O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
ONLINE TRANSLATE
Qanday holatlarda qizil pasportga pechat qoʻyilmaydi?

Koʻpchilikni qiziqtiradigan savol bor:

nega ayrim styuardessa va pilotlarning qizil (xorijga chiqish) pasportida yillab hech qanday chet el pechatlari boʻlmaydi, boshqalarida esa yuzlab shtamplar bor?

Bu holat na qonun buzilishi, na imtiyoz — buxalqaro aviatsiya va chegara nazoratidagi maxsus huquqiy rejimnatijasidir.

1. Ekipaj xalqaro huquqda qanday maqomga ega?

Samolyot ekipaji (styuardessa, pilot, bortmuhandis) xalqaro huquqda“crew member” – transport ekipajideb ataladi.

Ular:

turist hisoblanmaydi

mehnat migranti emas

xizmat safaridagi davlat xizmatchisi ham emas

Ular xalqaro tashuvni amalga oshiruvchi professional xodim hisoblanadi.

Shu sababli ularga nisbatan chegara nazoratining maxsus tartibi qoʻllanadi.

2. Qanday holatda pasportga pechat qoʻyilmaydi?

Quyidagi barcha shartlar bajarilsa, styuardessa yoki pilotning qizil pasportiga pechat qoʻyilmaydi:

Ular xorij davlatiga ekipaj sifatida kirgan boʻlsa

Yaʼni agar shaxs mamlakatga:

reys bilan

ekipaj roʻyxati (crew list) asosida

xizmat vazifasini bajarish uchun kirgan boʻlsa,

u turist hisoblanmaydi.

Ekipaj aʼzolari aeroport va mehmonxona rejimidan chiqmasa

Agar ekipaj:

aeroport

aviakompaniya mehmonxonasi

transfer marshrutidan tashqari chiqmasa

ular davlat hududiga“kirgan”deb hisoblanmaydi.

Bu “sterile zone” (steril hudud)rejimi deb ataladi.

Ekipaj koridori orqali oʻtsa

Aeroportlarda ekipaj uchun:

alohida yoʻlak

alohida nazorat mavjud.

Bu yoʻlakdan oʻtilganda:

pasport skaner qilinadi

lekin shtamp qoʻyilmaydi

Chunki bumigratsion kirish emas, xizmat rejimi sanaladi.

3. Qachon passportga pechat qoʻyiladi?

Agar ekipaj aʼzosi:

mehmonxonadan chiqsa

shaharga borsa

shoping, dam olish, turizm qilsa

u holda:

ekipaj maqomini yoʻqotadi

turist maqomini oladi

hegaradan oddiy inson sifatida oʻtadi

Shu paytdan pasportga IN/OUT pechat qoʻyiladi.

4. Bu korrupsiya yoki qonunbuzarlik emas

Koʻpchilik oʻylaydi:

“Nega shtamp yoʻq, bu imtiyozmi?”

Yoʻq. Bu:

Chikago konvensiyasi

ICAO standartlari

davlatlar oʻrtasidagi aviatsiya kelishuvlari

asosida berilganxalqaro transport immuniteti.

Bu immunitet:

ekipajni migratsiya navbatlaridan

vizadan

shtampbozlikdan ozod qiladi — faqat xizmat vaqtida.

5. Styuardessa va pilot kasbining oʻziga xosligi

Bu kasbda odam:

bir kunda 3 davlatga kirib chiqishi mumkin

lekin hech biriga rasman kirmagan boʻlishi mumkin

pasport toza qoladi

lekin dunyo boʻylab uchadi

Bu:

zamonaviy xalqaro aviatsiyadagi eng noyob huquqiy maqomlardan biridir.