1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qog‘ozlar turlari / 07.24.01.06 Depozit sertifikati]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar bozori]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki Boshqaruvining
Qarori
BANKLARNING DEPOZIT (OMONAT) SERTIFIKATLARINI CHIQARISH VA MUOMALADA BO‘LISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 24-sentabrda 1859-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
1. Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1994-yil 24-dekabrdagi 31-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalada bo‘lish Qoidalari” (1998-yil 9-noyabr, ro‘yxat raqami 522);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 20-fevraldagi 3/3-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalada bo‘lish Qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar” (1999-yil 1-aprel, ro‘yxat raqami 522-1);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 6-dekabrdagi 30/7-sonli “Banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalada bo‘lish Qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (2003-yil 19-dekabr, ro‘yxat raqami 522-2 –– Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 24-son);
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 19-apreldagi 10/4-sonli “Banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalada bo‘lish Qoidalariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (2008-yil 12-may, ro‘yxat raqami 522-3 –– O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 20-21-son, 179-modda).
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 14-avgust,
17/2-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risida
Mazkur Nizom banklar, shu jumladan mikromoliya banklari tomonidan depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va ularning muomalada bo‘lish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
depozit (omonat) sertifikati(bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) — bankka qo‘yilgan depozit (omonat) summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) depozit (omonat) summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan (bank xizmatlari ofisidan) belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
sessiya — sertifikat bo‘yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish;
sedent — sertifikat bo‘yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechayotgan tomon;
sessionariy — sertifikat bo‘yicha talab qilib olish huquqini olayotgan tomon.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
2. Sertifikatlar blankalar tarzida hujjatli shaklda chiqariladi.
3. Sertifikatlar ikki turda chiqarilishi mumkin:
a) “depozit sertifikatlari” — yuridik shaxslar uchun;
b) “omonat sertifikatlari” — jismoniy shaxslar uchun.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-1, 15.01.2010-y.). asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)
5. Sertifikatlar oldi-sotdi, hadya qilish, meros qilib olish, ustav fondiga kiritish va egasi almashuviga olib keladigan boshqa bitimlarda, shuningdek garovda bitim obyekti bo‘lishi mumkin.
Sertifikatni tovarlar oldi-sotdisi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar (ishlar) uchun hisob-kitob qilishda to‘lov vositasi sifatida qo‘llash mumkin emas.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-2, 04.03.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 104-modda)
51. Banklar bevosita o‘zlari yoki boshqa banklar tomonidan joylashtirilgan sertifikatlar bilan ta’minlangan kredit ajratishga haqli.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-2, 04.03.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 104-modda)
6. Depozit sertifikatlarining oldi-sotdisi va ular bo‘yicha summalarni to‘lashga doir pullik hisob-kitoblar naqdsiz shaklda, omonat sertifikatlari bo‘yicha— naqdsiz hamda naqd shaklida amalga oshiriladi.
7. Sertifikatlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Sertifikatlarni xorijiy valyutada chiqarish taqiqlanadi.
71. Mikromoliya banklari tomonidan omonat sertifikatlarini jismoniy shaxslar orasida joylashtirish O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan bir jismoniy shaxsdan omonatga jalb qilingan pul mablag‘lari miqdori O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan kafolatlangan omonat miqdoridan oshmagan holda amalga oshiriladi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
8. Sertifikatlar 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga (sertifikat berilgan vaqtdan boshlab sertifikat saqlovchisi sertifikat bo‘yicha depozitni talab qilib olish huquqini qo‘lga kiritish vaqtiga qadar) chiqariladi.
