Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2352]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (O. Hakimov) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Jinoiy, maʼmuriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi (N. Toychiyev), Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi (A. Shodiboyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-aprel,
83-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
USLUBIY KOʻRSATMALAR
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
I bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb yuritiladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (keyingi oʻrinlarda loyihalar deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishga ham tatbiq etiladi, ushbu Uslubiy koʻrsatmalarning 30 va 34-bandlari bundan mustasno.
Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida kelishish qismi qonun hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan loyihalarga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II, 150-II-son qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
II bob. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga loyihalarni kiritish vakolatiga ega boʻlgan organlar
3. Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan (keyingi oʻrinlarda ishlab chiquvchilar deb yuritiladi) kiritilishi mumkin.
Bir nechta ishlab chiquvchilar tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan loyihalar, loyihani ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqqan ishlab chiquvchining birinchi rahbari tomonidan kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi dasturlari (keyingi oʻrinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturi deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturi va rejalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi topshiriqlari ijrosi yuzasidan bir nechta ishlab chiquvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha, topshiriqda birinchi boʻlib koʻrsatilgan ishlab chiquvchi tomonidan kiritiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga boʻysunuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ushbu tashkilotlarning yuqori turuvchi organlari tomonidan kiritiladi. Tuman (shahar) hokimlari, shuningdek mustaqil tashkilotlar (bevosita ularning faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha) tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan kiritiladi.
III bob. Loyihalarni tayyorlashni tashkillashtirish
5. Ishlab chiquvchilar loyihalarni, qonun loyihalariga doir ishlar dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturi va rejalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosi yuzasidan, shuningdek oʻz tashabbuslari bilan tayyorlaydilar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Qonun loyihalarini ishlab chiqish reja-grafik asosida amalga oshiriladi. Reja-grafik, agar qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriqda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish ham reja-grafik asosida amalga oshirilishi mumkin.
Reja-grafikni ijro etishning borishi monitoringi yuridik xizmat tomonidan amalga oshiriladi va monitoring natijalari har oyda muhokama qilish uchun ishlab chiquvchining rahbariga kiritiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
52. Loyihalarni ishlab chiqish reja-grafigi toʻrtta grafadan iborat (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 1-ilova):
tartib raqami;
chora-tadbirlar;
ijro muddati;
masʼul ijrochilar.
(51-52-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 20-moddasiga muvofiq loyihani tayyorlashda loyihani ishlab chiquvchi organ:
qonun hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi;
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini oʻrganadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Loyihani ishlab chiquvchi organ, ishlab chiqilayotgan loyihaning turini belgilashi lozim. Bunda, normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organ vakolati va Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 8, 10 va 11-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga eʼtibor qaratish lozim.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni qonunosti hujjatlarini qabul qilish yoki maʼmuriy usullar orqali tartibga solish taqiqlanadi.
Qonunosti hujjatlarining loyihalariga jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik belgilovchi huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 18-sentabrdagi 203-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-9, 18.09.2020-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2020-y., 10/20/2352-9/1304-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan yoki muhim ahamiyat kasb etuvchi hujjatlari loyihalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari koʻrinishida tayyorlanadi, tezkor va boshqa joriy masalalar boʻyicha qarorlari esa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalari koʻrinishida tayyorlanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-iyundagi 172-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-2, 30.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 332-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Loyihani ishlab chiqish jarayonida, uning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzaro nisbati oʻrganiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Loyihani tayyorlash bevosita ishlab chiquvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ishlab chiquvchining qaroriga koʻra ishchi guruh (komissiya) tuzilishi mumkin. Ishchi guruhlarni (komissiyalarni) tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror ularning shaxsiy tarkibi koʻrsatilgan holda ishlab chiquvchining rahbari tomonidan qabul qilinadi. Ishchi guruhning (komissiyaning) tarkibiga ishlab chiquvchining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar yoki idoralarning tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan xodimlari, boshqa manfaatdor davlat organlari, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ularning roziligi bilan kiritiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 12-fevraldagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3496, 12.02.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son)
Loyihani tayyorlash boʻyicha ishchi guruhning tarkibiga kiritilayotgan shaxslar loyiha tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari va rejalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosi yuzasidan ishlab chiqilayotgan loyihaning huquqiy tartibga solish predmeti bilan faoliyati u yoki bu jihatdan bogʻliq boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ishlab chiquvchining murojaati boʻyicha loyihani tayyorlashda oʻzining mutasaddi vakili ishtirokini taʼminlashi shart.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Ishlab chiquvchi loyihani tayyorlashda belgilangan tartibda oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarni, shuningdek mustaqil ekspertlarni jalb qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, loyihani tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqlidir.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
12. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari va rejalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosi yuzasidan tayyorlanayotgan loyihalar, qoida tariqasida, ushbu topshiriqlar doirasida amalga oshirilishi lozim.
13. Loyiha tayyorlanishini tashkil qilish uchun ishlab chiquvchi tomonidan loyihani tayyorlash va kiritish boʻyicha ish rejasi tasdiqlanadi.
Ish rejasida loyihani tayyorlash bosqichlari, loyihani tayyorlash va kiritish muddatlari, ishchi guruhi (komissiya) tashkil etilganda — ishchi guruhi (komissiya) aʼzolarining funksiyalari belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Ishchi guruhi (komissiya) faoliyatini taʼminlash uchun ishlab chiquvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlardan loyihani tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar, statistik va boshqa maʼlumotlarni olishga, loyiha yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalarini, shuningdek ekspertlar xulosalarini olishga haqli.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
15. Ishlab chiquvchi, ishchi guruh (komissiya) qonunning konsepsiyasini tayyorlash uchun tadqiqotlar olib boradi. Ishlab chiquvchi, ishchi guruh (komissiyasi) tadqiqotlarni olib borishda:
loyihaning huquqiy tartibga solish predmetiga taalluqli boʻlgan statistik, tahliliy, axborot materiallarni toʻplaydi;
loyiha predmeti bilan oʻxshash munosabatlarni tartibga soluvchi, shuningdek boshqa munosabatlarni xuddi shunday tartibga solishni belgilovchi qonunchilikni oʻrganadi;
Oldingi tahrirga qarang.
faoliyati loyihaning huquqiy tartibga solish predmeti bilan u yoki bu jihatdan bogʻliq boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fikrini soʻraydi;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220-III/KQ-41-III-son Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini oʻtkazish uslubiyotiga muvofiq xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalari va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatgan holda tahliliy qiyosiy jadval tayyorlaydi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda loyihaning predmetiga taalluqli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish zarurligi boʻyicha jamoatchilik fikrini, shuningdek ilmiy muassasalarning, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning loyiha predmeti haqidagi fikrlarini oʻrganadi va natijalari boʻyicha maʼlumotnoma, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot materiallari tayyorlaydi.
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tadqiqotlar natijasi boʻyicha ishlab chiquvchi, ishchi guruh (komissiya) tomonidan qonunning konsepsiyasi, shuningdek zarurat boʻlganda maʼlumotnomalar, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot-tahliliy materiallari tayyorlanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
Qonunning konsepsiyasini ishlab chiqishga konsepsiyani tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qonun konsepsiyasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti;
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho;
qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari;
qonun loyihasining asosiy qoidalari;
boʻlajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmetini belgilashda konsepsiyada qonun loyihasining mazmuni, u erishishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalar va maqsadlar, u tartibga solishi kerak boʻlgan ijtimoiy munosabatlar ochib beriladi, shuningdek uning amal qilishi tatbiq etiladigan qoʻllash sohasi, huquqiy munosabatlar subyektlarining vakolatlari (huquqlari va majburiyatlari) bayon qilinadi.
172. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy tavsifida va uning holatini baholashda ushbu sohada amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning holati aks ettiriladi, xususan:
tegishli sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
qonun hujjatlaridagi boʻshliqlar va ziddiyatlar, eskirgan, amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samarasiz yoxud amalga oshirish mexanizmiga ega boʻlmagan qoidalarning mavjudligi;
huquqiy jihatdan tartibga solishning mavjud kamchiliklarini bartaraf etishning oqilona va eng samarali usullari;
xalqaro huquqning umumiy eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek xorijiy mamlakatlarda huquqiy jihatdan tartibga solish tajribasi;
statistika, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, shuningdek boshqa ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish natijalari;
boʻlajak qonunni amalga oshirish uchun qabul qilinishi zarur boʻlgan qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati koʻrsatiladi.
173. Qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyatining asoslarida qonunni qabul qilish zarurligidan dalolat beruvchi dalillar bayon qilinadi.
Bayon qilinadigan dalillar aniq, asoslangan boʻlishi va muammoning amaldagi qonun hujjatlarining takomillashmaganligi bilan sabab-oqibat aloqasi belgilanishi kerak. Shuningdek qonun loyihasi tegishli boʻlgan qonun hujjatlari tarmogʻi, u amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari qoidalari, shuningdek huquqiy tizim uchun uning ahamiyati koʻrsatiladi.
