

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.11.2019
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3004288" id="onLBC-3004288">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7127"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3004288" id="onLS-3004288">[<b>TSZ:</b><div id="LS3708"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3004330" id="-3004330">Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3004332" id="-3004332">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3004334" id="-3004334">Qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-3004340" id="-3004340">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2810]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3004342" id="-3004342"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4607817" id="-4607817">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-oktabrdagi 12-sonli “Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi <a href="/acts/-4600882#-4601953">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 3197, 19.11.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004343" id="-3004343">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublikaning issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2264547">qaroriga</a> muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004345" id="-3004345">1. Qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma <a href="/acts/-3004288#-3004362">ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004348" id="-3004348">2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004350" id="-3004350">Bosh direktor I. MAXKAMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004351" id="-3004351">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004352" id="-3004352">2016-yil 15-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3004353" id="-3004353">73-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3004361" id="-3004361"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3004362" id="-3004362">Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2016-yil 15-iyundagi 73-son <a href="/acts/-3004288">buyrugʻiga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3004364" id="-3004364">Qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3004368" id="-3004368"><strong>YOʻRIQNOMA</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3004372" id="-3004372"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004375" id="-3004375">Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-42423">Qonuni</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “<a href="/acts/-2264547">Respublikaning issiqlik va suv taʼminoti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>”gi va 2014-yil 15-iyuldagi 194-son “<a href="/acts/-2430765">Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida</a>”gi qarorlariga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004378" id="-3004378">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004380" id="-3004380">1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004383" id="-3004383"><strong>chiqindi</strong> — ishlab chiqarish yoki isteʼmol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil boʻlgan qoldiqlari, shuningdek oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004386" id="-3004386"><strong>qattiq maishiy chiqindilar</strong> — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati, shuningdek yuridik shaxslarning faoliyati (oziq-ovqat, shishalar, rezinalar, qogʻozlar, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash materiallari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor asboblari, supurindi chiqindilari, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻ qozonlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan chiqindilar) natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004387" id="-3004387"><strong>chiqindilarni utilizatsiya qilish</strong> — chiqindilardan zaruriy komponentlar ishlab chiqarish yoki chiqindilardan ikkilamchi xomashyolar, yoqilgʻi, oʻgʻit sifatida yoki boshqa maqsadlarda foydalanish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004389" id="-3004389">2. Mazkur Yoʻriqnoma radioaktiv chiqindilar, biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atrof muhitga (atmosferaga) chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv obyektlariga oqizib yuborish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004392" id="-3004392">3. Qattiq maishiy chiqindilar poligonlari (bundan buyon matnda poligonlar deb yuritiladi) qattiq maishiy chiqindilarni izolatsiyalash va zararsizlantirish uchun moʻljallangan maxsus inshootlar boʻlib, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashi va kafolatlashi lozim. Poligonlar istalgan kattalikdagi aholi punktlari uchun tashkil etilishi mumkin. Aholi punktlari guruhlari uchun markazlashgan poligonlarni tashkil etish maqsadga muvofiq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004395" id="-3004395">4. Qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud boʻlganda bunday chiqindilarning koʻmib tashlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004398" id="-3004398">Chiqindilarni utilizatsiya qilish qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimining har qanday bosqichi yoki maydonida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004401" id="-3004401">5. Chiqindilarni aholi yashash joylarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsion va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan yerlarda, suvni himoya qilish zonalari va suv obyektlarining sanitariya-qoʻriqlash zonalari chegaralarida, shuningdek fuqarolar hayoti va salomatligi uchun xavf vujudga kelishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda hamda tabiati maxsus qoʻriqlanadigan hududlarda va obyektlarda saqlash va koʻmish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004403" id="-3004403">6. Chiqindilarni koʻmib tashlash va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004405" id="-3004405">7. Poligonlarni loyihalashtirish va ulardan foydalanishda qattiq maishiy chiqindilarning miqdori va tavsifi hisobga olinishi lozim. Koʻmilishi lozim boʻlgan qattiq maishiy chiqindilar miqdori ularga tegishli ishlov berilgandan keyin (masalan, retsirkulatsiya, kompostlashdan) hosil boʻladigan chiqindilarni oʻz ichiga oladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004409" id="-3004409">2-bob. Poligonlarni loyihalash</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004411" id="-3004411">1-§. Poligonlar qurilishi uchun maydonlarni tanlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004413" id="-3004413">8. Poligon qurilishi moʻljallangan joylar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanib, tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida ajratiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004414" id="-3004414">9. Poligonlar shaharlar va boshqa aholi punktlarining tashqarisida joylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004415" id="-3004415">Turar joydan poligonlar chegarasigacha boʻlgan masofa SanPiN № 0246-08 “Oʻzbekiston Respublikasi aholi joylari atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya meʼyorlari va qoidalari”ga muvofiq, kamida 500 metrni tashkil qilishi kerak. Bunda sanitariya-muhofaza zonasining aniq oʻlchamlari gazsimon tashlamalarning miqdorini hisobga olgan holda aniqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004418" id="-3004418">10. Poligonlar uchun ishlatib boʻlingan karyerlar, oʻrmon massivlaridagi qimmatbaho daraxt turlaridan holi boʻlgan maydonlar, jarliklar va shu kabi boshqa hududlar ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004421" id="-3004421">11. Gidrogeologik sharoitlariga koʻra, poligon qurilishi uchun gil yoki qum tuproqli hamda sizot suvlari 2 metrdan kam boʻlmagan chuqurlikda joylashgan maydonlar tanlanadi. Chuqurligi 1 metrdan ortiq boʻlgan botqoqliklar, sizot suvlari buloqlar koʻrinishida oqib chiqadigan hududlar, toshqin suvlar bosadigan hududlar, shuningdek aeroportlarga 15 kilometrgacha yaqin joylashgan yer maydonlarida poligon qurilishiga ruxsat etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004422" id="-3004422">12. Poligonlar qurilishi moʻljallangan joylar Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-377197#-377223">nizomga </a>muvofiq davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004424" id="-3004424">13. Obyektlarni atrof-muhitning turli obyektlariga salbiy taʼsiri darajasini aniqlash va eng kam taʼsir koʻrsatuvchi maydonni tanlash uchun bir necha hududlarni muqobil variant sifatida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004426" id="-3004426">Har bir maydonning atrof-muhitga potensial taʼsirini oʻrganish hamda aholi bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish natijalariga koʻra eng kam taʼsir koʻrsatadigan maydon tanlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004430" id="-3004430">14. Quyidagi omillar mavjud boʻlganda tanlangan maydon atrof-muhitga potensial taʼsiri jihatdan poligon qurilishi uchun yaroqli hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004431" id="-3004431">maydonning geologik nuqtai nazardan barqarorligi, yaʼni unda yoriqlar mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004432" id="-3004432">poligonlar joylashadigan yerda suv oʻtkazmaydigan qatlamning mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004434" id="-3004434">poligonlar maydoni tagida 30 metrdan ortiq qalinlikdagi gil yoki ogʻir qum tuproqli suv oʻtkazmaydigan qatlamning mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004435" id="-3004435">maydonning suv havzalaridan kamida 1000 metr uzoqda joylashganligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004438" id="-3004438">suv obyektlarining sathi yer yuzasidan kamida 10 metr pastda joylashganligi, undan isteʼmol qilish va sugʻorish uchun foydalanilmasligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004439" id="-3004439">15. Quyidagi omillar mavjud boʻlganda atrof-muhitga potensial taʼsirini inobatga olib, tanlangan maydonda poligon qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004455" id="-3004455">suv oʻtkazuvchi bir necha qatlamlar, masalan ochiq shagʻal konlari, yoriqlar mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004457" id="-3004457">poligonlar joylashgan yer sizot suvlari yaqinida yoki sizot suvlariga 10 metrdan kamroq sathda joylashganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004459" id="-3004459">mahalliy sizot suvlaridan isteʼmol uchun foydalanilishi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004460" id="-3004460">100 metr radiusda suv havzasi yoki suv toshadigan hududlar mavjudligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004462" id="-3004462">16. Poligon qurilishi uchun maydon ajratishda qurilgan poligon yopilgandan keyin undan qanday maqsadda foydalanilishi (oʻrmonzor, bogʻlar majmuasini yaratish, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallanmagan idishlarning (taralarning) ochiq omborini tashkil etish va hokazolar) ham nazarda tutilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004464" id="-3004464">17. Poligonlarni rekultivatsiya qilishda barcha tizimlar, xususan, yakuniy izolatsiya (izolatsiya) qatlamining butligi va ishlashini taʼminlash chora-tadbirlari oldindan belgilab olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004465" id="-3004465">Zaharli va portlash xavfini tugʻdiradigan gazlarning ajralib chiqishi sababli, poligonlar yopilgandan keyin kamida 40 yil ushbu hududda kapital qurilish ishlarini olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004467" id="-3004467">18. Poligonlar qurilishi moʻljallangan joylar kamida 15 yil foydalanish sharti bilan tanlanadi. Ushbu maydonlar toʻgʻri toʻrtburchak shakliga yaqin va qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirishning maksimal balandligiga erishish mumkin boʻlgan yerlardan tanlab olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004469" id="-3004469">19. Poligonlar qurilishi moʻljallangan joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan geologik va gidrogeologik tadqiqotlar amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004470" id="-3004470">Geologik tadqiqotlarni oʻtkazishda qatlamlanish tartibi, poligonlar joylashgan yerdagi jinslar tarkibi va qalinligi, tuproqning filtratsiya koeffitsiyenti oʻrganiladi. Tadqiqot ishlarining minimal chuqurligi 4 metr boʻlishi lozim. Turli jinslardan iborat tuproqli sharoitda suvga bardoshli qatlamgacha tadqiqot ishlarini olib borish hamda shu joydan boshlab 1 — 1,5 metr chuqurlikkacha tadqiqot oʻtkazish zarur boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004471" id="-3004471">Gidrogeologik tadqiqotlar natijasida sizot suvlari sathlari va oqimi aniqlanadi. Poligonlarni yer usti (jala va qor) suvlari oqimidan himoya qiladigan balandlik zovurlarini qurishda yogʻingarchilik faolligi va ularning maydonda toʻplanib qolishiga oid maʼlumotlar yigʻiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004473" id="-3004473">Geologik va gidrogeologik tadqiqotlar natijasida quduqlar (shurflar) joylashishi, geologik (litogeologik) kesimlar rejasi, poligonlar qurilishi uchun moʻljallangan maydonning yaroqliligi xususida gidrogeologiya xulosasi tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004474" id="-3004474">20. Shahar (tuman) sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tayyorlangan barcha materiallarni inobatga olgan holda, tanlangan maydonning yaroqliligi xususida oʻz xulosasini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004475" id="-3004475">21. Loyihalashtirilayotgan poligonning hajmini belgilashda qattiq maishiy chiqindilarning kishi boshiga umumiy yillik toʻplanadigan solishtirma meʼyori, tashkilotlardan chiqadigan qattiq maishiy chiqindilar hajmi, poligonlardan foydalanadigan aholi soni, foydalanish muddati, joylashtiriladigan qattiq maishiy chiqindilarning zichlanish darajasi hamda poligonlarda ishlatiladigan texnika va mexanizmlar hisobga olinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004476" id="-3004476">2-§. Poligonlarning tuzilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004477" id="-3004477">22. Poligonlar quyidagi qismlardan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004478" id="-3004478">kirish yoʻli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004480" id="-3004480">qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004481" id="-3004481">xoʻjalik hududi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004482" id="-3004482">sanitariya-muhofaza zonasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004484" id="-3004484">23. Kirish yoʻli qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini magistral yoʻl bilan bogʻlash maqsadida barpo etiladi. Kirish yoʻli ikki tomonlama harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak. Qiyaliklarda yuk ortilgan chiqindi tashish texnikalarining harakatlanishi uchun ruxsat beriladigan qiyalik oʻlchami yuqoriga 7 foiz va pastga 10 foizdan oshmasligi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004485" id="-3004485">Yomgʻir mavsumida yoʻllarni suv bosmasligi uchun poligonlar drenaj tizimiga ega boʻlishi lozim. Drenaj tizimi orqali yigʻilgan suvlar quduqlarda toʻplanib, qattiq maishiy chiqindilarni zichlashda foydalaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004487" id="-3004487">Ish xaritasi joylashuvining doimiy oʻzgarib turishi sababli, chiqindilarni doimiy yoʻl tizimidan ish xaritasiga yetkazadigan vaqtinchalik yoʻllar quriladi. Vaqtinchalik yoʻllar tuproq qatlamini zichlash usuli bilan yotqizilishi mumkin. Namlik sharoitidan kelib chiqib, ular mustahkamlaydigan materiallar — shagʻal, tosh, maydalangan beton, qurilish qorishmasi yoki gʻisht bilan qoplanishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004488" id="-3004488">24. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni poligonning asosiy qismi hisoblanadi. U qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishning yillik hajmidan kelib chiqib, poligon maydonining 85 — 95 foizini egallaydi. Joylashtirish maydoni 3 — 5 yil mobaynida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishga moʻljallangan navbatlarga boʻlinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004489" id="-3004489">Foydalanishning keyingi navbati toʻldirilgan qattiq maishiy chiqindilar hajmida, loyiha belgisiga qadar amalga oshiriladi. Joylashtirish maydonini navbatlarga boʻlishda joy relyefi inobatga olinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004492" id="-3004492">25. Jarlik yonbagʻrida joylashtirilgan qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonlari yuqorilikdan oqib kelishi mumkin boʻlgan yer usti suv oqimlaridan himoyalangan boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004494" id="-3004494">26. Xoʻjalik hududi poligonlarga qabul qilinadigan qattiq maishiy chiqindilar miqdoridan qatʼi nazar, 0,3 — 1,0 gektar maydonni egallaydi. Ushbu hududda poligonning maʼmuriy va maishiy binolari, texnikalar turadigan ayvon yoki garaj va boshqa inshootlari joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004496" id="-3004496">27. Sanitariya-muhofaza zonasi poligonning atrofi boʻylab, uning atrof-muhitga va yaqin aholi punktlariga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida tashkil qilinadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004498" id="-3004498">3-§. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini loyihalashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004500" id="-3004500">28. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonida kotlovan loyihalashtiriladi. Kotlovanning oʻrtacha chuqurligi yer ishlari balansi va sizot suvlari sathidan kelib chiqib belgilanadi. Sizot suvlarining sathi kotlovan tubidan kamida 1 metr pastda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004501" id="-3004501">29. Poligonlar sizot suvlarining ifloslanishi xavfini kamaytirish uchun filtratsiyaga qarshi izolatsiya qoplamasiga ega boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004502" id="-3004502">Izolatsiya xarajatlarini kamaytirishi maqsadida poligonlarni kam suv oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega boʻlgan tuproq qatlamida yaratish maqsadga muvofiq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004503" id="-3004503">30. Chiqindi tarkibi va iqlim sharoitidan kelib chiqib izolatsiya qoplamasining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004505" id="-3004505">qalinligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan bir qatlamli tuproq va qalinligi 0,2 millimetrdan kam boʻlmagan polietilen qoplama;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004506" id="-3004506">har birining qalinligi 0,2 millimetrdan kam boʻlmagan ikki qavatli polietilen plyonkadan tayyorlangan va ular orasiga 0,4 metr qalinlikda yirik donali qum yotqizilgan qoplama; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004508" id="-3004508">qalinligi 0,2 — 0,4 metr boʻlgan bitumli qoplama. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004509" id="-3004509">31. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni loyihasida kotlovonlarning navbat boʻyicha qazilishi nazarda tutiladi. Birinchi navbatdagi kotlovandan olingan tuproq poligonlar perimetri boʻyicha tuproqtepaga joylashtiriladi. Ikkinchi navbatdagi kotlovandan olingan tuproq birinchi navbatdagi kotlovon toʻldirilgandan keyin undagi qattiq maishiy chiqindilarni izolatsiya qilishda foydalaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004511" id="-3004511">32. Poligon tubida namlik darajasi 52 foizdan ortiq, yillik yogʻingarchilik miqdori 100 millimetrdan ortiq boʻlganda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni filtrat paydo boʻlishi ehtimoli inobatga olingan holda loyihalashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004513" id="-3004513">Bunda kotlovan tubi maydon asosi boʻyicha filtratning teng taqsimlanishini taʼminlaydigan (gorizontal) holatda loyihalashtiriladi. Joy relyefi qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish navbati inobatga olingan holda kotlovanlarga boʻlinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004515" id="-3004515">Kotlovanning