81. Banklar tomonidan sertifikatga oid axborotlar O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyuldagi 176-sonli qarori bilan tasdiqlangan Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq oshkor qilinadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-2, 04.03.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 104-modda)
II. Sertifikat blankalarini rasmiylashtirishga oid talablar
9. Sertifikat blankasida quyidagi majburiy rekvizitlar aks ettirilgan bo‘lishi shart (1 va 3-ilovalar):
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
a) “depozit sertifikati” yoki “omonat sertifikati” degan nom;
b) sertifikat raqami va seriyasi;
v) depozit yoki omonat qo‘yilgan sana;
g) sertifikat bo‘yicha summani talab qilib olish sanasi;
d) sertifikat bilan rasmiylashtirilgan omonat yoki depozit miqdori (raqamlar va so‘zlar bilan);
e) bankning depozit yoki omonatga qo‘yilgan summani qaytarish va tegishli foizlarni to‘lash yuzasidan majburiyati;
j) depozit yoki omonatdan foydalanish uchun foiz stavkasi;
z) to‘lanishi lozim bo‘lgan foiz summasi (raqamlar va so‘zlar bilan);
i) bankning nomi, joylashgan manzili;
k) depozit sertifikatida omonatchi— yuridik shaxsning nomi va joylashgan manzili;
l) omonat sertifikatida omonatchi –– jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari;
(9-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 31-dekabrdagi 28/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3285, 26.01.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son)
m) bank tomonidan sertifikatni imzolash huquqi berilgan ikki nafar mansabdor shaxsning bank muhri bilan tasdiqlangan imzolari.
Sertifikat blankining matnida yuqorida ko‘rsatilgan majburiy rekvizitlardan biri ko‘rsatilmagan taqdirda sertifikat haqiqiy emas deb hisoblanadi.
10. Sertifikatda sessiya sertifikat blankasining orqa tomonida rasmiylashtiriladi. Agar sessiyani rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha varaqlar talab etilsa, unda sertifikatning ilovalari ham bo‘lishi mumkin. Ushbu ilovalar sertifikat saqlovchisining talabi bilan sertifikatni muomalaga chiqaruvchi bank tomonidan rasmiylashtiriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
Sertifikatning ilovalari raqamlangan, sertifikat blankasiga tikilgan va sertifikatni imzolash huquqi berilgan ikki nafar mansabdor shaxs tomonidan imzolangan hamda bank (bank filiali yoki bank xizmatlari ofisi) muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
11. Sertifikat blankasida sertifikatni chiqarish va uning muomalada bo‘lish shartlari (bundan buyon matnda chiqarilish shartlari deb yuritiladi), shu jumladan sessiyani rasmiylashtirish hamda sertifikat yo‘qotilganda uni qayta tiklash tartibi aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
12. Sertifikat blankasi bank tomonidan chop etish qo‘lda sharikli ruchkada, yozuv mashinkasida yoki kompyuterning yozuv moslamasida (printerida) to‘ldiriladi.
Sertifikat bilan rasmiylashtirilgan omonat yoki depozit miqdori raqamlar va so‘zlar bilan yoziladi.
Sertifikatning raqamda yozilgan qiymatidan oldin va keyingi bo‘sh joylar, shuningdek nominalning so‘zda yozilgan qiymatidan keyin qolgan bo‘sh joylar ikki parallel chiziq tortish yo‘li bilan to‘ldirib qo‘yilishi kerak. So‘zlar bilan yozilgan hamda raqamlar bilan belgilangan summalar o‘rtasida farq bo‘lgan taqdirda so‘zlar bilan yozilgan summa haqiqiy hisoblanadi.
13. Sertifikatda imzo va bank muhrlarini bosmaxona usulida qo‘yish taqiqlanadi.
14. Sertifikatni berishda bank sertifikat koreshogidagi barcha rekvizitlarni to‘ldiradi. Sertifikat koreshogi sertifikat egasi yoki uning qonunchilik hujjatlariga binoan rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lgan vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi, sertifikatdan ajratiladi va bankda saqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
15. Omonatchining (sertifikat saqlovchining) vakili depozit sertifikatni olish uchun ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim, ishonchnoma depozit sertifikat koreshogi bilan birga saqlanadi.
16. Bank tomonidan sertifikatni to‘ldirishda tuzatish va o‘chirishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
17. Sertifikat blankasini omonatchiga berishda to‘g‘ri rasmiylashtirish va to‘ldirish uchun javobgarlik bank zimmasiga yuklatiladi.
18. Depozit (omonat) sertifikati blankalari, shuningdek sertifikatlarga qo‘shimcha varaqlar (ilovalar) “Davlat belgisi” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan ishlab chiqariladi. Sertifikatga qo‘shimcha varaqlar (ilovalar) sertifikat blankasi bilan bir vaqtda tayyorlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
20. Sertifikatdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish mumkin. Bunda qimmatli qog‘ozlarning uyushgan savdosida sertifikatlarga doir bitimlarni tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yozma ravishda (qog‘ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz elektron shaklda amalga oshiriladi. Sertifikatlarga doir boshqa bitimlar yozma shaklda tuziladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi.
