1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi | Tashkilotning taklif qilinayotgan (rasmiy) nomi | Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar |
1. | “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK | Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi | a) dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarishni, postmarketing nazoratini amalga oshirishni ta’minlaydi; b) dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi; v) davlat farmakopeyasini ishlab chiqadi; g) tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtiruvchi markaziy organ sifatida respublikadagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; d) tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini ishlab chiqadi; e) farmakologik nazoratni amalga oshiradi; j) tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazorati borasida metrologiya tekshiruvlarini tashkillashtiradi; z) tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi; i) huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatlari bo‘yicha farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi; k) dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning zararli ta’sirini tasdiqlovchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish chorasini ko‘radi. |
2. | Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi | Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi | a) tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni ta’minlaydi; b) tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqadi; v) litsenziatlarning tibbiy xizmatlar sifati, litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshiradi; g) tibbiyotning nodavlat sektorini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini hamda barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi; d) nodavlat tibbiyot tashkilotlarini xalqaro tan olingan akkreditatsiyadan o‘tkazishda qatnashadi va ularni qo‘llab-quvvatlaydi; e) xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlarini jalb qilish orqali mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini oshiradi va “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qiladi. |
3. | Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | Hamshiralar akademiyasi | a) oliy va professional ma’lumotli hamshiralarni tayyorlaydi, malakasini oshiradi va qayta tayyorlashni amalga oshiradi; b) oliy va professional ma’lumotli tibbiyot hamshiralarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi; v) hamshiralik ishini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi; g) davlat va nodavlat professional tibbiy ta’lim tashkilotlari maxsus fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishda qatnashadi. |
4. | Tibbiyot kollejlari (27 ta) | Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (27 ta). | a) umumiy amaliyot hamshirasi hamda ixtisoslashgan hamshiralarni tayyorlaydi; b) xorijiy davlatlarning tibbiyot kollejlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini tayyorlaydi. |
5. | “Xaridlar markazi” davlat muassasasi | “Xaridlar markazi” davlat muassasasi | “Xaridlar markazi” davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi, uning vazifa va funksiyalari saqlab qolinib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritadi. |
6. | “IT-Med” MCHJ | “IT-Med” davlat muassasasi | “IT-Med” davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi, uning vazifa va funksiyalari saqlab qolinib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritadi. |
4-ILOVA
Sanitariya-epidemiologiya hay’ati | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, “Navoiy KMK” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sanitariya-epidemiologiya xizmatlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Milliy referens laboratoriya | Respublika OITSga qarshi kurashish markazi | Respublika o‘lat profilaktika markazi | Respublika dezinfeksiya stansiyasi | Fuqaro aviatsiyasi obyektlarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari 14 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazlari 14 | Respublika o‘lat profilaktika markazi filiallari 3 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari 14 | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari* | OITSga qarshi kurashish markazlarining tumanlararo laboratoriyalar bazasidagi filiallari | Respublika o‘lat profilaktika markazi filiallarining bo‘linmalari 6 | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun mas’ullar |
|
I. Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish va qonunchilik bazasini tizimlashtirish | |||||
|
1. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish. |
1. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari va tizim tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash. 2. Tizim tashkilotlarining tuzilmalari, shtat birliklari hamda nizomlarini tasdiqlash. |
2023-yil 1-avgust |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
2. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibida tashkil etilayotgan davlat muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