yuqoridagi va navbatdagi oraliq devorlari balandligi, shuningdek ikkita yonma-yon kotlovanlar devorlarining oʻlchamlari orasidagi farq 1 metrdan oshmasligi lozim. Oraliq devorlarining tepa qismi boʻyicha chiqindi tashish texnikalarining kirishiga moʻljallangan vaqtinchalik kirish yoʻli loyihalashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004516" id="-3004516">Filtratsiya koeffitsiyenti belgilangan meʼyordan 30 — 50 foiz ortiq boʻlganda, tuproq qatlamini zichlash choralarini koʻrish lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004517" id="-3004517">33. Poligon tubida namlik darajasi 52 foizdan past boʻlgan, yillik yogʻingarchilik miqdori 100 millimetrdan ortiq boʻlmaganda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonida filtrat paydo boʻlmaydi. Bunday iqlimdagi hududda joylashgan poligonlarga filtratni oʻtkazmaslik boʻyicha choralar koʻrish talab qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004518" id="-3004518">34. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini jarlik hududidan ajratilganda qor va jala suvlarini toʻplash hamda ularning xavfini bartaraf qilish tizimi nazarda tutilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004519" id="-3004519">Kotlovonlarning chuqurligi, qoida tariqasida, 3 — 6 metr va kengligi 6 — 12 metr boʻlishi lozim. Ularni shamol yoʻnalishiga perpendikulyar holatida joylashtirish zarur.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004520" id="-3004520">4-§. Xoʻjalik hududi va muhandislik inshootlarini loyihalashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004521" id="-3004521">35. Xoʻjalik hududi qattiq qoplamali maydonga ega boʻlishi, tungi vaqtlarda yoritilishi, atrofi toʻsilgan boʻlishi hamda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoniga kiriladigan yoʻlga ega boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004522" id="-3004522">Poligonning xoʻjalik hududiga kirish joyida darvoza yoki shlagbaum oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004523" id="-3004523">36. Konteynyerlar va chiqindi tashish texnikalarini yuvishga moʻljallangan maydon xoʻjalik hududidan tashqarida boʻlishi kerak. Konteyner va chiqindi tashish texnikalarini yuvish havo harorati 5°S dan yuqori boʻlganda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004524" id="-3004524">37. Yiliga 360 ming m<sup>3</sup> dan ortiq qattiq maishiy chiqindilar qabul qilinadigan hamda 15 yildan ortiq muddatga foydalanish moʻljallangan yirik poligonlarda suv taʼminoti artezian quduqlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu quduqlar poligonlarning umumiy loyihasi tarkibida nazarda tutilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004525" id="-3004525">38. Poligonlardan chiqishda chiqindi tashish texnikalari gʻildiraklarini yuvish uchun uzunligi 8 metr, eni 3 metr va chuqurligi 0,3 metr oʻlchamdagi temir betonli qurilmaga ega boʻlgan dezinfeksiya hududi boʻlishi shart. Ushbu qurilma 3 foizli lizol bilan toʻldiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004526" id="-3004526">39. Tashqi va ichki yongʻin oʻchirish uchun sarflanadigan suv sigʻimining hajmi 108 m<sup>3</sup> dan kam boʻlmasligi hamda ushbu sigʻimlardan yongʻin oʻchirish avtomobillarining suv olishlari uchun sharoit yaratilgan boʻlishi lozim. Poligonda yongʻin oʻchogʻiga suv berish uchun bir soniyada 10 litrdan kam boʻlmagan miqdorda suv olish imkoniga ega boʻlgan, yoqilgʻi-moylash mahsulotlarida ishlovchi nasos hamda yeng va dastaklar boʻlishi zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004527" id="-3004527">40. Poligonlarning butun hududi perimetri boʻyicha toʻsiq oʻrnatiladi. Toʻsiq chuqurligi 2 metrdan ortiq boʻlgan quritish xandagʻi va balandligi 3 metrdan ortiq boʻlgan tuproq devor shaklida qurilishi mumkin. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004528" id="-3004528">5-§. Sanitariya-muhofaza zonasi va monitoring tizimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004529" id="-3004529">41. Sanitariya-muhofaza zonasida poligon perimetri boʻylab 5 — 8 metr kenglikda yoʻlak quriladi, uning chegarasi boʻylab daraxtlar ekiladi, muhandislik kommunikatsiyalari (suv quvurlari, kanalizatsiya) yotqiziladi, balandligi 16 — 20 metr boʻlgan elektr yoritish qurilmalari oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004530" id="-3004530">Sanitariya-muhofaza zonasida daraxtlar yoki tuproq uyumlari mavjud boʻlmasa, poligonlar perimetri boʻyicha tuproqtepa barpo etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004532" id="-3004532">42. Sanitariya-muhofaza zonasida turar joylar va ichimlik suvi quduqlarini joylashtirish taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004533" id="-3004533">43. Sizot suvlari oqimining poligondan yuqori qismida poligondan chiqadigan filtrat taʼsir qilmaydigan hududda monitoring inshooti (quduq) barpo etilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004535" id="-3004535">Sizot suvlari oqimining poligondan 100 — 200 metr pastki qismida ham 1 ta yoki 50 — 100 metr oraliqda 2 ta monitoring