

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.11.2019
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2497300" id="-2497300">OʻZBEKISTON “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2497301" id="-2497301">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2497302" id="-2497302">Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-2497303" id="-2497303">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2625]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2497308" id="-2497308"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-4589015" id="-4589015">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respubikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 7-noyabrdagi 11-sonli “Maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi <a href="/acts/-4587975?ONDATE=08.11.2019 00#-4588047">qaroriga </a>(roʻyxat raqami 3195, 08.11.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497311" id="-2497311">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublikaning issiqlik va suv bilan taʼminlash tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2264547">qaroriga</a> muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497328" id="-2497328">1. Maishiy chiqindilarni tashish qoidalari<a href="/acts/-2497282#-2497335"> ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497329" id="-2497329">2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2497330" id="-2497330">Bosh direktor U. XALMUXAMEDOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497331" id="-2497331">Toshkent sh., </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497332" id="-2497332">2014-yil 16-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2497333" id="-2497333">104-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2497334" id="-2497334"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-2497335" id="-2497335">Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining 2014-yil 16-oktabrdagi 104-son <a href="/acts/-2497282">buyrugʻiga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-2497336" id="-2497336">Maishiy chiqindilarni tashish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2497337" id="-2497337">QOIDALARI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2497339" id="-2497339"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497340" id="-2497340">Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-noyabrdagi 300-son “Respublikaning issiqlik va suv bilan taʼminlash tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari haqida”gi<a href="/acts/-2264547"> qaroriga </a>muvofiq, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni tashish qoidalarini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497341" id="-2497341">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497342" id="-2497342">1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497343" id="-2497343"><strong>chiqindilar</strong> — ishlab chiqarish yoki isteʼmol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil boʻlgan qoldiqlari, shuningdek oʻzining isteʼmol xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar (mahsulotlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497344" id="-2497344"><strong>qattiq maishiy chiqindilar</strong> — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati, shuningdek yuridik shaxslarning faoliyati (oziq-ovqat, shishalar, rezinalar, qogʻozlar, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash materiallari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor asboblari, supurindi chiqindilarining, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida vujudga keladigan chiqindilar) natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497345" id="-2497345"><strong>suyuq maishiy chiqindilar</strong> — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati, shuningdek yuridik shaxslarning faoliyati (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilib qolgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari) natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497346" id="-2497346"><strong>isteʼmolchi</strong> — ijrochi bilan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish xizmatlari boʻyicha belgilangan tartibda shartnoma tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497348" id="-2497348"><strong>ijrochi</strong> — tuzilgan shartnoma asosida isteʼmolchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497349" id="-2497349"><strong>“signal” usuli</strong> — xususiy sektordagi shoxobchani chiqindi yigʻuvchi avtomashinada aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497350" id="-2497350">2. Mazkur Qoidalar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish<a href="/acts/-2430765#-2433991"> qoidalariga </a>muvofiq, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatishda qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497352" id="-2497352">3. Mazkur Qoidalar radioaktiv chiqindilar, biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atrof muhitga (atmosferaga) chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv obyektlariga oqizib yuborish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar sohasidagi munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497353" id="-2497353">2-bob. Chiqindilarni yigʻish va olib chiqib ketish</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497354" id="-2497354">1-§. Chiqindilarni yigʻish va olib chiqib ketishni tashkil qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497355" id="-2497355">4. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497357" id="-2497357">shaharlarda — ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlari tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497358" id="-2497358">tuman markazlari, shaharchalar va qishloq aholi punktlarida — tuman obodonlashtirish boshqarmalari yoki ixtisoslashtirilgan sanitariya-tozalash tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497361" id="-2497361">5. Chiqindilarning aniq va uzluksiz tashib ketilishini tashkil qilish uchun ijrochi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497362" id="-2497362">chiqindilarning toʻplanish meʼyorlarini aniqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497363" id="-2497363">chiqindilarni olib chiqib ketishning davriy muddatlarini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497365" id="-2497365">axlat toʻplash shoxobchalarining konteynyerlar bilan jihozlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497366" id="-2497366">isteʼmolchilar bilan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnomalar tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497367" id="-2497367">maxsus transport vositalarining yoʻnalish jadvallarini ishlab chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497368" id="-2497368">6. Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning davriyligi aholi yashash punktlari, shaharning sanitariya holati taʼminlanishini va kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar rivojlanishining oldini olish sharoitlarini hisobga olgan holda, joylardagi iqlim sharoitlardan kelib chiqib, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi, bunda sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq maishiy chiqindilarni saqlashning oxirgi muddati oʻtib ketmasligi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497369" id="-2497369">7. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi: chiqindi yigʻish punktlaridan — har kuni, xususiy sektordan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497370" id="-2497370">2-§. Maxsus transport vositalarining harakat yoʻnalishlarini ishlab chiqish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497371" id="-2497371">8. Maxsus transport vositalarining harakat yoʻnalishlarini belgilash uchun ijrochi tomonidan yoʻnalish xaritasi va chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497373" id="-2497373">9. Yoʻnalish xaritasi va chiqindilarni olib chiqib ketish jadvalida chiqindilar tashib ketiladigan obyektlarning (axlat toʻplash shoxobchalari, tashkilotlarning) manzillari, xizmat koʻrsatilganligini tasdiqlovchi xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqami hamda maxsus transport vositalarining chiqindilar tashib ketiladigan obyektlarga yetib borish masofasi va vaqti koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497374" id="-2497374">Chiqindilar “signal” usulida olib chiqiladigan joylarda yoʻnalish xaritasi va chiqindilarni olib chiqib ketish jadvalida koʻchalarning nomlari koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497375" id="-2497375">10. Maxsus transport vositalarining harakat yoʻnalishlari yoʻnalish xaritasi va chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali asosida, hududning bosh rejasi hamda QMQ 2.07.01-94 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi yashash joylarini rejalashtirish va qurish” talablari inobatga olingan holda ijrochi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497376" id="-2497376">11. Ijrochi maxsus transport vositalarining harakat yoʻnalishlarini ishlab chiqishda quyidagi maʼlumotlarga asoslanishi zarur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497377" id="-2497377">xizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan obyektlarning va hududning batafsil tavsifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497378" id="-2497378">alohida obyektlarda chiqindilarning toʻplanish hajmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497379" id="-2497379">hududdagi yoʻllarning holati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497380" id="-2497380">koʻchalardagi harakatning serqatnovligi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497381" id="-2497381">chiqindilarni zararsizlantirish hamda qayta ishlash obyektlari haqidagi umumiy maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497382" id="-2497382">har bir uchastkadagi konteynyerlarning umumiy soni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497383" id="-2497383">chiqindilarni yuklash va tushirish ishlariga sarflanadigan vaqt.