Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN ROʻYXATDAN OʻTKAZISH DAVLAT RAQAMI BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Avtomototransport vositalari milliy davlat raqami belgilarining xalqaro talablar va standartlarga muvofiqligini taʼminlash, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishning elektron tizimi bilan birga olib borish, shuningdek ularni qalbakilashtirish va ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish:
2008-yil va 2009-yilning birinchi choragi mobaynida — ishlab chiqarilgan yilidan qatʼi nazar, avtomototransport vositalari uchun, ular egalarining yozma arizasi asosida ixtiyoriy ravishda, shuningdek yangidan roʻyxatdan oʻtkazilayotgan (qayta roʻyxatdan oʻtkazilayotgan) barcha avtomototransport vositalari uchun majburiy tartibda;
Oldingi tahrirga qarang.
2009-yilning ikkinchi choragidan boshlab 2013-yil 1-yanvargacha — yangidan roʻyxatdan oʻtkazilayotgan (qayta roʻyxatdan oʻtkazilayotgan), shuningdek foydalanilayotgan (ishlatilayotgan) barcha avtomototransport vositalari uchun majburiy tartibda amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 49-son, 453-modda)
Bunda roʻyxatdan oʻtkazish eski davlat raqami belgilarini yangisiga ixtiyoriy ravishda almashtirish toʻgʻrisida 2008-yil mobaynida murojaat qilgan avtomototransport vositalari egalari roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻimni toʻlashdan ozod qilinadilar, yaroqsiz va yoʻqolgan davlat raqami belgilarini va roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini majburiy almashtirish hollari bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
3. Quyidagilar:
avtomototransport vositalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari taqsimoti 1-ilovaga muvofiq;
avtomototransport vositalari va ularning tirkamalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining tiplari 2-ilovaga muvofiq;
roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarida qoʻllanadigan raqamlar va lotin alifbosi harflarining namunalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy davlatlarning vakolatli organlarini Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun roʻyxatdan oʻtkazish yangi davlat raqami belgilari joriy etilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish yuklansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini tayyorlash yorugʻlikni aks ettiruvchi qoplamalar, chidamli va korroziyaga qarshi metall qotishmalari qoʻllanishini, shuningdek qalbakilashtirishdan himoya qilishning yuqori darajasini taʼminlovchi tasdiqlangan maxsus texnologiyaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga avtomototransport vositalari va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari) uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining Qurilish-montaj boshqarmasida ishlab chiqarishga doir mutlaq huquq berilsin.
“Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini ishlab chiqarishda standartlar talablariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat mexanizmini belgilasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Moliya vazirligi yangi namunadagi davlat raqami belgilarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun texnologik asbob-uskunalar xarid qilishga 333990,0 yevro ekvivalentida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining texnik shartlarini tartibga soluvchi normativ hujjatni bir oy muddatda ishlab chiqsin va roʻyxatdan oʻtkazish uchun “Oʻzstandart” agentligiga taqdim etsin;
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi standart hamda ishlab chiqarish texnologiyasi asosida tayyorlanishini va 2008-yil 1-oktabrgacha chiqarilishini taʼminlasin;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining .2008-yil 18-sentabrdagi 211-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 37-38-son, 381-modda)
avtomototransport vositalari haydovchilari va aholi oʻrtasida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali zarur tushuntirish ishlari olib borgan holda ularga ushbu qaror talablarini yetkazsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda yangi namunadagi davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan yigʻim miqdorini bir oy muddatda tasdiqlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda:
Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud bilan birgalikda qalbakilashtirilgan va boshqa transport vositasiga biriktirilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilaridan foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasida avtomotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, ular hisobini yuritish, milliy davlat raqami belgilarini berish va almashtirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin, ularda yaroqsiz, shikastlangan yoki buzilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini almashtirish va taʼmirlash tartibini puxta tartibga solsin;
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida” 1997-yil 26-maydagi 256-son qarorining 5-bandi, shuningdek qarorga 2, 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M.Xanov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri B.A.Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 27-iyun,
131-son
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga
1-ILOVA
Avtotransport vositalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari
TAQSIMOTI
Hududlar‎ Kod raqamlari‎
Toshkent shahri‎ 01—09‎
Toshkent viloyati‎ 10—19‎
Sirdaryo viloyati‎ 20—24‎
Jizzax viloyati‎ 25—29‎
Samarqand viloyati‎ 30—39‎
Fargʻona viloyati‎ 40—49‎
Namangan viloyati‎ 50—59‎
Andijon viloyati‎ 60—69‎
Qashqadaryo viloyati‎ 70—74‎
Surxondaryo viloyati‎ 75—79‎
Buxoro viloyati‎ 80—84‎
Navoiy viloyati‎ 85—89‎
Xorazm viloyati‎ 90—94‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 95—99‎
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga
2-ILOVA
Avtomototransport vositalariga va ularning tirkamalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari
Oldingi tahrirga qarang.
