1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.05.00 Uy oldidagi hududlarni obodonlashtirish va saqlash. Maishiy chiqindilarni yigʻishtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining
Qarori
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3197]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi PQ-4291-son “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
1. Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2016-yil 15-iyundagi 73-son “Qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2810, 2016-yil 14-iyul) (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2016-y., 28-son, 343-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-oktabr,
12-son
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-oktabrdagi 12-son qaroriga ILOVA
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3505-1, 30.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 10/26/3197-4/0099-son)
qattiq maishiy chiqindi poligoni — qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish, zararsizlantirish va izolyatsiyalash (koʻmish) uchun moʻljallangan hamda atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishidan himoya qilinishini taʼminlovchi, kemiruvchilar, hasharotlar va kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar koʻpayishining oldini oluvchi kompleks inshoot (chiqindixona).
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
2. Qattiq maishiy chiqindi poligonlari (bundan buyon matnda poligon deb yuritiladi) istalgan kattalikdagi aholi punktlari uchun tashkil etilishi mumkin. Yer uchastkalaridan samarali foydalanilishini taʼminlash va qattiq maishiy chiqindilarni tashish harajatlarini kamaytirish maqsadida bir biriga yaqin aholi punktlari uchun markazlashgan poligonlarni tashkil etish maqsadga muvofiq.
2-bob. Poligonlarni loyihalashtirish
1-§. Poligonlar qurilishi uchun yer uchastkalarini tanlash
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
3. Poligonlar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining taklifiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladi hamda poligonlar qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3505-1, 30.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 10/26/3197-4/0099-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23, 24-moddalari.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
4. Poligonlar qurilishi uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan va oʻrmon fondi yerlariga kirmaydigan yer uchastkalari ajratiladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.06.00 Yer tuzilishi. Yer tuzish jarayoni. Yer uchastkalari chegarasini oʻrnatish]
5. Yer ajratish hujjatlarini rasmiylashtirish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3505-1, 30.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 10/26/3197-4/0099-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.04.00 Atmosfera havosi sifatini meʼyorlash. Atmosfera havosiga zararli taʼsir koʻrsatishning normativlari va standartlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
6. Turar joydan poligon chegarasigacha boʻlgan masofa aholi yashash joylarida atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq kamida 500 metrni tashkil qilishi kerak.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
7. Poligonlarning atrof-muhitning turli obyektlariga salbiy taʼsiri darajasini aniqlash va eng kam taʼsir koʻrsatuvchi yer uchastkasini tanlash uchun bir necha hududlarni muqobil variant sifatida koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
8. Poligonlar shaharlar va boshqa aholi punktlarining tashqarisida joylashtiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.08 Suv muhofazasi zonasi. Qirgʻoq boʻyi mintaqasi. Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari. Er usti va yer osti suvlarining hosil boʻlish zonalari]
9. Poligonlarni suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil boʻyi mintaqalari va sanitariya muhofazasi zonalari, sifatli yer osti suvlari toʻplanadigan manbalar tegrasi, kurortlarni muhofaza qilish zonalari, shuningdek fuqarolarning ommaviy dam olish va sogʻlomlashtirish maskanlari hududiga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-§. Poligon qurilishi uchun tanlanadigan yer uchastkalariga atrof-muhitga potensial taʼsiri boʻyicha qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
10. Har bir yer uchastkasining atrof-muhitga potensial taʼsirini oʻrganish natijalariga koʻra eng kam taʼsir koʻrsatadigan maydon tanlanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.06.00 Atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishni baholash]
11. Quyidagi omillar mavjud boʻlganda tanlangan yer uchastkalari atrof-muhitga potensial taʼsiri jihatidan poligon qurilishi uchun yaroqli hisoblanadi:
geologik sharoitlariga koʻra, gil yoki qum tuproqli yer uchastkalari;
yer uchastkasining geologik nuqtai nazardan barqarorligi, yaʼni unda yoriqlar mavjud emasligi;
yer uchastkasi ostida suv oʻtkazmaydigan qatlamning mavjudligi;
yer uchastkasi ostida 30 metrdan ortiq qalinlikdagi gil yoki ogʻir qum tuproqli suv oʻtkazmaydigan qatlamning mavjudligi;
yer uchastkasining suv havzalari va toshqin suvlar bosadigan hududlardan kamida 1000 metr uzoqda joylashganligi;
yer osti suvlarining sathi yer yuzasidan kamida 10 metr pastda joylashganligi, undan isteʼmol qilish va sugʻorish uchun foydalanilmasligi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
12. Quyidagi omillar mavjud boʻlganda atrof-muhitga potensial taʼsirini inobatga olib, tanlangan yer uchastkasida poligon qurilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
suv oʻtkazuvchi bir necha qatlamlar, masalan, ochiq shagʻal konlari, yoriqlar mavjudligi;
yer osti suvlariga 10 metrdan kamroq sathda joylashganligi;
yer osti suvlaridan isteʼmol va sugʻorish uchun foydalanilishi;
yer osti suvlari buloqlar koʻrinishida oqib chiqadigan, 1000 metr radiusda suv havzasi yoki suv toshadigan hududlar mavjudligi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
13. Poligonlar qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkalari kamida 15 yil foydalanish sharti bilan tanlanadi. Ushbu maydonlar toʻgʻri toʻrtburchak shakliga yaqin va qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirishning maksimal balandligiga erishish mumkin boʻlgan yerlardan tanlab olinadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
14. Foydalanish muddati 15 yilga moʻljallangan poligon uchun talab etiladigan yer maydonining hajmi mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan namunaviy jadval boʻyicha aniqlanishi maqsadga muvofiq.
