O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining
qo‘shma qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASIGA KIRITILADIGAN QONUN LOYIHALARINI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATIGA TAQDIM ETILGAN QONUNLARNI YuRIDIK-TEXNIK JIHATDAN RASMIYLAShTIRISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 27-yanvardagi qo‘shma majlisidagi iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlari bilan ijtimoiy-siyosiy va sud-huquq tizimlarini muntazam yangilab borishning aniq va chuqur o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashga doir “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” degan ma’ruzasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida ko‘rsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ko‘rib chiqishi uchun qonun loyihalarini yoki yangi qonun hujjati qabul qilinishi, qonun hujjatiga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari yoki uning qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi zarurligi to‘g‘risidagi takliflarni kirituvchi senatorlarga, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolarga qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalarini qo‘llash tavsiya etilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari qonun ijodkorligi faoliyatini amalga oshirish vaqtida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining atamalar, tushunchalar apparatini takomillashtirishga, ularda qabul qilingan qonunlarni ro‘yobga chiqarishni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, jamiyat va davlat qurilishining turli sohalarida yuz berayotgan demokratik jarayonlarni rag‘batlantirishni ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar ishlab chiqilishi shartligiga alohida e’tibor qaratsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh,
2010-yil 30-dekabr,
№ 237-II
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh,
2010-yil 30-dekabr,
№ 150-II
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II / 150-II-sonli Qo‘shma qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarning maqsadi
Ushbu Qoidalarning maqsadi qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirishda va qonunchilik texnikasining vositalari, qoidalari hamda usullaridan foydalanishda bir xillikka rioya etilishi orqali qonunlarning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
2. Ushbu Qoidalarni ishlab chiqish asosi
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida to‘plangan qonun ijodkorligi faoliyatidagi tajribaga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) faoliyatining amaliy tajribasiga asoslanib ishlab chiqilgan.
3. Ushbu Qoidalarni qo‘llash sohasi
Ushbu Qoidalar:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida ko‘rsatilgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasiga doir ishlarni, qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxatini tayyorlash ishlarini bajarish vaqtida;
senatorlar tomonidan Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Senatga ma’qullash uchun yuborilgan qonunlarni muhokama qilish vaqtida;
qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ko‘rib chiqishi uchun qonun loyihalari yoki yangi qonun qabul qilish, qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish, shuningdek amaldagi qonunni yoki uning qismini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risida takliflar kirituvchi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lmagan davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan;
Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matnidagi nomuvofiqliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakillaridan tuzilgan kelishuv komissiyasi a’zolari tomonidan xulosalar tayyorlash vaqtida amalda qo‘llanilishi uchun mo‘ljallangan.
4. Qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari doirasi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyati oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori egadir.
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun Senatga ma’qullash uchun yuboriladi.
5. Qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish shakli va normativ asosi
Qonunchilik tashabbusi huquqi Qonunchilik palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlari loyihalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlari hamda qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini yoxud O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritish shaklida amalga oshiriladi.
Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Qonunchilik palatasiga kiritish tartib-taomili “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadi.
6. Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish vaqtida quyidagilar taqdim etilishi kerak:
1) qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
2) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq qonunlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi;
3) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim bo‘lgan qonun osti hujjatlarining ro‘yxati;
4) moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asos;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi bo‘lmagan taqdirda, ushbu qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektiga qaytariladi.
Qonun loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda mazkur organlarning qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi tegishli qarori qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining ushbu qonun loyihasi bo‘yicha Qonunchilik palatasidagi vakilini ko‘rsatgan holda taqdim etilishi kerak.
Qonun loyihasi matnining hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan materiallarning nusxalari elektron shaklda taqdim etilishi kerak.
2-bob. Qonun loyihasining (qonunning) tuzilishi
7. Qonun loyihasining (qonunning) nomi
Qonun loyihasining (qonunning) nomi uning mazmunini va huquqiy tartibga solishning asosiy predmetini aks ettiradi. Nom ijrochilar qonunning nomiga qarab, uning asosiy mazmunini aniqlab olishi, oson eslab qolishi, zarurat bo‘lganida tezda qidirib topishi uchun aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy bo‘lishi, huquqiy tartibga solish predmetini to‘g‘ri aks ettirishi zarur.
Qonun loyihasining (qonunning) nomi sahifaning o‘rtasiga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi.
8. Qonun loyihasining (qonunning) muqaddimasi
Muqaddima (kirish) — qonun loyihasining (qonunning) mustaqil qismi bo‘lib, u qonunni qabul qilish sabablari, maqsadlari va vazifalariga doir tushuntirishlarni ifoda etadi, biroq uning bo‘lishi shart emas. Muqaddima qonun loyihasining (qonunning) boshlanishida, uning nomidan keyin joylashtiriladi. Muqaddima xatboshilarga bo‘linadi.
Qonun loyihasining (qonunning) muqaddimasi:
mustaqil normativ ko‘rsatmalarga ega bo‘lmaydi;
moddalarga bo‘linmaydi;
qonun qabul qilinishi munosabati bilan o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi, o‘zgartirilishi va qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan boshqa qonunlarga taalluqli havolalarga ega bo‘lmaydi;
qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalarning ahamiyatini o‘z ichiga olmaydi;
raqamlanmaydi.
Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari muqaddimaga ega bo‘lishi mumkin emas.
9. Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari va uning moddalari
Qonun loyihasini (qonunni) tarkibiy birliklarga bo‘lish undan foydalanishni osonlashtiradi, uning ichki tuzilishi va tizimlashtirilishini, unga havolalar qilinishini yaxshilaydi, qonun loyihasining (qonunning) tez tushunilishiga yordam beradi.
Qonun loyihasining (qonunning) pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklaridan foydalaniladi:
qism;
bo‘lim;
kichik bo‘lim;
bob;
paragraf;
modda.
Qonun loyihasi (qonun) moddasining pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklaridan foydalaniladi:
qism;
band (xatboshi);
kichik band (xatboshi).
Agar qonun loyihasida (qonunda) boblar mavjud bo‘lmasa, “bo‘lim” tarkibiy birligi kiritilmaydi.
Yirik tizimlashtirilgan qonun loyihalari (qonunlar) (masalan, kodekslar) qismlarga, bo‘limlar kichik bo‘limlarga, boblar paragraflarga bo‘linishi mumkin.
10. Qism qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) qismi:‎
BIRINChI QISM;‎
IKKINChI QISM‎
so‘zlari bilan belgilanadi.‎
Qonun loyihasining (qonunning) qismi: ‎
BIRINChI QISM‎
UMUMIY QOIDALAR‎
kabi nomga ega bo‘lishi mumkin.‎
Qonun loyihasining (qonunning) qismi (masalan, kodekslarda) quyidagi tarzda belgilanishi mumkin:‎
UMUMIY QISM;‎
MAXSUS QISM‎
Qonun loyihasi (qonun) qismining belgisi va nomi sahifaning o‘rtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi.‎
Qonun loyihasi (qonun) qismining nomi yarim qora shriftda yoziladi.‎
11. Bo‘lim qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) bo‘limi:
rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;
nomga ega bo‘ladi.
Bo‘limning belgisi va nomi sahifaning o‘rtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi.
Bo‘limning nomi yarim qora shriftda yoziladi.
Misol:
III BO‘LIM. MAJBURIYAT HUQUQI
12. Kichik bo‘lim qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) kichik bo‘limi:
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;
nomga ega bo‘ladi.
Kichik bo‘lim belgisi bosh harf bilan xatboshidan yoziladi.
Kichik bo‘lim nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “kichik bo‘lim” degan so‘zlardan keyin nuqta qo‘yiladi.
Misol:
4-kichik bo‘lim. Bitimlar va vakillik
13. Bob qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) bobi:
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga;
nomga ega bo‘ladi.
Bob belgisi bosh harf bilan xatboshidan yoziladi.
Bob nomi uning belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “bob” degan so‘zdan keyin nuqta qo‘yiladi.
Misol:
29-bob. Oldi-sotdi
14. Paragraf qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) paragrafi:
“§” belgisi bilan ko‘rsatiladi;
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega bo‘ladi;
nomga ega bo‘ladi.
Paragraf nomi paragraf raqami bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yoziladi, “§” belgisidan keyin nuqta qo‘yiladi.
Misol:
2-§. Chakana oldi-sotdi
15. Modda qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birligi sifatida
Qonun loyihasining (qonunning) moddasi:
qonun loyihasining (qonunning) asosiy tarkibiy birligi hisoblanadi;
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega bo‘ladi;
nomga ega bo‘ladi, ayrim hollarda unga ega bo‘lmasligi mumkin.
Modda belgisi arab raqamlaridan boshlanadi va xatboshidan yoziladi.
Moddaning nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan yarim qora shriftda yozilib, “modda” degan so‘zdan keyin nuqta qo‘yiladi.
Agar modda nomga ega bo‘lmasa, u holda “modda” degan so‘zdan keyin nuqta qo‘yiladi, moddaning belgisi yarim qora raqam bilan xatboshidan yoziladi.
Modda qismlarga bo‘linadi, bu qismlar raqamlanmaydi. Modda qismlarining joylashuv tartibi bosh harf bilan boshlanadigan va nuqta bilan tugaydigan xatboshilarni ketma-ket sanash orqali aniqlanadi.
1-misol:
427-modda. Xaridorga tovar haqida axborot berish
__________________________________________. (birinchi qism)‎‎
‎‎__________________________________________. (ikkinchi qism)
___________________________________________. (uchinchi qism)
__________________________________________. (to‘rtinchi qism)
2-misol:
6-modda. _______________________
‎‎__________________________________________. (birinchi qism)
‎‎__________________________________________. (ikkinchi qism)‎
‎‎(qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi 336–I-sonli Qonuni).
Moddaning qismlari bandlarga bo‘linib, bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari bilan belgilanadi.
Bandlar kichik bandlarga bo‘linib, kichik bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadi.
1-misol:
109-modda. Sud buyrug‘ini berish tartibi va uni berishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrug‘ini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi. (birinchi qism)
Sudya quyidagi hollarda sud buyrug‘ini berishni rad etadi: (ikkinchi qismning birinchi xatboshisi)
1) agar qarzdor bildirilgan talabga rozi bo‘lmasa; (ikkinchi qismning birinchi bandi)
2) huquq to‘g‘risidagi mavjud nizoni taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb hisoblansa. (ikkinchi qismning ikkinchi bandi)
Sudya sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. (uchinchi qism)
2-misol:
59-modda. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilish
‎‎_______________________: (birinchi qism)
1) _____________________; (birinchi qismning 1-bandi)
a) _____________________; (birinchi qism 1-bandining “a” kichik bandi)
3-misol:
‎‎78-modda. ______________________
______________________________________: (birinchi qism)
‎‎1) ____________________________________; (birinchi qismning 1-bandi)‎
(qarang: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi)‎‎
Alohida hollarda moddaning qismlari, bandlari va kichik bandlari xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
4-misol:
26-modda. Ishlarning sudlovga tegishliligi
Xo‘jalik sudiga taalluqli ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi sudloviga tegishli ishlar bundan mustasno. (birinchi qism)
Oliy xo‘jalik sudi quyidagilarni ko‘radi: (ikkinchi qismning birinchi xatboshisi)
respublika boshqaruv organlari bilan vakillik va ijroiya hokimiyati mahalliy organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar; (ikkinchi qismning ikkinchi xatboshisi)
hokimiyat oliy organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi ishlar. (ikkinchi qismning uchinchi xatboshisi)
Oliy xo‘jalik sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday ishni istalgan xo‘jalik sudidan olib qo‘yish va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yuritishiga qabul qilishga, ishni bir xo‘jalik sudidan boshqasiga o‘tkazishga haqli. (uchinchi qism)
16. Qonun loyihasi matniga qonun yoki uning ayrim qoidalari kuchga kirishi yoki ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish tartibi to‘g‘risidagi qoidalarni kiritish
Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasining matniga quyidagi qoidalar kiritilishi mumkin:
qonunning yoki uning ayrim qoidalarining kuchga kirish muddati va tartibi to‘g‘risidagi;
ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan ilgari qabul qilingan qonunlarni va boshqa qonunlarni yoki ularning ayrim qoidalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi.
1-misol:
4-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
2-misol:
15-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2006-yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.
3-misol:
295-modda. Ushbu Kodeksning kuchga kirish tartibi
Ushbu Kodeks 1996-yilning 1-aprelidan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Kodeks 151-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ta’tilning eng oz muddatidan ortiqcha qismini pullik kompensatsiya bilan almashtirish 1996-yil 1-apreldan e’tiboran oxirgi ish yilidagi va shundan keyingi yillardagi ta’tillarga nisbatan qo‘llaniladi.
4-misol:
43-modda. Ushbu Qonun qabul qilinishi munosabati bilan ayrim qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Ushbu Qonun kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunini kuchga kiritish haqida”gi 224–XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 77-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 664–XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 363-modda);
4) ______________________________________________________;‎‎‎
5) ______________________________________________________.
3-bob. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar), shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladigan qonunlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan qonun loyihalari (qonunlar) tuzilishining xususiyatlari
17. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirish
Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar), shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladigan qonunlarning ro‘yxatini o‘z ichiga olgan qonun loyihalarining (qonunlarning) moddalari alohida tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday qonun loyihalarining (qonunlarning):
moddalari nomga ega bo‘lmaydi;
moddalari qismlarga bo‘linishi mumkin;
qismlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlarga yoki belgilarga ega bo‘lmagan xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
Bandlar doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar bilan belgilanadigan kichik bandlarga bo‘linishi mumkin.
1-misol:
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ___ yil ___________ da qabul qilingan “__________________________”gi ____-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №____, _______-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) ________________________________; (1-band)
‎‎2) ________________________________; (2-band)
3) ______________________________; (3-bandning birinchi xatboshisi)‎‎
a) ________________________________; (3-bandning “a” kichik bandi)
‎‎b) ________________________________; (3-bandning “b” kichik bandi)‎
‎‎4) ________________________________. (4-band)
2-misol:
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ___ yil ___________ da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____ yil, № __, _______-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
‎‎________________________________________; (ikkinchi xatboshi)
‎‎________________________________________; (uchinchi xatboshi)
‎‎________________________________________; (to‘rtinchi xatboshi)
‎‎________________________________________. (beshinchi xatboshi)
3-misol:
1-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) _______________________________________________; (1-band)‎‎
‎‎2) _______________________________________________; (2-band)
‎‎3) _______________________________________________; (3-band)
‎‎4) _______________________________________________; (4-band)‎
‎‎5) _______________________________________________; (5-band)
‎‎6) _______________________________________________. (6-band)‎
4-misol:
1-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
‎‎_______________________________________; (ikkinchi xatboshi)
‎‎________________________________________; (uchinchi xatboshi)
‎‎_______________________________________. (to‘rtinchi xatboshi)
18. Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklarini raqamlash
Qonun loyihasining (qonunning) moddalari, boblari, bo‘limlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Masalan, har bir bobning moddalarini alohida-alohida raqamlashga yoki har bir bo‘limning boblarini alohida-alohida raqamlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida, shuningdek qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida bunday qonunning qismlari, bo‘limlari, boblari, moddalarining raqamlanishini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida, shuningdek qonun moddasining tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida bandlarning raqamlanishini va moddalar qismlari kichik bandlarining harflar bilan belgilanishini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar qo‘shimchalar qonunning oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa, bo‘limlar, boblar, moddalarning mavjud raqamlanishini davom ettirish zarur (masalan, oxirgi bob 5-bob bo‘lsa, 6-bob bilan to‘ldiriladi; oxirgi modda 7-modda bo‘lsa, 8-modda bilan to‘ldiriladi).
Agar qo‘shimchalar moddaning tarkibiy birligi oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa ham mavjud raqamlashni davom ettirish zarur (masalan, qismning oxirgi bandi 3-band bo‘lsa, 4-band bilan to‘ldiriladi va hokazo).
Agar qonun yangi tarkibiy birliklar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilash zarur (masalan, 51-bob, 72-modda, 33-band, “b1” kichik band).
Misol:
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining ___ yil _________da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, № _____, _______-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 17 1-modda bilan to‘ldirilsin:
‎‎“171-modda. _____________________
‎‎_________________________________________________________.
‎‎_________________________________________________________”;
2) 16-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
“21)__________________________________________________”;
to‘rtinchi qismi 3-bandi quyidagi mazmundagi “b2” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“b2) ____________________________________________________”.‎
19. Qonunning kuchga kirishi tartibi to‘g‘risidagi modda
Qonun loyihasining (qonunning) qonun kuchga kirishi to‘g‘risidagi moddasida “kuchga kirish” tushunchasi qo‘llanilishi zarur.
Qonunning kuchga kirishi tartibi to‘g‘risidagi modda mazkur qonun kuchga kirishining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilanganidan farq qiladigan alohida tartibini o‘rnatish zarur bo‘lgan taqdirda kiritiladi.
1-misol:
Ushbu Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma kun o‘tganidan keyin kuchga kiradi.
2-misol:
Ushbu Qonun 2005-yilning 1-dekabridan e’tiboran kuchga kiradi.
3-misol:
Ushbu Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
20. Qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklariga izoh
Qonun loyihasiga (qonunga) moddalar, boblar, bo‘limlar, qismlar yoki butun qonun loyihasiga (qonunga) doir izohlar kiritilishi mumkin emas.
21. Qonun loyihalariga (qonunlarga) ilovalar
Qonun loyihalari (qonunlar) turli ro‘yxatlar, jadvallar, chizmalar, tariflar, xaritalar, blankalar, hujjatlar, sxemalarning namunalari va boshqa shu kabilar joylashtirilgan ilovalarga ega bo‘lishi mumkin.
Ilovalarning va ular taalluqli bo‘lgan qonunning yuridik kuchi bir xil.
Agar qonun loyihasiga (qonunga) bir nechta ilova mavjud bo‘lsa, ular № belgisi ko‘rsatilmagan holda arab raqamlari bilan raqamlanadi. Qonun loyihasining (qonunning) matnida ilovaga havola qilinganida ham № belgisi ko‘rsatilmaydi.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-ilovasiga muvofiq.
Ilova belgisi qonun loyihasi (qonun) matnidan keyingi betning yuqorisidagi o‘ng burchakka, qonunning raqami va imzolangan sanasi ko‘rsatilmagan holda joylashtiriladi.
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasining “______________________”gi Qonuniga ilova
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasining “______________________”gi Qonuniga 2-ilova
Ilovaning nomi varaqning o‘rtasiga joylashtiriladi.
4-bob. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar) tuzilishining xususiyatlari
22. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini (qonunlarni) rasmiylashtirish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar) quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida
O‘zbekiston Respublikasi bilan Bolgariya Respublikasi o‘rtasida fuqarolik ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilinsin
2-misol:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi quyidagi bayonot e’tiborga olingan holda ratifikatsiya qilinsin:
Konvensiya 35-moddasining 3-bandi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi o‘zini ushbu Konvensiya 35-moddasining 3-bandi qoidalari bilan bog‘liq deb hisoblamaydi”.
3-misol:
Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasiga qo‘shilish haqida
Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasiga quyidagi izohlarni inobatga olgan holda qo‘shilinsin:
1) Konvensiyaning 18-moddasi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi shuni bayon etadiki, yuqorida zikr etilgan Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan sanada uning hududida jamoat mulki bo‘lib qolgan adabiy va badiiy asarlarga nisbatan ushbu Konvensiya qo‘llanilmaydi”;
2) Konvensiyaning qo‘shimcha bo‘limi bo‘yicha: “O‘zbekiston Respublikasi yuqorida zikr etilgan Konvensiya Qo‘shimcha bo‘limining 2 va 3-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi”.
23. O‘zbekiston Respublikasining bir nechta xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini (qonunni) rasmiylashtirish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi (qonun) bir nechta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilishni o‘z ichiga olsa, bunday qonun loyihasi (qonun) moddalari nomga ega bo‘lmagan qonun loyihalariga (qonunlarga) nisbatan qo‘llaniladigan umumiy qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasidagi (qonundagi) O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining nomi ushbu xalqaro shartnoma imzolangan asl nusxadagi nom bilan aynan bir xil bo‘lishi kerak. Biron-bir o‘zgartish kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Misol:
1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Energetika Xartiyasiga doir Shartnomani hamda Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari bo‘yicha Energetika Xartiyasiga doir Protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida
1-modda. Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Shartnoma ratifikatsiya qilinsin.
2-modda. Energetika samaradorligi va turdosh ekologik jihatlar masalalari bo‘yicha Energetika Xartiyasiga doir 1995-yil aprelda Lissabonda imzolangan Protokol ratifikatsiya qilinsin.
5-bob. Havolalarning qo‘llanish tartibi
24. Moddalarda boshqa moddalarga, shuningdek ilgari qabul qilingan qonunlarga havolalarni qo‘llanish
Moddalarda boshqa moddalarga, shuningdek ilgari qabul qilingan qonunlarga havolalar faqat huquqiy normalarning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatish uchun yoki takrorlashga yo‘l qo‘ymaslik zarur bo‘lgandagina qo‘llaniladi.
Faqat kuchga kirgan (amalga kiritilgan) qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. O‘z kuchini yo‘qotgan qonunlarga va qonun loyihalariga havolalar qilinmaydi.
25. Qonunga havolani rasmiylashtirish
Qonun loyihasida (qonunda) qonunga havola qilish zarurati bo‘lsa, quyidagi rekvizitlar quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi: qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami, shuningdek qonunning nomi.
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160–II-sonli Qonuni bilan tartibga solinadi.
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini amalga kiritish haqida”gi 435–II-sonli Qaroriga muvofiq.
Qonunning raqami mavjud bo‘lmagan taqdirda uning turi, imzolangan sanasi va qonunning nomi ko‘rsatiladi.
Aniq qonunning turi bosh harf bilan ko‘rsatiladi.
Ayni bir qonunga bir necha marta havolalar qilinganda, ushbu qonun birinchi marta ko‘rsatilayotganida quyidagi shakl qo‘llaniladi:
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522–II-sonli Qonuniga (bundan buyon matnda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni deb yuritiladi) muvofiq.
To‘liq yangi tahrirda bayon etilgan qonunga havola qilinganida uning rekvizitlari quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi: qonunning turi, uning nomi, doirasimon qavslar ichida esa ushbu qonunni yangi tahrirda to‘liq bayon etgan qonunning turi, qonunning imzolangan sanasi va raqami ko‘rsatiladi.
Misol:
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga) muvofiq.
26. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga havolalar
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga havolalar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 18-moddasi birinchi qismiga muvofiq.
27. O‘zbekiston Respublikasi kodekslariga havolalar
Kodekslarga havola qilinganida ularning imzolangan sanasi va raqami ko‘rsatilmaydi.
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan belgilangan tartibda.
3-misol:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq.
Bir necha qismdan iborat kodeksning aniq moddasiga havolalar qilinganida kodeks qismining raqami ko‘rsatilmaydi.
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 55-moddasi bilan tartibga solinadi.
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 786-moddasiga muvofiq.
28. Qonunning tarkibiy birligiga havolalar
Butun qonunga emas, balki uning faqat tarkibiy birligiga havola qilish zarurati bo‘lganida, avval ana shu aniq birlik (eng katta birlikdan boshlab) ko‘rsatiladi.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining ______yil ______________da qabul qilingan “___________________________”gi _____ -sonli Qonuni 15-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi bilan tartibga solinadi.
29. Qonun loyihalarining (qonunlarning) tarkibiy birliklarini belgilash
Bo‘limlar, boblar, moddalar, bandlarning belgilari raqamlar bilan, qismlar va xatboshilarning belgilari so‘zlar bilan, kichik bandlarning belgilari esa, qo‘shtirnoq ichida kichik harflar bilan yoziladi.
Misollar:
5-modda birinchi qismi 2-bandining “v2” kichik bandi;
5-modda ikkinchi qismi 1-bandining “v” kichik bandi;
1-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi;
1-modda birinchi qismining birinchi xatboshisiga muvofiq;
5-bob;
III va IV bo‘limlar.
Ayni bir qonun loyihasining (qonunning) tarkibiy birliklariga havolalar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
Misollar:
ushbu Qonunning 3-bobidagi;
ushbu bob qoidalari munosabati bilan;
ushbu Kodeks 5-moddasining birinchi qismiga muvofiq;
ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq;
ushbu Qonun 5-moddasi to‘rtinchi qismining 21-bandiga muvofiq;
ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi qismi 2-bandining “a1” kichik bandiga muvofiq;
ushbu Qonun 5-moddasi uchinchi qismi 2-bandining “b” kichik bandi bilan tartibga solinadi;
ushbu bobning 2-paragrafidagi.
30. Turli yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlarga havolalar
Qonun loyihalarida (qonunlarda) yuqori yoki teng yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlarga havolalar qilinishi mumkin. Quyi yuridik kuchga ega bo‘lgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning ayrim tarkibiy birliklariga havola qilinishiga (masalan, qonunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aniq qaroriga havola qilinishiga) yo‘l qo‘yilmaydi.
Alohida hollarda, agar ayrim huquqiy munosabatlar ushbu qonun loyihasi (qonun) bilan tartibga solinmagan bo‘lsa va bu huquqiy munosabatlar boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solingan yoki solinishi zarur bo‘lsa, qonun loyihasida (qonunda) quyi yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga havolalar qilinadi.
31. Boshqa qonunlarning normativ ko‘rsatmalariga havolalar
Qonun loyihasining (qonunning) matnida boshqa qonunlarning o‘zi ham havola hisoblangan normativ ko‘rsatmalariga havolalar qilinmaydi.
6-bob. Rasmiy e’lon qilish manbalarini ko‘rsatish tartibi
32. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’lon qilishning rasmiy manbalari
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini e’lon qilishning rasmiy manbalaridir.
Agar qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilsa yoki qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsa, uni e’lon qilgan rasmiy manba ko‘rsatilishi shart.
1-misol:
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda).
2-misol:
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda).
Katta hajmdagi qonunning matni “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarining bir nechta sonida e’lon qilinganida rasmiy manba sifatida gazetalarning qonun matni e’lon qilingan barcha sonlarining sanalari ko‘rsatiladi.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996-yil 14, 15 va 16-noyabrdagi “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalari).
33. Qonunga o‘zgartishlar kiritilganida e’lon qilingan rasmiy manbani ko‘rsatish
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida quyidagilar ko‘rsatiladi:
qonun e’lon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u bo‘lsa) qonun e’lon qilingan rasmiy manba;
qonunga keyin kiritilgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar e’lon qilingan rasmiy manbalar.
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi 822–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda) 8-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
__________________________________________________________________.
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 734–XII-sonli Qonuniga (2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78–II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
__________________________________________________________________.
34. Qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida e’lon qilingan rasmiy manbani ko‘rsatish
Qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida qonun e’lon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u bo‘lsa) qonun e’lon qilingan rasmiy manba ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan asosiy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan qonunlar ham ular rasmiy e’lon qilingan manba ko‘rsatilib, alohida tarzda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Misollar:
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to‘g‘risida”gi 481–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 237-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 568–II-sonli Qonunining XVII bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1–2, 18-modda).
7-bob. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
35. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishdan maqsad
Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar) qonunlarni O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan qonuniga muvofiqlashtirish va aynan bir xil masalalar bo‘yicha huquqiy normalarning ko‘p bo‘lishiga barham berish uchun tayyorlanadi.
36. Qonunlarga o‘zgartishlar kiritish
Quyidagilar qonunlarga o‘zgartishlar kiritish hisoblanadi:
so‘zlarni, raqamlarni almashtirish;
so‘zlarni, raqamlarni, jumlalarni chiqarib tashlash;
qonun tarkibiy birligining yangi tahriri;
qonun yoki uning tarkibiy birliklarining amal qilishini uzaytirish.
37. Qonunlarga qo‘shimchalar kiritish
Quyidagilar qonunlarga qo‘shimchalar kiritish hisoblanadi:
qonun moddasining tarkibiy birligini yangi so‘zlar, raqamlar yoki jumlalar bilan to‘ldirish;
qonunni tarkibiy birliklar bilan to‘ldirish.
38. O‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin bo‘lgan qonunlar ro‘yxati
O‘zgartish va qo‘shimchalar quyidagi turdagi qonunlarga kiritilishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining farmonlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlariga.
39. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni rasmiylashtirish
Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mustaqil qonun bilan rasmiylashtirilib, unda o‘z navbatida, har bir qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mustaqil moddalar tarzida rasmiylashtiriladi.
Misol:
“____________________”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga hamda “________________”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ______yil ____________da qabul qilingan “___________________________”gi ______-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №___, ____-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, №_____, ____-modda) 5-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
‎‎1) _______________________________________________________;
‎‎2) _______________________________________________________.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining ________yil __________da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, №____, ___-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) _______________________________________________________;
2) _______________________________________________________;
3) _______________________________________________________;
4) _______________________________________________________.
40. Bir nechta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni rasmiylashtirish
Agar qonun loyihasi (qonun) bilan bir yo‘la bir nechta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, bu qonunlar xronologik tartibda (ular imzolangan sana bo‘yicha) joylashtiriladi. Ayni bitta sanada imzolangan qonunlar ular raqamlarining ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
41. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligi to‘g‘risidagi qonunlarni rasmiylashtirish
Qonunga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish bilan bir vaqtda ushbu qonunning tarkibiy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganida o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotganlik to‘g‘risidagi qoidalar bitta moddada joylashtirilishi mumkin. Bunda kiritilayotgan o‘zgartishlar, qo‘shimchalar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish izchil (moddama-modda) bayon etilishi kerak.
Misol:
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining _________yil _______da qabul qilingan “________________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, № _____, _______-modda; ____yil, №____, _______-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-moddadagi “________” degan so‘zlar “_________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 2-moddaning birinchi qismi “________________” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 3-modda ikkinchi qismining 2-bandidan “________” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 4-modda o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
5) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“_____________________________________________________________”;
6) 6-moddadagi “___________” degan so‘zlar “_________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
42. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida rekvizitlarni ko‘rsatish
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida hujjatning imzolangan sanasi, nomi, raqami (agar u mavjud bo‘lsa) va hujjatning turi, shuningdek u e’lon qilingan tegishli rasmiy manba ko‘rsatilishi shart.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi 160–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 8-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
__________________________________________________________________.
Agar o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan qonun to‘liq yangi tahrirda bayon etilgan bo‘lsa, uning rekvizitlari quyidagi ketma-ketlikda ko‘rsatiladi: qonunning turi, qonunning imzolangan sanasi va raqami (agar u bo‘lsa), nomi, so‘ngra doirasimon qavslarda ushbu hujjatni yangi tahrirda to‘liq bayon etgan qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami, shuningdek doirasimon qavslarda u e’lon qilingan rasmiy manba ko‘rsatiladi.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi 510–XII-sonli Qonuniga (1998-yil 1-mayda qabul qilingan 616–I-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5–6, 97-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
__________________________________________________________________.
43. Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalari (qonunlar) nomlarini aniqlashtirish
Qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritayotgan qonun loyihalari (qonunlar) nomini bayon qilish ularning mazmuniga bog‘liq. Agar faqat o‘zgartishlar yoki faqat qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, u holda qonun loyihalarining (qonunlarning) nomida tegishincha qonunga o‘zgartish yoki qo‘shimchalar kiritilayotganligi aniqlashtiriladi. Qonun loyihasi (qonun) nomiga qonun loyihasining (qonunning) tuzilishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, agar qonun loyihasi (qonun) qo‘shimchalardan boshlansa, u holda uning nomida qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilganligi, basharti o‘zgartishlardan boshlansa, u holda qonun loyihasi (qonun) nomida tegishincha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligi ko‘rsatiladi.
Qonunning bitta yoki ikkita (undan ortiq emas) moddasiga o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilganida qonun loyihasining (qonunning) nomini aniqlashtirish maqsadga muvofiqdir.
1-misol:
“Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 30-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida
2-misol:
“________________________”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga va “___________________”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga qo‘shimchalar kiritish haqida
44. O‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin bo‘lgan qonun
O‘zgartish va qo‘shimchalar doimo faqat asosiy qonunga kiritiladi. Asosiy qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish orqali o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
45. Doimiy amalda bo‘lgan qonunga vaqtinchalik xususiyatdagi huquqiy normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Asosiy qonunga vaqtinchalik xususiyatdagi huquqiy normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Aniq masalalar bo‘yicha vaqtincha (umumiy belgilanganidan farqlanadigan) huquqiy tartibga solishni belgilash zarurati mavjud bo‘lganida mustaqil qonun qabul qilinadi.
46. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida qo‘shtirnoqlardan foydalanish
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganida tegishli matn qo‘shtirnoq ichiga olinadi.
47. Qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni bayon qilish
Qonunga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar ular kiritilayotgan aniq tarkibiy birlik ko‘rsatilgan holda ketma-ket (moddama-modda) bayon etilishi kerak.
48. Qonunni o‘zidan kattaroq tarkibiy birliklar tutashgan joyda turgan tarkibiy birlik bilan to‘ldirish
Qonun tegishincha boblar, kichik bo‘limlar, bo‘limlar, qismlar tutashgan joyda modda, bob, kichik bo‘lim, bo‘lim bilan to‘ldirilayotganda qonunning tegishli bobi, kichik bo‘limi, bo‘limi, qismiga havola qilgan holda qo‘shilayotgan modda, bob, kichik bo‘lim, bo‘limning aniq joyi ko‘rsatiladi.
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasining _____ yil ______da qabul qilingan “______________”gi _____-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №_____, _____-modda; ______yil, №_____, ______-modda) 1-bobi quyidagi mazmundagi 141-modda bilan to‘ldirilsin:
141-modda. ______________________.
______________________________________________________________”.
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasining _____ yil ______da qabul qilingan “______________”gi _____-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _______yil, №_____, _____-modda; ______yil, №_____, ______-modda) 2-bobi quyidagi mazmundagi 141-modda bilan to‘ldirilsin:
141-modda. _______________________
______________________________________________________________”.
49. Qonunga umumlashtirilgan shaklda o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Qonunga umumlashtirilgan shaklda o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishiga (shu jumladan, so‘zlar va so‘z birikmalarini “matn bo‘yicha” degan shakldan foydalangan holda almashtirishga yoki to‘ldirishga) yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy qoidaga binoan har bir o‘zgartish yoki qo‘shimcha o‘zgartirilayotgan yoki qo‘shimcha kiritilayotgan qonunning aniq tarkibiy birligini ko‘rsatgan holda alohida rasmiylashtirilishi kerak.
Istisno tariqasida, faqat qonunning bitta moddasiga yoki moddaning tarkibiy birligiga umumlashgan shaklda o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritish mumkin. Agar bu moddaga yoki uning tarkibiy birligiga boshqa hech qanday o‘zgartishlar yoki qo‘shimchalar kiritilmasa, almashtirilayotgan yoki to‘ldirilayotgan so‘z yoki so‘zlardan hamma joyda bir xil sonda va kelishikda foydalanilgan bo‘lsa, bunday o‘zgartish yoki qo‘shimcha quyidagi tarzda rasmiylashtirilishi kerak:
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasidagi “________________” degan so‘zlar “________________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “_________________”gi _____-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasi “_____________” degan so‘zlardan keyin “_____________” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
50. Qonunning moddasida turli son va kelishiklarda qo‘llanilgan so‘zlarni almashtirish
Agar qonunning moddasida bir necha hollarda so‘zni yoki so‘zlarni almashtirish zarur bo‘lsa va almashtirilayotgan so‘z yoki so‘zlar turli son va kelishiklarda yoxud faqat bir sonda, biroq turli kelishiklarda qo‘llanilgan bo‘lsa, mazkur modda yoki tarkibiy birlikka boshqa o‘zgartishlar kiritilmayotgan bo‘lsa, quyidagi shakl qo‘llaniladi:
1-misol:
O‘zbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______ -sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, _____yil, №_____, ___-modda) 10-moddasidagi tegishli son va kelishikdagi “_______(so‘zlar bosh kelishikda, birlikda ko‘rsatiladi)______” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “_______(so‘zlar bosh kelishikda, birlikda ko‘rsatiladi)______” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasining _______yil _______da qabul qilingan “_________________”gi _______-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 10-moddasidagi tegishli son va kelishikdagi “___(so‘zlar bosh kelishikda, birlikda yoki ko‘plikda ko‘rsatiladi)__” degan so‘zlar tegishli son va kelishikdagi “_____(so‘zlar bosh kelishikda, birlikda yoki ko‘plikda ko‘rsatiladi)_____” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
51. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotganida tarkibiy birliklarni ko‘rsatishdagi izchillik
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotganida dastlab qaysi tarkibiy birlik o‘zgartirilayotganligi va to‘ldirilayotganligi ko‘rsatiladi, keyin esa o‘zgartish va qo‘shimchalarning xususiyati ko‘rsatiladi. Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish eng katta tarkibiy birlikdan boshlab rasmiylashtiriladi.
1-misol:
7-modda birinchi qismi 2-bandining “v” kichik bandidagi “________” degan so‘zlar “_________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-misol:
O‘zbekiston Respublikasining ____yil ____________da qabul qilingan “______________________”gi ____-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ____-modda) 7-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“__________________________________________________________”.
52. Qonun moddasining turli tarkibiy birliklariga qo‘shimchalar kiritishni rasmiylashtirish
Modda, moddaning qismi, bandi, kichik bandi, xatboshisiga qo‘shimchalar kiritilayotganida ushbu qo‘shimcha qaysi so‘zlardan keyin yozilishi ko‘rsatiladi.
Misol:
1-modda “_________” degan so‘zlardan keyin “_________” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
53. Qonun moddasining tarkibiy birligi oxiriga qo‘shimchalar kiritish
Agar qonun moddasining tarkibiy birligi so‘zlar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa va bu qo‘shimcha mazkur tarkibiy birlikning oxirida joylashishi kerak bo‘lsa, u holda quyidagi shakl qo‘llaniladi:
Misol:
1-moddaning 1-bandiga “___________________” degan so‘zlar qo‘shilsin.
Bunda qo‘shilayotgan tarkibiy birlikning oxirida ishlatilgan tinish belgisi qo‘shimcha kiritilganidan keyin ko‘rsatmasiz saqlab qolinadi.
54. Moddaning turli tarkibiy birliklariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni rasmiylashtirish
Qonun moddasining turli tarkibiy birliklariga bir nechta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:
Misol:
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining ______ yil ________da qabul qilingan “_____________________”gi ______-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ___yil, №___, ___-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 2-moddaning:
birinchi qismidagi “_________” degan so‘zlar “_________” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “_________” degan so‘zlardan keyin “_________” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi 7-band bilan to‘ldirilsin:
“7) ______________________________________________________”;‎
to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“______________________________________________________________”;
2) 3-modda ikkinchi qismi 2-bandining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
3) 4-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
‎‎“4-modda. ______________________
________________________________________________________”.
55. Qonunning moddasini tarkibiy birliklar bilan to‘ldirish
Qonunning moddasi qismlar, bandlar, kichik bandlar yoki xatboshilar bilan to‘ldirilganda qismlar, bandlar, kichik bandlar yoki xatboshilarning tartib raqamlari ko‘rsatilishi shart. Bunda avval to‘ldirilayotgan tarkibiy birlik nomi, keyin moddani to‘ldirayotgan tarkibiy birlik, so‘ngra “to‘ldirilsin” degan so‘z, undan keyin esa tarkibiy birlikning mazmuni ko‘rsatiladi.
1-misol:
2-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“_____________________________________________________________”;
33-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“_____________________________________________________________”;
o‘n to‘rtinchi – yigirma to‘rtinchi xatboshilari tegishincha o‘n beshinchi – yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2-misol:
7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“_____________________________________________________________”.
3-misol:
15-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi – to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
‎‎“________________________________________________________;‎
_________________________________________________________;
_________________________________________________________;
‎‎_________________________________________________________;
‎‎________________________________________________________”. ‎
Agar qonunning moddasi uchtadan ortiq bo‘lmagan qismlar bilan yoki qonun moddasining qismi (bandi) uchtadan ortiq bo‘lmagan xatboshilar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, bunda to‘ldirilayotgan qismlar yoki xatboshilarning tartib raqamlari vergul orqali yoziladi.
1-misol:
7-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“‎‎________________________________________________________. ‎
‎‎________________________________________________________. ‎
‎‎________________________________________________________”. ‎
2-misol:
4-moddaning 5-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“______________________________________________________________;
_______________________________________________________________;
‎‎______________________________________________________________”. ‎
to‘rtinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
Qonunning moddasini bandlar yoki kichik bandlar bilan to‘ldirish va bu bandlarni tegishincha modda, band yoki kichik bandning oxiriga joylashtirish zarur bo‘lsa, qo‘shilayotgan bandlar yoki kichik bandlarning tartib raqamlari ko‘rsatilishi shart.
1-misol:
6-moddaning beshinchi qismi quyidagi mazmundagi 4-band bilan to‘ldirilsin:
“4)_____________________________________________________”.‎
2-misol:
7-modda uchinchi qismining 3-bandi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d)___________________________________________________________”.‎
Bu kabi qator hollarda zarur bo‘lgan tinish belgisini almashtirish qonunning joriy tahririni tayyorlash vaqtida (qonun loyihasining (qonunning) matnida izoh berilmagan holda) amalga oshiriladi.
56. Qonunni yangi tahrirda qabul qilish o‘rniga yangi qonun qabul qilish
Qonunni yangi tahrirda qabul qilish, qoida tariqasida, maqsadga muvofiq emas. Qonunning yangi tahriri o‘rniga yangi qonun qabul qilib, ayni bir vaqtda avval amalda bo‘lgan qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish maqsadga muvofiq, agar:
qonunga uni mohiyatan qayta ishlashni talab qiladigan va ayrim tarkibiy birliklarining yangi tahriri bilan cheklanib bo‘lmaydigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lsa;
qonunga uning deyarli barcha tarkibiy birliklariga daxldor o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lsa;
qonunning faqat ayrim tarkibiy birliklari o‘z ahamiyatini qisman saqlab qolsa.
57. Qonunning tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon qilish
Qonunning tarkibiy birligi yangi tahrirda bayon etiladi, agar:
mazkur tarkibiy birlikka jiddiy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lsa;
qonunning tarkibiy birligi matniga bir necha marta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa.
Qonunning tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon etish ushbu tarkibiy birlik oraliq tahrirlarining barchasini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishga asos bo‘lmaydi.
Qonunning bitta tarkibiy birligini yangi tahrirda bayon etish zarur bo‘lsa, quyidagi shakl qo‘llaniladi:
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining ______ yil ________da qabul qilingan “__________________”gi ______-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №____, ___-modda) 16-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
16-modda. _______________________
_____________________________________________________________”.
Bunday holda qonunning nomi quyidagicha bo‘lishi kerak:
“___________________________”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida
58. Raqamli belgilar va so‘zlarni almashtirish
Raqamli belgilarni almashtirish zarur bo‘lganida “sonlar” emas, balki “raqamlar” atamasi ishlatiladi.
Misollar:
“15, 18, 124” raqamlari “16, 19, 125” raqamlari bilan almashtirilsin;
“45” raqami “55” raqami bilan almashtirilsin.
So‘zlar va raqamlarni almashtirish zarur bo‘lsa, “so‘zlar” atamasi ishlatiladi.
Misol:
“10-marta” degan so‘zlar “20-marta” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
59. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga ega qonun loyihasining (qonunning) nomlanishi
Agar qonun loyihasida (qonunda) qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi moddalar bilan bir vaqtda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxati berilgan modda mavjud bo‘lsa, bunday moddaning mavjud ekanligi qonun loyihasining (qonunning) nomida ifoda etilishi shart.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
8-bob. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxati
60. Amaldagi qonunlarni qabul qilinayotgan qonun bilan muvofiqlashtirish
Qonunlarni O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan (qilinayotgan) qonuni bilan muvofiqlashtirish, aynan bir xil masalalar bo‘yicha huquqiy normalarning ko‘p bo‘lishiga barham berish uchun qonunlarni (ularning tarkibiy birliklarini) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish orqali qonunlarni qabul qilinayotgan qonun bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida takliflar tayyorlanadi.
61. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatini tuzish
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxatiga quyidagilar kiritiladi:
1) o‘z kuchini to‘liq yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar. Bunda qonunning o‘zi ham, asosiy qonunning matniga ilgari o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan barcha qonunlar ham alohida tarzda ko‘rsatiladi.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining ______yil ________da qabul qilingan “_____________________”gi _______-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ______yil, №___, ___-modda);
2) qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar, ya’ni butun qonun emas, balki uning ayrim tarkibiy birliklari (qonunning raqamlangan barcha tarkibiy birliklari, shu jumladan xatboshilari) o‘z kuchini yo‘qotadi.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining _______ yil ________da qabul qilingan “_________________”gi______ -sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, ____ yil, № ___, ___-modda) 5-bobi;
3) alohida hollarda (agar mustaqil tarkibiy birlik sifatida ajratilmagan qism nazarda tutilayotgan bo‘lsa), ajralmas qismi o‘z kuchini yo‘qotayotgan qonunlar (yoki ularning tarkibiy birliklari).
Misol:
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan “Sog‘lom avlod uchun” ordeni to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 257-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 141-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 4-moddasi birinchi qismi uchinchi xatboshisining va 5-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisining shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishga taalluqli qismi.
62. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin bo‘lgan qonunlarning turlari
Qonunlarning quyidagi turlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmonlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qarorlari.
63. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatini rasmiylashtirish
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxati yangi huquqiy tartibga solishni belgilovchi qonun loyihasining (qonunning) mustaqil moddasi bo‘lishi, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasining (qonunning) mustaqil moddasi yoki moddalari bo‘lishi yoki mustaqil qonun loyihasi (qonun) bo‘lishi mumkin.
Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni, shuningdek ayni o‘sha qonunning tarkibiy birliklarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni bir vaqtning o‘zida rasmiylashtirish ushbu Qoidalarning 41-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
64. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxatiga qo‘yiladigan asosiy talablar
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxati yuridik jihatdan asoslangan va tugal bo‘lishi, ya’ni yangi qonunga zid bo‘lgan bironta ham qonun ro‘yxatdan tushib qolmasligi, o‘z ahamiyatini saqlab qolgan bironta ham qonun yoki uning qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi uchun mazkur ro‘yxatga kirib qolmasligi kerak.
65. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligini rasmiylashtirish
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining qonun bilan tasdiqlangan farmoni o‘z kuchini yo‘qotayotgan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxatiga ana shu farmon va uni tasdiqlovchi qonun (yoxud uning qismi) alohida tarzda kiritiladi. Bunda ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan qonunlar alohida tarzda kiritiladi.
66. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti qarori bilan amalga kiritilgan qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganligini rasmiylashtirish
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining qarori bilan amalga kiritilgan qonun o‘z kuchini yo‘qotayotgan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga qonun va uni amalga kiritish to‘g‘risidagi qaror alohida tarzda kiritiladi. Bunda qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritgan qonunlar ro‘yxatga alohida tarzda kiritiladi.
67. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga kiritilayotgan qonunning rekvizitlari
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga kiritilayotgan har bir qonunning turi, imzolangan sanasi va raqami (agar u mavjud bo‘lsa), qonunning nomi, shuningdek u rasmiy e’lon qilingan manba ko‘rsatilishi kerak.
68. Qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga kiritish
Har bir qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga alohida tarzda kiritiladi. Bunday ro‘yxatda aks ettirilgan qonunlar tartib raqamiga ega bo‘lishi mumkin (bunday holda ular bandlar hisoblanadi va arab raqamlarida raqamlanib, doirasimon qavs bilan yopiladi).
69. Qonunlarning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatida xronologik tartibda joylashtirilishi
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatida qonunlar xronologik tartibda (ular imzolangan sana bo‘yicha) joylashtiriladi. Ayni bir sanada imzolangan qonunlar ularning raqamiga qarab, raqamlarning ortib borishi tartibida joylashtiriladi.
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning bitta ro‘yxatida qonunlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan turli sanalarni belgilash zarur bo‘lsa, ro‘yxat kuchini yo‘qotishning tegishli sanasiga (muddatiga) muvofiq shaklga solinadigan tarkibiy birliklarga bo‘linadi.
70. Qonunda bitta modda yoki tarkibiy birlik qolgan bo‘lsa, qonunning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi
Agar qonunda boshqa moddalar yoki tarkibiy birliklar o‘z kuchini yo‘qotganidan keyin faqat bitta modda yoki tarkibiy birlik qolgan bo‘lsa-yu, u ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lsa, bunday holda ana shu bitta modda yoki tarkibiy birlik emas, balki butun qonun to‘liq kuchini yo‘qotgan deb topilishi zarur.
71. Boshqa qonunlar (ularning tarkibiy birliklari) o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risidagi moddalar mavjud bo‘lgan qonunning o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi
Agar qonunda ilgari qabul qilingan qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topgan moddalar mavjud bo‘lsa, ushbu qonunni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarur bo‘lganida qonun shunday moddalar mavjud bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z kuchini to‘liq yo‘qotgan deb topiladi.
72. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga amalda o‘z kuchini yo‘qotgan yoxud keyingi qonunlarga singib ketgan qonunlarni kiritish
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatlariga nafaqat yangi qonun qabul qilinguniga qadar amalda bo‘lgan qonunlarni, balki ushbu masalaga doir avval amalda o‘z kuchini yo‘qotgan yoxud keyin qabul qilingan qonunlarga singib ketgan, ammo belgilangan tartibda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmagan qonunlar ham kiritilishi lozim.
73. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlarning ro‘yxatiga vaqtinchalik kuchga ega bo‘lgan qonunlarni kiritish tartibi
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatlariga vaqtinchalik kuchga ega bo‘lib, amal qilish muddati o‘tgan qonunlar (normalar) kiritilmaydi. Vaqtinchalik kuchga ega bo‘lgan qonunlar (normalar) faqat amal qilish muddati o‘tmagan taqdirdagina o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Agar vaqtinchalik kuchga ega bo‘lgan qonun yoki uning tarkibiy birligining amal qilishi noma’lum muddatga uzaytirilgan bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga asosiy qonun ham, uning muddatini uzaytirgan qonun ham kiritiladi.
74. O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga qonundagi ilovaga ko‘rsatma va ilovaning o‘zi mavjud bo‘lgan qonunning tarkibiy birligini kiritish tartibi
Agar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan bandda yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan moddada tegishincha o‘z kuchini yo‘qotishi lozim bo‘lgan ilovaga ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga faqat mazkur band yoki modda kiritiladi, ilova esa, garchi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansa-da, alohida tarzda ko‘rsatilmaydi.
Agar qonunning bandida yoki moddasida ilovani tasdiqlash bilan bir qatorda o‘z ahamiyatini saqlab qoladigan boshqa masalalarga doir ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa, ilova esa to‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga faqat ana shu bandning yoki shu moddaning ilovaga taalluqli qismi kiritiladi.
Agar ilova to‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkin bo‘lmasa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunlar ro‘yxatiga faqat ilovaning tarkibiy birliklari kiritiladi.
Misol:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining____ yil _______da qabul qilingan “_________________”gi _____-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №____, ___-modda) bilan tasdiqlangan ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin
Agar qonun hali kuchga kirmagan bo‘lsa-yu, unga zarurat qolmagan bo‘lsa, “bekor qilinsin” degan atama qo‘llaniladi.
9-bob. Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Senatga ma’qullash uchun yuboriladigan qonun matnini rasmiylashtirish
75. Senatga yuboriladigan hujjatlar ro‘yxati
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun ma’qullash uchun Senatga kiritilganda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1) Qonunchilik palatasining qonun qabul qilinganligi to‘g‘risidagi qarori;
2) Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matni;
3) qonunga uning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati;
4) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
5) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirishni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi;
6) qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan materiallarning ko‘chirma nusxalari.
76. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonunga ilova qilinadigan qiyosiy jadvalni rasmiylashtirish
Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matniga qiyosiy jadval ham ilova qilinadi. Qiyosiy jadval, qoida tariqasida, uchta grafadan iborat bo‘ladi: birinchisi — “qonunchilik tashabbusi subyekti kiritgan qonun loyihasi tahriri”, ikkinchisi — “Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun tahriri”, uchinchisi — “kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni asoslash”.
Qiyosiy jadvaldagi birinchi va ikkinchi grafalar quyidagi ko‘rinishda bayon qilinadi:
o‘zgartirilayotgan raqamlar, so‘zlar, jumlalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, bo‘limlar yarim qora shriftlar bilan ajratiladi;
qo‘shimcha qilinayotgan raqamlar, so‘zlar, jumlalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, bo‘limlar yarim qora shriftlar bilan ajratiladi;
o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, bo‘limlar yoki olib tashlanayotgan raqamlar, so‘zlar, jumlalar birinchi grafada kursiv bilan belgilanadi.
Agar qonunning tarkibiy birligi yangi tahrirda bayon qilinayotgan bo‘lsa, u holda qiyosiy jadvalda tegishincha faqat o‘zgartirilayotgan, qo‘shilayotgan, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, so‘zlar, jumlalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, bo‘limlar ajratiladi.
Birinchi va ikkinchi grafalarda o‘zgartirilmayotgan tegishli raqamlar, so‘zlar, jumlalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, qismlar, moddalar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar kiritilayotgan o‘zgartishlar ko‘zga tashlanib turishini ta’minlash uchun oddiy shrift bilan qayd etiladi.
77. Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun matnini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan texnik talablar
Qonun matni A 4 bichimdagi qog‘oz varag‘ining bir tomoniga masshtabi kichraytirilmasdan joylashtirilishi lozim. Qonun matnining birinchi beti O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan tegishli blankda bosilishi lozim.
Qonun matnining betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim. Betning tartib raqami betning yuqorisida o‘rtaga bosiladi. Birinchi betda 1 raqami qo‘yilmaydi.
Qonun matni standart varaqda satrlararo 1,0 intervalida bosilishi kerak; har bir bet hoshiyaga ega bo‘ladi: yuqorida va pastda — 2 sm, chap tomonda — 3 sm, o‘ng tomonda — 2 sm, xatboshi bir xil va besh-olti belgiga teng bo‘lishi lozim. Qonun matnidagi so‘zlar orasidagi bo‘shliq bitta-ikkita harf kattaligidan oshmasligi lozim.
Qonun matni kompyuterda bosilganida “Microsoft Word” matn muharriridan 14 hajmdagi “Times New Roman” shriftini qo‘llagan holda foydalaniladi.
78. Qonunlarning davlat va rus tillaridagi matnlariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Qonunlarning davlat va rus tillaridagi matnlari grammatika qoidalari talablariga javob berishi va o‘zaro muvofiq bo‘lishi lozim. Qonunlarning davlat va rus tillaridagi tahrirlari o‘rtasida farq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
79. Qonun matniga viza qo‘yish
Qonunchilik palatasi va Senatda qonun matniga viza qo‘yishni vakolatli shaxslar — tegishincha Qonunchilik palatasi Spikerining va Senat Raisining o‘rinbosarlari, mas’ul qo‘mitalar raislari, Qonunchilik palatasi va Senat devonlarining rahbarlari, bo‘lim mudirlari amalga oshiradilar. Vizalar qonun matni oxirgi betining tagiga qo‘yiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 15-modda)