Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 2-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda maʼqullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi OʻRQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi OʻRQ-982-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
4-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 59-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 81-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 211-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pora berish, yaʼni mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali mansabdor shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) juda koʻp miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;
v) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, u javobgarlikdan ozod etiladi”;
2) 212-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pora olish-berishda vositachilik qilish, yaʼni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirigʻi bilan porani bevosita berish, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha harakat:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon boʻlgan holda sodir etilgan boʻlsa, —
besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora olish-berishda vositachilik qilish:
a) haq evaziga;
b) juda koʻp miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini koʻzlab;
g) masʼul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan boʻlsa, javobgarlikdan ozod qilinadi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1983-modda bilan toʻldirilsin:
“1983-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritish, —
eng kam ish haqining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “198” raqamidan keyin “1983” raqami bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlar vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritilganligi fakti yoxud paxta xaridi boʻyicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida xoʻjalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazilganligi fakti aniqlangan taqdirda adliya organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadilar”;
ikkinchi qismidagi “xoʻjalik sudiga” degan soʻzlar “sudga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
4) 263-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“263-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi, shuningdek mazkur davlat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi OʻRQ-431-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 22-son, 407-modda)
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bankning normativ hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “aksiyadorlar jamiyati” degan soʻzlar “aksiyadorlik jamiyati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “ochiq aksiyadorlar jamiyatlari bundan mustasno” degan soʻzlar “aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “aksiyadorlar jamiyatidan” degan soʻzlar “aksiyadorlik jamiyatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 64-moddaning oʻzbekcha matnidagi “Aksiyadorlar jamiyati”, “aksiyadorlar jamiyati”, “aksiyadorlar jamiyatining” va “Aksiyadorlar jamiyatining” degan soʻzlar tegishincha “Aksiyadorlik jamiyati”, “aksiyadorlik jamiyati”, “aksiyadorlik jamiyatining” va “Aksiyadorlik jamiyatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 65 va 66-moddalar chiqarib tashlansin;
4) 68-moddaning birinchi qismidagi “ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan koʻprogʻiga ega boʻlsa” degan soʻzlar “ovoz beradigan aksiyalarning (ulushning) yigirma foizidan koʻprogʻiga ega boʻlsa” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 279-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda, № 12, 350-modda) 20-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “boshqalar” degan soʻz “boshqa shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sugʻurta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi auditorlar tomonidan tasdiqlangandan soʻng, hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayidan kechiktirmay eʼlon qilishi shart”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 2-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan oʻtish muddati bir yilni tashkil etadi”;
2) 18-moddaning yettinchi xatboshisidagi “besh yilda” degan soʻzlar “uch yilda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi 670-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 32-moddasining ikkinchi qismi “tovarlar” degan soʻzdan keyin “(ishlar, xizmatlar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi 717-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) 19-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Boʻysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat berish shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Sudga shikoyat berilganida ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni yoki qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar toʻxtatib turiladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan harakatlar yoki qarorlar bundan mustasno. Xoʻjalik yurituvchi subyekt sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida nazorat qiluvchi organni tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart”.