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497384" id="-2497384">12. Maxsus transport vositalarining harakat yoʻnalishlarini ishlab chiqishda koʻchalarda qayta qatnovlar sonini kamaytirish, birinchi navbatda serqatnov koʻchalarda joylashgan va chiqindilar turli tizimlarda yigʻiladigan obyektlarni birlashtirish, yoʻnalishni imkon qadar shahar markazidan chiqindilarni qayta yuklash yoki zararsizlantirish joyi yoʻnalishi boʻyicha belgilash, kuzovli maxsus transport vositalaridan foydalanilganda yoʻnalishni kuzovning sigʻimi toʻliq band boʻlgunga kadar uzaytirish imkoniyati oʻrganilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497385" id="-2497385">13. Chiqindilarni qayta yuklash va zararsizlantirish joylari bir nechta boʻlganda, maxsus transport vositalari qatnovlar sonini kamaytirishni hisobga olib, qayta yuklash va zararsizlantirish joylariga biriktirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497386" id="-2497386">14. Maxsus transport vositalarining harakat yoʻnalishlari chiqindilar tashib ketiladigan obyektlar yoki ularda toʻplanadigan chiqindilar miqdori, xizmat koʻrsatiladigan hududda maxsus transport vositalarining harakatlanish shart-sharoitlari oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497387" id="-2497387">3-§. Qattiq maishiy chiqindilarni saralash va olib chiqib ketish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497390" id="-2497390">15. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish <a href="/acts/-2430765#-2433991">qoidalariga</a> muvofiq, isteʼmolchilar qattiq maishiy chiqindilarni bir marotaba ishlatiladigan paketlarga alohida-alohida joylab dastlabki saralashni va ularni quyidagi turlarga ajratishni amalga oshirishlari shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497395" id="-2497395">1) plastmassa (paketlar, idish, tara, oʻyinchoqlar, butilkalar): qattiq plastmassa (plastmassadan yasalgan mebel, rezina poyabzal), yumshoq plastmassa (shampundan boʻshagan flakonlar, idishlar va hokazolar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497396" id="-2497396">2) metall chiqindilari (metalldan ishlangan turli maishiy mahsulotlar va idish-tovoq chiqindilari, taralar, jumladan konserva bankalari): qora metall chiqindilari (panjaralar, sim toʻsiqlar, quvur qiyqindilari, armatura, maishiy jihozlar va xoʻjalik anjomlari), rangli metall chiqindilari (alyuminiy simlar, mis simlar, alyuminiydan ishlangan idishlar, uy-roʻzgʻor buyumlari), shisha (shishadan tayyorlangan turli maishiy mahsulotlar va idishlar chiqindilari, taralar, butilkalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497397" id="-2497397">3) qogʻoz chiqindilari (qogʻoz, karton va qogʻoz mahsulotiga tenglashtirilgan boshqa mahsulotlar chiqindilari), ip-gazlamalarning qiyqimlari va boʻlaklari, eski uvada lattalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497398" id="-2497398">4) qayta ishlash va utilizatsiya uchun yaramaydigan biologik va boshqa chiqindilar (kundalik ishlatiladigan oziq-ovqat mahsulotlari chiqindilari, jumladan turli xil ozuqa, yangi meva, poliz va sabzavot mahsulotlarining poʻstloqlari).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497400" id="-2497400">16. Chiqindilarni axlat toʻplash shoxobchalariga joylashtirish uchun koʻp kvartirali uylardagi isteʼmolchilar qattiq maishiy chiqindilarni turlari boʻyicha paketlarga joylab, tegishli konteynyerlarga tashlaydilar. Xususiy uylarda yashovchi isteʼmolchilar esa, saralangan qattiq maishiy chiqindilarni oʻz uylarida saqlab, “signal” usulida kelgan maxsus transport vositasiga joylashtiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497401" id="-2497401">17. Qattiq maishiy chiqindilarni axlat toʻplash shoxobchalarida alohida-alohida turlarga ajratish talab etilsa, bu vazifa sanitariya jihatidan tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497402" id="-2497402">18. Tarkibida simob boʻlgan lampalarni toʻplash lampalarga shikast yetkazilishiga imkon bermaydigan va undagi simobli moddalarni havo muhitiga, suv taʼminoti manbalariga, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlariga tegib ketishidan saqlovchi maxsus taralarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497403" id="-2497403">19. Konteynyerlardan chiqindilar tushib ketishi va xodimlarga jarohat yetkazishining oldini olish uchun ular umumiy hajmining 90 foiziga qadar toʻldirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497405" id="-2497405">20. 