3-§. Poligonlar qurilishi uchun tanlangan yer uchastkalarida tadqiqot ishlarini amalga oshirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
15. Poligonning loyiha hujjatlariga quyidagilar kiradi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
yer uchastkasining poligon qurilishi uchun yaroqliligi xususidagi geologiya va gidrogeologiya xulosasi;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
yer uchastkasining poligon qurilishi uchun yaroqliligi xususidagi sanitariya-epidemiologik xulosasi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.12.00 Ekologik meʼyorlash]
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlari va davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
16. Poligonlar qurilishi uchun tanlangan yer uchastkalarida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan geologik va gidrogeologik tadqiqotlar amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 22-iyuldagi MN-10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3197-3, 18.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2023-y., 10/23/3197-3/0629-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
17. Geologik tadqiqotlarni oʻtkazishda qatlamlanish tartibi, poligonlar joylashgan yerdagi jinslar tarkibi va qalinligi, tuproqning filtratsiya koeffitsiyenti oʻrganiladi. Tadqiqot ishlarining minimal chuqurligi 4 metr boʻlishi lozim. Turli jinslardan iborat tuproqli sharoitda suvga bardoshli qatlamgacha tadqiqot ishlarini olib borish hamda shu joydan boshlab 1 — 1,5 metr chuqurlikkacha tadqiqot oʻtkazish lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
18. Gidrogeologik tadqiqotlar natijasida yer osti suvlarining sathi va oqimi aniqlanadi. Poligonlarni yer usti (jala va qor) suvlari oqimidan himoya qiladigan balandlik zovurlarini qurishda yogʻingarchilik faolligi va ularning maydonda toʻplanib qolishiga oid maʼlumotlar yigʻiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.12.00 Geologiya]
19. Geologik va gidrogeologik tadqiqotlar natijasida quduqlar (shurflar) joylashishi rejasi, geologik (litogeologik) kesimlar rejasi, poligon qurilishi uchun moʻljallangan yer uchastkasining yaroqliligi xususida gidrogeologiya xulosasi tuziladi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.05 Sanitariya-epidemiologik nazorat. Sanitariya talablarini buzganlik uchun javobgarlik]
20. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimi tayyorlangan barcha materiallarni inobatga olgan holda tanlangan yer uchastkasining poligon qurilishi uchun yaroqliligi xususida oʻz xulosasini beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 22-iyuldagi MN-10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3197-3, 18.08.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2023-y., 10/23/3197-3/0629-son)
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.12.00 Ekologik meʼyorlash]
21. Loyihalashtirilayotgan poligonlar uchun Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning ekologik normativlari ishlab chiqiladi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ekologik ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2020-yil 14-oktabrdagi 4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3197-1, 20.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.10.2020-y., 10/20/3197-1/1396-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
22. Loyihalashtirilayotgan poligonning sigʻimini aniqlashda qattiq maishiy chiqindilarning kishi boshiga umumiy yillik toʻplanadigan meʼyori, xizmat koʻrsatiladigan aholi soni, tashkilotlarda qattiq maishiy chiqindilarning yillik toʻplanish meʼyori, xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar soni, poligondan foydalanish muddati, joylashtiriladigan qattiq maishiy chiqindilarning zichlanish darajasi hamda poligonlarda ishlatiladigan texnika va mexanizmlar hisobga olinadi.
4-§. Poligonlar tuzilishi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
23. Poligonlar quyidagi asosiy qismlardan iborat boʻladi:
kirish yoʻli;
qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni;
xoʻjalik hududi;
sanitariya-muhofaza zonasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
24. Kirish yoʻli qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini magistral yoʻl bilan bogʻlash maqsadida barpo etiladi. Kirish yoʻli ikki tomonlama harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak. Qiyaliklarda qattiq maishiy chiqindilar ortilgan transport vositalarining harakatlanishi uchun ruxsat beriladigan qiyalik oʻlchami yuqoriga 7 foiz va pastga 10 foizdan oshmasligi lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
25. Yomgʻir mavsumida yoʻllarni suv bosmasligi uchun poligonlar drenaj tizimiga ega boʻlishi lozim. Drenaj tizimi orqali yigʻilgan suvlar hovuzlarda toʻplanib, qattiq maishiy chiqindilarni zichlashda foydalanilishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
26. Poligonlarning qattiq maishiy chiqindilar joylashtirilayotgan qismi (bundan buyon matnda ish xaritasi deb yuritiladi) muntazam oʻzgarib turishi sababli, qattiq maishiy chiqindilarni doimiy yoʻl tizimidan ish xaritasiga yetkazadigan vaqtinchalik yoʻllar quriladi. Vaqtinchalik yoʻllar tuproq qatlamini zichlash usuli bilan yotqizilishi mumkin. Namlik sharoitidan kelib chiqib, ular mustahkamlaydigan materiallar — shagʻal, tosh, maydalangan beton, qurilish qorishmasi yoki gʻisht bilan qoplanishi mumkin.
