Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini rivojlantirish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, “Oʻzstandart” agentligining tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;
mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
 LexUZ sharhi
1-bandning yettinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
2. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
a) “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini, unga:
“Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini qoʻshish;
“Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati tuzilmasidan chiqarilayotgan Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosini oʻtkazish yoʻli bilan qayta tashkil etish;
b) “Oʻzstandart” agentligi qoshida:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
mavjud “Milliy etalonlar markazi” davlat muassasasi, “Metrologiya xizmatlari koʻrsatish markazi” davlat korxonasi va “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasining metrologik boʻlinmalari negizida “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasini (“OʻzMMI” DK) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
3. Quyidagilar davlat korxonalari faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
b) “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha choralarni amalga oshirishi;
etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalarini saqlab turishi, ularni xalqaro darajada solishtirishi, shuningdek, oʻlchov birliklarini saqlashi va uzatishi;
oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishi, metrologik nazorat natijalarini oʻzaro tan olish boʻyicha xalqaro shartnomalarni amalga oshirishi;
metrologik tekshiruvni va metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi.
4. 2017 — 2020-yillarda “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
5. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2018 — 2022-yillarda “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tomonidan xarid qilinadigan etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
6. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tugatilib, Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh 6-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Maxsus ishchi guruh zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash hamda qonunchilik va normativ hujjatlarni ishlab chiqishni tashkillashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyaning milliy tizimlarini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish;
 LexUZ sharhi
6-bandning toʻrtinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
respublikamiz korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning tizimli monitoringini amalga oshirish.
7. “Oʻzstandart” agentligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Parij shahrida 1875 yil 20-mayda qabul qilingan Metrik konvensiyaga qoʻshilish masalasini oʻrganib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 5-ilovada qayd etilgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xarid qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻni nazarda tutsin.
9. “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy koʻchasi, 333a, 333b uylarda joylashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
11. Istisno tariqasida:
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, etalonlarni tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy metrologik tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish orqali etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalarini xarid qilish;
“Oʻzstandart” agentligi va uning tashkiliy tuzilmalariga “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi bilan texnik va tizimli xizmat koʻrsatish, jumladan, server va telekommunikatsiya uskunalariga, kompyuter va tashkiliy texnikaga xizmat koʻrsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va kuzatib borish, shuningdek, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazmagan holda shartnomalar tuzish ruxsat etilsin.
12. “Oʻzstandart” agentligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzstandart” agentligi va uning boʻlinmalari shtat jadvallari va xarajatlar smetasiga 2017-yil uchun smeta xarajatlarida nazarda tutilgan shtat birliklari va budjet ajratmalari doirasida, mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartishlar kiritsin;
belgilangan tartibda “Oʻzbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalari nizomlarini tasdiqlasin va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U. U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qaror “Xalq soʻzi” gazetasining 2017-yil 2-maydagi 86 (6780)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-aprel,
PQ-2935-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga
1-ILOVA
2017 — 2020-yillarda “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha
KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I.Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida qonunchilikni takomillashtirish

1.

“Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunlari va boshqalar) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil I-chorak

“Oʻzstandart” agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Mudofaa vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi, Davarxitektqurilish,
Davlat ekologiya qoʻmitasi

2.

““Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrir) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish va kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2018-yil II-chorak

“Oʻzstandart” agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

“Oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Hukumat qarori loyihasi

2017-yil IV-chorak

“Oʻzstandart” agentligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Metrologik nazoratdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan, tibbiyotga moʻljallangan sinov vositalari va oʻlchov vositalarining roʻyxatini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2017-yil, sentyabr

“Oʻzstandart” agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi

5.

Samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlari oʻrnini bosuvchi normalarni bekor qilib, ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni �atlovdan oʻtkazish.

Ijrochilarning idoraviy hujjatlari

har yili
1-fevralgacha tasdiqlanadigan jadval boʻyicha

“Oʻzstandart” agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Qurilish vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi,
vazirlik va idoralar

6.