174. Qonun loyihasining asosiy qoidalarida boʻlajak qonunda belgilanadigan qoidalar, qisqa mazmuni bilan birgalikda uning namunaviy tuzilmasi, imkoniyat boʻlganda boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar va moddalar bayon qilinadi.
175. Boʻlajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini taxmin qilinayotgan oqibatlar va uni amalga oshirishning kutilayotgan pirovard natijalari tavsifini oʻz ichiga oladi. Bunda boʻlajak qonun amalga oshirilishining nafaqat ijobiy, balki boʻlishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlari hisobga olinishi kerak. Boʻlajak qonunning huquqiy oqibatlarini prognozlashtirishda, zaruriyat boʻlganda, uning ijro etilishini taʼminlaydigan maʼmuriy-huquqiy, sud-huquqiy mexanizmlar ham hisobga olinadi.
176. Ishlab chiquvchi konsepsiyada boshqa zarur maʼlumotlarni ham koʻrsatishi mumkin.
Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriqda oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, ishlab chiquvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, shundan keyin qonun loyihasining bevosita matni tayyorlanadi.
Zaruriyat boʻlganda, konsepsiya yuqori turuvchi organlar bilan oldindan kelishilishi mumkin.
(171 — 176-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) asosan kiritilgan— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
IV bob. Qonunosti hujjatlari loyihalarining matni va tuzilmasiga boʻlgan umumiy talablar
18. Loyihaning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan boʻlishi lozim. Loyihaning matni turlicha sharhlash va talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
19. Loyihada foydalaniladigan tushunchalar va atamalar qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan holda bir xilda qoʻllaniladi.
20. Loyihada quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ogʻzaki nutq shakllari;
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda;
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
abbreviatura va qisqartmalar (umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar, shuningdek qonunosti hujjatlarining ilovalaridagi tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari bundan mustasno).
21. Loyihada qonunchilikda mavjud boʻlmagan tushuncha va atamalar, shuningdek texnikaviy va boshqa maxsus atamalardan foydalanilganda, ularning taʼrifi beriladi. Qonunchilik amaliyotiga muvofiq umumqoʻllaniladigan tushunchalarga taʼrif berish talab etilmaydi.
22. Tushuncha yoki atamaning taʼrifi uning mazmunini toʻliq ochib berishi kerak. Tushuncha yoki atamani aynan shu tushuncha yoki atama bilan, shuningdek oʻzlari taʼriflanishga muhtoj boʻlgan boshqa tushuncha va atamalar orqali taʼriflashga yoʻl qoʻyilmaydi.
23. Loyihada koʻp marotaba qoʻllanilgan uch va undan ortiq tushunchaga taʼrif berish zarurati boʻlganda, ular alohida bandda va loyiha matnining boshida keltiriladi.
24. Soʻz birikmalari bir necha marotaba qoʻllanilgan taqdirda, ular birinchi bor qaysi bandda qoʻllanilgan boʻlsa (kichik bandda, xatboshida) oʻsha bandda toʻliq tahrirda bayon qilinadi va mazkur tushunchaning loyihaning keyingi oʻrinlarida qoʻllaniladigan qisqartirilgan taʼrifi qavs ichida bosh kelishikda koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Loyihada qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta takrorlanmaydi.
Zarur hollarda loyihada yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda aks ettiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Loyiha matnida normativ-huquqiy hujjatlarga boʻlgan havolalar huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollarda yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchun kiritiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Har bir havola loyiha boʻyicha tayyorlanayotgan tushuntirish xatida normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari, uning havola qilinayotgan tuzilmaviy birliklari koʻrsatilgan holda, asoslantirilishi lozim.
Loyihada quyi yuridik kuchga ega boʻlgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Qonunchilikda mavjud boʻlmagan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatga havola qilinishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonunchilikda mavjud boʻlmagan quyi yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatga havola faqatgina havola qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatning maʼlum bir muddatda ishlab chiqilishi va qabul qilinishi tayyorlanayotgan loyihada yoki qonunchilikda tegishli ishlab chiquvchilarga topshirilgan taqdirdagina qilinishi mumkin. Bunda tushuntirish xatida mazkur havolaga boʻlgan zarurat tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati keltirilgan holda batafsil asoslantirilishi shart.
28. Qonunchilik majmuiga yoki oʻrnatilgan tartibga havola qilingan holda, loyihaning tushuntirish xatiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik faoliyati subyektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlariga javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan loyihalarda ularning kuchga kirish muddati sifatida rasman eʼlon qilingan kundan boshlab uch oydan kam boʻlmagan muddat koʻrsatilishi lozim.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-iyundagi 172-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-2, 30.06.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 332-modda)
29. Loyihaning tuzilishi, loyihani huquqiy tartibga solish predmetini mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini taʼminlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hajmiga koʻra normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga boʻlinadi: boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar.
Ikkinchi va keyingi xatboshilarni boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boʻlimlar rim, kichik boʻlimlar va boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
291. Quyidagi tuzilmaviy birliklarning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
agar normativ-huquqiy hujjatda boblar boʻlmasa, “boʻlim” birligini;
agar normativ-huquqiy hujjatda boʻlimlar boʻlmasa, “kichik boʻlim” birligini;
agar normativ-huquqiy hujjatda band boʻlmasa, “kichik band” va “xatboshi” birliklarini.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
30. Har bir ishlab chiqilayotgan loyiha nomga ega boʻlishi lozim. Uning nomi qisqa, aniq bayon etilishi va mazmunini oʻzida aks ettirishi lozim.
31. Loyiha uni qabul qilish maqsadlari va sabablarini tushuntirishdan iborat boʻlgan, loyihaning boshlanishida joylashtiriladigan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Loyihaning muqaddimasi uning mazmunini mantiqiy rivojlantiruvchi bir nechta xatboshilarda bayon etilishi mumkin va mustaqil huquqiy normalarni oʻz ichiga olmasligi, bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
32. Loyihaning muqaddimasida qonun hujjati asosida, ijrosi yuzasidan yoki rivojlanishi boʻyicha tayyorlanayotgan tegishli normativ-huquqiy hujjat (zarur boʻlganda uning tuzilmaviy birligi) koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Loyihada huquqiy normalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qoʻyilgan bandlar koʻrinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega boʻlmaydi.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Bandlar loyihaning boshidan oxirigacha ketma-ket raqamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Loyihaning huquqiy normalarini ikkitali raqamlashga yoʻl qoʻyilmaydi (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a” va h. k.).
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Loyihaning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normaga ega boʻlishi lozim. Loyihaning har bir mustaqil bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
Loyihaning qaror qismida eng muhim boʻlgan huquqiy normalar kiritiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
35. Bandlar kichik bandlar va xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
36. Kichik bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari yoki kichik harflar bilan belgilanadi (masalan, 1), 2), 3) yoki a), b), v) va shu kabilar). Loyiha qanday tilda tayyorlanayotgan boʻlsa, harflar ushbu til alifbosi boʻyicha ketma-ketlikda bayon qilinishi lozim.
37. Kichik bandlar faqatgina xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Loyihaning bandida bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik band bilan bogʻliq boʻlmagan) xatboshilarning bayon etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
39. Loyihaga nizomlar, qoidalar, reglamentlar, talablar, turli xil roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, tariflar, xaritalar, sxemalar, tuzilmalar, hujjatlarning, blankalarning namunalari, shuningdek tavsiyaviy xususiyatdagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin.
40. Loyihaning qaror qismidagi bandlari (kichik bandlar, xatboshilar) bilan mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 39-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni tasdiqlash yoki maʼqullash nazarda tutilgan boʻlsa, loyihaning tegishli tuzilmaviy birligi va u tomonidan tasdiqlanayotgan (maʼqullanayotgan) hujjatning nomi bir-biriga mos ravishda bayon etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Ilovalarning va ular taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning normalari bir xil yuridik kuchga ega.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
42. Tushunchalarning taʼrifi, belgilanayotgan normalarni amalga oshirish mexanizmlari loyihaning tarkibiy qismi hisoblanuvchi ilovalarda, qoida tariqasida, nizom va qoidalar koʻrinishida bayon etiladi.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan oʻzaro tizimli bogʻlangan qoidalarni oʻrnatishdan iborat.
Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni oʻrnatishdan iborat.
43. Boʻlimlardan iborat boʻlgan ilovalar izchil ketma-ketlikda raqamlangan bandlarga ega boʻladi. Boʻlim rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga va nomiga ega boʻladi.
44. Tayyorlangan loyiha grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan tekshiriladi.
Loyihaning matnida oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
V bob. Qonunosti hujjatlarining loyihalarini rasmiylashtirish
45. Loyihaning matni A4 formatdagi qogʻoz varagʻining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Agar loyiha ikki yoki undan ortiq varaqda bayon etilgan boʻlsa, loyiha va uning ilovalarining har bir varagʻi alohida raqamlanishi lozim. Betning tartib raqami varaqning yuqorisida oʻrtada 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
47. Loyihalar tayyorlanishida, qoida tariqasida, Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalaniladi:
varaqning chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 1,5 sm, yuqori va past hoshiyasi 2 sm;
“Times New Roman” shrifti va loyihaning hajmidan kelib chiqib 13, 13,5 va 14 oʻlchamli shrift;
birinchi qator xatboshisi 1,27 sm;
qatorlararo interval (mnojitel) 1.2.
48. Loyihaning birinchi beti yuqori qismining oʻng tomonida “LOYIHA” soʻzi qoʻyiladi, uning hajmi matn shrifti bilan aynan bir xil boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Loyiha turining matni katta harflar bilan, matnni markazga toʻgʻrilagan holda, “yarim qora” shriftda, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz rasmiylashtiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va farmoyishi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi turi ikki qatorda ifodalanadi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
50. Loyihaning nomi kichik harflarda, “yarim qora” shriftda, matn markazga toʻgʻrilangan holda, qavslarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.
Misol:
Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
51. Loyiha matnining har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim. Loyihaning har bir qatori oxirida, old koʻmakchilar, bogʻlovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi.
52. Tayyorlanayotgan loyihaning matni grammatik, punktuatsion, orfografik va stilistik xatolarsiz bayon etilishi lozim.
