Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, shuningdek, avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish sohasidagi faoliyati shaffofligini taʼminlash, mazkur sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda, aholiga qulayliklar yaratish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — MvaFRBB) va uning hududiy boʻlinmalariga murojaat kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida murojaat etuvchining yashash joyiga borib, sayyor davlat xizmatlarini qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatish;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ularning yashash joyiga borib, Davlat xizmatlari yagona reyestrida belgilangan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini qoʻshimcha toʻlov asosida planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar yordamida koʻrsatish;
fuqarolarning yashash joyiga borib, qoʻshimcha toʻlov asosida ularga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini koʻrikdan oʻtkazish, avtomototransport vositalarining hujjatlarini axborot texnologiyalari yordamida koʻrib chiqish, avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini fuqaroning yashash joyiga yetkazib berish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son “Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun murojaat qilish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishida MvaFRBB va uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlarining hamda murojaat etuvchilarning huquq va majburiyatlari;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
b) Fuqarolarning yashash joyiga borib, avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
fuqarolarning yashash joyiga borib, avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari) koʻrsatilishi uchun murojaat qilish tartibi;
fuqarolarning yashash joyiga borib, transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlari va toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlar miqdorlari;
fuqarolarning yashash joyiga borib, transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi.
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
2024-yil 1-dekabrdan boshlab, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — migratsiya va transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari) xizmat koʻrsatuvchi xodim tomonidan murojaat etuvchining yashash joyiga borib, planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar yordamida qoʻshimcha toʻlov asosida koʻrsatiladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
migratsiya va transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlarini qoʻshimcha toʻlov asosida koʻrsatishda tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP), “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt hamda dasturiy taʼminotdan (mobil ilovadan) foydalaniladi;
fuqarolarning xohishiga koʻra tayyor identifikatsiyalovchi ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali yoki qoʻshimcha toʻlov asosida, shuningdek, avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va davlat raqami belgilarini ularning yashash joyiga qoʻshimcha toʻlov asosida yetkazib berish xizmati joriy etiladi;
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari ularning yashash joyiga borib, qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) 2024-yil 1-oktabrga qadar “Oʻzbekiston pochtasi” AJ bilan birgalikda identifikatsiyalovchi ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini fuqarolarning yashash joyiga pochta joʻnatmasi sifatida joʻnatish tizimini yoʻlga qoʻysin;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) 2024-yil 1-noyabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
(4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
migratsiya va transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishda, respublika hududini doimiy xizmat bilan qamrab oladigan “Call-markaz” tashkil qilsin;
YIDXP va “Avtomototransport hisobi” axborot tizimini integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnomani ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
migratsiya va transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun elektron arizani (transportni roʻyxatga olish boʻyicha ishonchnoma orqali ariza) yuborish yoki qoʻshimcha toʻlov asosida xizmat koʻrsatuvchi xodimni yashash joyiga chaqirish imkonini beradigan dasturiy taʼminot (mobil ilova) ishga tushirilishini taʼminlasin;
yuridik shaxslar tomonidan YIDXP, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — YHXX)ning rasmiy veb-sayti hamda dasturiy taʼminoti (mobil ilovasi) orqali yangi avtotransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ishonchnoma, ariza yuborish hamda toʻlovlarni elektron shaklda toʻlashni yoʻlga qoʻysin;
Oldingi tahrirga qarang.
v) 2024-yil 1-dekabrga qadar MvaFRBBning hududiy boʻlinmalari uchun 27 ta va YHXX boʻlinmalari uchun 100 ta avtomototransport vositalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilsin hamda ularni harakat yoʻnalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlasin;
(4-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
fuqarolarning yashash joyiga borib, migratsiya va transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etishni taʼminlash maqsadida MvaFRBBga 27 ta planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar, YHXXga 135 ta planshetni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilsin;
MvaFRBBga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining amaldagi shtat birliklari doirasida 27 ta qoʻshimcha shtat birligini, YHXXga Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi hisobidan YHXXning amaldagi shtat birliklari doirasida 135 ta qoʻshimcha shtat birligini ajratsin;