80 — 100 litr sigʻimli konteynyerlar ikki gʻildirakli yengil aravada tashilishi kerak. Aravalar boʻlmaganda, konteynyerlar chiqindilarni maxsus transport vositasiga yuklash joyidan 10 metrdan uzoq boʻlmagan masofada joylashtirilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497406" id="-2497406">21. Konteynyerlardan ikkilamchi xomashyoni ajratib olish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497407" id="-2497407">22. Konteynyerlar chiqindilardan toʻliq, qoldiqsiz tozalanishi zarur. Ular har doim soz qopqoq bilan berkitilgan boʻlishi hamda sanitariya talablariga muvofiq dezinfeksiya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497408" id="-2497408">23. Chiqindilarni tashib ketish uchun maxsus transport vositalarining turi va soni tashiladigan chiqindilarning hajmi, olib ketish davriyligi va maxsus transport vositalarining samaradorligini inobatga olgan holda aniqlanishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497409" id="-2497409">4-§. Suyuq maishiy chiqindilarni yigʻish va olib chiqib ketish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497410" id="-2497410">24. Kanalizatsiya tizimi mavjud boʻlmagan uylardagi suyuq maishiy chiqindilar ularning toʻplanish meʼyorlariga muvofiq, biroq kamida har olti oyda olib chiqib ketilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497411" id="-2497411">Suyuq chiqindilarning toʻplanish meʼyori chiqindi tashlanadigan oʻraning oʻtkazuvchanlik darajasiga, tuproqning filtrlash koeffitsiyenti, sizot suvlarning sathi va har bir jismoniy shaxs tomonidan ishlatilgan suvga bogʻliq holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497412" id="-2497412">25. Suyuq maishiy chiqindilar tashlanadigan oʻralarning devorlari va tubi suv oʻtkazmaydigan, yer ustki qismi yuvish va dezinfeksiyalashga qulay boʻlishi, ularni joylashtirishda maxsus transport vositalarining erkin harakatlanishi uchun zarur joy nazarda tutilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497413" id="-2497413">26. Suyuq maishiy chiqindilar toʻkish stansiyalari, maxsus assenizatsiya dalalari va bunday chiqindilarni qabul qilish hamda zararsizlantirishga moʻljallangan boshqa joylarga olib ketilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497414" id="-2497414">5-§. Yirik oʻlchamli chiqindilarni yigʻish va olib chiqib ketish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497415" id="-2497415">27. Yirik va gabaritli chiqindilar (mebel, sovutgichlar, velosipedlar, gaz plitalari, bolalar aravalari), qoramol goʻngi, qurilish chiqindilari, tuproq, agrotexnika ishlari natijasida paydo boʻladigan chiqindilar (novdalar, daraxt tanalari, toʻnkalar va shox-butoqlar) (bundan buyon matnda yirik oʻlchamli chiqindilar deb yuritiladi) xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, professional boshqaruv tashkilotlari tomonidan tayinlangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga yigʻib turilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497416" id="-2497416">28. Yirik oʻlchamli chiqindilar toʻplash joylari qattiq qoplamali va maxsus transport vositalarining harakatlanishi uchun qulay hamda xizmat koʻrsatiladigan uylarga 20 metrdan yaqin va ulardan 300 metrdan uzoq boʻlmagan masofada joylashtirilishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497417" id="-2497417">29. Yirik oʻlchamli chiqindilarni olib chiqib ketish uchun agʻdarma ochiq kuzovli yoki katta hajmli turar joylar hududida ajratilgan maxsus maydonlarda oʻrnatiladigan bunker toʻplagichlar bilan taʼminlangan maxsus transport vositalaridan foydalanish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497418" id="-2497418">30. Yirik oʻlchamli chiqindilarni konteynyerlarga tashlash va ulardagi chiqindilar bilan birgalikda tashish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497419" id="-2497419">31. Yirik oʻlchamli chiqindilar ularning toʻplanish meʼyorlariga muvofiq, biroq har oyda kamida ikki marotaba olib chiqib ketilishi zarur. