘zgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlari — qonunchilikka muvofiq YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni hisobdan chiqarish, shuningdek avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish haqida guvohnoma va RO‘DRBni berishdan iborat davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha harakatlar kompleksi;
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
ro‘yxatdan o‘tkazish hujjati — uning yo‘l harakatida ishtirok etishiga huquq berilganligini tasdiqlovchi avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida guvohnoma, shuningdek avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartasi;
Oldingi tahrirga qarang.
transport vositasi — yo‘lovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yo‘llarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun mo‘ljallangan qurilma. Mazkur Nizom maqsadlaridan kelib chiqib, transport vositalari avtotransport vositalari (avtomobillar, elektromobillar), mototransport vositalari (mototsikl, elektromototsikl, moped va skuterlar) hamda tirkama va yarim tirkamalarga bo‘linadi;
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“TRADE-IN” — ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasini yangi avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni to‘lagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almashtirish;
distribyutor tashkiloti — O‘zbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini realizatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqaruvchi bilan tegishli distribyutorlik kelishuviga ega yuridik shaxs;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi-o‘n beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yaroqsiz avtomototransport vositasi — transport vositasining asosiy qismlaridan biri, ya’ni dvigatel, shassi (yurish qismi, transmissiya, boshqaruv qismi) va kuzovi mavjud bo‘lmagan transport vositalari;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
diler tashkiloti — O‘zbekiston Respublikasi hududida yangi avtomototransport vositalarini realizatsiya qilish bo‘yicha distribyutor tashkiloti yoki ishlab chiqaruvchi bilan tegishli dilerlik kelishuviga ega yuridik shaxs;
“TRADE-UP” — ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasini ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni to‘lagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almashtirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qaroriga asosan o‘n yettinchi-o‘n sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
antikvar” avtomototransport vositalari — ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan, asl holati (tashqi ko‘rinishi), tuzilishi va asosiy agregatlari saqlanib qolgan avtomototransport vositalari;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Oq yo‘l” platformasi — YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi O‘zbekiston hududidagi avtomototransport vositalarini ishlab chiqaruvchi (keyingi o‘rinlarda — ishlab chiqaruvchi), distribyutor yoki diler tashkiloti va YHXX o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini ta’minlovchi axborot tizimi;
“Hisob-ma’lumotnomalari” moduli — “Oq yo‘l” platformasi orqali berilgan elektron hisob-ma’lumotnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan axborot tizimi;
elektron hisob-ma’lumotnoma — avtomototransport vositasi qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi qat’iy hisobda turuvchi, ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan beriladigan elektron rasmiy hujjat;
login-parol — elektron hisob-ma’lumotnomani berish uchun “Oq yo‘l” platformasida avtomototransport vositalarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan va kelgusida ushbu distribyutor yoki diler tashkilotini aniqlashda foydalaniladigan maxsus jumlalar, kod yoki raqamlar kombinatsiyalari.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘n to‘qqizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — YHXX va uning hududiy boshqarmalari) tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga davlat raqami belgilarini berish Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyatlar markazlarida bittadan ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarida eksterritoriallik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda avtomototransport vositasi fuqaroning yashash joyi bo‘yicha manzili yoki yuridik shaxsning ro‘yxatga olingan manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. YHXX va uning hududiy boshqarmalarida quyidagi transport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi:
dvigatelining ish hajmi 50 sm3 va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan avtotransport vositalari, shuningdek, elektrodvigatelining quvvati 4 kilovatt va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan transport vositalari — avtomobil, elektromobillar va gibrid avtomobillar sifatida;
dvigatelining ish hajmi 50 sm3 va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yon tirkamasiz yoki yon tirkamali (kajavali) ikki yoki uch (to‘rt) g‘ildirakli mototsikllar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari — mototsikl sifatida;
elektrodvigatelining quvvati 4 kilovatt va undan oshadigan, konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometr va undan oshadigan yon tirkamasiz yoki yon tirkamali (kajavali) ikki yoxud uch (to‘rt) g‘ildirakli elektromototsikllar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari — elektromototsikl sifatida;
dvigatelining ish hajmi 25 sm3 va undan ortiq, lekin 50 sm3dan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometr va undan ortiq, 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (to‘rt) g‘ildirakli mopedlar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari — moped sifatida;
elektrodvigatelining quvvati 0,25 kilovatt va undan ortiq, lekin 4 kilovattdan oshmaydigan, konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan ortiq, biroq 50 kilometrdan oshmaydigan ikki yoki uch (to‘rt) g‘ildirakli skuterlar va ularga tenglashtirilgan transport vositalari — skuter sifatida;
konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari;
tirkama va yarim tirkamalar.
Oldingi tahrirga qarang.
“antikvar” transport vositalari.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Avtomototransport vositalarining tuzilmasi texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yor talablariga mos kelishi kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. YHXX va uning hududiy boshqarmalarida quyidagi transport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
yopiq joylarda va qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan umumiy yo‘llarda foydalanishga mo‘ljallanmagan texnologik transport vositalari (traktor, traktor tirkamalari, qurilish-yo‘l va meliorativ texnikasi, o‘ziyurar va qishloq xo‘jaligi mashinalari);
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
tramvay va trolleybuslar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga tegishli bo‘lgan harbiy transport vositalari;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalari (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno);
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3 gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalari.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarda ko‘rsatilgan transport vositalari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo‘ladigan, o‘tadigan, cheklanadigan va tugatiladigan kundan yoki transport vositasining huquqiy holati o‘zgarishidan boshlab o‘n kalendar kun ichida mazkur Nizomning 14 va 15-bandlariga muvofiq tegishli YHXX va uning hududiy boshqarmalariga texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun avtomototransport vositasini (konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari bundan mustasno), uning texnik holatidan qat’i nazar va mazkur Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishi zarur. Agar YHXX va uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilish muddatining oxirgi kuni dam olish, bayram (ish kuni bo‘lmagan) kunlarga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugagan kuni hisoblanadi.
Avtomototransport vositasining nosozligi, egasi sog‘lig‘ining holati, haydovchilik guvohnomasining mavjud emasligi yoki boshqarish huquqidan mahrum bo‘lganligi yoki avtomototransport vositasining boshqa hududda turganligi bilan bog‘liq holatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari avtomototransport vositasi turgan joydagi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari xodimlari tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda eksterritoriallik tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Bunda avtomototransport vositasining nosozligi Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlariga javob bermasligi bilan belgilanadi.
Avtomototransport vositasi uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga sabab bo‘ladigan barcha holatlarda, YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
Avtomototransport vositasi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan tip, marka, model va modifikatsiya, RO‘DRB, identifikatsiyalovchi shassi (rama), kuzov va dvigatellar raqamlarining, shuningdek, avtomototransport vositasining to‘liq vazni, yuksiz vazni, o‘rindiqlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga mos kelishi predmeti yuzasidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Auksion savdolari natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotgan avtomototransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — YAAAT) “Avtomototransport hisobi” moduli orqali ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi (yoki o‘tkazilmaganligi) tekshiriladi.
Bunda avtomototransport vositasi muqaddam DYHXX ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa (sud qarori asosida davlat foydasiga o‘tkazilgan yoki harbiy tuzilmalarga tegishli harbiy transport vositalari bundan mustasno), mas’ul xodim tomonidan holatga aniqlik kiritiladi.
