Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.08.2023
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi O‘RQ-819-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlar, xizmatlar va boshqa obyektlarni shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash sohasida xodimlar sifatida ishtirok etishga talabgor mutaxassislarni (matnda bundan keyin “mahsulotlar” deb yuritiladi) sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Asosiy tushunchalar
Mazkur Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatilmoqda:
“sertifikatlashtirish milliy tizimi” — davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o‘tkazishda o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim;
“mahsulotlarni sertifikatlashtirish” (matnda bundan keyin “sertifikatlashtirish” deb yuritiladi) — mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat;
“muvofiqlik sertifikati” — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
“muvofiqlik belgisi” — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoxud ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi;
“mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) sertifikatlashtirish tizimi” — ayni bir xil standartlar va qoidalar qo‘llaniladigan muayyan mahsulotlar, ishlar yoki xizmatlarga taalluqli sertifikatlashtirish tizimi;
(1-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
“sifat bo‘yicha ekspert-auditor” — qonunchilikda belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan, muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni olib borish uchun tegishli malakaga ega bo‘lgan mutaxassis;
“sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organi” — qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan sertifikatlashtirish organlarining topshirig‘iga ko‘ra inspeksiya nazoratini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
(1-moddaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
“sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati” — sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning sertifikatlashtirilayotganda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan sertifikatlashtirilgan mahsulotlarni davriy takroriy baholash tartib-taomili.
(1-moddaning yettinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilarga almashtirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
2-modda. Sertifikatlashtirishning maqsad va vazifalari
Sertifikatlashtirish:
odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib borish;
mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
iste’molchini tayyorlovchining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
mahsulot tayyorlovchisi (sotuvchisi, ijrochisi) ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi.
3-modda. Sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Sertifikatlashtirish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
Basharti, xalqaro shartnoma yoki bitimda sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitimning qoidalari qo‘llaniladi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish organlari
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (bundan buyon matnda “O‘zstandart” agentligi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining milliy sertifikatlashtirish organidir.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligi mazkur Qonunga muvofiq:
(5-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
sertifikatlashtirish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi, sertifikatlashtirish o‘tkazish yuzasidan umumiy qoidalarni belgilaydi, ular to‘g‘risida rasmiy axborotlar e’lon qilib boradi;
sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish dasturlarining loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni Hukumat muhokamasiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlariga qo‘shilish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risida bitimlar tuzadi, sertifikatlashtirish masalalari bo‘yicha boshqa davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
majburiy ravishda sertifikatlanadigan mahsulotlarning ro‘yxatini belgilaydi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;
(5-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-31-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 113-modda)
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning, attestatsiyadan o‘tkazilgan sifat bo‘yicha ekspert-auditorlarning davlat reyestrlarini yuritadi;
majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik normalari buzilganligi uchun muvofiqlik sertifikatlarining va muvofiqlik belgilarining amal qilishini to‘xtatib turadi hamda ularni bekor qiladi.
(5-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
“O‘zstandart” agentligining sertifikatlashtirish sohasidagi faoliyatini moliyaviy ta’minlash manbai — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘i, shuningdek “O‘zstandart” agentligi ko‘rsatayotgan xizmat uchun olinadigan haqdan iborat.
(5-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar:
(5-moddaning to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimlarini tuzadilar va ularning amal qilishini ta’minlaydilar;
(5-moddaning to‘rtinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
sertifikatlashtirishni tashkil etadilar va o‘tkazadilar;
milliy muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtiradilar, beradilar yoki chet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etadilar;
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Tegishli sertifikatlashtirish tizimi belgilagan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) muayyan mahsulotlarning sinovini yoki muayyan sinov turini amalga oshiradilar hamda sertifikatlashtirish maqsadlari uchun bayonnomalar beradilar.
“O‘zstandart” agentligi o‘z vazifalarining bir qismini mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) o‘tkazishga haqlidir.