27. Qattiq maishiy chiqindilarni 2 qavat (qatlam) balandlikda joylashtirilishida xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida vaqtinchalik yoʻllar, mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha ish xaritalaridan 2 metr balandlikda qurilishi lozim.
28. Quyi qavat (qatlam) — qattiq maishiy chiqindilarni qiyalik boʻyicha 2 metr balandlikdan “tepadan pastga surish” usuli bilan, yuqori qavat (qatlam) esa — qattiq maishiy chiqindilarni 2 metr balandlikka “pastdan tepaga surish” usuli bilan hosil qilinadi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
29. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni — poligonning chiqindilar koʻmib tashlanadigan asosiy qismi hisoblanadi. U qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishning yillik hajmidan kelib chiqib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashining qaroriga asosan poligon maydonining 85 — 95 foiz qismida joylashtiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3505-1, 30.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 10/26/3197-4/0099-son)
30. Qattiq maishiy chiqindilarni poligonlarga joylashtirish mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq Poligon tuzilmasi kesimi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
31. Jarlik yonbagʻrida joylashgan poligonlar yuqorilikdan oqib kelishi mumkin boʻlgan yer usti suv oqimlaridan himoyalangan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
32. Xoʻjalik hududi poligonlarga qabul qilinadigan qattiq maishiy chiqindilar miqdoridan qatʼi nazar, 0,3 — 1,0 gektar maydonni egallaydi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
33. Sanitariya-muhofaza zonasi poligonning atrofi boʻylab, uning atrof-muhitga va yaqin aholi punktlariga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida tashkil qilinadi.
5-§. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonini loyihalashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
34. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydonida oraliq va yakuniy izolyatsiya uchun tuproq olish maqsadida kotlovan (chuqurlik) loyihalashtiriladi.
Yer osti suvlarining sathi kotlovan (chuqurlik) tubidan kamida 2 metr pastda boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
35. Poligonlar yer osti suvlarining ifloslanishi xavfini kamaytirish uchun filtratsiyaga qarshi izolyatsiya qoplamasiga ega boʻlishi lozim.
Izolyatsiya xarajatlarini kamaytirish maqsadida poligonlarni kam suv oʻtkazuvchanlik xususiyatiga ega boʻlgan tuproq qatlamida yaratish maqsadga muvofiq.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
36. Qattiq maishiy chiqindilarning morfologik tarkibi va iqlim sharoitidan kelib chiqib, izolyatsiya qoplamasining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
qalinligi 0,2 millimetrdan kam boʻlmagan polietilen qoplama va uning ustidan qalinligi 0,5 metrdan kam boʻlmagan bir qatlamli tuproq yotqizilgan qoplama;
har birining qalinligi 0,2 millimetrdan kam boʻlmagan, ikki qavatli polietilen plyonkadan tayyorlangan va ular orasiga 0,4 metr qalinlikda yirik donali qum yotqizilgan qoplama;
bitumli va boshqa maxsus izolyatsiya qoplama.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
37. Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni loyihasida kotlovanlarning (chuqurliklarning) navbat boʻyicha qazilishi nazarda tutiladi. Birinchi navbatdagi kotlovandan (chuqurlikdan) olingan tuproq poligon perimetri boʻyicha tuproqtepaga joylashtiriladi. Ikkinchi navbatdagi kotlovandan (chuqurlikdan) olingan tuproq birinchi navbatdagi ish xaritasi toʻldirilganidan keyin, undagi qattiq maishiy chiqindilarni izolyatsiya qilishda foydalaniladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
38. Poligonlar tubida namlik darajasi 52 foizdan ortiq, yillik yogʻingarchilik miqdori 100 millimetrdan ortiq boʻlganda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoni filtrat paydo boʻlishi ehtimoli inobatga olingan holda loyihalashtiriladi.
Bunda kotlovanning (chuqurlikning) tubi maydon asosi boʻyicha filtratning teng taqsimlanishini taʼminlaydigan (gorizontal) holatda loyihalashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
39. Qiyaligi 0,5 foizdan yuqori boʻlgan uchastkalarda mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha kotlovan (chuqurlik) pogʻonasi (kaskadi) loyihalashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
40. Kotlovanning (chuqurlikning) yuqoridagi va navbatdagi oraliq devorlar balandligi, shuningdek ikkita yonma-yon kotlovanlar (chuqurliklar) devorlarining oʻlchamlari orasidagi farq 1 metrdan oshmasligi lozim. Oraliq devorlarning tepa qismi boʻyicha chiqindi tashish texnikalarining kirishiga moʻljallangan vaqtinchalik kirish yoʻli loyihalashtiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.18.00 Yerlarni muhofaza qilish]
41. Filtratsiya koeffitsiyenti belgilangan meʼyordan 30 — 50 foiz ortiq boʻlganda tuproq qatlamini zichlash choralarini koʻrish lozim.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
42. Kotlovanlarning (chuqurliklarning) chuqurligi qoida tariqasida, 3 — 6 metr va kengligi 6 — 12 metr boʻlishi lozim. Ularni shamol yoʻnalishiga perpendikulyar holatda joylashtiriladi.