Noqonuniy holatlar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov organlariga yuboriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan maxsus transport vositalari egasi yoki vakilining murojaatiga asosan hududiy ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari xodimlari tomonidan joyiga chiqib, texnik ko‘rikdan o‘tkazish natijalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Avtomototransport vositasining boshqa shaxsga o‘tkazilishi haqidagi bitimlar notarius tomonidan tasdiqlanishi davomida avtomototransport vositasining raqam agregatlari va boshqa texnik parametrlarning ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga mos kelishi yuzasidan murojaat qiluvchilar tomonidan tekshiriladi va bu haqida shartnomada aks ettiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi shartnomasini, shu jumladan, ular tomonidan “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirishdan oldin:
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 24-moddasi to‘rtinchi qismi talablariga rioya etgan holda xotin (er)ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligi olinishi;
avtomototransport vositasi raqam agregatlari va boshqa texnik parametrlarining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlariga mos kelishi yuzasidan tekshirilishi uchun sotib oluvchining tanloviga ko‘ra xohlagan hududiy DYHXX organlariga taqdim etilishi zarur.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda avtomototransport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkazish ma’lumotlari YHXX va uning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan beriladigan ma’lumotnomaga ko‘rikdan o‘tkazgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, ko‘rikdan o‘tkazish sanasi ko‘rsatilgan holda va mansabdor shaxsning imzosi bilan belgilangan namunadagi shtamp bosilishi yo‘li bilan qayd qilinadi. Shtamp o‘n kalendar kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirishda, shuningdek notarius tomonidan bitimlarning tasdiqlanishidan oldin ko‘rikdan o‘tkazilishida avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlaridagi ma’lumotlar YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan olib qochilgan va o‘g‘irlangan avtomototransport vositalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi bilan taqqoslanadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikka muvofiq avtomototransport vositasi boshqa shaxsga o‘tkazilishiga taqiq yoki xatlovning mavjudligi yuzasidan tekshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi shartnomani “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirish maqsadida notariuslar tomonidan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlanishida avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlaridagi ma’lumotlar YHXX va uning hududiy boshqarmalarining olib qochilgan va o‘g‘irlangan avtomototransport vositalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali taqqoslanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtotransport vositalariga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Yuk tashuvchi avtotransport vositalari, avtobus va mikroavtobuslarga nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlari amalga oshirilganda YHXX va uning hududiy boshqarmalari mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarni belgilangan tartibda hisobga qo‘yish yoki hisobdan chiqarish uchun xabardor qilishadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘taruvchi mexanizmlar bilan jihozlangan avtotransportlarga (avtokran) nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlari, ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan hisobga qo‘yilgandan (hisobdan chiqarilgandan) so‘ng amalga oshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat ro‘yxatidan o‘tgan transport vositalari va ularning egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonunda belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud hamda qonunchilik bilan vakolat berilgan boshqa organlarga taqdim etilishi mumkin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. YHXX va uning hududiy boshqarmalari ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarining ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish, avtomototransport vositalarining texnik holati va tuzilishining xavfsizlik talablariga javob berishini baholash bo‘yicha ishlarini tashkil etishi, shuningdek ish yuritishni olib borishi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qilish tartibi
111. Avtomototransport vositasining egasi yoki vakili avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun YHXXning mobil ilovasi, rasmiy veb-sayti, “Call” markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat etganda, ushbu Nizomning 2 — 7-boblarida ko‘rsatilgan avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish turini tanlaydi.
112. YHXXning mobil ilovasi, rasmiy veb-sayti, “Call” markazi yoki YIDXP orqali ushbu Nizomning 17 — 20-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi, zarur hollarda ularning nusxalarini yuklaydi (notarial tasdiqlangan hujjatlar bundan mustasno), shuningdek, telefon raqamini kiritib ushbu ma’lumotlarni tasdiqlaydi.
113. Ma’lumotlar tasdiqlangandan so‘ng avtomototransport vositasining egasi yoki vakilining telefon raqamiga to‘lov rekvizitlari va miqdori to‘g‘risida SMS-xabar yuboriladi.
114. Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yig‘im va to‘lovlar onlayn to‘lov tizimlar orqali belgilangan tartibda to‘lanadi hamda axborot tizimlari bilan tasdiqlanadi.
115. Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lovlar to‘langandan keyin YHXXning dasturiy ta’minoti (mobil ilova) yoki YIDXP orqali shakllantirilgan murojaat YHXX va uning hududiy boshqarmalariga onlayn rejimida yuboriladi.
116. Murojaat yuborilgandan so‘ng avtomototransport vositasining egasi yoki vakili avtomototransport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan muddatdan kechiktirmasdan hamda ushbu Nizomning 17 — 20-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan holda, YHXX va uning hududiy boshqarmalariga olib borishi shart.
117. YHXX va uning hududiy boshqarmalarining mas’ul xodimlari avtomototransport vositasining egasi yoki vakili tomonidan taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarni YIDXP orqali yuborilgan murojaatdagi ma’lumotlar bilan solishtiradi, shuningdek, avtomototransport vositasini, uning tipi, markasi, model va modifikatsiyasi, RO‘DRB, identifikatsiyalovchi shassi (rama), kuzov va dvigatellar raqamlari, to‘liq vazni, yuksiz vazni, o‘rindiqlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
Bunda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar talab qilinmaydi va ushbu hujjatlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan yuklab olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
118. Avtomototransport vositasining ma’lumotlari taqdim etilgan hujjatlar bilan mos kelgan taqdirda, avtomototransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risida guvohnoma besh yil muddatga rasmiylashtirilib, RO‘DRB bilan birga avtomototransport vositasi egasi yoki vakiliga taqdim etiladi.
Bunda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning 6-bandiga berilgan sanasi hamda amal qilish muddati kiritiladi.
(118-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
119. Avtomototransport vositasi egasi yoki vakili avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va RO‘DRBni olganligi, ularning shaxsini identifikatsiya qilish (elektron raqamli imzo, barmoq izlarini identifikatsiya (verifikatsiya) qilish va boshqalar) orqali tasdiqlanadi.
1110. Avtomototransport vositasining egasi yoki vakili avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bevosita YHXX va uning hududiy boshqarmalariga murojaat etganda, ularning murojaatlari YHXX va uning hududiy boshqarmalarining mas’ul xodimlari tomonidan maxsus texnik qurilmalar (planshet) orqali ko‘rib chiqadi.
Bunda avtomototransport vositasining egasi yoki vakili hamda mas’ul xodim tomonidan ushbu Nizomning 111 — 119-bandlarida nazarda tutilgan harakatlar amalga oshiriladi.
(11-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-bob. Avtomototransport vositalarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga login-parollarni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun elektron shakldagi hisob-ma’lumotnomalarini berish tartibi
1111. Sotilayotgan avtomototransport vositalariga elektron hisob-ma’lumotnomalarni berish uchun ishlab chiqaruvchi, distribyutor va diler tashkilotlariga YHXX tomonidan login-parollar rasmiylashtiriladi.
Bunda ishlab chiqaruvchi, distribyutor va diler tashkilotlari login-parollarni rasmiylashtirish uchun YHXXga murojaat qiladi.
1112. Login-parollarni rasmiylashtirish uchun ishlab chiqaruvchi, distribyutor va diler tashkilotlari o‘z murojaatlariga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
a) ishlab chiqaruvchilar uchun:
ta’sis hujjatlari (ustav, guvohnoma va boshqalar);
avtomototransport vositalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilishini tasdiqlovchi hujjatlar;
avtomototransport vositalarining muvofiqlik sertifikatlari (har bir rusumi bo‘yicha);
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
b) ishlab chiqaruvchilarning vakillari yoki vositachilari (diler, distribyutor) uchun:
ta’sis hujjatlari (ustav, guvohnoma va boshqalar);
ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan tegishli dilerlik (distribyutorlik) kelishuv hujjatlari (shartnomalar);
davlat bojxona xizmati organi tomonidan berilgan yuk bojxona deklaratsiyalari (erkin muomalaga olib kirgan chet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalari uchun);
avtomototransport vositalarining muvofiqlik sertifikatlari (har bir rusumi bo‘yicha);
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
v) “TRADE-IN” dasturi asosida avtomototransport vositalarini sotuvchi yuridik shaxslar uchun:
ta’sis hujjatlari (ustav, guvohnoma va boshqalar);
“TRADE-IN” dasturi asosida avtomototransport vositalarini sotishni tasdiqlovchi hujjatlar;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomototransport vositalarini ishlab chiqaruvchisi bilan tuzilgan tegishli dilerlik (distribyutorlik) kelishuv hujjatlari (shartnomalar).
1113. YHXXning mas’ul xodimi ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan kelib tushgan murojaatni besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘rganib chiqadi.
1114. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mas’ul xodim ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkilotiga login-parolni rasmiylashtirish yoki rad etish to‘g‘risida asoslantirilgan javob xati beradi.
1115. Ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkilotiga login-parol quyidagi hollarda taqdim etilmaydi:
mazkur Nizomning 1112-bandida nazarda tutilgan murojaatga ilova qilingan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlanganda;
transport vositasining muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmagan hollarda.
1116. Ushbu Nizomning 1112-bandidagi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha alohida elektron login-parollar beriladi.
1117. Murojaatni o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, mas’ul xodim tomonidan ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkilotiga login-parol rasmiylashtiriladi.
Bunda mas’ul xodim tomonidan ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkilotining mas’ul rahbar va xodimlariga login-paroldan foydalanish tartibi tushuntiriladi va undan noqonuniy foydalangan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga asosan javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirib, ulardan tilxat oladi.
1118. Ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkiloti “Oq yo‘l” platformasiga YHXX tomonidan berilgan login-parol orqali kiradi.
1119. “Oq yo‘l” platformasidagi “Hisob ma’lumotnomalari” moduliga o‘tib, avtomototransport vositasi va xaridor to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:
a) xaridor to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning nomi, STIR, manzili;
jismoniy shaxslar uchun:
xaridorning F.I.O., pasport (ID karta) seriyasi va raqami, JSHSHIR raqami hamda manzili;
b) avtomototransport vositasining sotilgan sanasi;
v) avtomototransport vositasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
rusumi;
modeli;
turi;
kuzov turi;
VIN-kodi;
dvigatel raqami;
dvigatel quvvati (ot kuchi, vatt);
kuzov raqami;
shassi raqami;
rangi;
yonilg‘i turi;
to‘la vazni;
yuksiz vazni;
g) ekologik sinfi;
d) ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkiloti to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
nomi;
STIR;
faoliyat turi;
manzili;
rahbarining F.I.O.;
telefon raqami;
e) bojxona organlari tomonidan berilgan yuk bojxona deklaratsiyalari tartib raqamini (chet elda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalari uchun).