Quyidagi davlat muassasalari faoliyatini tartibga solish yuzasidan nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi; Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi; Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi. |
2023-yil 1-avgust |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
3. |
Sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish. |
Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Aholi sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish: sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish; sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish; sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyatni tartibga solish; majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlarini joriy etish; majburiy tibbiy sug‘urtalash subyektlarini, ularning huquq va majburiyatlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni belgilash; sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini yaxlit hujjatda jamlash va boshqalar. Loyiha yuzasidan nufuzli xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini olish hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish choralarini ko‘rish. |
2024-yil 1-yanvar |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
II. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati | |||||
|
4. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini aholiga yaqinlashtirish. |
1. Quyidagilarni tashkil etish: 500 ta mahalla tibbiyot punktlari; 30 ta oilaviy poliklinika; 110 ta oilaviy shifokor punktlari. 2.Davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini tibbiy yordam ko‘rsatishning darajalari hamda turlari kesimida ishlab chiqish. 3. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida fizioterapiya xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va kunduzgi shifoxona o‘rinlari sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish. |
2023-yil davomida |
Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
5. |
Jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish. |
1. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, infarkt va insult kasalligi asoratlarini davolash, shikastlanish va jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng tiklanish hamda suyak-mushak tizimi kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlarni maxsus davolash (qayta tiklash muolajasi va tibbiy reabilitatsiya) tizimi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Bir-birini takrorlovchi tibbiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi bo‘linmalarni qisqartirish, xususiy sektorni jalb qilish hisobiga reabilitatsiya markazlari (bo‘linmalar, xonalar)ni tashkil etish. |
2023-yil 1-sentabr |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
6. |
Aholining profilaktik ko‘rik hamda maqsadli skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilishini ta’minlash. |
1. 13 milliondan ortiq aholini profilaktik ko‘rikdan, surunkali kasalligi bo‘lmagan 40 yosh va undan katta yoshdagi 6 milliondan ziyod aholini yurak qon-tomir va qandli diabet kasalligi, 3 milliondan ortiq ayollarni onkologik kasalliklar bo‘yicha maqsadli skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish. 2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni audioskrining hamda travmatolog-ortoped ko‘rigidan o‘tkazish ishlarini yo‘lga qo‘yish. 3. Homiladorlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni irsiy va tug‘ma kasalliklar bo‘yicha skriningdan o‘tkazish. |
2023-yil davomida |
Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
7. |
Immunizatsiya milliy dasturiga asosan bolalarni emlash tadbirlarini amalga oshirish. |
Bolalarni emlash kalendari bo‘yicha emlashni tashkil etish. |
2023-yil davomida |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
8. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari mutaxassislarining bilimlarini oshirish. |
Ambulator darajada aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘layotgan hamda statsionar darajada shifoxonaga joylashtirib davolanayotgan eng ko‘p tarqalgan kasalliklar va holatlar bo‘yicha mutaxassislarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitish. |
2023-yil davomida |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
9. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini namunaviy loyihalar asosida qurish va jihozlash. |
Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini qurish va jihozlashning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish. Kelgusida mazkur tibbiyot muassasalarini qurish va jihozlash tender savdolari natijasiga ko‘ra g‘olib deb topilgan namunaviy loyihalar asosida amalga oshirilishini nazarda tutish. |
2023-yil davomida |
Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
III. Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar | |||||
|
10. |
Ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘lamini yangi davolash va diagnostika usullari yordamida kengaytirish. |
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlar amaliyotiga 200 ta, ularning viloyat filiallarida 370 ta hamda tuman darajasida 150 turdagi yangi davolash va diagnostika usullarini joriy qilish. |