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishini samarali tashkil etish, qŭshimcha tŭlov asosida saĭër davlat xizmatini koʻrsatishdan tushgan tushumlarni kirim qilish hamda ulardan foydalanish tartibini joriy etish maqsadida MvaFRBBning sayyor davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish jamgʻarmasini tashkil etsin;
g) Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarordagi chora-tadbirlar dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab qoʻshimcha toʻlov asosida koʻrsatilgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, YHXX faoliyatiga oid chora-tadbirlar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-iyul,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ularning xohishiga koʻra qoʻshimcha toʻlov asosida, shuningdek, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda, Davlat xizmatlari yagona reyestrida belgilangan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida davlat xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatlari) ularning yashash joyiga borib, planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar yordamida koʻrsatish hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishga oid rasmiy hujjatlarni qoʻshimcha toʻlov asosida yetkazib berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasi — oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar, muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar, ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarga chalingan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy xizmatlarga muhtoj deb topilgan shaxslar;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi;
kalkulyatsiya — qonunchilik hujjatlariga muvofiq hamda koʻrsatilgan xizmat tannarxini aniqlash asosida belgilanadigan davlat xizmatlari uchun toʻlov miqdorini aniqlash jarayoni;
murojaat etuvchilar — davlat xizmatlari yashash joyiga borib koʻrsatilishi istagini bildirgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va ularning qonuniy vakillari;
sayyor davlat xizmatlari — murojaat etuvchining yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, shuningdek, tayyor hujjatlarni yetkazib berish boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish hududi — vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatiladigan maʼmuriy hudud;
tayyor hujjatlar — davlat xizmatlarini koʻrsatish natijasida vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladigan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishga oid rasmiy hujjatlar.
3. Sayyor davlat xizmatlari vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki “Call-markaz”iga murojaat qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan koʻrsatiladi.
4. Sayyor davlat xizmatlari murojaat etuvchilarning xohishiga koʻra qoʻshimcha toʻlov asosida, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga esa qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatiladi.
Sayyor davlat xizmatlari orqali koʻrsatilgan davlat xizmatlari uchun davlat boji va yigʻimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiriladi.
Davlat xizmatlarini qoʻshimcha toʻlov asosida koʻrsatishda yoʻl xarajatlari davlat xizmatini koʻrsatish hududi xususiyatidan kelib chiqqan holda, kalkulyatsiya natijalariga asosan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Murojaat etuvchi sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun toʻlovlarni ushbu xizmat koʻrsatilishidan avval amalga oshiradi.
Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov toʻlanganligi axborot tizimlari orqali tasdiqlanadi.
5. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki “Call-markaz”iga murojaat qilinganda:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(5-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
6. Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy faoliyati sifatiga va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga taʼsir qilmasligi lozim.
7. Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
2-bob. Murojaat etuvchilarga sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun soʻrovlarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi
8. Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi istagini bildirgan murojaat etuvchilar vakolatli organning rasmiy veb-sayti, “Call-markaz”, mobil ilovasi yoki YIDXP orqali murojaat etishi mumkin.
Murojaat etuvchilar tomonidan vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnoma toʻldiriladi.
Bunda vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshiriladi.
9. Murojaat etuvchilar “Call-markaz” orqali murojaat etganda, vakolatli organning masʼul xodimi tomonidan qabul qilinadi va murojaat etuvchiga quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
koʻrsatiladigan sayyor davlat xizmatlarining turlari;
sayyor davlat xizmatlarining turiga qarab zarur hujjatlar roʻyxati;
sayyor davlat xizmatlari uchun toʻlov miqdori;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish hududi.
10. Murojaat etuvchilar muayyan sayyor davlat xizmatini tanlagandan soʻng murojaat etgan kunning keyingi haftasidan ushbu xizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan kunni “Call-markaz”ning masʼul xodimi bilan kelishadi.
Agar murojaat etuvchilar xohlagan kunda sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlmasa, bu haqda murojaat etuvchilar ogohlantiriladi va unga boshqa kunni tanlash taklif etiladi.
Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish vaqti vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining ish vaqti doirasida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. “Call-markaz”ning masʼul xodimi murojaat etuvchilardan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasiga kirishi yuzasidan tegishli maʼlumotlarni soʻrab oladi va ular asosida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tekshiradi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Tekshirish natijalariga asosan murojaat etuvchilar haqiqatdan ham aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasida ekanligi tasdiqlansa, “Call-markaz”ning masʼul xodimi ushbu maʼlumotlarni tizimda qayd etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Murojaat etuvchilar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida aniqlanmagan hollarda, yashash joyiga sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun kelgan vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmasi masʼul xodimiga aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasida ekanligi toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlarni taqdim etadi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
12. “Call-markaz”ning masʼul xodimi tomonidan murojaat etuvchilarning murojaati elektron shakldagi roʻyxatga olish kitobida (keyingi oʻrinlarda — elektron kitob) qayd etiladi.
Elektron kitobga murojaat etuvchilarning shaxsiga oid maʼlumotlar, yashash joyi va sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi lozim boʻlgan kun kiritiladi.
Elektron kitob himoyalangan aloqa kanallari orqali vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari oʻrtasida integratsiya qilinadi.
13. “Call-markaz”ning masʼul xodimi murojaatni qabul qilgandan soʻng vakolatli organ va uning tegishli hududiy boʻlinmasini sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish haqida xabardor qiladi.
Vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmasi sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi xabarni olgach, ushbu xizmatlarni koʻrsatishga tayyorgarlik koʻradi.
14. Murojaat etuvchilar vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki YIDXP orqali murojaat etganda, koʻrsatiladigan tegishli sayyor davlat xizmatini tanlaydi va xizmat turiga koʻra tegishli yoʻriqnoma bilan tanishib chiqadi hamda murojaat etilgan kunning keyingi haftasidan ushbu xizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan boʻsh kunni belgilaydi.
Murojaat etuvchilar rasmiy veb-sayt, mobil ilova yoki YIDXPdagi yoʻriqnoma orqali quyidagi maʼlumotlarga ega boʻladi:
koʻrsatiladigan sayyor davlat xizmatining turlari;
sayyor xizmatning turiga qarab zarur hujjatlar roʻyxati;
sayyor davlat xizmati uchun toʻlov miqdori;
sayyor davlat xizmatini koʻrsatish hududi.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasidagi shaxslar ushbu toifada ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki YIDXPga PDF shaklida kiritadi.
15. Rasmiy veb-sayt, mobil ilova yoki YIDXP orqali yuborilgan murojaat sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish hududlararo onlayn navbatida avtomatik ravishda roʻyxatga olinadi.
16. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-sayt, mobil ilova va YIDXPdagi onlayn navbatlarni kunlik monitoring qilib boradi hamda tegishli sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatishga tayyorgarlik koʻradi.
3-bob. Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
17. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari murojaat etuvchilarning yashash joyiga xizmat avtotransport vositasida yetib boradi va planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar yordamida davlat xizmatlarini koʻrsatadi.
18. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari koʻrsatilgan sayyor davlat xizmatlari toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
Dalolatnomada koʻrsatilgan davlat xizmatlarining turi, davlat xizmatlari koʻrsatilgan joy va sana qayd etiladi.
19. Agar murojaat etuvchilar vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari yetib kelgandan soʻng murojaatda koʻrsatilgan manzilda boʻlmasa, masʼul xodimga muayyan sayyor davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur sharoit yaratmasa, mastlik holatida boʻlsa va oʻzining xatti-harakatlari bilan sayyor davlat xizmati koʻrsatilishiga toʻsqinlik qilsa yoki masʼul xodimning talabiga binoan soʻralgan hujjatlarni taqdim etmasa, bu sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatmaslikka asos boʻladi va dalolatnomada tegishli yozuv bilan qayd etiladi.
Bunday holatlarda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilgan deb hisoblanadi va toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
4-bob. Koʻrsatilgan sayyor davlat xizmatlari natijalariga koʻra rasmiylashtiriladigan rasmiy hujjatlarni qoʻshimcha toʻlov asosida yetkazib berish xizmatini tashkil etish tartibi
20. Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib boʻlgandan soʻng vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari murojaat etuvchilarni tayyor hujjatni qoʻshimcha toʻlov asosida yetkazib berish xizmati (keyingi oʻrinlarda — yetkazib berish xizmati) yoki tayyor hujjatni pochta xizmati orqali yuborish imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Murojaat etuvchilar tayyor hujjatning pochta xizmati orqali yuborilishi istagini bildirganda, vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari tayyor hujjatni murojaat etuvchilar yashash joyiga yetkazilishi uchun “Oʻzbekiston pochtasi” AJni elektron tizim orqali xabardor qiladi.
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ tayyor hujjatni murojaat etuvchilarning yashash joyiga besh ish kuni mobaynida yetkazib beradi.
21. Pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati natijasi uchun amalga oshiriladigan toʻlovlar murojaat etuvchilar tomonidan qoplanadi.
22. Murojaat etuvchilar yetkazib berish xizmati qoʻshimcha toʻlov asosida koʻrsatilishi istagini bildirsa, vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari murojaat etuvchilarning murojaatini shu yerning oʻzida qatʼiy hisobda turadigan roʻyxatga olish jurnalida qayd etadi va murojaat etuvchilar bilan yetkazib berish kunini kelishadi.
23. Agar murojaat etuvchilar tayyor hujjatni yetkazib berish xizmatidan foydalanishdan bosh tortsa, masʼul xodim unga hujjat tayyor boʻlish muddatini va ushbu tayyor hujjatni qayerdan olib ketishi mumkinligini tushuntiradi.
24. Masʼul xodim shu kunning oʻzida roʻyxatga olish jurnalida murojaat etuvchilarning shaxsiga doir maʼlumotlar, yetkazib berish manzili va tayyor boʻladigan hujjatning turi, yetkazib berish sanasini aks ettiradi, agar murojaat etuvchi pochta xizmatini tanlagan boʻlsa, bu haqda tegishli yozuvni qayd etadi.
5-bob. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlarining huquq va majburiyatlari
25. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
murojaat etuvchilardan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni soʻrab olish;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan sharoitlar bilan taʼminlanishini soʻrash;
murojaat etuvchilarning hujjatlarini tekshirish maqsadida elektron maʼlumotlar bazasidan foydalanish.
26. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari:
davlat xizmatlarini, shu jumladan, sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yetarli malakaga ega boʻlishi;
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishidan kamida 1 soat oldin murojaat etuvchilar bilan bogʻlanib, ushbu xizmatlar koʻrsatilishi zarurati mavjudligi, murojaatda koʻrsatilgan manzil va soatlar oʻzgarmaganligini soʻrashi, davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻladigan va tayyorlab qoʻyilishi lozim boʻlgan hujjatlar haqida batafsil tushuntirish berishi;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlariga qatʼiy rioya qilishi;
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishidan oldin xizmat avtotransport vositasi hamda planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar soz ekanligini tekshirishi;
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilayotgan har qanday vaziyatda vazmin, xushmuomala, odobli va eʼtiborli boʻlish, murojaat etuvchilarga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, ular bilan oʻzaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka qatʼiy rioya qilishi;
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilganligi toʻgʻrisida hamda murojaat etuvchilar bilan yuzaga kelgan holatlar toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishi;
murojaat etuvchilarga tayyor hujjatlarni yetkazib berish xizmatidan foydalanish huquqiga ega ekanligini va ushbu turdagi xizmatni koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida tushuntirishlar berishi shart.
Sayyor davlat xizmatlari vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlarining aybi bilan belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrsatilmagan taqdirda, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarga muvofiq chora koʻriladi.
6-bob. Murojaat etuvchilarning huquq va majburiyatlari
27. Murojaat etuvchilar qoʻyidagi huquqlarga ega:
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlaridan oʻzini tanishtirishini, shaxsini yoki ish joyini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishini talab qilish;
koʻrsatilayotgan sayyor davlat xizmatlari jarayoni bilan batafsil tanishish;
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari murojaat etuvchilarning yashash joyiga yetib borishgacha boʻlgan jarayonda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishini rad etish;
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari ustidan yuqori turuvchi organga shikoyat bilan murojaat qilish.
28. Murojaat etuvchilar:
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan soʻralgan barcha zarur hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etishi;
murojaatda koʻrsatilgan manzilda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi lozim boʻlgan kunda va belgilangan vaqtda hozir boʻlishi;
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari faoliyatiga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilayotgan jarayonda toʻsqinlik qilmasligi;
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlariga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur sharoitlarni yaratishi shart.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
29. Murojaat etuvchilar sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishini quyidagi hollarda rad etishi mumkin:
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish zarurati qolmaganda;
sayyor davlat xizmatlari vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari aybi bilan belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrsatilmagan holatlarda.
30. Murojaat etuvchilar tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilganda, mazkur xizmatlar uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi, bundan ushbu Reglamentning 19-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
31. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddaci.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun “Call-markaz”, veb-sayt, mobil ilova yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish yuzasidan sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Murojaat etuvchi

1. Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt, mobil ilova yoki YIDXP orqali murojaat qiladi.

2. Sayyor davlat xizmatlarini tanlaydi va xizmat turiga koʻra tegishli yoʻriqnoma bilan tanishib chiqib, murojaat etgan kunning keyingi haftadan ushbu xizmatlar koʻrsatilishi lozim boʻlgan boʻsh kunni tanlaydi.

3. Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun belgilangan toʻlovlarni ushbu xizmatlar koʻrsatilishidan avval toʻlaydi.

Zaruratga qarab

2-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari

1. Soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshiradi.

2. Murojaat etuvchi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifasida ekanligini tasdiqlash uchun uning maʼlumotlarini “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tekshiradi.

3. “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt, mobil ilova yoki YIDXP orqali murojaat qabul qilingandan soʻng vakolatli organ tegishli sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish hududidagi boʻlinmasiga murojaatda belgilangan xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida xabardor qiladi.

4. “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt va mobil ilovadagi onlayn navbatni kunlik monitoring qilib boradi va hududlari kesimida onlayn navbatda avtomatik ravishda olingan roʻyxat boʻyicha sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlaydi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari

Murojaat etuvchining yashash joyiga xizmat avtotransport vositasida yetib boradi va planshet yoki kompyuterga oʻrnatilgan texnik qurilmalar yordamida sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatadi.

Murojaat etuvchi tanlagan sanada

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha qoʻshimcha toʻlov asosida sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatishida yoʻl xarajatlari narxlarining
ROʻYXATI

(Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)

Boʻlinmadan davlat xizmatlarini koʻrsatish manziliga qadar boʻlgan masofa (km)

Transport xarajatlari (masofaga nisbatan foizda)

Xodimning bitta xizmat koʻrsatishga ketadigan vaqti uchun (foizda)

Foyda (25 foiz)

Umumiy narx (foizda)

10

5,5

12

4,4

21,9

20

10,9

5,7

28,6

30

16,4

7,1

35,5

40

21,8

8,5

42,3

50

27,3

9,8

49,1

60

32,7

11,2

55,9

70

38,2

12,6

62,8

80

43,7

13,9

69,6

90

49,1

15,3

76,4

100

54,6

16,6

83,2

Izoh. Transport xarajatlarida manzilga borish va boʻlinmaga qaytish hisobga olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash joyiga borib, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

____-son soʻrovnoma

20___ yil “____” _________

Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida

Murojaat etuvchi haqida maʼlumot

F.I.O.

Telefon raqami

Elektron pochta manzili

(mavjud boʻlsa)

Xizmat turi

hujjatlarni qabul qilish

tayyor hujjatlarni yetkazib berish

Davlat xizmati nomi

Xizmat koʻrsatish joyi (manzili)

sana

vaqti

Murojaatni qabul qilgan xodim : ___________________________________________.

Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilganligi haqida maʼlumot

Qabul qilingan hujjatlar

Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatgan mutaxassis F.I.O.

Izoh

Soʻrovnoma bajarilishining nazorati 20__ yil “___” ___________da amalga oshirildi.