6-§. Xoʻjalik hududi va muhandislik inshootlarini loyihalashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
43. Xoʻjalik hududi — maʼmuriy va maishiy binolar, nazorat punkti, texnikalarni saqlash va avtotarozi ayvoni, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy qiymatliklarni saqlash omborlari, chiqindilarni saralash uskunalari, suv va elektr tarmoqlari kabi boshqa inshootlarni joylashtirish uchun loyihalashtiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.12.00 Boshqa obyektlar qurilishi]
44. Xoʻjalik hududi qattiq qoplamali maydonga ega boʻlishi, tungi vaqtlarda yoritilishi, atrofi toʻsilgan boʻlishi hamda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish maydoniga kiriladigan yoʻlga ega boʻlishi lozim.
45. Poligonlarning xoʻjalik hududiga kirish joyida darvoza yoki shlagbaum oʻrnatiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
46. Chiqindi tashish texnikalarini yuvishga moʻljallangan maydon xoʻjalik hududidan tashqarida boʻlishi kerak. Chiqindi tashish texnikalarini yuvish havo harorati 5°S dan yuqori boʻlganda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni oqizish]
47. Yiliga 360 ming m³ dan ortiq qattiq maishiy chiqindilar qabul qilinadigan yirik poligonlarda suv taʼminoti artezian quduqlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu quduqlar poligonlarning umumiy loyihasi tarkibida nazarda tutiladi.
48. Poligonlardan chiqishda chiqindi tashish texnikalari gʻildiraklarini yuvish uchun uzunligi 8 metr, eni 3 metr va chuqurligi 0,3 metr oʻlchamdagi temir betonli qurilmaga ega boʻlgan nazorat-dezinfeksiya hududi mavjud boʻlishi kerak. Ushbu qurilma maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan toʻldiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
49. Yongʻin oʻchirish uchun moʻljallangan suv zaxirasining (sigʻimining) hajmi 108 m³ dan kam boʻlmasligi hamda undan yongʻin oʻchirish avtomobillarining suv olishlari uchun sharoit yaratilgan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
50. Poligonlarning butun hududi perimetri boʻyicha toʻsiq oʻrnatiladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
501. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son “Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq poligonlar hududida “nol chiqindi” tamoyili asosida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish va qayta ishlash, ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zonalar tashkil etilishi mumkin.
(501-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3505-1, 30.01.2026 y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 10/26/3197-4/0099-son)
7-§. Sanitariya-muhofaza zonasi va monitoring tizimi
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
51. Sanitariya-muhofaza zonasida poligon perimetri boʻylab 5 — 8 metr kenglikda yoʻlak quriladi, uning chegarasi boʻylab daraxt va buta koʻchatlari ekiladi, muhandislik kommunikatsiyalari (suv quvurlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi) yotqiziladi hamda elektr yoritish qurilmalari oʻrnatiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 27-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3505-1, 30.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 10/26/3197-4/0099-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
52. Sanitariya-muhofaza zonasida turar joylar va ichimlik suvi quduqlari joylashtirilmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.03.00 Yer osti va yer usti suvlarining davlat hisobi. Davlat suv kadastri. Suv obyektlari monitoringi]
53. Poligonning yer osti suvlariga taʼsirini nazorat qilib borish uchun yer osti suvlari oqimi boʻyicha poligondan yuqori va pastki hududlarda monitoring quduqlari barpo etiladi.
54. Birinchi monitoring qudugʻi yer osti suvlari oqimi boʻyicha poligonning yuqori hududida barpo etiladi. Mazkur monitoring qudugʻidan olinadigan namunalar yer osti suvlarining dastlabki holatini aniqlaydi.
55. Yer osti suvlari oqimi boʻyicha poligondan 100 — 200 metr pastki hududda ham 1 ta yoki 50 — 100 metr oraliqda 2 ta monitoring qudugʻi barpo etiladi. Mazkur monitoring qudugʻidan olinadigan namunalar poligonning yer osti suvlariga taʼsirini koʻrsatadi.