inshooti (quduq) barpo etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004536" id="-3004536">Monitoring inshootlari (quduqlar) sizot suvlariga chiqindilar tushishidan himoya qilingan boʻlishi, shuningdek suvdan namuna olishni taʼminlashi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004537" id="-3004537">44. Olingan namunalarga asosan, suv tarkibidagi ammiak, nitritlar, nitratlar, gidrokarbonatlar, kalsiy, xloridlar, temir, sulfatlar, litiy, organik uglerod, rutut, magniy, xrom, tsianidlar, qoʻrgʻoshin, simob, margimush, mis, bariy va boshqa kimyoviy moddalar miqdori aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004538" id="-3004538">45. Yirik shaharlarga xizmat koʻrsatuvchi poligonlarda atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalarni monitoring qilish yoki energiya olish maqsadida gazni faol ajratib olish tizimini oʻrnatish maqsadga muvofiq. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004540" id="-3004540">3-bob. Poligonlardan foydalanish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004541" id="-3004541">46. Poligonlarda chiqindilarni qabul qilish poligonlardan foydalanish texnologik chizmasi orqali amalga oshiriladi. Texnologik chizmada yil mavsumlarini inobatga olgan holda bajariladigan ishlar ketma-ketligi, qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish tartibi va izolatsiya qiluvchi tuproqni qazib olish rejasi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004542" id="-3004542">47. Chiqindilarni qabul qilish bir yilga tuziladigan poligondan foydalanish jadvali asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004545" id="-3004545">48. Poligondan foydalanish jadvalida chiqindilar joylashtiriladigan xaritalar raqami koʻrsatilgan holda har oy davomida qabul qilinadigan qattiq maishiy chiqindilar miqdori, chiqindilarni izolatsiya qilish uchun qazib olinadigan tuproq maydoni xaritalari yoki tuproqtepalar raqamlangan holda koʻrsatiladi. Izolatsiya qilish uchun qazib olinadigan tuproq hajmi m3 oʻlchov birligida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004546" id="-3004546">49. Qabul qilinayotgan qattiq maishiy chiqindilarning hisobi ularning zichlanmagan holatdagi vazni yoki hajmi boʻyicha yuritiladi. Qabul qilingan qattiq maishiy chiqindilar miqdori alohida jurnalda qayd etib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004548" id="-3004548">50. Qattiq maishiy chiqindilarni poligonga joylashtirish Maishiy chiqindilarni tashish <a href="/acts/-2497282#-2497335">qoidalariga</a> (roʻyxat raqami 2625, 2014-yil 12-noyabr) muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004549" id="-3004549">51. Poligonning loyihaviy koʻrsatkichi koʻmilganidan soʻng uni yopish choralari koʻrilishi lozim. Foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan poligonlarda uning loyihaviy koʻrsatkichidan 10 foizgacha miqdorda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004550" id="-3004550">52. Poligon yopilishi uchun quyidagi inshootlarni loyihalashtirish va qurish talab etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004551" id="-3004551">yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplama;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004552" id="-3004552">filtratni boshqarish tizimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004553" id="-3004553">gazni boshqarish tizimi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004554" id="-3004554">53. Yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplama poligon yopilishidan oldin barcha kotlovanlarni tuproqning yakuniy qatlami bilan yopishni nazarda tutadi. Yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplamani rejalashtirishda poligon chetida nishablik boʻlishini taʼminlash kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004555" id="-3004555">54. Yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplamaning tuzilishi yer maydonidan kelgusida qanday maqsadda foydalanilishiga bogʻliq holda belgilanadi. Oʻrmon-bogʻ kompleksini tashkil etishda, qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli maydonlar, changʻi sporti uchun tepalik va boshqa balandliklarni hosil qilish uchun foydalanishda tuproqning ustki izolatsiya qatlami 0,6 metrdan kam boʻlmasligi, shu jumladan uning ustki qatlamida 0,2 metr oʻsimlik oʻsadigan tuproq yotqizilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004556" id="-3004556">Poligonlarning tashqi qiyaliklarini mustahkamlash undan foydalanish boshlangan paytdan boshlanib chiqindilarni joylashtirish balandligi ortishiga mutanosib ravishda davom ettiriladi. Poligonlarning tashqi qiyaliklarini qoplashda uni barpo etishda koʻchirib olingan oʻsimlik oʻsadigan tuproqdan foydalaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004557" id="-3004557">55. Shamol koʻchirib ketishi yoki qiyaliklardagi tuproq yuvilib ketishining oldini olish uchun yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplamani koʻkalamzorlashtirish talab etiladi. Qiyaliklar boʻylab ixota daraxtlari ekiladi. Ekiladigan daraxtlar va butasimon oʻsimliklar (oq