1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.14.00 Bozorlarda savdo]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ChILONZOR BUYuM BOZORI” OChIQ AKSIYADORLIK JAMIYATI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish, savdoning zamonaviy usullariga oʻtish va sotuvchilar va xaridorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qarori bilan “Otchopar buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta nomlanganligi;
bozorni rekonstruksiya qilish tugallanganligi, savdo oʻrinlarini ijaraga olish huquqi uchun kimoshdi savdolari oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida savdo faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va ularga chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun ruxsat guvohnomalari berilishini taʼminlasin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga turgʻun savdo shoxobchalari berilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq ijara haqi, yakka tartibdagi tadbirkorlarga savdo joylari berganlik uchun bir martalik yigʻim miqdorlarini va bozor tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatini belgilasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
bozorda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishi hamda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq toʻlanishi ustidan qattiq nazoratni;
oʻn kun muddatda “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning maxsus toʻplami nashr etilishini va uning yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasida tarqatilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bozor hududida jamoat tartibi va mol-mulk qoʻriqlanishini, pasport rejimiga, yoʻl harakati xavfsizligiga va yongʻin xavfsizligiga rioya qilinishiga doir profilaktika tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operativ tadbirlar oʻtkazish yoʻli bilan bozorga kontrabanda tovarlari kirib kelishining oldini olsin.
6. Tijorat banklariga oʻzaro hisob-kitoblarning zamonaviy usullarini joriy etgan holda “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozori hududida filiallar ochish tavsiya etilsin.
7. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorda belgilangan tartibga muvofiq “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyatining 2003-yil 1-fevraldan boshlab faoliyat koʻrsatishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar “Otchopar buyum bozori” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati hududida jismoniy shaxslarning savdo faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 18-maydagi 218-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov va Toshkent shahar hokimi R.M. Shoabdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-yanvar,
40-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 23-yanvardagi 40-son qaroriga ILOVA
“Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida savdo faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Nizom “Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida (keyingi oʻrinlarda bozor deb ataladi) savdo faoliyatini tashkil etishni taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan hamda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chakana savdoni roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibotini tartibga soladi.
1.2. Bozorda isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishga:
savdo qilish huquqi uchun (faqat yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan) belgilangan tartibda berilgan ruxsat guvohnomasiga ega boʻlgan;
(1.2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
bozorda savdo oʻrnini ijaraga olish shartnomasini tuzgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar kiritiladi.
1.3. Bozorning ish tartibi:
bozor har kuni soat 8-00 dan 18-00 gacha, yoz davrida esa soat 19-00 gacha ishlaydi;
bozor hududiga kirish bepul;
dam olish (sanitariya ) kuni — dushanba;
tadbirkorlik subyektlari ish oʻrinlarini tayyorlash uchun bozorga ertalab soat 6-00 dan boshlab kiritiladi.
1.4. Bozordagi savdo oʻrinlari soni Toshkent shahar hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
1.5. Toshkent shahar hokimligi bozor tomonidan taqdim etiladigan maʼlumot asosida mavjud boʻsh savdo oʻrinlarining doimiy tezkor hisobini yuritadi.
1.6. Bozorda oziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilishga belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali ruxsat etiladi.
II. Hujjatlarni rasmiylashtirish va bozorda chakana savdoni amalga oshirish tartibi
(2.1.1-2.1.6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
2.1.7. Tovarlarni chakana sotish yuridik shaxslar tomonidan faqat turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qoʻllangan holda amalga oshirilishi mumkin. Chakana savdoni koʻchma ravishda (doʻkonchalarda) amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.1.8. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan hollarda sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishlari shart. Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotishda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
2.1.9. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2.2. Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan turgʻun chakana savdo shoxobchalari orqali:
2.2.1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo faoliyati bilan faqat chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ruxsat guvohnomasi olgan taqdirda shugʻullanishlari mumkin.
2.2.2. Chakana savdo faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasini olish uchun yakka tartibdagi tadbirkor bozor joylashgan joydagi hokimlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:
yakka tartibdagi tadbirkor sotishni moʻljallayotgan tovarlar guruhlari koʻrsatilgan ariza;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
ijara shartnomasi yoki yakka tartibdagi tadbirkorning bozor hududida turgʻun chakana savdo shoxobchasi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat;
nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining maʼlumotnomasi;
savdoni amalga oshirish huquqi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatining nusxasi.