56. Monitoring quduqlari yer osti suvlariga chiqindilar tushishidan himoya qilingan boʻlishi, shuningdek suvdan namuna olinishini taʼminlashi lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]
57. Olingan namunalarga asosan, suv tarkibidagi ammiak, nitritlar, nitratlar, gidrokarbonatlar, kalsiy, xloridlar, temir, sulfatlar, litiy, organik uglerod, magniy, xrom, sianidlar, qoʻrgʻoshin, simob, margimush, mis, bariy va boshqa kimyoviy moddalar miqdori aniqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.08.00 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.02.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish borasidagi davlat boshqaruvi. Atmosfera havosi holati monitoringi. Atmosfera havosi holati yuzasidan kuzatuv xizmati. Atmosfera havosini nazorat qilish]
58. Poligonlarda atmosferaga chiqarilayotgan tashlamalarni monitoring qilish yoki energiya olish maqsadida gazni faol ajratib olish tizimini oʻrnatish maqsadga muvofiq.
3-bob. Poligonlardan foydalanish
1-§. Poligonlarda ishlarni tashkillashtirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
59. Poligonlarda ishlarni tashkillashtirish mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
60. Poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish mazkur Yoʻriqnomaning 6-ilovasiga muvofiq Poligonlardan foydalanish texnologik sxemasi asosida amalga oshiriladi. Texnologik sxemada yil mavsumlarini inobatga olgan holda bajariladigan ishlar ketma-ketligi, qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish tartibi va izolyatsiya qiluvchi tuproqni qazib olish rejasi koʻrsatilishi maqsadga muvofiq.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
61. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish mazkur Yoʻriqnomaning 7-ilovasiga muvofiq bir yilga moʻljallangan Poligondan foydalanish jadvali asosida amalga oshiriladi.
62. Poligondan foydalanish jadvalida qattiq maishiy chiqindilar joylashtiriladigan xaritalar raqami koʻrsatilgan holda har oy davomida qabul qilinadigan qattiq maishiy chiqindilar miqdori, ularni izolyatsiya qilish uchun qazib olinadigan tuproq maydoni xaritalari yoki tuproqtepalar raqamlangan holda koʻrsatiladi. Izolyatsiya qilish uchun qazib olinadigan tuproq hajmi “m³” oʻlchov birligida koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
63. Qabul qilinayotgan qattiq maishiy chiqindilarning hisobi ularning zichlanmagan holatdagi vazni yoki hajmi boʻyicha yuritiladi. Qabul qilingan qattiq maishiy chiqindilar miqdori mazkur Yoʻriqnomaning 8-ilovasiga muvofiq Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish va hisobga olish kitobida yozma yoki elektron shaklda qayd etib boriladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
64. Poligonda mazkur Yoʻriqnomaning 9-ilovasiga muvofiq chiqindilarni tashish texnikalarini boʻshatish sxemasi boʻyicha ishlar uzluksiz amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
65. Poligonga kelgan chiqindi tashish texnikalari ish xaritasi yonida boʻshatiladi.
Chiqindi tashish texnikalarini boʻshatish maydoni ish xaritasi oldida ikki qismga boʻlinadi.
Maydonning bir qismida chiqindi tashish texnikalari boʻshatiladi, ikkinchi qismida esa, buldozerlar yoki zichlagichlar ish olib boradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.02.00 Mehnat xavfsizligi va gigiyenasi]
66. Chiqindi tashish texnikalarining boʻshatish maydoniga joylashtirilishi chiqib ketayotgan texnikalarning erkin harakatlanishini taʼminlashi lozim.
Maydonning bir qismida chiqindi tashish texnikalarini boʻshatish uchun qabul qilish davomiyligi 1 — 2 soatdan oshmasligi kerak.
3-§. Qattiq maishiy chiqindilarni ish xaritasiga joylashtirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
67. Chiqindi tashish texnikalaridan toʻkilgan qattiq maishiy chiqindilar ish xaritasiga joylashtiriladi. Qattiq maishiy chiqindilarni poligonning butun yuza qismi boʻylab va maydondan tashqariga tartibsiz joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ish xaritasining quyidagi oʻlchamlari oʻrnatiladi:
eni 5 metr (transheyali xaritalar uchun — 12 metr);
uzunligi — 30 — 150 metr.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
68. Qattiq maishiy chiqindilar buldozerlar yordamida mazkur Yoʻriqnomaning 10-ilovasiga muvofiq qalinligi 0,5 metr boʻlgan qatlamlarni hosil qilgan holda ish xaritasiga suriladi. 10 — 15 ta zichlangan qatlamlar hisobiga chiqindilarni toʻkish maydonidan 2 metr balandlikdagi qiyaliklar hosil qilinadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
69. Navbatdagi ish xaritasidagi qiyaliklar “pastdan tepaga surish” usuli bilan oldingisi tomon surib hosil qilinadi. 2 metr balandlikda zichlashtirilgan har bir chiqindi qatlami ustidan 0,25 metr qalinlikdagi tuproq qatlami yotqizilib, izolyatsiya qilinadi.