(5-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
6-modda. Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari
Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar sertifikatlashtirish obyektidir.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
“O‘zstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organlari, sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida ishtirok etadigan xodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari “O‘zstandart” agentligi belgilagan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
II BOB. SERTIFIKATLAShTIRISh FAOLIYATIGA DOIR UMUMIY TALABLAR
7-modda. Muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi
Mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlangani taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi, tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘ladi.
Sertifikatlashtirish tizimida foydalaniladigan muvofiqlik sertifikatlarining, namunalari, milliy muvofiqlik belgisining shakllari va hajmlari “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat reyestridan o‘tkazilishi shart.
(7-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari, sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari haqiqiy emas.
Muvofiqlik sertifikatidan, muvofiqlik belgisidan foydalanish huquqini arizachi boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berishi man etiladi.
(7-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
8-modda. Sertifikatlashtirish faoliyatini amalga oshirish
Mahsulotlarni sertifikatlashtirishga akkreditatsiya qilingan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma asosida sertifikatlashtirish faoliyatini hamda sertifikatlashtirish maqsadida sinovlar o‘tkazish faoliyatini amalga oshiradilar.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mahsulotlar sertifikatlashtirilayotganda arizachiga sertifikatni yoki muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqi muvofiqlik sertifikatini bergan akkreditatsiya qilingan tegishli sertifikatlashtirish organi bilan tuzilgan bitim asosida beriladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
9-modda. Sertifikatlashtirish to‘g‘risida axborot
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zstandart” agentligi tayyorlovchilarni (ijrochilarni), sotuvchilarni, iste’molchilarni va boshqa manfaatdor shaxslarni sertifikatlashtirishning amaldagi tizimlari, ularning organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), ekspertlar to‘g‘risida, shuningdek muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari va ularni qo‘llash qoidalari to‘g‘risida xabardor etib boradi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Sertifikatlashtirish organlari arizachiga uning talabiga binoan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun kerakli axborotni berishlari shart.
Arizachi sertifikatlashtirish organining talabiga binoan sertifikatlashtirish bilan bog‘liq axborotni taqdim etishi shart, tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar bundan mustasno.
III BOB. MAHSULOTLARNI MAJBURIY VA IXTIYORIY SERTIFIKATLAShTIRISh
10-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni joriy etish
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish ishlarini tashkil etish “O‘zstandart” agentligi zimmasiga yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) yuklatiladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Odamlarning hayoti, sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan mahsulotlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish yoki saqlash xavfsizligini ta’minlovchi talablar bo‘lmagan taqdirda, “O‘zstandart” agentligi davlat boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda bunday talabnomalarning kechiktirmay ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini ta’minlaydi.
(10 moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ–31-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 113-modda)
11-modda. Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari
Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni sinashni, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazoratini o‘z ichiga oladi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday hujjatlar bo‘lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab chiqqan usullarda amalga oshiriladi.
Majburiy sertifikatlashtirish ishlari uchun arizachi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartibda haq to‘laydi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Arizachi o‘z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazishga sarflagan mablag‘lar summasi shu mahsulot tannarxiga qo‘shiladi.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan, ammo muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotni targ‘ib qilish man etiladi.
12-modda. Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar quyidagi hollarda:
sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo‘lsa;
sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan o‘tmagan bo‘lsa;
agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan (bekor qilingan) bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas.
Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish man etiladi.
13-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish vaqtidagi majburiyatlari
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni realizatsiya qiluvchi tayyorlovchilar (tadbirkorlar):
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtirishga taqdim etishlari;
sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlash organlarining o‘zi yoki ular e’tirof etgan organlar bergan sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina realizatsiya qilishlari va uning normativ hujjatlar talablariga mos bo‘lishini ta’minlashlari;
sertifikatlangan mahsulotni, basharti, u normativ hujjat talablariga muvofiq kelmasa, shuningdek sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoxud uning amal qilishi sertifikatlashtirish organining qarori bilan to‘xtatib qo‘yilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, realizatsiya qilishni to‘xtatib qo‘yishlari yoki tugatishlari;
majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotni sertifikatlashtiruvchi va sertifikatlangan mahsulotni nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini moneliksiz bajarishlari uchun sharoit yaratishlari;
sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy hujjatlariga yoki texnologik jarayoniga kiritilgan o‘zgartishlar haqida sertifikatlashtirish organini belgilangan tartibda xabardor etishlari;
ilova qilingan texnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim bo‘lgan sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda normativ hujjatlarni ko‘rsatishlari va bu ma’lumotlar iste’molchi (xaridor, buyurtmachi) e’tiboriga yetkazilishini ta’minlashlari shart.