Xalqaro tajribani inobatga olib, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2017-yil IV-chorak

“Oʻzstandart” agentligi

II. “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish

7.

“Oʻzstandart” agentligining idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarini yanada modernizatsiya qilish va yuqori aniqlikdagi zamonaviy oʻlchash va sinash uskunalari bilan qayta jihozlash, bunda 37,4 mlrd. soʻmlik summa mablagʻlarini ajratish, shu jumladan:

Idoraviy hujjat (modernizatsiya qilish va qayta jihozlash dasturi)

har yili

“Oʻzstandart” agentligining maxsus

fondi,
oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi va uning idoraviy boʻysunuvidagi
tashkilotlari

10,3 mlrd. soʻm;

2017-y.

9,2 mlrd. soʻm;

2018-y.

8,8 mlrd. soʻm;

2019-y.

9,1 mlrd. soʻm.

2020-y.

8.

Standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarni umumiy miqdorda 13% dan 22% gacha ulushini oshirgan holda iqtisodiyot sohalarida Kompleks chora-tadbirlarning 1-ilovasiga muvofiq 2066 ta xalqaro standartlarni qabul qilishni keyinchalik bosqichma-bosqichjoriy qilish maqsadida, ju jumladan:

Ijrochilarning idoraviy hujjatlari

har yili

ijrochilarning oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi, vazirlik va idoralar,
xoʻjalik birlashmalari

492 ta standartlar (14,5% gacha yetkazish);

2017-y.

509 ta standartlar (17,5% gacha yetkazish);

2018-y.

526 ta standartlar (20,0% gacha yetkazish);

2019-y.

539 ta standartlar (22,6% gacha yetkazish).

2020-y.

9.

Xalqaro standartlarga mos, 2020-yilda ularning sonini 4,6 barobarga oshirgan holda 9158 ta korxonalarda sifat menejmenti tizimini Kompleks chora-tadbirlarning 2 va 2a-ilovalariga muvofiq joriy etish, shu jumladan:

Ijrochilarning qoʻshma qarorlari (tarmoq jadvallari)

har yili

ijrochilarning oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
vazirlik va idoralar,
xoʻjalik birlashmalari,

“Oʻzstandart” agentligi agentligi

2096 ta korxona;

2017-y.

2216 ta korxona;

2018-y.

2387 ta korxona;

2019-y.

2459 ta korxona.

2020-y.

10.

Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan 80 ta korxonalarning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sifat menejmenti tizimini joriy etish orqali ISO 22000 xalqaro standartga muvofiq eksport salohiyatini oshirish, shu jumladan:

Ijrochilarning qoʻshma qarorlari (tarmoq jadvallari)

har yili

ijrochilarning oʻz mablagʻlari

“Oʻzbekoziq-ovqatsanoatxolding” XK,
“Oʻzyogʻmoysanoat” uyushmasi,
“Oʻzvinsanoat-xolding” XK,
“Oʻzstandart” agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25 ta korxonalar;

2017-y.

16 ta korxonalar;

2018-y.

18 ta korxonalar;

2019-y.

21 ta korxonalar.

2020-y.

11.

Sanoatning 67 ta energiya isteʼmol qiladigan korxonalarida ISO 50001 xalqaro standartlarga muv�fiq energetika menejmentini joriy etish orqali energiya resurslarini sarflanishini bosqichma-bosqich kamaytirish,

shu jumladan:

Ijrochilarning qoʻshma qarorlari (tarmoq jadvallari)

har yili

ijrochilarning oʻz mablagʻlari

“Oʻzavtosanoat” AK,
“Oʻzeltexsanoat” AK,
“Oʻzbekneftegaz” MXK,
“Oʻzbekenergo” AK,
“Oʻzqurilishmateriallari” AK,
“Oʻzdonmahsulot” AK,
“Oʻzpaxtasanoateksport” XK,
“Oʻzbekyengilsanoat” AK,
“Oʻzvinsanoat-xolding” XK,
“Oziqovqatsanoatxolding” XK,
“Oʻzfarmsanoat” AK,
“Oʻzstandart” agentligi

23 ta korxonalarda;

2017-y.