Ish xaritalarining toʻlishiga koʻra ish koʻlami, mazkur Yoʻriqnomaning 11-ilovasiga muvofiq xaritalarni toʻldirish ketma-ketligi boʻyicha oldingi (oʻtgan) kunda toʻldirilgan xaritalardan ortga qarab davom ettiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
70. Qattiq maishiy chiqindilarni “tepadan pastga surish” usulida “pastdan tepaga surish” usulidan farqli ravishda, mazkur Yoʻriqnomaning 12-ilovasiga muvofiq chiqindi tashish texnikalaridagi qattiq maishiy chiqindilar oldingi (oʻtgan) kundagi izolyatsiyalangan yuqori ish xaritasi ustiga toʻkiladi. Qattiq maishiy chiqindilarni pastga surib yotqizishda qiyalik balandligi 2 metrdan ortmasligi lozim.
Ish xaritalarining toʻlishiga koʻra ish koʻlami, mazkur Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq xaritalarni toʻldirish ketma-ketligi boʻyicha oldingi (oʻtgan) kunda toʻldirilgan xaritalar oldinga qarab davom ettiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
71. Chiqindi tashish texnikalaridan toʻkilgan qattiq maishiy chiqindilarni ish xaritasiga surish barcha turdagi buldozerlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ish xaritasiga joylashtirilgan qattiq maishiy chiqindilarni 0,5 metr qatlam qilib zichlash 14 tonna ogʻirlikdagi buldozer yoki quvvati 100 — 130 ot kuchiga teng boʻlgan traktor yordamida amalga oshirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
72. Zichlanadigan har bir qatlamning qalinligi 0,5 metrdan oshib ketmasligi lozim. Zichlash ishlari buldozerni bir joydan ikkinchi joyga 2 — 4-marta harakatlantirib amalga oshiriladi. Qattiq maishiy chiqindilarni zichlash jarayonida buldozerlarning ish xaritasining tomonlari uzunasi boʻylab harakatlanishi talab etiladi.
73. Buldozerning 2-marta harakatlanishi natijasida chiqindilarning zichlashish darajasi 570 — 670 kg/m3, 4-marta harakatlanishi natijasida esa, ushbu koʻrsatkich 670 — 800 kg/m3 ni tashkil etadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
74. Zichlangan chiqindi qatlamlarining oraliq va yakuniy izolyatsiyasi tuproq bilan amalga oshiriladi. Qattiq maishiy chiqindilarni ochiq va chuqur boʻlmagan ish xaritalariga joylashtirishda oraliq izolyatsiya qilish ishlari issiq kunlarda har kuni, sovuq kunlarda esa uch kundan koʻp boʻlmagan oraliqda amalga oshiriladi. Oraliq izolyatsiya qatlami 0,25 metr qalinlikni, tekislovchi yordamida zichlanganda esa, 0,15 metr qalinlikni tashkil etadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
75. Tuproq olish va uni ish xaritasiga tashib keltirish mazkur Yoʻriqnomaning 14-ilovasiga muvofiq tuproq yetkazib berish sxemasi boʻyicha skreperlar yordamida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo]
76. Kuz va qish mavsumida izolyatsiya materiali sifatida qurilish va ishlab chiqarish chiqindilari (ohak chiqindilari, mel, soda, gips, grafit va b.), shuningdek, istisno tarzida vaqtinchalik izolyatsiya uchun qor ishlatilishi mumkin.
77. Bahor faslida harorat 5°S dan oshgan hollarda qor bilan izolyatsiyalangan maydonlar tuproq bilan qoplanadi. Qor bilan izolyatsiya qilingan qatlam ustiga navbatdagi qavat joylashtirilmaydi.
4-bob. Atrof-muhit muhofazasi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.01.00 Asosiy qoidalar]
78. Poligonlardan foydalanishda mazkur Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha keltirilgan ketma-ketlikka rioya etilishi atrof-muhit muhofazasi boʻyicha asosiy talablarning bajarilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.08.00 Ekologik nazorat]
79. Poligonning masʼul xizmatchisi har oʻn kunda sanitariya-muhofaza zonasini koʻzdan kechirib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi (tartibsiz joylashtirilgan qattiq maishiy chiqindilarni bartaraf qilish, hududni tozalash va b.).
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni tartibga solish]
80. Poligon hududida atrof-muhitga zarar yetishining oldini oluvchi maxsus texnik moslamalarni qoʻllamagan holda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish qatʼiyan man etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.08.00 Sanoat chiqindilari. Ikkilamchi xomashyo;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
81. Qattiq maishiy chiqindilar bilan birga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladigan sanoat chiqindilari portlash, oʻz-oʻzidan alangalanish yoki yonish xususiyatlariga ega boʻlmasligi kerak.