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri toʻgʻrisida”gi 725-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi”;
2) 19-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “ochiq” degan soʻz chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “aksiyadori” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi “toʻla yoki” degan soʻzlardan keyin “umumiy mulk huquqida” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 16-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “aksiyadori” degan soʻz chiqarib tashlansin.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi 258-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 54-moddaning oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi”;
2) 831-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshligʻining vazifalarini bajaradi”.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida”gi 308-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) 3-moddasining oʻninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xoʻjalik shirkati oʻzining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, oʻz emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi oʻzga vositalarga ega boʻlishga haqli”.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 22-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda) 12-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qoʻllanilishining maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda koʻrsatilgan tahliliy qiyosiy jadval”.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi 558-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) 7-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy korxona oʻzining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, oʻz emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi oʻzga vositalarga ega boʻlishga haqli”.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-60-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) qonunlar loyihalarini ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash nuqtai nazaridan, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi”;
quyidagi mazmundagi 61-band bilan toʻldirilsin:
“61) qonunlar loyihalarining ulardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoitlar yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asossiz xarajatlar qilishiga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini amalga oshiradi”;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlar loyihalarini tayyorlash zaruriyatiga oid masalalarning oldindan kelishib olinishini amalga oshiradi”;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tegishli boʻlinmalarining vakillari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari yoki idoralarning tegishli tarmoqlarning holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan vakillari, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga oʻz roziligiga koʻra kiritiladi”;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ishchi guruhining (komissiyasining) faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni, statistika maʼlumotlarini va oʻzga maʼlumotlarni olishga, qonun loyihasi yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, shuningdek ekspertlarning xulosalarini olishga haqlidir”;
ikkinchi qismidagi “Normativ koʻrsatmalar” degan soʻzlar “Huquqiy normalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “normativ koʻrsatmalar” degan soʻzlar “huquqiy normalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 22-moddaning matnidagi “normativ koʻrsatmalarning” degan soʻzlar “huquqiy normalarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “ilmiy-texnikaviy” degan soʻz “ilmiy” degan soʻz bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “taklif etilishi” degan soʻzlar “jalb etilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Inobatga olinmagan takliflar va mulohazalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda maʼlumotnoma tuziladi”;
6) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza oʻtkazilayotganda qonun loyihasi normalarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi”;
7) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qoʻllanilishining maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda koʻrsatilgan tahliliy qiyosiy jadval”.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Hakamlik sudlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-64-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 541-modda) 32-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi qismlar tegishincha ikkinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismdagi “hakamlik sudining daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqidagi ajrimi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar”;
oʻttiz ikkinchi xatboshisidagi “bitimlar tuzish orqali” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 5-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarning emissiya risolasi aksiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarordir”;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda.Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun yigʻim”;
uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi davlat aktivlari hisobiga koʻpaytirilganda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning chiqarilishi:
emissiya jarayonida qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari emitent tomonidan buzilganligi aniqlanganda, shuningdek emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishi haqida eʼlon qilingan axborotda notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan taqdirda ular bartaraf etilguniga qadar toʻxtatib turiladi;
ularning chiqarilishini toʻxtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek chiqarish toʻgʻrisidagi qarorda belgilangan muddatda mazkur chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarning 60 foizdan kam qismi joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb topiladi, mazkur chiqarilishdagi qimmatli qogʻozlarning kamida 30 foizi qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida joylashtirilgan hollar bundan mustasno;
sudning tegishli qarori mavjud boʻlgan taqdirda haqiqiy emas deb topiladi”;
5) 14-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qogʻozlarning faqat birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozoridagina oʻtkaziladi”;
6) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida qimmatli qogʻozlarga doir bitimlarni tuzish hamda roʻyxatdan oʻtkazish ularni yozma ravishda (qogʻozda) rasmiylashtirish zaruratisiz, elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlarga doir boshqa bitimlar yozma shaklda amalga oshiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak”;
7) 23-moddaning birinchi qismidagi “ochiq” degan soʻz chiqarib tashlansin;
8) 39-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Agar emitentning qimmatli qogʻozlari fond birjasining listingiga kiritilgan boʻlsa, ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni majburiy ravishda oshkor qilish faqat fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Fond birjasi ushbu moddada nazarda tutilgan axborot emitent tomonidan oʻz rasmiy veb-saytida eʼlon qilinganligi uchun haq undirishga haqli emas”;
9) 43-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investor mustaqil ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondining jami yigirma foizini va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qilishi shart”;
ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlik jamiyatlari va oʻzining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar tijorat banklari korporativ obligatsiyalarni quyidagi shartlarga rioya etgan holda”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi”.
28-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi idoralari xodimlarining darajali maxsus unvonlari toʻgʻrisidagi nizomni va Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi idorasi xodimlarini ragʻbatlantirish va ularning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 748-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 31-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xodimlarini ragʻbatlantirish va ularning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 282-I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 832–I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) VII boʻlimi.
29-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 15-moddasining 1, 4, 6 — 9-bandlari 2014-yilning 1-sentabridan eʼtiboran amalga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2014-yil 15-maydagi 94 (6024)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-may,
OʻRQ-372-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 22-son, 407-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son; 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)