53. Ilova belgisi 12 oʻlchamli shriftda sahifaning yuqori oʻng burchagida joylashtiriladi hamda unda, ilovaning raqami (agar bir nechta ilovalar mavjud boʻlsa), ilova qilinayotgan loyiha turi koʻrsatilgan holda hujjat raqami va sanasi koʻrsatiladigan boʻsh joy qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1-misol:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20___ yil “___” ________ PQ–_____-son qaroriga
ILOVA
2-misol:
Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “___” ________ ____-son qaroriga
ILOVA
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Loyiha ilovasining nomi kichik harflarda, “yarim qora” shriftda, matn markazga toʻgʻrilangan holda, qavslarsiz, qatorlararo birlik intervalda va xatboshisiz yoziladi.
Misol:
“Sogʻlom avlod uchun” hukumatga qarashli boʻlmagan xalqaro xayriya fondi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
VI bob. Qonunosti hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihalarni tayyorlashning xususiyatlari
55. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyiha qoida tariqasida quyidagi hollarda tayyorlanadi:
qonunchilikni yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari talablarini bajarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosini bajarish uchun;
agar ishlab chiqilayotgan loyiha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni talab etsa;
Oldingi tahrirga qarang.
loyihani tayyorlash jarayonida, xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat borligi aniqlanganda va yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilmasdan ushbu normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan huquqiy tartibga solish imkoniyati boʻlganda;
(55-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
aynan bir xil masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning koʻpligini va aniqlangan huquqiy normalarning zidligini bartaraf etish uchun.
(55-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
56. MazkurUslubiy koʻrsatmalarning 55-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyiha, topshiriq berilgan organ tomonidan tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish teng yoki yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan amalga oshiriladi. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish talab etilmaydi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Agar tayyorlanadigan qonun loyihasi boshqa qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni (toʻliq yoki qisman) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni talab etsa, ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha takliflar tayyorlanadigan qonun loyihasiga kiritiladi.
Oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish kerak boʻlgan qonunlar yoki ularning qismlari katta hajmda boʻlganda, ular qonun loyihasi bilan bir vaqtda alohida qonun loyihasi koʻrinishida taqdim etiladi. Bunda unga tushuntirishlar bilan hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari ilova qilinadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
581. Yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda uni amalga oshirishga qaratilgan havolaki normalar yangi qonun bilan birga yoki qonunda belgilangan muddatda ishlab chiqiladi.
(581-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 18-sentabrdagi 203-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-9, 18.09.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2020-y., 10/20/2352-9/1304-son)
59. Agar, normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normalarni oʻz ichiga olgan loyihada, ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va hajmi katta boʻlsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) koʻrinishida tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Oʻzgartirishlarga quyidagilar kiradi:
raqamlar, soʻzlar, jumlalar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki raqamlar, soʻzlar, jumlalar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, ilovalar va normativ-huquqiy hujjatlarning nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
Grafa — ikki vertikal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida ifodalangan matnning, hujjatning boʻlimi yoki bandi.
Blok — turli shakllarda (toʻrtburchak, toʻgʻri burchak, silindr, oval va h.k.) funksional jihatdan birlashtirilgan jadvallarning bir qismi;
Pozitsiya — ikki gorizontal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida grafada ifodalangan matnning, hujjatning boʻlimi, kichik boʻlimi, bobi, bandi, kichik bandi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
61. Qoʻshimchalar quyidagilardan iborat:
normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligining yangi soʻzlar, raqamlar yoki jumlalar bilan toʻldirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birliklar (boʻlim, kichik boʻlim, bob, paragraf, ilova, grafa, blok, pozitsiya, band, kichik band va xatboshi) bilan toʻldirilishi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
62. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi loyihalar matni quyidagilarga boʻlinadi:
nuqta qoʻyiladigan arabcha raqamlar bilan raqamlanadigan bandlar;
qavs bilan kichik harflarda raqamlanadigan kichik bandlar;
xatboshilar.
63. Agar loyihaning bandi bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatga faqatgina bitta oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, unda kichik bandlar ishlatilmaydi.
64. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning boʻlimlari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi yoki harflar orqali raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 51-bob, 21-band, “v1” kichik bandi va h. k.).
Oldingi tahrirga qarang.
65. Agar tegishli qoʻshimchalar loyihaning tuzilmaviy birligi (boʻlim, kichik boʻlim, bob, paragraf, band yoki kichik band) oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, unda mavjud raqamlanish davom etadi (masalan, agar boʻlimning oxirgi bandi 5-band boʻlib hisoblansa, boʻlim 6-band bilan toʻldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan toʻldiriladi).
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
66. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qoʻshilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda oʻzgaradi.
67. Agar loyihada bir vaqtning oʻzida bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning tegishli tuzilmaviy birliklariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutayotgan boʻlsa, unda mazkur hujjatlar xronologik tartibda joylashtiriladi (ularni qabul qilish sanasi boʻyicha). Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ular raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
68. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda mazkur hujjatning turi, qabul qilish sanasi, raqami, nomi koʻrsatiladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
69. Agar tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar normativ-huquqiy hujjatning ilovasiga, xususan Nizom, Qoidalar yoki Reglamentga kiritilayotgan boʻlsa, unda loyihada tegishli normativ-huquqiy hujjatning nomi keltirilmasdan, u bilan tasdiqlangan Nizom, Qoidalar yoki Reglamentning nomi koʻrsatiladi (masalan, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin).
70. Oʻzgartirilayotgan, qoʻshilayotgan va chiqarib tashlanayotgan soʻzlar qoʻshtirnoq ichiga olinadi (masalan, 5-banddagi “muassasasi” degan soʻz “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, 8-band “telekommunikatsiya vositalari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, 10-banddan “xoʻjalik subyektlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin).
71. Jumlaning, ilovaning, boʻlimning, kichik boʻlimning, bobning, bandning, kichik bandning, xatboshining va h. k.ning matnini sezilarli oʻzgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.
72. Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matnida, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qoʻshiladi (masalan, “ishlar hajmi,” degan soʻzlar “va boshqalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin, “, shuningdek” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin, “suv bilan taʼminlovchi korxonalar —” degan soʻzlar chiqarib tashlansin).
73. Normativ-huquqiy hujjatning bandi yoki kichik bandi mavjud xatboshining davomi boʻlgan xatboshilardan iborat boʻlsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi.
Masalan:
“(birinchi xatboshi) 5. Hayvonot dunyosidan foydalanish turlari quyidagilardan iborat:
(ikkinchi xatboshi) ov;
(uchinchi xatboshi) baliqchilik;
(toʻrtinchi xatboshi) ilmiy maqsadlarda foydalanish;”.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihaning ilovasi faqat bandlardan iborat boʻladi. Bu holatda bandlardan iborat oʻz kuchini yoʻqotayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati keltiriladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Normativ-huquqiy hujjatning oʻzini yoki uning kichik bandigacha (kichik bandni ham qoʻshgan holda) boʻlgan tarkibiy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlgan hollarda, ushbu hujjatning oʻzi yoki uning kichik bandigacha (kichik bandni ham qoʻshgan holda) boʻlgan tarkibiy birligi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
Misol:
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 32-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-noyabrdagi 399-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 32-modda) 1-bandining uchinchi xatboshisi, shuningdek unga 2-son ilova.
Normativ-huquqiy hujjatning xatboshi koʻrinishidagi tuzilmaviy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlgan hollarda, mazkur xatboshi chiqarib tashlanadi.
Misol:
Vazirlar Mahkamasining “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) 8-bandi oʻn beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
76. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta koʻrib chiqiladi.
(76-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Misol:
2-bandning “a” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
77. Agar normativ-huquqiy hujjatda bitta tuzilmaviy birlik mavjud boʻlib, qolganlari esa oʻz kuchini yoʻqotgan boʻlsa, ushbu tuzilmaviy birlikni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish uchun butun normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi shart.
78. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxatlariga amal qilish muddati tugagan vaqtinchalik tusga ega boʻlgan hujjatlar yoki normalar kiritilmaydi.
79. Vaqtinchalik tusga ega boʻlgan muddati tugagan normativ-huquqiy hujjat alohida normasining yoki butun normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Bunday holatda, yangi norma kiritilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatning loyihasi tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
80. Agar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi zarur boʻlgan bandda yoki kichik bandda tegishli ravishda oʻz kuchini yoʻqotishi kerak boʻlgan ilovaga koʻrsatma mavjud boʻlsa, bunda mazkur tuzilmaviy birlik va unda koʻrsatilgan ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
(80-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Misol:
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi beshinchi xatboshisi, shuningdek nizomning ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Agarda ilova butunlay oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkin boʻlmasa, bunda ilovaning faqat tegishli tuzilmaviy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi (chiqarib tashlanadi).
81. Normativ-huquqiy hujjat toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan normativ-huquqiy hujjatlarning tegishli qoidalari ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan holda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tiklanmaydi. Mazkur qoida normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishga (chiqarib tashlashga) ham tatbiq etiladi.
VII bob. Ishlab chiquvchining yuridik xizmati tomonidan loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
82. Loyiha ishlab chiquvchining birinchi rahbari tomonidan imzolanishidan oldin uning yuridik xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havolaki normalarni qoʻllashning asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi boʻyicha huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik xizmat loyihalarning huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan ham tahlilini amalga oshiradi.