1120. Ushbu Nizomning 1119-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar “Hisob ma’lumotnomalari” moduliga kiritilgandan so‘ng, elektron hisob-ma’lumotnoma real vaqt rejimida, ushbu Nizomga ilovaga muvofiq namunada avtomatik tarzda shakllantiriladi va xaridorlarga taqdim etiladi.
Shakllantirilgan elektron hisob-ma’lumotnomaning haqiqiyligini tekshirish uchun “QR-kod” bilan ta’minlanadi.
1121. Ushbu Nizomning 1119-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar “Hisob ma’lumotnomalari” moduliga noto‘g‘ri kiritilganda, elektron hisob-ma’lumotnomaning shakllantirilishi avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
1122. Ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar 24 soat ichida “Hisob ma’lumotnomalari” modulida to‘g‘irlangan taqdirda, elektron hisob-ma’lumotnoma qayta shakllantiriladi va xaridorlarga taqdim etiladi.
1123. Noto‘g‘ri kiritilgan ma’lumotlar 24 soat ichida ishlab chiqaruvchi, distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan to‘g‘irlanmagan taqdirda, shakllantirilayotgan elektron hisob-ma’lumotnoma avtomatik tarzda bekor qilinadi.
1124. Elektron hisob-ma’lumotnomalarning sarflanishi to‘g‘risida hisobotlar elektron tarzda “Hisob ma’lumotnomalari” modulida yuritiladi va YHXX tomonidan nazorat qilinadi.
1125. Hisob-ma’lumotnomalardagi ma’lumotlarning boshqa shaxslarga ochiqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(12-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
12. Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hududiy DYHXX organlari tomondan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yangi avtomototransport vositasi olinganda;
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilgan avtomototransport vositalari va ular tirkamalari va yarim tirkamalarining erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida bojxona ro‘yxatidan o‘tkazishda;
(12-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28 iyuldagi 465-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) ilgari YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tgan avtomototransport vositasining egasi o‘zgarganda;
(12-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
g) avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan joyini o‘zgartirishni talab qiluvchi, avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan holatlarda.
13. Avtomototransport vositasi uning egasining — jismoniy yoki yuridik shaxsning nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Yuridik shaxs tuzmasdan faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Nizomda jismoniy shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jismoniy shaxslarning avtomototransport vositalari ularning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyi bo‘yicha, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyi bo‘lmasa — turgan joyi bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish avtomototransport vositasi egasining yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan hududidan qat’i nazar, har bir hududda avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga davlat raqami belgilarini berish uchun mas’ul etib belgilangan hududiy YHXX organlarida ham amalga oshirilishi mumkin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtotransport vositasini 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs nomiga, mototransport vositasini esa 16 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, ularning nomidan qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiy yoki homiylari) ishtirok etadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxs nomiga avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar muomalaga layoqatsiz shaxsda avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqi belgilangan tartibda meros yoki hadya natijasida paydo bo‘lgan bo‘lsa amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining II bo‘limi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar hadya shartnomasi, sud qarori yoki meros to‘g‘risidagi guvohnomada bir avtomototransport vositasining egasi sifatida bir necha shaxslar ko‘rsatilgan bo‘lsa, avtomototransport vositasi ularning kelishuviga ko‘ra ulardan birining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Avtomototransport vositalari egalarining, avtomototransport vositasini ulardan birining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvi notarius tomonidan tasdiqlanadi.
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish guvohnomasida ko‘rsatilgan joylashgan joy, yuridik shaxs nomi, STIR raqami bo‘yicha amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Akkreditatsiyadan o‘tgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalariga; xalqaro tashkilotlarga, ularning vakolatxonalariga va filiallariga (xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarni kiritgan holda); chet davlatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlariga, ularning vakolatxonalari va filiallariga; muxbirlar va muxbirlik punktlariga (byuro, ofis); savdo vakolatxonalariga, chet el banklari va tijorat tashkilotlari vakolatxonalariga, shuningdek doimiy muassasalarga tegishli bo‘lgan avtomototransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi yordamida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uning egasi yoki vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat etadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
avtomototransport vositasining avvalgi egasiga berilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjat (notarial tasdiqlangan hujjatlar bundan mustasno);
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan tashkilot tomonidan transport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma (gaz balloni o‘rnatilmagan transport vositalari mustasno);
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro‘yxatga olish bilan bog‘liq xizmatlari uchun to‘lov to‘laganligi haqidagi bank to‘lov hujjati (yig‘imlar va to‘lovlardan ozod etilgan shaxslar hamda elektron to‘lov tizimlar orqali to‘lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno);
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositasini avval berilgan (avval qo‘llanilgan) RO‘DRBni qayta berish bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun mazkur Nizomning 31-bandiga muvofiq avtomototransport vositasining yangi egasi yoki uning vakili tomonidan hududiy boshqarmalariga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar taqdim etiladi:
(16-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
jismoniy shaxslar uchun — yaqin qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjat yoki umumiy mulkka bo‘lgan egalik huquqi to‘g‘risida guvohnoma yoki merosga bo‘lgan egalik huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma;
yuridik shaxslar uchun — arizachining avtomototransport vositasi avvalgi egasi oldida huquqiy vorislikni tasdiqlovchi hujjat yoki arizachi avtomototransport avvalgi egasining ishtirokchisi (ta’sischi, a’zosi) bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat yoki avtomototransport avvalgi egasi arizachining ishtirokchisi (ta’sischi, a’zosi) bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda quyidagi hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi:
avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlar;
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-ma’lumotnomalar;
(16-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari (jismoniy shaxs F.I.O., yuridik shaxs nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, manzili) o‘zgarganini tasdiqlovchi ma’lumotlar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘ninchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
17. Avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
a) jismoniy shaxslar uchun — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — fuqarolik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi;
(17-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
16 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — ichki ishlar organlarining propiska to‘g‘risidagi yoki harbiy qismlarning uy ajratish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini ilova qilgan holda harbiy qism yoki harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
chet el fuqarolari uchun — chet el fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi, harakatlanish hujjati yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyani o‘tayotganlikni tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
(17-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yoki harakatlanish hujjati;
(17-band “a” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
b) jismoniy shaxslarning vakillari uchun:
notarius tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki jismoniy shaxs qonuniy vakili vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat;
vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlar);
v) yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxsning rahbari (direktor, rais) tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) yuridik shaxs vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma. Yuridik shaxsning erkinliklari ifodalagan holatlarda, ishonchnomaning o‘rniga uning rahbari tomonidan uni ushbu lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorning nusxasi yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan holda (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) taqdim etiladi.
(17-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan hujjatlar).
18. Avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
merosga bo‘lgan huquq yoki mulkiy huquqlar to‘g‘risida notarius tomonidan berilgan guvohnoma;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori;
notarius tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga berish to‘g‘risida shartnoma (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan realizatsiya qilingan yangi va ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositalariga, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha avtomototransport vositalariga beriladigan elektron hisob-ma’lumotnoma;
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
distribyutor yoki diler tashkiloti bilan tuzilgan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha tuzilgan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasi oldi-sotdi shartnomasi;
(18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan auksionlarda avtomototransport vositalariga ega bo‘lishni tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;
(18-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son)
yuqori turuvchi davlat organining avtomototransport vositasini bir tizim ichida tekinga berish to‘g‘risidagi qarori (buyrug‘i, farmoyishi);
yuridik shaxsning yuqori turuvchi boshqaruv organining yuridik shaxsning ustav jamg‘armasiga (ustav kapitaliga) avtomototransport vositasini kiritish to‘g‘risida yoki shu yuridik shaxsning ishtirokchisiga (ta’sischi, a’zo) yuridik shaxsning avtomototransport vositasini dividend sifatida to‘lash to‘g‘risidagi qarori (ishtirokchilar (ta’sischilar, a’zolar) umumiy yig‘ilishining bayonnomasi, yoki yagona ishtirokchining qarori);
davlat bojxona xizmati organi tomonidan berilgan yuk bojxona deklaratsiyasi;
shaxsning avtomototransport vositasini ommaviy o‘yinda (lotereyada) yutganligini tasdiqlovchi hujjat;
davlat organining transport vositasini mukofot (hadya) sifatida taqdim etganligi to‘g‘risidagi qarorining nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqaruvchi va distribyutor yoki diler tashkiloti, shuningdek, distribyutor va diler tashkilotlari o‘rtasida avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi va topshirish-qabul qilish dalolatnomasi;
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjat.
(18-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Yaqin qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki yaqin qarindoshlikni tasdiqlovchi vakolatli organ tomonidan berilgan boshqa hujjat kiradi.
Arizachining avtomototransport vositasining avvalgi egasi oldida huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjatga arizachi-yuridik shaxsning ustavi yoki ta’sis shartnomasi kiradi.