14-modda. Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish uchun tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, “O‘zstandart” agentligi tomonidan berilgan yoki e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.
Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlarning “O‘zstandart” agentligi tomonidan e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bojxona yuk deklaratsiyasi bilan birgalikda arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona organlariga taqdim etiladi hamda ushbu hujjatlar mahsulotni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘ladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Olib kirilayotgan mahsulotning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan taqdirda, bojxona organlari uni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish to‘g‘risidagi masala hal etilguniga yoki chet el sertifikati milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq e’tirof etilmaguniga qadar bunday mahsulotni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishga yo‘l qo‘ymaydi, bundan vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlari mustasno.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
15-modda. Majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy ta’minoti
Quyidagi ishlar:
sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, uni o‘tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;
sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;
xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar o‘tkazish;
sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;
sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;
majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish ishlari davlat tomonidan moliyalashtirilishi kerak.
(15-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
16-modda. Majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Majburiy sertifikatlashtirish talablariga tayyorlovchilar (tadbirkorlar, sotuvchilar, ijrochilar) tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini qonunchilikda belgilangan tartibda “O‘zstandart” agentligining davlat inspektorlari amalga oshiradi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
161-modda. Nazorat yo‘sinidagi tekshiruv
Sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazorati muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organlari yoki sertifikatlashtirish bo‘yicha inspeksiya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(161-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
17-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish
Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin.
18-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi subyektlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni “O‘zstandart” agentligi belgilab qo‘ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir.
(18-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
19-modda. Ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari
Oldingi tahrirga qarang.
Sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi ixtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlarini akkreditatsiya qilingan organlar “O‘zstandart” agentligi bilan kelishgan holda belgilaydilar.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
IV BOB. NIZOLARNI QARAB ChIQISh. SERTIFIKATLAShTIRISh TO‘G‘RISIDAGI QONUNChILIKNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
(IV bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
20-modda. Mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni qarab chiqish
Mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilab qo‘yilgan tartibda qarab chiqiladi.
(20-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
21-modda. Shikoyatlarni qarab chiqish
Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda manfaatdor tomon “O‘zstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga murojaat etishga haqlidir.
Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi to‘g‘risidagi nizomni “O‘zstandart” agentligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
“O‘zstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) qarorlari ustidan berilgan shikoyat arizalarini qarab chiqadi.
(21-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Shikoyat arizalari ikki hafta ichida qarab chiqiladi.
“O‘zstandart” agentligining, Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(21-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) javobgarligi
Sertifikatlashtirish organi:
muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;
arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun;
arizachining tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) sertifikatlashtirish organiga sinovlarning natijalari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berganlik uchun javobgar bo‘ladi.
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) mazkur moddada aytib o‘tilgan xatti-harakatlar natijasida arizachiga yetkazilgan zararning o‘rnini qonunchilikda belgilangan tartibda to‘la hajmda qoplashlari shart.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (985 — 1022-moddalar)ga qarang. (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
23-modda. Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarligi
Tayyorlovchilar (tadbirkorlar) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzganlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 214-moddasiga qarang.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan sertifikatlashtirilmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun tayyorlovchining (tadbirkorning) mansabdor shaxslari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor — tayyorlovchilar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi tayyorlovchilarni (tadbirkorlarni) majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazishdan ozod qilmaydi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 28-dekabr,
1006-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 50-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 113-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2016-y., 3(I)-son, 32-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)