Tegishli ichki ishlar organi MvaFRB boshligʻi _________________ /__________________________.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-iyuldagi 321-son qaroriga
2-ILOVA
Fuqarolarning yashash joyiga borib, avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament fuqarolarning yashash joyiga borib, avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish (keyingi oʻrinlarda — transportni roʻyxatga olish boʻyicha sayyor davlat xizmatlari) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati;
kalkulyatsiya — qonunchilik hujjatlariga muvofiq hamda koʻrsatilgan xizmat tannarxini aniqlash asosida belgilanadigan davlat xizmatlari uchun toʻlov miqdorini aniqlash jarayoni;
murojaat etuvchilar — davlat xizmatlari yashash joyiga borib koʻrsatilishi istagini bildirgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki ularning qonuniy vakillari;
sayyor davlat xizmatlari — murojaat etuvchilarning yashash joyiga borib transportni roʻyxatga olish boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari, shuningdek, tayyor hujjatlarni yetkazib berish;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish hududi — vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan transportni roʻyxatga olish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladigan maʼmuriy hudud;
tayyor hujjatlar — transportni roʻyxatga olish boʻyicha sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish natijasida vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladigan avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari.
3. Sayyor davlat xizmatlari vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki “Call-markaz”iga murojaat qilish orqali ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan koʻrsatiladi.
Transportni roʻyxatga olish boʻyicha sayyor davlat xizmatlari qoʻshimcha toʻlov asosida bir, uch va besh kunda (keyingi oʻrinlarda — sayyor davlat xizmatlari koʻrsatiladigan kunlar) koʻrsatiladi.
Transportni roʻyxatga olish boʻyicha sayyor davlat xizmatlari bir kunda koʻrsatilganda — qoʻshimcha toʻlov bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari, uch kunda koʻrsatilganda — 3 baravari, besh kunda koʻrsatilganda — 2 baravari miqdorida toʻlanadi.
Xizmat koʻrsatish masofasi 10 kilometrdan oshganda, har bir kilometr uchun qoʻshimcha toʻlov bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida toʻlanadi.
4. Transportni roʻyxatga olish boʻyicha sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun davlat boji va yigʻimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlanadi.
Transportni roʻyxatga olish boʻyicha qoʻshimcha toʻlov asosida sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatishda yoʻl xarajatlari davlat xizmatlarini koʻrsatish hududi xususiyatidan kelib chiqqan holda, kalkulyatsiya natijalariga asosan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Murojaat etuvchilar sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun toʻlovlarni ushbu xizmatlar koʻrsatilishidan avval toʻlaydi.
Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni.
5. Vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki “Call-markaz”i orqali murojaat etilganda, toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
90 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
6. Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy faoliyati sifatiga hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarga taʼsir qilmasligi shart.
7. Transport vositasini roʻyxatga olish boʻyicha sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, resurslar va maʼlumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan nazorat qilinadi.
2-bob. Murojaat etuvchilarning sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun soʻrovlarini qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi
8. Transport vositasini roʻyxatga olish boʻyicha sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan murojaat etuvchilar vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki “Call-markaz”i orqali murojaat etishi mumkin.
9. Murojaat etuvchilar vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki “Call-markaz”i orqali murojaat etganda, unga quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatiladigan kunlar va muddatlar;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati;
sayyor davlat xizmatlari uchun toʻlov miqdori;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish hududi.
10. Murojaat etuvchilar sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish kunini tanlagandan soʻng ushbu xizmatlar koʻrsatilishi lozim boʻlgan kunni “Call-markaz”ning masʼul xodimi bilan kelishadi.
Agar murojaat etuvchilar xohlagan kunda sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlmasa, bu haqda murojaat etuvchilar ogohlantiriladi va ularga boshqa kunni tanlash taklif etiladi.
Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish kuni vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining ish vaqti doirasida belgilanadi.
“Call-markaz”ning masʼul xodimi tomonidan murojaat etuvchilarning murojaati elektron shakldagi roʻyxatga olish kitobida (keyingi oʻrinlarda — elektron kitob) qayd etiladi.
Elektron kitobga murojaat etuvchilarning shaxsiga va yashash joyiga oid maʼlumotlar kiritiladi.
Elektron kitob himoyalangan aloqa kanallari orqali vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari oʻrtasida integratsiya qilinadi.
“Call-markaz”ning masʼul xodimi murojaatni qabul qilib olgandan soʻng vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarini sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida xabar kelib tushganligi haqida xabardor qiladi.
Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi toʻgʻrisidagi xabarni olgach, ushbu xizmatlarni koʻrsatishga tayyorgarlik koʻradi.
11. Murojaat etuvchilar vakolatli organning rasmiy veb-sayti yoki mobil ilovasi orqali murojaat etganda, rasmiy veb-saytda va mobil ilovada aks ettirilgan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatiladigan kunlarni tanlaydi.
Rasmiy veb-sayt yoki mobil ilova orqali yuborilgan murojaat sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish hududi kesimida onlayn navbatda avtomatik ravishda roʻyxatga olinadi.
Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-sayt yoki mobil ilovadagi onlayn navbatlarni kunlik monitoring qilib boradi hamda tegishli sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatishga tayyorgarlik koʻradi.
3-bob. Sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
12. Vakolatli organning rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki “Call-markaz”i orqali kelib tushgan murojaatni masʼul xodim qabul qilgandan soʻng uni tizim orqali shu kuning oʻzida tegishli vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalariga joʻnatadi.
Vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlari taqdim etilgan barcha hujjatlarni oʻrganib chiqib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) chop etadi va biriktirilgan davlat raqami belgisini tayyorlaydi.
Tayyor boʻlgan guvohnoma hamda davlat raqami belgisini vakolatli organ yoki uning hududiy boʻlinmasi masʼul xodimiga topshiradi.
13. Masʼul xodim hujjatlarni olgach, murojaat etuvchilarning murojaatida koʻrsatilgan manzilga yetib boradi, roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtotransport vositasini koʻzdan kechiradi hamda avtotransport vositasining raqam agregatlari va boshqa texnik parametrlarining roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga mos kelishini tekshiradi.
14. Hujjatlar mos boʻlgan taqdirda, guvohnoma va davlat raqami belgisi vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi tomonidan murojaat etuvchiga taqdim qilinadi.
Murojaat etuvchilar guvohnoma va davlat raqami belgisini qabul qilib olganligi hamda undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (elektron raqamli imzo, mobil-ID va boshqalar) orqali tasdiqlaydi.
15. Guvohnomani rasmiylashtirishda vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi tomonidan texnik tusdagi xatoliklarga yoʻl qoʻyilganda, murojaat etuvchilarga tegishli guvohnoma qayta rasmiylashtirilib, taqdim etiladi.
Texnik tusdagi xatoliklarga yoʻl qoʻyilgan guvohnoma tegishli dalolatnoma asosida xizmat koʻrsatuvchi boʻlinma tomonidan olib qoʻyiladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
16. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi tomonidan texnik tusdagi xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligi munosabati bilan guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun murojaat etuvchilardan toʻlov undirilmaydi.
17. Agar murojaat etuvchilar vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari yetib kelgandan soʻng notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etgan boʻlsa, murojaatda koʻrsatilgan manzilda boʻlmasa, masʼul xodimga sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur sharoit yaratmasa, mastlik holatida boʻlsa va oʻz xatti-harakatlari bilan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishiga toʻsqinlik qilsa yoki masʼul xodimning talabiga binoan soʻralgan hujjatlarni taqdim qilmasa, sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilmaydi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
Bunday holatlarda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilgan deb hisoblanadi va toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
4-bob. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlarining huquq va majburiyatlari
18. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
murojaat etuvchilardan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni soʻrab olish;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan sharoitlar bilan taʼminlanishini soʻrash;
murojaat etuvchilarning hujjatlarini tekshirish maqsadida elektron maʼlumotlar bazasidan foydalanish.
19. Vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari quyidagilarga majbur:
davlat xizmatlarini, shu jumladan, sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yetarli malakaga ega boʻlish;
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishidan kamida 1 soat oldin murojaat etuvchilar bilan bogʻlanib, ushbu xizmatlar koʻrsatilishi zarurati mavjudligi, murojaatda koʻrsatilgan manzil va xizmat koʻrsatish soatlari oʻzgarmaganligini soʻrash, davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻladigan va tayyorlanib, qoʻshilishi lozim boʻlgan hujjatlar haqida batafsil tushuntirish berish;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish muddatlariga qatʼiy rioya qilish;
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishidan oldin xizmat avtotransport vositasi hamda planshet soz ekanligini tekshirish;
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilayotganda har qanday vaziyatda vazmin, xushmuomala, odobli va eʼtiborli boʻlish, murojaat etuvchilarga hurmat bilan hamda “Siz” deb murojaat qilish, ular bilan oʻzaro munosabatlarda muomala madaniyati va qonuniylikka qatʼiy rioya etish;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida murojaat etuvchilar bilan yuzaga kelgan salbiy holatlar toʻgʻrisida tegishli dalolatnoma tuzish.
Sayyor davlat xizmatlari vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi aybi bilan belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrsatilmagan taqdirda, mazkur xodimga nisbatan qonunchilikka muvofiq chora koʻriladi.
5-bob. Murojaat etuvchilarning huquq va majburiyatlari
20. Murojaat etuvchilar qoʻyidagi huquqlarga ega:
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmasining masʼul xodimidan oʻzini tanishtirishini, shaxsini yoki ish joyini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishini talab qilish;
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayoni bilan batafsil tanishish;
sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishini rad etish;
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari ustidan yuqori turuvchi organga shikoyat bilan murojaat qilish.
21. Murojaat etuvchilar:
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari tomonidan soʻralgan barcha zarur hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etishi;
murojaatda koʻrsatilgan manzilda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi lozim boʻlgan kunda va belgilangan vaqtda hozir boʻlishi;
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlariga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilayotgan jarayonda toʻsqinlik qilmasligi;
vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlariga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan sharoitlarni yaratishi shart.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Murojaat etuvchilar sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishini quyidagi holatlarda rad etishi mumkin:
sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish zarurati qolmaganda;
sayyor davlat xizmatlari vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari aybi bilan belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrsatilmagan holatlarda.
23. Murojaat etuvchilar tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilganda, mazkur xizmatlar uchun toʻlangan toʻlovlar qaytariladi, bundan ushbu Reglamentning 17-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
24. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddaci.
Fuqarolarning yashash joyiga borib, avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun rasmiy veb-sayt, mobil ilova yoki “Call-markaz” orqali murojaat qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Murojaat etuvchi

1. Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi boʻyicha “Call-markaz”i, rasmiy veb-sayt yoki mobil ilova orqali murojaat qiladi.

2. Transportni roʻyxatga olish boʻyicha sayyor davlat xizmatlarini xohishiga koʻra bir, uch va besh kunda koʻrsatilishini tanlaydi.

3. Sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishi uchun belgilangan toʻlovlarni ushbu xizmat koʻrsatilishidan avval toʻlaydi.

Zaruratga qarab

2-bosqich

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari

1. “Call-markaz”, rasmiy veb-sayt yoki mobil ilova orqali kelib tushgan murojaatni qabul qilgandan soʻng elektron kitobga murojaat etuvchining shaxsiga oid maʼlumotlar, yashash joyi toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritadi va axborot tizimi orqali tegishli xizmat koʻrsatuvchi hududga joʻnatadi.

2. Veb-sayt va mobil ilovadagi onlayn navbatni kunlik monitoring qilib boradi va hududlari kesimida onlayn navbatda avtomatik ravishda olingan roʻyxat boʻyicha sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilishiga tayyorgarlik koʻradi.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari

1. Taqdim etilgan barcha hujjatlarni oʻrganib chiqib, kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, avtomototransport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani chop etadi va biriktirilgan davlat raqami belgisini tayyorlaydi.

2. Tayyor boʻlgan avtomototransport vositalari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda davlat raqami belgisini vakolatli organ va uning hududiy boʻlinmasining masʼul xodimiga topshiradi.

Bir, uch va besh kunda

(murojaat etuvchining tanloviga muvofiq)

4-bosqich

Masʼul xodim

Murojaat etuvchining murojaatida koʻrsatilgan manzilga yetib boradi, roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan avtotransport vositasini koʻzdan kechiradi hamda avtotransport vositasining raqam agregatlari va boshqa texnik parametrlarining roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlariga mos kelishini tekshiradi va hujjatlar mos boʻlgan taqdirda, guvohnoma va davlat raqami belgisini murojaat etuvchiga taqdim qiladi.

Bir, uch va besh kunda

(murojaat etuvchining tanloviga muvofiq)

Fuqarolarning yashash joyiga borib, avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Transportni roʻyxatga olish boʻyicha qoʻshimcha toʻlov asosida sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatishda yoʻl xarajatlari narxlarining
ROʻYXATI

(Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizda)

Boʻlinmadan davlat xizmatini koʻrsatish manziliga qadar boʻlgan masofa (km)

Transport xarajatlari (masofaga nisbatan foizda)

Xodimning bitta xizmat koʻrsatishga ketadigan vaqti uchun (foizda)

Foyda (25 foiz)

Umumiy narx (foizda)

10

5,5

12

4,4

21,9

20

10,9

5,7

28,6

30

16,4

7,1

35,5

40

21,8

8,5

42,3

50

27,3

9,8

49,1

60

32,7

11,2

55,9

70

38,2

12,6

62,8

80

43,7

13,9

69,6

90

49,1

15,3

76,4

100

54,6

16,6

83,2

Izoh. Transport xarajatlarida manzilga borish va boʻlinmaga qaytish hisobga olingan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/321/0558-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)