Arizachi-yuridik shaxs avtomototransport vositasining avvalgi egasi-yuridik shaxs ishtirokchisi (ta’sischisi, a’zosi, aksioneri) ekanligini tasdiqlovchi hujjatga oxirgisining ustav ta’sis shartnomasi yoki aksiyadorlar reyestri kiradi.
Avtomototransport vositasining avvalgi egasi-yuridik shaxs arizachi-yuridik shaxsning ishtirokchisi (ta’sischi, a’zo, aksiyador) ekanligini tasdiqlovchi hujjatga oxirgisining ustavi yoki ta’sis shartnomasi yoxud aksiyadorlar reyestri kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ilgari ro‘yxatga qo‘yilmagan yangi avtomototransport vositasini yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilgan va davlat bojxona xizmati organi tomonidan yuk bojxona deklaratsiyasi berilgan avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda mazkur Nizomning 16-bandi to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish talab etilmaydi.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Avtomototransport vositasi sud qarori asosida davlat mulkiga qaratilganda, davlat foydasiga rad etish bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda yoki egasi yo‘q deb topilib joylardagi ijro hokimiyati organining qaroriga ko‘ra davlat foydasiga o‘tganda, basharti auksionda sotish mobaynida uning ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomasi mavjud bo‘lmasa yoki yo‘qotilgan bo‘lsa, uning ro‘yxatga olinishi auksionda avtomototransport vositasini sotib olganlikni tasdiqlovchi auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma asosida amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositasining ro‘yxatda turish joyini o‘zgartirishga olib keladigan avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarishi munosabati bilan transport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, mazkur Nizomning 16-bandi beshinchi xatboshida keltirilgan avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish yoki uni ro‘yxatga olishni asosli rad etish YHXX va uning hududiy boshqarmalarida murojaat qilgan kunning o‘zida amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatiga qo‘yish yozma shaklda quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
a) mazkur Nizomda belgilangan tegishli hujjatlar taqdim etilmaganda;
b) avtomototransport vositasini rul boshqaruvi o‘ng tomonda joylashgan holda taqdim etganda;
Oldingi tahrirga qarang.
v) YHXX va uning hududiy boshqarmalarida foydalanuvga yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarilgan avtomototransport vositasini taqdim etganda;
(22-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v1) ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalari taqdim etilganda (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno);
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan “v1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
g) konstruksiyasi yoki konstruksiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida belgilangan tartibda normalarga javob bermaydigan holatlarda avtomototransport vositasini taqdim etganda;
Oldingi tahrirga qarang.
d) YHXX tomonidan beriladigan ruxsatsiz mustaqil ravishda ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlangan va yig‘ilgan avtomototransport vositasini taqdim etganda;
(22-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
e) avtomototransport vositasiga tashkilot — ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘yilgan identifikatsiya tamg‘asini yashirish, soxtalashtirish, o‘zgartirish, yo‘q qilish alomatlari yoxud taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi, taqdim etilgan hujjatlarda yoki ro‘yxatga doir hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarga avtomototransport vositasi va raqam agregatlarining nomuvofiqligi aniqlanganda;
j) avtomototransport vositasining, raqam agregatlarining qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yo‘qolganligi (o‘g‘irlanganligi) to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
Oldingi tahrirga qarang.
z) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq avtomototransport vositasining tasarruf etilishiga taqiq yoki uning xatlab qo‘yilishi mavjud bo‘lganda.
(22-band “z” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rad etish asoslarini bartaraf etgan taqdirda, avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatiga qo‘yish to‘g‘risida ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Avtomototransport vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda uning egalariga hududiy boshqarmalari tomonidan RO‘DRB va avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risida guvohnoma besh yil muddatga beriladi. Ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va RO‘DRB, shuningdek chet el hujjatlari va ro‘yxatdan o‘tish raqamli belgilari olib qo‘yiladi (ular mavjud bo‘lganda).
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning 5-bandi (manzili) to‘ldirilmaydi, shuningdek 6-bandiga berilgan sanasi hamda amal qilish muddati kiritiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining RO‘DRB va avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar egalariga ularning shaxsini identifikatsiya qilish (barmoq izlarini skaner qilish va boshqalar) yo‘li bilan topshiriladi va elektron qayd etiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositasi egasining yashash (turar) joyi o‘zgarganligi munosabati bilan avtomototransport vositasining davlat ro‘yxatini amalga oshirgan YHXX va uning hududiy boshqarmalari mustaqil ravishda ushbu avtomototransport vositasini hisobdan chiqarishni bu haqdagi tegishli ma’lumotni ro‘yxatdan o‘tgan avtomototransport vositalarining Yagona ma’lumotlar bazasiga kiritish yo‘li bilan amalga oshiradi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mobaynida YHXX va uning hududiy boshqarmalari avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish elektron kartasini ochadi, unga agregat raqamlari, avtomototransport vositasining boshqa texnik parametrlari, avtomototransport vositasi egasi to‘g‘risida ma’lumotlar, uning yashash (turar) joyi va boshqa zarur ma’lumotlar kiritiladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish elektron kartasiga ro‘yxatdan o‘tkazishda quyidagi ma’lumotlar ham kiritiladi:
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
avtotransport vositasini 18 yoshga to‘lmagan jismoniy shaxs nomiga, mototransport vositasini esa 16 yoshga to‘lmagan shaxs yoki muomalaga layoqatsiz shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishda — avtomototransport vositasining egasi qonuniy vakillari: ota onasi, farzandlikka oluvchilar, vasiy va homiylar to‘g‘risida;
(24-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
hadya shartnomasida yoki meros guvohnomasida avtomototransport egasi sifatida ko‘rsatilgan shaxslardan birining nomiga avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazishda — avtomototransport vositasining boshqa egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
25. Ushbu bo‘lim qoidalari transport vositalarini vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish, qayta ro‘yxatga olish va boshqa shaxsning ixtiyoriga berish bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlarda transport vositalari bilan bitimlarni hisobga olish tartibiga, mazkur Nizomning tegishli bo‘limlarida ko‘rsatilgan holatlarni hisobga olgan holda, qo‘llaniladi.
3-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish
26. RO‘DRB:
Oldingi tahrirga qarang.
avtotransport vositalarining old va orqa qismlarida mustahkamlash uchun bir juft RO‘DRB;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mototransport vositalari hamda tirkama va yarim tirkamalarning orqa qismiga joylashtirish uchun bir dona RO‘DRB beriladi.
(26-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
RO‘DRB YAAAT “Davlat raqami belgilari” modulida avtomatik tarzda tasodifiy tanlash orqali beriladi, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan RO‘DRB bundan mustasno;
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB jismoniy va yuridik shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron murojaatiga asosan taqdim etiladi;
(26-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarga, davlat tashkilotlari va ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat ulushi bo‘lgan yuridik shaxslardan tashqari — I, IA yoki IE, IAE tipli RO‘DRB;
(26-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarga — III, IIIA yoki IIIE, IIIAYE tipli RO‘DRB.
(26-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda:
umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq bo‘lgan, yuridik shaxslarga tegishli yuk avtomobillariga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli yuk avtomobillariga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli “YUK” seriyali RO‘DRB;
konlarda, shaxta va karyerlarda qo‘llaniladigan yuridik shaxslarga tegishli maxsus transport vositalariga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli maxsus transport vositalariga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli, “KON” seriyali RO‘DRB;
yuridik shaxslarga tegishli “antikvar” avtomobillarga I, IA yoki IE, IAE tipli, jismoniy shaxslarga tegishli “antikvar” avtomobillarga III, IIIA yoki IIIE, IIIAE tipli, “ANT” seriyali RO‘DRB;
yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga I, IA yoki IE, IAE tipli, “TTT” seriyali RO‘DRB beriladi.
Avtotransport vositalarining sonidan kelib chiqqan holda yuqoridagi seriyali RO‘DRBlarining oxirgi harflari o‘rniga boshqa harflar qo‘llanilishi mumkin;
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan sakkizinchi — o‘n uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ilgari foydalanishda bo‘lgan barcha toifalardagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari avtomototransport vositasi qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, ushbu transport vositasi egasining xohishiga ko‘ra hamda yagona oshirilgan to‘lovning 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilgan taqdirda uning egasining nomida qoldirilishi yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaxs nomiga o‘tkazilishi mumkin.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Berilgan RO‘DRB, shu jumladan, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB transport vositasi egasining mulki hisoblanmasdan, ulardan qat’iyan maqsadli foydalanilishi uchun unga taqdim etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
28. YHXXning onlayn rejimida uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida bo‘sh turgan yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB haqida to‘liq ma’lumot bo‘lishi lozim.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazishda oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo‘lgan) barcha toifalardagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari transport vositasining avvalgi egasining arizasiga ko‘ra hududiy boshqarmalarga o‘n ikki oy muddatga saqlash uchun topshirilishi mumkin. RO‘DRBni o‘n ikki oy muddatga saqlaganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ushbu muddat tugagandan so‘ng, qo‘shimcha ravishda bir marotaba o‘n ikki oydan oshmagan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lagan holda RO‘DRB saqlash muddatini uzaytirish mumkin.