22 ta korxonalarda;

2018-y.

12 ta korxonalarda;

2019-y.

10 ta korxonalarda.

2020-y.

12.

“Oʻzstandart” agentligi idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlarining xalqaro darajada eʼtirof etilgan tashkilotlar tomonidan akkredatitsiyadan oʻtkazish orqali 12 ta laboratoriyalari sinov natijalarini xalqaro tan olishga sharoitlar yaratish, shu jumladan:

Akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma

oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi

Hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlari

“Buxoro SSM” DK (kimyo mahsuloti), “Surxondaryo SSM” DK (oziq-ovqat mahsuloti), “Namangan SSM” DK (toʻqimachilik mahsuloti), “Samarqand SSM” DK (avtotransport vositalari);

2017-y.

“Qoraqalpoq SSM” DK (kimyo mahsuloti), “Andijon SSM” DK (mashinasozlik mahsuloti), “Samarqand SSM” DK (SMT sertifikatlashtirish organi), “Andijon S�M” DK (SMT sertifikatlashtirish organi);

2018-y.

“Navoiy SSM” DK (elektr texnika mahsuloti), “Fargʻona SSM” DK (kimyo mahsuloti);

2019-y.

“Chirchiq SSM” DK (fizika-kimyo sinovlari), “Xorazm SSM” DK (oziq-ovqat mahsuloti).

2020-y.

13.

Respublika hududining 19 ta olis tumanlarida yashayotgan aholisiga energiya resursini hisoblash maishiy asboblarini (gaz, elektr energiya, suv) qabul qilish punktlarini tashkil etish orqali qulay-sharoitlar yaratish, shu jumladan:

Ijrochilarning qoʻshma qarorlari (tarmoq jadvallari)

har yili

ijrochilarning oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Andijon viloyati, Qoʻrgʻontepa tumani,

Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani,

Jizzax viloyati, Paxtakor va Mirzachoʻl tumanlari,

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,

Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani, Fargʻona viloyati, Quva tumani, Xorazm viloyati, Hazorasp tumani;

2017-y.

Buxoro viloyati, Peshku tumani, Xorazm viloyati, Shovot tumani, Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani;

2018-y.

Jizzax viloyati, Doʻstlik tumani, Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani, Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Namangan viloyati, Chust tumani;

2019-y.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani, Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati,Uchqoʻrgʻon tumani, Andijon viloyati, Baliqchi tumani.

2020-y.

III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash

14.

“Oʻzstandart” agentligining “Qoraqalpoq SSM” DKning yangi binosi qurilishini yakunlash.

Ishga tushirish

2017-yil, 1-sentabr

“Oʻzstandart” agentligining maxsus

jamgʻarmasi,
oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi, Respublika SSM,
Qoraqalpoq SSM

15.

“Oʻzstandart” agentligining “Andijon SSM” DK mashinasozlik mahsulotlarining sinov kompleksi qurilishini yakunlash.

Ishga tushirish

2017-yil II-chorak

“Oʻzstandart”agentligining maxsus

jamgʻarmasi,
oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi, Respublika SSM,
Andijon SSM

16.

Andijon va Toshkent viloyati Standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining etil spirt sifatini nazorat qilish laboratoriyalarini gazxromatografiya uskunalari bilan jihozlash.

Ijrochilarning idoraviy hujjatlari

2017-yil II-chorak

“Oʻzstandart” agentligining maxsus

jamgʻarmasi

“Oʻzstandart” agentligi

17.

Zamonaviy sinov (oʻlchov) laboratoriyalarini tashkil etish uchun grantlar jalb qilish.