2023-yil davomida |
Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Sabirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
11. |
Hududlarda yuqori texnologiyali amaliyotlar sonini oshirish. |
Hududlarda kamida 15 ming nafar bemorga yuqori texnologiyali amaliyotlarni bajarish. |
2023-yil davomida |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Sabirov) |
|
12. |
Rekonstruktiv va plastik jarrohlik hamda transplantatsiya amaliyotlarini joriy qilish, transplantatsiyalar sonini ko‘paytirish. |
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislari yordamida hududlarda rekonstruktiv va plastik jarrohlik, jigar, yurak qon-tomir, oshqozon-ichak, ko‘krak qafasi jarrohligi, ko‘z mikroxirurgiyasi hamda transplantatsiya amaliyotlarini keng joriy etish. Buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini 350 tadan 500 taga, jigar transplantatsiyasini 20 tadan 50 taga yetkazish. |
2023-yil davomida |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Sabirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
13. |
Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari hududiy filiallarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
Vazirlik, hokimliklar va ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan imzolangan uch tomonlama shartnoma doirasida ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlar hududiy filiallarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
2023-yil yakuniga qadar |
Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Sabirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
14. |
Onkologik kasallikka chalingan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni rivojlantirish. |
“YEDSG‘” jamg‘armasi (Koreya) ishtirokidagi “Onkologiya xizmatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida taklif ishlab chiqish. |
2024-yil 1-avgust |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
IV. Onalik va bolalikni muhofaza qilish | |||||
|
15. |
Onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish. |
1. Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik dasturni ishlab chiqish. |
2023-yil 1-avgust |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Basitxanova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Bolalar, o‘smirlar va homilador ayollarni 7 turdagi vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash. 3. Homilador ayollar va bolalarga hududidan qat’i nazar, kafolatlangan bepul tibbiy xizmatdan foydalanish imkonini yaratish. 4. Onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida takrorlanuvchi xizmat turlarini optimallashtirish. |
2023-yil yakuniga qadar | ||||
|
16. |
Bolalar va reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini tiklash. |
1. Bolalarning to‘g‘ri o‘sishi va aqliy rivojlanishi, ayollarda kamqonlik va tug‘ma nuqsonlarning oldini olish maqsadida bolalar, o‘smir qiz va homilador ayollarni vitamin va dori vositalari bilan bepul ta’minlash. 2. Bolalar va reproduktiv yoshdagi ayollarsalomatligini tiklash uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Basitxanova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
V. Tibbiyot sohasini raqamlashtirish | |||||
|
17. |
Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish. |
1. Davlat tibbiyot muassasalarini zarur kompyuter texnikalari bilan ta’minlash: |
2023-2024-yillar davomida |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Fazilkarimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari | |
|
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1430 ta; Andijon viloyati — 2045 ta; Buxoro viloyati — 1737 ta; Jizzax viloyati — 2548 ta; Qashqadaryo viloyati — 2517 ta; Navoiy viloyati — 923 ta; Namangan viloyati — 2800 ta; Samarqand viloyati — 3609 ta; Surxondaryo viloyati — 2678 ta; Sirdaryo viloyati — 1775 ta; Toshkent viloyati — 3184 ta; Farg‘ona viloyati — 3423 ta; Xorazm viloyati — 3170 ta; Toshkent shahri — 880 ta; |
Respublika budjeti, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari | ||||
|
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1532 ta; Andijon viloyati — 2190 ta; Buxoro viloyati — 1862 ta; Jizzax viloyati — 946 ta; Qashqadaryo viloyati — 970 ta; Navoiy viloyati — 989 ta; Namangan viloyati — 1253 ta; Samarqand viloyati — 1365 ta; Surxondaryo viloyati — 1037 ta; Toshkent viloyati — 1406 ta; Farg‘ona viloyati — 1612 ta; Xorazm viloyati — 1481 ta; Toshkent shahri — 942 ta. |
Mahalliy budjet mablag‘lari | ||||
|
2. Davlat tibbiyot muassasalarini lokal tarmoqlar bilan ta’minlash. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri tibbiyot muassasalarida 2023-yil 1-iyulga qadar ichki lokal tarmoqlarini o‘rnatish ishlarini yakunlash. 3. Elektron sog‘liqni saqlash yagona platformasiga mavjud axborot tizimlarini integratsiya qilish talablarini ishlab chiqish. Bunda, 2023-yil 1-dekabrga qadar yagona elektron tibbiy karta, elektron shifoxona, elektron poliklinika va elektron retsept tizimlarini yo‘lga qo‘yish. 4. Fuqarolar uchun shaxsiy kabinet va mobil ilova yaratib, interaktiv xizmatlarni (shifokor qabuliga yozilish, yo‘llanma va boshqalar) joriy etish. |
