Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.07.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI OʻRMON XOʻJALIGI BOSH BOSHQARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi huzurida Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 2-martdagi 76-son qarorining 8-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tuzilmasi boʻyicha takliflar kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 11-aprel,
99-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 11-apreldagi 99-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. II boʻlimning 5-bandi quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ichki va tashqi bozor ehtiyojini oʻrganish asosida respublika manzarali bogʻdorchiligini rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi”;
oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn uchinchi — oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. III boʻlimning 8-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“manzarali oʻsimliklar koʻchatlarini oʻstirishning ilmiy asoslarini hamda istiqbolli texnologiyalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;
manzarali oʻsimliklar koʻchatlarini sertifikatlash va standartlashtirishning yagona tizimi ishlab chiqilishi va joriy etilishini tashkil qiladi;
mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda manzarali oʻsimliklarni rayonlashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishni tashkil qiladi;
turli xoʻjalik yurituvchi subyektlarga manzarali oʻsimliklar oʻstirishda ilmiy-metodik va ishlab chiqarish yordami koʻrsatilishini tashkil qiladi”.
3. 12-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktori Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.
Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktorining oʻrinbosarlari Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi.
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari, shuningdek Manzarali bogʻdorchilik va oʻrmon xoʻjaligi respublika ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibiga kiradigan tashkilotlar rahbarlari Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 114-modda)