2.2.3. Ruxsat guvohnomasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat tovarlarning saqlanishini, sortlarga ajratilishini va chakana sotish uchun qadoqlanishini taʼminlovchi oʻzining yoki bozordan ijaraga olingan, savdo asbob-anjomlari bilan jihozlangan chakana savdo shoxobchalari mavjud boʻlganda berilishi mumkin.
2.2.4. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
2.2.5. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar guruhlari majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
2.2.6. Ruxsat guvohnomasi belgilangan tartibda shartnomada (arizada) koʻrsatilgan savdo huquqi uchun haq toʻlangan muddatga, lekin bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
2.2.7. Ruxsat guvohnomasi savdo qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari taqdimnomasiga koʻra, ruxsat guvohnomasini bergan hokimlik tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
2.2.8. Ruxsat guvohnomasining amal qilishi hafta mobaynida savdo aylanmasi mavjud boʻlmagan yoki naqd pul tushumini inkassatsiya qilish qoidalari buzilgan taqdirda davlat soliq xizmati organi taqdimnomasiga koʻra, xizmat koʻrsatuvchi bank axboroti asosida toʻxtatib turilishi mumkin. Hokimlik ruxsat guvohnomasining amal qilishini tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan taqdirda tiklashi mumkin.
2.2.9. Tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan turgʻun savdo shoxobchalari orqali, nazorat-kassa mashinalari majburiy qoʻllangan, tovar operatsiyalari va daromadlar hisobi yuritilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
2.2.10. Tovarlarni savdo shoxobchasidan tashqarida, shu jumladan doʻkonchalarda sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2.2.11. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarning sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan hollarda sotilayotgan tovarlarning muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishlari shart.
Sotiladigan tovarlar vitrinalarga qoʻyilgan boʻlishi va kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchisi va narxi koʻrsatilgan narxnomalarga ega boʻlishi kerak. Yaroqlilik muddatiga ega boʻlgan tovarlarni sotish chogʻida narxnomalarda yaroqlilik muddati ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
2.2.12. Chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
2.3 Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bozor tomonidan berilgan (turgʻun boʻlmagan) joylar orqali:
2.3.1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar bozorda chakana savdoni faqat quyidagilar boʻyicha amalga oshirish huquqiga egadirlar:
yakka tartibdagi tadbirkorlarning bevosita oʻzlari keltirishgan import tovarlar, tegishli hujjatlar mavjud boʻlganda;
oʻzlari tayyorlagan (sotilishi taqiqlanmagan) tovarlar;
ushbu tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan yozma shartnomalar asosida sotib olingan tovarlar.
2.3.2. 3-ilovaga muvofiq ruxsat guvohnomasi olish uchun yakka tartibdagi tadbirkor bozor joylashgan joydagi hokimlikka quyidagilarni taqdim etishi zarur:
yakka tartibdagi tadbirkor chakana savdoda sotishni moʻljallayotgan tovarlar guruhlari koʻrsatilgan ariza;
yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
bozor bilan tuzilgan shartnoma nusxasi yoki bozorning yakka tartibdagi tadbirkorga savdo joyi berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
savdo huquqiga yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjati nusxasi.
2.3.3. Ruxsat guvohnomasi faqat yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning buyum bozorlarida chakana savdoni amalga oshirish tartibi, savdo qoidalari, chakana savdo sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, keltirilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi, shuningdek qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlik choralari bilan tanishligi yozma ravishda tasdiqlangandan keyin beriladi.
2.3.4. Ruxsat guvohnomasida ushbu guvohnoma bilan chakana sotishga ruxsat berilgan tovarlar guruhlari majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
2.3.5. Ruxsat guvohnomasi belgilangan tartibda shartnomada (arizada) koʻrsatilgan savdo huquqi uchun haq toʻlangan muddatga, lekin uch oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
2.3.6. Ruxsat guvohnomasi savdo qoidalari buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari taqdimnomasiga koʻra, ruxsat guvohnomasini bergan hokimlik tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
2.3.7. Bozorda tovarlarni chakana sotish yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari qoʻllamasdan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tovar operatsiyalari va daromadlar hisobini majburiy ravishda yuritgan holda amalga oshirilishi mumkin.