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari | ||||
|
18. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida “Ochiq sog‘liqni saqlash” interaktiv portalini ishga tushirish. |
Interaktiv portalni ishga tushirish va quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirib, har chorakda yangilab borish: sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatiga doir tahliliy ma’lumotlar va normativ-hujjatlar; tibbiy yordam sifatiga oid axborotlar; davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari ro‘yxati; kasallanishga oid statistik axborotlar va boshqa ma’lumotlar. |
2023-yil yakuniga qadar |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, vazirlik va sog‘liqni saqlash muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Fazilkarimov) |
|
19. |
Mavjud tibbiy texnika va jihozlarning yagona elektron bazasini yaratish. |
Barcha davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lgan tibbiy texnika va jihozlarni xatlovdan o‘tkazish va ularning yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Fazilkarimov) |
|
20. |
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamni to‘liq hajmda ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasalarini zarur bo‘lgan tibbiy texnika va jihozlar bilan ta’minlash. |
Xalqaro moliya institutlarining grant hamda uzoq muddatli va imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilingan holda, zarur bo‘lgan tibbiy texnika va jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Fazilkarimov) |
|
21. |
“Qon xizmati” axborot tizimini amaliyotga joriy qilish. |
Qon bilan ishlash xizmatlarida lokal kompyuter tarmog‘ini yaratish va o‘zaro bog‘lash orqali “Qon xizmati” axborot tizimini amaliyotga joriy etish. |
2023-yil 20-noyabr |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Fazilkarimov) |
|
VI. Tibbiy ta’limni takomillashtirish, tibbiyot xodimlari bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni baholash va mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish | |||||
|
22. |
Tibbiy ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish. |
Tibbiy ta’lim, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishda quyidagilarni nazarda tutish: |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) | |
|
hamshira va feldsherlarni zarur ixtisoslik bo‘yicha ikki va uch yillik o‘quv dasturlari asosida tabaqalashtirilgan holda o‘qitish; xalqaro ekspertlar tavsiyalari asosida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish; yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘quv adabiyotlari asosida yangi avlod adabiyotlarini yaratish; |
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab | ||||
|
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari uchun ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan simulyator uskunalarini xarid qilish. |
2023 — 2025-yillar | ||||
|
23. |
Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirish. |
1. “YEDSG‘” jamg‘armasi (Koreya) ishtirokidagi “Tibbiyot universitetini tashkil qilish” loyihasi doirasida takliflar ishlab chiqish. |
2024-yil 1-avgust |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
2. Yetakchi xususiy klinikalarda klinik ordinatura dasturlari asosida tor doiradagi mutaxassislarni tayyorlashni tashkil qilish. |
Rejaga muvofiq | ||||
|
3. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘qish muddati to‘rt yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni joriy etish. |
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab | ||||
|
4. Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Buxoro davlat tibbiyot institutining filialini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil 1-avgust | ||||
|
24. |
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talaba va bitiruvchilarining bilimlarini ikki bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko‘nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimini joriy etish. |
Ikki bosqichli mustaqil baholash va ularning malakasini tasdiqlash tartibini ishlab chiqish. |
2024/2025 o‘quv yilidan |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
VII. Cog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish va xususiy sektordagi tibbiy xizmatlar sifati va ko‘lamini oshirish | |||||
|
25. |
Tibbiyotda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish. |
Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan kamida bitta sog‘liqni saqlash obyektini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish (rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash), jihozlash va ekspluatatsiya ishlarini tashkil qilish. |
2023-yil yakuniga qadar |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sabirov) |
|
26. |
Davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish. |
Davlat tibbiyot muassasalarini autsorsing tamoyillari asosida magnitrezonansli va multislaydli kompyuter tomograflari (MRT, MSKT) bilan ta’minlash maqsadida mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Mahalliy va xorijiy investitsiya mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Fazilkarimov) |