Takliflar tayyorlash

2017 — 2020-yy.

“Oʻzstandart” agentligi

18.

“Oʻzstandart” agentligi arxivini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

Takliflar tayyorlash

2018-yil II-chorak

“Oʻzstandart” agentligining maxsus

jamgʻarmasi

“Oʻzstandart” agentligi

19.

Tabiiy gazning shudring nuqtasini oʻlchash uskunalarini (namlikni oʻlchash uskunalari) tekshirish va qiyoslash laboratoriyalarini yaratish.

Ijrochilarning idoralararo hujjatlari

2018-yil III-chorak

ijrochilarning
oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi,

AK “Oʻztransgaz”

20.

Massa etaloni va harorat laboratoriyasini iqlimni nazorat qiluvchi zamonaviy tizim bilan jihozlash.

Takliflar tayyorlash

2018-yil III-chorak

“Oʻzstandart” agentligining maxsus

jamgʻarmasi

“Oʻzstandart” agentligi

21.

“Maxam-Chirchiq” AJ negizida sinov gaz aralashmalarini tayyorlash laboratoriyalarini tashkil etish.

Ijrochilarning idoralararo hujjatlari

2019-yil I-chorak

ijrochilarning oʻz mablagʻlari

“Oʻzkimyosanoat” AJ,
“Oʻzstandart” agentligi

22.

“Oʻz-Koram Ko” MChJ, “Avtosanoat-Sepla” QK, “Oʻz-Kor-Gaz Kemikal” QKlarning sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish

2017-yil III-chorak

ijrochilarning oʻz mablagʻlari

“Oʻzbekneftegaz” MXK,
“Oʻzavtosanoat” AK,
“Oʻzstandart” agentligi

23.

Keyinchalik davlat ilmiy-texnika dasturlariga kiritish uchun oʻlcham birliklari etalonlari va eng yuqori aniqlikda oʻlchov vositalarini yaratishga moʻljallangan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ijrochilarning idoralararo hujjatlari

2017-2018-yy.

Innovatsion rivojlanish vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

24.

Oʻzbekiston Respublikasining Parij shahrida 1875 yil 20-mayda qabul qilingan Metrik konvensiyaga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish.

Hukumat qarori loyihasi

2017-2018-yy.

“Oʻzstandart” agentligining maxsus

jamgʻarmasi

“Oʻzstandart” agentligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi, TIV

26.

Massa laboratoriyalarini BIPM (Oʻlchov va tarozi xalqaro byurosi) talablariga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazish.

Akkreditatsiyadan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma

2017-2018-yy.

“Oʻzstandart” agentligining maxsus

jamgʻarmasi

“Oʻzstandart” agentligi

27.

Muvofiqlikni baholash ishlari natijalarini oʻzaro eʼtirof etish boʻyicha ikki tomonlama bitimni imzolash boʻyicha hukumatlararo komissiyalarga takliflar kiritish.

Bitim loyihasi

2017-2018-yy.

“Oʻzstandart” agentligi,
TIV

V. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish

28.

Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida interfaol xizmatlar sonini koʻpaytirish.

Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy qilish

2017-2018-yy.

oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi

29.

Mahsulotni kataloglashtirish tizimini takomillashtirish.

Standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning Milliy qidiruv tizimini yaratish.

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar shtrixli kodlarining davlat reyestridan roʻyxatdan oʻtkazilgan tovarlarning shtrixli kodlari boʻyicha Milliy qidiruv tizimini yaratish.

Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va joriy qilish

2017- 2018-yy.

oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi

30.

Standartlar va oʻlchov vositalarini nazorat qilish boʻyicha davlat inspektorlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish.

“Oʻzstandart” agentligi buyrugʻi

2017-yil II-chorak

“Oʻzstandart” agentligi

31.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida mutaxassislarni tayyorlashda oʻquv rejaga “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyadan oʻtkazish” fanini kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2017-2018-yy.

