O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnoma-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunlarning va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Hukumatning 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Hukumatning 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-aprel,
202-son
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi 981-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 09/19/981/4136-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martrdagi 124-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 377-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-oktabrdagi 637-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 09/25/637/0926-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 143-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 24-martdagi 96-son qarorida:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xususiylashtirilgan fermalarga chorva ozuqasi yetishtirish uchun, har bir xo‘jalikning aniq tabiiy-iqtisodiy hududlarini va yer resurslarini hisobga olgan holda, shartli har bosh mol hisobiga Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 0,3 gektardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va boshqa viloyatlarda 0,45 gektardan sug‘oriladigan yerlar, lalmi yerlarda esa 2 gektardan yer ajratsinlar”;
6-bandning birinchi xatboshidagi “dehqon (fermer) xo‘jaliklari va aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklaridagi” so‘zlari “fermer va dehqon xo‘jaliklaridagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 22-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-noyabrdagi 933-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/933/0303-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 12-dekabrdagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 50-son, 515-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2008-y., 10-11-son, 62-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalar joylashgan maydonlarida imorat qurishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida Nizomning 1-bandidagi “Yer to‘g‘risida” so‘zi chiqarib tashlansin, “qonunlari” so‘zlaridan so‘ng esa “O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi” so‘zlari qo‘shilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 19-martdagi 152-son qarorining 5-bandi beshinchi xatboshidagi “shaxsiy yordamchi” so‘zlari “fermer” so‘zi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
Ro‘YXATI
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston Kasaba soyuzlari respublika sovetining “Shaxsiy yordamchi xo‘jalikda shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan band bo‘lgan xotin-qizlarning mehnat stajlari to‘g‘risida” 1990-yil 27-fevraldagi 112-son qarori.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yer masalalari bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolarning xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ijroiya komitetlari tomonidan qoniqarsiz ko‘rib chiqilayotganligi to‘g‘risida” 1990-yil 9-apreldagi 164-son qarori.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Prezidentining “Respublika aholisining shaxsiy xo‘jaligidagi chorva mollari va parrandalarini ozuqa bilan ta’minlash hamda ularda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish bilan bog‘lik masalalar haqida” 1990-yil 26-maydagi 222-son qarori.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yerlarning davlat tomonidan hisobiga olinishi natijalari va ulardan foydalanishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1990-yil 29-iyundagi 253-son qarori.
5. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Kengashi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari jumhuriyat kengashining “Shaxsiy yordamchi, dehqon (fermer) xo‘jaliklarida shartnoma asoslarida mol boqish va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘lik bo‘lgan fuqarolarning mehnat staji to‘g‘risida” 1990-yil 17-avgustdagi 294-son qarori (O‘zSSR QT, 1990-y., 8-son, 26-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSR Prezidentining “Dehqonlarga shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish va ular uyushmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dehqon (fermer) xo‘jaliklarini rivojlantirish va mustahkamlash choralari haqida” 1991-yil 30-dekabrdagi 315-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 12-son, 41-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yerga oid nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 25-maydagi 246-son qarori.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika paxta zavodlarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish tartibi to‘g‘risida” 1992-yil 18-noyabrdagi 539-son qarori.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida 1994-yil 23-fevraldagi 87-son qarori.
11. O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 23-fevraldagi 88-son qarori.