Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.09.2017
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh, QAYTA RO‘YXATDAN O‘TKAZISh VA ULARNING HISOBINI OLIB BORISh, MILLIY DAVLAT RAQAMI BELGILARINI BERISh VA ULARNI ALMAShTIRISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARI UChUN RO‘YXATDAN O‘TKAZISh DAVLAT RAQAMI BELGILARINING YANGI NAMUNALARINI JORIY ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2007-YIL 27-IYUNDAGI 131-SON QARORI)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish qoidalari V bo‘limining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari ta’mirlanmaydi. Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan, shuningdek yo‘qolgan davlat raqami belgilari va qayd etish guvohnomalari o‘rniga yangilari transport vositasi egasining arizasiga asosan tegishli to‘lovlar undirilgandan va raqamli agregatlar tekshirilgandan so‘ng beriladi. Yo‘qolgan qayd etish guvohnomasi (texpasport) o‘rniga yangisi hisob kartochkasidagi ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi hamda guvohnomaning “Alohida belgilar” bo‘limiga “Takroriy” degan belgi qo‘yiladi.
Yaroqsiz holga kelib qolgan, shikastlangan yoki buzilgan davlat raqami belgilari o‘rniga transport vositasi egasining arizasiga asosan ularning dublikati berilishi mumkin. Dublikatlar Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati hududiy organlarining buyurtmanomasi asosida tayyorlanadi. Dublikat olingungacha bo‘lgan davrga yig‘im undirilmasdan ilgari foydalanilgan yaroqli davlat raqami belgilari beriladi”.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 18-sentabr,
196-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 387-modda)