(82-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi 110-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-8, 27.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tegishli loyiha unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi.
(82-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 30-iyundagi 172-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-2, 30.06.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 27-son, 332-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qoʻllanilishi asoslangan va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda ushbu loyiha boʻyicha yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
85. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida:
normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar (topshiriq aks etgan normativ-huquqiy hujjatning nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, eʼlon qilingan rasmiy manbasi, tegishli modda yoki band (kichik band, xatboshi), shuningdek yuqori turuvchi organ topshiriqlari haqida maʼlumotlar (organ nomi, topshiriqning raqami va sanasi, zarur boʻlganda, topshiriq bergan mansabdor shaxs) (topshiriq mavjud boʻlgan taqdirda);
loyihaning huquqiy tabiati tushuntirilgan holda uning asosiy qoidalarining mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni;
Oldingi tahrirga qarang.
loyihaning gender-huquqiy ekspertizasini oʻtkazish natijalari boʻyicha maʼlumot;
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi 110-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-8, 27.05.2020-y.) asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son)
loyihaning qonun hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek loyihaning har bir havolaki normasini qoʻllashning asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa aks ettiriladi.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
87. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga, shuningdek havolaki normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadliligiga nomuvofiq boʻlsa, yuridik xizmat loyihani tegishli eʼtirozlar bilan qayta ishlash uchun loyihani ishlab chiqish boʻyicha masʼul boʻlgan ishlab chiquvchining tarkibiy boʻlinmasiga qaytaradi.
(87-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi 110-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-8, 27.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son)
Oldingi tahrirga qarang.
VII1 bob. Loyihaning jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi
Oldingi tahrirga qarang.
871. Loyiha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilguniga qadar jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasiga kiritiladi.
(871-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
872. Loyihaning jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlari oʻtkazish, loyihalar matnlarini va ularga tahliliy materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yoʻli bilan, shuningdek boshqa usullar bilan fuqarolar, manfaatdor davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida oʻtkaziladi.
(872-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
873. Loyihalarning jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi tashkil etilishini taʼminlash organning rahbari zimmasiga yuklanadi.
874. Loyihaning jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan uning matni bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
875. Barcha loyihalar loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.
(875-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(876-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
877. Jamoatchilik va mutaxassislar muhokama davomida bildirilgan takliflar va eʼtirozlar asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Loyihalarni jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan (keyingi oʻrinlarda muhokama ishtirokchilari deb yuritiladi) kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadvalda (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 1a-ilova) koʻrsatilishi majburiydir.
(877-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
878. Loyihaning oʻtkazilgan mutaxassislar muhokamasi va uning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim.
(878-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
(VII1 bob Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) asosan kiritilgan— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
VIII bob. Loyihani manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishish
Oldingi tahrirga qarang.
88. Loyiha yuridik xizmat tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin, ishlab chiquvchi loyihani birinchi rahbar darajasida imzolaydi va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali manfaatdor organlar va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda manfaatdor organlar deb yuritiladi) uni uzil-kesil kelishish (imzolash) uchun yuboradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(88-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
89. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan — barcha loyihalar, shu jumladan, rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga oid loyihalar, ularni kelishishning yakuniy bosqichida huquqiy ekspertiza oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishdan oldin;
(89-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi 110-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-8, 27.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan mablagʻlar ajratish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish masalalariga oid loyihalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid loyihalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan — moddiy madaniy meros obyektlariga oid loyihalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan — davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish masalalariga oid loyihalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan — davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini oʻzgartirish masalalariga oid loyihalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan — yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek, konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar;
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 18-sentabrdagi 203-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-9, 18.09.2020-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2020-y., 10/20/2352-9/1304-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan — davlat-xususiy sheriklik masalalariga oid loyihalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar;
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi 110-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-8, 27.05.2020-y.) asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son)
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi bilan — nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiluvchi masalalarga oid loyihalar;
Oʻzbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish masalalariga oid loyihalar majburiy tartibda kelishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishiladi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
931. Advokatura faoliyatini tartibga solish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha loyihalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishiladi.
(931-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
94. Manfaatdor organlar Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda loyihani koʻrib chiqishi va uzil-kesil kelishishi (imzolashi) shart.
Oldingi tahrirga qarang.
95. Agar loyiha boʻyicha manfaatdor organning taklif va mulohazalari mavjud boʻlsa, u oʻzining taklif va mulohazalarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida asoslar bilan koʻrsatadi va loyihani taklif va mulohazalar bilan imzolaydi.
(95-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
96. Xatda asoslantirilmagan taklif va mulohazalar ishlab chiquvchi tomonidan inobatga olinmasligi mumkin. Asoslantirilmagan taklif va mulohazalar qabul qilinmasligi oqibati boʻyicha javobgarlik, oʻz taklif va mulohazalarini asoslantirmagan manfaatdor organning birinchi rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
97. Loyihaga, loyihaning mazmuni va tuzilmasini jiddiy oʻzgartirayotgan mulohaza va takliflar mavjud boʻlganda, manfaatdor organ ishlab chiquvchiga oʻzining loyiha variantini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali taklif qilishi mumkin.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
98. Ishlab chiquvchi manfaatdor organlarning taklif va mulohazalarini koʻrib chiqadi, zarurat boʻlgan hollarda loyihaga tegishli tuzatishlarni kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
99. Manfaatdor organlarning eʼtirozlari va takliflari boʻyicha kelishmovchiliklar jadvali tuzilib, ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Koʻrib chiqish natijasi “qabul qilindi”, “qabul qilinmadi” koʻrinishida jadvalda aks ettiriladi. Qabul qilinmagan taklif va mulohazalar yuzasidan ularni qabul qilmaslik asoslari koʻrsatiladi.
(99-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
100. Kelishmovchiliklar jadvali loyiha bilan birga oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
IX bob. Loyihaga ilova qilinadigan axborot va tahliliy materiallarga qoʻyiladigan asosiy talablar
103. Ishlab chiqilgan loyihaga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
qonunning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat loyihasining maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat boʻlgan tushuntirish xati;
agar loyiha bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, qiyosiy jadval;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatgan holda tahliliy qiyosiy jadval;
(103-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
agar loyiha manfaatdor organlar tomonidan taklif va mulohazalar bilan kelishilgan (imzolangan) boʻlsa, kelishmovchiliklar jadvali;
(103-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maʼlumotnomalar, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot-tahliliy materiallar koʻrinishida zarur hisob-kitoblar va koʻrib chiqish materiallari, taqdim etilayotgan loyihalarni amalga oshirish oqibatlari bahosi;
(103-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadval (bundan keyin takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadval deb yuritiladi).
(103-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Loyihaga, loyihada keltirilgan normalar bilan bogʻliq boʻlgan boshqa maʼlumotlar ham ilova qilinishi mumkin.
(103-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
104. Tushuntirish xati barcha loyihalar boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
105. Loyihaning tushuntirish xatida quyidagilar boʻlishi kerak:
loyihani tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan loyiha tayyorlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari (topshiriq mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
loyihani ishlab chiquvchining toʻliq nomi;
maqsadlar va vazifalar, shuningdek loyiha bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash. Bunda loyihaning erishishga yoʻnaltirilgan asosiy maqsadlari belgilanadi, ularning vositasida aniq maqsadlarga erishish mumkin boʻlgan loyihaning alohida qoidalari qisqacha koʻrsatiladi;
loyihani qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda loyiha qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin boʻlgan ijobiy oʻzgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
loyiha predmetiga tegishli boʻlgan xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining prinsiplari, qoidalari va jumlalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (qonun osti hujjatlari loyihalari uchun — zarur boʻlgan hollarda). Tegishli sohada ijobiy xorijiy tajriba mavjud boʻlgan taqdirda tushuntirish xatida davlat, loyihani tayyorlashda hisobga olingan norma nazarda tutilgan hujjatning turi, nomi va qisqacha mazmuni koʻrsatilishi mumkin;
