O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq hamda aholining malakali tibbiy xizmatdan foydalanish va ijtimoiy himoyaga doir konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, shuningdek, tibbiy xizmatlarning sifatini yaxshilash uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, sog‘lom avlodni tarbiyalash, sog‘liqni saqlash tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga muvofiq holga keltirish maqsadida:
bepul tibbiy yordam ko‘rsatadigan va budjetdan moliyalanishi lozim bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati, 2-ilovaga* muvofiq;
bosqichma-bosqich pulli tibbiy xizmatlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari ro‘yxati, 3-ilovaga* muvofiq;
2001—2005-yillarda qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini rivojlantirish dasturi, 4-ilovaga* muvofiq;
shifokor kadrlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojlar, 5-ilovaga* muvofiq;
1999—2005-yillarda tibbiyot bilim yurtlarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish dasturlari, 6-ilovaga* muvofiq.
* 1 — 6 ilovalar rus tilida berilgan.
2. “Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasining tibbiyot-sanitariya qismi, Toshkent shahar tez Tibbiy yordam stansiyasi, respublika va Toshkent viloyat sanitariya aviatsiyasi negizida 7-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazini mintaqaviy filiallari bilan tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifi ma’qullansin.
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4985-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan —O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 152-modda)
7. 1998—2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishga doir asosiy chora-tadbirlar 10-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
8. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika Komissiyasi (bundan buyon Respublika komissiyasi deb yuritiladi) 11–ilovaga* muvofiq tuzilsin.
* 11-ilova rus tilida berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-iyuldagi PF-3767-sonli Farmoni tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 27-son, 246-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 6-yanvardagi PF-2171-sonli “Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 25-yanvardagi 36-sonli “Ibn Sino xalqaro jamg‘armasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida”gi qarori.