“Oʻzavtosanoat” AK, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi

32.

“Oʻzstandart” agentligining rasmiy veb-saytida joylashtirish orqali milliy standartlardan bepul foydalanish uchun sharoitlar yaratish.

www.standart.uz rasmiy veb-saytida joylashtirish

2017-yildan boshlab

“Oʻzstandart” agentligining maxsus

jamgʻarmasi

“Oʻzstandart” agentligi

33.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sifatsiz mahsulot toʻgʻrisida maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish.

Qoʻshma harakatlar rejasi

2018-yil I-chorak

“Oʻzstandart” agentligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi,
DSQ, DBQ,
Davlat ekologiya qoʻmitasi, Davarxitektqurilish

VI. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

34.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasida mutaxassislarni amaliy tayyorlash darajasini oshirish.

Mutaxassislarning stajirovkalarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi institutlarida oʻtkazish.

Oʻqitish jadvali

har yili

oʻz mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi,

TIV

35.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mutaxassislarni oʻqitishni tashkillashtirish.

Seminar va treninglar

har yili

xalqaro (xorijiy) tashkilotlar mablagʻlari

“Oʻzstandart” agentligi, vazirlik va idoralar,
xoʻjalik birlashmalari

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima
2017 — 2020-yillarda xalqaro standartlarni qabul qilishning
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI*

T/r

Tashkilotlar nomi

2017 y.

2018 y.

2019 y.

2020 y.

Vazirlar Mahkamasi komplekslari boʻyicha umumiy soni

492

509

526

539

I.

Eksport salohiyati va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi

114

152

153

157

1.

“Oʻzavtosanoat AK

3

10

5

6

2.

“Oʻzeltexsanoat AK

53

65

68

70

3.

“Oʻzstandart agentligi

58

77

80

81

II.

Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi

116

91

91

92

1.

SanoatgeokontexnazoratDI

22

15

13

13

2.

Navoiy KMKDK

13

2

1

1

3.

“Olmaliq KMK” AJ

13

2

1

1

4.

“Oʻzbekneftgaz XK

23

25

27

28

5.

“Oʻzbekenergo” AJ

20

22

23

24

6.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

25

25

26

25

III.

Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi

41

46

50

52

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

28

32

35

36

2.

Avtomobil vadaryo transporti” agentligi

13

14

15

16

IV.

Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi

149

150

156

158

1.

“Oʻzpaxtasanoateksport XK

5

5

6

7

2.

“Oʻzyomoysanoat” uyushmasi

9

10

11

10

3.

“Oʻzdonmahsulotlari AK

12

13

14

13

4.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi

15

18

22

23

5.

“Oʻzbekoziqovqatxolding XK

41

50

56

58

6.

“Oʻzbekyengilsanoat” AJ

36

34

30

30

7.

“Oʻzvinsanoat-xolding XK

9

5

4

4

8.

“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi

22

15

13

13

V.

Taʼlim va fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi

22

23

24

25

1.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

22

23

24

25

VI.

Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi

50

47

52

55

1.

Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

20

10

12

13

2.

Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi

30

37

40

42

* Izoh: Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tomonidan zarur hollarda vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari boʻyicha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima
Hududiy boshqaruv tasarrufidagi korxonalarda sifat menejmenti tizimini joriy etishning
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI*

T/r

Hududlar nomi

Tashkilotlar soni

shu jumladan:

2017 y.

2018 y.

2019 y.

2020 y.

Jami

9158

2096

2216

2387

2459

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

272

62

66

71

73

2.

Andijon viloyati

750

171

181

196

202

3.

Buxoro viloyati

488

111

118

127

131

4.

Jizzax viloyati

331

76

80

87

89

5.

Qashqadaryo viloyati

470

107

114

123

126

6.

Navoiy viloyati

598

137

145

156

161

7.

Namangan viloyati

769

175

186

201

207

8.