loyiha mazmunining tavsifi, unda loyihaning boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflari va moddalari bilan birgalikda uning tuzilishi qisqacha bayon qilinadi (qonunosti hujjatlariga zarurat boʻlganda). Zaruriyat boʻlganda loyihaning eng muhim qismini tashkil etuvchi qoidalarning asosiy mohiyati ochib beriladi;
loyiha qabul qilinishi munosabati bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zaruriyati mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
loyihada foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
agar loyihaning qoidalarini amalga oshirish qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti yoʻqotishlariga olib kelsa — qisqacha moliyaviy-iqtisodiy asoslash. Agar loyihaning qoidalarini amalga oshirish koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni talab etmasa yoki yoʻqotishlarga olib kelmasa, u holda bu haqda tushuntirish xatida tegishli maʼlumot keltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha mutaxassislar muhokamasining oʻtkazilganligi va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot;
(105-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
loyihani manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar. Bunda loyiha kelishilgan (viza qoʻyilgan) manfaatdor vazirliklar va idoralar sanab oʻtiladi;
loyiha boʻyicha kelishmovchiliklar mazmunining qisqacha bayoni va ular toʻgʻrisidagi asoslantirilgan fikr (kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda);
loyihani asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
(105-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 10-yanvardagi 7-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-6 10.01.2017-y.) tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
106. Agar ishlab chiqilayotgan loyiha bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilayotgan boʻlsa, ishlab chiquvchi tomonidan uning birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) imzolaydigan taqqoslash jadvali tayyorlanadi.
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
107. Taqqoslash jadvali quyidagi uchta grafadan iborat (mazkur Uslubiy koʻrsatmaning 2-ilovasi):
(107-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat tegishli tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
loyihada taklif etilayotgan tahrir;
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni asoslantirish.
Taqqoslash jadvalida tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriri grafalari quyidagi koʻrinishda bayon etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi va taklif etilayotgan tahrir grafalarida oʻzgartirilayotgan soʻzlar (raqamlar) “yarim qora” shrift bilan ajratib koʻrsatiladi;
(107-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
taklif etilayotgan tahrir grafasida qoʻshilayotgan soʻzlar (raqamlar) “yarim qora” shrift bilan ajratib koʻrsatiladi;
(107-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi tahrir grafasida chiqarib tashlanayotgan soʻzlar (raqamlar) va xatboshilar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan boshqa tuzilmaviy birliklar “yarim qora kursiv” shrift bilan ajratib koʻrsatiladi.
(107-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Agar loyihada tegishli tuzilmaviy birlikning yangi tahriri bayon etilsa, unda faqatgina oʻzgartirilayotgan, qoʻshilayotgan, chiqarib tashlanayotgan soʻzlar (raqamlar) ajratiladi.
Oʻzgartirish kiritilayotgan va kiritilayotgan tuzatishlarning koʻrinarli boʻlishini taʼminlovchi tuzilmaviy birlik bilan bogʻliq amaldagi va taklif etilayotgan tuzilmaviy birliklarning tegishli qismlari oddiy shriftda keltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1071. Ishlab chiquvchi qonun loyihasini kiritayotganda xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatgan holda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolangan tahliliy qiyosiy jadvallarni tayyorlashi shart (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 3 va 4-ilovalar).
(1071-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining prinsiplari, qoidalari hamda taʼriflarining tayyorlangan batafsil tahlilini oʻz ichiga olgan qiyosiy jadvalsiz kiritilgan qonun loyihasi koʻrib chiqilmaydi.
(1071-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
108. Kelishmovchiliklar jadvali (normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan loyiha boʻyicha tayyorlangan kelishmovchiliklar jadvalidan tashqari) quyidagi uchta grafalardan iborat (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 5-ilovasi):
(108-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
loyiha tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;
manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari;
koʻrib chiqish natijalari.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Taklif etilayotgan tahrir” grafasida taklif va mulohazalar taqdim etilgan loyihaning tegishli tuzilmaviy birligi aks ettiriladi.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari” grafasida loyiha boʻyicha oʻzlarining taklif va mulohazalarini taqdim etgan organ va tashkilotning taklif va mulohazalari yoki ular asosida loyihaning bayon etilgan tahriri keltiriladi.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Koʻrib chiqish natijalari” grafasida ishlab chiquvchi tomonidan taqdim etilgan taklif va mulohazalarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatiladi. Agar taklif va mulohazalar hisobga olinsa, tegishli taklif va mulohazalar berilgan tuzilmaviy birlikning yangi tahriri keltiriladi. Agar taklif va mulohazalar hisobga olinmasa, ushbu taklif va mulohazalarning hisobga olinmaganligini asoslovchi maʼlumotlar tegishli tartibda keltiriladi.
109. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi loyiha boʻyicha tayyorlanayotgan kelishmovchiliklar jadvali quyidagi toʻrt grafadan iborat:
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat tegishli tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
loyihada taklif etilayotgan tahrir;
manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari;
koʻrib chiqish natijalari.
Birinchi ikkita grafa qiyosiy jadval boʻyicha bayon etiladi.
Kelishmovchiliklar jadvalining “Manfaatdor organlarning taklif va mulohazalari” va “Koʻrib chiqish natijalari” grafalarida loyihani kiritgan organ tomonidan mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 108-bandining tegishincha oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1091. Takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadvalda (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarga 1a-ilova) quyidagilar aks ettirilishi lozim:
loyihaning tarkibiy tuzilmasi;
taklif (izoh) muallifi;
taklif (izoh);
koʻrib chiqish natijasi.
Takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadvaldan yuqorida loyihaning turi va nomi koʻrsatiladi.
Takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadval ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
(1091-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
X bob. Loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
110. Barcha manfaatdor organlar bilan kelishilgandan soʻng ishlab chiquvchi loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishdan oldin quyidagilarni:
qonunning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati yoki ushbu normativ-huquqiy hujjat loyihasining maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat boʻlgan tushuntirish xatini;
ishlab chiquvchining yuridik xizmati rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolangan huquqiy xulosa. Huquqiy xulosada uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim;
agar loyiha bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, qiyosiy jadvalni;
loyihani ishlab chiqish reja-grafikni — qonun loyihalar uchun;
xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar ketma-ketlik tartibida koʻrsatilgan tahliliy qiyosiy jadvalni (qonunosti hujjatlariga zarurat boʻlganda);
kelishmovchilik jadvallari, agar loyiha manfaatdor organlar tomonidan taklif va mulohazalar bilan kelishilgan (imzolangan) boʻlsa, ushbu organlarning taklif va eʼtirozlari ifodalangan xatlar nusxalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha jadvalni ilova qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboradi.
(110-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
111. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
loyihalarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havolaki normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligini aniqlash maqsadida ularning huquqiy ekspertizasini oʻtkazadi;
(111-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-martdagi 84-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-1, 31.03.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 14-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
loyihalarni ularning mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutuvchi, ularga nisbatan javobgarlikning yangi choralarini belgilovchi qoidalarni, jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan tahlil qilishni amalga oshiradi.
(111-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 27-maydagi 110-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-8, 27.05.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son)
112. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
113. Loyiha quyidagi hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiquvchiga huquqiy ekspertiza va tahlildan oʻtkazilmasdan qaytariladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(113-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
loyiha barcha manfaatdor organlar tomonidan ularning birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) darajasida kelishilmagan taqdirda;
loyihaga mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 110-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan taqdirda.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-dekabrdagi 316-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-3, 31.12.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 653-modda)
114. Loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri (istisno hollarda — vazirning birinchi oʻrinbosari) loyihani imzolaydi.
Taklif va mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda loyiha taklif va mulohazalar bilan imzolanadi, mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 115-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. Taklif va mulohazalar bilan imzolash mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 95-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
115. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan ishlab chiquvchiga qaytariladi, agar u:
loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va prinsiplariga zid;
loyiha yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni talab etadi, va u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha sifatida taqdim etilmagan;
loyihada nazarda tutilgan masalalar teng yoki yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinganligi sababli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishiga zarurat yoʻq;
loyiha eʼtirozlar va takliflarning, shu jumladan jiddiy (konseptual) kamchiliklarning koʻpligi sababli butunlay qayta ishlanishi lozim, yaʼni loyiha ushbu eʼtirozlar va takliflar inobatga olingan holda qayta ishlanishi uning mazmuni tubdan oʻzgarishiga olib keladi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan qayta kelishishni talab etadi degan xulosaga kelsa.
Loyiha boʻyicha tegishli eʼtirozlar va takliflar Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida koʻrsatiladi va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
116. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng belgilangan tartibda ishlab chiquvchi tomonidan Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
XI bob. Yakuniy qoidalar
117. Ishlab chiquvchilarning birinchi rahbarlari mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning talablariga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar.
118. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalarni buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
119. Mazkur Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bilan kelishilgan.
Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi boshligʻi B. QOʻCHQOROV
2012-yil 30-mart
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)