I tip — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari yuridik shaxslarning avtomobillariga beriladi (chet el investitsiyasi va kapitali ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno).
(I tipning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, oʻng tomonda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Oldingi tahrirga qarang.
I1 tip — “DAV” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga beriladi (mudofaa, ichki ishlar, bojxona, favqulodda vaziyatlar organlarining avtomobillari hamda II tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami beriladigan avtomobillar bundan mustasno).
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, oʻng tomonda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
(I1 tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
I2 tip — STY seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam avtomobillariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, oʻng tomonda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
(I2 tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IE tip — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari yuridik shaxslarning elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IE tipning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, oʻng tomonda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
(I1 tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IE2 tip — “STY” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari tez tibbiy yordam elektromobillariga va gibrid avtomobillarga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, oʻng tomonda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
(IE2 tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
II tip — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari oliy davlat organlari, boshqaruv organlari va vazirliklarning avtomobillariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi.
III tip — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning avtomobillariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi, oʻng tomonda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IIIE tip — roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IIIE tipning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, oʻng tomonda Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
(III tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
IV tip — “CMD” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xati asosida diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining bitta xizmat avtotransport vositasiga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
V tip — “D” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
diplomatik va konsullik muassasalari boshliqlari (Favqulodda va Muxtor Elchi, Vakil, Bosh konsul) va ular oila aʼzolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
diplomatik vakolatxonalar diplomatik agentlari va ular oila aʼzolarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
VI tip — “UN” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqam belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
BMT vakolatxonalari va BMT ixtisoslashtirilgan tashkilotlari boshliqlarining va Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila aʼzolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
BMT vakolatxonalari va BMT ixtisoslashtirilgan tashkilotlari xodimlarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila aʼzolarining shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni koʻk rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
VII tip — “T” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari maʼmuriy-texnik tarkibi xodimlarining xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila aʼzolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xizmat koʻrsatuvchi xodimlari va uy xizmatchilarining xizmat avtotransport vositalariga;
BMT yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan boshqa vakolatxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan yirik muruvvat loyihalari va texnik koʻmaklashish dasturlarining avtotransport vositalariga;
ushbu loyihalarning Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xodimlari shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari boshliqlari hamda Tashqi ishlar vazirligi akkreditatsiyasi asosida ular oila aʼzolarining shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining xizmat va shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga hamda ular oila aʼzolarining shaxsiy avtotransport vositalariga;
Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan faxriy konsulliklar xodimlarining shaxsiy ehtiyojidagi avtotransport vositalariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
VIII tip — “X” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
konsullik muassasalari;
faxriy konsulliklar;
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari;
hukumatlararo va xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan savdo vakolatxonalari rahbarlarining bitta xizmat avtotransport vositasiga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
IX tip — “M” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida:
muxbirlik punktlari (byurolar, ofislar) avtotransport vositalariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzurida doimiy ravishda akkreditatsiya qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan xorijiy muxbirlar avtotransport vositalariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan vakolatxonalar hamda xalqaro va xorijiy hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar filiallari rahbarlari va xodimlarining xizmat ehtiyojidagi avtotransport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining va banklarning, shuningdek, chet el investitsiyasi va kapitali ishtirokidagi korxonalarning xizmat ehtiyojidagi avtotransport vositalariga beriladi.
(IX tipning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni yashil rangda, chetki qismi, raqami va harflari oq rangda.
Oldingi tahrirga qarang.
X tip — “H” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Tashqi ishlar vazirligining xati asosida Oʻzbekiston Respublikasida shaxsiy, xizmat ishlari boʻyicha, oʻqish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan ijaraga olingan transport vositalariga beriladi.
(X tipning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda.
Oldingi tahrirga qarang.
XI tip — mototsikllar uchun ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
(XI tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng burchagining yuqori tomonida hududning kodi, quyi tomonida Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
XIE tip — elektromototsikl uchun ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
(XIE tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng burchagining yuqori tomonida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, quyi tomonida Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
(XI tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XIE1 tip — skuterlar uchun ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng burchagining yuqori tomonida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, quyi tomonida Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
(XIE1 tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XI1 tip — mopedlar uchun ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng burchagining yuqori tomonida hududning kodi, quyi tomonida Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
(XI1 tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
XI2 tip — “NN” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Oʻzbekiston Respublikasida shaxsiy, xizmat ishlari boʻyicha, oʻqish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan mototsikl va elektromototsikllarga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
XI3 tip — “NNN” seriyali roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari Oʻzbekiston Respublikasida shaxsiy, xizmat ishlari boʻyicha, oʻqish yoki turizm maqsadida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan moped va skuterlarga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni sariq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
(XI2 va XI3 tiplar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
XII tip – yuk va yengil avtomobillarga tirkamalar va yarim tirkamalar uchun ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda quyi burchakda hududning kodi, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Raqamli bitta belgi beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
XIII tip – yoʻl harakatida qatnashishga vaqtincha qoʻyilgan transport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari (tranzit uchun, qogʻozda yozilgan bir martalik belgi).