21. Depozit sertifikati bo‘yicha sessiya faqat yuridik shaxslar o‘rtasida rasmiylashtiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
22. Omonat sertifikati bo‘yicha sessiya faqat jismoniy shaxslar o‘rtasida, sertifikatni bergan bankda yoki uning filialida (bank xizmatlari ofisida) rasmiylashtiriladi.
Mikromoliya banklari tomonidan omonat sertifikatlari bo‘yicha sessiya O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan bir jismoniy shaxsdan omonatga jalb qilingan pul mablag‘lari miqdori O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan kafolatlangan omonat miqdoridan oshmagan holda amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-1, 15.01.2010-y.). asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)
24. Sessiya sertifikatning orqa tomonida yoki qo‘shimcha varaqlarda (ilovalar) sedent va sessionariyning ikki tomonlama bitimi bilan rasmiylashtiriladi.
Depozit sertifikati bo‘yicha sessiya har bir tomondan shu kabi bitimlarni amalga oshirish uchun yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan ikki nafar shaxs tomonidan imzolanadi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-5, 06.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 10/20/1859-5/0137-son)
Omonat sertifikati bo‘yicha sessiyani har ikki tomon shaxsan imzolaydi.
Har bir sessiya sedent tomonidan raqamlanadi.
Sessiyani rasmiylashtirish uzluksiz bo‘lishi shart.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
25. Sessiya sertifikat muomalada bo‘lgan davrdagina amalga oshirilishi mumkin.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
26. Depozit sertifikati sessiyasini rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilganda u tuzatish kiritilgan sana ko‘rsatilgan holda “tuzatildi” yozuvi bilan tasdiqlanishi hamda sedent va sessionariy tomonidan imzolanishi shart.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-5, 06.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 10/20/1859-5/0137-son)
27. Omonat sertifikati sessiyasini rasmiylashtirishda tuzatishlar kiritish sertifikatni bergan bankda yoki uning filialida (bank xizmatlari ofisida) amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
29. Depozit sertifikati bo‘yicha depozitni talab qilib olish muddati yetib kelganda bank depozit sertifikat saqlovchisining arizasiga muvofiq asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga to‘lovni amalga oshiradi.
30. Omonat sertifikati bo‘yicha omonatni talab qilib olish muddati yetib kelganda bank omonat sertifikati saqlovchisiga naqd pul bilan yoki uning arizasiga ko‘ra omonat hisobvarag‘iga o‘tkazib berish yo‘li bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar tarzida to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.
31. Sertifikat saqlovchisi tomonidan bankka to‘lab berish uchun taqdim etilgan sertifikatlarda sessiyalar mavjud bo‘lsa, bank sessiyalarning rasmiylashtirilishi va uzluksizligini tekshiradi. Bunda:
omonat sertifikatlari bo‘yicha — oxirgi sessiyada qayd etilgan shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va imzosi, sertifikatni to‘lab berishni so‘rab yozilgan arizadagi shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va imzosiga mos kelmagan taqdirda, sertifikat saqlovchisi tomonidan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-fevraldagi 4/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-4, 05.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1859-4/1015-son)
depozit sertifikatlari bo‘yicha — oxirgi sessiyada qayd etilgan sessionariy vakolatli shaxsining imzosi va nomi sertifikat to‘lab berilishi haqidagi arizada vakolatli shaxs imzosi, yuridik shaxsning nomi mos kelmagan taqdirda, sertifikat saqlovchisi tomonidan sertifikat summasini talab qilib olish huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) taqdim etilishi lozim.
(31-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-5, 06.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 10/20/1859-5/0137-son)
Sertifikat saqlovchisi tomonidan taqdim etilgan sertifikat summasi bo‘yicha talab qilib olish huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) yoki uning nusxasi bank tomonidan to‘lab berilgan sertifikatga qo‘shib tikib qo‘yiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 16-yanvardagi 1/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-3, 25.02.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 83-modda)
311. Sertifikatlarga doir shartnomalarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(311-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 28-bobi.