NAMUNA


“TASDIQLAYMAN”

(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


(imzo)

__________________ (ishlab chiquvchi
rahbarining F.I.O.)

20__ yil “____” ____________

“________________________________________”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish
REJA-GRAFIGI

T/r

Chora-tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga qonun loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhiga kiritish uchun nomzodlar taqdim etish toʻgʻrisida xat yuborish (zarurat boʻlganda).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbariyati

2.

Ishchi guruhini tuzish boʻyicha ishlab chiquvchi birinchi rahbarining buyrugʻini qabul qilish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 19-moddasi).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbari

3.

Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga ishchi guruhining birinchi yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xat yuborish (zarurat boʻlganda).

Ishchi guruhining birinchi yigʻilishini oʻtkazish (ishni tashkillashtirish va rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash va boshq.)

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbariyati

4.

Qonun hujjatlarining holatini, qonun loyihasini tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganish.

Ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlash.

Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini oʻrganish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

5.

Tayyorlangan maʼlumotlar asosida qonun loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqish va uni ishlab chiquvchining rahbari tomonidan maʼqullash (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 15 — 17-bandlari).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

6.

a) qonun loyihasi;

b) qonun loyihasiga boshqa zarur maʼlumotlar:

tushuntirish xati;

xalqaro hujjatlarning tegishli qoidalari va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatgan holda qiyosiy jadval;

taqqoslash jadvali — qonun hujjatlariga yoki ularning qismlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni yoki ularning qismlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish nazarda tutilgan qonun loyihasi uchun;

moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220–III/KQ-41–III-son Qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini oʻtkazish uslubiyoti, mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 8-bandi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

7.

Qonun loyihasini iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy va boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasi).

Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

Ishlab chiquvchining yuridik xizmati

8.

Qonun loyihasini va u boʻyicha maʼlumotlarni manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga dastlabki kelishish uchun yuborish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

9.

Qonun loyihasini jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasidan (seminarlar, davra suhbatlari) oʻtkazish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasi).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

10.

Qonun loyihasi va u boʻyicha maʼlumotlarni:

ishlab chiquvchining rasmiy veb-saytiga joylashtirish. Bunda qonun loyihasining matni va u boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, teskari aloqa mexanizmlarni oʻrnatish;

agar ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan boʻlsa — Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga joylashtirish.

20__ yil ___ _______

F.I.O.

11.

Qonun loyihasini yakuniy kelishish (viza qoʻyish) uchun yuborishdan oldin manfaatdor vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari, zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti masʼul xodimi ishtirokida moddama-modda koʻrib chiqish va muhokama qilish (Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev tomonidan 2015-yil 14-dekabrda tasdiqlangan (2015-yil 17-dekabr, chiqish raqami EDO-01-12-19-20-son) Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining qonun ijodkorligi va qonunlar ijrosini tashkil etishdagi faoliyati boʻyicha kengaytirilgan selektor yigʻilishining 114-son bayoni).

20__ yil ___ _______

Ishchi guruhi,

manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar,

Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari

12.

Qonun loyihasini va u boʻyicha maʼlumotlarni manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarga kelishish (viza qoʻyish) uchun yuborish (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 88–102-bandlari. “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihasining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbariyati

13.

Zarurat boʻlganda, qonun loyihasini takomillashtirish, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning qonun loyihasi yuzasidan eʼtirozlari boʻyicha kelishmovchiliklar jadvalini tayyorlash (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 99 va 100-bandlari).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

14.

Qonun loyihasi va u boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasi).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbariyati

15.

Zarurat boʻlganda, qonun loyihasini takomillashtirish, qonun loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining eʼtirozlari yuzasidan kelishmovchiliklar jadvalini tayyorlash (qayta ishlash) (mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning 99 va 100-bandlari).

20__ yil ___ _______

F.I.O.

16.

Qonun loyihasi va u boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentining III-boʻlimi).

20__ yil ___ _______

Ishlab chiquvchining rahbari




(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
1a-ILOVA
(1a-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha
jadval
Loyihaning turi:
Loyihaning nomlanishi:

Loyihaning tarkibiy tuzilmasi

Taklif (sharh)

muallifi

Taklif

(sharh)

Koʻrib chiqish natijasi


(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)

NAMUNA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasiga
TAQQOSLASH JADVALI

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 12-son qarori

3. Bosh vazir kotibiyati, axborot tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirib borishni taʼminlash, ular ishining samaradorligini oshirish va ijro intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga Apparat Rahbari lavozimi kiritilsin. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasi apparati Rahbari maqomiga koʻra Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Belgilansinki, Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha — tegishli ravishda Bosh vazirga va uning oʻrinbosarlariga;tashkiliy

masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadilar.

Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari zimmasiga:

Bosh vazir kotibiyati, axborot-tahlil departamentlari va funksional boʻlimlari ishlarini muvofiqlashtirib borish;

Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash hamda imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti kotibiyatiga va Bosh vazirga taqdim etish;

Vazirlar Mahkamasi komplekslarida va apparatning tarkibiy boʻlinmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarining bajarilishi boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash;

Bosh vazir oʻrinbosarlari bilan birgalikda tegishli apparatning tarkibiy boʻlinmalariga bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis kadrlarni tanlash;

apparat mutaxassislari va xodimlarining ish va kasb malakasi darajasini oshirish, ularni muntazam ravishda attestatsiyadan oʻtkazish masalalari yuklansin.

Oʻz kuchini yoʻqotmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbari lavozimi tugatilib, oʻrniga Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi lavozimi kiritilgan. Ushbu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining 2-bandi bilan Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi vakolatlari belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida nizom

4. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

a) tuzilgan vaqti va joyi;

b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid maʼlumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno;

g) mol-mulkni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;

d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;

e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;

j) huquqbuzarning tushuntirish xati;

z) olib qoʻyilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning oʻziga xos belgilari (ogʻirligi, uzunligi va boshqalar);





i) olib qoʻyilayotgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanishi, shu jumladan ham buyumlarning oʻzini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qoʻyish, agar bu ishlar amalga oshirilgan boʻlsa.



Toʻldirilmoqda

4. Mol-mulkni olib qoʻyish toʻgʻrisida vakolatli organ mansabdor shaxsi tomonidan protokol tuziladi, unda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

a) tuzilgan vaqti va joyi;

b) protokolni tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;

v) mol-mulk egasi va mol-mulk olib qoʻyilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, pasportiga oid maʼlumotlar va shu kabilar), ularni aniqlash imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno;

g) mol-mulkni olib qoʻyishda ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ular boʻlsa;

d) huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mazmuni;

e) mazkur huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;

j) huquqbuzarning tushuntirish xati;

z) olib qoʻyilayotgan har bir buyumning nomi va miqdori, uning oʻziga xos belgilari (ogʻirligi, uzunligi va boshqalar). Qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyishda olib qoʻyilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy miqdori, ularning turi va qimmatli qogʻozlarning emitenti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi;

i) olib qoʻyilayotgan mol-mulkning saqlanishi taʼminlanishi, shu jumladan ham buyumlarning oʻzini, ham ular vaqtincha saqlanayotgan joyni muhrlab qoʻyish, agar bu ishlar amalga oshirilgan boʻlsa.

Vakolatli organning mansabdor shaxsi olib qoʻyish toʻgʻrisidagi protokol toʻgʻri tuzilganligi, shuningdek unda ushbu bandda nazarda tutilgan barcha maʼlumotlar koʻrsatilishi uchun javobgar boʻladi.

Qoʻshimchalar qimmatli qogʻozlarni olib qoʻyishda va keyinchalik ularning miqdori, turlari va emitent haqidagi maʼlumotlari boʻyicha nizolashish imkoniyati boʻlmaganda protokolni toʻgʻri tuzish maqsadida kiritilmoqda.

Qoʻshimchalar mulkni olib qoʻyishni amalga oshiruvchi vakolatli idoralar mansabdor shaxslarining mulkni olib qoʻyish protokolini keyinchalik ularni amalga oshirish uchun toʻgʻri va toʻliq tuzishining javobgarligini oshirish maqsadida kiritilmoqda.

Shuni qayd qilib oʻtish lozimki, mulkni olib qoʻyish protokollarida barcha kerakli maʼlumotlar, shu jumladan olib qoʻyilgan mulkning sifatiga doir tavsiflar koʻrsatilmayapti, bu esa oʻz navbatida mulkning almashinuvi yoki boshqacha tarzda oʻzgarishiga va shikastlanishi uchun sharoit yaratishga sabab boʻlmoqda.

6. Olib qoʻyilgan mol-mulkning isteʼmol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.







Toʻldirilmoqda

6. Olib qoʻyilgan mol-mulkning isteʼmol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek uni baholash maqsadida vakolatli organning mansabdor shaxsi uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchini tayinlaydi, ushbu Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiyot buyumlari, oziq-ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari bundan mustasno) va ular boʻyicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud boʻlmagan olib qoʻyilgan mahsulotlar boʻyicha ushbu mahsulotni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan uni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonun hujjatlarida belgilanadi.

“Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga binoan majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulot agarda u sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli sertifikatlashtirishdan oʻtmagan boʻlsa sotish taqiqlanadi.

Agarda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan mahsulot xavfsizlik talablariga mos kelmasa u sotilishi mumkin emas va yoʻq qilinishi lozim. Shuning uchun mulkning birxillashtirish talablariga mos kelishi predmetiga qaratilgan tekshiruv mulkning davlat hisobiga oʻtkazilishi yoki yoʻq qilinishi haqidagi savollarni hal qilishdan oldin oʻtkazilishi lozim.

Bunda olib qoʻyilgan mahsulot sertifikatlashtirilishi olib boriladigan muddat qonunchilikda belgilanadi.

24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy qimmatga ega boʻlgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlgan buyumlardan tashqari) diniy tashkilotlarga dalolatnoma boʻyicha bepul beriladi.

24. Diniy madaniyatga tegishli buyumlar (tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar va toshlar boʻlgan buyumlardan tashqari) keyinchalik dalolatnoma boʻyicha diniy tashkilotlarga tekin berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga beriladi.

Oʻzgartirishlar koʻrsatib oʻtilgan predmetlarni keyinchalik diniy tashkilotlarga berishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga yoʻnaltirish maqsadida kiritilmoqda.

60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.

Bunda, agar sotilgan mol-mulk qiymatidan davlat organlarining maxsus hisob raqamlariga chegirishlar amalga oshirilgan boʻlsa, u holda qiymatning tegishli summasi ushbu organlar hisobidan toʻlanadi.

60. Mol-mulk qiymatining bahosi (summasi) qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.


Chiqarib tashlanmoqda

Qoplash proporsional olib borilishi toʻgʻrisidagi norma 59-bandda nazarda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-iyuldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya zaxiralari kollejlari toʻgʻrisida nizom

7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinlari boʻyicha — 300 nafardan.





Toʻldirilmoqda

7. Sport zaxirasini tayyorlash olib borilayotgan sport turlari hamda olimpiya zaxiralari kolleji oʻquvchilari kontingenti olimpiya zaxiralari kolleji taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 600 nafar oʻquvchidan iborat
etib shakllantiriladi, umumiy va oʻrta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinlari boʻyicha —
300 nafardan.

Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti 660 nafar oʻquvchidan iborat etib shakllantiriladi, umumiy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boʻgʻinlari boʻyicha — 330 nafardan.

Toshkent shahridagi Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji umumiy kontingenti aniq bir son etib shakllantirilishini aniqlashtirish maqsadida qoʻshimcha kiritilmoqda.


__________________________________
(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


_______________
(imzo)


_______________________
(F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)

NAMUNA

“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini oʻrganish boʻyicha
QIYOSIY JADVAL
*

Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlari

Amaldagi tahrir

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

Germaniya Federativ Respublikasining Federal vazirliklarning Reglamenti


46-§. Loyihalarning huquqiy va tizimli ekspertizasi



(1) Loyihani Federal Hukumatga yuborishdan oldin, u Adliya vazirligiga huquqiy va tizimli ekspertizadan oʻtkazilishi uchun yuborilishi lozim.

....




18
-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish


(uchinchi qism) Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


Toʻldirilmoqda





22
-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi


(ikkinchi qism)Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi.







Vazirlar Mahkamasining
2005-yildagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentining 28-bandiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar ularni qabul qilish zarurligi asoslari boʻyicha yozma mulohazalar ilova qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xulosa berish uchun yuboriladi.

Shu bois, loyihalarning Federal Hukumatga yuborilishidan oldin Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborishga oid Germaniya qonunchiligi tajribasini mazkur Qonunning 22-moddasiga kiritish maqbul hisoblanadi.

“Xitoy Xalq Respublikasining qonunchiligi toʻgʻrisida”gi Xitoy Xalq Respublikasining Qonuni


58-modda. Maʼmuriy-huquqiy hujjatlar loyihalari ustidan ishlash chogʻida tegishli organlar, tashkilotlar va fuqarolarning barcha fikrlarini eshitish lozim. Fikrlarni eshitish uchun davra suhbatlari, munozaralar, konferensiyalar va boshqa shakldagi muhokamalarni oʻtkazish mumkin.




16
-modda. Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatning qoʻllanish amaliyotini hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish



(ikkinchi qism) Qonun loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.








Toʻldirilmoqda




20
-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda qonun hujjatlarining holatini, qoʻllanilish amaliyotini, jamoatchilik fikrini va xalqaro tajribani oʻrganish


(ikkinchi qism) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi manfaatdor davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻtkaziladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar muhokamasi tegishli tarmoqlar mutaxassislari ishtirokida oʻtkaziladi.

…..















Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini ularni aholining keng qatlami vakillari, shuningdek davlat organlarining mutaxassislari hamda fuqarolar bilan keng muhokama qilish yoʻli bilan oshirish lozim.

Shu bois, qonun loyihasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasidan oʻtkazishni ochib berish toʻgʻrisidagi Xitoy Xalq Respublikasining mazkur tajribasini rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Bunda muhokama shaklini uning turi koʻp boʻlganligi sababli qonun loyihasida koʻrsatmaslik maqsadga muvofiq.

* Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni (ularning qismlarini) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda.


__________________________________
(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


_______________
(imzo)


_______________________
(F.I.O.)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
4-ILOVA
(4-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)

NAMUNA

“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi yuzasidan xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarini oʻrganish boʻyicha
QIYOSIY JADVAL
*

Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlari

Taklif etilayotgan tahrir

Asoslantirish

“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Koreya Respublikasining Qonuni


5-modda. Elektron hukumat uchun oʻrta muddatli va uzoq muddatli bosh rejalarni qabul qilish


Maʼmuriy ishlar uchun masʼul har bir markaziy organ rahbari elektron hukumat uchun Milliy axborotlashtirish toʻgʻrisidagi Hadli Qonunining 9-moddasiga muvofiq Axborotlashtirish milliy strategiyasi qoʻmitasi tomonidan qayta koʻrib chiqish imkoniyatini hisobga olgan holda elektron hukumatni amalga oshirish, uning faoliyat yuritishi va rivojlanishini oʻz ichiga olgan oʻrta muddatli va uzoq muddatli bosh rejani qabul qilishi kerak.




16-modda. Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi vakolatlari


Davlat organlari oʻz vakolatlari doirasida:

.......

elektron hukumat sohasidagi davlat dasturlariga va boshqa dasturlarga uzviy bogʻliq holda axborot tizimlarini, axborot resurslari va tarmoqlarini rivojlantirishning idoraviy rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqadi;

......

Davlat organlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayoni muntazam hisoblanadi va ularni sifati va umuman samaradorligini takomillashtirish maqsadida doimiy monitoringni olib borishni talab qiladi.

Davlat organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish tendensiyasini doimiy ravishda hisobga olishi, chuqur tahlil oʻtkazishi, shuningdek oʻz faoliyati sohasidagi elektron hukumatni takomillashtirishi zarur.

Davlat organlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar sohasidagi elektron hukumatni rivojlantirish boʻyicha idoraviy rejalarni qabul qilish shunday chora-tadbirlardan biri boʻlib hisoblanadi.

Shunga asosan, mazkur masala yuzasidan Koreya tajribasiga tayanish va uni qonun loyihasida aks ettirish maqsadga muvofiq.

“Davlat xizmatlari va munitsipal xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Rossiya Federatsiyasining Qonuni


10-modda. Davlat xizmatlari va munitsipal xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishni tashkil etish talablari.


Davlat va munitsipal xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishda:


1) ariza beruvchilarga belgilangan tartibda maʼlumot taqdim qilish va ularga davlat va munitsipal xizmatlar haqidagi maʼlumotlarga kirishni taʼminlash.

......

5) agar federal qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, taqdim etilgan davlat yoki munitsipal xizmatning natijasini ariza beruvchi tomonidan olish.

.....





20-modda. Elektron davlat xizmatlariga doir talablar



Axborot davlat xizmatlari toʻliq
va ishonchli axborotni oʻz ichiga olishi kerak.

Interaktiv davlat xizmatlari:

.....

shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berishni nazarda tutuvchi xizmatlardan ariza beruvchilarning xavfsiz foydalanishini taʼminlashi;

.....

soʻrov yuborish va elektron davlat xizmatining natijasini olish imkoniyatini taʼminlashi;

.....

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi.

Axborot xavfsizligini taʼminlash elektron hukumatning prinsiplaridan biri hisoblanadi.

Mazkur masalani axborot xavfsizligini taʼminlash prinsipi orqali koʻrib chiqishda, interaktiv davlat xizmatlari ariza beruvchilarni xizmatlardan xavfsiz foydalanishni taʼminlashlarini taʼkidlash joiz.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga egalar. Murojaatga javob davlat organining rahbari yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra axborotdan foydalanuvchi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati toʻgʻrisida axborotni olish uchun bevosita yoxud oʻz vakillari orqali soʻrov bilan murojaat etish huquqiga ega.

Shunga asosan, mazkur masala yuzasidan Rossiya Federatsiyasining tajribasiga tayanish va uni qonun loyihasida aks ettirish maqsadga muvofiq.

* Butun (yangi) normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda.


__________________________________
(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


_______________
(imzo)


_______________________
(F.I.O.)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalarga
5-ILOVA
(5-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)

NAMUNA

Vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasiga berilgan taklif va eʼtirozlari boʻyicha
KELISHMOVCHILIKLAR JADVALI

Taklif etilayotgan tahrir

Manfaatdor organlarning taklif va eʼtirozlari

Koʻrib chiqish natijalari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida namunaviy nizom

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari holatlari koʻrsatilishi mumkin.

“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning
23-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va sud ekspertining tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar xulosaning majburiy elementlariga daxldordir, Namunaviy reglamentning 33-bandidagi “holatlar” soʻzini chiqarib tashlash lozim deb hisoblaymiz.

Qabul qilindi.

33-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari koʻrsatilishi mumkin”.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

33. Ekspert xulosasida qoidabuzarlik sabablari va ularni sodir etishga imkon bergan sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishning tashkiliy-texnikaviy tavsiyalari holatlari koʻrsatilishi mumkin.

Namunaviy nizomning 33-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinishi taklif qilinadi:

“33. Huquqbuzarlikning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi holatlar, sabablar va sharoitlar, shuningdek ekspert xulosasida oʻz aksini topmagan holda, ularni bartaraf etish boʻyicha tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar ekspertning alohida maʼlumotnomasi ekspertning xulosasiga ilova qilinishi mumkin”.

Qabul qilinmadi.

“Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunning
23-moddasida ekspert xulosasining tuzilishi tartibi belgilangan. Mazkur moddaning uchinchi qismi xulosasida huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkinligi nazarda tutilgan. Shunga oʻxshash norma Jinoyat-protsessual kodeksi 184-moddasining uchinchi qismida va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 2991-moddasida berilgan.

Shu bilan birgalikda qayd qilib oʻtish lozimki, ekspertning alohida maʼlumotnomasi protsessual hujjat hisoblanmaydi, bu esa oʻz navbatida ish yuzasidan dalil boʻlib hisoblanmasligini bildiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-dekabrdagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

18. (Birinchi xatboshi) Majlis davomida Komissiya oʻzining koʻrib chiqishi uchun taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, attestatsiya qilinuvchiga sud-ekspertning faoliyatini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, sud ekspertizasining nazariy asoslari, aniq ekspert mutaxassisligi boʻyicha savollarga javob berishni taklif qiladi, shundan keyin uning maxsus bilimlari darajasini baholaydi.

18-band “amaliy” soʻzidan soʻng “nazariy” soʻzlari bilan toʻldirilsin.

Qisman qabul qilindi.

Sud ekspertizasining amaliy asoslari mavjud boʻlmaganligi sababli “nazariy asoslar” soʻzlari “nazariy asoslar va amaliy masalalar” soʻzlari bilan almashtirilgan.


__________________________________
(ishlab chiquvchi rahbarining lavozimi)


_______________
(imzo)


_______________________
(F.I.O.)

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 22-fevraldagi 40-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-4, 22.02.2016-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2016-y., 8-son, 81-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2352-7, 05.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 173-modda; 2014-y., 14-son, 158-modda, 27-son, 332-modda, 52(I)-son, 653-modda; 2016-y., 8-son, 81-modda, 17-son, 185-modda; 2017-y., 2-son, 35-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son; 27.05.2020-y., 10/20/2352-8/0674-son, 18.09.2020-y., 10/20/2352-9/1304-son; 13.02.2024-y., 10/24/3496/0121-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)