Saqlash uchun undirilgan to‘lov summasi YHXXning Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar saqlash uchun topshirilgan RO‘DRBlarning holatini tekshirish uchun mazkur Nizomning 11-bobida belgilangan tartib asosida YHXXning mobil ilovasi, rasmiy veb-sayti yoki YIDXP orqali murojaat etishlari mumkin.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo‘lgan) barcha toifalardagi RO‘DRB almashtirishiga olib kelsa, transport vositasining avvalgi egasining xohishiga ko‘ra ushbu RO‘DRB saqlab qolinadi va yagona oshirilgan to‘lovning 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilgan taqdirda takroran beriladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
a) jismoniy shaxslar uchun — ushbu shaxsga yoxud uning yaqin qarindoshiga (ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobosi, buvisi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillariga), shuningdek umumiy mulkka egalik qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga va merosxo‘rlarga tegishli bo‘lgan boshqa avtotransport vositasiga;
b) yuridik shaxslar uchun — ro‘yxatdan o‘tkazib berilayotgan boshqa avtotransport vositasiga o‘sha yuridik shaxsga — avtotransport vositasining avvalgi egasi yoki uning huquqiy vorisi (yuridik shaxs nomi qayta o‘zgarganda, birlashganda, qo‘shilganda, bo‘linganda, ajralib chiqqanda yoki qayta tashkil etilganda) yoki yuridik shaxs tomonidan — uning ishtirokchisiga (ta’sischisiga, a’zosiga) yoxud yuridik shaxsning ishtirokchisi (ta’sischisi, a’zosi) hisoblangan yuridik shaxsga — avtotransport vositasining avvalgi egasi.
Oldingi tahrirga qarang.
301. Avtomototransport vositasi qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda, egasining xohishiga ko‘ra uning nomida qoldiriladigan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa shaxs nomiga o‘tkaziladigan davlat raqami belgilarini DYHXXda qayta rasmiylashtirib berishdan kelib tushadigan mablag‘larning:
35 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasiga;
15 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar maxsus jamg‘armasiga;
50 foizi — Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
(301-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oldin berilgan (ilgari foydalanishda bo‘lgan) barcha toifadagi RO‘DRB transport vositalarining egalari tomonidan saqlanmaganda, belgilangan tartibda hududiy DYHXX organlari tomonidan olib qo‘yiladi va yo‘q qilinadi. Ushbu RO‘DRBning raqam va harflari kombinatsiyalari YHXXning onlayn rejimida uzluksiz ravishda yangilanib turadigan yagona ochiq ma’lumotlar bazasida bo‘sh turgan yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB sifatida qayd etiladi.
Bunday RO‘DRB keyinchalik yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRBni berish tartibi asosida takroran ishlab chiqarilishi va berilishi mumkin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Olib qo‘yilgan RO‘DRBlarini yo‘q qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 32-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Avtomototransport vositalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
a) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga olib kelingan avtomototransport vositalari davlat bojxona xizmati organlari tomonidan rasmiylashtirilganda;
b) avtomototransport vositasi tajriba namunalari sinovlaridan o‘tkazilganda;
v) avtomototransport vositasining lizing (sublizing) shartnomasiga asosan avtomototransport vositasi lizingga (sublizingga) berilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
v1) distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasi sotib olinganda;
(33-bandning “v1” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
g) avtomototransport hujjatlarining qonuniyligiga shubha yoki boshqa aniqlik kiritilishi talab etilayotgan holat paydo bo‘lganda;
d) avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, avtomototransport vositasining vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish joyini o‘zgartirish talab etilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
e) avtomototransport vositasi bilan egasining yashash (turgan) joyi olti oydan ko‘p bo‘lgan muddatga vaqtinchalik o‘zgarganda, shuningdek notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma, ishonchnoma bo‘yicha vaqtinchalik o‘tkazilishi bilan bog‘liq holda avtomototransport vositasi u ro‘yxatdan o‘tgan YHXX va uning hududiy boshqarmalari tashqarisiga chiqib ketganda.
(33-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yoki vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun egasi yoki uning vakili hududiy boshqarmalarga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
yuk bojxona deklaratsiyasi;
transport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati (yig‘im va to‘lovlardan ozod etilgan shaxslar va elektron to‘lov tizimlar orqali to‘lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan va vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtinchalik olib kirish ruxsatnomasida ko‘rsatilgan muddatga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Avtomototransport vositalarining sinovlardan o‘tkazilayotgan tajriba namunalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish hududiy boshqarmalar tomonidan quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
(35-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
avtomototransport vositasining tajriba namunasi egasining yoki uning vakilining arizasi;
avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
avtomototransport vositasi tajriba namunasining to‘xtash joyi to‘g‘risida ma’lumotlar.
Avtomototransport vositalarining tajriba namunalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish sinovdan o‘tkazish muddatiga amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomototransport vositasining tajriba namunasiga vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatiga avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida guvohnoma va “TAJRIBA” tipidagi RO‘DRB beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Lizingga (sublizingga) berilayotgan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun egasi yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(36-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan beriladigan elektron hisob-ma’lumotnoma;
(36-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasining lizing yoki sublizing shartnomasi (qonunchilikda belgilangan holatlarda — notarius tomonidan tasdiqlanganligi);
(36-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun belgilangan miqdordagi to‘lovlarning to‘langanligi haqida bank to‘lov hujjati (to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilgan shaxslar bundan mustasno).
(36-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
361. Distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasi sotib olinganda, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun distribyutor yoki diler tashkiloti vakili hududiy DYHXX organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
distribyutor yoki diler tashkilotining arizasi;
distribyutor yoki diler tashkiloti vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan distribyutor yoki diler tashkiloti vakilining ishonchnomasi;
distribyutor yoki diler tashkiloti bilan avtomototransport vositasining egasi o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi;
avtomototransport vositasining RO‘DRB va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomasi.
Distribyutor yoki diler tashkiloti tomonidan sotib olingan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasini, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha distribyutor va diler tashkiloti tomonidan DYHXX organlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishda ma’lumotnoma beriladi (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomototransport vositasiga RO‘DRB va ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma berilmaydi).
Mazkur ma’lumotnoma avtomototransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi (distribyutor yoki diler tashkilotining joylashgan manziliga yoki avtomototransport vositasini saqlash joyiga yetib olish bundan mustasno).
Distribyutor va diler tashkilotlari tomonidan ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositalarini sotib olganlik uchun, shu jumladan, “TRADE-IN” va “TRADE-UP” dasturlari bo‘yicha ularni DYHXX organlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida yig‘im to‘lanmaydi.
(361-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-avgustdagi 535-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son)
37. Bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga lizing yoki sublizing shartnomasi doirasida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga berish uchun olingan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish, tuzilgan avtomototransport vositasining lizing (sublizing) shartnomasi talablaridan kelib chiqib, lizing beruvchi yoki lizing oluvchi nomiga lizing (sublizing) shartnomasida ko‘rsatilgan muddatga amalga oshiriladi. Agar lizing shartnomasida lizing oluvchi nomiga avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish haqida bir xildagi qoidalari mavjud bo‘lmasa, unda avtomototransport vositasi lizing beruvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Avtomototransport vositasini lizing beruvchiga vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish lizing beruvchining yashash (turgan) joyi bo‘yicha, lizing oluvchiga esa — lizing oluvchining yashash (turgan) joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
38. Lizingga (sublizingga) berilayotgan avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish lizing (sublizing) shartnomasida ko‘rsatilgan muddatga avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma berilishi bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Lizingga (sublizingga) berilayotgan vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish elektron kartasiga avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatining tugashi, lizing (sublizing) shartnomasining raqami va sanasini ko‘rsatgan holda “Lizing, “___” ________ 20___yildagi “___ -son lizing (sublizing) shartnomasiga asosan vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish ____________ gacha” degan yozuv kiritiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
40. Lizing oluvchiga avtomototransport vositasi mulk huquqi asosida o‘tishini nazarda tutuvchi lizing (sublizing) shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan avtomototransport vositasi lizing (sublizing) shartnomasi va lizing beruvchining avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqining lizing oluvchiga o‘tganligi haqidagi tasdiqlovchi xati asosida lizing oluvchining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Lizing oluvchiga avtomototransport vositasiga bo‘lgan mulk huquqining o‘tishi nazarda tutilmagan lizing shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan lizing oluvchiga avtomototransport vositasi faqat notarius tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositasini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasi (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta va boshqalar) asosida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
41. Lizing oluvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomototransport vositasining lizing beruvchiga qaytarib berilishini nazarda tutuvchi lizing shartnomasini bekor qilgan holda, ko‘rsatilgan avtomototransport vositasi lizing shartnomasining bekor qilinganligi haqida hujjat yoki avtomototransport vositasini lizing beruvchiga qaytarilishini nazarda tutuvchi sud yoki boshqa organlar ijro hujjatining nusxasi ilova qilingan holda lizing beruvchining arizasiga asosan lizing beruvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Davlat ro‘yxatidan (vaqtinchalik ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun taqdim etilgan avtomototransport vositalarining hujjatlari YHXX va uning hududiy boshqarmalarida ularning asli ekanligiga yoki ulardagi ma’lumotlarning haqiqiyligiga shubha tug‘dirsa yoxud boshqa aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan holatlar mavjud bo‘lsa, lekin shu bilan birga mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan avtomototransport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga rad qilish uchun asoslar mavjud bo‘lmasa, olti oydan oshmagan muddatga vaqtinchalik ro‘yxatga olinadi.