Sertifikatlarni chiqarish shartlari Markaziy bankda ro‘yxatga olingandan so‘ng, ushbu shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa:
sertifikatlarga doir shartnomalarni imzolagan mansabdor shaxslar;
bank va (yoki) sertifikat egasining joylashgan manzili;
bankning tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgartirilmagan holda nomi, shu jumladan kirill harflaridan lotin harflariga o‘zgarganda, sertifikatni chiqarish shartlari, sertifikat blankalari va sertifikatlarni joylashtirish jarayonida rasmiylashtirilgan shartnomalarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish talab etilmaydi.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-2, 04.03.2015-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 104-modda)
IV. Sertifikatlar bo‘yicha foizlarni hisoblash
32. Sertifikatlar bo‘yicha foiz stavkalari, ushbu sertifikatlarni muomalaga chiqarayotgan bank tomonidan belgilanadi.
33. Sertifikat bo‘yicha foizlarni hisoblash Tijorat banklarida foizlarni hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3460, 2023-yil 29-sentabr) muvofiq amalga oshiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
34. Sertifikat bo‘yicha foizlarni to‘lash bank tomonidan sertifikatni to‘lovga taqdim etish bilan bir vaqtda to‘lanadi yoki sertifikat chiqarilish shartlarida belgilangan bo‘lsa sertifikatning muomalada bo‘lish muddati davomida har bir davrdan keyin to‘lab boriladi.
35. Bank sertifikatni berish vaqtida shartlashilgan va sertifikatda belgilangan foiz stavkasini bir tomonlama o‘zgartirishga (kamaytirishi yoki ko‘paytirishi) haqli emas.
36. Sertifikatni berish vaqtida belgilangan va muomala muddati tugaganidan so‘ng (sertifikat egasi sertifikat bo‘yicha omonatini yoki depozitini talab qilib olish huquqini qo‘lga kiritganda) sertifikat egasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar mazkur sertifikat sotib olingan vaqtdan qat’i nazar, bank tomonidan to‘lanadi.
37. Bank chiqarilish shartlarida sertifikatlarni muddatidan oldin to‘lovga taqdim etish imkoniyatini nazarda tutishi mumkin.
38. Sertifikat saqlovchisi sertifikatni muddati tugagunga qadar yoxud sertifikatda ko‘rsatilgan boshqa holatlar yuz bergunga qadar qaytarib berishni talab qilish niyati bo‘lsa, u o‘zining bu niyatidan bankni omonatni olishni mo‘ljallayotgan sanadan kamida bir oy oldin xabardor qilishi shart. Bunda bank tomonidan depozit (omonat) summasiga to‘lanadigan foizlar, agar sertifikatni chiqarilish shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, talab qilib olinguncha saqlanadigan omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar miqdorida to‘lanadi.
39. Sertifikatlar bank tashabbusi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarida muddatidan oldin to‘lovga taqdim etilganda, bank tomonidan depozit (omonat) summasiga sertifikatning amalda bo‘lgan muddati uchun foizlar to‘lanadi. Bunda, bank sertifikatlarni muddatidan oldin to‘lovga taqdim etilishi va ularni to‘lovga taqdim etish shartlari to‘g‘risida kamida bir oy oldin ommaviy axborot vositalari orqali e’lon berishi lozim.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
40. Agar sertifikat bo‘yicha depozitni (omonatni) olish muddati depozit saqlovchisi tomonidan o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, u holda bank sertifikatda belgilangan depozit summasi va hisoblangan foizlarni sertifikat egasining talabiga ko‘ra to‘lashga majburdir. Sertifikat summasini talab qilish kunidan haqiqatda sertifikatni to‘lov uchun taqdim etish kunigacha bo‘lgan muddat uchun foizlar, agarda sertifikatni chiqarilish shartlarida boshqalar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, talab qilib olinguncha omonatlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar miqdorida to‘lanadi.
V. Sertifikatlarning chiqarilish shartlarini ro‘yxatdan o‘tkazish
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-fevraldagi 4/2-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-4, 05.04.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1859-4/1015-son)
42. Sertifikatlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qonunchilik hujjatlari va bank ustaviga muvofiq bunday vakolatga ega bo‘lgan bank boshqaruvi organi tomonidan qabul qilinadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
43. Sertifikatlarning muomalaga chiqarayotgan bank o‘z sertifikatlarini chiqarish va ularni muomalada bo‘lish shartlarini tasdiqlashi lozim.