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497421" id="-2497421">6-§. Chiqindilarni yoʻllarda tashish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497423" id="-2497423">32. Ijrochi maxsus transport vositalarini sanitariya qoidalari hamda texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan holda yoʻnalishga chiqarishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497424" id="-2497424">33. Maxsus transport vositalarini yoʻnalishga chiqarishdan oldin ularning texnikaviy, sanitariya holati va tashqi koʻrinishi koʻzdan kechirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497425" id="-2497425">34. Maxsus transport vositasining ekipaji haydovchi va yuklovchilardan iborat boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497426" id="-2497426">35. Chiqindilarni maxsus transport vositasining belgilanmagan joylariga qoʻyib tashish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497427" id="-2497427">36. Chiqindilarni tashishga ixtisoslashtirilmagan — agʻdarma, bortli transport vositalaridan maxsus transport vositasi sifatida foydalanilganda, sochiluvchi jismlarning yoʻlga toʻkilishi va suyuqlik (filtrat) oqishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497428" id="-2497428">7-§. Chiqindilarni poligonga joylashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497429" id="-2497429">37. Poligon hududiga kirayotgan va undan chiqib ketayotgan maxsus transport vositalari kirish punktida maxsus dezinfeksiyalovchi toʻsiqdan oʻtishi, ogʻirligi tarozida tortilishi, roʻyxatga olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497430" id="-2497430">38. Maxsus transport vositalarining poligonga kirishi va uning hududida harakatlanishi tasdiqlangan yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshirilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497431" id="-2497431">39. Chiqindilarni tushirish vaqtida maxsus transport vositasi qoʻl tormozida ishonchli toʻxtatilgan, harakatni almashtiruvchi moslamadagi pastki uzatmadan yoki orqaga harakatlanuvchi uzatmadan uzib qoʻyilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497432" id="-2497432">40. Maxsus transport vositasi yoki tirkamaning bortlari kamida ikki nafar xodim tomonidan ochilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497433" id="-2497433">41. Bortlarni ochishdan oldin yuklangan chiqindilar xavfsiz holatda ekanligiga ishonch hosil qilinishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497434" id="-2497434">42. Yuk ustiga yopilgan brezent yoki boshqa materialni olib tashlash uchun kuzov ustiga chiqish man etiladi. Bunda bu ish bortlar ochilgandan keyin yerdan turib bajarilishi kerak. Brezent yoki boshqa materialni bortlarni ochmasdan olib tashlash lozim boʻlganda mazkur ish maxsus transport vositasining zinapoyasi ustida yoki boshqa xavfsiz joyda turgan holda bajarilishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497435" id="-2497435">43. Bortli transportlardan chiqindilarni qoʻlda tushirish shamolga teskari holatda, uning faqat bir tomonidan amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497436" id="-2497436">44. Poligon hududida maxsus transport vositalari harakatlanadigan yoʻllar qattiq qoplamali yigʻma qismlardan ishlangan boʻlishi, ular qishda muzdan tozalanib, qum yoki shlak sepib qoʻyilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497437" id="-2497437">45. Chiqindilarni tushirish maydonchasida maxsus transport vositalari ketma-ket joylashtirilganda, ularning oraligʻi 1 metrdan, yonma-yon turgan maxsus transport vositalari orasidagi masofa esa 4 metrdan kam boʻlmasligi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497440" id="-2497440">46. Har bir chiqindi tushirish maydonchasi kirish joyida ushbu hududda bir vaqtning oʻzida toʻxtashi va ishlashi mumkin boʻlgan maxsus transport vositalarining soni koʻrsatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497441" id="-2497441">47. Qorongʻi vaqtlarda ishlarni bajarish uchun chiqindilarni tushirish maydonchalari zarur meʼyorda tashqi yoritish manbasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497442" id="-2497442">48. Agʻdarma transportlarni kuzatib boruvchi yuklovchilar va boshqa shaxslar poligon hududiga kirishlari taqiqlanadi. Ular maxsus transport vositasining qaytishini poligonning maishiy xonalarida kutishlari kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497444" id="-2497444">3-bob. Maxsus transport vositalaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497446" id="-2497446">1-§. Umumiy talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497448" id="-2497448">49. Har bir maxsus transport vositasi rostlash va mayda taʼmirlash uchun zarur asbob-uskuna hamda moslamalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497449" id="-2497449">50. Maxsus transport vositalarining tashqi qoplamasida va tirkamalarida xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning shikastlanishiga sabab boʻladigan oʻtkir va yulingan qirralar, yoriqlar va boshqa nuqsonlar boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497451" id="-2497451">51. Maxsus transport vositalarining zinapoyasi, qanotlari va tirkamalarida odam tashish taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497453" id="-2497453">52. Barcha turdagi maxsus transport vositalaridan belgilanmagan maqsadlarda foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497455" id="-2497455">2-§. Kuzovli maxsus transport vositalaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497458" id="-2497458">53. Kuzovdan yoʻlga chiqindilar yoki suyuqlik toʻkilishi mumkin boʻlgan tirqishlar va nozich birikish joylari boʻlgan transport vositalaridan chiqindilarni tashishda foydalanish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497460" id="-2497460">54. Kuzovli maxsus transport vositasi troslarining sozligi, ularning rama ostidaligi, bunker qopqogʻi kronshteynlariga mahkamlash moslamalarining holati, troslar blokining mahkamlagichi, shuningdek troslarning tarangligi muntazam ravishda tekshirib turilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497461" id="-2497461">55. Kuzovli maxsus transport vositasini siltantirish yoki keskin harakatlantirish yoʻli bilan kuzovdan chiqindilarni tushirish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497463" id="-2497463">56. Kuzovli maxsus transport vositasini kuzovi koʻtarilgan holatda yurgizish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497465" id="-2497465">57. Chiqindilarni kuzovli maxsus transport vositasi kuzovidan tushirmasdan undagi ikkilamchi xomashyoni ajratib olish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497466" id="-2497466">3-§. Maxsus assenizatsiya transporti vositalaridan foydalanishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497467" id="-2497467">58. Maxsus assenizatsiya transporti vositalarini suyuq maishiy chiqindilar tashlanadigan oʻraga yaqinlashtirishdan oldin ish joyini diqqat bilan koʻzdan kechirishi va transport vositasi hamda xodimning oʻraga xavfsiz yaqinlashishini taʼminlaydigan minimal masofani aniqlab olishi kerak. Maxsus assenizatsiya transporti vositasi yuk ortiladigan joyga oʻrnatilgandan soʻng, tormozlab qoʻyilishi, uni qiyalikda toʻxtatish zarur boʻlganda esa, gʻildiraklari ostiga ponalar yoki qistirmalar qoʻyilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497468" id="-2497468">59. Tortish ishlari yakunlangach, soʻruvchi shlang suv bilan yuvib tozalanishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497469" id="-2497469">60. Maxsus assenizatsiya transporti vositasining nasos va uzatma mexanizmini moylash dvigatel oʻchirilgan holatda amalga oshirilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497470" id="-2497470">61. Maxsus assenizatsiya transporti vositalari koʻchalarda ifloslangan va nuqsonlari boʻlgan holda harakatlanishi taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497471" id="-2497471">4-bob. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497472" id="-2497472">62. Ijrochi maishiy chiqindilarni tashishda atrof tabiiy muhitning chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish choralarini koʻrishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497473" id="-2497473">63. Chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarda va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarda saqlash va bunday joylarga koʻmib tashlash taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-2497474" id="-2497474">5-bob. Yakuniy qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2497475" id="-2497475">64. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2497476" id="-2497476">Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497477" id="-2497477"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497478" id="-2497478">2014-yil 15-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2497479" id="-2497479">Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497480" id="-2497480"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497481" id="-2497481">2014-yil 15-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2497482" id="-2497482">Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497483" id="-2497483"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497484" id="-2497484">2014-yil 15-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2497485" id="-2497485">Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497486" id="-2497486"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497487" id="-2497487">2014-yil 15-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2497488" id="-2497488">Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. QURBANOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497489" id="-2497489"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497490" id="-2497490">2014-yil 15-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2497491" id="-2497491">“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497492" id="-2497492"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2497493" id="-2497493">2014-yil 15-oktabr</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-2498484" id="-2498484">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 46-son, 555-modda)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