Samarqand viloyati

1229

280

297

321

331

9.

Surxondaryo viloyati

285

65

69

75

77

10.

Sirdaryo viloyati

221

50

53

58

59

11.

Toshkent viloyati

1063

243

257

278

286

12.

Fargʻona viloyati

1077

246

260

281

290

13.

Xorazm viloyati

341

78

82

89

92

14.

Toshkent shahri

1264

295

307

326

336

* Izoh: Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tomonidan zarur hollarda vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan takliflari boʻyicha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima
Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibiga kiruvchi korxonalarda sifat menejmenti tizimini joriy etishning
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI*

T/r

Vazirlar Mahkamasi komplekslari nomi

Tashkilotlar soni

shu jumladan:

2017 y.

2018 y.

2019 y.

2020 y.

Jami

446

96

105

121

124

1.

Eksport salohiyati va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi

67

10

14

21

22

2.

Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi

33

5

8

10

10

3.

Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati masalalari kompleksi

27

5

6

8

8

4.

Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari kompleksi

301

71

74

77

79

5.

Taʼlim va fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi

4

1

1

1

1

6.

Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi

14

4

2

4

4

* Izoh: Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tomonidan zarur hollarda vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari boʻyicha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
2a-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga
5-ILOVA
2018 — 2022-yillarda “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tomonidan xarid qilinadigan etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari
ROʻYXATI

T/r

Etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari nomi

Oʻlchov diapazoni

Nuqsonlar

Soni

(k-t)

Moliyalashtirish davri

Hisob-kitob qiymati
(ming doll.)

1.

Mutlaq bosimning birlik etaloni

1 10 — 8 — 4 105 Pa

0,310 — 2 — 0,3 Pa

1

2018 y.

160

2.

Etalon uchun platinadan ishlangan qarshilik termometrlari

0 — 630,74 °S

0,01 °S

1

2018-y.

100

3.

Bosimning birlik etaloni

0,007 — 7 MRa

3 10 — 4 MRa

1

2018-y.

160

4.

Kuch oʻlchagich namunali qurilmasi

50 — 500 kN

0,20 %

1

2018-y.

110

5.

Shtrixli uzunlik oʻlchovlari attestatsiyasining namunali interferensiya qurilmasi

100 mm gacha

1 razryad

1

2018-y.

170

6.

Kelvin — harorat birlik etaloni

- 38 — 961 °S

(0,0002 — 0,01) °S

1.

2019-y.

350

7.

Chiroq, yoritish va yorugʻlik kuchi birlik etaloni

1 — 5000 lx

± 3 % koʻp boʻlmagan

1

2019-y.

475

8.

Sarf oʻlchagich — suyuqlik hisoblash asboblari uchun avtomatlashtirilgan tekshirish qurilmasi

0,45 — 600 m3/h

hajmi boʻyicha:
± 0,15 %
massasi boʻyicha:
± 0,05 %

1

2019-y.

600

9.

Fotometrik oʻlchovlar uchun namunali qurilma

175 — 3300 nm

± 0,0003 A

1

2019-y.

260

10.

Etalon qoʻngʻiroqli gaz qurilmasi

250 m3/h gacha

U = 0,06 % (k=2)

1

2020-y.

400

11.

Havo muhitida paskal (Ra) — ovoz bosimi birlik etaloni

0,02 — 2 Ra

0,03 — 0,14 dB

1

2020-y.

150

12.

Gidrostatik tortish namunali qurilmasi

650 — 2000 kg/m3

0,1 kg/m3 koʻp boʻlmagan

1

2021-y.

280

13.

Doimiy va oʻzgaruvchan tokni tenglashtirish etaloni va oʻzgaruvchan kuchlanishni oʻlchash etaloni komplekti

600 µV dan
1100 V gacha
10-4 dan 30 A gacha

0,3 ppm

1 komp.

2021-y.

280

14.

Etalon-dinamometr

20 — 2000 kN

0,05 %

1

2021 y.