44. Sertifikatlarning chiqarilish shartlarida sertifikatlar chiqarish, muomalada bo‘lish va ular bo‘yicha bank tomonidan to‘lash tartibi, shuningdek chiqarilish haqidagi ma’lumotlar va sertifikat namunasi aks ettirilishi lozim.
45. Sertifikatlarning chiqarilish shartlarining varaqlari raqamlangan, tikilgan va muhr bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
46. Sertifikatlarning chiqarilish shartlarida sertifikatlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan va shartlarni tasdiqlagan bank boshqaruv organining nomi, qabul qilgan sanasi ko‘rsatilishi lozim, shuningdek ushbu shartlar bank rahbari tomonidan imzolanishi va qaror qabul qilingan sanadan boshlab ikki hafta muddat ichida Markaziy bankka taqdim etilishi zarur.
47. Bank sertifikatlarning faqatgina sertifikatlar chiqarilishi va ularning muomalada bo‘lishi shartlarini Markaziy bankdan (ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ) ro‘yxatdan o‘tkazganidan keyin joylashtirishga haqlidir.
48. Bank sertifikatlarning chiqarilish shartlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markaziy bankka ro‘yxatdan o‘tkazish haqida erkin shaklda yozilgan va bank rahbari tomonidan imzolangan arizani taqdim etishi lozim. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) sertifikatlarning chiqarish va ularning muomalada bo‘lish shartlari— ikki nusxada;
b) tegishli boshqaruv organining sertifikatlarni chiqarish va chiqarish shartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi.
49. Sertifikatlarning chiqarilish shartlarini va u bilan birga taqdim etilgan hujjatlarni Markaziy bank tomonidan ko‘rib chiqish muddati o‘ttiz kundan oshmasligi lozim.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 31-yanvardagi 2/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-2, 04.03.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 104-modda)
50. Ro‘yxatga olish hujjatlari qayta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborilganida ularni ko‘rib chiqish muddati qayta ishlangan hujjatlar Markaziy bankka taqdim etilgan kundan boshlab qayta hisoblanadi.
51. Markaziy bank sertifikatlar chiqarilish shartlarini, ularga ro‘yxat raqamini bergan holda alohida jurnalda qayd etadi. Jurnalda sertifikatni muomalaga chiqarayotgan bankning nomi, qaror qabul qilingan sana, chiqarilish shartlari Markaziy bankka taqdim etilgan sana hamda chiqarilishga oid boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
52. Sertifikatlarning chiqarilish shartlarini ro‘yxatga olish uchun yig‘imlar olinmaydi.
53. Depozit va omonat sertifikatlarining chiqarilish shartlari ro‘yxatga olingandan so‘ng, Markaziy bank chiqarilish shartlari ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi xat hamda mazkur shartlarining bir nusxasini bankka taqdim etadi.
VI. Sertifikatlarning chiqarilish shartlarini ro‘yxatga olishni rad etish, sertifikatlar chiqarilishini to‘xtatish, ro‘yxatga olinganligini bekor qilish
54. Sertifikatning chiqarilish shartlarini ro‘yxatga olishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
a) sertifikatlarning chiqarilish shartlari qonunchilik va mazkur Nizom talablariga nomuvofiq bo‘lganida;
b) Markaziy bank tomonidan bankka nisbatan omonatlarni qabul qilish operatsiyalarini cheklash, to‘xtatish kabi sanksiyalar qo‘llanilganida;
v) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Sertifikatlarning chiqarilish shartlarini ro‘yxatga olish rad etilganligi to‘g‘risida ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan bankka tegishli sabablar ko‘rsatilgan xat yuboriladi.
55. Sertifikatlarning chiqarilishini to‘xtatib qo‘yish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
a) chiqarilgan sertifikatlarni joylashtirish jarayonida qoidabuzarliklar aniqlanganda;
b) sertifikatlar ro‘yxatga olinganidan yuqori hajmda joylashtirilganida;
g) bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib olinganda;
(55-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-fevraldagi 4/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-4, 05.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1859-4/1015-son)
d) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
56. Sertifikatlar chiqarilishining to‘xtatib turilishi bankka ushbu turdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish taqiqlanganligini (yoki vaqtinchalik taqiqlanganligini), shuningdek ushbu chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishga doir reklama kompaniyasi to‘xtatilganligini (yoki vaqtincha to‘xtatilganligini) bildiradi.
