|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.07.2017
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI O‘RMON XO‘JALIGI BOSh BOShQARMASI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “O‘rmon xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tuzilmasini takomillashtirish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi 99-son qarorining 2-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi markaziy apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi markaziy apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tizimining umumiy belgilangan soni doirasida 41 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 31 nafar etib belgilansin.
(1-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-iyundagi 198-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2016-y., 24-son, 286-modda
2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziriga O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va uning markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasini shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida maqbullashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 10-avgust,
191-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 10-avgustdagi 191-son qaroriga
1-ILOVA
2005-yil 10-avgustdagi 191-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 10-avgustdagi 191-son qaroriga
2-ILOVA
2005-yil 10-avgustdagi 191-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi markaziy apparati tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon fondi yerlarida ovchilik xo‘jaligini tashkil etish va yuritish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 12-oktabrdagi 469-son qarori 1-bandining uchinchi va o‘n birinchi xatboshidagi “Ovchilik xo‘jaligi, qo‘riqxonalar va milliy parklar” so‘zlari “Qo‘riqxonalar, milliy tabiiy bog‘lar va ovchilik xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda):
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi markaziy apparati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash ularga qarashli korxonalar ajratmalari hisobiga amalga oshiriladi”;
3-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga ilovaning 13-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 4-son, 20-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomda:
4-banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar o‘rmon xo‘jaligi boshqarmalari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “o‘zining hududiy boshqarmalari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 247-modda; 2016-y., 24-son, 286-modda)