5-bob. Poligonni yopish va rekultivatsiya qilish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
82. Foydalanish muddati 15 yildan ortiq boʻlgan poligonlarda ularning loyihaviy koʻrsatkichidan 10 foiz ortiq miqdorgacha qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish]
83. Poligonlarda zaharli va portlash xavfini tugʻdiradigan gazlarning ajralib chiqishi sababli, ular yopilganidan keyin kamida 40 yil ushbu hududda kapital qurilish ishlarini olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
84. Poligonni yopish uchun quyidagilarning mavjud boʻlishi talab etiladi:
yakuniy (yuqori) izolyatsiya qiluvchi qoplama;
filtratni boshqarish tizimi;
gazni boshqarish tizimi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
85. Yakuniy (yuqori) izolyatsiya qiluvchi qoplama poligon yopilishidan oldin barcha kotlovanlarni (chuqurliklarni) tuproqning yakuniy qatlami bilan yopishni nazarda tutadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
86. Yakuniy (yuqori) izolyatsiya qiluvchi qoplamaning tuzilishi yer maydonidan kelgusida qanday maqsadda foydalanilishiga bogʻliq holda belgilanadi. Daraxtzor tashkil etishda, tepalik va boshqa balandliklarni hosil qilish uchun foydalanishda tuproqning ustki izolyatsiya qatlami 0,6 metrdan kam boʻlmasligi lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.03.00 Ishlab chiqarish va maishiy chiqindilar]
87. Qattiq maishiy chiqindilarning ustki qatlami izolyatsiya bilan qoplanguniga qadar uning zichlanish darajasi 750 kg/m3 ni tashkil etishi lozim.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
88. Poligonlarning tashqi qiyaliklarini mustahkamlash ishlari qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish balandligi ortishiga mutanosib ravishda davom ettiriladi. Poligonlarning tashqi qiyaliklarini qoplashda uni barpo etishda koʻchirib olingan unumdor tuproqdan foydalaniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
89. Shamol koʻchirib ketishi yoki qiyaliklardagi tuproq yuvilib ketishining oldini olish uchun yakuniy (yuqori) izolyatsiya qoplamasini koʻkalamzorlashtirish talab etiladi. Qiyaliklar boʻylab ixota daraxtzorlari barpo etiladi. Ekiladigan daraxt va butasimon oʻsimliklar (oq qayin, tol, terak va boshqalar) mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
90. Filtratni boshqarish tizimi loyihasi, qoida tariqasida, poligonning umumiy loyihasiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.08.00.00 Atmosfera havosini muhofaza qilish qonunchiligi / 11.08.03.00 Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni tartibga solish]
91. Gazni boshqarish tizimi poligondan faol foydalanish davrida barpo etiladi. Poligon yopilganidan soʻng, ushbu tizimni yanada mustahkamlash va barqarorlashtirish maqsadida unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish (shamollatish quvurini germetik jihozlash, poligon ostiga havo kirishidan himoyalash va h. k.) zarur.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
92. Poligon yopilganidan soʻng, uning maydonini rekultivatsiya qilishga yotqizilgan tuproqning kamida quyidagi mustahkamlanish muddatlari oʻtganidan keyin yoʻl qoʻyiladi:
koʻp yillik oʻtlarni ekish, pichanzor va maysazorlar barpo etishda — 1 yil;
daraxt va butalarning nihol hamda koʻchatlarini ekishda — 2 yil.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.04.00 Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar / 11.02.04.07 Rekreatsion zonalar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
93. Yopilgan poligonlarda rekultivatsiya qilishning oʻrmon xoʻjaligi (daraxtzorlar barpo qilish) va rekreatsiya yoʻnalishlari eng maqbul yoʻl hisoblanib, rekultivatsiya ishlari mazkur Yoʻriqnomaning 15-ilovasiga muvofiq Poligonni rekultivatsiya qilish texnologik sxemasi boʻyicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
94. Poligonni rekultivatsiya qilish texnologik sxemasiga muvofiq rekultivatsiya ishlari texnik va biologik bosqichlarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.19.00 Buzilgan yer uchastkalarini rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini tiklash. Tuproqning hosildor qatlamini yer buzilishi bilan bogʻliq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va saqlash]
95. Rekultivatsiya qilishning texnik bosqichida poligon qiyaligi maxsus texnika yordamida tekistlanadi, uning rekultivatsiya qilinadigan ustki qatlamiga 0,2 metr qalinlikda unumdor tuproq bir tekisda yotqizilgan holda rekultivatsiya qatlami hosil qilinadi.
96. Rekultivatsiya qilishning texnik bosqichi yakuniga koʻra, poligonning rekultivatsiya qilinadigan hududi rekultivatsiya qilishning biologik bosqichini amalga oshirish uchun topshiriladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.21.00 Tuproqlarni eroziyadan, ifloslanishdan, botqoqlanishdan, suv bosishidan va boshqa salbiy jarayonlardan himoya qilish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish]
97. Rekultivatsiya qilishning biologik bosqichida tuproq eroziyasiyaga qarshi, landshaft-koʻkalamzorlashtirish ahamiyatiga ega oʻrmonzorlar (daraxtzorlar) barpo etilib, bu quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
dastlabki yilda — koʻkalamzorlashtirish uchun yerni urugʻ ekishga tayyorlash, koʻp yillik oʻt urugʻlarini ekish (sepish), ekinzorlarni parvarishlash;
kelgusi yilda — mahalliy iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, koʻp yillik daraxt va buta turlarini tanlash, daraxt va butalarni (urugʻ, nihol va koʻchatlarini) ekish, ekinzorlarni parvarishlash.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.02.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash / 11.02.08.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik]