57. Bank qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishni qoidabuzarlikni bartaraf qilish haqida tegishli ko‘rsatma olingan paytdan boshlab to‘xtatib turishi va aniqlangan qoidabuzarliklarni ro‘yxatga oluvchi organ belgilagan muddatlarda bartaraf qilishga majburdir.
Qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishning qayta tiklanishi ro‘yxatga oluvchi organning qoidabuzarliklar tegishli ko‘rsatmada belgilangan muddatlarda bartaraf qilinganligi to‘g‘risidagi hisobotni (tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda) ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qabul qilgan qaroriga asosan amalga oshiriladi.
58. Sertifikatlarning chiqarilish shartlarini bekor qilinishi Markaziy bank tomonidan quyidagilarga asosan amalga oshiriladi.
a) bank qonunchiligi qo‘pol ravishda buzilganligi hamda ro‘yxatga oluvchi organning bank faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish yuzasidan bergan tegishli ko‘rsatmalari bajarilmaganligi tufayli ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan qabul qilingan qarorga asosan;
b) bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya Markaziy bank tomonidan chaqirib olinganda;
(58-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 3-fevraldagi 4/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-4, 05.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1859-4/1015-son)
v) sud qaroriga binoan.
Bank qayta tashkil etilganda chiqarilish shartlarini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror uning huquqiy vorisi hisoblangan bank tomonidan qabul qilinadi.
59. Depozit (omonat) sertifikatlarining koreshoklarini, sertifikat blankalarini va sertifikatlarning qo‘shimcha varaqlarini (ilovalarini) saqlash, shuningdek sertifikat blankalarining buxgalteriya hisobini yuritish hamda sertifikatlar bilan bog‘liq amaliyotlar bank tomonidan Markaziy bank belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-1, 15.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-1, 15.01.2010-y.). asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)
61.Yo‘qotilgan sertifikatlar bo‘yicha huquqlar ularni muomalaga chiqargan bank tomonidan qayta tiklanadi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-1, 15.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)
62.Sertifikat yo‘qotilganda sertifikat saqlovchisi uning dublikatini berishni so‘rab sertifikatni muomalaga chiqargan bankka yozma ravishda ariza bilan murojaat etishga haqlidir.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-1, 15.01.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)
63. Sertifikat yo‘qolganligi aniqlanganda sertifikat saqlovchisi bu haqda ariza taqdim qilish orqali bankni xabardor qilishi shart. Ariza bankning maxsus jurnalida qayd etiladi, ushbu jurnal raqamlangan, tikilgan va bank muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
64. Ariza sertifikatning koreshogi bilan birga saqlanadi. Arizada sertifikat rasmiylashtirilgan sana, sertifikat raqami, sertifikat bankning qaysi bo‘limi orqali berilganligi, kimning nomiga rasmiylashtirilganligi (yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi) va qancha miqdordaligi ko‘rsatiladi.
Ariza va boshqa zarur hujjatlar bank Boshqaruvi tashkil etgan maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng va ariza bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinganidan keyin bank yo‘qolgan sertifikat bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi yoki arizachiga sertifikat dublikatini beradi.
65. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan.
Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-avgust,
Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
* Sertifikatni boshqa shaxsga berish (sessiya) sertifikatning orqa tomoniga rasmiylashtiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 7-noyabrdagi 30/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-6, 19.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 5-dekabrdagi 35/6-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1859-1, 15.01.2010-y.). asosan kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 19-modda)
Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
_____________________________________________ raqamli sertifikat bo‘yicha huquqlarga ega bo‘ladi.
___________________________
___________________________
(sedentning yoki uning vakolatiga ega shaxsning imzosi)
(sessionariyning yoki uning vakolatiga ega shaxsning imzosi)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 16-yanvardagi 1/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1859-5, 06.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2020-y., 10/20/1859-5/0137-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 400-modda; 2010-y., 1-2-son, 19-modda; 2015-y., 9-son, 104-modda; 2016-y., 8-son, 83-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y., 10/18/1859-4/1015-son; 06.02.2020-y., 10/20/1859-5/0137-son; 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.11.2025-y., 10/25/1859-6/1065-son)