Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.1999
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKADA DEHQON FERMER XOʻJALIKLARINI
YaNADA RIVOJLANTIRISh VA MUSTAHKAMLASh
ChORALARI HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 192-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada dehqon (fermer) xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash hamda davlat yoʻli bilan ishbilarmonlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash haqida” 1991-yil 29-noyabrdagi Farmoniga muvofiq, xoʻjalik yuritishning turli shakllarini rivojlantirish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqishini koʻpaytirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yuqorida qayd etilgan Farmonning 1-bandini bajarish maqsadida:
paxta va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari hajmlari boʻyicha topshiriqlarni belgilash va aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I. H. Joʻrabekov boshchiligida markaziy shtab tuzilsin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya qoʻmitalari raislari joylarda shunday shtablar tuzsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat suv xoʻjaligi qurilish qoʻmitasi, Davlat oʻrmon qoʻmitasi, “Uzplodoovoshchvinpromi” konserni va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi bilan birgalikda har bir kolxoz, sovxoz, boshqa qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlarining yerdan foydalanishini roʻyxatdan oʻtkazishni taʼminlasin;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, manfaatdor vazirliklar va idoralarning takliflariga koʻra dehqon (fermer) xoʻjaliklariga yer ajratish uchun kamida 2018 ming gektar maxsus yer fondi barpo etilsin.
Koʻrsatilgan yer fondini shakllantirish 1992-yilning 1-fevraliga qadar, yerlarni ajratish esa 1992-yilning 1-martiga qadar amalga oshirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Dehqonlar uyushmasi va “Uzselxozsnabremont” bilan birgalikda bir oy muddat ichida yer uchastkalarining maqbul hajmlarini, dehqon (fermer) xoʻjaliklarining tovar ishlab chiqarishi uchun qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa moddiy resurslarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlash yuzasidan tavsiyalar tayyorlasin va joylarga yuborsin. Ana shunday xoʻjalik yuritish istagini bildirgan fuqarolar orasida tanlov asosida dehqon (fermer) xoʻjaliklarini tashkil etish amalda sinab koʻrilsin. Tavsiyalar respublika va viloyat roʻznomalarida eʼlon qilinsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, nohiya ijroiya qoʻmitalari dehqon (fermer) xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratayotganda shunga asoslansinlarki, yerlarning hajmi ana shu xoʻjaliklarning mehnatga layoqatli tarkibining ixtisoslashuvi va sonini, tegishli ekishga yaroqli maydonlar, moddiy-texnika va moliya resurslarining mavjudligini hisobga olgan holda tovar ishlab chiqarishni samarali olib borishni taʼminlashi kerak.
4. Belgilansinki, dehqon (fermer) xoʻjaliklari yerlardan foydalanish yoki yerni ijaraga olishga shartnoma tuzish huquqini olish uchun davlat aktini olgan kundan boshlab mustaqil yuridik subyekt boʻlib ular kredit muassasalarida hisob-kitob schyotini ochish huquqiga ega boʻladilar, kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari qatorida koʻradilar, asosan oʻz kuchlari bilan va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan tovar xoʻjaligini yuritadilar.
Dehqon (fermer) xoʻjaliklari xodimlariga mehnat, ijtimoiy taʼminot va mehnatkashlarni ijtimoiy sugʻurta qilish haqidagi qonun joriy qilinadi.
5. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, yuqoridagi Farmonga binoan dehqon (fermer) xoʻjaliklari:
muqobil savdo tartibida zarur moddiy texnika resurslarini olgan holda, yetishtirilgan mahsulotning kamida 50 foizini respublika fondiga shartnoma narxlari boʻyicha yetkazib beradilar;
yetishtirilgan mahsulotning qolgan qismiga mustaqil ravishda egalik qiladilar, uni davlat tayyorlov tashkilotlariga kolxoz bozorlarida, kooperativ savdo tarmoqlarida va boshqa isteʼmolchilarga shartnoma narxlari boʻyicha sotadilar. Mahsulotlarni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish respublikada amalda boʻlgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi,
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Uzselxozsnabremont” orqali traktorlar, asbob-uskunalar, yonilgʻi-moylash, qurilish materiallari, mineral oʻgʻitlar va boshqa resurslar bilan taʼminlanadilar;
dastlabki ikki yilda foyda (daromad) soligʻidan ozod qilinadilar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi kolxozlar, sovxozlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan dehqon (fermer) xoʻjaliklariga zarur organik oʻgʻitlar ajratilishini taʼminlasin.
7. “Oʻzagroqurilish”, “Oʻzkolxozqurilish” dehqon (fermer) xoʻjaliklarining buyurtmalari boʻyicha ishlab chiqarish faoliyatini tartibga keltirish va uni yuritish uchun zarur boʻlgan obyektlar qurilishini amalga oshirsinlar.
8. “Oʻzdehqonchiliksanoatbank”ka tuman va qishloq (shaharcha) uyushmalarining taqdimnomasi boʻyicha shaxsiy yordamchi xoʻjalik egalariga chorva mollari, parranda, ozuqa, urugʻlik va qurilish materiallari sotib olish uchun bir oilaga 100 ming soʻmgacha naqd pul bilan kredit berishga ruxsat etilsin. Belgilansinki, bu kreditlar shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning nohiya va qishloq (posyolka) uyushmalari tavsiyasiga koʻra beriladi.
Dehqon (fermer) xoʻjaliklariga chorva mollari sotib olish uchun 50 ming soʻm atrofidagi kreditni Oʻzbekiston dehqonchilik-sanoat banki kolxoz, sovxoz yoki boshqa qishloq qoʻshma korxonasining kafolatiga asoslanib beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 23-dekabrdagi 608-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Uzplodoovoshchvinprom” konserni 1992-yilning 1-martiga qadar dehqon (fermer) xoʻjaliklarining moliya xoʻjalik faoliyati haqida tegishli statistik hisobotni ishlab chiqsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi 1992-yilning 20-yanvariga qadar amaldagi qonunchilik aktlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasinlar va kiritsinlar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Shaxsiy yordamchi xoʻjaliklari boʻlgan dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston SSJ Prezidentining Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1991-yil 19-apreldagi 107-son qarori 9-bandi 3-xatboshining amal qilishi bekor qilinsin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini Nazorat qilish Dehqonchilik-sanoat kompleksi (oʻrtoq Joʻrabekov)ga yuklatilsin. Uning qanday bajarilayotganligi 1992-yilning martida koʻrib chiqilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 30-dekabr,
315-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1991-y., 12-son, 41-modda)