Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.10.2008
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
BANKLARNING DEPOZIT SERTIFIKATLARINI ChIQARISh, ROʻYXATGA OLISh VA MUOMALADA BOʻLISh QOIDALARIGA QOʻShIMChA VA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 12-mayda 522-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-sonli “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1859 , 24.09.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish, roʻyxatga olish va muomalada boʻlish Qoidalariga (1998-yil 9-noyabr, roʻyxat raqami 522) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-aprel,
10/4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 179-modda)