98. Ushbu Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 91, 911-moddalari.
99. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qurilish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
2019-yil 30-sentabr
Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri M. SALIYEV
2019-yil 2-oktabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGENOV
2019-yil 19-sentabr
Qishloq xoʻjaligi vaziri J. XODJAYEV
2019-yil 7-oktabr
Suv xoʻjaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2019-yil 19-sentabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
2019-yil 11-oktabr
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2019-yil 23-sentabr
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
2019-yil 14-oktabr
Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B. ISLAMOV
2019-yil 2-oktabr
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
2019-yil 15-oktabr
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. GULYAMOV
2019-yil 23-sentabr
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Foydalanish muddati 15 yilga moʻljallangan poligon uchun talab etiladigan yer maydonining
hajmi
(namunaviy jadval)
Xizmat koʻrsatiladigan aholi soni (ming kishi)
Qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish balandligi, metr (m.)
* Izoh: masalan, foydalanish muddati 15 yilga moʻljallangan, xizmat koʻrsatiladigan aholi soni 50 ming kishini tashkil etadigan hamda qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish balandligi 12 metr boʻlgan poligonlar uchun tavsiya etiladigan yer maydonining hajmi 6.5 gektarga teng.
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Poligonlarda vaqtinchalik yoʻllarni joylashtirish
sxemasi
1 — yer sathi;
2 — yuqori (ikkinchi) qavat izolyatsiyasi;
3 — 2 m balandlikdagi vaqtinchalik yoʻl;
4 — kotlovan (chuqurlik) tubining va quyi (birinchi) qavatning asosi;
5 — yuqori (ikkinchi) qavatning oraliq izolyatsiyasi.
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Poligon tuzilmasi
kesimi
1 — tashqi (yakuniy) izolyatsiya;
2 — oraliq izolyatsiya;
3 — chiqindi;
4 — suv oʻtkazmaydigan asos qismi;
5 — balandligi;
6 — balandlikni kamaytirish koʻrsatkichi;
7 — kengligi;
8 — yer osti suvlari sathi.
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Qiyaligi 0,5 foizdan yuqori boʻlgan uchastkalarda kotlovan (chuqurlik) pogʻonasini (kaskadini) loyihalashtirish
sxemasi
1 — izolyatsiya qatlami uchun tuproqtepa;
2 — uchastkaning kotlovanlarni (chuqurliklarni) loyihalashtirilgunga qadar yuqori darajasi;
3 — gorizontal tubi (asosi);
4 — oraliq devorlar.
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 5-ILOVA
Poligonlarda ishlarni tashkillashtirish
sxemasi
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 6-ILOVA
Poligondan foydalanish texnologik
sxemasi
I — IV-poligondan navbat bilan foydalanish ketma-ketligi;
1 — 12-qattiq maishiy chiqindilarni qish mavsumida joylashtirish joylari (ish xaritalari);
13 — may-iyun oylarida tuproq olish joylari (izolyatsiya maqsadida);
14 — avgust — oktabr oylarida tuproq olish joylari;
15 — vaqtinchalik yoʻl;
16 — yoʻllarni taʼmirlash paytida qattiq maishiy chiqindilarni favqulodda joylashtirish joylari;
17 — xoʻjalik hududi;
18 — qattiq maishiy chiqindilarni olib kirish yoʻnalishi.
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 7-ILOVA
Poligondan foydalanish
jadvali
Oylar
Qabul qilish rejalashtirilgan chiqindi
Tuproq bilan izolyatsiyalash
Texnologiyaning xususiyatlari
Xarita raqami
Hajmi (ming m3)
Ishlanadigan xarita raqami
Izolyatsiya qilinadigan xarita raqami
Hajmi (ming m3)
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
May
Iyun
Iyul
Avgust
Sentabr
Oktabr
Noyabr
Dekabr
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 8-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish va hisobga olish
kitobi
Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish sanasi
Chiqindi tashish texnikasi egasi
Chiqindi tashish texnikasining davlat raqami
Yoʻnalish raqami
Qabul qilingan qattiq maishiy chiqindi miqdori
Izoh
m3
t
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 9-ILOVA
Poligonda chiqindilarni tashish maxsus transport vositalarini boʻshatish
sxemasi
a — boʻshatish boʻyicha birinchi va uchinchi navbatlar (8 — 10, 12 — 14 s);
b — boʻshatish boʻyicha ikkinchi va toʻrtinchi navbatlar (10 — 12, 14 — 16 s);
1 — chiqindi tashish transport vositalarini boʻshatish maydoni (smenda ish tashkil etilganligiga qarab);
2 — chiqindi tashish texnikalari;
3 — ish xaritasi;
4 — qattiq maishiy chiqindi toʻkilgan maydon;
5 — qattiq maishiy chiqindi;
6 — ish xaritasiga chiqindilarni surish boʻyicha buldozerlar yoʻnalishi;
7 — boʻshatilgandan soʻng chiqindi tashish texnikalarining poligondan chiqib ketishi.
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga 10-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilarni “pasdan tepaga surish”