90

15.

GLONASS va GPS signallari priyomniklari bilan vaqt va chastota etaloni

1 Hz;
1 MHz;
5 MHz;
10 MHz;
100 MHz;
2048 MHz

1*10-14 s

1 komp.

2021-y.

435

16.

Chastota diapazonida qattiq jismning tebranma harakatida uzunlik, tezlik va tezlanish birligi etaloni (GPSE)

3*10-1 Hz dan
1*104 Hz gacha

1,5*10-3 Hz dan
2,5*10-3 Hz gacha

1 komp.

2021y.

213

17.

Doimiy tokning yuqori omli elektr qarshiligining etalonli qiyoslash tizimi komplektda

10-4 dan
2*1017 Ω gacha
300 A gacha

0,1 ppm

1

2022-y.

400

18.

Toʻgʻri chiziqlilik va tekislikdan chetga chiqish oʻlchovlari sohasida uzunlik birligi etaloni

3 m gacha

ogʻishi —

4,3*10-6m

1

2022-y.

225

19.

Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini oʻlchash vositalarini tekshirish uchun namunali qurilma

0,1 — 100 mg/m3

± 10 % koʻp boʻlmagan

1 komp.

2022-y.

250

20.

Sathoʻlchagichlarni barcha turlarini tekshirish uchun namunali qurilma

5 m gacha

0,001 m

1

2022-y.

350

21.

Gradus — tekis burchak birlik etaloni

0 — 360°

0,03”

1

2022-y.

350

Jami:

21

5808

Izoh: Etalon qiymati va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari hisob-kitobli boʻlib, texnik vazifalarni ishlab chiqish va shartnomalar tuzish darajasiga qarab aniqlanadi.
 LexUZ sharhi
5-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga
6-ILOVA
Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh
TARKIBI

U.U. Rozuqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

A.A. Xaitov

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari

M.M. Mirzayev

moliya vaziri oʻrinbosari

S. S. Saydaliyev

sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari

A.D. Vaxabov

suv va qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

K.N. Tulyaganov

qurilish vaziri oʻrinbosari

A.A. Yuldashev

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

B.Y. Raximov

Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-taxlil departamenti

J.G. Mirsaidov

“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori oʻrinbosari, Maxsus ishchi guruh masʼul kotibi

 LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2935-sonli qaroriga
ShARH

Mahalliy mahsulotlarning sifati va xorijiy bozorlardagi raqobatdoshligini taʼminlashning muhim omillaridan biri standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi milliy normativ-huquqiy bazaning xalqaro talablarga mos darajasi, shuningdek, respublikamizning sinov va oʻlchash laboratoriyalari moddiy-texnika bazasining holati hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasida keyingi yillarda koʻrsatib oʻtilgan soha va tarmoqlarda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, mazkur sohada qonuniy bazani takomillashtirish doirasida xalqaro qoida va amaliyotni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida” (2009-yil) va “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi (2013-yil) qonunlari qabul qilindi. Ushbu qonunlar ichki bozorning sifatsiz mahsulotlardan himoya qilinishi hamda respublikamiz laboratoriyalari tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijalarining xalqaro darajada tan olinishini taʼminlashda muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “Standartlashtirish toʻgʻrisida”, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida” va “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun sertifikatlashtirish hamda standartlarni qabul qilish va joriy etish jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

Tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida majburiy sertifikatlanishi lozim boʻ�gan mahsulotlar roʻyxati keskin qisqartirildi. Eksportga yoʻnaltirilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilandi, oʻlchash vositalarini tayyorlash, sotish va ijaraga berish faoliyatini litsenziyalash jarayoni bekor qilindi.

Sertifikatlashtirish va standartlashtirish qoidalariga rioya etilmaganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash meʼyorlari bekor qilinib, mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligi kuchaytirildi. Shuningdek, 23 ta texnik reglamentni qabul qilish hisobiga 700 dan ortiq standart ixtiyoriy turga oʻtkazildi.

Shu bilan birga, sohadagi ishlarning tahlili vakolatli davlat boshqaruvi idorasi sifatida “Oʻzstandart” agentligining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan bir qator yechimi topilmagan masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Birinchidan, agentlikning tashkiliy tuzilmasi xalqaro talablarga mos emas, yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlab bera olmas edi.

Ikkinchidan, ISO xalqaro tashkiloti standartlarini qabul qilish borasidagi faoliyat lozim darajada tashkil etilmagan, standartlashtirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar milliy fondida ushbu tashkilot standartlari 13 foizni tashkil etar edi, xolos.

Uchinchidan, Agentlik tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish boʻyicha respublikamizdagi korxonalarga uslubiy yordam koʻrsatish yetarli darajada tashkil etilmagan edi.

Toʻrtinchidan, respublikamizning mavjud etalonlar bazasi ayrim sanoat tarmoqlarida foydalanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarning metrologik tekshiruvini toʻla qamrab olish imkonini bermas edi.

Yuqorida keltirilgan masalalarni hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;

mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarining xalqaro standartlarga muvofiqligini sertifikatlashtirishni amalga oshirish;

eksportchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;

texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, realizatsiya qilinadigan mahsulotlar xavfsizligining tizimli nazoratini taʼminlash samaradorligini oshirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;

texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

Shuningdek, mazkur qaror bilan 2017 — 2020-yillarda “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. � quyidagi jihatlarni nazarda tutadi:

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida qonuniy bazani takomillashtirish;

“Oʻzstandart” agentligining sinov laboratoriyalari va hududiy markazlarini zamonaviy yuqori aniqlikdagi oʻlchash va sinov uskunalari bilan qayta jihozlash va modernizatsiya qilishni davom ettirish;

2 mingdan ortiq xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich qabul qilish orqali ularning standartlashtirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlar milliy fondidagi ulushini ikki barobar oshirish;

9 mingdan ortiq korxonada xalqaro standartlarga mos keladigan sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, 2020-yilga qadar bunday korxonalar sonini 4,6 barobar oshirish;

“Oʻzstandart” agentligi laboratoriyalarini xalqaro darajada tan olingan tashkilotlarda akkreditatsiya qilish yoʻli bilan ularda amalga oshirilgan sinov natijalarining jahon miqyosida tan olinishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi xodimlar salohiyatini oshirish va uning faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini chuqurlashtirish.

Ushbu qaror bilan “Oʻzstandart” agentligi qoshida “Oʻzbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalarini tashkil etish hamda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini qayta tashkil etishni nazarda tutgan holda “Oʻzstandart” agentligining yangilangan tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Shuningdek, tasdiqlanayotgan roʻyxatga muvofiq, etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini davlat budjetidan moliyalashtirish hisobiga xarid qilish orqali respublika etalo� bazasini yanada rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining samarali ijrosini taʼminlash maqsadida standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tashkil etildi.

Ushbu qarorning amalga oshirilishi:

birinchidan, milliy standartlarni xalqaro talablar bilan moslashtirish hamda zamonaviy sifat menejmenti tizimlarini keng joriy etish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish va tashqi savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish;

ikkinchidan, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishda milliy laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan oʻlchash va sinov natijalarining chet ellarda tan olinishi uchun asos yaratish;

uchinchidan, sanoat tarmoqlarida qoʻllanilayotgan yuqori aniqlikdagi asboblarni toʻliq metrologik tekshiruvdan oʻtkazish, bir qator etalonlar va eng yuqori aniqlikda oʻlchash vositalarini xarid qilish orqali milliy korxonalarning xorijiy mamlakatlar metrologiya institutiga bogʻliqligini kamaytirish imkonini beradi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 18-son, 320-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son, 24.05.2019-y., 06/19/5728/3180-son, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)