2.3.8. Import tovarlarni chakana sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkor sifatida, eksport-import operatsiyalarini va chakana savdoni amalga oshirish huquqi bilan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak hamda uning respublika hududiga tovarlar keltirganligini va ularning bojxonada rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga, muvofiqlik sertifikatlariga, bojxona toʻlovlari va qatʼiy belgilangan soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlishi shart.
(2.3.8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 16-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 5-son, 19-modda)
2.3.9. Oʻzi tayyorlagan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarish sharoitlarining mavjudligini tasdiqlovchi va davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan berilgan hujjatlarga ega boʻlishi shart.
2.3.10. Mazkur tovarlarni ishlab chiqargan boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan tovarlarni chakana sotishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkor-ishlab chiqaruvchi bilan tuzilgan sotilayotgan tovarlarning oldi-sotdi shartnomasiga ega boʻlishlari shart. Shartnomada quyidagi rekvizitlar majburiy tartibda koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
yakka tartibdagi tadbirkorlar — sotuvchi va sotib oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;
yakka tartibdagi tadbirkorlarning — sotuvchi va sotib oluvchi pasportlarining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning tartib raqami va berilgan sanasi hamda guvohnomani bergan davlat hokimiyati organlari;
soliq toʻlovchilarning va roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organining indentifikatsiya raqamlari;
bank muassasasida hisob raqamlari mavjud boʻlgan taqdirda bank rekvizitlari.
2.3.11. Bozorda chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni soliqqa tortish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Ushbu Nizomga rioya etilishi yuzasidan javobgarlik va nazorat
3.1. Savdo faoliyatini ruxsat guvohnomasisiz yoxud uning amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki u olib qoʻyilgan davrda amalga oshirish faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish hisoblanadi va buning uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllanadi.
3.2. Savdo qoidalari buzilganda, sanitariya normalari va yongʻin xavfsizligi qoidalari bajarilishi taʼminlanmaganda, savdoni amalga oshirish huquqi uchun yigʻim yoki tovarlarning alohida turlari bilan savdoni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya yigʻimi toʻlanmaganda ruxsat guvohnomasi qoida buzilishlari bartaraf etilgunga qadar olib qoʻyilishi mumkin.
3.3. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlariga yuklanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
“Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida chakana savdo faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Chilonzor tumani hokimligi
Blankaning seriyasi va tartib raqami
Chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun
RUXSAT GUVOHNOMASI
(turgʻun savdo shoxobchasi)
200 _____ yil ____________________ № _____
Surat oʻrni
_________________________________________________________ ga berildi. (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)
Pochta manzili ___________________________________________________________________
Pasport seriya _____ № ________________
________________ da __________________
tomonidan berilgan
_________________________________________________________ joylashgan (yakka tartibdagi turgʻun chakana savdo shoxobchasi orqali amalga oshirilganda toʻldiriladi)
turgʻun savdo shoxobchasi____________________________________________________ orqali
_________________________ tovar guruhlari bilan chakana savdoni amalga oshirish huquqi berildi.
Nazorat-kassa mashinasi _____________________________ davlat soliq inspeksiyasida
______________________ tartib raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
M.Oʻ
Imzo ________________
“Chilonzor buyum bozori” ochiq aksiyadorlik jamiyati bozorida chakana savdo faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI Chilonzor tumani hokimligi
Blankaning seriyasi va tartib raqami
Chakana savdoni amalga oshirish huquqi uchun
RUXSAT GUVOHNOMASI
(turgʻun boʻlmagan savdo shoxobchasi)
200 _____ yil ____________________ № _____
Surat oʻrni
_________________________________________________________ ga berildi. (yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi)
Pochta manzili ____________________________________________________________________
Pasport seriya _____ № __________________
__________________________ tomonidan berilgan
Soliq toʻlovchi identifikatsiyasi raqami _____________________________________________________ ________________________________________________________ joylashgan (yakka tartibdagi turgʻun chakana savdo shoxobchasi orqali amalga oshirilganda toʻldiriladi)
turgʻun savdo shoxobchasi____________________________________________________ orq�li