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda hududning kodi.
Avtomobillar uchun ikkita roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami beriladi (orqa va old tomonda mahkamlash uchun).
XIIIA tip – yoʻl harakatida qatnashishga vaqtincha qoʻyilgan tirkamalar, mototransport uchun ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari (tranzit uchun, qogʻozda yozilgan bir martalik belgi).
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda quyida hududning kodi.
Tirkamalar va mototsikllar uchun bitta roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari beriladi (orqa tomonda mahkamlash uchun).
IA tip – ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash uchun yuridik shaxslarning mahkamlash joyi I tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan yengil avtomobillariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda quyida hududning kodi, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Oldingi tahrirga qarang.
IA1 tip — “DAV” seriyali ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash uchun davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahkamlash joyi I1 tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan shaxsan biriktirilgan va navbatchi xizmat avtomobillariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda quyida hududning kodi, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
(IA1 tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IAE tip — ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga yoki old va orqa tomonga mahkamlash uchun yuridik shaxslarning mahkamlash joyi IE tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan yengil elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) beriladi.
(IAYE tipning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda quyida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
(IA1 tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
IIA tip — ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga mahkamlash uchun oliy davlat organlari, boshqaruv organlari va vazirliklar (yuridik shaxslar)ning mahkamlash joyi II tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan avtomobillariga beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda quyida Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi.
IIIA tip – ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari yuk avtomobillari va avtobuslarga, shuningdek jismoniy shaxslarning mahkamlash joyi III tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan yengil avtomobillariga orqa tomonga mahkamlash uchun beriladi.
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda quyida hududning kodi, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IIIAE tip — ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari elektr yurgizgichli yuk avtomobillar va avtobuslarga, shuningdek jismoniy shaxslarning mahkamlash joyi III tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan yengil elektromobillariga va gibrid avtomobillariga (8703 60, 8703 70 TIF TN kodli) orqa tomonga yoki old va orqa tomonga mahkamlash uchun beriladi.
(IIIAE tipning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son)
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. Oʻng tomonda quyida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va “UZ” harflari.
(IIIA tip Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 513-sonli qaroriga asosan xatboshilar va grafik tasvir bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son)
IVA tip — “CMD” seriyali ikki qatorli maxsus roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari diplomatik vakolatxonalar rahbarlarining mahkamlash joyi IV tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan bitta xizmat avtotransport vositasiga orqa tomonga mahkamlash uchun beriladi.
VA tip – “D” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari:
diplomatik va konsullik muassasalar boshliqlari (Favqulodda Muxtor Elchi, Vakil, Bosh konsul) va ular oila aʼzolarining mahkamlash joyi V tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan shaxsiy avtotransport vositalariga;
diplomatik vakolatxonalarning diplomatik agentlari va ular oila aʼzolarining mahkamlash joyi V tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan xizmat va shaxsiy avtotransport vositalariga beriladi.
VIA tip – “UN” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari BMT vakolatxonalarining mahkamlash joyi VI tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan avtomobillariga beriladi.
VIIA tip – “T” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari VII tipda koʻrsatilgan, mahkamlash joyi VII tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan avtomototransport vositalariga beriladi.
VIIIA tip – “X” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari VIII tipda koʻrsatilgan, mahkamlash joyi VIII tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan avtomototransport vositalariga beriladi.
IXA tip – “M” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan ikki qatorli roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari mahkamlash joyi IX tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan avtomobillarga beriladi.
XA tip – “N” seriyali orqa tomonga mahkamlanadigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari X tipda koʻrsatilgan, mahkamlash joyi X tipdagi roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq boʻlmagan avtomototransport vositalariga beriladi.
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga
3-ILOVA
Roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarida qoʻllanadigan raqamlar va lotin alifbosi harflarining namunalari
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 25-26-son, 264-modda; 2008-y., 37-38-son, 381-modda; 2010-y., 49-son, 453-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son, 12.08.2021-y., 09/21/513/0787-son; 27.03.2023-y., 09/23/132/0171-son; 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)