|
27. |
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalashni yo‘lga qo‘yish. |
1. Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy milliy akkreditatsiyalash tizimiga ulashni joriy etish hamda akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlar reyestrini yuritishni yo‘lga qo‘yish. 2. Akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot tashkilotlari va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni qo‘shimcha talablarsiz tuzish. |
2023-yil 1-avgustdan boshlab |
Ijrochilarning budjet tashqari mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Sabirov), Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi (Sharipov) |
|
VIII. Farmatsevtika bozorini tartibga solish, farmatsevtika mahsulotlarining xavfsizligi ustidan nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish | |||||
|
28. |
Dori vositalari xavfsizligini ta’minlash. |
1. Dori vositalarini ro‘yxatga olish, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish. Bunda, quyidagilar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish: farmatsevtika sohasida litsenziyalash talablarini zarur amaliyotlar (GxP) standartlari talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlarini litsenziyalash talablarida mos ravishda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”, “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” va “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” talablarini inobatga olish; farmatsevtika mahsulotlarining xavfsizligi ustidan nazorat tizimini kuchaytirish. |
2023-yil 1-avgust |
- |
Sog‘liqni saqlashvazirligi (Inoyatov) |
|
2. O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida farmatsevtika faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli organni o‘zgartirish bo‘yicha tegishli qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil 1-sentabr | ||||
6-ILOVA
|
T/r |
Funksiya |
Vakolatli organ |
Funksiyani xususiy sektorga o‘tkazish muddati |
|
1. |
178 ta tuman (shahar) profilaktik dezinfeksiya xizmati |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi |
2024-2025-yillar |
7-ILOVA
|
T/r |
Hudud nomi |
Kollej nomi |
Kollejlar negizida tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari |
|
1. |
Andijon viloyati |
Xo‘jaobod tibbiyot kolleji |
Xo‘jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
2. |
Asaka tibbiyot kolleji |
Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
3. |
Baliqchi tibbiyot kolleji |
Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
4. |
Buxoro viloyati |
G‘ijduvon tibbiyot kolleji |
G‘ijduvon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
5. |
Jizzax viloyati |
G‘allaorol tibbiyot kolleji |
G‘allaorol Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
6. |
Qashqadaryo viloyati |
Dehqonobod tibbiyot kolleji |
Dehqonobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
7. |
Navoiy viloyati |
Zarafshon tibbiyot kolleji |
Zarafshon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
8. |
Namangan viloyati |
2-Namangan tibbiyot kolleji |
2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
9. |
Pop tibbiyot kolleji |
Pop Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
10. |
Chust tibbiyot kolleji |
Chust Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
11. |
Samarqand viloyati |
Payariq tibbiyot kolleji |
Payariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
12. |
So‘zangaron tibbiyot kolleji |
So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
13. |
Surxondaryo viloyati |
Sho‘rchi tibbiyot kolleji |
Sho‘rchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
14. |
Sirdaryo viloyati |
Guliston tibbiyot kolleji |
Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
15. |
Yangiyer tibbiyot kolleji |
Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
16. |
Toshkent shahri |
2-Respublika tibbiyot kolleji |
2-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
17. |
Sergeli tibbiyot kolleji |
Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
18. |
Toshkent viloyati |
Chirchiq tibbiyot kolleji |
Chirchiq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
19. |
Angren tibbiyot kolleji |
Angren Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
20. |
Farg‘ona viloyati |
Buvayda tibbiyot kolleji |
Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
21. |
2-Farg‘ona tibbiyot kolleji |
2-son Farg‘ona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
22. |
Farg‘ona tumani tibbiyot kolleji |
Farg‘ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
23. |
Qo‘qon tibbiyot kolleji |
Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
24. |
Xorazm viloyati |
Xiva tibbiyot kolleji |
Xiva Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
25. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
Nukus 2-tibbiyot kolleji |
2-son Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |
|
26. |
To‘rtko‘l tibbiyot kolleji |
To‘rtko‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi | |
|
27. |
Ellikqal’a tibbiyot kolleji |
Ellikqal’a Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi |