O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 5-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2352-7]
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-apreldagi 284-son “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 9-apreldagi 83-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 15-son, 173-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilinishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-dekabr,
529-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 5-dekabrdagi 529-mh-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahkamasi Reglamenti deb yuritiladi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (keyingi o‘rinlarda loyihalar deb yuritiladi) tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga ham tatbiq etiladi, ushbu Uslubiy ko‘rsatmalarning 30 va 34-bandlari bundan mustasno.
Mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarning Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida kelishish qismi qonun hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan loyihalarga tatbiq etilmaydi.”.
2. 7-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Loyihani ishlab chiquvchi organ, ishlab chiqilayotgan loyihaning turini belgilashi lozim. Bunda, normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organ vakolati va O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 8, 10 va 11-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti talablariga e’tibor qaratish lozim.”.
3. 68-banddan “va e’lon qilingan tegishli rasmiy manbasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
4. 76-band ikkinchi xatboshisining rus tilidagi matnidagi “posledovatelnix” degan so‘z “posledovatelnost” degan so‘z bilan almashtirilsin.
5. 83-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
6. 84-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“84. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qo‘llanilishi asoslangan va maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda ushbu loyiha bo‘yicha yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud bo‘lmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.”.
7. 871-banddagi “kiritilishi mumkin” degan so‘zlar “kiritiladi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
8. 872-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“872. Loyihaning jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazish, loyihalar matnlarini va ularga tahliliy materiallarni O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali va organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yo‘li bilan, shuningdek boshqa usullar bilan fuqarolar, manfaatdor davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi.”.
9. 875-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Barcha loyihalar loyihani ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilishi lozim.”.
10. 876-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
11. 877-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Loyihalarni jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan (keyingi o‘rinlarda muhokama ishtirokchilari deb yuritiladi) kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadvalda (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 1a-ilova) ko‘rsatilishi majburiydir.”.
12. 878-banddan “jamoatchilik va (yoki)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
13. 88-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“88. Loyiha yuridik xizmat tomonidan ko‘rib chiqilganidan keyin, ishlab chiquvchi loyihani birinchi rahbar darajasida imzolaydi va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali manfaatdor organlar va tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda manfaatdor organlar deb yuritiladi) uni uzil-kesil kelishish (imzolash) uchun yuboradi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
14. 89-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“89. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan — barcha loyihalar, shu jumladan, rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga oid loyihalar, ularni kelishishning yakuniy bosqichida huquqiy ekspertiza o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishdan oldin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlaridan mablag‘lar ajratish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy tartibga solish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan — moddiy madaniy meros obyektlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan — davlat boshqaruvida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan — davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ularning tashkiliy-shtat tuzilmalarini o‘zgartirish masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan — davlat-xususiy sheriklik masalalariga oid loyihalar;
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi bilan — nodavlat notijorat tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiluvchi masalalarga oid loyihalar;
O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish masalalariga oid loyihalar majburiy tartibda kelishiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishiladi.”.
15. 90 — 93-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
16. 95-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“95. Agar loyiha bo‘yicha manfaatdor organning taklif va mulohazalari mavjud bo‘lsa, u o‘zining taklif va mulohazalarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida asoslar bilan ko‘rsatadi va loyihani taklif va mulohazalar bilan imzolaydi.”.
17. 97-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“97. Loyihaga, loyihaning mazmuni va tuzilmasini jiddiy o‘zgartirayotgan mulohaza va takliflar mavjud bo‘lganda, manfaatdor organ ishlab chiquvchiga o‘zining loyiha variantini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali taklif qilishi mumkin.”.
18. 101 va 102-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
19. 103-bandda:
beshinchi xatboshidan “ushbu organlarning taklif va e’tirozlari bayon etilgan xatlar nusxalari” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadval (bundan keyin takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadval deb yuritiladi).”.
20. 105-bandning o‘n birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“loyiha mutaxassislar muhokamasining o‘tkazilganligi va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot;”.
21. 1091-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1091. Takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadvalda (mazkur Uslubiy ko‘rsatmalarga 1a-ilova) quyidagilar aks ettirilishi lozim:
loyihaning tarkibiy tuzilmasi;
taklif (izoh) muallifi;
taklif (izoh);
ko‘rib chiqish natijasi.
Takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadvaldan yuqorida loyihaning turi va nomi ko‘rsatiladi.
Takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadval ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.”.
22. 110-bandning sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha jadvalni ilova qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuboradi.”.
23. 113-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar ikkinchi-uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
24. 115-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“115. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan ishlab chiquvchiga qaytariladi, agar u:
loyiha O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va prinsiplariga zid;
loyiha yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni talab etadi, va u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha sifatida taqdim etilmagan;
loyihada nazarda tutilgan masalalar teng yoki yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinganligi sababli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishiga zarurat yo‘q;
loyiha e’tirozlar va takliflarning, shu jumladan jiddiy (konseptual) kamchiliklarning ko‘pligi sababli butunlay qayta ishlanishi lozim, ya’ni loyiha ushbu e’tirozlar va takliflar inobatga olingan holda qayta ishlanishi uning mazmuni tubdan o‘zgarishiga olib keladi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan qayta kelishishni talab etadi degan xulosaga kelsa.
Loyiha bo‘yicha tegishli e’tirozlar va takliflar Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimida ko‘rsatiladi va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri yoki uning o‘rinbosarlaridan biri tomonidan tasdiqlanadi.”.
25. 6-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
26. Mazkur o‘zgartirishlar va qo‘shimchaning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 1a-ilova bilan to‘ldirilsin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchaga
ILOVA
ILOVA
“Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida uslubiy ko‘rsatmalarga
1a-ILOVA
1a-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha
jadval
Loyihaning turi:
Loyihaning nomlanishi:
|
Taklif (sharh) muallifi |
Taklif (sharh) |
Ko‘rib chiqish natijasi |
| |
|
|
|
|
|
”. |
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2019-y., 10/19/2352-7/4119-son)