qayin, tol, terak va boshqalar) mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004558" id="-3004558">Kelgusida noozuqaviy maqsadlarga moʻljallangan omborxonalar sifatida foydalaniladigan maydonlarda ustki yakuniy (yuqori) izolatsiya qiluvchi qoplamaning qalinligi 1,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Chiqindilarning ustki qatlami izolatsiya bilan qoplangunga qadar uning zichlanish darajasi 750 kg/m<sup>3</sup> ni tashkil etishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004559" id="-3004559">56. Filtratni boshqarish tizimi loyihasi, qoida tariqasida, poligonning umumiy loyihasiga kiritiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004560" id="-3004560">Poligon yopilganidan soʻng filtratni boshqarish tizimi undan foydalanish shartlariga mos ekanligi tekshirilishi lozim. Tekshiruv natijalariga koʻra, nasos tizimiga yoki filtratni tashlash tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004561" id="-3004561">57. Gazni boshqarish tizimi poligondan faol foydalanish davrida barpo etiladi va foydalaniladi. Poligon yopilganidan soʻng, ushbu tizimni yanada mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadida unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish (shamollatish quvurini germetik jihozlash, poligon ostiga havo kirishidan himoyalash va h. k.) zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004562" id="-3004562">58. Poligon yopilgan va koʻkalamzorlashtirilgandan keyin uning maydonini rekultivatsiya qilishga kamida quyidagi muddatlar oʻtgandan keyin yoʻl qoʻyiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004563" id="-3004563">koʻp yillik oʻtlar ekilgan, haydalma yerlar, pichanzor, maysazorlar barpo etilganda — 1 yil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004564" id="-3004564">daraxtlar, butalar, urugʻidan koʻkartiriladigan koʻchatlar ekilganda — 2 yil.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-3004565" id="-3004565">4-bob. Yakuniy qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3004566" id="-3004566">59. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004568" id="-3004568">Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004569" id="-3004569"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004572" id="-3004572">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004574" id="-3004574">Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004576" id="-3004576"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004579" id="-3004579">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004581" id="-3004581">Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004582" id="-3004582"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004583" id="-3004583">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004584" id="-3004584">Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TEShAYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004585" id="-3004585"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004586" id="-3004586">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004587" id="-3004587">Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004588" id="-3004588"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004589" id="-3004589">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004590" id="-3004590">Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004591" id="-3004591"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004592" id="-3004592">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004593" id="-3004593">Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZAKIROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004594" id="-3004594"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004595" id="-3004595">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004596" id="-3004596">Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004597" id="-3004597"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004598" id="-3004598">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004599" id="-3004599">Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi I. TURAMURATOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004600" id="-3004600"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004601" id="-3004601">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004602" id="-3004602">Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi S. ARABOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004603" id="-3004603"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004604" id="-3004604">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3004605" id="-3004605">Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori V. ChUB</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004606" id="-3004606"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3004607" id="-3004607">2016-yil 14-iyun</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3005267" id="-3005267">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 28-son, 343-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