(42-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Ko‘rsatilgan avtomototransport vositalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish mazkur Nizomning 16, 34 yoki 36-bandlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati davomida YHXX va uning hududiy boshqarmalari boshqa vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlikda taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshiradi. Shubhalar tasdiqlanganda va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asoslar paydo bo‘lganda YHXX va uning hududiy boshqarmalari avvalgi egasiga avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tiklab berib, avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligini bekor qiladi yoxud qonunchilikda belgilangan boshqa choralarni ko‘radi. YHXX va uning hududiy boshqarmalarining shubhalari tasdiqlanmaganda yoki avtomototransport vositasining vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddati tugaganda, u avtomototransport vositasi egasining YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazishdagi harakatlari uchun undiriladigan to‘lovisiz umumiy asoslarga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
43. Avtomototransport vositasining vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish joyi o‘zgartirilishi talab etilayotgan avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun egasi yoki uning vakili hududiy boshqarmalarga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi:
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar (yashash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida belgisi bilan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqalar);
(43-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun belgilangan miqdordagi to‘lovlarning to‘langanligi haqida bank to‘lov hujjati (to‘lovlarni to‘lashdan ozod etilgan shaxslar va elektron to‘lov tizimlar orqali to‘lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).
(43-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Ushbu asos bo‘yicha avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish, tegishli asoslarning mavjud holatlaridan tashqari, oldingi vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini o‘zgartirmagan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Avtomototransport vositasi bilan egasining yashash (turgan) joyi olti oydan ko‘p bo‘lgan muddatga vaqtinchalik o‘zgarganda, shuningdek avtomototransport vositasi u ro‘yxatdan o‘tgan hududiy boshqarmalardan tashqarisiga vaqtincha chiqib ketganda, avtomototransport vositasi quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi vaqtinchalik o‘zgarganligi holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport (yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumoti bilan) yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, xizmat safari to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqalar).
(44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
5-bob. Boshqa shaxslarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan avtomototransport vositalari bilan kelishuvlarni hisobga qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Notariuslar, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda esa konsullar tomonidan ham tasdiqlangan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari, ijara, tekinga foydalanish va avtomototransport vositalarini garovga qo‘yish shartnomalari, avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha tegishli hududiy boshqarmalarda avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hisobga qo‘yiladi.
(45-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalarini begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitishuvlarni hisobga olish yuridik shaxslar tomonidan o‘z xodimlariga berilgan avtomototransport vositalaridan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ishonchnomalarga hamda yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida yengil avtomobillarni va mototransport vositalarini, shuningdek karshering tashkilotlarining yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga o‘ttiz kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish yuzasidan oddiy yozma shaklda tuziladigan ijara shartnomalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
(45-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Mazkur Nizomning 45-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni hisobga qo‘yish uchun notarius va konsullar tomonidan ularning elektron shakllari hududiy boshqarmalariga yuboriladi yoki YHXXning avtomototransport vositalarini hisobga qo‘yishni ro‘yxatdan o‘tkazish YAAATga kiritiladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2018-yil 1-yanvariga qadar ko‘rsatilgan hujjatlarni hisobga qo‘yish uchun hududiy boshqarmalarga:
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
notarius tomonidan tasdiqlangan hisobga qo‘yiladigan hujjatning ikkita nusxasi (ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, YHXX va uning hududiy boshqarmalariga ishonchli shaxslar soni bo‘yicha ishonchnomalar nusxalari, shuningdek YHXX va uning hududiy boshqarmalariga bitta nusxasi beriladi).
(46-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
47. Mazkur Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni hisobga qo‘yish hisobga qo‘yiladigan hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartasiga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi, unga hujjatning elektron shakli ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
48. Mazkur Nizomning 45-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ro‘yxatga qo‘yish yuk tashuvchi avtotransport vositalari, avtobuslar va mikroavtobuslarga nisbatan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limni xabardor qilmasdan YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan, ko‘tarish mexanizmlari bilan jihozlangan avtotransport vositalariga (avtokran) nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Mazkur Nizomning 45-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlarni va hududiy boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun yig‘imlarni undirmasdan amalga oshiriladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
6-bob. Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
50. Avtomototransport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, shuningdek mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi o‘zgarganda;
b) avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish joyini o‘zgartirishni talab qilmagan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda;
v) yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi o‘zgarganda;
g) avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqam agregati o‘zgarganda;
d) avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda;
e) avtomototransport vositasini yoki RO‘DRBni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yo‘qolganda.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, shuningdek, mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi o‘zgarganda, avtomototransport vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mulkdor yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Quyidagi ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali aniqlanadi:
mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek, mulkdor — yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomlanishi o‘zgarganligi;
ro‘yxat harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalarining xizmatlari uchun belgilangan miqdordagi to‘lovlarni to‘laganligi.
Yuridik shaxsning nomi yoki tashkiliy-huquqiy shakli, jismoniy shaxsning, shuningdek, jismoniy shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganligi sababli qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining xohishiga ko‘ra avtomototransport vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizalar kompozit tarzda yuborilishi mumkin.
Bunda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda, shuningdek mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi o‘zgarganda avtomototransport vositasining ro‘yxatga olish kartasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma esa avtomototransport vositasi egasi haqida yangi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda almashtiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Avtomototransport vositasi egasining ro‘yxatdan o‘tgan joyini o‘zgartirishni talab etmaydigan avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda avtomototransport vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mulkdor yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (yashash joyi bo‘yicha propiska to‘g‘risidagi belgi bilan pasport, yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to‘lovlarni to‘laganlikni tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati (to‘lovlardan ozod etilgan shaxslardan tashqari).
(52-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositasi egasining ro‘yxatdan o‘tgan joyini o‘zgartirishni talab etmaydigan avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, avtomototransport vositasining ro‘yxatga olish elektron kartasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma esa avtomototransport vositasi egasining yangi yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyini (pochta manzilini) ko‘rsatgan holda almashtiriladi.
(52-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
53. Yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarning saqlab turiladigan joyi o‘zgarganda avtotransport vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mulkdor yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(53-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
avtotransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
(53-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to‘lovlarni to‘laganlikni tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati (to‘lovlardan ozod etilgan shaxslardan tashqari).
(53-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) nomer agregati o‘zgarganda, avtotransport vositasini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mulkdor yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi:
avtotransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
raqam agregatlarining qonuniy olinganligini tasdiqlovchi hujjat (elektron hisob-ma’lumotnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, bitta yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari uchun yuk xati (elektron ko‘rinishdagi notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi “Notarius” tizimidan olinadi);
(54-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
avtotransport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus korxonada raqam agregatlarining almashtirilganligini va (yoki) rangining o‘zgartirilganligini (rang o‘zgartirilganda) tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud bo‘lgan tashkilot tomonidan transport vositalariga o‘rnatilgan gaz ballonlari sinovdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma (gaz ballon o‘rnatilmagan transport vositalari mustasno);
(54-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to‘lovlar to‘laganligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati (to‘lovlardan ozod etilgan shaxslar va elektron to‘lov tizimlar orqali to‘lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).
Transport vositasining rangi va (yoki) raqam agregati o‘zgarganda, avtomototransport vositasining ro‘yxatga olish elektron kartasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma esa transport vositasining yangi rangi va (yoki) raqam agregatini ko‘rsatgan holda almashtiriladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
55. Avtotransport vositasi qayta jihozlaganda uni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(55-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
avtotransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
raqamli agregatlar (elektron hisob-ma’lumotnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, bitta yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari uchun yuk xati (elektron ko‘rinishdagi notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi “Notarius” tizimidan olinadi) va avtotransport vositasi qayta jihozlanganda ishlatilgan boshqa detallarning olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(55-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
YHXDX tomonidan berilgan avtotransport vositalarini qayta jihozlashga ruxsati bo‘lgan avtotransport vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus korxonada qayta jihozlashni amalga oshirganlikni tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
(55-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-martdagi 93-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu avtotransport vositasida qayta jihozlashni amalga oshirish uchun DYHXX tomonidan berilgan ruxsatnomaning nusxasi (tegishli tasdiqnomaga ega bo‘lgan avtotransport vositasini ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarda avtotransport vositasi qayta jihozlangan holatlar bundan mustasno);
(55-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to‘lovlarni to‘laganlikni tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati (to‘lovlardan ozod etilgan shaxslar va elektron to‘lov tizimlar orqali to‘lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).
(55-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtotransport vositasi qayta jihozlanganda, jumladan, gaz ballon uskunalari o‘rnatilganda, avtomototransport vositasining ro‘yxatga olish elektron kartasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi, avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ilgari berilgan guvohnoma esa transport vositasining yangi raqam agregati ko‘rsatilgan, shuningdek, gaz ballon uskunalari o‘rnatilganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan holda yangisiga almashtiriladi. Bunda, avtotransport vositasiga gaz ballon uskunalari o‘rnatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma va gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikatlari nusxalari taqdim etiladi.
(55-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
56. Avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki o‘g‘irlanganda va (yoki) RO‘DRB, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki o‘g‘irlanganda, avtotransport vositasi quyidagi hujjatlar asosida qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
(56-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma yaroqsiz holga kelganda (u yaroqsiz holga kelganda);
Oldingi tahrirga qarang.
shikastlangan RO‘DRB, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB (ular shikastlanganda);
(56-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarining avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomaning va (yoki) RO‘DRB, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB o‘g‘irlanganligi (yo‘qotilganligi) to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
(56-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
ro‘yxatdan o‘tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to‘lovlar to‘laganligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati (to‘lovlardan ozod etilgan shaxslardan tashqari).
Avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda, yo‘qotilganda yoki o‘g‘irlanganda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish elektron kartasi ma’lumotlari asosida hududiy boshqarmalari avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining dublikatini beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududidan tashqarida egaligida bo‘lgan avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini yo‘qotib yoki o‘g‘irlatib qo‘yganda, avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish elektron kartasi ma’lumotlari asosida avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining dublikati belgilangan to‘lovlar asosida bir oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Avtomototransport vositasi respublika hududiga qaytib kelgandan so‘ng belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli to‘lovlarga asosan doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma almashtirib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
RO‘DRB, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB shikastlanganda avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari asosida hududiy boshqarmalari ularning dublikatini beradi. RO‘DRB, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRBlarning dublikati hududiy boshqarmalar talabnomasiga asosan tayyorlanadi.
(56-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Jismoniy va yuridik shaxslar shikastlangan RO‘DRBning dublikatlarini olish uchun mazkur Nizomning 11-bobida belgilangan tartib asosida YHXXning mobil ilovasi, rasmiy veb-sayti yoki YIDXP orqali murojaat etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
RO‘DRB, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB yo‘qolganda yoki o‘g‘irlanganda, avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari asosida hududiy boshqarmalar yangi RO‘DRB berilishini ta’minlaydi.
(56-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
RO‘DRB, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB dublikatlari yo‘qolgan yoki o‘g‘irlanganlarining o‘rniga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(56-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB topilganda, hududiy boshqarmalari topilgan va yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB avtotransport vositasi egasining arizasiga asosan belgilangan tartibda berilishini ta’minlaydi.
(56-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Amalga oshirilgan ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini, dublikat yoki yangi RO‘DRBni berish) avtomototransport vositasining ro‘yxatga olish elektron kartasiga kiritiladi, avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma, (yoki) RO‘DRB, yagona oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRB to‘g‘risidagi ma’lumotlar yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan taqdirda ham O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot markaziga yuboriladi.
(56-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
7-bob. Avtomototransport vositalarini hisobdan chiqarish
Oldingi tahrirga qarang.
57. Avtomototransport vositasi quyidagi holatlarda YHXX va uning hududiy boshqarmalarining hisobidan chiqariladi:
(57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududidan avtomototransport vositasi tovar sifatida chetga chiqarilganda;
avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish joyini o‘zgartirishni talab qilmaydigan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasi yaroqsiz deb hisoblanganda, shu jumladan, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalari (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno).
(57-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
58. Rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududidan avtomototransport vositasi tovar sifatida chetga chiqarilganda avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
rasmiylashtirilgan yuk bojxona deklaratsiyasi;
avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositasi uning chet davlat hududiga chiqarilganligi munosabati bilan hisobdan chiqarilganda, oldingi RO‘DRB DYHXX organlari tomonidan vaqtinchalik (bir martalik qog‘ozli tranzit) yo‘l harakatida ishtirok etish uchun ruxsat etilgan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRBga almashtiriladi, avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma bilan birga hisobdan chiqarishning sabablari, belgilangan manzil va hisobdan chiqarish sanasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.
(58-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
O‘zbekiston Respublikasiga vaqtinchalik olib kelingan xalqaro avtotransport vositalarini ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib ketilishi munosabati bilan hisobdan chiqarganda arizachilarga avtomototransport vositasini hisobdan chiqarganlik to‘g‘risidagi belgi bilan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi, shuningdek chet davlatlarning ro‘yxatdan o‘tgan avtomototransport vositalarining RO‘DRBlari qaytarib beriladi, ular mavjud bo‘lmaganda — vaqtinchalik (bir martalik qog‘ozli tranzit) yo‘l harakatida ishtirok etish uchun ruxsat etilgan avtomototransport vositalari uchun RO‘DRBlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish joyini o‘zgartirishni talab qilmaydigan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan avtotransport vositasining ro‘yxatdan o‘tgan yangi joyi bo‘yicha Ro‘yxatdan o‘tgan avtomototransport vositalarining yagona ma’lumotlar bazasiga tegishli ma’lumotlarni kiritgan holda amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyundagi 253-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Yaroqsiz avtomototransport vositasini, shu jumladan, ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo‘lgan transport vositalarini (“antikvar” avtomototransport vositalari bundan mustasno) hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
(60-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi;
avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
avtomototransport vositasini yaroqsiz deb topish va uni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi buyruq (faqat yuridik shaxslar uchun);
(60-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(60-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yaroqsiz avtomototransport vositasi hisobdan chiqarilganda avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma va ushbu avtomototransport vositasining RO‘DRBi olib qo‘yiladi, mazkur Nizomning 29 — 31-bandlarida nazarda tutilgan RO‘DRBni saqlab qolish holatlari bundan mustasno.
(60-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
61. Transport vositasini hisobdan chiqarish yoki uni hisobdan chiqarishni asosli rad etish murojaat etilgan kunda amalga oshiriladi.
62. Transport vositasi quyidagi holatlarda hisobdan chiqarilmaydi:
mazkur Nizomning 58 yoki 60-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
avtomototransport vositasiga tushirilgan identifikatsiya tamg‘asining yashirilishi, soxtalashtirilishi, o‘zgartirilishi, yo‘q qilinishi alomatlari yoxud taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi, taqdim etilgan hujjatlarda yoki ro‘yxatga doir hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarga avtomototransport vositasi va raqam agregatlarining nomuvofiqligi aniqlanganda;
avtomototransport vositasi, raqam agregatlarining qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yo‘qolganligi (o‘g‘irlanganligi) to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq avtomototransport vositasining tasarruf etilishiga taqiq yoki uning xatlab qo‘yilishi mavjud bo‘lganda;
(62-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
vasiylik va homiylik organining yoki belgilangan yoshga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz avtomototransport vositasi egasining qonuniy vakillarining ruxsati bo‘lmaganda;
tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan ilgari avtomototransport vositasi uchun berilgan ruxsat mavjud bo‘lmaganda;
lizing beruvchining roziligi mavjud bo‘lmaganda — lizingga taqdim etilgan avtomototransport vositalari uchun.
Avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakili avtomototransport vositasini hisobdan chiqarishning rad etish asoslarini bartaraf etgan taqdirda, avtomototransport vositasini hisobdan chiqarish to‘g‘risida ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Avtomototransport vositasi hisobdan chiqarilganda avtomototransport vositasining ro‘yxatga olish elektron kartasiga hisobdan chiqarishning sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
(63-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma va (yoki) avtomototransport vositasining RO‘DRBi yo‘qolganda, ularning YHXX va uning hududiy boshqarmalarida mavjudligi tekshirilgandan so‘ng, avtomototransport vositasining ro‘yxatga olish elektron kartasiga avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma va (yoki) avtomototransport vositasining RO‘DRBi yo‘qolganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi. Bunda hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan avtomototransport vositasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma va (yoki) avtomototransport vositasining RO‘DRBi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Axborot markaziga yuboriladi.
(63-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Zarurat bo‘lganda, avtomototransport vositasining egasiga o‘rnatilgan tartibda avtomototransport vositasining raqam agregatlari hisobdan chiqarilganligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnoma beriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
64. YHXDX organlarida ro‘yxatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlarning saqlanish muddati 3 yilni tashkil etadi (Avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish, RO‘DRBlarni hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni taqsimlash kitobidan tashqari).
Avtomototransport vositalarini ro‘yxatga olish, RO‘DRBlarni hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni taqsimlash kitobining saqlanish muddati 75 yilni tashkil etadi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. RO‘DRB elektron jurnalga qayd etgan holda hududiy boshqarmalarga yuboriladi.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Amaldagi xaridorgirligiga qarab ilgari ishlab chiqilgan partiyalar orasidan, shu jumladan ishlab chiqarilishi amalga oshirilmagan qo‘shimcha RO‘DRBlar ishlab chiqarilishi mumkin. RO‘DRBning berilishi o‘rnatilgan tartibda hududiy boshqarmalar tomonidan belgilangan namunadagi maxsus elektron jurnalni yuritgan holda amalga oshiriladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasi.
9-bob. Ish yuritish
69. Ish yuritish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Avtomototransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron hisob-ma’lumotnomaning
NAMUNASI
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan 2-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga
3-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini yagona oshirilgan to‘lov evaziga berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jismoniy va yuridik shaxslarga avtomototransport vositalari uchun istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini (keyingi o‘rinlarda — RO‘DRB) yagona oshirilgan to‘lov evaziga berish tartibini belgilaydi.
Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB beriladigan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
2. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda faqat elektron tarzda tanlanadi. Bunda:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalarida (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘linmalari) joylashgan infokiosklar;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda — YHXX) mobil ilovasi;
YHXXning rasmiy veb-sayti;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qilinishi mumkin.
3. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tanlanadi va band qilinadi.
Ushbu avtomatlashtirilgan axborot tizimi inson omilini to‘liq istisno etgan holda faoliyat ko‘rsatadi hamda RO‘DRBni tanlashda subyektiv aralashuv yoki imtiyoz berish holatlari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Har qanday davlat xizmatchisi yoki boshqa shaxs tomonidan RO‘DRBni taqsimlash jarayoniga aralashuv qat’iyan taqiqlanadi.
4. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRBni tanlash uchun YHXX tomonidan avtomatlashtirilgan axborot tizimida RO‘DRBlarning yagona ochiq ma’lumotlar bazasi yuritiladi.
Ochiq ma’lumotlar bazasi orqali fuqarolar uchun RO‘DRBni tanlash jarayonining shaffofligi va xolisligi ta’minlanadi.
5. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB uchun yagona oshirilgan to‘lov miqdori “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilanadi.
6. “Uzavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi aholining talab va taklifidan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamlar kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan “noyob” RO‘DRBni ochiq kimoshdi elektron savdolarini o‘tkazish orqali berish huquqiga ega.
Bunda “noyob” RO‘DRB amaldagi RO‘DRBni takrorlamasligi, qonunchilikka va axloqiy normalarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi kerak.
“Noyob” RO‘DRBni berish bo‘yicha ochiq kimoshdi elektron savdolari o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRBni tanlash va berish tartibi
7. Ushbu tartib I, IE, III, IIIE, X, XI, XIE, XI1, XIE1, XI2, XI3 tipidagi RO‘DRBga nisbatan qo‘llanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Avtomatlashtirilgan axborot tizimida tanlangan raqam kombinatsiyasi dastur tomonidan band qilinmagani tekshirilib, buyurtma beruvchi nomiga yagona oshirilgan to‘lov uchun invoys shakllantiriladi. To‘lovni amalga oshirish uchun jismoniy shaxslarga har biri 20 daqiqagacha vaqtdan iborat bo‘lgan ikkita imkoniyat, yuridik shaxslarga esa 72 soat vaqt beriladi. Ushbu vaqt mobaynida kombinatsiya boshqa shaxslar tomonidan tanlanmasligi uchun tizimda vaqtincha zaxiraga olinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
9. Ariza beruvchi tanlangan RO‘DRB kombinatsiyasini olish uchun belgilangan tartibda yagona oshirilgan to‘lovni elektron shaklda to‘laydi. To‘lov YIDXP yoki YHXXning mobil ilovasi yoxud rasmiy veb-saytining integratsiyalashgan to‘lov tizimi orqali onlayn amalga oshirilishi lozim.
To‘lov qabul qilingach, avtomatlashtirilgan tizim tomonidan mazkur raqam kombinatsiyasi uchun ariza beruvchi nomiga rasmiy band qilinganligi tasdiqlanadi va RO‘DRB berish jarayonini yakunlash uchun maxsus tasdiqnoma (elektron shaklda) ariza beruvchiga taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan vaqt mobaynida tanlangan RO‘DRB kombinatsiya uchun yagona oshirilgan to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda, aynan shu buyurtma beruvchiga aynan shu raqam kombinatsiyasini takroran band qilish Avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan olti oy muddatga bloklanadi, to‘lov amalga oshirilmagan tanlangan RO‘DRB kombinatsiyasi 12 soat mobaynida ochiq ma’lumotlar bazasiga qaytariladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
11. RO‘DRB belgilangan tartibda transport vositasiga biriktirish uchun beriladi. Bunda transport vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida tanlangan va yagona oshirilgan to‘lovi to‘langan RO‘DRB mazkur transport vositasiga biriktiriladi. YHXX hududiy bo‘linmalari ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan tasdiqnoma asosida belgilangan tartibda RO‘DRBni tayyorlab beradi.
12. Tanlangan va yagona oshirilgan to‘lov amalga oshirilgan RO‘DRB quyidagi muddatlarda ishlab chiqariladi va ariza beruvchining transport vositasi rasmiylashtiriladigan YHXX hududiy bo‘linmalariga yetkazib beriladi:
I, IE, III, IIIE tipidagi davlat raqami belgilari — 30 daqiqada;
X, XI, XIE, XI1, XIE1, XI2, XI3 tipidagi davlat raqami belgilari — 14 ish kuni mobaynida.
Bu haqda ariza beruvchiga elektron xabar yuboriladi.
13. Yagona oshirilgan to‘lov evaziga olingan RO‘DRBni ariza beruvchining transport vositasiga biriktirish va rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan umumiy tartibda YHXX hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
3-bob. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRBga egalik qilish va saqlab qolish huquqi
14. Istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRB transport vositasi egasiga muayyan transport vositasiga biriktirish uchun beriladi, lekin mazkur RO‘DRB transport vositasi egasining mulki hisoblanmaydi. RO‘DRB belgilangan tartibda faqat belgilangan transport vositasiga tegishli huquqiy maqsadlarda foydalanish uchun taqdim etiladi.
15. Transport vositasi boshqa shaxsga o‘tkazilganda (sotilganda) yoki belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganda, transport vositasining avvalgi egasi istalgan harf va raqamlar kombinatsiyasiga ega bo‘lgan RO‘DRBni o‘zida saqlab qolish huquqiga ega bo‘ladi.
Bunda avvalgi egasi transport vositasini begonalashtirish (ro‘yxatdan chiqarish) sanasidan e’tiboran uch oy mobaynida YHXX hududiy bo‘linmasiga murojaat etib, RO‘DRBni saqlab qolish bo‘yicha ariza taqdim etadi va yagona oshirilgan to‘lovning 50 foizi miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.
16. Avvalgi egasi tomonidan uch oy ichida tegishli tartibda ariza berilmaganda yoki yagona oshirilgan to‘lovning 50 foizi miqdorida to‘lov to‘lanmaganda, RO‘DRBni saqlab qolish huquqi bekor qilinadi. Bunda mazkur raqam kombinatsiyasi qaytadan umumiy ochiq bazaga qaytariladi va boshqa shaxslar tomonidan tanlash uchun mavjud bo‘ladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. YHXX oshirilgan to‘lov evaziga beriladigan RO‘DRBni avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron tartibda tanlanishini hamda tizimning uzluksiz va shaffof ishlashini ta’minlaydi, ochiq ma’lumotlar bazasining doimiy yangilanib borishini nazorat qiladi.
18. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(3-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 26-apreldagi 199-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 42-modda) ilovaning II bo‘limi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2004-yil 29-apreldagi 203-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 43-modda) ilovaning 5-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori)” 2006-yil 12-maydagi 83-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 29-modda) ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish qoidalariga o‘zgartirish kiritish haqida (Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qarori)” 2007-yil 18-sentabrdagi 196-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2007-y., 37-38-son, 387-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda) 1-ilovaning 12-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori)” 2013-yil 28-yanvardagi 20-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 5-modda) ilovaning 1-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-son Qonuni)” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 16-modda) 1-ilovaning 8-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 36-son, 951-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 25.10.2018-y., 09/18/859/2096-son, 25.10.2018-y., 09/18/863/2098-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 16.10.2019-y., 09/19/876/3927-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 08.05.2020-y., 09/20/273/0552-son, 05.06.2020-y., 09/20/350/0718-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son, 05.11.2020-y., 09/20/687/1469-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son, 28.07.2021-y., 09/21/465/0714-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 21.02.2022-y., 09/22/78/0151-son, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.12.2022-y., 09/22/687/1073-son; 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son; 22.06.2023-y., 09/23/253/0419-son; 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son; 13.09.2024-y., 09/24/570/0715-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son; 25.08.2025-y., 09/25/535/0776-son; 06.09.2025-y., 09/25/562/0806-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son; 07.03.2026-y., 09/26/93/0210-son; 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)